www.e-itt.uz
II SON. 2024
133
JISMONIY SHAXSLARNI KREDITLASHGA PSIXOLOGIK OMILLAR
TA’SIRINING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI
Qobilov Muxammad Ayubxon Yusufjon o'g'li
Toshkent xalqaro universiteti
ORCID: 0009-0001-9678-7121
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jismoniy shaxslarni kreditlashga psixologik omillar
ta’sirining ilmiy-nazariy jihatlari tadqiq etilgan boʻlib, bank va moliya tizimlarida kredit tizimini
takomillashtirish, kredit xizmatlarini jozibador tarzda taklif qilish hamda kredit to῾loviga
layoqatlilikni aniq va ishonchli usullarda aniqlagan holda kredit olishga bo῾lgan talabni oshirish
yo’llari aks ettirilgan.
Kalit soʻzlar:
xulq-atvor,kredit karta risk, risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlik,
prognozlashtirish, shaxsiy faktor, psixologiya, inflyatsiya.
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ВЛИЯНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ
ФАКТОРОВ НА КРЕДИТОВАНИЕ ФИЗИЧЕСКИХ ЛИЦ
Кабилов Мухаммад Аюбхон Юсуфжон угли
Ташкентский международный университет
Аннотация.
В данной статье исследуются научно-теоретические аспекты
влияния психологических факторов на кредитование физических лиц, совершенствование
кредитной системы в банковской и финансовой системах, привлекательное предложение
кредитных услуг, а также спрос на кредит четко и четко достоверно определяющие
возможность погашения кредита, показаны пути его увеличения.
Ключевые слова
:
поведение, риск кредитных карт, управление рисками,
финансовая стабильность, прогнозирование, личностный фактор, психология,
инфляция.
SCIENTIFIC AND THEORETICAL ASPECTS OF THE INFLUENCE OF PSYCHOLOGICAL
FACTORS ON LENDING TO INDIVIDUALS
Kobilov Mukhammad Ayubxon Yusufjon ugli
Tashkent International University
Abstract
.
This article examines the scientific and theoretical aspects of the influence of
psychological factors on lending to individuals, improving the credit system in the banking and
financial systems, an attractive offer of credit services, as well as the demand for credit that clearly
and reliably determines the possibility of repaying the loan, and shows ways to increase it
Keywords:
behavior, credit card risk, risk management, financial stability, forecasting,
personal factor, psychology, inflation.
UOʻK: 336.276.23
133-138
www.e-itt.uz
II SON. 2024
134
Kirish.
Jahonda iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan bank tizimini yanada rivojlantirish,
ayniqsa banklarning asosiy daromad manbalaridan biri kredit operatsiyalarini umumiy xizmat
turlari orasida salmog‘ini oshirish iqtisodiy barqarorlikning muhim yo῾nalishlaridan biri
hisoblanadi. Ma’lumki, xo῾jalik yurituvchi subyektlarni va jismoniy shaxslarni moddiy va
moliyaviy resurslarga bo῾lgan ehtiyojini moliyalashtirishda bank kreditlaridan foydalanish,
barqaror iqtisodiy o῾sish va taraqqiyotni ta’minlashda muhim hisoblanadi. Jahon miqyosida
rivojlangan mamlakatlar tajribasida, xususan ularning bank va moliya tizimlarida kredit
tizimini takomillashtirish, kredit xizmatlarini jozibador tarzda taklif qilish hamda kredit
to῾loviga layoqatlilikni aniq va ishonchli usullarda aniqlagan holda kredit olishga bo῾lgan
talabni oshirish bilan bog῾liqdir. Tadbirkorlikning mohiyatini tushunish va uni tartibga
solishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun risk va foyda o'rtasidagi bog'liqlik
fundamental ahamiyatga ega. Haqiqiy iqtisodiyotda noaniqlik foyda yoki zarar omiliga
aylanadi. Bundan tashqari, samaraliroq korxonalarning daromadlari va ortiqcha foydalari kam
ta'minlangan korxonalarning yo'qotishlari hisobiga shakllanadi. Bu erda biz foydaning
buxgalteriya talqinini emas, balki xarajatlarda "kapital qiymati" bilan bog'liq miqdorlarni
hisobga oladigan iqtisodiy talqinni yodda tutishimiz kerak.
