www.e-itt.uz
I SON. 2025
108
O‘ZBEKISTONDA YER SOLIG‘INI UNDIRISH MEXANIZMINING TAHLILI
Anvarov Alisher Xaybulloevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Keyingi yillarda dunyo mamlakatlari qisqa va uzoq muddatli byudjet-soliq
siyosatiga oid strategiyasini ishlab chiqishda soliq to‘lovchilar tomonidan soliqdan qochish
holatlari oldini olish va uni kamaytirishning turli xil mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor
bermoqda. Shu bilan birga, sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash
bo‘yicha ilmiy
-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar
:
soliq tushumlari, risk tahlili, xavflar, samaradorlik, raqamli platforma, usullar
va vositalar, ilg‘or axborot
-kommunikasiya texnologiyalari, tahlil, optimallashtirish, soliq
imtiyozlari, soliq stavkasi.
АНАЛИЗ МЕХАНИЗМА ВЗИМАНИЯ ЗЕМЕЛЬНОГО НАЛОГА В УЗБЕКИСТАНЕ
Анваров Алишер Хайбуллоевич
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В последние годы страны мира при разработке краткосрочных и
долгосрочных стратегий бюджетной и налоговой политики уделяют особое внимание
внедрению различных механизмов по предупреждению и сокращению уклонения
налогоплательщиков от уплаты налогов. При этом
изучались территории, изучался
зарубежный опыт, формулировались научно
-
практические выводы и предложения по его
применению в нашей стране.
Ключевые слова:
налоговые поступления, анализ рисков, риски, эффективность,
цифровая платформа, методы и инструменты, передовые информационно
-
коммуникационные технологии, анализ, оптимизация, налоговые льготы, налоговая
ставка.
ANALYSIS OF THE MECHANISM OF LAND TAX COLLECTION IN UZBEKISTAN
Anvarov Alisher Khaybulloevich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
In recent years, countries around the world, when developing short- and long-
term budget and tax policy strategies, have been paying special attention to the introduction of
various mechanisms to prevent and reduce tax evasion by taxpayers. At the same time, areas have
been studied, foreign experience has been studied, and scientific and practical conclusions and
proposals have been formulated on its application in our country.
Keywords:
tax revenues, risk analysis, risks, efficiency, digital platform, methods and tools,
advanced information and communication technologies, analysis, optimization, tax incentives, tax
rate.
UOʻK:
336.226.2
108-118
www.e-itt.uz
I SON. 2025
109
Kirish.
Respublikamizda ma’muriy, iqtisodiy, shuningdek, soliq tizimidagi islohotlarning muhim
yo‘nalishlaridan biri sifatida bugungi kunda respublikamizdagi suv resurslaridan samarali
foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tej
aydigan
texnologiyalarni keng joriy etish, mavjud yer uchastkalari va mol-mulkni soliqqa tortishni
yanada takomillashtirish, ularni baholash va hisobini yuritishda zamonaviy usullarni joriy
qilish, yer va suv resurslari, yer qa’ridan qazib olinadigan foyda
li qazilmalardan foydalanish
samaradorligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan soliq tizimi takomillashtirilib borilmoqda.
“Global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi
va ichki irrigatsiya tarmoqlarini
ng asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sug‘oriladigan ekin
yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib
ketishiga olib kelgan, keyingi yillarda yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini,
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan va ekspertlarni jalb qilgan holda, yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliqni hisoblash tartibini yanada takomillashtirish” ni taqozo etmoqda
Adabiyotlar sharhi
.
O‘zbek olimlardan Safarov
(2006)
“Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan
samarali foydalanishini soliqlar vositasida rag‘batlantirish” mavzusidagi nomzodlik
dissertatsiya ishida korxonalar va tashkilotlar tomonidan tabiiy resurslar bilan bog‘liq ishlab
chiqarish jarayoniga
jalb qilingan kam chiqitli investitsiyalar uchun rag‘batlantiruvchi
imtiyozlarni qo‘llash, tabiiy resurs soliqlarini ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimida ham
qo‘llashni ilmiy asoslagan, noqishloq xo‘jalik korxonalaridan olinayotgan yer solig‘ini hi
soblab
chiqish va undirishda ular foydalanayotgan yerning kadastr qiymatidan undirish mexanizmini
joriy qilish masalasini taklif qilgan, yer osti boyliklaridan olinadigan soliqlarni hisoblashda
hisobga olish usulini taklif etgan hamda bu soliqni undirish mexanizmlarini yanada
takomillashtirish yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqqan.
Qurbanov (2020)
esa o‘zining dissertatsion va monografik tadqiqotlari asnosida
O‘zbekistonda “alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda suv resurslaridan
tejamli va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ularga suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqni joriy etish taklifini ishlab chiqqan, shuningdek, avtotransport
vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliqni belgilashni asoslagan, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalan
ishni ta’minlashda
tadbirkorlik sub’ektlarining yillik yalpi tushumi 1 mlrd. so‘mdan oshgan taqdirda suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari tarkibiga kiritilishi taklifi” ni ishlab
chiqqan.
