QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotasiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini takomillashtirish masalasi tadqiq qilib o‘rganilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metadologiyasini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy, normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy muammolar o‘rganildi. Shuningdek, ularni bartaraf etish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan nazariy, metodologik va amaliy ishlar ko‘rsatib berilgan holda xulosalar shakllantirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Boltayev, A. (2024). QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH. Ilgʻor Iqtisodiyot Va Pedagogik Texnologiyalar, 1(2), 49–55. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/59995
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini takomillashtirish masalasi tadqiq qilib o‘rganilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metadologiyasini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy, normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy muammolar o‘rganildi. Shuningdek, ularni bartaraf etish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan nazariy, metodologik va amaliy ishlar ko‘rsatib berilgan holda xulosalar shakllantirilgan.


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

49



QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

PhD

Boltayev Abror Sayitmuradovich

Alfraganus University

ORCID: 0000-0003-4198-7983

abror_abc@mail.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini takomillashtirish

masalasi tadqiq qilib o‘rganilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metadologiyasini
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy,

normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy muammolar o‘rganildi. Shuningdek, ularni bartaraf etish

yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan nazariy, metodologik va amaliy ishlar ko‘rsatib

berilgan holda xulosalar shakllantirilgan.

Kalit soʻzlar:

qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi faoliyati, buxgalteriya hisobi, biologik aktiv,

biotransformatsiya, qishloq xo‘jaligi mahsuloti, ko‘p yillik o‘simliklar, ishchi va mahsuldor

hayvonlar.

УЛУЧШЕНИЕ УЧЕТА СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

PhD

Болтаев Аброр Сайитмурадович

Alfraganus University

Аннотация.

В данной статье изучается вопрос совершенствования учета

сельскохозяйственной деятельности. В частности, были изучены теоретические,

нормативно-правовые, методологические и практические проблемы, связанные с

совершенствованием методологии учета сельскохозяйственной деятельности на
основе международных стандартов финансовой отчетности. Также, показаны

теоретические, методические и практические работы, которые необходимо провести по

направлениям их устранения, и сформулированы выводы.

Ключевые слова

:

сельское хозяйство, сельскохозяйственная деятельность,

бухгалтерский учет, биологические активы, биотрансформация, сельскохозяйственная

продукция, многолетние растения, рабочие и продуктивные животные.

IMPROVING THE ACCOUNTING OF AGRICULTURAL ACTIVITIES

PhD

Boltayev Abror Sayitmuradovich

Alfraganus University

Abstract.

This article examines the issue of improving the accounting of agricultural

activities. In particular, theoretical, regulatory, methodological and practical problems related to

improving the methodology for accounting for agricultural activities based on international
financial reporting standards were studied. Also, the theoretical, methodological and practical

work that needs to be carried out in the areas of eliminating them is shown, and conclusions are

formulated.

Key words:

agriculture, agricultural activities, accounting, biological assets,

biotransformation, agricultural products, perennial plants, working and productive animals.

UOʻK: 657.222:63(575.1)

49-55


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

50


Kirish.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022-2026-

yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli

Farmoni qabul qilindi (Farmon, 2022). Unda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

boʻyicha Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi boʻlgan, “Harakatlar strategiyasidan -
Taraqqiyot strategiyasi sari” prinsipi asosida ishlab chiqilgan, yettita ustuvor yoʻnalishdan

iborat boʻlgan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi

tasdiqlangan.

Taraqqiyot strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri

“Milliy iqtisodiyotni jadal

rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash”

da “30-maqsad:

Qishloq xoʻjaligini

ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2

baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga yetkazish”

(Farmon, 2022) boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash qishloq xoʻjalik
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini va hosildorlik darajasini oshirish, mahsulot tannarxi

darajasini pasaytirish, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar koʻrsatish tizimini

takomillashtirish, qishloq xoʻjalik korxonalarida buxgalteriya hisobini toʻgʻri tashkil etish va

uning metodologiyasini takomillashtirishni taqozo etadi. Chunki, mazkur vazifalar ijrosini
taʼminlashda qishloq xoʻjalik korxonalarida joriy buxgalteriya hisobi, ichki nazorat va tahlil

uslublarining yaxlit tizimi shakllanmaganligi belgilangan vazifalarning samarali

bajarilmayotganligiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatadi.

Adabiyotlar sharhi.

