www.sci-p.uz
III SON. 2025
890
KORXONA IQTISODIY SALOHIYATINI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH
Xakimov Tulkin
Toshkent t
o‘q
imachilik va yengil sanoat instituti
ORCID: 0000-0001-7280-9981
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korxonaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholash
usullari, uning samaradorligini oshirish omillari o‘rganilgan. Iqtisodiy salohiyatning asosiy
ko‘rsatkichlari, korxona faoliyatining raqobatbardoshligini ta’minlashdagi ahamiyati t
ahlil
qilinadi. Maqolada moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar, samaradorlik mezonlari asosida
baholash metodlari keltirilgan va ularning amaliy qo‘llanilishi haqida fikrlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
korxona iqtisodiy salohiyati, tahlil qilish, baholash, moliyaviy ko‘rsatkichlar,
raqobatbardoshlik, samaradorlik, biznes tahlili, moliyaviy barqarorlik, investitsiya, korxona
rivoji.
АНАЛИЗ И ОЦЕНКА ЭКОНОМИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА ПРЕДПРИЯТИЯ
Хакимов Тулкин
Ташкентский институт текстильной
и легкой промышленности
Аннотация.
В статье рассматриваются методы анализа и оценки экономического
потенциала предприятия, факторы повышения его эффективности. Анализируются
основные показатели экономического потенциала и их значение для обеспечения
конкурентоспособности предприятия. Представлены методы оценки на основе
финансовых и экономических показателей, а также их практическое применение.
Ключевые
слова:
экономический потенциал предприятия, анализ, оценка,
финансовые показатели, конкурентоспособность, эффективность, бизнес
-
анализ,
финансовая устойчивость, инвестиции, развитие предприятия.
ANALYSIS AND ASSESSMENT OF THE ECONOMIC POTENTIAL OF THE ENTERPRISE
Khakimov Tulkin
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
This article examines the methods of analyzing and evaluating the economic
potential of an enterprise and the factors that enhance its efficiency. The main indicators of
economic potential and their importance in ensuring the competitiveness of the enterprise are
analyzed. The article presents evaluation methods based on financial and economic indicators and
discusses their practical application.
Keywords:
economic potential of enterprise, analysis, evaluation, financial indicators,
competitiveness, efficiency, business analysis, financial stability, investment, enterprise
development.
UOʻK:
338.434
890-899
www.sci-p.uz
III SON. 2025
891
Kirish.
Hozirgi zamonaviy iqtisodiyot sharoitida korxonaning iqtisodiy salohiyati uning barqaror
rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy salohiyat –
bu korxonaning moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlari, shuningdek bo
zordagi o‘rni
asosida uning kelajakdagi o‘sish salohiyatini bayon qiladigan ko‘rsatkichdir. Shuning uchun
iqtisodiy salohiyatni to‘g‘ri tahlil qilish va baholash korxonaning strategik rejalarini tuzishda va
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy globalashuv va keskin raqobat sharoitida korxonalar o‘z resurslarini samarali
boshqarishga, yangi imkoniyatlar izlashga va ustunliklarga erishishga majburdir. Shuning
uchun iqtisodiy salohiyatni tahlil qilishning zamonaviy usullari va ularni amalga oshirish
mexanizmlari haqidagi tadqiqotlar dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada korxonaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholash usullari,
moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosidagi baholash mexanizmlari tahlil qilinadi hamda
ularning korxonaning rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarish va baholash masalalari
ko‘plab milliy va xalqaro olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Xalqaro tajribada bu yo‘nalishda
innovatsion boshqaruv usullari, raqamlashtirish va resurslarni samarali taqsimlash kabi
jihatlar asosiy e’tiborga olinadi
. Xususan, Rossiyalik mutaxassis S. Ekimov
“qishloq xo‘jaligi
korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini chuqur tahlil qilgan va ishlab chiqarish
salohiyatini oshirish yo‘llarini taklif qilgan”
(Ekimov, 2021). Yana bir rossiyalik mutaxassis
Zinina “qishloq xo‘jaligi korxonalarining tadbirkorlik salohiyatini oshirish orqali iqtisodiy
salohiyatni mustahkamlash yo‘llarini o‘rgangan”
(Zinina, 2020). Ukrainalik mutaxassis V.
Antohenkova “qishloq xo‘jaligi korxonalarining resurs salohiyatidan samarali foydalanish
orqali mamlakat oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq hududlarini rivojlantirish”
masalalariga o‘z tadqiqotlari to‘xtalib o‘tgan
(
Antoshchenkova, 2020
). Polshalik mutaxasis
Małgorzata Matyja “qishloq xo‘jaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning resurs
bazasi va salohiyatini oshirish masalalarini” o‘z ilmiy ishlarida keng yoritgan
(Matyja,2016).