Toshqulov (2021)
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari soliq to‘lovchilarning soliq
to‘lovchi sifatida maqomini aniqlash, umumbelgilangan tartibda soliqqa tortish, qishloq
xo‘jaligi korxonalari iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida suv resurslaridan
foy
dalanganlik uchun soliq bo‘yicha pasaytirilgan stavkalarni qo‘llash, yangi barpo etiladigan
bog‘, tokzor va tutzorlar egallagan yerlarni soliqlar vositasida rag‘batlantirish masalalarining
metodologik yo‘nalishlarini ishlab chiqqan.
Iqtisodchi Kuznesov (1998)
tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash
masalalarini nazariy jihatdan tizimlashtirib, jarayonli paradigma sifatida uning bir qancha
muhim ilmiy iqtisodiy tadqiqot qoidalari yoritib bergan. Xususan, “Moliyaviy qo‘llab
quvvatlash” konsepsiyasi pul mablag‘lari yoki moddiy aktivlarning kombinatsiyasi sifatida
taqdim etilishini e’tirof etadi.
Amerikalik iqtisodchilar Zvi Bodi va Robert Mertonlar (2013)
moliyaviy qo‘llab
-
quvvatlash tizimiga aniqlik kiritib, moliyaviy qo‘llab
-
quvvatlash tizimi sifatida ma’lum
ob’ektlarga nisbatan qabul qilinadigan tadbirlarni amalga oshirish harakatlari majmuasi va
ketma ketligi ekanligini ilgari surishgan. Ular moliyaviy
ta’minot bilan bog‘liq qo‘llab
www.e-itt.uz
I SON. 2025
110
quvvatlash tizimi moliyaviy kategoriya sifatida moliyaning iqtisodiy mohiyati va funksiyalariga
asoslanishi lozimligini e’tirof etishadi.
Iqtisodchi Barulin (2010)
, moliyaviy qo‘llab quvvatlash tizimini ikki tomonlama jarayon
sifatida ko‘rib o‘tadi. Uning fikricha moliyaviy qo‘llab
-quvvatlash tizimi, alohida iqtisodiy
agentlarni moliyaviy ta’minot tizimini ma’lum noaniqliklar sharoitida optimal ta’minlashni
muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Iqtisodchi Ziyatkovskiyning (2000)
fikricha, moliyaviy qo‘llab quvvatlash yahlit tizim
sifatida jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarini barqaror rivojlanishini moliyaviy
ta’minlash uchun qulay muhit yaratadigan moliyalashtirish manbalari va shakllari tizimidir.
Sokolskaya (2014)
qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab quvatlash tizimiga aniqlik kiriib,
qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy va aylanma, xususiy va qarz mablag‘lar bilan
ta’minlash, yetarli hajmdagi mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash uchun qulay moli
yaviy
shart sharoit yaratish tizimi ekanligini ta’kidlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Resurslarni soliqqa tortishning nazariy asoslarini takomillashtirish asoslarini tadqiq
qilishida ilmiy abstraksiyalash, induksiya-deduksiya kabi nazariy usullaridan va kuzatish,
statistik tahlil, vertikal va gorizontal tahlil va usullardan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Yer resurslari va tabiiy resurslarni soliqqa tortilishini ta’minlaydigan yer solig‘ini
budjetga jalb qilinishi tahlilidan oldin, ularning budjet daromadlarini shakllantirishdagi
ahamiyatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Soliqlarning turl
i darajadagi
(respublika, mahalliy) budjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ulushi, qaysidir soliq turining
ichki xususiyatini to‘liq yoritib bera olmaydi, sababi, soliq turi bo‘yicha tushumning ulushiga
tashqi subyektiv omillar, masalan davlatning prog
ressiv soliqqa tortish ham katta ta’sir qilishi
mumkin, davlat soliq stavkasini oshirib, soliq imtiyozlarini kamaytirishi orqali soliq
tushumlarining hajmiga qanday darajada bo‘lishini ta’minlashi mumkin.
Biroq, soliq turlari yoki soliq guruhlarining davlat budjetini shakllantirishdagi ulushini
baholash orqali, birinchidan, soliqlarning joriy qilinishining maqsadlariga qanchalik mosligini
aniqlab bersa, ikkinchidan, real soliq to‘lovchilar soni va qonunchil
ik doirasidagi amaldagi
tartiblarga ko‘ra, real hajmdagi soliq tushumlarining tushishini ko‘rsatib beradi, uchinchidan,
soliq turlarining prognoz ko‘rsatkichlarining qay darajada bajarilishi orqali qonunchilik
doirasida mazkur soliqlarni undirishdagi ayrim
kamchilik va xatoliklarni qaytadan ko‘rib
chiqishga undaydi, to‘rtinchidan, davlat budjetini kelgusi davrga bo‘lgan muddatlarda o‘rta
muddatli rejalashtirishga miqdoriy ko‘rsatkichlar sifatida xizmat qiladi. Demak, soliq turlari va
ularning alohida guruhl
arining davlat budjetidagi ahamiyatini tahlil qilish ilmiy jihatdan o‘z
ahamiyatiga egadir.
Dunyo amaliyotida, iqtisodiy tahlilning muhim usullaridan biri bu soliq tushumlarining
yalpi ichki mahsulot va aynan budjetdagi ulushini aniqlash orqali soliqlarning fiskal
ahamiyatini aniqlash amal oshiriladi. Ushbu uslubiyatga amal qilgan holda resurs soliqlarining
fiskal xususiyatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, boshqa soliq guruhlari, ya’ni bilvosita va bevosita
soliqlarga nisbatan unchalik yuqori emas.
