www.e-itt.uz
I SON. 2025
381
INFLYAT
SIYA VA ISHSIZLIK KOʻRSATKICHLARI OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIKNI
NG
EKONOMETRIK TAHLILI
Shamsiyeva Feruza Muratxodjayevna
Т
oshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-7392-0922
Annotatsiya.
Maqolada iqtisodiyotning asosiy koʻrsatkichlari
inflyatsiya va ishsizlikning
iqtisodiy mazmuni oʻrganilib, mazkur iqtisodiy kategoriyalarning dinamik koʻrsatkichlari
iqtisodiy-statistik tahlil qilingan. Inflyatsiya
va ishsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik miqdoriy jihatdan
oʻrgani
lgan hamda ekonometrik model ishlab chiqilgan. Inflyatsiya
oʻzgarishiga ishsizlikning
taʼsirini modellashtirish natijasida mazkur koʻrsatkichlarning keyingi yillarga prognoz
koʻrsatkichlari hisoblangan.
Kalit soʻzlar:
inflyatsiya
, ishsizlik, iqtisodiy jarayonlar, bogʻliqliklar, iqtisodiy kategoriyalar
dinamikasi, ekonometrik modellashtirish, korrelyatsion-regression tahlil, koeffitsiyentlar,
ekonometrik modellarni baholash, modelning adekvatligi.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СВЯЗИ МЕЖДУ ПОКАЗАТЕЛЯМИ
ИНФЛЯЦИИ И БЕЗРАБОТИЦЫ
Шамсиева Феруза Муратходжаевна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Изучено экономическое содержание основных показателей экономики:
инфляции и безработицы, проведен экономико
-
статистический анализ динамических
показателей этих экономических категорий. Количественно изучена взаимосвязь
инфляции и безработицы, а также разработана эконометрическая модель. В
результате моделирования влияния безработицы на изменение инфляции были
рассчитаны прогнозные показатели на последующие годы.
Ключевые слова:
инфляция, безработица, экономические процессы, зависимости,
динамика экономических категорий, эконометрическое моделирование, корреляционно
-
регрессионный анализ, коэффициенты, оценка эконометрических моделей, адекватность
модели.
UOʻK:
336.748.12
381-388
www.e-itt.uz
I SON. 2025
382
ECONOMETRIC ANALYSIS OF THE RELATIONSHIP BETWEEN
INFLATION AND UNEMPLOYMENT
Shamsiyeva Feruza Muratxodjayevna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The economic substance of the
economyʼs
primary indicators, inflation, and
unemployment, as well as the dynamic indicators of these economic categories, have been
investigated using economic-statistical methodologies. An econometric model was built after
examining the quantitative relationship between inflation and unemployment. Modeling the
impact of unemployment on inflation changes yielded predicted indicators for these variables in
the coming years.
Keywords:
inflation, unemployment, economic processes, correlations, economic category
dynamics, econometric modelling, correlation-regression analysis, coefficients, econometric
model evaluation, model adequacy.
Kirish.
Iqtisodiyotning samarali amal qilishiga mamlakatdagi ishsizlik va inflyatsiya darajalari
muhim taʼsir koʻrsatadi. Ishsizlik –
ishchi kuchining ish joyi bilan taʼminlanmaganligi va natijada
uning biror-
bir qonuniy daromad manbaiga ega boʻlmasligining aniq holatidir.
Ishsizlik murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa boʻlib, ishchi kuchini taklif etish bilan unga
boʻlgan talab va taklif oʻrtasidagi miqdor jihatdan ham, sifat jihatdan ham nomuvofiqlikni aks
ettiradi. Asosan, iqtisodiyotda resurslarning notekis taqsimlanishi natijasida mehnat
resurslaridan toʻliq foydalanilmaydi. Natijada yaratilishi lozim boʻlgan yalpi ichki m
ahsulot
yaratilmay qoladi va makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Mashhur ingliz
iqtisodchi-olim Artur Ouken
tomonidan aniqlangan nisbatga koʻra, ishsizlik darajasi
ning
1 foizga qoʻshimcha oʻsishi, iqtisodiyotda
yalpi ichki mahsulot 2,5 foizga kam yaratiladi.