Adabiyotlar sharhi
Oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan vaziyatlarda moliyaviy qarorlar qabul qilish
jarayonini tushunish oxirgi 20 yil davomida xulq-atvor iqtisodiyoti olimlari tomonidan
shaxslarning xulq-atvori va munosabati psixologik ilmiy ishlar bilan o‘rganildi.
A.N.Demin va O.V.Kireyeva kreditlarini o‘z vaqtida to‘layotganlar va to‘lovni uch oy yoki
undan ko‘proq kechiktirib to‘lovchilar kabi ikki guruhni solishtirdilar (Kahneman, 1982).
Hozirda olib borilayotgan yangi tadqiqotlarida, ular iste’mol kreditlari va ipoteka kreditlari
bo‘yicha qarz oluvchilarni tahlil qildilar va unga ko‘ra, iste’mol krediti bo‘yicha to‘lov muddatini
kechiktirishlilik qarz oluvchining xabardorligi hamda ikki parametr ishga sodiqlik va moliyaviy
o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan salbiy bog‘liqdir (tejashga tayyorlik - salbiy korrelyatsiya,
moliyaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha kognitiv yetishmasligi ijobiy korrelatsiya. Ipoteka
kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish qarz oluvchining xabardorligi, kutilgan ijtimoiy
qo‘llab - quvvatlash, ishga sodiqlik bilan o‘zaro salbiy bog‘langan va uchta moliyaviy o‘zini o‘zi
boshqarish parametrlari (xarajatlarni rejalashtirish, moliyaviy mo‘tadillik, tejashga moyillik)
hamda moliyaviy qarorlarni kognitiv boshqarishning boshqa parametri bilan ijobiy bog‘langan.
Ya’ni, moliyaviy xabardor boʿlmaslik, ijtimoiy yordam kutish, ishga sodiq boʿlmaslik
insonlarning kreditlarni oʿz vaqtida toʿlamaslik xulq-atvorini hamda xarajatlarni rejalashtirish,
moliyaviy jihatdan mo‘tadillik, pulni tejashga moyillik toʿlovni oʿz vaqtida toʿlash xarakterini
anglatadi.
Agarwal, Driscoll, Gabaix, and Laibson (2008) larning tadqiqotlariga ko‘ra kredit karta
foydalanuvchilarining xulq - atvori kechiktirishga, limitdan oshishga moyil bo‘ladi[2]. Mijozlar
odatda kartochka ochgandan keyin komission to‘lovlarga nisbatan norozi bo‘la boshlaydilar,
to‘lovlarni kechiktirib to‘lashgan holatlarida ortiqcha komission to‘lovlarni zararli ekanligini
tushunib yetishadi va xato qilmaslikka xarakat qilishadi hamda keyingi oyda kechikib to‘lash
ehtimoli 44% ga kamayadi. Ushbu tadqiqotchilarning fikricha iste’molchilar kredit
hisobraqamini ochishyotganda barcha ma’lumotlarni chuqur o‘ylab ko‘rishmaydi va bu holat
ularning aqlsizligini bildirmaydi. Insonlar odatda tajribadan xulosa chiqarishadi va o‘zlarining
xulq - atvorini xatolardan so‘ng oʻzgartirishadi. Fikrimizcha, kredit karta foydalanuvchilarining
xulq atvoriga ko‘ra ular ko‘proq narxga ta’sirchan bo‘lishadi. Qachonki kredit karta beruvchi
kompaniya foiz stavkani o‘zgartirsa, mijozlar boshqa xarajatlarni hamda kredit qoldig‘ini
kamaytirishadi va umuman olganda umumiy xarajatlarni kamaytiruvchi choralarni ko‘rishadi.
