Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.123587

Ключевые слова:

туристическая инфраструктура цифровая инфраструктура интеллектуального туризма Южной Кореи транспортная система кибербезопасность экологический мониторинг устойчивость региональные дисбалансы правовой и политический анализ устойчивое развитие экотуризм

Аннотация

This research study examines the analysis of tourism infrastructure in South Korea, aiming to assess the state of the infrastructure based on a comprehensive approach that includes the country's transport networks, digital (smart) services, environmental monitoring and resilience to emergencies. The study analyzes factors such as transport infrastructure, internet and 5G coverage, smart tourism applications, cybersecurity, green infrastructure and resilience before and after the pandemic. At the same time, it also highlights the problems of regional imbalances and digital inclusion. Practical measures for improvement are analyzed. The main objective of the study is to study the South Korean tourism infrastructure based on an integrated assessment model, identify existing strengths and weaknesses, and develop proposals to increase resilience to emergencies. This study is also of importance to policymakers and government agencies, tourism operators and digital platform owners, academic researchers and students of higher education institutions, local communities and regional development specialists, as well as ecology and environmental management organizations and specialists in the field of urbanization development. The scientific novelty of the study is that it makes a new theoretical and practical contribution to the topic by developing an assessment model and a set of empirical indicators that combine the components of tourism infrastructure with transport, smart services, environmental monitoring and resilience.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

848


JANUBIY KOREYADA TURIZM INFRATUZILMASI TAHLILI

Tohirov Asilbek

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

ORCID:

0009-0001-4143-7351

tokhirovasilbek153@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqot ishida Janubiy Koreyada turizm infratuzilmasi tahlili

o‘rganilib, mamlakatning transport tarmoqlari, raqamli (smart) xizmatlar, ekologik monitoring

va favqulodda holatlarga moslashuvchanlik komponentlarini o‘z ichiga olgan kompleks

yondashuv

asosida infratuzilma holatini baholashni ko‘zlaydi. Tadqiqotda transport

infratuzilmasi, internet va 5G qamrovi, smart tourism ilovalari, kiberxavfsizlik, yashil infratuzilma
va pandemiayagacha hamda undan keyingi moslashuv (resilience) omillari tahlil qilinadi. Shu

bilan birga, mintaqaviy nomutanosiblik va raqamli inklyuzivlik muammolari ham yoritiladi.

yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar tahlil qilinadi. Tadqiqotdan asosiy maqsad Janubiy Koreya

turizm infratuzilmasini integratsiyalashgan baholash modelig

a asoslanib o‘rganish, mavjud

kuchli va zaif tomonlarni aniqlash va favqulodda vaziyatlarda moslashuvchanlikni oshirish

bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Shuningdek, ushbu tadqiqot

siyosatchilar va davlat boshqaruvi

organlari,

turizm sohasi operatorlari va raqamli platformalar egalari,

akademik tadqiqotchilar

va oliy ta’lim muassasasi talabalari,

mahalliy jamoalar va mintaqaviy rivojlanish mutaxassislari

hamda

ekologiya va atrof-muhitni boshqarish tashkilotlari va urbanizatsiyani rivojlantiruvchi

soha mutaxasislari uchun muhim hisoblanadi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi turizm

infratuzilmasini transport, smart xizmatlar, ekologik monitoring va resilience komponentlarini

birlashtirgan baholash modeli va empirik indikatorlar to‘plamini ishlab chiqish orqali ma

vzuga

yangi nazariy va amaliy hissa qo‘shadi.

Kalit so‘zlar:

turizm infratuzilmasi, Janubiy Koreya smart turizm raqamli infratuzilma,

transport tizimi, kiberxavfsizlik, ekologik monitoring, resilience (moslashuvchanlik), mintaqaviy

nomutanosiblik, qonunchilik va siyosat tahlili, barqaror rivojlanish, ekoturizm.

АНАЛИЗ ТУРИСТИЧЕСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ ЮЖНОЙ КОРЕИ

Тохиров Асилбек

Ташкентский международный университет Кимё

Аннотация

.

В данном исследовании рассматривается анализ туристической

инфраструктуры в Южной Корее с целью оценки состояния инфраструктуры на основе

комплексного подхода, включающего компоненты транспортных сетей страны,

цифровые (умные) услуги, мониторинг окружающей

среды и устойчивость к

чрезвычайным

ситуациям.

В

исследовании

анализируются

транспортная

инфраструктура, покрытие Интернетом и 5

G

, интеллектуальные туристические

приложения, кибербезопасность, зеленая инфраструктура и факторы устойчивости до

и после пандемии. В то же время будут также освещены вопросы регионального
дисбаланса и цифровой инклюзивности. Анализируются практические меры по

улучшению.

Основная цель исследования —

изучить туристическую инфраструктуру

Южной Кореи на основе комплексной модели оценки, выявить имеющиеся сильные и

слабые стороны и разработать предложения по повышению устойчивости в

UOʻK:

338.48

848-857


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

849

чрезвычайных ситуациях. Данное исследование также представляет интерес для
политиков и государственных учреждений, туроператоров и владельцев цифровых

платформ, научных исследователей и студентов университетов, местных сообществ и

специалистов по региональному развитию, а также организаций по экологии и

управлению природопользованием и специалистов в области развития урбанизации.

Научная новизна исследования заключается в том, что оно вносит новый

теоретический и практический вклад в тему путем разработки модели оценки и набора

эмпирических

показателей,

объединяющих

компоненты

туристической

инфраструктуры, транспорта, интеллектуальных услуг, мониторинга окружающей
среды и устойчивости.

