www.e-itt.uz
I SON. 2025
195
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANKLARNING FOND BOZORIDAGI
FAOLLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Bo‘riyev Jamshid Parda o‘g‘li
Markaziy bankning Qashqadaryo viloyat Bosh boshqarmasi
ORCID: 0009-0009-7645-4934
Nasirov Ramazon To
‘
xtayevich
Markaziy bankning Qashqadaryo viloyat Bosh boshqarmasi
ORCID: 0009-0002-3652-7501
Annotatsiya.
Maqolada banklar va fond bozori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, banklarning
investor sifatida fond bozori ishtirokchisi bo‘lishi, shuningdek, fond bozorida kapital jalb qilish va
risklarni boshqarish usullari ko‘rib chiqiladi. Banklar faoliyatining fond bozoridagi o‘ziga xos
xususiyatlari hamda bu jarayondagi nazariy yondashuvlar batafsil o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
banklar, fond bozori, moliyaviy barqarorlik, kapital bozori, investitsiyalar,
risklarni boshqarish, resurslarni diversifikatsiya qilish, bank ishtiroki.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ АКТИВНОСТИ БАНКОВ НА ФОНДОВОМ
РЫНКЕ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Буриев Жамшид Парда угли
Главное управление Центрального банка по Кашкадарьинской области
Насиров Рамазон Тохтаевич
Главное управление Центрального банка по Кашкадарьинской области
Аннотация
.
В статье рассматриваются взаимоотношения банков и фондового
рынка, роль банков как инвесторов на фондовом рынке, а также методы привлечения
капитала и управления рисками на фондовом рынке. Подробно изучены особенности
деятельности банков на фондовом рынке и теоретические подходы к этому процессу.
Ключевые слова:
банки, фондовый рынок, финансовая устойчивость, рынок
капитала, инвестиции, управление рисками, диверсификация ресурсов, участие банка.
WAYS TO INCREASE THE ACTIVITY OF BANKS IN THE STOCK MARKET IN THE
CONDITIONS OF THE DIGITAL ECONOMY
Boriyev Jamshid Parda ogli
Regional Office of the Central Bank in Kashkadarya
Nasirov Ramazon Tokhtayevich
Regional Office of the Central Bank in Kashkadarya
Abstract.
The article examines the relationship between banks and the stock market, the role of
banks as investors in the stock market, as well as methods of raising capital and managing risks in the
stock market. The specific features of banks' activities in the stock market and theoretical approaches
to this process are studied in detail.
Keywords:
banks, stock market, financial stability, capital market, investments, risk
management, resource diversification, bank participation.
UOʻK:
336.76
195-202
www.e-itt.uz
I SON. 2025
196
Kirish.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bank tizimining fond bozoridagi
ishtirokini yanada kengaytirishni talab qilmoqda. Moliyaviy texnologiyalar va raqamli
aktivlarning ommalashishi natijasida banklarning fond bozoridagi faolligi nafaqat kapital jalb
qilishning yangi mexanizmlarini yaratish, balki iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishning muhim
omili sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi ham raqamli transformatsiya
jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Fond bozorining rivojlanishi bank
sektorining investitsion imkoniyatlarini kengaytirish, likvidlikni oshirish va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mamlakatimiz banklarining fond
bozorida faol ishtirok etishi uchun huquqiy, texnologik va strategik omillarni yanada
takomillashtirish talab etiladi.
Banklarning fond bozoridagi ishtirokini kuchaytirish moliyaviy resurslarni
diversifikatsiya qilish, innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish va investitsion muhitni
yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini
o‘rganish va
O‘zbekiston sharoitiga mos strategiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur
maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida banklarning fond bozoridagi faolligini oshirish yo‘llari
o‘rganiladi hamda O‘zbekiston iqtisodiy tizimi uchun sa
marali taklif va tavsiyalar ishlab
chiqiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Banklarning fond bozoridagi ishtiroki global va mahalliy iqtisodiy rivojlanishning muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Xususan, raqamli iqtisodiyot sharoitida bank sektorining fond
bozori bilan integratsiyasi moliyaviy barqarorlik va investitsiya muhiti rivo
jiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning fond bozori va bank sektori o‘rtasidagi
aloqadorlikka doir ilmiy izlanishlari tahlil qilib o’tamiz.
