www.e-itt.uz
III SON. 2024
124
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY BOSHQARUV, MABLAG‘LARNI JALB QILISH
VA TAQSIMLASH MEXANIZMLARIDA NAZARIY YONDASHUVLAR
Xusainov Shavkat Abdushukurovich
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
ORCID: 0009-0006-4442-0834
Annotatsiya.
Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruvning nazariy
asoslari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor kompaniyaning moliyaviy resurslarini jalb qilish va ularni
samarali taqsimlash mexanizmlarining nazariy jihatlariga qaratiladi. Jamiyat moliyaviy
barqarorligini ta’minlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va aksiyadorlarning manfaatlarini
himoya qilishda moliyaviy mablag‘larni taqsimlashning muhim omillar ko‘rib chiqiladi. Moliyaviy
qarorlar qabul qilishda zamonaviy yondashuvlar va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
aksiyadorlik jamiyati, moliyaviy boshqaruv, mablag‘larni jalb qilish, taqsimlash
mexanizmlari, korporativ boshqaruv, investitsiyaviy jozibadorlik, moliyaviy barqarorlik.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ФИНАНСОВОМУ УПРАВЛЕНИЮ, ПРИВЛЕЧЕНИЮ И
РАСПРЕДЕЛЕНИЮ СРЕДСТВ В АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ
Хусаинов Шавкат Абдушукурович
Университет цифровой экономики и агротехнологий
Аннотация.
Данной статье анализируются теоретические основы финансового
управления в акционерных обществах. Основное внимание уделяется теоретическим
аспектам привлечения и эффективного распределения финансовых ресурсов компании.
Рассматриваются важные факторы распределения финансовых средств в обеспечении
финансовой стабильности общества, повышении его инвестиционной привлекательности и
защите интересов акционеров. Анализируются современные подходы к принятию
финансовых решений и их практическое значение.
Ключевые слова:
акционерное общество, финансовое управление, привлечение средств,
механизмы распределения, корпоративное управление, инвестиционная привлекательность,
финансовая стабильность.
THEORETICAL APPROACHES TO FINANCIAL MANAGEMENT, FUNDRAISING, AND
ALLOCATION MECHANISMS IN JOINT-STOCK COMPANIES
Khusanov Shavkat Abdushukurovich
University of Digital Economy and Agro-Technologies
Abstract.
This article analyzes the theoretical foundations of financial management in joint-
stock companies. The focus is on the theoretical aspects of attracting and effectively allocating
financial resources. Important factors in financial allocation are examined in the context of ensuring
financial stability, enhancing investment attractiveness, and protecting shareholders' interests.
Modern approaches to financial decision-making and their practical significance are analyzed.
Keywords:
joint-stock company, financial management, fundraising, allocation mechanisms,
corporate governance, investment attractiveness, financial stability.
UOʻK: 330.46
124-131
www.e-itt.uz
III SON. 2024
125
Kirish.
Bugungi kun global iqtisodiyotida aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy tizimning eng
muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ular iqtisodiy taraqqiyotning asosiy drayveri bo‘lib,
ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va aholini bandlik bilan
ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Dunyo bo‘ylab eng yirik korporatsiyalar — Apple, Microsoft,
Amazon va boshqalar aynan aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilgan.
Xalqaro moliyaviy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda jahon bozorida aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan taqdim etilgan umumiy aktivlar 120 trillion AQSh dollarini tashkil etdi.
Bundan tashqari, MSCI Global indekslari ma’lumotlariga asoslanganda, dunyodagi eng yirik
2500 aksiyadorlik jamiyati dunyo yalpi ichki mahsulotining (YaIM) taxminan 50 foizini tashkil
etadi.
