www.e-itt.uz
II SON. 2024
202
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT INTEGRATIV KO‘P FUNKSIYALI
FAOLIYAT SOHASI SIFATIDA
PhD, dots.
Xasanova Gulsanam Xusanovna
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti
ORCID: 0009-0005-3556-5874
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ijtimoiy-madaniy faoliyat integrativ va ko‘p funksiyali
faoliyat sohasi sifatida tahlil qilinadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat jamiyat hayotining muhim
elementi bo‘lib, madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar
o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, jamiyatda barqarorlikni ta’minlash kabi vazifalarni
bajaradi. Shuningdek, ushbu faoliyat sohasi ma’rifiy, tarbiyaviy, kommunikativ va estetik
funksiyalarga ega bo‘lib, ularning integratsiyasi orqali jamiyatning madaniy rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada ushbu funksiyalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ularning
jamiyatdagi ahamiyati keng yoritiladi.
Kalit so'zlar:
ilk uyushuv shakllari, ijtimoiy-madaniy faoliyat, ijtimoiy-madaniy faoliyat
vazifalari, ijtimoiy-madaniy faoliyatning pedagogik asoslari, ijtimoiy va madaniy jarayonlar.
СОЦИОКУЛЬТУРНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КАК ИНТЕГРАТИВНАЯ
МНОГОФУНКЦИОНАЛЬНАЯ СФЕРА ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
PhD, доц.
Хасанова Гульсанам Хусановна
Университета журналистики и
массовых комуникаций Узбекистана
Аннотация.
В данной статье социокультурная деятельность анализируется как
интегративная и многофункциональная сфера деятельности. Социально-культурная
деятельность является важным элементом жизни общества и выполняет такие
задачи, как сохранение и развитие культурных ценностей, укрепление сотрудничества
между социальными группами и слоями, обеспечение стабильности в обществе. Также
данная сфера деятельности имеет воспитательные, коммуникативные и эстетические
функции и посредством их интеграции оказывает положительное влияние на
культурное развитие общества. В статье описывается взаимосвязь этих функций и их
значение в обществе.
Ключевые слова:
ранние формы объединения, социокультурная деятельность,
задачи социокультурной деятельности, педагогические основы социокультурной
деятельности, социокультурные процессы.
UOʻK: 371:378.65(575.1)
202-209
www.e-itt.uz
II SON. 2024
203
SOCIO-CULTURAL ACTIVITY AS AN INTEGRATIVE MULTIFUNCTIONAL
FIELD OF ACTIVITY
PhD, assoc. prof.
Khasanova Gulsanam Khusanovna
Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan
Abstract.
This article analyzes socio-cultural activity as an integrative and multifunctional
sphere of activity. Socio-cultural activity is an important element of the life of society and performs
such tasks as preserving and developing cultural values, strengthening cooperation between
social groups and strata, ensuring stability in society. This sphere of activity also has educational,
communicative and aesthetic functions and through their integration has a positive impact on the
cultural development of society. The article describes the relationship between these functions and
their importance in society.
Keywords:
early forms of association, socio-cultural activity, tasks of socio-cultural activity,
pedagogical foundations of socio-cultural activity, social and cultural processes.
Kirish.
Mamlakatimizda aholi turli tabaqalari vakillarini badiiy, estetik, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy
yo‘nalishlarda tarbiyalash, odamlarning ma’naviy, ijodiy faolligini oshirish, barkamol insonni
shakllantirishda ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasining o‘rni va roli alohida ahamiyatga ega.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat shaxsning ijtimoiy ongini, siyosiy, ilmiy, axloqiy, huquqiy,
estetik, diniy e’tiqodlarini rivojlantirishning eng muhim vositasi bo‘lib, har bir shaxsga
tabaqalashtirilgan yondashuvni talab qiladi. Mavjud qonuniyatlar, funksiyalar va tamoyillar
ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariyasi, metodologiyasi va tashkil etilishiga o‘quv
jarayonining obyektiv-subyektiv qonuniyatlarini ishlab chiqish, sub’yekt-sub’yekt
munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha texnologiyalar va tavsiyalarni asoslash imkonini beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasi yangi yo‘nalish bo‘lib, “Ijtimoiy-madaniy faoliyat”
atamasining o‘zi faqat 90-yillarda paydo bo‘ldi. XX asr ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasi
falsafa, madaniyatning umumiy nazariyasi, madaniyat sosiologiyasi, madaniy psixologiya,
pedagogika, etika va boshqa gumanitar fanlari asosida yuzaga kelgan. Uning asosiy vazifasi -
uslubiy asoslarni aniqlash va kategorial apparatini ishlab chiqish.