Albatta, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari Dusmuratov (2014), Karimov

(2008), Urazov (2011), Menglikulov (2023), Aliqulov (2012), Xolbekov (2006), Qudratov

(2010), Mamadiyarov (2008), Rizayev (2020), Djurayev (2016), Boltayev (2024),

Muxammadiyev (2021), Temirov (2021) va boshqalarning ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlarida
qishloq xoʻjaligi korxonalarining faoliyat xususiyatiga xos buxgalteriya hisobining ayrim

nazariy-uslubiy jihatlari oʻrganilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar Dusmuratov va

Menglikulovlar (2023) tomonidan qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda

buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, biznes jarayonlarini hisobga olishning
xususiyatlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, moliyaviy natijalarni shakllantirish va

buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash masalalari tadqiq qilib o‘rganilgan. Albatta, iqtisodchi

olimlar tomonidan yuqoridagi masalalar qishloq xo‘jaligi faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan

holda, xususan qishloq xo‘jaligi faoliyatidan olingan mahsulotlar tannarxini qalkulyatsiya qilish
tartibi atroflicha yoritib berilgan. Biroq, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini

MHXS asosida takomillashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilmagan.

Iqtisodchi olim Menglikulov (2023) chorvachilikda biologik aktivlarni saqlash xarajatlari

hisobi, tannarx hisoblash va auditi metodologiyasini takomillashtirish masalalarini tadqiq qilib

o‘rgangan. Iqtisodchi olim o‘zining izlanishlarida chorvachilik tarmog‘ida buxgalteriya hisobini
tashkil etishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari, chorvachilikda biologik aktivlarni

saqlash xarajatlari hisobini tashkil etish va uni takomillashtirish hamda chorvachilik

mahsulotlari tannarxini hisoblashning metodologik asoslari va uni takomillashtirish

masalalarini bayon qilgan. Ammo, iqtisodchi olim tomonidan qishloq xo‘jaligi faoliyati
hisobining muammolari va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari o‘rganilmagan.

Iqtisodchi olimlar Dusmuratov va Rizaevlar (2020) tomonidan esa, agrar sohada MHXSni

qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari

qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 41-sonli “Qishloq xo‘jaligi” BHXSning maqsadi, uni amal
qilish sohalari hamda respublika agrar sohasida uni qo‘llash masalalari tadqiq qilib o‘rganilgan.

Biroq, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini MHXSga uyg‘unlashtirish masalalari yoritib

berilmagan. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobi birgina 41-son BHXS

bilan tartibga solinmaydi. Balki, boshqa xalqaro standartlarda belgilangan qoidalar ham


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

51


bevosita qishloq xo‘jaligi faoliyatini hisobga olishda qo‘llaniladi. Bir so‘z bilan aytganda,
iqtisodchi olimlar 41-son BHXSni agrar sohada qo‘llash masalalariga to‘xtalib o‘tgan xolos.

Iqtisοdchi οlim Maxammadiev (2021) korxonalarda modernizatsiya jarayonlari hisobi va

auditini takomillashtirish masalalarini tadqiq qilib o‘rganishda biologik aktivlar tushunchasi,

ularning tasniflanishi va tavsifi, biologik aktivlarni hisobga olishda qo‘llaniladigan schyotlarni
takomillashtirish bo‘yicha o‘z qarashlarini keltirib o‘tadi. Jumladan, uning fikricha: Biοlοgik

aktivlar - bu kοrxοnalar ixtiyoridagi o‘ziga xοs biοlοgik xususiyatlarga ega bo‘lgan, ular

tοmοnidan yangi biοlοgik aktivlarni hamda qishlοq xo‘jalik mahsulοtlarini οlish, ayribοshlash,

ijaraga berish yo‘li bilan iqtisοdiy manfaat οlish maqsadlarida bοshqariladigan ishchi va
mahsuldοr hayvοnlar hamda ko‘p yillik o‘simliklardir. Fikrimizcha, ko‘p yillik o‘simliklar hamda

ishchi va mahsuldor hayvonlar boshqarilmaydi, balki ularning biologik transformatsiyasi va

qishloq xo‘jaligi mahsulotini yig‘ish jarayoni boshqariladi.

Iqtisodchi olim Temirov (2021) esa, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya

hisobini tashkil etishni takomillashtirish masalalarini tadqiq qilib o‘rgangan. Xususan,

iqtisodchi olim tomonidan qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning nazariy-

uslubiy asoslari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning

amaldagi holati, ularda buxgalteriya hisobi shakllarini optimallashtirish hamda halqaro
standartlar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq qilingan holda taklif va tavsiyalar

berilgan.