Aqliy buzilishlar, fikrlar va munosabatlar - bu shaxsni shakllantiruvchi ichki omillar hisoblanib,
mas'ul qarz oluvchi shaxsning psixologik tadqiqotida ushbu omillarga tayanish mumkin bo‘ladi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
135
Insonlarning xulqiga ta’sir qiluvchi doimiy xususiyatlari bo‘lishi mumkin albatta. Bu
xususiyatlar birinchi navbatda kuzatilmaydigan xususiyatlar yoki qadriyatlar, ehtiyojlar yoki
shaxsiyatlar kabi ruhiy holatlardir. Shu nuqtai nazardan, shaxsiyatlar va psixologik holatlar
shaxsning qarzni to‘lash xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin deb aytish mumkin. Bundan
tashqari ko‘pgina adabiyotlarda insonlar qarz to‘lovini to‘lash xulq-atvorini aniqlashda
demografik va iqtisodiy faktorlar yetarli emas, bu xulq-atvorni tushunishda va tushuntirishda
psixologik faktorlarni hisobga olish darkor deb keltirilgan. Shuningdek psixolog Sara Hampson
ham shaxslarning o‘ylari, his-tuyg‘ulari, motivatsiyalari, tushunchalari kabi psixologik
jarayonlarini o‘rganar ekan, vaqtlar mobaynida bu insonlar xarakterini shakllantiruvchi
mexanizm ekanligi aytib o‘tiladi.
Ta’kidlash lozim, 2006-yilda ilk bora Garvard universtetining Entrepreneurial Finance
Lab (EFL, Massachusets Avyenuye, Cambridge, Massachusets 01238 USA) markazida qarz
oluvchilarning psixologik holatlarini aniqlashga qaratilgan amaliyot joriy etildi. EFL
tadqiqotlari qarz oluvchilarni psixologik xususiyatlarini, ularning xarakterlari, aqliy
qobiliyatlari va sofdilligi kabi kategoriyalarda baholashni takomillashtirishdi. Ularning
izlanishlari 6 ta psixologik determinantlardan iborat bo‘lib, bular samarali moliyaviy qarorlar
qabul qilish, o‘zini nazorat qila olish, anglash, munosabat bildirish, asab holatlari kabilardir.
Korniotis va Kumalarning fikriga ko‘ra axborotning noto‘g‘riligi qarz sifatida oluvchilarni
marketing va noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga moyil qiladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq ma’lumotlar
eng muammolidir. Ma’lumot noaniq bo‘lsa, hatto «aqlli» shaxslar ham kognitiv bog‘liklarga
ko‘proq tayanadilar va ular ko‘pincha mavhum yoki kamdan-kam moliyaviy qarorlar qabul
qilishda davom etadi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[3]. Bu bilan insonlarda moliyaviy
bilimlarni yetarli boʿlmasligi yoki notoʿgʿri axborotlar ularning qarz toʿlovini oʿz vaqtida
toʿlamasligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham mijozlarni kreditlashda yetarlicha toʿliq
ma’lumotlarni yetkazib berish maqsadga muvofiqdir.
Peach, ND, Yuan, HW larning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy bilim yolg‘iz o‘zi
moliyaviy jihatdan ehtiyotkorona xatti-harakatlarga yoki moliyaviy streslarga olib kelmaydi,
ya’ni bunda moliyaviy munosabatlar va demografik ta’sir etuvchi omillar mavjud. Yaxshi bilim
albatta yoshlar orasida yaxshi kredit olish qaroriga olib kelmayd[4]i.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv,omilli tahlil, statistik va moliyaviy tahlil, ekspert
baxolash, axborotni qayta ishlash, matematik modellashtirish va boshka usullardan
foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
“Psixologiya va xulq-atvor iqtisodiyotida o‘rganiladigan ongsiz jarayonlarni bilish
moliyaviy xatti-xarakatlar uchun ikkita muhim oqibatlarga ega. Birinchidan, insonlar ma’lum
turdagi moliyaviy xulqni va o‘zgaruvchan xulq atvorni (bir narsani gapirib, umuman boshqa
xarakatni bajarish) namoyish qilishini tushinish muhim. Ikkinchidan, Moliyaviy xulq atvorni
o‘rganishda ilmiy metodlarni qo‘llash muhim hisoblanadi.
Yuqoridagi boblarda keltirib o‘tilganidek, ko‘pgina moliyaviy qarorlar avtomat tarzda va
ongsiz ravishqa qabul qilinadi. Ammo, turli moliyaviy xulq atvor sabablarini hisobga olgan
holda, ta’kidlash joizki, insonlarning xulq-atvoridagi hamma narsa ham shubhasiz emas.
Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni quyidagicha
ko‘rishimiz mumkin (1-jadval)
Ammo faqatgina moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ta’lim odamlarning qarz olish xulq-
atvorini o‘zgartira olmasligi ham mumkin. Umuman olganda, tadqiqotlarni kuzatadigan bo‘lsak
moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun moliyaviy ta’limdan foydalanish odamlarning qarz
olish xulq-atvorida juda kam yoki uzoq muddatli ta’sirga ega emas.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
136
1-jadval
Moliyaviy xulq-atvorga ta’sir qiladigan psixologik nomoliyaviy faktorlar
Tur
Soha
Moliyaviy xulq
–
atvor oqibati
Vaziyatga ko‘ra
faktorlar
Xulq-atvor
iqtisodiyoti
Insonlar har-
doim ratsional bo‘lmaydilar va har
-xil
vaziyatlarga ko‘ra turlicha xatti
-xarakatlar qilishadi.
Shaxsiy faktorlar-
aqliy qobiliyatlar
Psixologiya/
Xulq-atvor
iqtisodiyoti
Odamlar aqliy qobilyatiga ko‘ra turlicha bo‘ladilar(xotira,
aqliy kamchilklarga shunha bn qarash, analitik
qobiliyatlar,hisob-
kitob bo‘yicha qobilyatlar)
Shaxsiy faktorlar-
psixologik, maxsus
bo‘lmagan (moliyaga
aloqasi bo‘lmagan)
Psixologiya
Bir xil vaziyatlarda insonlar ularning tabiiy
xarakterlaridan kelib chiqib o‘z
larini turlicha tutadilar.
Shaxsiy faktorlar-
maxsus (moliyaga
aloqasi bo‘lmagan)
Psixologiya
Odamlar har-xil moliyaviy tushunchalarga nisbatan
turlicha o‘zlarinig munosabatini namoyon
qiladilar(ijobiy yoki salbiy).
AQShda o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotda moliyaviy savodxonlik va idrok etilgan
moliyaviy bilim moliyaviy xulq –atvorga ta’sir etmasligi haqida dalillar ham topilgan. AQSh o‘rta
maktab o‘quvchilari orasida shaxsiy majburiy moliyaviy ta’limning ta’sirini tadqiqot qilinganda,
jamg‘armalar, investitsiyalar yoki kredit menejment bo‘yicha ta’siriga doir hech qanday
ahamiyatli natija topmadilar.
Shunday qilib, shaxs psixologiyasi, xususiyatlari, xulq-atvori haqidagi adabiyotlarga
asoslanib, qaror qabul qilishda biz taxmin qilish uchun qarz oluvchining to‘lash ehtimoli va
risklarni oltita omil orqali aniqlashni tanladik. Quyidagi chizmada tadqiqot modeli va ushbu
tadqiqotning gipotezasi keltirib o‘tilgan.
1-rasm. Kredit riski
Ushbu psixologik o‘zgaruvchilardan ko‘rishimiz mumkinki, samarali moliyaviy qarorlar
qabul qilish, o‘zini tuta bilish, vijdonlilik, asabiylik, sahiylik va pulga bo‘lgan munosabat kabi
omillar insonlarning shaxsiy xulq-atvorini aniqlash omillar qatoriga kiritiladi.
1. Samarali moliyaviy qarorlar qabul qilish
www.e-itt.uz
II SON. 2024
137
Samarali bo‘lmagan qarorlar qabul qilishning bevosita sabablariga noto‘g‘ri
ma’lumotlarga ega bo‘lish, oqilona xulosalar chiqarishda fiziologik yoki ekologik to‘siqlar
mavjudligini aytishimiz mumkin. Shuningdek, qaror qabul qilish shaxsning shaxsiyati, o‘zini
o‘zi boshqarishi va hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Nobel Memorial mukofoti sovrindori Richard Thaler hissiyot
va his-tuyg‘ularning moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bevosita bog‘liqligini isbotladi (nudge
nazariya). Kahnemanning fikriga ko‘ra, bizning fikrlash jarayonimiz intuitiv tuyg‘uni o‘z ichiga
oladi va mavjud evristik yondashuv bilan oson ta’sir qiladi. Shunday qilib, odamlar o‘zlarining
aldangan qarorlariga haddan tashqari ishonadilar.[1] Hissiy va qisqa muddatli qarorning eng
aniq namunasi sentimental fonda keraksiz narsalarni sotib olish harakatidir. Aynan shu tamoyil
ostida, eng samarasiz moliyaviy qarorlar qabul qilinadi. Shunday qilib, ongni va hissiyotga
asoslangan tanlovlarni mantiqiy ravishda yengib o‘tish yoki Daniel Dennet[4] tomonidan
aniqlanganidek, miyani mexanik ravishda ishlatish foydali bo‘ladi. Natijada, jismoniy shaxslar
qarzni to‘lashni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va keyinchalik qarzlarni to‘liq
qaytarishadi.