Umuman olganda, ishsizlik darajasi barcha makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga, shu jumladan,
inflyatsiya
darajasiga ham taʼsir koʻrsatadi.
Inflyatsiya
vaqt oʻtishi bilan davom etadigan uzoq jarayondir.
Inflyatsiyaning yuzaga
kelishi mamlakatda soliq siyosatining qay holatda yuritilishiga, jahon bozorlaridagi narxlarning
oʻsishi kabilarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Zero, bugungi kunda, mamlakatimizda iqtisodiy
oʻsishni taʼminlash, yalpi ichki mahsulotni oshirish, oʻz navb
atida, inflyatsiya va ishsizlik
darajalarini pasaytirish borasida ustuvor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022-
2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasidagi 21-
maqsadda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va yillik
inflyatsiya
darajasini 2025 yilgacha bosqichma-
bosqich 5 foizgacha pasaytirish vazifasi qoʻyilgan.
29-maqsad esa tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini
shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi
ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish hamda
hududlarda
tadbirkorlikni qoʻllab
-
quvvatlash, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha mavjud
tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish belgilangan.
85-maqsadda mamlakatda yangi ish
oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar
kambagʻallikni kamida 2 baravarga qisqartirish,
k
ambagʻallikni qisqartirish davlat
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar
fuqaroning bandligini legallashtirishga yordam berish orqali ularda ijtimoiy kafolat va
imtiyozlardan toʻliq foydalanish imkoniyatini y
aratish, shuningdek, ayollar orasidagi ishsizlik
darajasini 2 baravar kamaytirish kabilar boʻyicha chora
-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi
taʼkidlangan
(
Fаrmon
, 2022). Ushbu vazifalarni amalga oshirish borasida ilmiy izlanishlar olib
borish, haqiqiy koʻrsatkichlarni hisob
-kitob qilish hamda matematik modellashtirish asosida
ilmiy asoslangan yoʻnalishlarni belgilash talab etilmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda,
www.e-itt.uz
I SON. 2025
383
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuv sharoitida
inflyatsiya va ishsizlik kabi iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni ekonometrik
modellashtirish va prognozlash dolzarb masalalardan biridir.
Adabiyotlar sharhi.
Inflyatsiya va ishsizlik
–
eng jiddiy makroiqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyotda “inflyatsiya” tushunchasiga bir necha olimlarning turlicha taʼriflarini keltirish
mumkin. Iqtisodiy hodisa sifatida inflyatsiya pulning paydo boʻlishi bilan boshlangan boʻlib,
bevosita uning faoliyati bilan bogʻliqdir. Inflyatsiya (lot.
inflation
—
inflyatsiya, shishib ketish)
—
iqtisodiyotda oʻrtacha narxlar darajasining uzluksiz oʻsishi, pulning qadrsizlanishi,
iqtisodiyotda ularning zarur boʻlganidan koʻpligi tufayli yuzaga keladi, yaʼni muomaladagi pul
massasining «ortishi»dir (Roberta Capello, 2016).
Inflyatsiya
–
bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi
natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining oʻsishidir
(
Борисов
, 2005).
Inflyatsiya
–
bu iqtisodiy tizimda narx oʻsishining barqaror tendensiyasi orqali
ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa (
Макконнел
,
Брю
, 2014).
"Inflyatsiya" atamasining oʻzi milliy pul tizimlarining qogʻoz pul muomalasiga ommaviy
oʻtishi munosabati bilan paydo boʻlgan. Dastlab qogʻoz pullarning ortiqcha boʻlishi va shu bilan
bogʻliq holda ularning qadrsizlanishi fenomeni inflyatsiyaning iqtisodiy maʼnosiga kiritildi.