Belorussiyalik iqtisodchi Samaxavets “qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy salohiyatini
yaxshilash yo‘llarini” o‘z tadqiqotlarida ochiqlab o‘tgan
(Samaxavets, 2014). Yana bir
rosssiyalik mutaxassis V. Podkopaev o‘z tadqiqotlarida asosan “qishloq xo‘jaligi
korxonalarining iqtisodiy salohiyatin
i tahlil qilish masalalariga to‘xtalib o‘tgan”
(Podkopayev,
2016)
. O‘zbekiston sharoitida esa, qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishi va korxonalar
samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar so‘nggi yillarda faollashdi. I. Umarov o‘z
tadqiqotlarida “qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqaruv salohiyatini yaxs
hilash
masalalariga” to‘xtalib o‘tgan
(Umarov, 2018)
. Z. Shoniyozova “qishloq xo‘jaligi korxonalarining
moliyaviy salohiyatini oshirishda davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlashning ahamiyati” ha
qida
o‘z izlanishlarida xulosalar berib o‘tgan
(Shoniyozova, 2023)
. N. Nosirova “qishloq xo‘jaligida
faoliyat ko‘rsatuvchi kichik biznes korxonalarining eksport salohiyatini oshirish masalalariga”
o‘z ilmiy asarlarida to‘xtalib o‘tgan
(Nosirova, 2021)
. Yuqorida o‘rganilgan adabiyotlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini o‘rganishga
qaratilgan ishlarda yaxlit baholash va tahlil qilish tizimi shakllantirilmagan, shuningdek,
iqtisodiy salohiyatni baholash metodi
kalari bo‘yicha mamlakatimizda hali yetarlicha tizimli
yondashuvlar ishlab chiqilmaganligi haqida fikrlar mavjud. Shu bois, iqtisodiy salohiyatni aniq
baholash va uni boshqarish uchun zamonaviy uslubiy asoslar yaratish dolzarb hisoblanadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
892
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda korxonaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish va baholashda bir
nechta ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo
‘
llanildi. Tizimli tahlil usuli asosida korxonaning iqtisodiy
salohiyatini shakllantiruvchi asosiy omillar aniqlab olindi. Taqqoslash usuli orqali turli
korxonalar faoliyatining iqtisodiy ko
‘
rsatkichlari solishtirildi va baholashning nisbiy natijalari
tahlil qilindi. Statistik tahlil, moliyaviy ko
‘
rsatkichlar tahlili, grafik va jadval usullari yordamida
korxonaning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi, aktivlardan foydalanish darajasi va boshqa
muhim parametrlar baholandi. Tadqiqotda shuningdek, mavjud ilmiy adabiyotlar, normativ-
huquqiy hujjatlar va rasmiy statistik manbalar asos sifatida qo
‘
llanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Iqtisodiy tahlil samaradorligini ta’minlash uni to‘g‘ri va tizimli tashkil etmasdan mumkin
emas. “Iqtisodiy tahlilni tashkil etish, avvalo uning maqsad va vazifalarini aniqlash, korxona
bo‘linmalari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash, ichki va tashqi tahlil
ni amalga oshirish
jarayonlari, uslubiy yondashuvlar va vositalarni belgilash, shuningdek korxonaning
samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish
tartibini belgilashni anglatadi”
(Kocharyan, 2016).
Iqtisodiy tahlilni samarali tashkil etish korxona faoliyatini tahlil qilish jarayonini
markazlashtirish, aniq vazifalarga yo‘naltirish va strategik qarorlarni asoslashda muhim
ahamiyatga egadir. Bu jarayon korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga q
aratilgan
“ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga zamin yaratadi”
(Nurmanov,
2024).
Iqtisodiy tahlil uslubiyoti
—
bu xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalarini o‘rganishga
qaratilgan maxsus usul va uslublar majmuasini anglatadi. Mazkur uslubiyot tahlilning
mazmunan tizimli va mantiqan asoslangan bo‘lishiga xizmat qiladi. “Iqtisodiy tahlilni amalga
oshirishda quyidagi texnologik bosqichlar
ajratib ko‘rsatiladi:
1)
Tahlil obyekti, maqsad va vazifalarini aniqlash, tahlil ishlari rejasini tuzish
–
tahlilni
rejalashtirish, strategik yo‘nalishni belgilash va vazifalarni aniq taqsimlash imkonini beradi.
2)
Tahlil obyektini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish
–
iqtisodiy
jarayonlarni baholashda aniq, miqdoriy ifodalangan va tarmoq talablariga mos keluvchi
indikatorlar tanlanadi.
3)
Zarur ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish uchun tayyorlash
–
ma’lumotlarni
ishonchli manbalardan yig‘ish, ularni chuqur tekshirish va tahlilga mos holga keltirishni o‘z
ichiga oladi.