O‘zbekistonda ham aksiyadorlik jamiyatlari iqtisodiy islohotlarning asosiy qismiga
aylanib ulgurgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi
yarmida mamlakatda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 650 taga yetgan,
ularning umumiy aktivlari esa 200 trillion so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, bu jamiyatlar jami
50 mingdan ortiq aksiyadorning manfaatlarini himoya qiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining samarali faoliyati ularning moliyaviy boshqaruvi va
mablag‘larni jalb qilish hamda taqsimlash jarayonlarini oqilona tashkil etishga bog‘liq. Shu
jihatdan olganda moliyaviy boshqaruv, mablag‘larni jalb qilish va taqsimlash mexanizmlari,
shuningdek, ularning ahamiyati tahlil qilish muhim.
Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy boshqaruv samarali faoliyatni ta’minlash uchun
muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon jamiyatning moliyaviy manbalarini qanday rejalashtirish,
tashkil etish, nazorat qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy boshqaruvning asosiy
maqsadi kompaniyaning moliyaviy barqarorligini saqlash, resurslarni samarali taqsimlash va
iqtisodiy samaradorlikni maksimal darajada ta’minlashdan iborat.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy boshqaruv konsepsiyalari bir qator ilmiy yondoshuvlarga asoslanadi. Quyida
turli olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan asosiy nazariy qarashlarini keltirish
mumkin. Klassik moliya nazariyasi (Traditional Theory). Klassik nazariyaga ko‘ra, moliyaviy
boshqaruv asosiy e’tiborni moliyaviy hisob-kitoblar, aktivlar va passivlarni boshqarishga
qaratgan. Masalan, Fisherning (1930) “Tannarx va daromadni taqsimlash nazariyasi” bu
yo‘nalishning asosiy tayanchi bo‘lib, moliya strategiyasi va qarorlar foyda maksimallashuviga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozori nazariyasi (Capital
Market Theory). Bu nazariya asoschilaridan biri Markovis (1952) bo‘lib, uning portfel
nazariyasi moliyaviy aktivlardan oqilona foydalanish va xatarlarni diversifikatsiya qilish orqali
daromadni maksimallashtirishni taklif qiladi. G.Markovis moliyaviy boshqaruvni xatar va
qaytishi o‘rtasidagi muvozanatni topish jarayoni sifatida qaragan. Agentlik nazariyasi (Agency
Theory). Jensen va Mekling (1976) ishlab chiqqan agentlik nazariyasi aksiyadorlar va
menejerlar o‘rtasidagi munosabatlarni samarali boshqarishning ahamiyatini ta’kidlaydi. Ushbu
nazariyaga ko‘ra, moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi agentlik muammolarini hal qilish va
aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Qiymatga asoslangan nazariyasi (Value-
Based Management). Repaport (1986) “Qiymat yaratish” konsepsiyasida moliyaviy
boshqaruvning asosiy maqsadi qiymatni oshirish, ya’ni aksiyadorlar uchun moliyaviy qiymat
yaratish ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, zamonaviy tadqiqotchilar moliyaviy boshqaruvda
raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanishni taklif etmoqda.
Masalan, Lann (2018) moliyaviy tahlilda Big Data va ma’lumotlar modellaridan foydalanish
orqali qaror qabul qilish sifatini oshirish imkoniyati haqida so‘z yuritgan.
Markovisning (1959) «Efficient Portfolio Theory» va Sharpning (1964) «Capital Asset
Pricing Model (CAPM)» moliyaviy sinergiya va diversifikatsiya modeliga oid nazariy
yondoshuvlarida moliyaviy sinergiya va diversifikatsiya modellari keng yoritilgan. Ular portfel
www.e-itt.uz
III SON. 2024
126
menejmenti va aktivlar diversifikatsiyasining moliyaviy riski kamaytirishdagi ahamiyatini
ko‘rsatgan.
Ingersoll (1987) va Breylining (2008) asarlarida budjetlash va prognozlash modeli
moliyaviy prognozlashning ahamiyati va uning moliyaviy manbalarni samarali taqsimlashda
qanday ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy prognozlashni strategik
rejalashtirishning asosiy qismlaridan biri sifatida ta’riflagan.