Belyayeva va Belyayevalar (2013) fikricha: “Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasini
qurishni murakkablashtiradigan muhim muammo bu uni tahlil qilishda uslubiy yondashuvlar
va paradigmalarning xilma-xilligi bo‘lib, uni tushunishda uslubiy sintezni amalga oshirish
kerak, degan xulosaga keladi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mohiyati u murakkabligi tufayli
tadqiqotchilarga turli pozisiyalardan ko‘rinadi”.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasi madaniy bilimlarning amaliy sohasi hisoblaniladi.
Fliyer (2000) fikricha: amaliy madaniyatshunoslik - “madaniy hodisalar rivojlanishining
ob’yektiv qonuniyatlarini bilish, madaniyat tarixidagi hodisalarni tavsiflash va izohlash emas,
balki o‘rganish va shakllantirish tamoyillari va madaniy jarayonlarni maqsadli boshqarish
texnologiyalarni hal qiladi....”.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat amaliyoti bilan pedagogika fani o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.
Ushbu aloqani aniqlashtirish zarurligi klassik olimlar tadqiqotlarida ham ta’kidlangan. Masalan,
Ariarskiy (2012) (“Pedagogik madaniyatshunoslik”), Yu.A.Strelsov (“Erkin pedagogika”),
Triodin (2006) ("Madaniyat pedagogikasi") va boshqalar ishlarida ko‘rish mumkin.
Professor Triodin (2006) ijtimoiy-madaniy faoliyat haqida gapirar ekan, u o‘z mohiyatiga
ko‘ra “inson - ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, unga xos bo‘lgan salohiyatni har tomonlama ochib
berishga, uni takomillashtirishga qaratilganligini ta’kidlaydi. Shu ma’noda ijtimoiy-madaniy
www.e-itt.uz
II SON. 2024
204
faoliyat ta’lim faoliyati bo‘lib, shunga ko‘ra bu jarayonning nazariyasi ta’rifiga ko‘ra
pedagogikadir.”
Masalan, Kemerova (2019) “Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasi” darsligida shunday
yozadi: “Bugungi kunda ijtimoiy-madaniy faoliyat ijtimoiy-madaniy amaliyot sohasi va
madaniy bilimlarning mustaqil sohasi sifatida qaraladi.” Va agar biz birinchi qismga to‘liq rozi
bo‘lsak, ikkinchisini to‘liq qabul qilmaymiz – “bilimlar maydoni” bo‘lish uchun faoliyatni ilmiy
darajada tushunish kerak, ya’ni nazariyaga aylanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada tadqiqot muammolari bo‘yicha adabiyotlar tahlili, nazariy tahlil,
me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, pedagogik kuzatuv, ilmiy umumlashtirish, bahs-munozara
usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
“Ijtimoiy-madaniy faoliyat” bu jamiyatda turli ijtimoiy va madaniy jarayonlarni
muvofiqlashtiruvchi va ular o‘rtasida integratsiyani ta’minlovchi ko‘p funksiyali faoliyat sohasi
sifatida qaraladi. U insonlarning madaniy rivojlanishiga yordam berish, ularning ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish, turli guruh va qatlamlarni birlashtirish orqali jamiyatda barqarorlik va
farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi qadimiydir. Uning tub ildizlari insoniyatning ilk
uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv shakllari esa ilmiy adabiyotlarda tosh,
bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin etiladi. Bu davrda odamlarning madaniy
ijtimoiylashuvi hayotni ta’minlash, uning barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan
yuzaga kelgan. Hayotning moddiy tomonlarini ta’minlash uchun odamlar bir-birlariga ov
qilish, baliq tutish, ekin ekish, boshqa jinsni o‘ziga jalb etishga erishishni turli o‘yinlar,
mashqlar tarzida o‘rgatib borganlar. O‘rgatish uzluksiz, doimiy davom etgan. O‘rgatish
uzluksizligi va doimiyligi esa ta’limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo‘lgan
(Asqarov, 2007). Demak, ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’limning asosi bo‘lgan deyish ham
mumkin.