4)
Haqiqiy xo‘jalik faoliyati natijalarini reja ko‘rsatkichlari, avvalgi davrlar ma’lumotlari,
sohaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlar va raqobatchi korxonalar natijalari bilan solishtirma tahlil qilish
–
dinamik va taqqoslama tahlil usullari orqali faoliyat samaradorligi baholanadi.
5)
Omilli tahlil va ularning korxona faoliyati natijalariga ta’sirini aniqlash
–
omillarnig
muayyan ko‘rsatkichlarga ta’sir darajasi ilmiy asosda baholanadi.
6)
Ishlatilmayotgan va istiqbolli zaxiralarni aniqlash
–
ishlab chiqarishni
optimallashtirish, qo‘shimcha resurslarni jalb etish imkoniyatlarini belgilash.
Xo‘jalik faoliyati natijalarini omillar ta’siri va zaxiralar asosida baholash, ulardan
foydalanish bo‘yicha taklif va chora
-tadbirlarni ishlab chiqish
–
tahlil natijalari asosida
samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar shakllantiriladi”
(Skobara, 2014).
Tadqiqotda korxonaning iqtisodiy salohiyatini har tomonlama tahlil qilish va baholashda
zamonaviy ilmiy-
uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Xususan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
solishtirish, guruhlash va grafik usullar orqali mantiqiy tahlil amalga oshirildi. Bu usullar
yordamida korxonaning faoliyati bo‘yicha dinamik o‘zgarishlar, tarkibiy bog‘liqliklar va asosiy
yo‘nalishlar aniqlandi.
Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda determinantli (omilli) tahlil
usullari
—
zanjirli almashtirish, mutloq farqlar va indeksli baholash metodlaridan foydalanildi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
893
Bu esa iqtisodiy natijalarning shakllanishiga sabab bo‘lgan asosiy omillarni miqdoriy jihatdan
tahlil qilish imkonini berdi.
Shuningdek, statistik ma’lumotlarni chuqur o‘rganish uchun korrelyatsiya va regressiya
tahlili, trend va dispersiya tahlillari qo‘llanilib, uzoq muddatli o‘zgarishlar tahlil qilindi.
Modellashtirishga asoslangan iqtisodiy-matematik usullar (chiziqli dasturlash, tarmoq
modellar, imitatsion modellashtirish) korxona resurslaridan optimal foydalanish imkonini
baholashda muhim vosita bo‘ldi.
Tadqiqotda boshqaruv tahlili vositalaridan ham keng foydalanildi. Jumladan, SWOT tahlil
orqali korxonaning ichki kuchli va zaif tomonlari, tashqi imkoniyatlar va tahdidlar aniqlandi;
PEST tahlil yordamida esa siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik muhi
t o‘rganildi. GAP tahlil
orqali rejalashtirilgan va amalda erishilgan natijalar o‘rtasidagi tafovut aniqlandi.
Mazkur usullarning qo‘llanilishi korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini shakllantirish
va samaradorlikni baholashda ishonchli va tahliliy asos yaratdi.
Ishlab chiqarish salohiyatini to‘g‘ri va mos ravishda baholash korxonaning kundalik
faoliyatini hamda uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini samarali rejalashtirish va amalga
oshirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, “korxonaning joriy to‘lov qobiliyatini ta’minlash”
,
bozorda
“raqobatbardoshligini
mustahkamlash”
hamda
“tarmoqdagi
o‘rnini
barqarorlashtirish
”
imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini tadqiq etishda sohaviy
xususiyatlarni hisobga olgan holda maxsus uslubiy yondashuvlardan foydalanish zarur.
Bu esa sohaviy tahlil ko‘rsatkichlarini hisoblashni nazarda tutadi. “
Ishlab chiqarish
salohiyati, jumladan, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali va maqsadga
muvofiq foydalanish mahsulot sifatiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, mazkur
resurslardan oqilona foydalanish korxonaning raqobat
bardoshligini ta’minlash, bozordagi
mavqeini mustahkamlash hamda iqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi
”
(Pardayevich, 2021) .
1-jadval
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan asosiy usul va vositalar
№
Usul/vosita nomi
Qisqacha tavsifi va qo‘llanishi
1
Mantiqiy usullar
Taqqoslash, guruhlash, grafik usullar yordamida iqtisodiy
jarayonlarni soddalashtirish va vizual tahlil qilish.
2
Omilli (determinant) tahlil
Zanjarli almashtirish, indekslar va farq usullari orqali omillar
ta’sirini aniqlash.
3
Iqtisodiy-statistik usullar
Korrelatsiya, regressiya, dispersiya va ekstrapolyatsiya orqali
statistik bog‘liqliklarni o‘rganish.
4
Iqtisodiy-matematik
usullar
Chiziqli va chiziqsiz dasturlash, modellash, optimallashtirish
orqali aniq qarorlar ishlab chiqish.