Xorijiy olimlarning tahlillaridan Bank tizimi va fond bozorining o‘zaro bog‘liqligini
o’rgangan bir qancha olimlardan biri Frederic Mishkin (2020)
–
"The Economics of Money,
Banking, and Financial Markets" kitobida bank tizimi va fond bozori o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni chuqur o‘rganadi. Olimning fikriga ko‘ra, banklar kapital jalb qilish, investitsiyalarni
moliyalashtirish va kredit resurslarini taqsimlash orqali fond bozorining samarali ishlashiga
hissa qo‘shadi. U moliyaviy innovatsiyalar, xususan, e
lektron obligatsiyalar va
tokenizatsiyalangan aktivlarning bank sektoridagi o‘rnini tahlil qilgan.
Ross Levine (2005)
–
"Finance and Growth: Theory and Evidence" tadqiqotida moliyaviy
bozorlarning rivojlanishi iqtisodiy o‘sishga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra,
rivojlangan bank tizimi va fond bozori bir-
biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, banklarning
fond bozorida faol ishtirok etishi innovatsion tadbirkorlik va texnologik taraqqiyot uchun yangi
moliyaviy imkoniyatlar yaratadi.
Raqamli iqtisodiyot va fond bozori transformatsiyasi bo’yicha esa Douglas Diamond va
Philip Dybviglar (1983)
–
banklarning likvidlik ta’minoti va fond bozoriga chiqishining
moliyaviy barqarorlikka ta’siri haqida tadqiqot olib borgan. Ular banklarning fond bozori orqali
likvidlik xavfini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, raqamli iqtisodiyotda blokcheyn v
a
kriptoaktivlarning ushbu jarayonga ta’sirini ham o‘rganishgan.
David Yermack (2018)
–
"Corporate Governance and Blockchain Technology" maqolasida
raqamli texnologiyalarning bank sektoriga integratsiyalashuvi va fond bozori rivojiga ta’sirini
o‘rganadi. U banklarning tokenizatsiya va blokcheyn texnologiyalari orqali fond bozorida
ishtirok etish imkoniyatlarini tahlil qiladi.
Muhammad Yunus (2006)
–
bank tizimining innovatsion moliyaviy xizmatlar orqali fond
bozoriga integratsiyalashuvini yoritgan. U xususan, mikrofinans xizmatlarining aksiyadorlik
kapitali va fond bozoriga ta’sirini o‘rganib, banklar uchun yangi moliyaviy modellarni ishlab
chiqishni taklif qilgan.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
197
Shu jumladan ushbu tadqiqot ishi doirasida mahalliy olimlarimiz ham birqancha ilmiy
izlanishlar olib borishgan xususan O‘zbekistonda fond bozori va bank sektorining rivojlanishi
bo’yicha Karimov (2021)
–
"O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish strategiyalari" tadqiqot
Ishida banklarning kapital bozorida ishtirok etishining huquqiy va iqtisodiy jihatlarini
o‘rganadi. Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda banklarning fond bozori bilan integratsiyasini
kengaytirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish zarur.
Qodirov (2020)
–
"Bank ishi va investitsiya siyosati" kitobida tijorat banklarining fond
bozoriga chiqishining imkoniyatlari va cheklovlarini tahlil qiladi. U bank sektorining fond
bozori orqali o‘z kapital bazasini kengaytirishi moliyaviy tizim barqarorligini oshirishi
ni
ta’kidlaydi.
O‘ktamova (2023)
–
"O‘zbekistonda tijorat banklari emission operatsiyalarining fond
bozoriga ta’siri" maqolasida bank kapitalining fond bozoridagi ishtirokiga ta’sir etuvchi omillar
yoritilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston banklari IPO (initial public offering) va obligatsiyal
ar
chiqarish orqali fond bozorida ishtirokini oshirishi kerak.
Raqamli iqtisodiyot va bank sektorining o‘zgarishi bilan bog’liq tadiqotlarda mahalliy
olimlarimizdan Usmonov (2022)
–
"Raqamli bank tizimi va uning rivojlanish istiqbollari"
asarida O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sharoitida bank xizmatlarini modernizatsiya
qilishning dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Uning tadqiqotlari O‘zbekiston bank sektorining fond
bozoridagi faol
ligini oshirish uchun FinTech xizmatlari va elektron to‘lov tizimlarini
kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Kamilova (2023)
–
"Tijorat banklarining aksiyadorlik kapitali va investitsiya siyosati"
maqolasida banklarning fond bozoridagi faolligini oshirish mexanizmlarini o‘rganib, davlat
tomonidan qo‘llab
-
quvvatlanadigan dasturlarni kengaytirish kerakligini ta’kidlaydi.