Zamonaviy iqtisodiyotda inflyatsiya sabablar (omillar)ning butun majmuasi natijasida yuzaga
keladi, bu inflyatsiya sof pul hodisasi emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hodisa ekanligini
tasdiqlaydi.
Iqtisodiyotda oʻrtacha narxlar darajasining oshishining sabablari va ayrim oqibatlarini
hisobga olgan holda inflyatsiyaning yanada qatʼiyroq taʼrifi quyidagilardan iborat. Inflyatsiya –
talab va taklifning nomutanosibligi (iqtisodiyotdagi umumiy nomutanosiblik shakli),
narxlarning oshishi va pulning qadrsizlanishida namoyon boʻladi. Inflyatsiyaga qarama
-qarshi
jarayon deflyatsiya(deflyatsiya)
—
umumiy narx darajasining barqaror pasayish tendentsiyasi.
Shunday qilib, narxlarning oʻsish surʼati nuqtai nazaridan, oʻrtacha, oʻrmalovchi, suzuvchi va
giperinflyatsiya mavjud. Oʻrtacha inflyatsiya (narxlarning oʻsishi odatda yiliga 3
-5% ni tashkil
qiladi, yiliga 10% dan oshmaydi) iqtisodiyot uchun jiddiy xavf tugʻdirmaydi. Bu holda narxlar
asta-sekin, lekin barqaror
ravishda oʻrtacha surʼatda (yiliga taxminan 10%) koʻtariladi.
Ishsizlik
—
mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi hajmini foydalanilmay qolishini namoyon
etuvchi ijtimoiy-
iqtisodiy jarayondir. Mehnatga layoqatli boʻlib, ishlashni xohlagan ishchi
kuchining ish bilan taminlanmagan qismi ishsizlar deyiladi. Ishsizlikning ortib ketishi ishlab
chiqarishga tabiiy toʻsiq boʻlsa, pastlab ketish koʻrsatkichida esa, iqtisodiyot haddan tashqari
qizib ketgan, deb hisoblanadi va inflyatsiya
koʻproq tashvish uygʻota boshlaydi. Ishsizlik
darajasi 4% dan past boʻlsa, toʻliq bandlik hisoblan
adi. Ishsizlik deganda, iqtisodiy faol mehnat
resurslarining mavjud ish oʻrinlaridan ortib qolishi tushuniladi. Yuzaga kelish xususiyati va
sabablariga kura ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institusional, texnologik, regional, yashirin
va turgun kabilarga b
oʻ
linadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishda qoʻllanilishi
natijasida baʼzi bir tarmoq va soha mahsulotlariga boʻlgan talab qisqarib, zamonaviy mahsulot
turlariga talab oʻsadi. Natijada ayrim kasb yoki mutaxassislik egalariga t
alabning qisqarishi yoki
umuman yoʻqolishi hamda ularning oʻzlarini kasb va mutaxassisliklarini oʻzgartirishlariga yoki
boʻlmasa shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga borib ishlashga majbur qilib qoʻyadi.
Yangi kasb va mutaxassislikni oʻzlashtirish yoki boshqa joyga koʻchib oʻtib, yangi ishga
joylashgunga qadar boʻlgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi
(
Кейнс
, 2002).
Tarkibiy ishsizlik
–
ishlab chiqarish strukturasining oʻzgarishi oqibatida ishchi kuchiga
boʻlgan talabning kamayishini bildiradi. Bunga, asosan, oʻz malakalarini oʻzgartirishlari va
oshirishlari, maʼlumot olishlari, yangi kasb egallashlari lozim boʻlgan i
shsizlar guruhlari kiradi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
384
Friksion ishsizlik
–
bu mehnat layoqatiga va maʼlum malakaga yoki tajribaga ega
shaxslarning ish izlayotgan davrilagi
yoki tez orada ishga ega boʻlguncha yuzaga keladigan
ishsizlikdir. Boshqa ishsizlik turlaridan ahamiyatli jihati shundaki, bu holatda ishlab chiqarish
potensialiga ega ishsizlar sinfi shakllanadi (
Борисов
, 2005).