Moliyaviy bilimlar dasturini tamomlagan o‘rta daromadli ishtirokchilarning o‘z moliyaviy
jamg‘armalarining ko‘payishi, qarz darajasining pasayishi va moliyaviy farovonlikning oshishi
ko‘rsatilgan. Yana bir tadqiqotda, kredit oluvchilarga umumiy jamg‘arilgan kredit to‘lovlar
haqida ma’lumot berish qarz olishga moyillikni pasaytirgan.
Boshqa bir tadqiqotda esa yuqori xarajatli kredit mijozlari o‘rganilganda bu boshqa
mahsulotlar bilan taqqoslash yo‘qligi va mahsulot haqida mijozlar ega bo‘lgan tor ma’lumot
sababli ekanligi aniqlangan.
So‘nggi 20 yil ichida moliyaviy qobiliyat tushunchasi e’tiborni odamlar nimani
bilishlaridan ular o‘zlarini qanday tutishlariga o‘zgartirdi. Umuman olganda, bilim va tushunish
(ya’ni, moliyaviy savodxonlik) moliyaviy qobiliyatli xatti-harakatlarning faqat bitta
elementidir. Boshqa muhim elementlarga ko‘nikmalar, ishonch va munosabatlar kiradi.
Moliyaviy qobiliyat ham insonning tajribasi, sharoitlari, shaxsiyati, ular ishlaydigan muhit va
boshqalarga ta’sir qiladi.
Moliyaviy savodxonlik, qarz olish va ortiqcha qarzdorlik o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi
boshqa tadqiqotlarda ham isbotlangan. Moliyaviy savodxonlik darajalari turli xarajatlar va qarz
olish xulq -atvori, shu jumladan impulsivlik va qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati iste’mol krediti
portfeli va kredit va jamg‘armalarning birgalikdagi darajalari bilan bog‘liq. Boshqa keyingi ilmiy
ishlarda moliyaviy savodxonlikning qarz yukiga ta’siri impulsivlik bilan bekor qilindi.
Ammo faqatgina moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ta’lim odamlarning qarz olish xulq-
atvorini o‘zgartira olmasligi ham mumkin. Umuman olganda, tadqiqotlarni kuzatadigan bo‘lsak
moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun moliyaviy ta’limdan foydalanish odamlarning qarz
olish xulq-atvorida juda kam yoki uzoq muddatli ta’sirga ega emas. AQShda o‘tkazilgan boshqa
bir tadqiqotda moliyaviy savodxonlik va idrok etilgan moliyaviy bilim moliyaviy xulq –atvorga
ta’sir etmasligi haqida dalillar ham topilgan. AQSh o‘rta maktab o‘quvchilari orasida shaxsiy
majburiy moliyaviy ta’limning ta’sirini tadqiqot qilinganda, jamg‘armalar, investitsiyalar yoki
kredit menejment bo‘yicha ta’siriga doir hech qanday ahamiyatli natija topmadilar.
Fikrimizcha, moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xulq - atvor o‘rtasida bog‘liqlik mavjud.