Shuningdek, iqtisodchi olim Boltayev (2024) qishloq xo‘jaligi faoliyatida asosiy hisob

ob’ektlaridan biri bo‘lgan, biologik aktivlar va ularni hisobga olishning uslubiy jihatlarini

takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borgan. Unda iqtisodchi olim biologik aktivlar,
ularning tasniflanishi, buxgalteriya hisobi ob’ekti va moliyaviy hisobot elementi sifatida aks

ettirishdagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tgan xolos.

Umuman olganda, hozirgacha qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirishga bagʻishlangan
kompleks tadqiqot olib borilmagan. Bu holat, mazkur yoʻnalishda tizimli ilmiy izlanishlar olib

borish zarurligini belgilaydi. Bu albatta, qishloq xoʻjaligi faoliyati natijasida yuzaga keladigan

biznes jarayonlarini buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish boʻyicha mavjud muammo va

kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab
chiqish imkonini beradi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini takomillashtirish masalalarini tadqiq qilishda ilmiy-

tadqiqot metodologiyasidagi mavjud nazariy va empirik tadqiqot metodlaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son
qarori (Qaror, 2020) da bir qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy hisob tizimini

xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha qoʻyilayotgan vazifalar ijrosini taʼminlash va

qishloq xoʻjaligi korxonalarida xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida va moliyaviy

hisobotda aks ettirish boʻyicha mavjud nazariy, normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy
muammolar qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini moliyaviy hisobot xalqaro

standartlari asosida takomillashtirishni talab etadi (1-jadval).

Jadvalda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi bilan

bogʻliq muammolar tizimlashtirilgan holda tasniflangan va tavsiflab berilgan.

Fikrimizcha, mazkur muammolarni hal etishda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha nazariy,

amaliy va metodologik ishlarni amalga oshirish lozim:

“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobini tartibga soluvchi normativ-huquqiy muammolar”

yoʻnalishi. Bunda milliy hisob tizimiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

52


joriy etishni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish lozim.
Xususan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS)ni MHXSga uygʻunlashtirishni

hisobga olgan holda ularni takomillashtirish zarur deb hisoblaymiz. Chunki, amaldagi BHMSlar

MHXS talablariga toʻliq javob bermaydi. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi mamlakat

iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi
faoliyatini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibi belgilangan buxgalteriya

hisobi milliy standartini ishlab chiqish lozim.

Bularning natijasida qishloq xoʻjaligi faoliyatini tartibga soluvchi alohida normativ-

huquqiy hujjat mavjudligi taʼminlanadi va unda belgilangan qoidalar qishloq xoʻjaligi faoliyati
hisobini tartibga soladi. Shuningdek, MHXS talablari asosida yangi schyotlar rejasi va moliyaviy

hisobot shakllarini ishlab chiqish imkonini beradi.

1-jadval

Qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish

bilan bogʻliq muammolar va ularning tavsifi

Muammolarning

tasniflanishi

Muammolar tavsifi

1

Qishloq

xoʻjaligi

faoliyati hisobini
tartibga soluvchi

normativ-huquqiy

muammolar

Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobi turli normativ

-huquqiy hujjatlar bilan

tartibiga solinishi va ularda qishloq xoʻjaligi faoliyatining xususiyatlari

umumiy asoslarda belgilanganligi, milliy va xalqaro standartlardagi

tafovutlar, agrar soha xususiyatlarini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi

faoliyati natijalarini buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotda aks

ettirish tartibini belgilovchi nizom (yoʻriqnoma)larning yetishmasligi

2

Qishloq xoʻjaligi

faoliyati

hisobining

nazariy

muammolari

Qishloq xoʻjalik faoliyati, qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyati buxgalteriya

hisobining asosiy hisob obyektlari boʻlgan ishchi va mahsuldor hayvonlar,

koʻp yillik oʻsimliklar, oʻstiruvdagi va

boquvdagi hayvonlarni buxgalteriya

hisobi nuqtayi nazardan tasniflash muammolari, qishloq xoʻjaligi hosili,

biologik aktiv va biologik transformatsiya jarayonlari natijasida olingan

qishloq xoʻjaligi mahsuloti yoki biologik aktivlarni tan olish masalalari

yetarlicha ochib berilmaganligi, biologik aktivlarni hisobga olish va
moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibini moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlari (MHXS)ga uygʻunlashtirishni hisobga olgan holda
takomillashtirish masalalari boʻyicha kompleks tadqi