Davriy ishsizlik
–
yaratilgan yakuniy mahsulotga boʻlgan talabning qisqarishi oqibatida
yuzaga keladigan ishsizlik turi hisoblanali
. Agar davriy ishsizlik mavjud boʻlmasa, u holda
qolgan ikki ishsizlik turi tabiiy ishsizlikni tashkil qiladi:
ish
ish
ish
Fr
Tar
Tab
+
=
Yuqoridagi formulada:
Tabish
–
tabiiy ishsizlik,
Tarish
–
tarkibiy ishsizlik,
Frish
- friksion ishsizlik.
Iqtisodiyotda «toʻla bandlik» tushunchasi ham boʻlib, bu ishsizlikning
mutloq mavjud
boʻlmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning boʻlishini tabiiy deb
xisoblaydilar
, shu sababli toʻla bandlik ishchi kuchini 100 %dan kam qismini tashkil qiluvchi
koʻrsatkich sifatida aniqlanadi. Boshqacha aytganda, toʻla bandlik sharoitida
ishizlik darajasi
friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng boʻladi. Siklik ishsizlik nolga teng
bolganda
esa toʻla
bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. Toʻla bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi
ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ham davlat iqtisodiyotiga sezilarli ravishda taʼsir
koʻrsatishi mumkindir. Bu oqibatlar ishsizlik taʼsirida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulotlar,
yaʼni yalpi ichki mahsulot hajmining oʻzgarishi orqali baholanadi. Ingliz
olimi A.Ouken ishsizlik
darajasi va yalpi ichki mahsulot hajmining orqada qolish nisbatini matematik ifodalab bergan
(
Зубко
, 2012). Mazkur ifoda fanda Ouken
qonuni sifatida taniqli boʻlib, ishsizlikning real
darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga yu
qori boʻlsa, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning
orqada qolishi 2,5 foizni tashkil qilishini anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda inflyatsiyaning ish haqi
bilan bogʻliqligi, ayniqsa, muhim ahamiyatga egadir. Buni “
Fillips
egri chizigʻi” orqali
kuzatishimiz mumkin. Yangi Zellandiyada tavallud topgan, uzoq vaqt davomida Angiliyada
ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uiliyam Fillips 1891-yildan 1958-
yilgacha boʻlgan davrni
qamrab olgan maʼlumotlar asosida ana shu bogʻliqlikni asoslab bergan
(
Макконнел, Брю
,
2014).
Agar ish haqi va narxlarning oʻzgarishi surʼatlari oʻrtasida bir xil nisbat mavjud deb
hisoblanadigan boʻlsa,
Fillipsning
egri chiziq modeliga koʻra ikki: iqtisodiy oʻsishning eng
yuqori surʼatlari ish bilan bandlik darajasining yuqori boʻlishi, ayni paytda narxlarning tez
qimmatlashishi yoki narxlarning barqarorligida ishsizlik darajasining yuqoriligi holati
kuzatiladi. “
Fillips egri chizigi
”
konseptsiyasiga
koʻra, ishsizlik darajasining dinamikasi (U) va
inflatsiya
surʼatlari (P) oʻrtasida teskari bogʻli
qlik mavjud (
Иохин
, 2005)
.
1-rasm. Fillips
egri chizigʻi
P
–
inflatsiya darajasi;
U
–
ishsizlik darajasi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
385
Umumiy jihatdan taʼriflaydigan boʻlsak,
Fillips
egri chizigʻi
—
nominal ish haqi stavkalari
oʻzgarishi surʼati (inflyatsiya) bilan ishsizlik oʻrtasidagi teskari bogʻlanishni ifoda etadi.