5
Boshqaruv tahlili vositalari
SWOT, PEST, GAP tahlillari orqali strategik boshqaruvga asos
yaratish va farqlarni aniqlash.
Iqtisodiy tahlilni, jumladan, korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini aniq va samarali
baholashni tashkil etishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri —
ushbu
jarayonni amalga oshirish uchun “mas’ul bo‘linmani” belgilash
dir (Nasibov, 2008).
Amaliy faoliyatda bunday vazifalar odatda korxonaning iqtisodiy xizmati zimmasiga
yuklanadi. Bugungi tez o‘zgaruvchan bozor muhiti sharoitida mazkur xizmat xodimlari o‘z
korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini muntazam tahlil qilib borishlari talab etiladi.
Bunday tizimli tahlil:
•
korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan amalda qay darajada foydalanilayotgani
haqida doimiy ma’lumotlar
bazasini yaratishga;
•
korxonaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va ishlab chiqarish-moliyaviy
www.sci-p.uz
III SON. 2025
894
rejalarini ilmiy asosda shakllantirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa,
qishloq xo‘jaligi korxonalari
ishlab chiqarish salohiyatini to‘g‘ri baholash va
undan samarali foydalanish uchun, eng avvalo, ushbu salohiyatning iqtisodiy mohiyatini
chuqur o‘rganish zarur. Buning uchun sohaviy xususiyatlar, ishlab chiqarish resurslari tarkibi
va ularning qayta tiklanish imkoniyatlari hisobga olingan holda maxsus tahlil usullarini ishlab
chiqish talab etiladi.
M.Abdujabborovaning ta’kidlashicha
,
“
ishlab chiqarish salohiyati
—
bu o
‘
zaro bog
‘
liq
ishlab chiqarish resurslaridan eng samarali tarzda foydalanish orqali maksimal darajada ishlab
chiqarish natijasini qo
‘
lga kiritishga yo
‘
naltirilgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdir
”
(Abdujabborova, 2023).
Ushbu tushuncha faqat resurslar yig
‘
indisi emas, balki ularning o
‘
zaro ta
’
sirchanligi,
boshqaruv mexanizmlari va natijaviylik darajasini ham o
‘
z ichiga oladi. Salohiyatning
takomillashuvi
—
bu resurslarni to
‘
g
‘
ri taqsimlash, ularning imkoniyatlarini to
‘
liq ishga solish
va texnologik yangilanish orqali amalga oshiriladi.
Korxonalar ishlab chiqarish salohiyatini baholash uchun turli uslubiy yondashuvlar
mavjud
. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Salohiyat unsurlarini pul bilan baholash usuli
–
ishlab chiqarish salohiyatini tashkil
etuvchi har bir resursning qiymat ifodasini aniqlash.
2.
Indeks usuli
–
turli ko‘rsatkichlar o‘zgarishini solishtirma tahlil qilish orqali salohiyat
dinamikasini baholash.
3.
Resurs-regressiya usuli
–
resurslar bilan natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni statistik
(regressiya) modeli orqali aniqlash.
4.
Indikativ usul
–
korxonaning strategik maqsadlariga mos indikatorlar asosida
baholash va nazorat.
5.
Resurslarni ustuvor baholash usuli
–
eng muhim va ta’sirchan resurs turlariga
ustuvorlik berish orqali salohiyat darajasini baholash.
Bu usullardan foydalanish korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini to‘liq, tizimli va
dinamik jihatdan baholash imkonini beradi.
Iqtisodchi M. Tojiboyeva korxonalar ishlab chiqarish salohiyatini aniq va samarali
baholash maqsadida quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini taklif etadi:
-
“Potentsial yillik ishlab chiqarish quvvati (hisob birliklarda)
–
korxonaning
mavjud texnika va texnologiyalaridan to‘liq foydalangan holda erishishi mumkin bo‘lgan
maksimal ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi.
-
Potentsial yillik yalpi ishlab chiqarish hajmi (qiymatda)
–
ish, xizmat va
mahsulotlar umumiy hajmining qiymat ifodasidagi bahosi. Bu korxonaning bozor salohiyatini
ifoda etadi.
-
Potentsial
qo‘shilgan qiymat yoki shartli
sof mahsulot (qiymatda)
–
joriy ishlab
chiqarish jarayonida yaratilgan yangi qiymatni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich ichki samaradorlikni
baholashda muhim ahamiyatga ega.
-
Potentsial sof yillik daromad
–
ishlab chiqarish natijasida yaratilgan sof iqtisodiy
qiymat bo‘lib, bu toza mahsulot hajmini ifodalaydi.
-
Potentsial
balans foydasi (turli narx strategiyalari bo‘yicha)
–
korxonada amalga
oshirilayotgan faoliyatdan turli bozor sharoitida olinadigan umumiy foydani baholaydi. Bu
strategik rejalashtirish uchun asosiy hisoblanadi.