Tursunov (2021)
–
"Raqamli texnologiyalar va bank sektori" tadqiqotida blokcheyn va
sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy xizmatlarning fond bozoriga ta’siri yoritilgan. Uning
fikricha, O‘zbekiston banklari blokcheyn texnologiyalari orqali fond bozorida innovatsion
moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishi mumkin.
Xorijiy olimlarning tadqiqotlari banklarning fond bozoridagi ishtirokini oshirishda
innovatsion texnologiyalar va tartibga soluvchi mexanizmlarning muhimligini ta’kidlaydi.
Ularning fikricha, banklar raqamli iqtisodiyot sharoitida fond bozori bilan uzviy ishlashi lozim.
Mahalliy olimlarning tadqiqotlari esa aynan O‘zbekiston sharoitiga mos strategiyalarni
ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, ular banklarning fond bozorida faol ishtirok etishining
huquqiy, iqtisodiy va texnologik jihatlariga alohida e’tibor qaratishgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida quyidagi ilmiy uslublar tadqiqot metodlaridan foydalanildi. Tizimli
yondashuv
–
banklarning fond bozoridagi ishtirokini o‘rganishda ularning iqtisodiy tizimdagi
o‘rnini, fond bozorining rivojlanishiga ta’sirini va raqamli transformatsiya
jarayonlarini chuqur
tahlil qilish uchun ishlatilgan. Komparativ tahlil
–
xorijiy va mahalliy tajribalarni solishtirish
orqali O‘zbekiston sharoitida banklarning fond bozoriga integratsiyasini yaxshilash bo‘yicha
ilg‘or tajribalar aniqlangan. Ekonometrik m
odellashtirish
–
banklarning fond bozoridagi
faolligiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash
uchun statistik ma’lumotlar asosida tahlillar olib borilgan. Statistik tahlil –
O‘zbekistonning
fond bozori va bank
sektoriga oid rasmiy statistik ma’lumotlar, Markaziy bank hisobotlari va
xalqaro moliyaviy tashkilotlarning hisobotlari asosida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Ekspert bahosi va so‘rovnoma usuli –
bank sohasi mutaxassislari va moliya bozoridagi
e
kspertlar fikrlari o‘rganilib, ular asosida banklarning fond bozorida ishtirokini oshirish
bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
198
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Davlat tijorat banklariga depozit vositasida mablag‘
joylashtirish amaliyoti ham mavjud.
Buni 2019 yil fevral oyida London fond birjasida 1 mlrd. AQSH dollariga teng suveren
yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirilgan kelib tushgan mablag‘lar milliy
iqtisodiyotga yo‘naltirilishi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Aynan davlat ulushi keskin yuqori bo‘lgan banklarga xalqaro obligatsiyalardan kelib
tushgan mablag‘larning 89 foiz qiismi joylashtirilishi, aynan shu banklar uzoq muddatli resurs
bazasi mustahkamlanishiga olib kelgan. Lekin sog‘lom raqobat masalasida ma’lu
m natijaga
erishilgan deya olmaymiz. Fikrimizcha suveren obligatsiyalardan tushgan mablag‘lar
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri muhim loyihalarga yo‘naltirilishi, davlat ishtirokidagi tijorat banklarining
mustaqil tarzda milliy va xalqaro fond bozoridagi faolligiga erishish lozim.
Shuningdek, tijorat banklari aksiyalariga egalik qilish, aksiyalarni sotib olish bo‘yicha
ayrim cheklovlar yumshatilishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan dastlabki rozilik
olish, rozilik olish amaliyotlari soddalashtirilishi, vaqt sarfi keskin qisqartirililishi lozim. Chunki
ayni vaqtda amal qilayotgan jarayon ham murakkab, ham vaqt sarfi nihoyatda yuqori.