1-rasmda aks ettirilganidek, masalan, ishsizlikning yuqori darajasi inflyatsiyaning past
surʼatiga mos tushadi. Aksincha, ishsizlikning past darajasi ishsizlikning yuqori darajasiga
mutanosibdir.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mavzu boʻyicha olib borilgan tadqiqotda respublikamizda 2010
-2023 yillarga tegishli
inflyatsiya
va ishsizlik darajalari boʻyicha olingan statistik maʼlumotlarni vaqtli qatorlar
koʻrinishida koʻrib chiqib,
korrelyasion-regression usullar yordamida tahlil qilamiz. Ushbu
maqolada quyidagi koʻrinishdagi (1) bir
omilli
chiziqli ekonometrik modelni batafsil koʻrib
chiqamiz.
x
Y
1
0
+
=
(1)
Та
hlil va natijalar muhokamasi.
Bugungi jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida integrasion jarayonlar katta
ahamiyat kasb etadi. Zero, hozirgi zamonda jahon iqtisodiyotining integratsiyasi kapital, ishlab
chiqarish, mehnat integratsiyasi kabi bir qator iqtisodiy kategoriyalarning birlashishida aks
etadi. Mamlakatimizda hududlar raqobatbardoshligini oshirish, ishsizlikni pasaytirish,
kambagʻallikni qisqartirish maqsadida ichki savdo munosabatlarini rivojlantirish yoʻlida keng
koʻlamli ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Bunda haqiqiy maʼlumotlarni hisob
-kitob qilish
yordamida tegishli chora-tadbirl
ar belgilash koʻzda tutiladi. Ushbu hisoblashlarda matematik
-
statistik usullarga asoslanish, ekonometrik modellashtirish juda qoʻl keladi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2010
-2023-yillardagi ishsizlik va inflyatsiya darajalarining
dinamikasidan (1-
jadval) foydalangan holda mazkur statistik maʼlumotlarni vaqtli qatorlar
koʻrinishida tahlil qilamiz.
1-jadval
Oʻzbekiston Respublikasida inflyatsiya va ishsizlik darajalari
Yillar
Inflyatsiya
darajasi,
% (Y)
Ishsizlik darajasi,%
(X)
2010
12,7
10.4
2011
12,3
10
2012
12,1
9.2
2013
11,6
9
2014
11
8.5
2015
10,4
8.5
2016
10,1
7.8
2017
10
7.2
2018
10
7
2019
9,8
9.5
2020
11,1
12
2021
10,5
11.5
2022
9.98
11.3
2023
8.3
9.2
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari
.
1-
jadval maʼlumotlarini tahlil qiladigan boʻlsak, keyingi yillarda respublikada
inflyatsiya
va ishsizlik darajalarining qiymatlari kamayib bormoqda. Boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar kabi
tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisa ham pandemiya yillarida bir oz koʻtarilib, sekin
-asta
www.e-itt.uz
I SON. 2025
386
tushishiga erishilmoqda. Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak,
inflyatsiya darajasi 2021-
yildan boshlab keyingi uch yilda mos ravishda 10,5 %, 9,98 % va 8,3 % ni tashkil etmoqda.
Ishsizlik darajasi esa 2021-yilda 7,5 % ga, 2022-yilda 8,1 foizga, 2023-yilda esa 6,2 foizga teng
boʻlgan.
Iqtisodiy tadqiqotlarda koʻpincha inflyatsiya va ishsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganish
zarurati tugʻiladi. Ushbu ikki makroiqtisodiy oʻzgaruvchi iqtisodiy siyosat va iqtisodiy
boshqaruv strategiyalarini belgilashda asosiy rol oʻynaydi. Ushbu maqolad
a iqtisodiyotda
inflyatsiya va ishsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik darajasini aniqlash imkonini beradigan regressiya
tahlili oʻtkaziladi.
Inflyatsiya va ishsizlikning matematik-
statistik tahlili bu ikki oʻzgaruvchi oʻrtasidagi
munosabatlarni tushunish, tahlil qilish va ularni prognoz qilishda daliliy natijalarga asoslanish
demakdir. Ekonometrik modellashtirishda, eng avvalo, omillar oʻrtasidagi bogʻliqlik zichligi
qanday ekanligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ekonometriklar korrelyasiya
koeffisiyentidan
foydalanadilar. Mazkur omillar oʻrtasidagi bogʻliqlik zichligi qanday ekanligini
aniqlash maqsadida tadqiqotni davom ettirish talab etiladi.