-
Soliqlardan keyingi ehtimoliy sof foyda
–
davlatga barcha majburiy to‘lovlar amalga
oshirilgandan so‘ng korxonada qoladigan sof foydani ko‘rsatadi”
(Tojiboyeva,2021).
Korxona ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilishda bir qator asosiy yo
‘
nalishlar muhim
ahamiyat kasb etadi
. Bu yo‘nalishlar korxonaning iqtisodiy samaradorligini har tomonlama
baholash, mavjud resurslardan foydalanish darajasini aniqlash va istiqbolli rivojlanish
nuqtalarini belgilash imkonini beradi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
895
Birinchidan, moddiy-texnikaviy resurslar tahlili doirasida asosiy ishlab chiqarish
fondlarining tuzilishi va joriy holati, mavjud uskunalar va texnologiyalarning yangilanish
darajasi, shuningdek fondlarning qaytimi va amortizatsiya darajasi o
‘
rganiladi. Bu tahlil ishlab
chiqarish vositalarining samaradorligini baholashda asosiy mezon hisoblanadi.
Ikkinchidan, mehnat salohiyatini tahlil qilish orqali xodimlar soni, ularning kasbiy malaka
darajasi, mehnat unumdorligi hamda yollanma mehnatdan foydalanish darajasi aniqlanadi.
Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va
samaradorligini ta’minlovchi omillardan biridir.
Uchinchidan, agrar yo‘nalishdagi korxonalar uchun yer va tabiiy resurslardan foydalanish
tahlili alohida ahamiyatga ega. Bu yer maydonlarining samarali foydalanilishi, yer unumdorligi,
ekologik holat va melioratsiya darajasini o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlilida korxonaning to‘liq
ishlab chiqarish imkoniyati bilan amaldagi ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi farq aniqlanadi.
Shuningdek, quvvatni ishlatish koeffitsiyenti va mavjud quvvat zaxiralari ham hisobga olinadi.
Beshinchidan, iqtisodiy natijadorlik tahlili doirasida korxonaning yalpi mahsulot hajmi,
sof mahsulot va qo‘shilgan qiymati, umumiy foyda, rentabellik ko‘rsatkichlari, balans foydasi
hamda soliqlardan so‘ng qoladigan sof daromad tahlil qilinadi. Bu ko‘rsat
kichlar korxona
moliyaviy holatini baholashda muhim rol o‘ynaydi.
Oltinchidan, innovatsion salohiyat tahlilida korxonada yangi texnologiyalarni joriy etish
darajasi, amalga oshirilgan ilmiy-texnik ishlanmalar soni va innovatsion faoliyatga
yo‘naltirilgan investitsiyalar miqdori tahlil qilinadi. Bu esa raqobatbardoshlik v
a barqaror
rivojlanishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish salohiyatini iqtisodiy tahlil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
uning
holati, tuzilishi va dinamikasini hamda uni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish, shuningdek,
salohiyatni amalga oshirish darajasiga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy
omillarni aniqlash, mavjud
muammoli nuqtalar (“tor joylar”) topish va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora
-tadbirlarni
ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi tahliliy vazifalarni hal
etish taklif qilinadi:
1.
Moddiy, mehnat va kapital resurslarining miqdori, tuzilishi va dinamikasini aniqlash;
2.
Asosiy ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan foydalanishni normalashtirish
tizimining sifatiga baho berish;
3.
Alohida resurs turlari yoki texnologik jarayonlar bo‘yicha “tor joylar”ni aniqlash va
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiya etilgan chora
-tadbirlarni ishlab chiqish;
4.
Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni rejalashtirish jarayonining sifatiga,
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarning asoslanganligi va ularning erishilgan darajaga mosligiga
baho berish;
5.
Ishlab chiqarish salohiyatining samarasiz elementlarini aniqlash va ulardan kelgusida
foydalanish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
6.
Ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi darajasiga
erishilgan holatni tahlil qilish hamda asosiy omillarning ishlab chiqarish salohiyati
ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash;
7.
Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish zaxiralarini
aniqlash
” (
Skrynkovskyy, 2019
).
V.P. Bocharov va A.A. Kruglovning ta’kidlashicha, “
ishlab chiqarish salohiyatini baholash
va tahlil qilish uslubiyoti quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
Bu bosqichda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish
salohiyati holati aniqlanadi. Mazkur bosqichda salohiyat darajasini turkumlashtirish orqali
uning holatiga aniq baho berish imkoniyati yaratiladi. Ushbu darajalar quyidagicha
tavsiflanadi:
•
Yuqori daraja
–
ishlab chiqarish salohiyatining barcha funktsional tarkibiy qismlari
(mehnat, moddiy, moliyaviy, texnologiyaviy) o‘rtasida muvozanat ta’minlangan bo‘lib, korxona
www.sci-p.uz
III SON. 2025
896
samarali faoliyat yuritmoqda. Tashkilot strategik maqsadlarini to‘liq amalga oshirish
salohiyatiga ega.