qotlar olib

borilmaganligi

3

Qishloq xoʻjaligi

faoliyati

hisobining

uslubiy

muammolari

Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq xoʻjalik jarayonlari natijalarini tan

olish va baholash, buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish, biologik

transformatsi

ya jarayonlari natijasida olingan qishloq xoʻjaligi mahsuloti

yoki biologik aktivlar tannarxini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi

mahsulotlarining qoʻshimcha turlarini hisobga olish, moliyaviy natijalarini

shakllantirish va moliyaviy hisobotda aks ettirish

boʻyicha yagona uslubiy

koʻrsatmalarning mavjud emasligi

4

Qishloq xoʻjaligi

faoliyati

hisobining amaliy

muammolari

Qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik jarayonlarini

hujjatlashtirish, hujjatlar aylanishini tashkil etish, analitik hisobni tashkil
etish, xarajatlarni taqsimlash, xarajatlarni taqsimlashda mavjud

normativlarning eskirganligi va taqsimlash usullarining mavjud emasligi,

qishloq xoʻjaligi faoliyati natijalari boʻyicha olingan daromadlarni toʻgʻri

hisobga olish, f

oyda va zararlarni tan olish va ular toʻgʻrisidagi axborotlarni

moliyaviy hisobotda aks ettirishda noaniqliklarning mavjudligi va

boshqalar

Manba:

Muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

53


“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining nazariy muammolari” yoʻnalishi. Mazkur

yoʻnalishdagi muammolar bugungi kunda qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining

metodologiyasini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish

boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zaruratini koʻchaytiradi. Chunki, tadqiqot natijalari

asosida qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining asosiy hisob obyektlari boʻlgan ishchi va mahsuldor
hayvonlar, koʻp yillik oʻsimliklar, oʻstiruvdagi va boquvdagi hayvonlarni buxgalteriya hisobi

nuqtayi nazardan takomillashgan tavsifi va tasnifi ishlab chiqiladi. Xususan, “qishloq xoʻjaligi

faoliyati”,

biologik aktiv”,

biologik transformatsiya

,

qishloq xoʻjaligi mahsuloti” va

qayta

ishlash natijasida olingan mahsulot” kabi tushunchalarga iqtisodchi olimlarning nazariy
qarashlarini oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yondashuvlar ishlab chiqiladi.

“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining uslubiy muammolari” yoʻnalishi. Ushbu

yoʻnalishdagi muammolarning bartaraf etilishi milliy hisob tizimini, jumladan qishloq xoʻjaligi
faoliyati hisobining metodologiyasini MHXSga muvofiq takomillashtirish boʻyicha amalga
oshirilgan ishlar samarasiga bevosita bogʻliq boʻladi. Shu sababli, mazkur yoʻnalishda quyidagi

vazifalarni bajarish lozim, deb hisoblaymiz:

-

qishloq xoʻjaligi korxonalarida qishloq xoʻjaligi faoliyatini tizimli va toʻliq hisobga olish

orqali hisob siyosatini takomillashtirish;

-

xalqaro tajribalar asosida biologik aktivlarni tan olish, hisobini tashkil etish va yuritish

hamda moliyaviy hisobotda aks ettirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar tayyorlash;

-

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida qishloq xoʻjaligi

mahsulotini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirishning uslubiy jihatlarini

takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

-

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayoni va natijalarini hisobga olishning

uslubiy jihatlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish.

Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olish va

moliyaviy

hisobotda aks ettirish tartibini hamda axborotdan foydalanuvchilarni ishonchli va

asoslangan maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash imkonini beradi.

“Qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining amaliy muammolari” yoʻnalishi. Mazkur yoʻnalishda

qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olishda qoʻllaniladigan dastlabki va yigʻma hujjatlarni

takomillashtirish zarur. Chunki, bir qator dastlabki va yigʻma hujjat shakllarida barcha kerakli
rekvizitlar mavjud emas. Shuningdek, amaldagi mavjud shakllarda texnik-iqtisodiy

koʻrsatkichlar, xarajat moddalari, mahsulotning chiqishini aks ettirish bilan bogʻliq

kamchiliklar koʻzga tashlanadi. Shu sababli, ularning koʻrsatkichlarini imkoni boricha

unifikatsiyalash va hujjatlar aylanishini tashkil etish lozim. Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi
faoliyati hisobining analitik hisobi ham takomillashtirishga muhtoj. Masalan, 1110 –

“Oʻstirishdagi hayvonlar” schyoti boʻyicha joriy yilda tugʻilgan buzoqlar, oʻtgan yilda tugʻilgan

buzoqlar va ikki yoshdan katta buzoqlar guruhlariga ajratgan holda analitik hisobining tashkil

etilishi mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va oʻstirishdagi hayvonlar bahosini aniqlashda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida mavjud, dolzarb boʻlgan amaliy muammolardan biri bu

xarajatlarni taqsimlash va mahsulot tannarxini aniqlash muammosi. Xususan, tadqiqotimiz

obyekti boʻlgan “MEHNAT BAXTLI SUT” masʼuliyati cheklangan jamiyatda boʻgʻoz

gʻunajinlardan nasl olinganda ularni saqlash xarajatlari toʻliq olingan sut tannarxiga
taqsimlanmoqda. Chunki, sut va nasl tannarxini hisoblashda xarajatlarni taqsimlash metodikasi

boʻyicha aniq uslubiy koʻrsatma mavjud emas.

Xulosa va takliflar.

Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish

bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar natijalari asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq

iqtisodchi olimlarning asarlari tadqiq qilib o‘rganildi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, bugungi


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

54


kunga qadar qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari asosida takomillashtirishga bagʻishlangan kompleks tadqiqot olib

borilmagan. Bu esa, mazkur yoʻnalishda tizimli ilmiy izlanishlar olib borish zaruratini

belgilaydi.

Bu albatta, qishloq xoʻjaligi faoliyati natijasida yuzaga keladigan biznes jarayonlarini

buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish boʻyicha mavjud muammo va kamchiliklarni

aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini

beradi;

milliy hisob tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha qoʻyilayotgan

vazifalar ijrosini taʼminlashda bevosita qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini

ham takomillashtirish zarurati mavjudligi asoslab berildi;

qishloq xo‘jaligi faoliyatini hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish bilan bog‘liq

muammolar nazariy, normativ-huquqiy, uslubiy va amaliy muammolarga ajratilgan holda
tasniflandi va tavsiflab berildi;

qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobining metodologiyasini takomillashtirish bilan bog‘liq

muammolarni bartaraf etish yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi hamda ular bo‘yicha nazariy, amaliy

va metodologik ishlarni amalga oshirish lozimligi asoslandi.

Umuman olganda, qishloq xoʻjaligi faoliyatini hisobga olish bilan bogʻliq mavjud

muammolar qishloq xoʻjaligi faoliyatini toʻgʻri va oʻz vaqtida hisobga olishning obyektiv

zaruratini koʻchaytiradi, yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha tizimli ravishda ilmiy

tadqiqotlarning amalga oshirilishi qishloq xoʻjaligi faoliyati hisobining metodologiyasini

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish imkonini beradi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Aliqulov A.I. (2012) Paxta tolasini ishlab chiqarish va tayyorlash xarajatlari hisobi hamda

tahlili metodologiyasini takomillashtirish: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun
taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati: 08.00.08. / Aliqulov Abdumoʻmin Ismatovich. -Toshkent,

-37 b.

Boltaev A. (2024). Biologik aktivlar hisobining uslubiy jihatlarini takomillashtirish

//Economics and Innovative Technologies. – T. 12. – №. 1. – S. 36-47.

Doʻsmuratov R.D., Mamadiyarov D.Oʻ. (2008) Qishloq xoʻjaligida boshqaruv hisobi; uslubiyot

va amaliyot. -T.: “Moliya” nashriyoti, -148 b.

Dusmuratov R.D., Djurayev B.M. (2016) Qishloq xoʻjalik korxonalarida hisob siyosati: uslubiy

va tashkiliy-texnik jihatlari. Monografiya. – T.:.

Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. (2014). Qishloq xoʻjaligida buxgalteriya hisobi va

statistika asoslari. – T.: “Fan va texnologiya”, 392 bet.

Dusmuratov R.D., Rizayev N.K. (2020). Agrar sohada moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlari: nazariya va amaliyot. “Logistika va iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali. 1-son. 15-21

betlar.