Tadqiqotlarda kapitalni budjetlashtirish (Capital Budgeting) investitsiya strategiyasining
tartibga solishi qayd etiladi. Bu nazariy yondashuv moliyaviy manbalarni rejalashtirishda, har
bir loyiha uchun bir martalik sarmoya mablag‘larini o‘rganish va ularning qaytarishini
baholashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu yo‘nalishda murakkab usullar, masalan, «Net
Present Value» (NPV) va «Internal Rate of Return» (IRR) nazariy yondoshuvlari qo‘llaniladi. Bu
usullar kompaniyaga moliyaviy manbalarni samarali taqsimlash va oldindan baholash imkonini
beradi. Mazkur model Miller (2016) va Modiganning (2019) asarlarida investitsiya qilish
usullari, ayniqsa, Net Present Value (NPV) va Internal Rate of Return (IRR) nazariy asoslari
aniqlangan. Ular bu usullarni iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda qo‘llashning moliyaviy
samaradorligiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Ushbu modellar va nazariy yondashuvlarning barchasi moliyaviy boshqaruv va strategik
moliyalashtirish sohasidagi tadqiqot olib borgan bir qator iqtisodchi olimlar asarlarida ishlab
chiqilgan. Shu bilan birga, har bir nazariy yondashuv moliyaviy manbalarni samarali
taqsimlash, resurslarni maksimal darajada ishlatish va kompaniyaning moliyaviy
barqarorligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Abduraxmonov (2020a; 2020b; 2020c; 2022a; 2022b; 2022c; 2023; 2024a; 2024b;
2024c; 2024d; 2024e) oʻz tadqiqotlarida aksionerlik kompaniyalari boʻlgan sugʻurta
kompaniyalarining mavzu oid jihatlarini keng yoritib berishga harakat qilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, umumlashtirish, kompleks
baholash, abstrakt-mantiqiy fikrlash kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirish – bu kompaniyaning ishlab chiqarish
quvvatlarini rivojlantirish, yangi texnologiyalar joriy qilish va mahsulot sifatiga e’tibor
qaratishga qaratilgan muhim qarorlar va sarmoyalarni taqsimlash jarayonidir. Bunday
moliyalashtirish kompaniyalar uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, raqobatbardoshlikni
oshirish, bozordagi pozitsiyani mustahkamlash va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirish
maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash
orqali kompaniyalar ko‘pincha yangi bozorlarga kirishish, mijozlar uchun innovatsion va
yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirish, ayniqsa, yangi texnologiyalar va innovativ
yechimlarni joriy qilishda muhim ahamiyatga ega. Yangi texnologik jarayonlar va ishlab
chiqarish uskunalari ko‘pincha yuqori moliyaviy sarmoyani talab qiladi, lekin bu sarmoyalar
qaytarishda o‘z samarasini ko‘rsatadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va
texnologik rivojlanish kompaniyaning iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning bozordagi
raqobatga qodirligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirishda muhim omillardan biri - bu
kompaniyaning strategik maqsadlariga muvofiq sarmoyalarni taqsimlash, shu jumladan, yangi
mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki tizimlar modernizatsiyasini amalga
oshirish. Ishlab chiqarishni moliyalashtirish bilan bog‘liq sarmoyalar, shuningdek, yangilangan
infratuzilma va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
127
Shu bilan birga, moliyalashtirish jarayonidagi muammolar, masalan, moliyaviy
manbalarning yetishmasligi yoki noto‘g‘ri sarmoya taqsimlash, ishlab chiqarishning past
samaradorligiga olib kelishi mumkin. Bu holat kompaniyaning moliyaviy holatini
yomonlashtirishi va o‘z raqobatdoshligini yo‘qotishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli,
ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirishda hisob-kitob, tahlil va strategik rejalashtirish
muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirishda qo‘llanilayotgan
texnologiyalar, avtomatizatsiya, innovatsiya va boshqa zamonaviy yondashuvlar
kompaniyalarning ishlab chiqarishni samarali tashkil etishga yordam bermoqda. Bu, o‘z
navbatida, mahsulot sifati va ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi. Moliyalashtirish
jarayonidagi to‘g‘ri qarorlar, shirkatlarning uzoq muddatli rivojlanishi va raqobatdagi
ustunligini ta’minlaydi.