Odamlar tashqi tabiiy kuchlar (olov, suv, shamol, yer qimirlash) ta’siridan qo‘rqib
yashaganlar. Shu boisdan ular ta’limni, ya’ni ilk o‘rgatish shakllarini olov, suv, shamol, zilzila va
boshqa turli ilohiy ma’budalarga ehtirom ko‘rsatish bilan uyg‘unlashtirilib o‘rgatishga
intilganlar. Bu intilish esa folklor o‘yinlari shaklida bizgacha yetib kelgan (Bekmurodov,
Umarov, Qoraboyev, Haydarov, 2016).
Shuningdek, ijtimoiy-madaniy faoliyat turmush tarzini bezash, an’ana va urf-odatlarni
o‘tkazish, diniy marosimlarni, tabiiy va rasmiy bayramlarni nishonlash shaklida ham
namoyon bo‘la bordi. Shu tarzda ijtimoiy-madaniy faoliyatning odamlar hayotidan
mustahkam joy egallashining asosiylari oydinlashadi. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin
(Bekmurodov, Umarov, Qoraboyev, Haydarov, 2016):
1. Tabiat kuchlaridan qo‘rquv asosidagi uyushuv ehtiyoji;
2. Uyushuvning doimiyligini ta’minlash uchun intilish, ya’ni guruh, qabila, urug‘ liderlari
tomonidan muayyan diniy marosimlarni so‘zsiz bajarilishining talab etilganligi;
3. Boshqa qabila, urug‘lar tahdididan himoyalanishdan iborat ijtimoiy ehtiyoj;
4. Qabila, urug‘ doirasida amal qilib kelinayotgan hayot tarzi, uning davomiyligini
ta’minlash maqsadida turli hujumlar (ov qilish, jang qilish, ekin ekish va h.k.)ni yosh
avlodga o‘rgatib borish zarurati;
5. Naslni davom ettirish zaruratidan kelib chiquvchi ijtimoiy-maishiy ehtiyoj;
6. Bo‘sh vaqtni qiziqarli o‘tkazish xohishidan iborat madaniy ehtiyoj;
7. Odamlarni favqulodda vaziyatlarda yalpi safarbar qila olishga erishish zarurati;
8. Odamlarning o‘zaro ahilligi, totuv turmush tarzini ta’minlash uchun ularni biror
bir mashg‘ulot turi bilan band etib turishdan iborat ijtimoiy ehtiyoj;
www.e-itt.uz
II SON. 2024
205
9. San’at turlaridan zavq olish, go‘zallikka intilish, nafis narsalarni yaratishdan iborat
ma’naviy ehtiyoj;
10. Yoshlarni maqsadli tarbiyalash uchun muayyan ideallarga yo‘naltiruvchi sog‘lom
raqobat ruhini yaratishdan iborat jamiyat ehtiyoji;
11. Yoshlarni keng dunyoqarash va chuqur bilimli qilib hayotga tayyorlash uchun
ularga qo‘shimcha bilim berish va hunarlar o‘rgatish zarurati;
12. Jamiyatdagi an’ana, marosim, bayram, urf-odatlarning o‘tkazilishini ma’lum
tartibotlar asosida muvofiqlashtirib borishdan iborat ijtimoiy ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat shu omillar asosida o‘zining asosiy funksiyalariga ega bo‘ldi.