Ключевые слова:

туристическая инфраструктура, цифровая инфраструктура

интеллектуального туризма Южной Кореи, транспортная система, кибербезопасность,

экологический мониторинг, устойчивость, региональные дисбалансы, правовой и
политический анализ, устойчивое развитие, экотуризм.

ANALYSIS OF TOURISM INFRASTRUCTURE IN SOUTH KOREA

Tokhirov Asilbek

Tashkent Kimyo International University

Abstract.

This research study examines the analysis of tourism infrastructure in South

Korea, aiming to assess the state of the infrastructure based on a comprehensive approach that
includes the country's transport networks, digital (smart) services, environmental monitoring and

resilience to emergencies. The study analyzes factors such as transport infrastructure, internet

and 5G coverage, smart tourism applications, cybersecurity, green infrastructure and resilience

before and after the pandemic. At the same time, it also highlights the problems of regional
imbalances and digital inclusion. Practical measures for improvement are analyzed. The main

objective of the study is to study the South Korean tourism infrastructure based on an integrated

assessment model, identify existing strengths and weaknesses, and develop proposals to increase

resilience to emergencies. This study is also of importance to policymakers and government
agencies, tourism operators and digital platform owners, academic researchers and students of

higher education institutions, local communities and regional development specialists, as well as

ecology and environmental management organizations and specialists in the field of urbanization

development. The scientific novelty of the study is that it makes a new theoretical and practical
contribution to the topic by developing an assessment model and a set of empirical indicators that

combine the components of tourism infrastructure with transport, smart services, environmental

monitoring and resilience.

Keywords:

tourism infrastructure, South Korea smart tourism digital infrastructure,

transport system, cybersecurity, ecological monitoring, resilience, regional imbalances, legislative
and policy analysis sustainable development, ecotourism.

Kirish.

Janubiy Koreyada turizm infratuzilmasi ilg‘or texnologiyalar va barqaror boshqaruv

asosida rivojlanmoqda. Yuqori tezlikdagi transport tarmoqlari, keng 5G va keng internet

qamrovi (taxminan 97% atrofida), shahar va tog‘ zonalarida bepul Wi

-Fi punktlari, smart

tourism ilovalari (masalan, “VISITKOREA”) va IoT yechimlari orqali sayyoh tajribasi

yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, Tourism Promotion Act kabi qonunlar doimiy ravishda
yangilanib, raqamli platformalar, kiberxavfsizlik talablari va favqulodda holatlarga tayyorlik

mexanizmlari ko‘zda tutilmoqda. Biroq infratuzilmaning mintaqalar bo‘yicha nomutanosibligi

(Seul, Pusan va Jeju markazlashuvi, chekka hududlarning kam rivojlanganligi), raqamli

bo‘linish (qariroq aholi yoki chekka zonalarda xizmatlardan to‘liq f

oydalana olmaslik), hamda


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

850

kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish masalalari hali yechilishini kutmoqda. Ekologik
ta’sirni boshqarish (milliy bog‘lar va sezgir hududlarda yukni nazorat qilish), favqulodda

vaziyatlarda (pandemiya kabi) infratuzilmaning tez moslashuvchanligini oshirish va mahalliy

jamoalar hamda madaniy merosni raqamli infratuzilma bilan muvofiqlashtirish ham ustuvor

vazifalardir.
Tadqiqotning yangiligi

Janubiy Koreya infratuzilmasini transport, mehmonxona, raqamli

xizmatlar, kiberxavfsizlik, ekologik monitoring va favqulodda holatlarga moslashuvchanlik

mezonlarini o‘zaro integratsiya qilgan baholash modelini ishlab chiqishdir. Em

pirik jihatdan

internet va 5G qamrovi, bepul Wi-

Fi punktlari soni, smart ilova foydalanish ko‘rsatkichlari,

onlayn bronlash hajmi kabi raqamli indikatorlar tahlil qilinadi. Qonunchilik va siyosat hujjatlari

(Tourism Promotion Act, smart city/tourism strategiyalari, kiberxavfsizlik normativlari)ni

tekshirish orqali bo‘shliqlar aniqlanadi. Natijada, infratuzilmaning barqaror va raqamli

moslashuvchanligini kuchaytirish hamda chekka hududlarda raqamli inklyuzivlikni oshirish

bo‘yicha takliflar shakllanti

riladi.

Adabiyotlar sharhi.

Janubiy Koreyada turizm infratuzilmasining rivojlanishi bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar

amalga oshirildi. Ilmiy izlanishlar asosan raqamli infratuzilma, pandemiyadan keyingi tiklanish,

ekologik turizm, hududiy rivojlanish, transport tizimi, tibbiy turizm va davlat siyosatining

turizmga ta’siri kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Song, Kim va Park (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotda Suwon shahrida turistik

oqimni vaqt oralig‘ida muvozanatlashtirish orqali haddan tashqari to‘planishni kamaytirish

strategiyasi tahlil qilingan. Bu yondashuv, xususan, tungi va mavsumdan tashqari turizmni

rag‘batlantirish orqali infratuzilma yukini kamaytirishga qaratilgan.

An va An (2021) Yongin shahrida turizm infratuzilmasini qayta jonlantirishda Big Data

tahlilining o‘rnini ko‘rsatdi. Ular mobil aloqa va to‘lov tizimlaridan olingan real vaqt
ma’lumotlari asosida turizm oqimini tahlil qilishdi va bu orqali mahalliy infratu

zilma siyosatini

shakllantirishga hissa qo‘shishdi.