Bu maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonida strategik
yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, moliyaviy tahlil va marketing to‘g‘risidagi qarorlarni
qabul qilish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniyalar o‘zlarining moliyaviy manbalarini
ijaraga olish yoki kreditlar orqali moliyalashtirishni tanlashlari ham mumkin, bu ularga zarur
sarmoyalarni olish imkonini beradi.
Umuman olganda, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasida ishlab chiqarish hajmini oshirish
va mahsulot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan mablag‘larning ahamiyati alohida o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni
ajratish aksiyadorlik jamiyatlarining uzluksiz rivojlanishi va bozordagi raqobatbardoshligini
ta’minlashning muhim yo‘nalishidir (Kravchenko, 2019). Jumladan:
-
ishlab chiqarish hajmini oshirish moliyaviy manbalarni yangi texnologiyalar joriy
etish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va resurslarni samarali boshqarishga
sarflashni talab qiladi. Bu kompaniyaga bozor talablarini qondirish, daromadlarni oshirish va
masshtab iqtisodiyotidan foydalanish imkonini beradi.
-
mahsulot sifatini yaxshilash esa moliyani zamonaviy sifat nazorati tizimlari, ilg‘or
tadqiqot va ishlanmalar, hamda xodimlarning malakasini oshirishga yo‘naltirishni talab qiladi.
Bu iste’molchilarning ishonchini qozonish, brend qadrini oshirish va bozorda
ustunlikka
erishishda muhim rol o‘ynaydi.
Umumiy holda, mazkur sarmoyalar kompaniyaning moliyaviy barqarorligi,
raqobatbardoshligi va aksiyadorlar uchun qiymatni oshirishga yordam beradi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar ishlab chiqarish hajmini
oshirishning juda muhim o‘rin tutadi. Masalan, Harvard Business Review (2018) tadqiqotlari
ko‘rsatishicha, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va avtomatizatsiyalashtirish
kompaniyalarga 20%gacha samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Bu esa moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashga olib keladi.
1.
Texnologik yangilanish va modernizatsiya.
Qo‘llanilgan ilmiy tadqiqotlar
ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishda muhim ahamiyatga ega. McKinsey va Company (2019) hisobotida qayd etilishicha,
ishlab chiqarishni avtomatizatsiyalashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali
ishlab chiqarish samaradorligi 30%gacha oshishi mumkin.
2.
Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.
Yangi ishlab chiqarish liniyalari va yoki
sexlar qurish moliyaviy manbalarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Statistik ma’lumotlar
(OECD, 2020) ko‘rsatishicha, ishlab chiqarishning hajmini oshirish uchun kompaniyalar
sarmoyalarning 15-20%ini yangi liniyalar qurishga sarflaydilar.
3.
Tashkiliy rivojlanish.
Korporativ struktura va ishlab chiqarish jarayonlarini
optimallashtirish kompaniyaning umumiy samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ekspertlar buni ishlab chiqarish faoliyatida raqobatbardoshlikni ta’minlashning muhim
omillaridan biri deb biladilar (Porter, 1990).
www.e-itt.uz
III SON. 2024
128
Mahsulot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan mablag‘lar m
ahsulot sifatiga, xususan
kompaniyalar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning bozordagi pozitsiyasini
mustahkamlashga yordam beradi. Mahsulot sifatiga oid olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, mahsulot sifatini yaxshilash kompaniyalarning 80%gacha mijozlar bilan
mustahkam munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi.
1.
Sifatni nazorat qilish.