Jadval
ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, jami soliqlarning yalpi ichki mahsulotga
nisbatan ulushi 2018-2022-
yillarda o‘rtacha 20 foiz atrofida bo‘lib turgan bo‘lsa, resurs
soliqlarining bunday xususiyati o‘rtacha 2,5
-3,0 atrofida tebranib turmoqda. 2023-yilgi davlat
budjeti daromadida esa, resurs soliqlarining soliq yuki nuqtayi nazaridan avvalgi yillarga
nisbatan biroz kamayganligini ko‘rish mumkin. Resurs soliqlarining davlat budjetidagi
ulushining keskin dinamik holatda emasligi, avvalo resurslarning cheklanganligi va ulardan
foydalanish darajasi va ularda yuzaga keladigan soliq bazasining statik holatda bo‘lishiga
bog‘liqligidir.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
111
1-jadval
Resurs soliqlarining davlat budjetidagi fiskallik darajasi tahlili
Yillar
YAIM,
mlrd.so‘m
Davlat budjeti daromadlari
mlrd.so‘m
YAIMdagi ulushi, %
2018
424 728,7
79 099,0
18,6
2019
529 391,4
112 165,4
21,2
2020
602 193,0
132 938,0
22,1
2021
734 587,7
164 680,3
22,4
2022
888, 342
202 043
22,7
2023
1 068 044
232 107,1
23,3
Shundan, resurs soliqlari
2018
424 728,7
12 663,4
3,0
2019
529 391,4
19 680,7
3,7
2020
602 193,0
21 257,0
3,5
2021
734 587,7
23 036,4
3,1
2022
888, 342
23 913,0
2,7
2023
1 068 044
26 473,2
2,5
Manba:
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
hisoblangan.
Ushbu keltirilgan jadval ma’lumotlariga asoslanib tahlil qilish mumkinki, davlat budjeti
daromadlarini shakllantirishda hamon bilvosita soliqlarning ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda.
Resurs soliqlarining ulushi esa, bilvosita soliqlarga nisbatan qariyib 2,0-3,0 barobargacha past
ulushga ega, sababi bilvosita soliqlarning soliq bazasini shakllanishi resurs soliqlariga nisabat
anchayin dinamik holatga ega bo‘ladi, vaholanki, soliq tushum
larining miqdori nominal
qiymatni ko‘rsatsa, ularning bazis ko‘rsatkichga nisbatan (YaIM, davlat budjetiga nisbatan)
hissasini ham tahlil qilish ilmiy tadqiqot uslubiyatida katta ahamiyatga ega.
2-jadval
Resurs soliqlarining boshqa soliq turlariga nisbatan fiskallik xususiyati tahlili
№
Yillar
Daromadlar
(%)
Soliqlar va boshqa daromadlar
Bevosita
soliqlar
Bilvosita
soliqlar
Resurs soliqlari va
mol-mulk
solig‘i
Boshqa
daromadlar
1.
2018
18,6
3,7
9,7
3,0
2,2
2.
2019
21,2
6,0
8,8
3,7
2,7
3.
2020
22,1
7,5
7,7
3,5
3,3
4.
2021
22,4
8,0
7,7
3,1
3,6
5.
2022
22,7
7,3
8,0
2,7
4,8
6.
2023
23,3
7,8
8,5
2,5
4,6
Manba:
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
Daromadlar ko‘rsatkichi aslida davlat budjetiga soliqlar va soliqsiz to‘lovlar sifatida
undirilgan majburiy to‘lovlarni tavsiflaydiki, aslida bu ko‘rsatkich soliq yuki darajasini ham
ifodalaydi. 2023-yilgi davlat budjetida uning darajasining avvalgi yillarga nisbatan oshishi soliq
yukining ma’muriy instrumentlar emas, balki iqtisodiy holat, ya’ni soliq amaldagi soliq
stavka
lari umumiy darajasi keskin o‘zgarmaganda bir sharoitda yalpi qo‘shilgan qiymat va
daromad hamda realizatsiya hajmlarining oshishi hisobiga yuz berishini ifodalaydi.
Agar, resurs soliqlari va mol-
mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarni yillar kesimida tahlil
qiladigan bo‘lsak uning davlat budjetidagi miqdori oshib borgan, 2022
-yilda
23,9 trln. so‘mni
tashkil etib, 2021-yilga nisbatan
0,9 trln. so‘mga
yoki 3,8%
ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2022-
yilda resurs soliqlari bo‘yicha tushumlarning tarkibida mol
-mulk va yer soliqlarining
www.e-itt.uz
I SON. 2025
112
ulushi 2021-yilga nisbatan 5,7% va 4,2%
ga oshib, yer qa’ridan va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqlarning ulushi mos ravishda 10,5% va 0,1%ga kamaygan.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 2022
-yilda
3,4 trln. so‘mni
tashkil etib, 2021-yilga nisbatan
789 mlrd. so‘mga
yoki 30,2%ga oshgan, yuridik shaxslardan
olinadigan yer solig‘i bo‘yicha tushumlarning o‘sishiga bir qator omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Jumladan, obyektlarning ayrim turlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i
stavkalariga qo‘llaniladigan pasaytiruvchi koeffitsienti 0,3 dan 0,4 ga oshirilishi hisobiga 51
mlrd. so‘m, qishloq xo‘jaligi uchun yerlar bo‘yicha 2021
-yilda amalda bo
‘lgan bazaviy soliq
stavkalarini 7%ga indeksatsiya qilinishi hisobiga qo‘shimcha 145 mlrd. so‘m tushumlar kelib
tushgan.