Investorlar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish
nisbatan tezkorlikni talab qilishi bois, bunday byurokratik amaliyotlar investorlar qiziqish
doirasining pasayishiga olib keladi. Mazkur amaliyot investorlarning aynan qaysi amaliyotlari
bo‘yicha qo‘llanilishi haqida birinchi bobda to‘xtalib o‘tgan edik. Aksiyadorlarning tijorat
banklaridagi ustav kap
italida egalik qilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ulush ustav asosida
belgilab qo‘yilishi bozor sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tijorat banklarining moliyaviy resurslar jalb qilishiga davlat tomonidan haddan tashqari
yuqori yordam ko‘rsatilishi boshqa aksiyadorlar bilan munosabatlarning samarali tashkil
etilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu o‘z navbatida garchi bank aksiyalari listingdan o‘tgan bo‘lsada,
aksiyalar likvidliligi haddan tashqari past bo‘lishiga olib keladi. Davlat tomonidan moliyaviy
resurslar tijorat banki ustav kapitaliga muntazam yo‘naltirilishi amalda boshqa tomondan
erishilgan foydani ham davlat ishtirokida boshqarishga olib kelgan. Natijada esa minoritar
aksiyadorlar manfaatlari inobatga olinmagan holda moliyaviy qarorlar qabul qilinishi
kuzatiladi. Dividendlar amaliyotlari orqali investitsion jozibadorlikka e’tibor qaratilmasligi
yana tizimli muammo sifatida aksiyalar ochiq joylashtirilishi amaliyotlari muvaffaqiyatini ham
cheklab qo‘yadi.
Aynan tijorat bankining o‘zi ham ma’lum bir emitentlar qimmatli qog‘ozlariga investitsiya
kiritmoqchi bo‘lsa, daromadlilik masalasiga ustuvor darajada e’tibor qaratishi shubhasiz. Shu
nuqtai nazardan har qanday emitent kabi, tijorat banklari ham o‘z qimmatli qog‘ozlarini
investorlarga taklif qilishda qimmatli qog‘ozlari daromadliligiga bo‘lgan ishonchni namoyon
eta olishi va o‘z faoliyatida mazkur jihatni birlamchi omil sifatida hisobga olishi lozim. Yana
shuni ham qayd etib o‘tishimiz lozimki, passiv darom
ad hisoblangan dividend va foizlarning
bozor daromadliligiga mutanosibligi hamda investorlar manfaatlarini qanoatlantirishi aktiv
daromad hisoblangan qimmatli qog‘ozlar kurslaridan daromad olish imkoniyatlarini ham
yuzaga keltiradi.
Tijorat banklari faoliyatida muhim asos vazifasini bajaruvchi aksiyalar muomalasiga
e’tibor qaratsak, daromadlilik imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nisbatan barqaror bo‘lsada, oddiy
aksiyalar bo‘yicha dividendlar keskin past ekanligiga tahlil qilgan banklarimi
z misolida amin
bo‘ldik. Oddiy aksiyalar bo‘yicha daromadlilik qimmatli qog‘ozlarning risklilik darajasiga
umuman muvofiq kelmaydi. Jumladan, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB korporativ obligatsiyalari
tahlili ko‘rsatdiki, foizli daromad avvalo har chorak bo‘yicha to‘lanadi. Daromad miqdori oxirgi
uchta emissiya bo‘yicha qayta moliyalashtirish stavkasi asosida +2, +3, +4 foiz. Oddiy aksiyalar
bo‘yicha esa oxirgi ikki yil yakuni bo‘yicha dividend to‘lanmagan.
Tijorat banklari korporativ obligatsiyalari bo‘yicha foizli daromadlar investorlarga har
chorakda to‘lab boriladi. Depozit va omonatlar bo‘yicha esa foizlar har oyda amalga oshiriladi.
Aynan shunday sharoitda dividendlarning o‘ta noaniqligi va bir yilda bir marta to‘lanishi o‘z
-
www.e-itt.uz
I SON. 2025
199
o‘zidan yuqori riskni namoyon qiladi. Mazkur jihatlar tijorat banklarini xususiylashtirish, ular
aksiyalarining investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida dividenddan daromadlarni
yaxshilashga e’tibor qaratish kerak.
Tijorat banklarining faolligi zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining yana bir
segmenti bu obligatsiyalar bozoridir. Konversiya imkoniyati bilan korporativ obligatsiyalar
joylashtirish, kredit liniyalari ochilishi orqali kapital bozoridan mablag‘ jalb qilish ham bugungi
kunga alohida dolzarblik kasb etadi. Bunda joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar va jalb
qilingan kredit liniyalari mablag‘larni qaytarish vaqti kelganda oddiy aksiyalarga
konversiyalanishi tartibi asosida kapital jalb qilish lozim bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar
asosida berilgan taklif natijasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan qo‘shimcha
chiqariladigan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan kredit liniyalari
ochilishi to‘g‘risida bitimlar amalga oshirilmoqda (1
-jadval).