2018 yildagi statistikaga ko‘ra (The Quality Assurance
Institute), sifati yuqori bo‘lgan mahsulotlar uchun sarmoyalarning 12%i sifati nazoratiga
yo‘naltiriladi. Bu, o‘z navbatida, mahsulot sifatini yaxshilash va xatolarni kamaytirishga olib
keladi.
2.
Yangi materiallar va komponentlar.
Yangi materiallar ishlab chiqarish jarayonida
muhim rol o‘ynaydi. "ScienceDirect" (2020) tadqiqotiga ko‘ra, yangi materiallar joriy qilingan
kompaniyalarda ishlab chiqarishdagi xato stavkasi 25%ga kamaygan.
3.
Xodimlar malakasi va tayyorgarligi.
Xodimlar malakasini oshirish kompaniyaning
ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga, shuningdek, sifati yuqori mahsulotlar ishlab
chiqarishga olib keladi. Harvard Business School (2017) hisobotida aytilishicha, yaxshi
o‘qitilgan va malakali kadrlar ishlab chiqarish jarayonlarini 40%ga tezlashtiradi va sifatni
20%ga oshiradi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirishda sarmoyalarning samarali taqsimlanishi
kompaniyaning ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu
jarayon moliyaviy manbalarning aniq va maqsadli yo‘naltirilishi, shuningdek, innovatsion va
samarali ishlab chiqarish mexanizmlarining joriy qilinishi bilan bog‘liqdir. Statistika va
olimlarning fikrlariga ko‘ra, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirish, sifat nazoratini tashkil etish va xodimlarning malakasini oshirish
kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishga va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga
yordam beradi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan kompaniyalar
bozordagi o‘rnini mustahkamlashga, samarali ishlab chiqarishni tashkil qilishga va mijozlar
bilan uzluksiz munosabatlar o‘rnatishga erishdilar. Bunday qarorlar kompaniyalar uchun ne
faqat qisqa muddatli moliyaviy natijalarni, balki uzoq muddatli rivojlanishni ham ta’minlaydi.
Ushbu jarayonlar iqtisodiy va ijtimoiy samaralarning yuqori darajasini erishishga qaratilgan
bo‘lib, ishlab chiqarishning barqarorligini va effektivligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, ishlab chiqarishni moliyalashtirishdagi samarali yondashuvlar
kompaniyalar uchun na faqat moliyaviy manbalarni optimal taqsimlashni, balki bozordagi
raqobatga qodirlikni, ijobiy ijtimoiy ta’sirni va umumiy rivojlanishni ta’minlaydi. Strategik
rejalashtirish va aniq sarmoyalash qarorlari, shubhasiz, ishlab chiqarishni sifatli, samarali va
tez rivojlantirishga olib keladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy manbalarni taqsimlash jarayoni jamiyatning
moliyaviy barqarorligini, strategik maqsadlariga erishishini va manfaatdor tomonlarning
ehtiyojlarini qondirishni ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Mablag‘larni samarali taqsimlash
mexanizmlari aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy faoliyatining barqarorligini ta’minlash,
raqobatbardoshligini oshirish va uzoq muddatli rivojlanishini kafolatlash uchun muhimdir.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy manbalarni taqsimlash ko‘p jihatdan
kompaniyaning strategik maqsadlariga, bozordagi o‘rniga va iqtisodiy vaziyatga bog‘liq. Bu
jarayon jamiyatning ichki hamda tashqi manbaalaridan moliyaviy resurslar yig‘ish va ularni
oqilona taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Mablag‘larni taqsimlash jarayonida kompaniyaning
kamida bir necha asosiy maqsadi mavjud: mahsulotlar va xizmatlar sifati, ishlab chiqarish
qobiliyatini oshirish, raqobatdoshlikni mustahkamlash va dividendlar to‘lash orqali
aksiyadorlarga qiymat yaratish.