3-jadval
Yer solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarining tahlili (mlrd
.
so‘m)
№
Ko‘rsatkichlar
yillar
2018
2019
2020
2021
2022
2023
1. Jami davlat budjeti daromadlari
79099,0 112165,4 132938,0 164680,3
202 043
232 107,1
2.
Jami resurs soliqlari bo‘yicha soliq
tushum
12 663,4 19 680,7
21 257
23 036
23 913
26 473,2
3.
Yer solig‘i bo‘yicha soliq tushumlari
1504,2
2313,2
2 386,6
4 082,8
5 306,0
5805,5
Jumladan:
Yuridik shaxslar yer solig‘i
624,8
1 134,7
1 156,1
2 616,0
3 405,0
3874,5
jumladan:
Qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tushum
216,2
273,1
150,6
46,5
17,1
21,3
Jismoniy shaxslar yer solig‘i
663,2
905,4
1 079,9
1 420,3
1 883,9
1909,7
4. Yer
solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarning
davlat budjeti daromadlaridagi ulushi
(%)
1,9
2,0
1,8
2,4
2,6
2,5
Yer solig‘i bo‘yicha soliq tushumlarning
resurs soliqlari bo‘yicha tushumlaridagi
ulushi (%)
11,8
11,7
11,2
17,7
22,1
22,0
Yuridik shaxslar yer
solig‘i bo‘yicha
tushumlarning
davlat
budjeti
daromadlaridagi ulushi (%)
0,8
1,0
0,8
1,5
1,6
1,6
Jismoniy shaxslar yer solig‘i bo‘yicha
tushumlarning
davlat
budjeti
daromadlaridagi ulushi (%)
0,8
0,8
0,8
0,8
0,9
0,8
Manba:
Davlat soliq
qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
Shu bilan birga, 2022-
yilda yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalarining aniq miqdorlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududlarning iqtisodiy rivojlanishi va
tumanlarning nufuziga ko‘ra (ushbu huquq 2021
-yilda mahalliy davlat hokimiyati organlariga
taqdim etilgan), kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llagan holda bazaviy stavkalar
asosida belgilanadi.
Albatta, yer solig‘i to‘lovchilarining soni oxirgi besh yillikda o‘zgarishining dinamik
holatiga bir qator omillar ta’sir qilgan bo‘lib, bizningcha, bu qishloq xo‘jaligidagi korxonalar
(asosan fermer xo‘jaliklari)ning optimallashtirilishi, yer uchastkasiga
ega bo‘lgan boshqa
tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar faoliyatining turlicha holatda tugatilishi
hisobiga yer maydonlari hajmi o‘zgarmasada soliq to‘lovchilar soniga ta’sir qiladi. Ammo, yer
uchastkalariga belgilangan soliq stavkalari asosida soliq tushumlari hisoblanib, budjetga
undirilshi lozim bo‘ladi.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
113
4-jadval
Yer solig‘i bo‘yicha soliq to‘lovchilar dinamikasining tahlili (ta)
№
Ko‘rsatkichlar
Yillar (1-yanvar holatiga)
2018
2019
2020
2021
2022
2023
1
Jami soliq to‘lovchilar
14880145 16301978 18868626 20363421 19775508 21321218
2
Jami resurs soliqlari bo‘yicha soliq
to‘lovchilar
10156356 11350099 13383041 14502686 14389575 14807298
3
Yer
solig‘i
bo‘yicha
soliq
to‘lovchilar
4807 043 5336 535 7 155 071 7410 371 6 719 800 6 909 258
Jumladan:
Yuridik
shaxslar yer solig‘i
bo‘yicha soliq to‘lovchilar
5 109
11 241
77 557
65 556
77 989
70 782
Yer solig‘i to‘laydigan qish
-loq
xo‘jaligi korxonalari soni
146 557
154 325
94 811
89 276
92 520
109 465
Jismoniy shaxslar yer solig‘i
bo‘yicha soliq to‘lovchilar
4655 377 5170 969 6982 703 7255 539 6549 291 6 729 011
4.