Bu funksiya, ya’ni vazifalar quyidagilardir:
1-rasm. Ijtimoiy-madaniy faoliyat vazifalari
Falsafa fani doirasida ijtimoiy-madaniy faoliyat doimo rivojlanib boruvchi umuminsoniy
bilimlar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy-madaniy omillarning shaxs rivojlanishiga
ta’sirini falsafiy tushunish eng rivojlangan. Falsafa fanining pozisiyasidan konkret shaxs
o‘zining ijtimoiy mohiyatini faqat individual shaklda ifodalashi mumkin. Shu munosabat bilan
madaniy faoliyat shaxs uchun mohiyat va borliqning birligini ifodalaydi. Shaxsning shakllanishi
ijtimoiy tajriba va jamiyatning qadriyat yo‘nalishlarini o‘zlashtirish jarayonida sodir bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning pedagogik asoslari - bu odamlarning ijtimoiy-madaniy
faoliyati jarayonida o‘rganish, tarbiyalash va rivojlanish jarayonlarining xususiyatlarini ochib
beruvchi bilimlar majmuasidir. Ijtimoiy-madaniy faoliyat jarayonida ta’lim - umumiy, madaniy
va maxsus bilimlarni tarqatish, hayot va muvaffaqiyatli mehnat uchun zarur bo‘lgan malaka va
ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun tashkil etilgan maqsadli faoliyat. Yangi bilim, ko‘nikma va
malakalar bilan boyitish maxsus mashg‘ulotlarda, mashqlar paytida ham, mustaqil ravishda
madaniy va badiiy tasvirlar misolida amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar quyidagi xususiyatlar
bilan tavsiflanadi:
go‘zallikka oshuftalik
uzluksizlik
ta’lim, san’at, fan, ishlab chiqarish va boshqa turli
xizmat sohalari oldidagi faoliyatlar
xavfsizlik
davomiylik
estetik saviya, didni tarbiyalovchilik
shaxsni va jamoani rivojlantiruvchilik
ma’naviy o‘zlikni saqlab turuvchilik
me’yoriylik
foydalilik
www.e-itt.uz
II SON. 2024
206
2-rasm. Ijtimoiy-madaniy faoliyat tadbirlari xususiyatlari
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning sotsiologik asoslari madaniy va ijtimoiy hodisalarning
o‘zaro ta’sirini ochib beruvchi bilimlardir. Hozirgi vaqtda bu hodisalar, qoida tariqasida, bo‘sh
vaqt sotsiologiyasi doirasida o‘rganilmoqda. Madaniyat funksiyalarini sotsiologik tushunish:
kommunikativ - ijtimoiy tajribani to‘plash va uzatish; tartibga solish - inson harakatlarini
nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar va tizimni yaratish; integratsiya - ijtimoiy tizimlar
barqarorligining eng muhim sharti sifatida ma’nolar, qadriyatlar va me’yorlar tizimini yaratish.
Madaniyatshunoslik ijtimoiy-madaniy faoliyatning muhim ilmiy asosidir. Inson
taraqqiyoti, madaniyatshunos olimlarning fikricha, madaniy qadriyatlarni yaratish va tarqatish
orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar jarayonida eski madaniy qadriyatlar
tarqaladi va yangilari yaratiladi. Madaniy qadriyatlarni ishlab chiqarish va mavjudligining
asosiy sohalari kundalik hayot, mafkura, din va badiiy madaniyat (san’at) hisoblanadi. Kundalik
madaniyat shaxsiy madaniyatni shakllantirish uchun asos bo‘lib qolmoqda. Uning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, unda mehnat, oila, vatan, kattalarga hurmat, xulq-atvor me’yorlari kabi
oddiy, tabiiy, shu bilan birga fundamental qadriyatlar shakllanadi.