Seo va Kim (2021) pandemiyadan keyingi davrda tibbiy turizm sohasining tiklanish

rejalari bo‘yicha tahliliy yondashuvni taklif qildi. Ushbu tadqiqot sog‘liqni saqlash

infratuzilmasining eksportbop xizmatlar doirasida raqobatbardoshligini oshirish usullarini

o‘rgandi.

Um va hammualliflar (2022) Incheon shahrini raqamli “metaverse” platforma orqali aqlli

turizm shahri sifatida rivojlantirish tajribasini ko‘rsatdi. Bu model AR/VR xizmatlari, onlayn
yo‘lko‘rsatkichlar va mobil ilovalarning integratsiyasi asosida ishlab chi

qilgan.

Chang, Lee va Lee (2022) Daejeon shahrida turistlarning piyoda harakati va yurish uchun

qulaylik darajasini mobil ma’lumotlar asosida baholashdi. Bu infratuzilmaning jismoniy

qulayligi, piyodalar infratuzilmasi va xavfsizlik kabi jihatlarni chuqur tahlil qilish imkonini

berdi.

Park va Yun (2023) Gyeonggi viloyatida turistik faoliyatlarning axborot manbalari bilan

bog‘liqligini o‘rgandi. Onlayn manbalar (OTAlar, ijtimoiy tarmoqlar) va an’anaviy turistik

byurolar o‘rtasidagi ta’sir farqlari aniqlanib, ularning turistlar qarorlariga ta’siri statistik

usullar bilan tahlil qilindi.

Dong-

Keon Kim va hammualliflar (2021) sun’iy intellekt asosida turistlar talabini

oldindan bashorat qilish tizimini ishlab chiqdi. Multi-head attention va CNN modellarini

birlashtirgan bu yondashuv Korea Tourism Organization tomonidan amaliyotga tadbiq

etilmoqda.

Sustainability jurnalining (2021) Koreya bo‘yicha tahlilida sohil bo‘yidagi turizmning

COVID-

19dan keyingi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda barqaror ekoturizm,

gigiyenik infratuzilma va qirg‘oq hududlarida xizmat ko‘rsatish sifati muhi

m omil sifatida

ta’kidlangan.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

851

OECD (2022) Koreya bo‘limida mamlakatda turizm infratuzilmasining rivojlanish

tendensiyalari, hukumat tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam va me’yoriy siyosat

yoritilgan. Hisobotda Koreyaning raqamli turizm xizmatlariga o‘tish bo‘yicha global yetakchili

gi

alohida ta’kidlangan.

Matsuki va Pan (2023) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda Koreya turizm bozori va asosiy

tashrifchi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlashuv (convergence) holati vaqtli seriyali usullarda

tahlil qilingan bo‘lib, mintaqaviy marketing strategiyalariga asos bo‘l

ib xizmat qiladi.

Xorijlik tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan tahlil va natijalar shuni ko‘rsatadiki,

Janubiy Koreyada turizm infratuzilmasining rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar

sohaga zamonaviy, raqamli va barqaror yondashuvlarni tatbiq etishda muhim

ilmiy asos bo‘ldi.

Mazkur

tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki, Janubiy Koreyaning turizm infratuzilmasini

rivojlantirishda zamonaviy, raqamli va barqaror yondashuvlarni qo‘llaganligini tasdiqlaydi.

Bu

yondashuvlar esa turizm sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham innovatsion va

strategik rivojlanish yo‘nalishlari sifatida namoyon bo‘ladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda Janubiy Koreya turizm infratuzilma bozorining segmentatsiyasi

jarayonlarini tahlil qilish va maqsadli auditoriyalarni aniqlash orqali xizmatlarni samarali

rejalashtirish masalalari o‘rganiladi. Ilmiy ish quyidagi metodologik yondashuvlarga

asoslangan: statistik tahlil va qiyosiy tahlil qilish usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ilmiy tadqiqot tahlillari shuni ko‘rsatadiki, 2025

-yilga kelib, Janubiy Koreya sayohat va

turizm sektori o‘zining barqaror tiklanish bosqichiga kirib, mintaqadagi eng dinamik va

iqtisodiy jihatdan jozibador yo‘nalishlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Yil

yakuniga qadar

ushbu bozorning umumiy daromadi 14,37 milliard AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda.

Bu ko‘rsatkich pandemiyadan keyingi davrda turizmning tiklanish sur’atlari, iqtisodiy

barqarorlik va strategik davlat siyosati bilan bog‘liqdir. (1

-rasm)



1-

rasm. Janubiy Koreya turizm infratuzilmasining barqaror o‘sish sur’atlari va

istiqbolli prognozlar (2025-2029 yillar)

(Statista, 2025)

Manba:

Janubiy Koreyaning rasmiy turizm statistika hisobotlaridan hamda turizmni rivojlantirish

bo‘yicha tegishli xalqaro tashkilotlarning tahlillaridan olingan holda muallif tomonidan yaratildi.