Mablag‘larni taqsimlashning muhim omillari kompaniyaning moliyaviy barqarorligini va
rivojlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Strategik maqsadlar va loyihalar, jamiyatning
uzoq muddatli rivojlanishiga erishish uchun zarur bo‘lgan sarmoyalarni taqsimlashda asosiy
www.e-itt.uz
III SON. 2024
129
yo‘nalishlar belgilashni talab qiladi. Aksiyadorlar manfaatlariga e’tibor qaratish orqali ularga
dividendlarni vaqtli to‘lash va kompaniyaning moliyaviy ishonchini oshirish mumkin.
Moliyaviy tahlil va nazariy asoslar esa resurslarni samarali taqsimlashda to‘g‘ri qarorlar qabul
qilish uchun muhimdir. Shuningdek, yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va moliyaviy
xavflarni kamaytirish jarayoni kompaniyaning barqarorligini saqlash va mo‘ljallangan
natijalarga erishishga yordam beradi. Raqobat muhitiga mos kelgan moliyaviy strategiyalar
bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga va jamiyatning barqaror o‘rnini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
1-jadval
Moliyaviy mablag‘larni taqsimlashning muhim omillari (Ahmadov, 2020)
Omillar
Tavsif
Strategik maqsadlar
va loyihalar
Jamiyatning rivojlanish yo‘nalishlariga erishish uchun zarur bo‘lgan
moliyaviy sarmoyalar aniqlanadi. Kompaniya o‘zining strategik maqsadlariga
asosan sarmoyani ishlab chiqarish, marketing va tadqiqot-tashqiqot ishlariga
yo‘naltiradi. Mablag‘larning katta qismi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish,
innovatsiyalarni joriy qilish va texnik vositalarni modernizatsiya qilishga
sarflanadi.
Aksiyadorlar
manfaatlari
Aksiyadorlarga dividendlarni vaqtida va ishonchli to‘lash orqali ularning
qiymatini oshirishga e’tibor qaratilishi kerak. Mablag‘larning belgilangan
qismi aksiyadorlar uchun dividend sifatida taqsimlanishi, shundan kelib
chiqqan holda, kompaniyaning moliyaviy barqarorligini va ishonchini
oshiradi.
Moliyaviy tahlil va
nazariy asoslar
Mablag‘larni taqsimlashda kompaniya o‘z moliyaviy holatini chuqur tahlil
qilishi kerak. Bunda likvidlik, rentabellik, kapital strukturasi va qarz
yuklarining o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega. Majburiyatlar va zaxiralar
o‘rtasidagi optimal muvozanatni topish muhimdir.
Maksimum
iqtisodiy
samaradorlik
Mablag‘larni taqsimlash jarayoni har qanday jamiyat uchun yuqori
iqtisodiy samarani ta’minlashga qaratilgan. Buning uchun, ma’lumotlar,
statistika va prognozlarni hisobga olish orqali yuqori samaradorlikka erishish
mumkin.
Moliyaviy xavflarni
kamaytirish
Mablag‘larni taqsimlash jarayonida xavflarni aniqlash va ularga qarshi
choralar ko‘rish zarur. Bunda xatarlarni diversifikatsiya qilish, muammoli
aktivlarni ayirish va hududlar bo‘yicha investitsiyalar taqsimlash muhimdir.
Raqobat muhiti
Mablag‘larni taqsimlash jarayoni jamiyatning raqobat muhitiga va bozor
talablariga mos bo‘lishi kerak. Aksiyadorlik jamiyatlari o‘z bozordagi o‘rnini
mustahkamlash uchun moliyaviy manbalarini samarali taqsimlash orqali
raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqda.
Mablag‘larni taqsimlashning muhim omillari kompaniyaning moliyaviy barqarorligini va
rivojlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Strategik maqsadlar va loyihalar, jamiyatning
uzoq muddatli rivojlanishiga erishish uchun zarur bo‘lgan sarmoyalarni taqsimlashda asosiy
yo‘nalishlar belgilashni talab qiladi. Aksiyadorlar manfaatlariga e’tibor qaratish orqali ularga
dividendlarni vaqtli to‘lash va kompaniyaning moliyaviy ishonchini oshirish mumkin.