Yer solig‘i bo‘yicha soliq to‘
-
lovchilarning jami soliq to‘
-
lovchilar sonidagi ulushi (%)
32,5
32,7
38,0
36,4
34,0
32,4
Yer
solig‘i
bo‘yicha
soliq
to‘lovchilarning
jami
resurs
soliqlari to‘lovchilar sonidagi
ulushi (%)
47,3
47,0
53,4
51,0
46,6
46,6
Yuridik shaxslar yer solig‘i
bo‘yicha
soliq to‘lovchilar
-ning
jami soliq to‘lovchilar sonidagi
ulushi (%)
0,5
0,6
0,4
0,3
0,4
0,3
Jismoniy shaxslar yer solig‘i
bo‘yicha
soliq
to‘lovchilar
-ning
jami soliq to‘lovchilar sonidagi
ulushi (%)
31,2
31,7
37,0
35,6
33,1
31,5
Manba:
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 30-
dekabrdagi O‘zbekiston
Respublikasining “2021
-
yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi
Qonuni ijrosini ta’minlash chora
-
tadbirlari to‘g‘risidagi PQ
-4938-son Qarorining 14-bandiga
muvofiq,
Kadastr agentligi, «O‘zdaverloyiha» ilmiy
-
loyihalash instituti, Davlat soliq qo‘mitasi va
Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2021
-yil 1-
aprelgacha qishloq xo‘jaligi yerlari bor
yuridik shaxslar, jumladan, dehqon xo‘jaliklariga yerlarni soliqqa to
rtish uchun normativ
qiymatini yetkazish yuklatilgan bo‘lib, bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasining
Resurs soliqlar
ma’muriyatchiligi boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning
normativ qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish hamda
amaliyotga joriy etish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy
-
loyihalash
institutining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatlari
to‘g‘risidagi taqdim etgan ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
www.soliq.uz veb-
saytiga joylashtirildi va soliq to‘lovchilarning
shaxsiy kabinetiga xat orqali
PDF fayl ko‘rinishida shakllantirilgan xabarnomalar yuborilgan, hozirgi kunda esa mana shu
tartibda yer solig‘i to‘lovchilariga yerlarning normativ qiymatlari aniqlanib, soliq summasi
aniqlanib kelinmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda 2022-
yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlarni soliqqa tortish maqsadida ularning normativ qiymatini belgilanishini
tahlil qiladigan bo‘lsak, (5
-
jadval) jami sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer
larining 1 ga yerning
normativ qiymati 17056,65543 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, jami sug‘orilmaydigan qishloq
xo‘jaligi yerlarining 1 ga yerning normativ qiymati 69,81430932 ming so‘mni tashkil etgan,
www.e-itt.uz
I SON. 2025
114
aynan shu ko‘rsatkichlar jami yaylov yerlar, sug‘oriladigan hududdagi qurilishlar, inshootlar va
xonadonlar, qurilishlar, inshootlar va xonadonlar kesimida ham aniqlangan
5-jadval
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni soliqqa tortish maqsadida
ularning normativ qiymatini belgilanishi (2022-yil 1-yanvar holatiga)
Ko‘rsatkichlar
1 ga yerning
normativ
qiymati, ming
so‘m
Maydoni, ga
Umumiy narxi, ming
so‘m
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari
jami
17056,65543
3 459 066,57
59000106575
Jami yaylov yerlari
47,9143727
7911183,484
379059394
Sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi
yerlari jami
69,81430932
9088302,089
634493533,2
Sug‘oriladigan hududdagi
qurilishlar,
inshootlar va xonadonlar
41039,22997
9789,2487
401743228,7
Lalmi hududdagi qurilishlar, inshootlar
va xonadonlar
296,375692
494,261
146486,9459
Qurilishlar, inshootlar va xonadonlar
jami
39080,98765
10283,5097
401 889 715,598
Jami:
X
12 983 970,102
64 526 617272,630
Manba:
O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida muallif hisob
-kitobi.
O‘zbekiston Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 427
-moddasi (Soliq bazasi)ga asosan
yuridik shaxslarni soliqqa
tortishda soliq bazasi sifatida “qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan
yerlar bo‘yicha –
soliq imtiyozlari sifatidagi soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari
chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha –
ushbu soliq
imtiyozlari tarzidagi soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer
uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ qiymati, meva-
sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva
-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan
yerlar uchun esa
–
yer uchastkasining umumiy maydoni”
(
Кодекс, 2023)
dir.
Biz tahlilimizga asos sifatida ikkita fermer xo‘jaliklari (“Aziz” fermer xo‘jaligi, “Sardor”
fermer xo‘jaligi)ni olganmizki, ularning umumiy yer maydoni o‘rtacha 7
-9 gektarni tashkil
etadi. Bu ikki fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi bir biridan farq qilad
i, shu boisdan ham
ularning, jumladan,
“Aziz” fermer xo‘jaligi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan
1 ga yerning normativ
qiymati, 37840,7 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, chorvachilikka ixtisoslashgan “Sardor”
fermer xo‘jaligining haydalma yerlari bo‘yicha 1
ga yerning normativ qiymati, 9494,4 ming
so‘mni tashkil etgan, ya’ni anchayin kamroqdir, vaholanki, bu fermer xo‘jaligining yer maydoni
“Aziz” fermer xo‘jaligiga nisbatan ko‘proqdir (1,6 gektarga ko‘p), demak, yerning normativ
qiymati yerlarning strukturaviy sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu yerda yana shu narsaga e’tibor berish kerak bo‘ladiki, qishloq xo‘jalik tarmog‘ida
faoliyat yurituvchi korxonalardan yer solig‘ini undirishda tahlil qilayotgan mazkur ikki fermer
xo‘jaligida
1 ga yerning normativ qiymati farqlansada, ularning ikkalasi ham 0,7 ga dan
sug‘oriladigan hududdagi qurilishlar, inshootlar va xonadonlar, qurilishlar, inshootlar va
xonadonlar egallagan yer uchastkalariga ega bo‘lib, ularning ikkalasida ham 1 ga yernin
g
normativ qiymati bir xil ko‘rsatkichga (18988,7 ming so‘m) v
a normativ qiymatining umumiy
narxi ham bir xil (13292,1 ming so‘m) bo‘lgan.
Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra,
2022-
yilning o‘zida yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan 189,2
ming obyektlarning barchasida
soliqqa tortiladigan va ortiqcha egallagan yer maydonlari, 58,6 mingtasida umumiy yer
maydonlari hamda ularning nom
i va STIRi to‘g‘risidagi ma’lumotlari (xato yoki) mavjud emas.
Kadastr agentligi tomonidan ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq yetib kelmasligi oqibatida yuridik
shaxslar tomonidan
taqdim etib kelayotgan yer solig‘i va mol
-
mulk solig‘i hisobotlari va
agentlik ma’lumotlarining solishtirma tahlilida nomutanosibliklar vujudga kelmoqda.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
115
6-jadval
Soliq to‘lovchilarning yerlarini bonitet qiymatlari tarkibi bo‘yicha tahlili
№
Yer resurslarini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar
Soliq to‘lashga
asos bo‘lgan
miqdoriy
ko‘rsatkichlar
Yer resurslarini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar
Soliq to‘lashga
asos bo‘lgan
miqdoriy
ko‘rsatkichlar
“
Aziz
” fermer xo‘jaligi
Sardor
fermer xo‘jaligi
1
Ixtisosligi:
Bog‘dorchilik
-
uzumchilik
Ixtisosligi:
Chorvachilik
Umumiy maydoni (ga)
7,2
Umumiy maydoni (ga)
9,8
Umumiy normativ qiymat so‘mda
224681,5
Umumiy normativ qiymat so‘mda
157358,5
Umumiy narxi, ming so‘m
246060,1
Umumiy narxi, ming so‘m
106336,9
Sug‘oriladigan yerlarning o‘rtacha
ball boniteti
77
Sug‘oriladigan yerlarning o‘rtacha
ball boniteti
51,7
Sug‘orish uchun suv chiqarish usuli
hisobga olinadigan koeffitsient
1
Sug‘orish uchun suv chiqarish usuli
hisobga olinadigan koeffitsient
1
Bog‘zorlar
:
Haydalma yerlar:
1 ga yerning normativ qiymati,
ming so‘m
37840,7
1 ga yerning normativ qiymati,
ming so‘m
9494,4
Maydoni, ga
5,8
Maydoni, ga
8,4
Umumiy narxi, ming so‘m
219475,8437
Umumiy
narxi, ming so‘m
79752,7
Sug‘oriladigan hududdagi
qurilishlar, inshootlar va
xonadonlar:
Sug‘oriladigan
hududdagi
qurilishlar,
inshootlar
va
xonadonlar:
1 ga yerning normativ qiymati,
ming so‘m
18988,7
1 ga yerning normativ qiymati,
ming so‘m
18988,7
Maydoni, ga
0,7
Maydoni, ga
0,7
Umumiy narxi, ming so‘m
13292,1
Umumiy narxi, ming so‘m
13292,1
Qurilishlar, inshootlar va
xonadonlar jami
1 ga yerning normativ qiymati,
ming so‘m
18988,7
Maydoni, ga
0,7
Umumiy narxi, ming
so‘m
13292,1
Manba:
“Aziz” fermer xo‘jaligi, Sardor fermer xo‘jaligi va Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida hisoblab
chiqilgan.
Bu esa, yer solig‘i bazasini aniqlashda va soliq tushumlarini to‘g‘ri aniqlashda o‘zining
salbiy
ta’sirlarini ko‘rsatmoqdaki, shuning uchun yerlarning normativ qiymatlarini
aniqlashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar (kadastr agentligi) va soliq xizmati organlari
o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani rivojlantirish talab etiladi.
Amaldagi Soliq kodeksining 426-
moddasiga muvofiq “mulk huquqi, egalik qilish,
foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik
shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyektidir”
(
Кодекс
, 2023)
. Demak, yer
uchastkalarining barcha qismi emas, balki, qayd etilganidek, Soliq kodeksining 126-moddasi
yer solig‘iga tortilmaydigan yer uchastkalaridan tashqari yer uchastkalari soliqqa tortiladi
.