1-

rasmdan ko‘rinib turibdiki, O‘tgan yillarda barqaror, lekin sekin o‘sish kuzatilsa

-da,

2028-

2029 yillarda kutilayotgan o‘sish sur’ati infratuzilma sifatining yaxshilanishi va sayyohlik

talabining kuchayishini ko‘rsatadi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

852

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, Janubiy Koreya turizm bozori 2025

2029 yillarda

turizm infratuzilmasining yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati (CAGR) 4,44% atrofida bo‘lishi

kutilmoqda. Bu esa 2029-yilga kelib umumiy hajmning 17,09 milliard AQSh dollariga yetishiga

zamin yaratadi. Ushbu ijobiy prognozlar Janubiy Koreyada turizm xizmatlari, jumladan

mehmonxona, transport, ekskursiyalar va raqamli xizmatlarga talabning ortib borayotganini
k

o‘rsatadi

(Statista, 2025).

Aniqlanishicha,2025-

yil holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada turizm sayyohlik bozoridagi eng

yirik segment mehmonxonalar bozoridir. Bu yo‘nalishdan olinadigan daromad 8,58 milliard

dollarga yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2029-yilga kelib 23,49 million foydalanuvchi mehmonxona xizmatlaridan

foydalanishi prognoz qilinmoqda. Foydalanuvchilarning kirib borish darajasi 2025-yildagi

51,2% ko‘rsatkichdan 2029

-

yilga kelib 59,2% gacha oshishi kutilyapti, bu esa iste’mol

chilar

orasida ushbu xizmatlarga bo‘lgan ishonchning ortib borayotganini bildiradi.

Statistik natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2025

-yil uchun bir foydalanuvchidan olinadigan

o‘rtacha daromad (ARPU)

1

542,83 AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich yuqori xizmat

sifati, innovatsion yechimlar va qulay bronlash tizimlari bilan bog‘liq. Ayniqsa, raqamli

transformatsiya bozorning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lib, 2029

-yilgacha

umumiy daromadning 87 foizi onlayn savdo orqali shakllanishi kutilmoqda. Bu esa turizm

xizmatlarida elektron tijorat, OTA

2

platformalari va mobil ilovalarning muhim rol

o‘ynayotganini tasdiqlaydi

(Statista, 2025).






2-rasm.Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksining tarkibilari va Janubiy Koreyaning

turistik xizmatlar infratuzilmasi reytingi

Manba:

Janubiy Koreyaning rasmiy turizm statistika hisobotlaridan hamda turizmni rivojlantirish

bo‘yicha tegishli xalqaro tashkilotlarning tahlillaridan olingan holda muallif tomonidan yaratildi.

Bugungi kunda Janubiy Koreyada ichki turizm tendensiyasi jadal rivojlanmoqda.

“Staycation

3

ya’ni o‘z mamlakati doirasida sayohat qilish –

pandemiyadan keyingi davrda

1

ARPU (Average Revenue Per User)

bu har bir foydalanuvchidan o‘rtacha tushadigan daromadni anglatadi.

2

OTA (Online Travel Agency)

bu sayohat va turizm xizmatlarini internet orqali taqdim etuvchi vositachi platformalardir.

Ular sayyohlarga quyidagi xizmatlarni bir joyda taqdim etadi:

3

Staycation

bu sayohat shakli bo‘lib, odamlar o‘z yashash joyidan uzoqqa bormasdan, yaqin atrofdagi diqqatga sazovor

joylarda dam olishni, mehmonxonada tunashni yoki madaniy-tarixiy obidalarni ziyorat qilishni tanlaydi. Bu trend ayniqsa
pandemiyadan keyin ommalashib, ichki turizmning rivojlanishiga turtki berdi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

853

ommalashgan bo‘lib, aholining yurt ichidagi yo‘nalishlarga bo‘lgan e’tiborini oshirdi. Hukumat
tomonidan ichki turizmni rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar, soliq imtiyozlari va

infrastrukturani yangilash loyihalari bu yo‘nalishni yanada mustahkamlamoq

da. Natijada

mahalliy mehmonxona zanjirlari, transport tizimlari va ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan talab

barqaror oshib bormoqda. Janubiy Koreya yarim orol bo‘lib, o‘zining xilma

-xil tabiiy va

madaniy resurslari bilan ajralib turadi. Mamlakatning sayyohlik landshafti Seul, Pusan va

Incheon kabi metropollar

4

bilan bir qatorda Jeju oroli, Gangvon-

do tog‘lari va Gyeongju tarixiy

shaharlarini o‘z ichiga oladi. Sayohatga bo‘lgan talabning diversifikatsiyalashuvi ushbu

mamlakatni barqaror, raqamlashtirilgan va tajribaga asoslangan turizm markaziga
aylantirmoqda (2-rasm).2-rasm.

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, turistik infratuzilma ba’zi

sohalarda xizmatlar infratuzilmasi va tayyorgarlik yaxshi natijalarga erishgan, ammo boshqa

sohalarda xavfsizlik, madaniy resurslar sezilarli yaxshilanishlar zarur ekanligi ko‘rsatilgan.

Umumiy rivo

jlanishni muvozanatlash uchun eng past reytingga ega sohalarga e’tibor qaratish

muhimdir.


.




3-rasm.

Janubiy Koreyaga kelgan turistlar sonining tendentsiyalari

Manba:

Janubiy Koreyaning rasmiy turizm statistika Korea Culture & Tourism Institute manbasiga

hisobotlaridan hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha tegishli xalqaro tashkilotlarning tahlillaridan

olingan holda muallif tomonidan yaratildi.

Yuqoridagi keltirilgan 3-rasm tahlil natijalari Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan xorijiy

sayyohlar sonining 2005

–2025 yillar oralig‘idagi dinamikasini

aks ettiradi. Ushbu ustunli

diagramma sayyohlar oqimidagi o‘sish, pasayish va tiklanish bosqichlarini aniq ko‘rsatib

beradi. Grafikni ilmiy tahlil qilish orqali mamlakatning turizm siyosati va tashqi omillar ta’sirini

chuqurroq anglash mumkin.