1-jadval
O‘zsanoatqurilishbankning qo‘shimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarig
a konvertatsiya qilish imkoniyati bilan kredit liniyalari ochilishi
to‘g‘risida bitimlar, AQSH dollarida
№
Xalqaro moliya institutlari
Qarz hajmi (mln.AQSH
dollarida)
1
Xalqaro moliya korporatsiyasi
75
2
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
50
3
Osiyo taraqqiyot banki
50
Bunda jami 175 mln. AQSH dollari ekvivalentigacha
hajmda har bir xalqaro moliya institutining
istagiga ko‘ra to‘liq yoki ma’lum bir qismini «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning qo‘shimcha
emissiya qilinadigan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyatini taqdim etish orqali
kredit liniyalari ochilishi
bo‘yicha bitimlar amalga oshiriladi. Natijada esa
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB ustav kapitaliga xorijiy aksiyadorlar kirib kelishi natijasida
davlat ulushi pasayishini kutish mumkin bo‘ladi. Mazkur bitim bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi moliya vaziriga Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki, Osiyo taraqqiyot banki bilan muzokaralar olib borish bo‘yicha vakolat berilgan. Mazkur
jihat bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va uning operativ boshqaruvidagi Tiklanish
va tar
aqqiyot jamg‘armasi ekanligi bilan izohlanadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki konvertatsiyalanuvchi kredit bitimlari
amal qilish davri davomida O‘zsanoatqurilishbank ustav kapitalidagi davlat ul
ushi kamida 50
foiz plyus bir dona aksiya miqdorida saqlash tartibi amal qiladi. Kredit liniyasi oddiy
aksiyalarga konvertatsiya qilingach, xususiylashtirish amaliyotlari jadallashtiriladi.
O‘zsanoatqurilishbankda ochilgan kredit liniyasi bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki oldidagi qarzdorlik yoki uning
bir qismini O‘zsanoatqurilishbank qo‘shimcha emissiya qilingan oddiy aksiy
alariga
konvertatsiya qilish bo‘yicha opsion chiqarish muhim, deb hisolaymiz. Bunda opsion bitimi
Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki
va Moliya vazirligi hamda Tiklanish taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtas
ida aksiyadorlik bitimlari
tuzilishi maqsadga muvofiq. Shuni ham qayd etish lozimki, xususiylashtirish bilan bog‘liq,
aksiyalar muomalasi bilan bog‘liq holatda istiqbolda konvertatsiyalanuvchi aksiyalarni yoki
ularning bir qismini xalqaro moliya institutla
ri xohishiga ko‘ra Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi qayta sotib olish bo‘yicha ham oldindan bitim imzolab qo‘yilishi bitimning amalga
oshuvchanligini ta’minlaydi.
Bunda eng birinchi e’tibor qaratiladigan jihat shubhasiz, xorijiy kapital jalb qilish bo‘yicha
kapital bahosi masalasidir. O‘zsanoatqurilishbank amaliyotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 300
www.e-itt.uz
I SON. 2025
200
mln. dollarlik yevrobligatsiya joylashtirish maqsadida moliyaviy konsultantlar sifatida JP
Morgan, Citigroup, Commerzbank, Raiffeisen Bank kabi yirik banklar xizmatlaridan
foydalanilgan. Lekin ular xizmatlari uchun qilingan xarajatlar haqida ma’lumot mavju
d emas.
Xohlaymizmi-
yo‘qmi mazkur xarajat ham bevosita kapital bahosida hisobga olinishi shart.
Ikkinchidan, potensial investorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish xarajatlari (konferens-zal,
alohida esdaliklar uchun va boshqa xarajatlar) ham oshkor qilinishi maqsadga muvofiq.
Xalqaro moliya bozorida korporativ yevroobligatsiyalarning yillik 5,75 foizlik kupon
stavkada joylashtirilishi nisbatan yuqori stavka hisoblanishi bunday fikrga kelishimizga sabab
bo‘lmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan qator xarajatlar o‘z navbatida «O‘zsanoatqurilishbank»
ATBning yevroobligatsiya orqali jalb qilgan kapital bahosining yanada oshishiga olib keladi.