Korrelyatsiya koeffisiyenti
inflyatsiya va ishsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik darajasini
oʻlchaydi, hamda shaklini aniqlaydi. Korrelyatsiya
koeffitsienti -1 va 1 orasidagi qiymatni qabul
qiladi.
Korrelyatsiya koeffitsiyenti −1
≤ 𝑟
𝑥𝑦
≤
1 oraliqda oʻzgarishidan kelib chiqib, agar −1
≤
𝑟
𝑥𝑦
< 0 boʻlsa, sababiy omil va natijaviy belgi orasida teskari, 0 <
𝑟
𝑥𝑦
≤
1 boʻlsa, omillar oʻrtasida
toʻgʻri bogʻlanish mavjud boʻladi. Agar
𝑟
𝑥𝑦
=
0 boʻlsagina bogʻlanish mavjud emas hisoblanadi,
yoki 1 ga teng boʻlgan taqdirda funksional bogʻlanish mavjudligi aniqlanadi. Mazkur
korrelyatsion tahlilda inflyatsiya va ishsizlik birgalikda oshishi yoki kamayishi hamda
inflyatsiya oshganda, ishsizlik kamayishi va aksincha holatlar belgilanadi.
Inflyatsiya va ishsizlikning darajalari qiymatlari asosida axborot texnologiyalari
yordamida oʻtkazilgan korrelyatsion tahlil natijalari 2
-jadvalda keltirilgan. Jadval
maʼlumotlarini tahlil qiladigan boʻlsak, mazkur tahlil qilinayotgan koʻrsatkichlar bir
-biri bilan
o
ʻzaro toʻgʻri zich bogʻliqlikka egaligini koʻrish mumkin.
2-jadval
Korrelyatsion tahlil natijasi
inflyatsiya
darajasi, %
Ishsizlik
darajasi, %
inflyatsiya darajasi, %
1
Ishsizlik darajasi, %
0,929518
1
Manba:
muallif ishlanmasi.
Ekonometrik modellashtirishda multikollinearlik
. Mustaqil oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi
yuqori korrelyatsiyalar multikollinearlik muammolariga olib kelishi mumkin, standart
xatolarni koʻpaytiradi va
koeffitsientlarni
ishonchsiz qiladi. Lekin mazkur holat faqatgina koʻp
omilli
ekonometrik tahlilda koʻrib chiqilishi sababli, misolimizdagi
korrelyasion tahlilda
mazkur holatga ahamiyat berish koʻzda tutilmaydi.
Eng kichik kvadratlar regressiyasi statistik maʼlumotlarni tahlil qilishda asosiy vosita
boʻlib, oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi munosabatlar, bashorat qilish imkoniyatlari va turli sohalarda
xulosa chiqarish imkoniyatlari haqida tushuncha beradi. Uning keng qo
ʻllanilishi va hisoblash
texnikasidagi yutuqlar bilan birgalikda murakkab real muammolarni hal qilishda uning doimiy
dolzarbligini taʼminlaydi. Biroq, amaliyotchilar eng kichik kvadratlar usuli regressiya
tahlillaridan mazmunli tushunchalar olish uchun taxminlar, potentsial tuzoqlar va ishonchli
modelni tasdiqlash zaruriyatini yodda tutishlari kerak.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
387
2-rasm. Regression tahlil natijalari
Manba:
muallif ishlanmasi.
Nazariya va taxminlar: regressiya tenglamasi kuzatilgan qiymatlar va bashorat qilingan
qiymatlar oʻrtasidagi kvadratik farqlar yigʻindisini minimallashtiradigan chiziqni (yoki yuqori
oʻlchamdagi tekislikni) topishga qaratilgan. Taxminlarga chiziqlilik, xatolarning mustaqilligi,
xatolarning doimiy oʻz
garishi va normal taqsimlangan xatolar kiradi.