4-

rasm tahlili shuni ko‘rsatadiki, Janubiy Koreyaga tashrif buyurishni tanlashda turistlar

tomonidan e’tiborga olinadigan asosiy omillarni ochib beradi.

Grafikda turizm vohalarining

taqsimoti doira diagrammasi shaklida keltirilgan bo‘lib, u xorijiy sayyohlar qaror qabul qilish

jarayonida qaysi omillar muhim o‘rin tutishini statistik jihatdan aks ettiradi. Yuqoridagi tahlil

4

Metropollar

bu katta miqyosdagi, iqtisodiy, madaniy va siyosiy markaz sifatida faoliyat yurituvchi yirik shaharlardir. Ular

yuqori aholi zichligi, rivojlangan infratuzilma, transport tizimi va global aloqalar bilan ajralib turadi. Masalan, Janubiy Koreyada
Seul, Pusan (Busan) va Incheon metropollar sirasiga kiradi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

854

shuni ko‘rsatadiki, Janubiy Koreya turizmining muvaffaqiyat omillaridan biri –

bu

yo‘nalishlarning xilma

-

xilligi va har bir segmentning aniq iste’molchi ehtiyojlariga

moslashtirilganligidir. Ayniqsa, gastronomik va savdo turizmi mamlakat turizm siyosatida

yetakchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, madaniy va tabiiy turizm yo‘nalishlari ham barqaror

ravishda rivojlanmoqda.



4-rasm. Janubiy Koreyaga tashrif buyurishni tanlashda

e’tiborga

olinadigan omillar

Janubiy Koreyadagi turizm yo‘nalishlarining taqsimoti

Manba:

Janubiy Koreyaning rasmiy turizm statistika Korea Culture & Tourism Institute manbasiga

hisobotlaridan hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha tegishli xalqaro tashkilotlarning tahlillaridan

olingan holda muallif tomonidan yaratildi.

Ushbu tahlil asosida qayd etilganidek, koreys turizmining eksportbop brendlar (masalan,

K-food, K-fashion) orqali tashqi bozorlardagi mavqei kuchayib borayotgani aniqlanadi. Turistik

strategiyani ishlab chiqishda bu ko‘rsatkichlar tayanch nuqta bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Jahon sayyohlik bozorida ilg‘or o‘rinni egallashda raqamli transformatsiya hal qiluvchi

omillardan biri hisoblanadi. Janubiy Koreyaning raqamli ustunligi Samsung Electronics, SK

Hynix va LG Electronics kabi global yarimo‘tkazgich va elektronika gigantlari

faoliyati bilan

bevosita bog‘liq. Ushbu kompaniyalar nafaqat mamlakat iqtisodiyotining tayanchini tashkil

etadi, balki raqamli turizm infratuzilmasini yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bu korxonalar

yordamida Koreya turistik xizmatlarda avtomatlashtirish,

sun’iy intellekt, kengaytirilgan

reallik (AR) va virtual reallik (VR) texnologiyalarini keng joriy qilish imkoniyatiga ega

bo‘lmoqda.

5

Olingan natijalar asosida ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya raqamli turizm infratuzilma

platforma iqtisodiyoti sharoitida ham yuqori samaradorlikni namoyon etmoqda. Naver,

6

Kakao

7

va Yanolja

8

kabi mahalliy texnologik platformalar Google, Facebook va Airbnb kabi

5

Digital transformation in Korea's tourism sector: ICT innovations and future potential. Retrieved from

https://kto.or.kr

6

Naver Corporation

Janubiy Koreyaning eng yirik internet kompaniyalaridan biri bo‘lib, u mamlakatdagi eng mashhur qidiruv

tizimi

Naver

'ni boshqaradi. Naver Google’ga o‘xshash multifunksional platforma bo‘lib, unda yangiliklar, bloglar, xaritalar, video

kontent, online savdo, reklama va raqamli to‘lov xizmatlari integratsiyalashgan. Sayohat sohasi uchun Naver foydalanuvchilarg

a

mehmonxona

lar, sayyohlik maskanlari, restoranlar haqida ma’lumot, foydalanuvchi sharhlari va reytinglar, hamda real vaqtli

qidiruv orqali turizmga oid xizmatlarni izlash imkonini beradi.

7

Kakao Corp.

Janubiy Koreyada raqamli kommunikatsiya va xizmatlar bozorida yetakchi o‘rinni egallagan texnologik

kompaniya. Uning eng mashhur mahsuloti

KakaoTalk

, mamlakatda eng ko‘p ishlatiladigan messenjer hisoblanadi. Kakao

shuningdek,

Kakao T (transport xizmatlari), Kakao Maps, Kakao Pay

(raqamli to‘lov), va

Kakao Mobility

orqali turizmga oid

xizmatlarni, xususan taksi chaqirish, joylashuvni aniqlash, xaritalar orqali marshrut tuzishni ta’minlaydi. Kompaniya sayyohl

ar

uchun qulay va raqamlashtirilgan xizmatlar ekotizimini yaratgan.