Madaniyatdagi shaxsning hissiy va qadriyat yo‘nalishlarining quyidagi turlari ajratiladi
(Jarkov, 2012):
a) dunyo va insonning mutlaq uyg‘unligiga erishish;
b) epiklik va dramatiklik (dunyoni va undagi o‘zini so‘zsiz qabul qilish);
c) fojia va hazil (yuqori qadriyatlar o‘rtasidagi ziddiyat fojiasi va uni hazil yordamida
yengish);
d) qahramonlik (dunyoni idealga mos ravishda o‘zgartirish) va invektiv (ideal bo‘lmagan
qadriyatlar tizimini inkor etish);
e) romantika (qahramonlik orzusi) va satira (boshqa odamlarning qadriyatlarini ramziy
"kulgi bilan yo‘q qilish");
f) sentimentallik (badiiy ifodalangan hamdardlik) va kinizm (o‘z "men" ning mutlaq
qiymati);
g) kinoya (aksini tasdiqlamasdan skeptik inkor etish).
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning iqtisodiy asoslari bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan
foydalangan holda madaniyat muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan
bilimlardir. Bu ish davlatning maqsadli madaniyat siyosatini amalga oshirish maqsadida
iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va tartibga solish orqali amalga oshiriladi.
Madaniyat muassasasining xo‘jalik faoliyati uning faoliyatining me’yoriy belgilangan
maqsadlari, shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan belgilanadi. Bu, birinchi navbatda,
ijodiy jarayonning ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Madaniyat muassasalari xo‘jalik
faoliyatining vazifalaridan biri fuqarolarning madaniy saviyasini oshirish va tarbiyalashga
qaratilgan maqsadli dasturlarni moliyaviy va moddiy ta’minlashdir.
Maqsadga muvofiqligi
ko‘p qirraligi
ijodiy yo'nalganligi
oddiydan
murakkabga
yo‘naltirilganligi
faol o‘zaro ta’siri
ishtirokchilarning
yuqori motivatsiyasi
www.e-itt.uz
II SON. 2024
207
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning huquqiy asosini ijtimoiy-madaniy tadbirlarni tashkil etish
va o‘tkazishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va qonunosti hujjatlarini bilish tashkil etadi.
YUNESKO Konstitutsiyasida barcha xalqlar inson qadr-qimmatini saqlash uchun adolat,
erkinlik va tinchlik asosida madaniyat va maorifni barcha xalqlar o‘rtasida keng tarqatishning
muqaddas mas’uliyati ekanligi ta’kidlangan.
Ijtimoiy-madaniy faoliyatda uning jarayonining asosiy mazmunini tashkil etuvchi
quyidagi hodisalar ajralib turadi:
– ijodkorlik (madaniy qadriyatlarni yaratish);
– trening (ijro mahoratini oshirish, takrorlash);
– ta’sir (tadbirda faol ishtirok etish);
– tashkil etish va boshqarish (boshqaruv).
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning ilmiy-nazariy asoslari turli fanlar va nazariy
konsepsiyalarga asoslanadi. Ushbu faoliyatning asosiy nazariy asoslari quyidagilardan iborat:
1. Sotsiologiya. Sosiologiya ijtimoiy munosabatlar, strukturalar va jarayonlarni o‘rganadi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat sosiologik nazariyalarga asoslanib, jamiyatdagi ijtimoiy rollar,
normalar va qadriyatlarni aniqlashga yordam beradi.
2. Psixologiya. Psixologiya ijtimoiy faoliyatning shaxs va guruhlar o‘rtasidagi
munosabatlarini, moslashuvini va ijtimoiy ta’sirni o‘rganadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatda
insonning psixologiyasi, motivatsiyasi va ijtimoiy identifikatsiyasi muhim ahamiyatga ega.
3. Antropologiya. Antropologiya madaniyat, an’analar va ijtimoiy strukturalarni
o‘rganadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat antropologik nazariyalarga asoslanib, madaniy farqlar va
ularning ijtimoiy faoliyatga ta’sirini aniqlashga yordam beradi.