Quyidagi keltirilgan 7-
jadvaldagi ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsa, 2022
-yilda
Respublika bo‘yicha, shuningdek, (jadvalning katta hajm olishligini e’tborga olgan holda) ikkita
hudud
–
Toshkent shahri va viloyati kesimida yer solig‘ini to‘lovchilar soni va
ularga ajratilgan
yer maydonlari uchun hisoblangan va amalda to‘langan soliq to‘lovlariga nazar qiladigan
bo‘lsak, hisoblangan soliq summasi va amalda to‘langan soliq miqdori o‘rtasida katta farq
mavjud (Toshkent shahridan tashqari). Bu esa, yer solig‘ini
hisoblash va budjetga kelib
tushishidagi bunday farqlar yer solig‘i bo‘yicha soliq qarzdorligining oshishiga olib kelishi
mumkin.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
116
7-jadval
Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar va ularning yer maydonlari va
ularning 2022-
yilda to‘lagan soliqlari tahlili (mlrd. so‘m)
Ko‘rsat
kichlar
Jami
Bog‘dor
-
chilik-
uzumchilik
Boshqalar
G‘alla
-
chilik
Qorako‘l
chilik
Paxta-
g‘allachilik
Polizchilik
Sabza-
votchilik
Chorva-
chilik
2022-yil
uchun
hisoblangan
yer solig‘i
2022-yilda
to‘langan
yer
solig‘i
Respublika bo‘yicha jami:
1
Soni
103600
29 202
17 974
8 705
221
29 420
299
5 620
12 159
476,4
241,1
2
Yer
maydoni
(ming
gektar)
19,6
459,7
2 062,3
618,6
1 074,9
2 796,1
6 649,1
84,3
5 881,3
Toshkent viloyati
bo‘yicha:
3
Soni
9 697
3 116
1 716
828
3,0
2 001
6
983
1 044
61,4
33,8
4
Yer
maydoni
(ming
gektar)
0,7
65,7
102,8
48,6
0,0
209,3
174,9
14,4
131,8
Toshkent
shahri bo‘yicha:
5
Soni
19
0,0
19
0,0
0,0
0,0
0,0
0,0
0,0
0,2
0,2
6
Yer
maydoni
(ming
gektar)
0,0
0,0
0,3
0,0
0,0
0,0
0,0
0,0
0,0
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallifning hisob
-kitoblari.
I SON. 2025
www.e-itt.uz
I SON. 2025
117
8-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-iyundagi PF-162-son Farmoni
bilan yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 2022
-yilda
hisoblangan mol-
mulk solig‘i to‘g‘risida ma’lumot
(mlrd.so‘m)
Hudud nomi
Hisobot
taqdim etgan sub’ektlar
da
Farqi
O‘zgartirish
kiritishdan oldin
O‘zgartirish
kiritilganda
soliq
bazasi
soliq
summa
soliq
bazasi
soliq
summa
soliq bazasi
soliq
summa
Foiz
Jami
159
245,5
1 687,1
309
720,2
3 154,2
150 474,7
1 382,6
187
YIRIK DSI
98 797,0
1 035,0
150 019,1
1 756,0
51 222,1
721,0
169,6
Qoraqalpog‘iston
2 138,2
18,9
4 531,1
42,3
2 392,8
23,3
224,2
Andijon
1 586,4
20,4
5 445,0
54,0
3 858,6
34,3
265,0
Buxoro
5 686,2
27,6
11 738,8
67,4
6 052,6
39,7
244,5
Jizzax
1 651,7
14,1
4 089,8
37,7
2 438,1
24,0
267,5
Qashqadaryo
3 081,2
29,8
8 939,6
75,0
5 858,4
43,8
251,4
Navoiy
1 544,9
13,9
5 205,8
28,6
3 660,9
14,7
205,7
Namangan
1 620,9
23,2
6 222,1
54,5
4 601,2
30,8
234,9
Samarqand
3 868,3
39,2
9 240,7
84,1
5 372,4
44,3
214,6
Surxondaryo
2 280,2
19,5
7 327,4
57,3
5 047,2
38,2
294,7
Sirdaryo
2 064,5
16,1
7 504,6
31,9
5 440,1
16,0
198,3
Toshkent v
6 577,2
86,9
19 530,3
155,1
12 953,2
67,4
178,5
Farg‘ona v
5 643,4
46,5
14 161,5
111,5
8 518,1
64,2
239,7
Xorazm v
2 620,4
25,5
5 635,4
49,6
3 015,0
24,3
194,4
Toshkent sh
20 084,7
270,6
50 128,7
549,1
30 044,0
279,0
202,9
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, 2022 yilda hisobot taqdim etgan
77
123 ta korxona tomonidan kiritilgan o‘zgartirish natijasida eng kam me’yor qo‘llanilishi
hisobiga va mulk qiymatini qayta baholatishi hisobiga soliq bazasi 150
474,7 mlrd.so‘mga va
soliq summasi 1
382,6 mlrd.so‘mga yoki 187 foizga oshgan. Ko‘chmas mul ob’ekti bo‘lgan bino
va inshootlarning bahosi bozor q
iymatidan ancha past bo‘lganligi, mol
-
mulk solig‘i tushumida
sezilarli ta’sir qildi. Shu sababli, bino va inshootlarning bahosini bozor bahosiga yaqinlashtirish
maqsadida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasini
hisoblashda 1 kv. metr uchun eng kam qiymat qonunchilikka kiritilishi natijasida mol-mulk
solig‘i bo‘yicha soliq solishning adolatlilik prinsipi ta’minlanib, mahalliy byudjetga 2022
-yilda
hisoblanishiga erishildi. Natijada, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari joriy
yilning 1 yanvar holatiga 141,9
foizga bajarildi. Mazkur norma kiritilishi bilan ob’ektning 1 kv.
metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi
ko‘chmas mulk ob’ektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli ekanligi,
bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan ikki yilda
o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’
tirof etilishi belgilandi. 2022 yilda
4,9 mingta
soliq to‘lovchilar
7,1 mingta
ko‘chmas mulk ob’ektlarini
180 ta
baholash
tashkilotlariga mustaqil baholatish ishlarini amalga oshirgan. Ushbu baholatish natijasida bino
va inshoatlarning qiymati oldingi yilga nisbatan oshgan bo‘lsada, 1
kv. metr uchun eng kam
qiymatga nisbatan kamaygan va soliq to‘lovchining ixtiyorid
a
507,9 mlrd
so‘m mablag‘ qolgan.