8

Yanolja

Janubiy Koreyadagi yetakchi raqamli (Online Travel Agency) va mehmonxona texnologiyalari kompaniyasidir. Bu

platforma foydalanuvchilarga mehmonxona, motellar, kurortlar, ijaraga beriladigan dam olish uylari, transport va turli dam olish

xizmatlarini bro

n qilish imkonini beradi.Yanolja’ning asosiy farqlanuvchi jihati —

u sun’iy intellekt, avtomatlashtirish va IoT

(Internet of Things) texnologiyalarini sayyohlik infratuzilmasiga integratsiya qilganligi. Kompaniya mehmonxonalar uchun

“Property Management System (PMS)” yechimlarini taklif qilib, raqamli boshqaruvni soddalashtiradi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

855

global gigantlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlasha olmoqda. Ayniqsa,

Yanolja

platformasi

turizm va mehmonxona sektorida raqamli xizmatlarni taklif etib, Janubiy Koreya turizm

sanoatini transformatsiya qiluvchi kuchga aylangan.

Hisobot va statistik tahlillarga asoslanib, turizm Koreyaning yumshoq kuch (soft power)

9

strategiyasini kuchaytirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. “K

-

pop”, koreys oshxonasi,

sog‘lomlashtirish va ta’lim turizmi yo‘nalishlari orqali mamlakatning madaniy salohiyati jahon

miqyosida keng tanilmoqda (Lee, 2009). Umuman olganda, Janubiy Koreya turizm

infratuzilmasini milliy strategiyaning ajralmas qismi sifatida rivojlantirib, uni ichki ijtimoiy

muammolarga yechim va global iqtisodiy o‘sishga turtki sifatida muvaffaqiyatli yo‘naltirmoqda.

Milliy miqyosdagi muvofiqlashtirilgan siyosat, hududlararo hamkorlik va innovatsion

liderlik orqali Janubiy Koreya nafaqat Osiyo, balki jahon bo‘yicha eng nufuzli turistik

markazlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Endilikda bu strategik imkoniyatdan unumli

foydalanish

bugungi siyosiy va iqtisodiy qarorlarning sifatiga bog‘liq

(Choi & Kim, 2020).

Ma’lumotlar tahlili natijasida aniqlanishicha, 2025–2033 yillar oralig‘ida Janubiy Koreya

turizm bozori yiliga o‘rtacha 4,73%

o‘sish sur’ati (CAGR) bilan kengayishi prognoz qilinmoqda.

Bu o‘sish mamlakatning kuchli madaniy soft power omillari –

xususan, K-pop, K-drama, K-food

ning global miqyosdagi ommalashuvi hamda hukumat tomonidan turizm infratuzilmasiga

yo‘naltirilgan strategik sarmoyalar bilan bevosita bog‘liqdir.

Asosiy komponentlar sifatida Janubiy Koreya innovatsion turizm loyihalari orqali

sayyohlar tajribasini sezilarli darajada boyitmoqda. Masalan, 2024-yilda Seul shahrida

joylashgan Yeouido bog‘ida ishga tushirilgan geliyli shar attraksioni tashrif buyuruvchi

larga

Hangang daryosi va Seul manzaralarini ko‘rish imkoniyatini yaratdi. 30 yo‘lovchiga
mo‘ljallangan ushbu yangi diqqatga sazovor joy turizmning innovatsion yondashuvlar orqali

qanday rivojlanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Janubiy Koreya kuchli pazandalik

turizmi

tashabbuslari bilan ham ajralib turadi. 2024-

yilda ishga tushirilgan “Koreya taomlarini tatib

ko‘ring” brendi doirasida 33 ta mashhur milliy taomlar va ichimliklar ilgari surildi. Bu nafaqat

Koreya oshxonasini dunyoga tanitish, balki sayyohlarning gastronomik tajribasini boyitish

orqali ularning mamlakatga qayta tashrifini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda

(Korea

Tourism Organization, 2024).






5-rasm.Koreya turizm bozorining segmentatsiyasi

Manba:

Janubiy Koreyaning rasmiy turizm statistika Korea Culture & Tourism Institute manbasiga

hisobotlaridan hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha tegishli xalqaro tashkilotlarning tahlillaridan

olingan holda muallif tomonidan yaratildi.

9

Janubiy Koreya turizm sohasini o‘zining

yumshoq kuch (soft power)

strategiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida faol

qo‘llamoqda. Yumshoq kuch konsepsiyasi —

bu mamlakatning boshqa davlatlarga madaniy, siyosiy va axloqiy jozibadorlik

orqali ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidir.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

856

Ma’lumotlar tahlili natijasida aniqlanishicha, IMARC Group tomonidan taqdim etilgan

prognozlarga ko‘ra, 2025–

2033 yillarda Janubiy Koreya turizm bozori murakkab

segmentatsion struktura asosida rivojlanadi. Bozorni tahlil qilish quyidagi asosiy yo‘nalishlar

bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

5-

rasmda keltirib o‘tilgan grafik tahlili shuni ko‘rsatadiki, turizm bozori ko‘p tarmoqli va

segmentatsiyalangan tuzilishga ega. Bu esa xizmatlarning moslashuvchanligi, marketing

samaradorligi va resurslarni optimal taqsimlash imkonini beradi. Shu bilan birga, yosh toifalari

va bronlash uslublari bo‘yicha ham muvozanatli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa

Janubiy Koreya turizm

bozoridagi segmentatsiya yo‘nalishlari infratuzilma uchun yanada

muhimligini aks ettiradi.