•
O‘rta daraja
–
ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lsa
-da, ularni bartaraf etish mumkin va
ular korxonaning barqaror ishlash va rivojlanish salohiyatiga jiddiy tahdid solmaydi. Bu
darajaga ega korxonalar odatda faol ratsionallashtirish yoki qayta tuzish choralariga muhtoj.
•
Past daraja
–
ishlab chiqarish salohiyatining barcha asosiy parametrlarida muammolar
mavjud bo‘lib, ular tizimli va davriy xususiyat kasb etgan. Bu holat korxonaning inqirozga yuz
tutishiga olib kelishi mumkin. Mazkur darajadagi korxonalar antikrizis boshqaruv va
restrukturizatsiyani talab qiladi.
2. Tahlil (hisob-kitob va baholash) bosqichi.
Ushbu bosqichda ishlab chiqarish
salohiyatidan foydalanish darajasini aniqlash uchun integral va xususiy ko‘rsatkichlar ishlab
chiqiladi. Tahlil quyidagi asosiy tarkibiy elementlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
•
Asosiy fondlar (kapital aktivlar)
: ularning iste’mol darajasi, qayta jihozlash,
modernizatsiya va innovatsion loyihalarda ishtirok darajasi;
•
Aylanma fondlar
: xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari bilan bog‘liq
aylanish tezligi, omborlardan foydalanish samaradorligi;
•
Moliyaviy resurslar
: mablag‘lar
tuzilmasi, likvidlik darajasi, moliyaviy barqarorlik va
investitsiyaviy faoliyat;
•
Mehnat resurslari
: ishchi kuchi malakasi, mehnat unumdorligi, xodimlar aylanmasi va
mehnat muhitining sifat ko‘rsatkichlari.
Bu bosqichda foydalanish samaradorligini aniqlovchi muhim ko‘rsatkichlar –
ishlab
chiqarish qaytarimi, resurs tejamkorligi, qiymat yaratish koeffitsiyenti, va solishtirma
xarajatlar ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘ladi.
3. Yakuniy bosqich.
Bu bosqichda oldingi tahlil natijalariga asoslanib, har bir ko‘rsatkich
bo‘yicha “
chegaraviy
qiymatlar” tahlil qilinadi va ular salohiyat darajalari bilan solishtiriladi.
Bu orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
•
salohiyatda mavjud “tor joylar”ni aniqlash;
•
zaxiralarni safarbar etish imkoniyatlarini baholash;
•
samarasiz resurslardan qayta foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish;
•
salohiyatni mustahkamlash bo‘yicha strategik va taktik tavsiyalar tayyorlash”
(Bocharov, 2010).
Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish salohiyatining eng muhim va o‘ziga xos tarkibiy
qismi
“
biologik salohiyat
hisoblanadi. U
—
qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari, hayvon va
parrandalar zotlarining majmuasi sifatida qaraladi. Ya’ni, biologik salohiyat deganda, xo‘jalikda
etishtirilayotgan agrobiologik resurslar miqdori va ularning genetik, agronomik, reproduktiv
imkoniyatlari tushuniladi
”
.
Iqtisodiy va agrotexnik jarayonlarni samarali boshqarishda biologik salohiyatning holati
to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek uni
qayta tiklash, rivojlantirish
va
samarali foydalanish
strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
—
korxona
iqtisodiy salohiyatini oqilona boshqarish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash va
raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi omillardan biridir.
Shuningdek,
“
biologik salohiyatga baho berishda quyidagi ilmiy va amaliyotga asoslangan
yondashuvlarni inobatga olish zarur:
•
ekin turlari va hayvon zotlarining agroiqlim sharoitlariga mosligi;
•
genetik salohiyatdan foydalanish darajasi;
•
reproduktiv xususiyatlar (ya’ni, ko‘payish, o‘sish, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari);
•
kasalliklarga chidamlilik va biologik barqarorlik;
•
biologik resurslardan foydalanishda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish darajasi
”
.
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi korxonalarida biologik salohiyat nafaqat ishlab chiqarish
samaradorligining omili, balki strategik resurs sifatida ham xizmat qiladi. Uning ilmiy
www.sci-p.uz
III SON. 2025
897
asoslangan holda baholanishi va boshqarilishi, korxonaning uzoq muddatli barqaror faoliyati
uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Korxonaning moliyaviy salohiyatining asosiy tarkibiy qismlari sifatida investitsiyaviy
jozibadorlik va kredit qobiliyati namoyon bo‘ladi (1
-rasm).