2019 yil boshida O‘zbekistonning ilk suveren yevroobligatsiyalaridan 500 mln. AQSH dolllarilik
qismi 4,75 foizdan joylashtirilgan bo‘lsa, «O‘zsanoa
tqurilishbank» ATB yevroobligatsiyalari 5
yillik muddatga yillik 5,75 foiz stavkada joylashtirildi.
2020 yil birinchi va ikkinchi choraklari davomida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB
tomonidan yillik 4 foiz stavkada «Kapital» nomli AQSH dollaridagi omonat taklif qilinmoqda.
Boshqa tijorat banklarida ham xorijiy valyutadagi omonatlar foizlar bo‘yicha omonatlar
shunga
yaqin. O‘z
-
o‘zidan savol tug‘iladi: yillik 5,75 foizlik kupon stavkada joylashtirilgan
yevroobligatsiya kapital bahosi yuqorimi yoki AQSH dollaridagi 4 foizlik milliy omonat bo‘yicha
kapital bahosi yuqori. Bunda tabiiyki, AQSH dollaridagi 4 foizlik
milliy omonat bo‘yicha kapital
bahosi keskin past. Yevroobligatsiya muomalaga chiqarish orqali jalb qilingan kapital miqdori
yuqori ekanligini alohida qayd etgan holda, joriy sharoitda AQSH dollaridagi omonatlar foiz
stavkasini yevroobligatsiyalar foiz stavkasiga yaqinlashtirish nisbatan samarali hisoblanadi.
Shu o‘rinda milliy valyutadagi korporativ obligatsiyalar foiz stavkalari va milliy valyutadagi
omonatlar foizlari bir-
biriga yaqin ekanligini ham ta’kidlashimiz lozim.
Yuqori inflyatsiya sharoitida xorijiy kapital bozoridan, umuman kapital bozoridan xorijiy
valyutada olinadigan qarz kapitali valyuta riskini oshirishini ham shu o‘rinda alohida qayd etib
o‘tishimiz lozim. Bunda xorijiy valyutada depozit jalb qilingan, xalq
aro obligatsiya hisobiga
kapital jalb qilingan holatda ham tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada kredit real
sektorgan taqdim etilsada, korxonalarning daromadi milliy valyutada bo‘ladigan bo‘lsa,
amaliyot yanada murakkablashishi mumkin. Shu nuqtai nazardan avvalo korporativ
obligatsiyalar milliy bozorini rivojlantirish va obligatsiyalar jozibadorligini oshirish maqsadga
muvofiq.
Xulosa va takliflar.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tamizki, tijorat banklarning tijorat banklarining fond
bozoridagi faolligini oshirish va qimmatli qog‘ozlari jozibadorligini oshirish borasida ularning
fond bozorida professional ishtiroki nihoyatba muhim hisoblanadi, sababi, banklar emission
faoliyat orqali o‘zlari uchun resurs jalb qilishda qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lsa,
investitsion faoliyati orqali o‘z aktivlarni joylashtirishda ularni diversifikatsiya qilishga
erishadi
hamda bank aktivlarini yo‘qotish riskini pasaytiradi. Tijorat banklarning fond
bozoridagi vositachilik faoliyati banklar uchun yangi imkoniyalar va daromadlar manbaini
oshirishga xizmat qiladi.
Banklarning fond bozoridagi ishtiroki iqtisodiy rivojlanishning muhim omili
–
rivojlangan
mamlakatlarda banklar fond bozorining asosiy ishtirokchilari sifatida iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlaydi. O‘zbekistonda esa tijorat banklari fond bozorida hali yetarlicha faollik
ko‘rsatmayapti. Raqamli texnologiyalar bank sektorining fond bozoriga integratsiyasini
tezlashtirmoqda
–
blokcheyn, big data, sun’iy intellekt va boshqa raqamli texnologiyalar bank
operatsiyalarining shaffofligini oshirish va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini
kengaytirmoqda. Tijorat banklarining investitsion imkoniyatlarini kengaytirish zarur
–
banklar
tomonidan fond bozori vositalaridan foydalanish darajasi past bo‘lib, aksiyalar va obligatsiyalar
orqali kapital jalb qilish hali yetarli darajada rivojlanmagan.
Xalqaro tajribaga ko‘ra, fond
www.e-itt.uz
I SON. 2025
201
bozori va bank sektori o‘zaro bog‘liq rivojlanadi
–
rivojlangan mamlakatlarda fond bozori
orqali bank kapitalining ko‘payishi moliyaviy barqarorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda esa bu jarayon sust kechmoqda.