Misol uchun, “VERITAS” MChJ baholovchi tashkiloti tomonidan “SHIFOBAXSH BULOQ”
MChJga tegishli bo‘lgan Yunusobod tumanida 3
960 kv.m ishlab chiqarish bino-inshootlarni
ushbu baholovchi tomonidan 4 600,6
mln.so‘mga yoki 1 kv.m uchun o‘rtacha 1,1 mln so‘mda
n
baholangan. Lekin ushbu ob’ekt joylashgan xududga soliq kodeksi bilan 1
kv.m uchun
2.5
mln.so‘mdan eng kam qiymat belgilangan. Mazkur holatda jamiyatga tegishli bo‘lgan ob’ekt
1
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
www.e-itt.uz
I SON. 2025
118
minimal qiymat bilan hisoblanganda (3960*2,5 mln.so‘m) 9
900,0 mln.so‘mlik qiymatga ega
bo‘lib, (9900*1,5%) 148,4 mln.so‘m mol
-
mulk solig‘i hisoblanishi mumkin edi agar jamiyat
baholashni amalga oshirmaganda. Baholatish hisobiga jamiyat tomonidan (4600,6 *1,5) 69,0
mln.so‘m soliq hicoblangan yoki 79,4 mln.so‘m o‘z ihtiyorida qolmoqda. Ikkinchi tomondan
qaraganda baholovchi tashkilotlar tomonidan bozor qiymatiga nisbatan qariyb 2 baravardan
161 baravargacha arzon baholamoqda.
Xulosa va takliflar.
Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda hamon bilvosita soliqlarning ulushi yuqori
bo‘lib qolmoqda. Resurs soliqlarining ulushi esa, bilvosita soliqlarga nisbatan qariyib 2,
-3,0
barobargacha past ulushga ega, sababi bilvosita soliqlarning soliq bazasining shakllanishi
resurs sol
iqlariga nisabat anchayin dinamik holatga ega bo‘ladi, vaholanki, soliq
tushumlarining miqdori nominal qiymatni ko‘rsatsa, ularning bazis ko‘rsatkichga nisbatan
(YaIM, davlat budjetiga nisbatan) hissasini ham tahlil qilish ilmiy tadqiqot uslubiyatida katta
ahamiyatga ega.
Resurs soliqlarining davlat budjetidagi ulushining keskin dinamik holatda emasligi,
avvalo resurslarning cheklanganligi va ulardan foydalanish darajasi va ularda yuzaga
keladigan soliq bazasining statik holatda bo‘lishligiga bog‘liqligidir.
Yer solig‘ini hisoblash boshqa soliq turlariga nisbatan biroz soddaroq hisoblanadi. Biroq,
tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, birgina 2022
-
yilning o‘zida respublikamiz bo‘yicha hisoblanishi
lozim bo‘lgan yer solig‘i va amalda hisoblanib to‘langan yer solig‘i doirasida qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer solig‘i to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan yer solig‘i hisobotlari bo‘yicha
aniqlangan tafovutlar mavjuddir. Yer solig‘ini undirish mexanizmi juda qadimiy evolyutsion
rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lib, u
ni undirishda soliqqa tortishning kadastr usuliga
asoslangan holda soliqqa tortib kelinmoqda. O‘zbekiston soliq tizimida yer solig‘ini undirish
borasida mexanizmlar turlicha shakllarda takomillashtirilib borilishi bilan bir qatorda
muammolar yuzaga kelgan.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Barulin, S.V. (2010). Finance.
–
Moscow, KNORUS, 640 p.
Bodi, Zv., Merton R.K. (2013). Finance.
–
Moscow, Publishing House “Williams”, 2013.
Bolshakov, S.V. (2006). Finance companies. Theory and practice.
–
Moscow: Book World, 2006.
–
617 p.
Kuznetsov, S.A. (1998). Great Dictionary of the Russian language.
–
St. Petersburg, “Norint”
Sokolska, T.V. (2014). Financial support for agriculture. Economy and management of
agribusiness, issue 1, p. 140-146.
Zyatkovskyy, I.V. (2000). The financial support of business
–
Ternopol, Economic thought,
215 p.
Кодекс
. Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси. 2023
йил. 427 модда.
Қурбанов Д.Р. (2020) Ўзбекистон республикасида сув ресурсларидан фойдаланиш
самарадорлигини оширишнинг молиявий механизмларини такомиллаштириш. И.ф.д
(DSc)... дис... автореферати. –
Т.:
-
38 б.
Сафаров Ғ.А. (2006) Хўжалик юритувчи субъектларнинг табиий ресурслардан
самарали фойдаланишини солиқлар воситасида рағбатлантириш. Иқтисодиёт фанлари
номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси автореферати. –Т.:
Академия.
-
26 б.
Тошқулов А.Х. (2021) “Қишлоқ хўжалиги корхоналари иқтисодий фаолиятини
солиқлар воситасида рағбатлантириш масалалари”. И.ф.д (DSc)... дис... автореферати. –
Т.:
-
47 б
.