Janubiy Koreya turizm sanoatida strategik rag‘batlantirish va aniq segmentatsiyaga

asoslangan yondashuvlar 2025

–2033 yillar davomida barqaror va tizimli o‘sishni ta’minlovchi

asosiy vositalardan biri bo‘lib qoladi. Mamlakat o‘zining kuchli madaniy asoslari, ilg‘or
texnologik yechimlari va bozorga moslashtirilgan rag‘batlantirish strategiyalari orqali xalqaro

turizmda yanada kuchli pozitsiyani egallash yo‘lida.

Janubiy Koreyaning turizm bozori 2025

–2033 yillar davomida sezilarli o‘sish sur’atini

ko‘rsatishi kutilmoqda. Bu o‘sish, birinchidan, bozorning ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan

segmentatsiyasi orqali strategik rivojlanish imkonini beradi.

Mazkur bozor segmentatsiyasi Janubiy Koreyada turizm sanoatining zamonaviy,

moslashuvchan va raqamlashtirilgan tus olishiga olib kelmoqda. Har bir segmentga

yo‘naltirilgan mahsulot va xizmatlarning yaratilishi strategik rivojlanishni kuchaytirib,

mamlakatning global turizm bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda.

Tadqiqot tahlili natijalariga ko‘ra, Janubiy Koreyada turizm infratuzilmasining

rivojlanishi raqamlashtirish, hududiy muvozanat, ekologik barqarorlik va innovatsion

yondashuvlarga asoslangan kompleks tizim sifatida shakllanganini ko‘rsatdi. Ilmiy izlanishl

ar

raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, Big Data va mobil axborot vositalari orqali turistik
oqimlarni boshqarish, infratuzilmaviy qulaylikni oshirish hamda sog‘liqni saqlash va ekologik

xizmatlar orqali turizm salohiyatini kengaytirish imkoniyatlarini ochib berdi. Ushbu tahlillar

Koreya tajribasining global darajadagi barqaror turizm modeli sifatida ahamiyatini tasdiqlaydi.


Xulosa va takliflar.

Tadqiqotning statistik tahlil natijalariga ko‘ra, 2025

-yilga kelib bu sektorning umumiy

daromadi 14,37 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Ushbu o‘sish mamlakatning puxta
o‘ylangan davlat siyosati, ilg‘or axborot

-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish,

hamda sayyohlarning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlar bilan bog‘liq.

Raqamli platformalar (Yanolja, Naver, Kakao) va AR/VR texnologiyalari orqali sayohat tajribasi

shaxsiylashtirilib, interaktiv ko‘rinishga ega bo‘lmoq

da.

Ushbu tadqiqotlarda aniqlanishicha, Janubiy Koreya “yumshoq kuch” (soft power)

strategiyasini turizm orqali faol qo‘llamoqda. K

-pop, koreys oshxonasi, seriallar va madaniy

festivallar xalqaro miqyosda Koreya imidjini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan

birga, pandemiyadan keyingi davrda ichki turizm (staycation) va hududiy sayohatlarning

rivojlanishi aholining o‘z mamlakati ichida ko‘proq dam olishga moyilligi bilan izohlanadi. Bu
esa qishloq joylardagi iqtisodiy faollikni oshirib, yangi ish o‘rinlar

i yaratilishiga xizmat

qilmoqda.

Takliflar

1.Innovatsion startaplar uchun qo‘llab

-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish.

Sun’iy intellekt, AR/VR texnologiyalari, raqamli xizmatlar va virtual gidlar yo‘nalishida faoliyat

yurituvchi startaplar uchun davlat granti, soliq imtiyozlari va investitsiya qo‘llovi taqdim

etilishi lozim.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

857

2.Ekologik barqarorlikni ta’minlash

.

“Yashil turizm” kontseptsiyasi doirasida ekologik

xavfsiz transport vositalarini (elektrobuslar, veloyollar), energiya tejamkor mehmonxonalarni

joriy qilish orqali turizm sektorining atrof-

muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish zarur.

3.Xalqaro brendlash strategiyasini kuchaytirish.

Koreya milliy turizm imidjini global

miqyosda ilgari surish uchun K-pop, K-drama, milliy taomlar va madaniyatdan keng
foydalanish, shu orqali turistik marketing kampaniyalarini kuchaytirish tavsiya etiladi.

4.Bozor segmentatsiyasi asosida xizmatlarni diversifikatsiya qilish.

Tibbiy turizm,

gastronomik yo‘nalishlar, sarguzasht va madaniy turlar kabi xizmatlar yo‘nalishida

ixtisoslashgan paketlar taklif etish orqali turli ehtiyojdagi sayyohlar uchun qulaylik yaratilishi
mumkin.

Adabiyotlar

/

Литература

/

Reference:

An, Y., & An, S. (2021). The Role of Big Data Analytics in Revitalizing Tourism Infrastructure:

A Case Study of Yongin. Korean Tourism Research Journal, 36(2), 88

105.

Chang, M., Lee, S., & Lee, D. (2022). Walkability and Tourist Mobility in Daejeon: Insights

from Mobile Data. Korean Journal of Urban Studies, 28(3), 59

78.

Choi, Y., & Kim, H. (2020). Smart Tourism in South Korea: How technology is shaping

destination branding. Journal of Tourism Futures, 6(3), 203

215. https://doi.org/10.1108/JTF-

03-2020-0047.

Kim, D. K., Choi, H., & Park, H. (2021). Forecasting Tourist Demand Using AI: A Hybrid Multi-

Head Attention and CNN Approach. Journal of AI & Tourism, 1(1), 33

50.