Regulyatorlar tomonidan fond bozorini
rivojlantirish bo‘yicha qo‘llab
-quvvatlash zarur
–
davlat tomonidan banklarning fond
bozoriga kirishini rag‘batlantirish va huquqiy bazani mustahkamlash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Banklarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish uchun huquqiy bazani
takomillashtirish zarur. Tijorat banklarining fond bozori orqali kapital jalb qilishini
rag‘batlantirish uchun qonunchilik bazasini kuchaytirish.
➢
Banklarning IPO (Initial Public Offering) orqali ochiq bozorda aksiyalarini sotishiga
imkon yaratish.
Banklarning raqamli texnologiyalar asosida fond bozoriga integratsiyasini tezlashtirish.
➢
Fintex kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish va raqamli moliyaviy xizmatlarni
rivojlantirish.
➢
Blokcheyn va smart-kontraktlar orqali tranzaktsiyalarni avtomatlashtirish va
xavfsizlikni oshirish.
Tijorat banklari uchun investitsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha mexanizmlar
yaratish.
➢
Banklarning obligatsiyalar chiqarishini rag‘batlantirish va likvidlikni oshirish.
➢
Fond bozori orqali uzoq muddatli moliyalashtirishni kengaytirish.
➢
Xalqaro tajribani o‘rganish va fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish.
➢
Jahon banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni kuchaytirish.
➢
Chet el investorlarini jalb qilish uchun fond bozorining shaffofligini oshirish.
Bank mutaxassislari va investorlar uchun maxsus trening va ta’lim dasturlarini ishlab
chiqish
➢
Fond bozori va investitsiyalar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini
rivojlantirish.
➢
Tijorat banklari xodimlari va
tadbirkorlar uchun fond bozori bo‘yicha maxsus o‘quv
kurslarini tashkil etish.
O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish va banklarning ushbu bozordagi ishtirokini
oshirish uchun tizimli yondashuv zarur. Bank sektorining fond bozori bilan integratsiyalashuvi
nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishga ham xi
zmat qiladi. Shu
sababli, tijorat banklari uchun qulay investitsion muhit yaratish, regulyativ bazani kuchaytirish
va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference
:
Allen, F., & Gale, D. (2000). Comparing Financial Systems. MIT Press.
Diamond, D. W., & Dybvig, P. H. (1983). Bank Runs, Deposit Insurance, and Liquidity. Journal
of Political Economy, 91(3), 401
–
419.
Fama, E. F. (1970). Efficient Capital Markets: A Review of Theory and Empirical Work.
Journal of Finance, 25(2), 383
–
417.
Kamilova, S. A. (2023). Tijorat banklarining aksiyadorlik kapitali va investitsiya siyosati.
Bank ishi va moliya jurnali, 5(3), 78
–
89.
Karimov, Sh. (2021). O‘zbekistonda fond bozorini rivojlantirish strategiyalari.
Toshkent:
Iqtisodiyot nashriyoti.
Levine, R. (2005). Finance and Growth: Theory and Evidence. Handbook of Economic
Growth, Vol. 1A, Elsevier.
Lo, A. W. (2017). Adaptive Markets: Financial Evolution at the Speed of Thought. Princeton
University Press.
Mishkin, F. S. (2020). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets. Pearson.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
202
O‘ktamova, N. N. (2023). O‘zbekistonda tijorat banklari emission operatsiyalarining fond
bozoriga ta’siri.
Iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, 4(2), 112
–
126.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki (2023). O‘zbekiston fond bozori holati va
rivojlanish tendensiyalari. Rasmiy hisobot.
Qodirov, A. (2020). Bank ishi va investitsiya siyosati.
Toshkent: "Ma’naviyat" nashriyoti.
Tursunov, I. (2021). Raqamli texnologiyalar va bank sektori. O‘zbekiston moliya bozorlarini
rivojlantirish instituti.
Usmonov, B. (2022). Raqamli bank tizimi va uning rivojlanish istiqbollari. Toshkent:
Iqtisodiyot fanlari instituti.
Yermack, D. (2018). Corporate Governance and Blockchain Technology. Review of Finance,
22(5), 1593
–
1626.
Yunus, M. (2006). Banker to the Poor: Micro-Lending and the Battle Against World Poverty.
PublicAffairs.