Moliyaviy tahlil va nazariy asoslar esa resurslarni samarali taqsimlashda to‘g‘ri qarorlar qabul
qilish uchun muhimdir. Shuningdek, yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va moliyaviy
xavflarni kamaytirish jarayoni kompaniyaning barqarorligini saqlash va mo‘ljallangan
natijalarga erishishga yordam beradi. Raqobat muhitiga mos kelgan moliyaviy strategiyalar
bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga va jamiyatning barqaror o‘rnini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Shunday qilib, moliyaviy manbalarni rejalashtirish
jarayoni kompaniyaning strategik
maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni aniqlashni o‘z ichiga oladi.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
130
Moliyaviy rejalashtirish jamiyatning bo‘lajak faoliyatini belgilashga yordam beradi va
moliyaviy manbalarning samarali taqsimlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, moliyaviy
manbalarni rejalashtirishga
oid
nazariy qarashlar turli modellar
orqali ifodalanadi va
bu
ishlanmalar kompaniyaning moliyaviy holatini va ehtiyojlarini ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan.
Xulosa va takliflar.
Moliyaviy boshqaruv aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini aniq rejalashtirish, tashkil
etish, nazorat qilish va tahlil qilish orqali samarali va barqaror moliyaviy muhitni yaratishda
muhim ahamiyatga ega. Kompaniyalar moliyaviy resurslarni samarali boshqarish orqali na
faqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, balki uzoq muddatli rivojlanishni ham kafolatlaydi.
Moliyaviy boshqaruvning samaradorligi aksiyadorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun
o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kompaniyaning umumiy maqsadlariga erishishga yordam
beradi.
O‘zbekiston uchun aksiyadorlik jamiyatlari moliyasining asosiy funksiyalarini tahlil
qilishdan kelib chiqib, quyidagi xulosalarni keltirish mumkin.
Birinchidan, moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish zarur, bu esa zamonaviy moliyaviy
vositalardan samarali foydalanish, xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarni joriy
etish va raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, moliyaviy
bozorlarni rivojlantirish orqali mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish muhim
ahamiyatga ega. Bu aksiyadorlik jamiyatlariga xalqaro moliya bozorlariga chiqish, chet el
investitsiyasini jalb qilish va davlat-hususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini
beradi.
Shu bilan birga, dividendlar va boshqa moliyaviy resurslarni taqsimlashda adolatli
mexanizmlarni joriy etish orqali aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek,
investitsion muhitni yaxshilash lozim. Bundan tashqari, ichki nazorat tizimini mustahkamlash
va moliyaviy xavflarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish aksiyadorlik jamiyatlarining
barqarorligini ta’minlaydi. Hamda jamiyatning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ya’ni ijtimoiy
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini yaxshilash bo‘yicha faoliyatni rivojlantirish
ham dolzarbdir.
Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy boshqaruvini
samarali amalga oshirish va umumiy iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Adabiyotlar/ Литература/ References:
Abdurakhmonov I. (2020c). Impact of insurance services on the development of real sector
enterprises.
International Finance and Accounting,
(6), 7.
Abdurakhmonov, I. (2020a) "Regulation of the insurance market and implementation of
effective mechanisms of prudential control," International Finance and Accounting: Vol. 2020: Iss.
2, Article 10. Available at:
https://uzjournals.edu.uz/interfinance/vol2020/iss2/10
Abdurakhmonov, I. (2020b). Methods and approaches to evaluating the insurance industry
efficiency.
International Finance and Accounting,
(3), 7.
Abduraxmonov И.Х. (2022c) Суғурта соҳасида янги рақобат кўринишлари: назарий
асос ва иқтисодий таҳлил. “Moliya va bank ishi” илмий журнал. №2, 145-150 б.