4. Falsafa. Falsafa ijtimoiy-madaniy faoliyatning etik, estetik va ontologik aspektlarini
o‘rganadi. Falsafiy nazariyalar ijtimoiy adolat, inson huquqlari va madaniy qadriyatlarning
ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
5. Tarix. Tarix ijtimoiy-madaniy faoliyatning tarixi, rivojlanishi va o‘zgarishlarini
o‘rganadi. Tarixiy kontekst ijtimoiy faoliyatning zamonaviy shakllarini tushunishda muhim
ahamiyatga ega.
6. Iqtisod. Ijtimoiy-madaniy faoliyat iqtisodiy shart-sharoitlar va resurslarning taqsimoti
bilan bog‘liq. Iqtisodiy nazariyalar ijtimoiy faoliyatning moliyaviy va resurslar bilan bog‘liq
jihatlarini o‘rganishga yordam beradi.
7. Siyosatshunoslik.
Siyosatshunoslik ijtimoiy-madaniy faoliyatning siyosiy konteksti,
davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Siyosiy nazariyalar ijtimoiy faoliyatning
siyosiy ta’sirini va faoliyatning siyosiy jarayonlarga ta’sirini aniqlashga yordam beradi.
8. Madaniyatshunoslik. Madaniyatshunoslik ijtimoiy-madaniy faoliyatning madaniy
aspektlarini, an’analarini va qadriyatlarini o‘rganadi. Madaniyatning ijtimoiy faoliyatga ta’siri
va madaniy almashinuvlar muhim ahamiyatga ega.
9. Ta’lim nazariyalari.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’lim jarayonlari bilan bog‘liq. Ta’lim
nazariyalari talabalarning ijtimoiy faoliyatdagi ishtiroki, jamoa bilan ishlash va ijtimoiy
ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
10. Ijtimoiy innovatsiyalar. Ijtimoiy innovatsiyalar ijtimoiy-madaniy faoliyatda yangi
g‘oyalar, loyihalar va faoliyat shakllarini rivojlantirishga yordam beradi. Innovasion
yondashuvlar ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu nazariy asoslar ijtimoiy-madaniy faoliyatning samarali va maqsadli bo‘lishi uchun
zarur bo‘lgan konseptual ramkani yaratadi. Ular ijtimoiy faoliyatning turli jihatlarini tushunish
va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa va takliflar.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat jamiyatning turli sohalarini o‘zaro bog‘lab, shaxsiy va jamoaviy
rivojlanishga yordam beradigan muhim integrativ faoliyat sohasidir. Bu soha ijtimoiy
ko‘nikmalarni shakllantirish, madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlar va keng
www.e-itt.uz
II SON. 2024
208
jamoatchilikni birlashtirish orqali jamiyatning ijtimoiy barqarorligiga va madaniy boyliklariga
xizmat qiladi. U ko‘p funktsiyali bo‘lib, ijtimoiy yordam, ta'lim, madaniy tadbirlar va axborot
tarqatish orqali odamlar o‘rtasidagi hamkorlik va muloqotni mustahkamlaydi.
Demak, ijtimoiy-madaniy faoliyat amaliyotdir. Lekin uni fan sifatida o‘rganish,
tizimlashtirish, qonuniyatlarini izlash va yanada takomillashtirishning optimal yo‘llarini izlash
kabi vazifalari mavjud. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariy bazasini shakllantirishning asosi
sifatida ko‘p qirrali ilmiy yondashuvlarni birlashtirishning yadrosi bo‘lgan pedagogika fanining
apparati va tushuntirish imkoniyatlari e’tirof etilishi kerak.
Tadqiqot jarayonida qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Ular quyidagilar:
–
Ta'lim va tarbiya tizimida integratsiyani kuchaytirish: ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'lim
tizimiga kiritilishi, o‘quv dasturlariga madaniy tarbiya va ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatuvchi
darslar qo‘shilishi lozim. Bu yosh avlodning ijtimoiy mas'uliyatini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.
–
Madaniy tadbirlar va loyihalar orqali jamiyatni birlashtirish: turli yosh toifalari uchun
madaniy va ijodiy loyihalar tashkil etish orqali jamoatchilikni yanada birlashtirish, o‘zaro
hurmat va madaniy xilma-
xillikni targ‘ib qilish mumkin.