Tahlil qilinayotgan koʻrsatkichlar asosida regressiya tenglamasi tuzishni
Excel dasturida
davom ettirib, 2-
rasm maʼlumotlariga ega boʻlamiz. Mazkur rasm maʼlumotlaridan quyidagi
regressiya tenglamasini, yaʼni masalamizning ekonometrik modelini yozishimiz mumkin:
x
Y
*
88
.
0
48
.
3
ˆ
+
=
Olingan regressiya tenglamasi inflyatsiyaning
oʻzgarishida ishsizlikning oʻrnini koʻrsatib,
aynan ishsizlikning bir birlikka oʻzgarishi
inflyatsiyani
0,88 birlikka oʻzgarishiga olib kelishi
mumkinligini koʻrsatdi. Mazkur ekonometrik model yordamida tahlil qilinayotgan
koʻrsatkichlarning prognoz qiymatlarini ishlab chiqishdan oldin modelning adekvatligini
baholash talab etiladi. Modellashtirishda determinatsiya koeffitsiyenti modelning prognoz
sifatini oʻlchaydigan koʻrsatkichdir. Ushbu koʻrsatkich 1 ga qanchalik yaqin boʻlsa, model
haqiqatga shunchali
k yaqin boʻladi.
Regression
tahlil natijalaridan koʻrish mumkinki, mazkur
masalada determinatsiya koeffisiyenti 0,86 ga teng. Demak, mazkur qiymatning 1 ga yaqinligi
modelning adekvatligini ko
‘
rsatadi. Bundan tashqari, aniqlangan parametrlarni statistik
ahamiyatliligini tekshirish maqsadida 2-
rasmga murojaat qiladigan boʻlsak, ularning barchasini
ahamiyatlilik darajasi 0,05 dan kichik ekanligini koʻrish mumkin.
Mа’lumotlаrnі tаhlіl qіlіsh mobауnіdа bіrіnсhі boʻlіb сhіzіqlі tenglаmаdаn foуdаlіnіb
koʻrіldі. Shundаn soʻng trend tenglаmаsі qаnсhа murаkkаb boʻlsа vа u qаnсhа koʻр
раrаmetrlаrnі oʻz ісhіgа olsа, ulаrnіng уаqіnlаsh dаrаjаsі teng boʻlgаnіdа hаm bu раrаmetrlаrnі
іshonсhlі bаholаsh shunсhа qіуіnlаshіb borаdі degаn xulosаgа kelіndі. Olib borilgan tadqiqot
natijasida olingan ekonometrik model yordamida ishsizlik va inflyatsiya darajalarining keyingi
yilarlga prognoz qiymatlari aniqlandi (3-jadval). Jadvaldan k
oʻrishimiz mumkinki,
respublikamizda olib borilayotgan saʼy
-harakatlar natijasida inflyatsiya va ishsizlikni past
koʻrsatkichlarda ushlab turish prognoz qilinmoqda.
Yangi ish oʻrinlarining yaratilishi, oilaviy va yakka tadbirkorlikni keng yoʻlga qoʻyilishi
hamda turli moliyaviy koʻmaklar natijasida aholi daromadlarining oshishi, ishsizlikning
pasayishini kuzatilishiga olib kelishi muqarrardir. Qolaversa, huquqiy hujjatlar asosida
www.e-itt.uz
I SON. 2025
388
belgilanayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi prognoz qiymatlariga erishilishini
taʼminlashi kutiladi.