Ya’ni, shaxsiy xulq -atvor (o‘ziga bo‘lgan ishonch, rejalashtirishga moyillik, moliyaviy riskni
bilish va hisobdorlik) moliyaviy xulq -atvor(favqulodda holatlar uchun jamg‘arma, nafaqani
rejalashtirish, kechiktirilgan to‘lovlar yoki overdraftdan uzoq bo‘lish) bilan bog‘langan bo‘lib,
bu ko‘proq ijobiy holatlarga tegishlidir. Lekin, ular shaxsiy faktorlarni modelga ko‘rishadigan
bo‘lishsa, moliyaviy savodxonlikning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish tushunchalari iste’molchilarning ortiqcha qarzdorligi hamda
iste’mol kreditidan foydalanish uchun ham juda dolzarb ko‘rinadi. Umuman olganda, o‘zini o‘zi
boshqarish deganda salbiy odatlardan voz kechish, o‘zining g‘azabini bostirish va hissiyotlarni
yengish qobiliyati tushuniladi. Nazariy adabiyotlardagi tadqiqotlarda odatda o‘z-o‘zini nazorat
www.e-itt.uz
II SON. 2024
138
qilish muammolari yuqori darajali kredit kartadan qarz olishni tushuntirish sifatida keltiriladi.
O‘z-o‘zini nazorat qilish moliyaviy xulq-atvor va moliyaviy farovonlikni bashorat qilishda ham
foydali psixologik omil bo‘lib xizmat qiladi.
Moliyaviy bilimlar dasturini tamomlagan o‘rta daromadli ishtirokchilarning o‘z moliyaviy
jamg‘armalarining ko‘payishi, qarz darajasining pasayishi va moliyaviy farovonlikning oshishi
ko‘rsatilgan. Yana bir tadqiqotda, kredit oluvchilarga umumiy jamg‘arilgan kredit to‘lovlar
haqida ma’lumot berish qarz olishga moyillikni pasaytirgan.
Boshqa bir tadqiqotda esa yuqori xarajatli kredit mijozlari o‘rganilganda bu boshqa
mahsulotlar bilan taqqoslash yo‘qligi va mahsulot haqida mijozlar ega bo‘lgan tor ma’lumot
sababli ekanligi aniqlangan.
Хulosa va takliflar.
Respublikamizda koʿplab banklarda kreditlash jarayonlarini optimallashtirish, arizalarni
koʿrib chiqishda inson omilini kamaytirish, qarz oluvchilar toʿlov layoqatliligiga toʿgʿri baho
berish, banklarda kutiladigan kreditlash amaliyotlari bilan bogʿliq risklarni samarali
boshqarish, arizalar koʿrib chiqilishini sifatli tashkil etish orqali mijozlarga samarali xizmat
ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Fikrimizcha, xulq - atvor iqtisodiyoti ilm fanda zamonaviy sohalardan biri sifatida ayniqsa
kredit tashkilotlaridagi muammolarni boshqacha qilib aytganda risklarni oldini olishda muhim
rol oʿynaydi. Qiyin iqtisodiy vaziyatlarda ayniqsa koronavirus pandemiyasidan keyin kredit
qaytmasligi xavf xatari va koʿp miqdordagi muammoli kreditlar koʿpgina davlatlarda kreditlash
jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun insonlarning xulq atvoriga eʿtibor qaratish
zaruriyatini tugʿdirdi. Shuningdek pandemiyadan keyin aholi daromadlari kamayganligini yoki
boshqacha qilib aytganda kreditga nisbatan talab yanada ortganligini guvohi bo‘ldik va bu o‘z
navbatida zamonaviy kredit skoring modellaridan foydalangan holda kredir riskini kamaytirib
kreditlashni taqozo etadi. Bunda albatta xulq-atvor iqtisodiyoti omillariga tayanish maqsadga
muvofiq.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Dennett, D.C. Consciousness Explained; Little Brown and Company: Boston, MA, USA, 1991.
George M Korniotis & Alok Kumar, 2011. "Do Older Investors Make Better Investment
Decisions?," The Review of Economics and Statistics, MIT Press, vol. 93(1), pages 244-265,
February.
Kahneman, D. (1982) Tversky, A. Intuitive Prediction: Biases and Corrective Procedures;
Cambridge University Press (CUP): Cambridge, UK, pp. 414–421.
Xavier Gabaix, David Laibson The Age of Reason: Financial Decisions over the Life Cycle and
Implications for Regulation .
Working Paper 13822 http://www.nber.org/papers/w13822