Abduraxmonov, I. (2022b). Sugʻurta sohalarining shakllanish tendensiyalari.
MOLIYA VA
BANK ISHI,
8(3), 60-67.
Abduraxmonov, И. (2022a). Суғурта соҳасида рақамли технологияларни қўллаш
истиқболари.
MOLIYA
VA
BANK
ISHI,
8(1),
95–99.
Retrieved
from
https://journal.bfa.uz/index.php/bfaj/article/view/82.
Abduraxmonov, И. (2024a). Суғурта бозори: замонавий ҳолат ва ривожланиш
тенденциялари.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil,
2(4), 309-319.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
131
Abduraxmonov,
И.
(2024c).
Суғурта
соҳасини
ривожлантириш
истиқболлари.
Nashrlar,
2(D), 12–15.
https://doi.org/10.60078/2024-vol2-issD-pp12-15
Abduraxmonov, И. (2024d). Такафул: назарий-иқтисодий асослар ва амалга ошириш
механизмлари.
Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil,
2(6), 298–307.
https://doi.org/10.60078/2992-
Abduraxmonov, И. (2024e). Рақамли иқтисодиётнинг биз билмаган рисклари.
Iqtisodiy
Taraqqiyot Va Tahlil,
2(7), 230–239.
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss7-
Abduraxmonov, И. Х. (2023). Ўзбекистон Республикасида sugʻurta тармоқларини
ривожлантиришнинг концептуал асослари.
Автореферат дисс... и. ф. д,
78.
Abduraxmonov,
И.Х.
(2024b).
Суғурта
соҳасининг
самарадорлигини
баҳолаш.
TADQIQOTLAR. UZ,
37(6), 161-167.
Ahmadov, A. (2020). Korporativ moliya va qarz siyosati. Toshkent: Akademiya nashri.
Brealey A.R. (2008) Principles of Corporate Finance, McGraw-Hill.
Fisher, I. (1930). The Theory of Interest. New York: Macmillan.
Harvard Business Review, (2018), "The Impact of Technology on Manufacturing
Performance" (
Harvard Business School, (2017), "The Role of Skilled Workforce in Manufacturing
Efficiency" (
Ingersoll E.J. (1987). Theory of Financial Decision Making. Rowman & Littlefield.
Jensen, M., & Mecling, W.
(1976).
Theory of the Firm: Managerial Behavior, Agency Costs,
and Ownership Structure. Journal of Financial Economics, 3(4), 305-360.
Lann, R. (2018). Big Data and Financial Analysis: The Role of Artificial Intelligence in
Finance. Journal of Financial Technology, 2(1), 15-23.
Markovitz, H. (1952). Portfolio Selection: Efficient Diversification of Investments. Journal of
Finance, 7(1), 77-91.
Markovitz, H. (1959). Portfolio Selection: Efficient Diversification of Investments. John Wiley
& Sons.
McKinsey & Company, (2019), "Automation in Manufacturing: Creating More Value"
Miller, M. (2016). Financial Management: Theory and Practice, Cengage Learning.
Modigan, F. (2019). Principles of Corporate Finance. McGraw-Hill Education, ISBN: 978-
1259921479.
OECD, (2020), "Enhancing Industrial Capacity: Investment in Manufacturing"
Porter, M., (1990) Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance,
Free Press.
Rappaport, A.
(1986).
Creating Shareholder Value: A Guide for Managers and Investors. Free
Press.
Report (2023) World Bank Group. Global Financial Development Report, IMF. World
Economic Outlook, MSCI Global Index Statistics //
ScienceDirect, (2020), "Impact of New Materials on Manufacturing and Product Quality"
Sharpe, F. W.: (1964). Capital Asset Prices: A Theory of Market Equilibrium under Conditions
of Risk, Journal of Finance.
The Quality Assurance Institute, (2018), "Quality Control in Manufacturing"
Кравченко, И. В. (2019). Корпоративноэ управлениэ и финансовый менеджмент.
Москва: Финансы и статистика.