3-jadval
Inflyatsiya va ishsizlik darajalarining prognoz qiymatlari
Prognoz davri
inflyatsiya darajasi, % Ishsizlik darajasi, %
2025
8,72
8,81
2026
8,49
8,6
2027
8,26
8,39
2028
8,03
8,17
Manba:
muallif ishlanmasi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, inflyatsiya darajasini statistik hisoblashda raqamli
texnologiyalardan foydalanish iqtisodiyotdagi narxlar oʻzgarishini oʻz vaqtida va aniqroq
oʻlchash imkoniyatini beradi. Bu texnologiyalar turli manbalardan katta hajmdagi
maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish imkonini beradi, oʻz oʻrnida vaqt oʻtishi bilan narxlarning
tendentsiyalarini
aniqlashga yordam beradi. Biroq, ushbu usullar tanlovning notoʻgʻriligi,
oʻlchov xatosi va maʼlumotlarning maxfiyligi bilan bogʻliq
shu kabi muammolarga duch
kelishi mumkinligini tan olish muhimdir. Shu sababli, ushbu usullarga ehtiyotkorlik bilan
yondashish va qoʻllaniladigan maʼlumotlar manbalari va usullarining cheklovlarini diqqat
bilan koʻrib chiqish muhimdir. Umuman olganda, inflyatsiyani oʻlchash uchun raqamli
texnologiyalardan foydalanish iqtisodiyotdagi narxlar dinamikasi haqidagi tushunchamizni
yaxshilash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kelgusi yillarda tashqi iqtisodiy sharoitlarda joriy vaziyatning keskin oʻzgarishlarsiz
rivojlanishi va tarkibiy islohotlarning faol davom ettirilishi asosiy ssenariy shartlari etib
belgilangan boʻlsa, noaniqliklarning yanada kuchayishi va tashqi sharoitla
rda xatarli
shoklarning yuzaga kelishi muqobil ssenariy shartlari sifatida qayd etildi. Maqolada olingan
natijalar ham ishsizlik darajasi inflatsiya
koʻrsatkichlari bilan zich bogʻliqlikda ekanligini
koʻrsatayotganidan, zarur chora
-tadbirlarni belgilashni talab etadi. Tadbirkorlikni
kengaytirish, oʻz
-
oʻzini band qilishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi kabilar ishsizlikni pasaytirishga
xizmat qilishi muqarrardir. Yanada aniq qilib aytadigan boʻlsak, ekonometrik modellashtirish
davlat xarajatlarining inflatsion
taʼsirini tahlil qilish uchun kuchli asos yaratadi. Tegishli
modelni ishlab chiqish va baholash orqali iqtisodchilar davlat xarajatlari va inflatsiya
oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida qimmatli tushunchalarga ega boʻlishlari mumkin. Biroq,
ekonometrik modellashti
rish bilan bogʻliq qiyinchiliklar va cheklovlarni tan olish kerak,
masalan, chalkashlik va murakkablik. Ushbu muammolarni hal qilish va ekonometrik
modellashtirish orqali biz iqtisodiyotning murakkab dinamikasi haqidagi tushunchamizni
kengaytirishimiz va yanada oqilona, optimal qarorlar qabul qilishimiz mumkin.
А
dabiyotlar /
Литература
/Reference:
F
а
rmon (2022)
Oʻzbekі
ston Res
р
ubl
і
k
а
s
і
Р
rez
і
dent
і
n
іng “2022–
2026
–уі
ll
а
rg
а
moʻljа
ll
а
ng
а
n
уа
ng
і
Oʻzbekі
stonn
і
ng t
а
r
а
іу
ot
і
str
а
teg
іуа
s
і” toʻgʻrі
s
і
d
а
g
і
2022-
уі
l 28-
уа
nv
а
rd
а
g
і
Р
F-60-son
F
а
rmon
і
.
Roberta Capello (2016). Economic theory. USA: Routledge.
Борисов Е.Ф. (2005) Экономическая теория. Учебник,
-2-
е изд. Перераб. и доп. М.: Изд
-
во
Проспект,
-
544 с.
Зубко Н.М. (2012) Экономическая теория. Минск // НТЦ АПИ,
-
261 с.
Иохин В.Я.
(2005)
Экономическая теория, учебник. –М.: Экономисть,
-861
с.
Кейнс Дж.М. (2002) Общая теория занятости, процента и денег. М.: Гелиос,
-
162 с.
Макконнел К.Р., Брю С.Л. (2014) Экономикс: принципы, проблемы и политикаю Учебник,
17-
изд. –М.: ИНФРА
-
М.:
-
916 с.