1-rasm. Korxona moliyaviy salohiyatini tashkil etuvchilar
Moliyaviy salohiyat
tarkibiga moliyaviy resurslar
—
ya’ni korxonalar ixtiyorida bo‘lgan
va quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari va tushumlar kiradi:
•
davlat, kredit tizimi, yetkazib beruvchilar, sug‘urta organlari, boshqa korxonalar va
jismoniy shaxslar, shuningdek, korxona xodimlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish
uchun;
•
xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan obyektlarga sarmoya
kiritish, iste’mol, jamg‘arma, maxsus rezerv fondlarini shakllantirish va boshqa maqsadlardagi
xarajatlarni amalga oshirish uchun.
Shu tariqa, moliyaviy salohiyatga berilgan turli xil ta’riflar ushbu tushunchaning
korxonalar faoliyatidagi ko‘p qirrali va kompleks xususiyatini ta’kidlaydi.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, “moliyaviy salohiyatni baholash jarayonida birinchi
navbatda korxonaning moliyaviy holati kompleks tarzda tahlil qilinadi”
(Timofeyeva, 2009). Bu
tahlil asosan kapitalning qiymati, uning tarkibi va strukturasi ko‘rsatkichlari dinamikasini
o‘rganishga, shuningdek “moliyaviy barqarorlik va samaradorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar —
moliyaviy koeffitsiyentlar tizimiga” tayanadi. Moliyaviy salohiy
atni baholashda kapitaldan
samarali foydalanish darajasi, jumladan umumiy kapital hamda uning alohida tarkibiy qismlari
bo‘yicha baholar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, moliyaviy salohiyatni to‘liq va ishonchli baholash uchun korxonaning
moliyaviy munosabatlar tizimi va ushbu tizim doirasida amalga oshirilayotgan qarz-kredit
shartnomalari, xususan, tuzilgan moliyaviy kontraktlarning natijadorligi ham tahlil etiladi.
Bundan tashqari, dividend siyosatining asoslanishi, soliq yuklamasi bilan bog‘liq strategiyalar,
shuningdek, investitsiya siyosatining mantiqiy va maqsadga muvofiqligi moliyaviy salohiyat
bahosida muhim rol o‘ynaydi. “Oqilona tashkil etilgan mo
liyaviy boshqaruv tizimi esa
korxonaning moliyaviy salohiyatini mustahkamlash va uning raqobatbardoshligini oshirishda
hal qiluvchi omil hisoblanadi”
(Abdumurotov, 2021). Umumiy qilib aytganda, moliyaviy
salohiyatni tahlil qilishda integratsiyalangan yondashuv qo‘llanilib, u korxonaning
mablag‘lashtirish imkoniyatlari, moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi va
moliyaviy xavflarni boshqarish qobiliyatini kompleks ravishda baholashni nazarda tutadi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
898
Xulosa va takliflar.
Hozirgi bosqichdagi globallashuv va raqobatning kuchayishi sharoitida bozor
iqtisodiyotining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi korxonalarining bozorda mustahkam pozitsiya
egallashini ta’minlashga qaratilgan kompleks yondashuvlarni talab etmoqda. Bugungi kunda
raqobatbardoshlikni faqat an’anaviy ishlab chiqarish modellari asosida ta’minlash imkonsiz
bo‘lib bormoqda. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatida keng ko‘lamli
“
diversifikatsiya
strategiyalarini joriy etish, ya’ni faqat dehqonchilik yoki
chorvachilik bilan
cheklanib qolmasdan, qayta ishlash, logistika, saqlash va marketing singari bog‘liq sohalarni
qamrab olish” muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan tashqari, raqobatbardoshlikni ta’minlashda “
innovatsion texnologiyalarni joriy
etish
, ya’ni raqamli agrotexnologiyalar, aqlli fermerlik tizimlari (smart farming),
avtomatlashtirilgan monitoring va nazorat vositalaridan foydalanish” —
ishlab chiqarish
samaradorligini keskin oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, “
agrosanoat kompleksidagi
qayta ishlash sektori
ni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash
orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish” masalalariga e’tibor
qaratish zarur.
Shu asosda, qishloq xo‘jaligi korxonalarining bozor iqtisodiyoti sharoitida
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ularning
iqtisodiy, texnologik va tashkiliy salohiyatini
bir vaqtning o‘zida takomillashtirish
, institutsional islohotlar,
moliyaviy qo‘llab
-quvvatlash
mexanizmlari, shuningdek, agroinfratuzilmani rivojlantirish
strategiyalari ham muhim o‘rin
tutadi.Bunday kompleks yondashuvlar samarasida qishloq xo‘jaligi korxonalari nafaqat ichki
bozorda, balki xalqaro agrobozorlarda ham raqobatbardosh mahsulot yetkazib beruvchi
barqaror sub’ektlarga aylanishi mumkin.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Antoshchenkova V. (2020) Main elements of the resource potential of agricultural
enterprises as the basis of economic and food security //Ekonomichnyy analiz.