Farmon, (2022). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022-

2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-

sonli Farmoniga 1-ILOVA.

https://lex.uz/ru/docs/-5841063

Maxammadiev Z.U. (2021). Korxonalarda modernizatsiya jarayonlari hisobi va auditini

takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun

tayyorlangan diss. –T.: – 76 b.

Menglikulov B.Yu. (2023). Chοrvachilikda biοlοgik aktivlarni saqlash xarajatlari hisοbi,

tannarx hisοblash va auditi metοdοlοgiyasini takοmillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
ilmiy darajasini οlish uchun tayyorlangan diss. – T.: – 203 b.

Qaror, (2020). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-

4611-son Qarori.

https://lex.uz/docs/4746047


background image

www.e-itt.uz

II SON. 2024

55


Qudratov T.Q., Fayziyeva N. (2010) Qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyatining tahlili. –

Samarqand. “N.Dobf”., -169 b.

Temirov F.T. (2021) Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobini

takomillashtirish. “Iqtisodiyot va taʼlim”, 3-son. 70-75 betlar.

Urazov K.B., Vaxidov S.V. (2011). Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari.

– T.: Adib, 494 bet.

Xolbekov R.O. (2006). Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hisobini

tashkil qilishning tamoyillari va uslubiyoti: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun

yozilgan dissertatsiya avtoreferati: 08.00.08. / Xolbekov Rasul Olimovich. –Toshkent, -46 b.

Каримов А.А. (2008). Фермер хўжаликларида бухгалтерия ҳисобини юритишнинг

айрим жиҳатлари. // Социално-экономические проблемы развития интеграционных

процессов в условиях либерализации националной экономики: Сборник научных трудов. —
Москва, МГЕИ. -С. 145-147.

Bibliografik manbalar

Aliqulov A.I. (2012) Paxta tolasini ishlab chiqarish va tayyorlash xarajatlari hisobi hamda tahlili metodologiyasini takomillashtirish: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati: 08.00.08. / Aliqulov Abdumoʻmin Ismatovich. -Toshkent, -37 b.

Boltaev A. (2024). Biologik aktivlar hisobining uslubiy jihatlarini takomillashtirish //Economics and Innovative Technologies. – T. 12. – №. 1. – S. 36-47.

Doʻsmuratov R.D., Mamadiyarov D.Oʻ. (2008) Qishloq xoʻjaligida boshqaruv hisobi; uslubiyot va amaliyot. -T.: “Moliya” nashriyoti, -148 b.

Dusmuratov R.D., Djurayev B.M. (2016) Qishloq xoʻjalik korxonalarida hisob siyosati: uslubiy va tashkiliy-texnik jihatlari. Monografiya. – T.:.

Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. (2014). Qishloq xoʻjaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. – T.: “Fan va texnologiya”, 392 bet.

Dusmuratov R.D., Rizayev N.K. (2020). Agrar sohada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: nazariya va amaliyot. “Logistika va iqtisodiyot” ilmiy elektron jurnali. 1-son. 15-21 betlar.

Farmon, (2022). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoniga 1-ILOVA. https://lex.uz/ru/docs/-5841063

Maxammadiev Z.U. (2021). Korxonalarda modernizatsiya jarayonlari hisobi va auditini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan diss. –T.: – 76 b.

Menglikulov B.Yu. (2023). Chοrvachilikda biοlοgik aktivlarni saqlash xarajatlari hisοbi, tannarx hisοblash va auditi metοdοlοgiyasini takοmillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini οlish uchun tayyorlangan diss. – T.: – 203 b.

Qaror, (2020). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4611-son Qarori. https://lex.uz/docs/4746047

Qudratov T.Q., Fayziyeva N. (2010) Qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyatining tahlili. – Samarqand. “N.Dobf”., -169 b.

Temirov F.T. (2021) Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish. “Iqtisodiyot va taʼlim”, 3-son. 70-75 betlar.

Urazov K.B., Vaxidov S.V. (2011). Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari. – T.: Adib, 494 bet.

Xolbekov R.O. (2006). Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hisobini tashkil qilishning tamoyillari va uslubiyoti: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati: 08.00.08. / Xolbekov Rasul Olimovich. –Toshkent, -46 b.

Каримов А.А. (2008). Фермер хўжаликларида бухгалтерия ҳисобини юритишнинг айрим жиҳатлари. // Социално-экономические проблемы развития интеграционных процессов в условиях либерализации националной экономики: Сборник научных трудов. — Москва, МГЕИ. -С. 145-147.