Kim, Y. (2015). Cultural policy in the Korean Wave: An analysis of cultural diplomacy

embedded in Presidential speeches. International Journal of Cultural Policy, 21(4), 433

447.

https://doi.org/10.1080/10286632.2014.956224.

Korea Tourism Organization. (2024). Tourism Innovations and Culinary Branding Report:

2024 Highlights. https://kto.visitkorea.or.kr.

Lee, S. J. (2009). South Korea’s Soft Power: Cultural Diplomacy and the Korean Wave. Korea

Observer, 40(3), 425

459.Milliy brend yaratish va global sayyohlik oqimlariga yumshoq kuch

orqali ta’sir qilish mexanizmlari ochib berilgan.

Matsuki, K., & Pan, H. (2023). Convergence Analysis in the Korean Tourism Market Using

Time Series Models. Journal of International Tourism and Economics, 7(1), 74

92.

OECD. (2022). Tourism Trends and Policies: Korea Chapter. OECD Publishing.

https://www.oecd.org/cfe/tourism/

Park, S., & Yun, J. (2023). The Influence of Digital and Traditional Information Channels on

Tourist Decision-Making in Gyeonggi Province. Tourism Informatics Review, 4(2), 110

127.

Seo, H., & Kim, J. (2021). Post-

Pandemic Recovery Strategy in Korea’s Medical Tourism

Sector. Asia Pacific Journal of Tourism Research, 26(8), 903

920.

Song, H., Kim, M., & Park, J. (2020). Managing Tourism Congestion in Suwon: Temporal

Dispersion Strategies. Journal of Tourism Studies, 32(1), 45

60.

Statista. (2025). Travel & tourism

South Korea market insights, forecasts and trends 2025.

Statista. https://www.statista.com.

Statista. (2025). Travel & tourism market forecast South Korea 2025

2029. Statista.

https://www.statista.com.

Statista. (2025). Travel & Tourism Market Forecast: Hotels Segment in South Korea 2025

2029. Statista. https://www.statista.com.

Sustainability. (2021). Coastal Tourism in Korea after COVID-19: Challenges and Prospects.

Sustainability, 13(12), Article 6985. https://doi.org/10.3390/su13126985.

Um, J., Lee, K., & Cho, Y. (2022). Smart Tourism and the Metaverse: Incheon’s Digital

Infrastructure Strategy. Journal of Smart Tourism Development, 3(1), 21

40.

Библиографические ссылки

An, Y., & An, S. (2021). The Role of Big Data Analytics in Revitalizing Tourism Infrastructure: A Case Study of Yongin. Korean Tourism Research Journal, 36(2), 88–105.

Chang, M., Lee, S., & Lee, D. (2022). Walkability and Tourist Mobility in Daejeon: Insights from Mobile Data. Korean Journal of Urban Studies, 28(3), 59–78.

Choi, Y., & Kim, H. (2020). Smart Tourism in South Korea: How technology is shaping destination branding. Journal of Tourism Futures, 6(3), 203–215. https://doi.org/10.1108/JTF-03-2020-0047.

Kim, D. K., Choi, H., & Park, H. (2021). Forecasting Tourist Demand Using AI: A Hybrid Multi-Head Attention and CNN Approach. Journal of AI & Tourism, 1(1), 33–50.

Kim, Y. (2015). Cultural policy in the Korean Wave: An analysis of cultural diplomacy embedded in Presidential speeches. International Journal of Cultural Policy, 21(4), 433–447. https://doi.org/10.1080/10286632.2014.956224.

Korea Tourism Organization. (2024). Tourism Innovations and Culinary Branding Report: 2024 Highlights. https://kto.visitkorea.or.kr.

Lee, S. J. (2009). South Korea’s Soft Power: Cultural Diplomacy and the Korean Wave. Korea Observer, 40(3), 425–459.Milliy brend yaratish va global sayyohlik oqimlariga yumshoq kuch orqali ta’sir qilish mexanizmlari ochib berilgan.

Matsuki, K., & Pan, H. (2023). Convergence Analysis in the Korean Tourism Market Using Time Series Models. Journal of International Tourism and Economics, 7(1), 74–92.

OECD. (2022). Tourism Trends and Policies: Korea Chapter. OECD Publishing. https://www.oecd.org/cfe/tourism/

Park, S., & Yun, J. (2023). The Influence of Digital and Traditional Information Channels on Tourist Decision-Making in Gyeonggi Province. Tourism Informatics Review, 4(2), 110–127.

Seo, H., & Kim, J. (2021). Post-Pandemic Recovery Strategy in Korea’s Medical Tourism Sector. Asia Pacific Journal of Tourism Research, 26(8), 903–920.

Song, H., Kim, M., & Park, J. (2020). Managing Tourism Congestion in Suwon: Temporal Dispersion Strategies. Journal of Tourism Studies, 32(1), 45–60.

Statista. (2025). Travel & tourism – South Korea market insights, forecasts and trends 2025. Statista. https://www.statista.com.

Statista. (2025). Travel & tourism market forecast South Korea 2025–2029. Statista. https://www.statista.com.

Statista. (2025). Travel & Tourism Market Forecast: Hotels Segment in South Korea 2025–2029. Statista. https://www.statista.com.

Sustainability. (2021). Coastal Tourism in Korea after COVID-19: Challenges and Prospects. Sustainability, 13(12), Article 6985. https://doi.org/10.3390/su13126985.

Um, J., Lee, K., & Cho, Y. (2022). Smart Tourism and the Metaverse: Incheon’s Digital Infrastructure Strategy. Journal of Smart Tourism Development, 3(1), 21–40.