–
Т. 30. –
№. 3. –
С.
291-298.
Matyja M. (2016) Resources based factors of competitiveness of agricultural enterprises
//Management.
–
Т. 20. –
№. 1. –
С. 368.
Samakhavets M. P. (2024) Financial Potential of Agricultural Business of the Republic of
Belarus in Trade with the Russian Federation //Regionalnaya ekonomika. Yug Rossii.
–
С. 103
-
114.
Skrynkovskyy R. et al. (2019) Improvement of the system of indicators for the efficiency
evaluation of the production capacity of industrial enterprises //
Технологический
аудит
и
резервы
производства
.
–
Т
. 2.
–
№.
4 (46).
–
С. 49
-51.
Viacheslavna Z. O., Anatolievna O. J. (2020) Business activity of agricultural enterprises.
Problems and solutions //Азимут научных исследований: экономика и управление. –
Т. 9. –
№. 4 (33). –
С. 151
-153.
Yekimov S. et al. (2021) Building the potential of an agricultural enterprise //IOP
Conference Series: Earth and Environmental Science.
–
IOP Publishing,
–
Т. 677. –
№. 2. –
С.
022075.
Абдувохидов, Акмал, et al. (2022)
"Қишлоқ хўжалигида иқтисодий ўсиш сифатини
аниқлаш ва унинг кўрсаткичлари таҳлили."
Iqtisodiyot va taʼlim
23.4: 16-31.
Абдужаборова М.
(2023)
Хўжалик юритувчи субъектларда молиявий барқарорлик
таҳлилини ташкил этиш //Iqtisodiyot va taʼlim. –
Т. 24. –
№. 5. –
С. 197
-200.
Абдумуротов Ш.
(2021)
Корхоналарни ривожлантиришда корхоналарнинг молиявий
ҳолати таҳлилининг ўрни //Экономика и инновационные технологии. –
№. 3. –
С. 42
-48.
Бочаров В. П., Круглов А. А.
(2010)
Организационные аспекты экономического
анализа производственного потенциала //Современная экономика: проблемы и решения.
–
Т. 10. –
С. 73
-82.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
899
Жалилов Б.
(2019)
Корхоналар иқтисодий фаолиятини самарали ташкил этишнинг
муаммолари ва тизимли таҳлили //Экономика и инновационные технологии. –
№. 3. –
С.
183-191.
Кочарян Я.М.
(2016)
Методическое обеспечение экономического анализа в
агрохолдингах //Кластерные инициативы в формировании прогрессивной структуры
национальной экономики. –
С. 140
-143.
Миркомилов М.
(2022)
Саноат корхоналарининг ишлаб чиқариш салоҳиятидан
самарали
фойдаланишнинг
асосий
жиҳатлари:
https://doi.
org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a44 //Iqtisodiyot va taʼlim. –
Т. 23. –
№. 3. –
С. 285
-290.
Насибов З. Н.
(2008)
Анализ производственного потенциала АПК //Проблемы
экономики и юридической практики. –
№. 4. –
С. 272
-274.
Носирова Н.
(2021)
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларининг экспорт
салоҳиятини ошириш //Iqtisodiyot va taʼlim. –
№. 5. –
С. 309
-315.
Нурманов К.
(2024)
Международный опыт ведения стратегического
управленческого учета и возможности его применения в рисовой отрасли
//Экономическое развитие и анализ. –
Т. 2. –
№. 10. –
С. 398
-405.
Пардаевич Қ. Б.
(2023)
Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми таҳлилини
такомиллаштириш масалалари.
Issues of improving the analysis of the volume of production
at enterprises //
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ
В
МИРЕ
.
–
Т
. 13.
–
№.
7.
–
С
. 42-49.
Пласкова Н. С.
(2018)
Развитие методологии экономического анализа в цифровой
экономике //Учет. Анализ. Аудит. –
Т. 5. –
№. 2. –
С. 36
-43.
Скобара В. В., Подкопаев В. В.
(2014)
Анализ производственного потенциала
предприятий //Ученые записки Российской академии предпринимательства. –
№. 41. –
С.
279-289.
Тожибоева Ш., Махкамбоев К., Ташпулатова Г.
(2021)
Иқтисодий салоҳиятнинг
айланма маблағлар билан боғлиқ кўрсаткичлари таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim. –
№. 5. –
С. 205
-210.
Умаров И. Ю.
(2018)
Ўзбекистон Республикасида озиқ
-
овқат маҳсулотларини ишлаб
чиқариш салоҳияти //Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон
журнали. –
Т. 6. –
С. 1
-8.
Шаниязова З.
(2023)
Қишлоқ хўжалиги корхоналарини давлат томонидан
молиялаштиришда замонавий усулларни қўллаш методологияси //Страховой рынок
Узбекистана. –
Т. 1. –
№. 3. –
С. 23
-25.