–
Axborot texnologiyalaridan foydalanish: ijtimoiy-madaniy faoliyatni internet va
ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilish, keng ommaga yetkazish uchun raqamli platformalarni
yanada rivojlantirish muhimdir. Shu orqali ijtimoiy tarmoqlarda hamkorlikka asoslangan
loyihalarni kengaytirish va xalq bilan muloqotni osonlashtirish mumkin.
–
Yoshlar va jamoatchilik faolligini rag‘batlantirish: ijtimoiy
-madaniy tadbirlarda
yoshlar va keng jamoatchilikni faol qatnashishga jalb qilish uchun motivatsion dasturlar,
tanlovlar va mukofotlash tizimlari joriy qilinishi lozim.
–
Mahalliy hamjam
iyatlar bilan hamkorlik: har bir hududning o‘ziga xos madaniyati va
an'analari bor. Shuning uchun ijtimoiy-madaniy faoliyat mahalliy sharoitlarga mos ravishda
tashkil etilishi, mahalliy hamjamiyatlarning faol ishtiroki va tashabbuslari qo‘llab
-
quvvatlanishi zarur.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Khasanova, G. (2023). THE ESSENCE OF SOCIO-CULTURAL ACTIVITIES AND ITS
ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS.
Science and innovation,
2(B7), 92-96.
А.Асқаров. (2007) Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. - Т.
Ариарский, М.А. (2012) Педагогическая культурология. В двух томах. Т. 1.
Методология и методика постижения культуры. – Санкт-Петербург : Концерт, – 400 с.
Бекмуродов М., Умаров А., Қорабоев У., Ҳайдаров З. (2016) “Ижтимоий-маданий
фаолият тарихи, назарияси ва услубияти”. Тошкент. Маънавият.
Беляева Л.А., Беляева М.А. (2013) Социально-культурная деятельность:
структурно-функциональная модель // Вестн. Челяб. гос. академии культуры и искусств.
№ 1 (33). С. 68.
Бессонова Ю.А., Степанченко О.В. (2017) «Понятийно- терминологическая система
социально-культурной деятельности» - СПБ. Изд-во Лань: - 160 с.
Вайсеро К., Хоменко В. (2016) “Основы социально-культурной деятельности”.
Москва.
Жарков А.Д. (2012) Теория, методика и организация социально-культурной
деятельности: Учебник. - М.: МГУКИ. - 456 с.
Кемерова, Т.А. (2019) Теория социально-культурной деятельности: учебное пособие
/ Т. А. Кемерова; Министерство науки и высшего образования Российской Федерации,
Уральский федеральный университет. – Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та. – 103 с.
Киселева, Т.Г. (2004) Социально-культурная деятельность: учебник / Т. Г. Киселева,
Ю. Д. Красильников; М-во образования и науки Рос. Федерации, Моск. гос. ун-т культуры и
искусств. - Москва : Моск. гос. ун-т культуры и искусств. - 539 с.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
209
Мурзина И.Я. (2017) Человек креативный и его роль в развитии социокультурного
потенциала региона // Модернизация культуры: от человека традиции к креативному
субъекту: материалы V Междунар. науч-практ конф: в 2 ч. / под ред. С. В. Соловьевой,
В. И. Ионесова, Л. М. Артамоновой. Самара: Самар. ГИК. С. 93.
Триодин, В.Е. (2006) Теория социально-культурной деятельности: объект и
предмет исследования // Социально-культурная деятельность: теория, технологии,
практика: коллективная монография /Ред. сост. Л.Е. Осипова; науч. ред. В.Я. Рушанин;
Челябинская государственная академия культуры и искусств. – Челябинск. – Ч. 1., С. 30-48.
Флиер А.Я. (2000) Культурология для культурологов: Учебное пособие для
магистрантов и аспирантов, докторантов и соискателей, а также преподавателей
культурологии. — М.: Академический Проект, -496 с.
