ВАЖНЫЕ ФАКТОРЫ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ УСЛУГАМИ В СОВРЕМЕННЫХ МАССИВАХ

Аннотация

В данной статье освещены важные факторы эффективного управления услугами в современных массивах. Объясните важные факторы управления. Были затронуты принятые правительством нормативно-правовые документы и их фактическая реализация. Выдается заключение по результатам фактического исполнения.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
50-54
34

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исмаилов N. (2025). ВАЖНЫЕ ФАКТОРЫ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ УСЛУГАМИ В СОВРЕМЕННЫХ МАССИВАХ. Передовая экономика и педагогические технологии, 1(3), 50–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/65546
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье освещены важные факторы эффективного управления услугами в современных массивах. Объясните важные факторы управления. Были затронуты принятые правительством нормативно-правовые документы и их фактическая реализация. Выдается заключение по результатам фактического исполнения.


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

50




ZAMONAVIY MASSIVLARDA XIZMAT KO‘RSATISHNI SAMARALI BOSHQARISHNING

MUHIM OMILLARI

Ismailov Najmiddin Ilxamovich

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

ORCID: 0009-0009-6482-7684

najmiddin2004@rambler.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni samarali

boshqarishning muhim omillari yoritilgan. Boshqarishning muhim omillariga izoh berilgan.

Hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va uning amaldagi ijrosiga
to’xtalgan. Amaldagi ijro natijasidan kelib chiqib xulosa berilgan.

Kalit so‘zlar:

zamonaviy massiv, xizmat ko‘rsatish, samarali boshqarish, boshqarishning

muhim omillari,

raqamli texnologiyalar, aqlli shahar, ijtimoiy xizmatlarda innovatsiyalar.

ВАЖНЫЕ ФАКТОРЫ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ УСЛУГАМИ

В СОВРЕМЕННЫХ МАССИВАХ

Исмаилов Нажмиддин Илхамович

Самаркандский государственный архитектурно-строительный университет

Аннотация.

В данной статье освещены важные факторы эффективного

управления услугами в современных массивах. Объясните важные факторы управления.
Были затронуты принятые правительством нормативно-правовые документы и их

фактическая реализация. Выдается заключение по результатам фактического

исполнения.

Ключевые слова:

современный массив, предоставление услуг, эффективный

менеджмент, важные факторы управления, цифровые технологии, умный город,

инновации в социальных услугах.

IMPORTANT FACTORS FOR EFFECTIVE SERVICE MANAGEMENT IN MODERN ARIAS

Ismailov Najmiddin Ilxamovich

Samarkand State University of Architecture and Construction

Abstract.

This article highlights the important factors of effective management of services

in modern complexes. The important factors of management are explained. The normative legal

documents adopted by the government and their current implementation are discussed. A

conclusion is drawn based on the results of current implementation.

Keywords:

modern massif, service provision, effective management, important

management factors, digital technologies, smart city, innovations in social services.

UOʻK: 338.465.4

50-54


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

51


Kirish.

Mamlakatimizda

aholi turmush darajasini oshirish

maqsadida zamonaviy bunyodkorlik

ishlari amalga oshirilmoqda. Hududlarda xalqaro darajadagi bino va inshootlar majmualari

bilan bir qatorda zamonaviy massivlar qad rostlayapti. Aholi uchun qurilayotgan massivlar soni

yildan-yilga ortib, ularda fuqarolarimizga qator qulayliklar yaratib berilmoqda. Aholining uy-
joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-

joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari

qurilishini jadallashtirish, еr resurlaridan oqilona foydalanish va zamonaviy massivlarda

urbanizatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish maqsadida 2022-yildan boshlab hududlarda
“Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etila boshlandi.

Oʻzbekistonda 2030-yilga kelib urbanizatsiya darajasi 60 foizga oshiriladi. Samarqand va

Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, aholisi 300 mingdan koʻp boʻlgan

shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish maqsad qilingan. “Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasida urbanizatsiya darajasini 2030-yilga kelib 51 foizdan 60 foizga oshirish koʻzda

tutilgan.

Ayni shu talablardan kelib chiqib, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

mutaxassislari tomonidan mamlakatda urbanizatsiya jarayonining rivojlanish tendensiyalari
oʻrganildi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda urbanizatsiya darajasining ortishiga aholi

daromadlarining oshishi, oliy maʼlumotli kadrlarning koʻpayishi va uy-joylar qurilishi ijobiy

taʼsir koʻrsatadi

Soʻnggi 10-yilda Oʻzbekistonda shahar va qishloq aholisi soni 20,7 foizga teng surʼatda

oʻsdi. Bu davrda urbanizatsiya darajasi 50-51 foiz orasida saqlanib, Toshkent shahri inobatga

olinmasa, hududlarda urbanizatsiya darajasi 46-47 foiz atrofida boʻldi.

Mana shu

Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni samarali boshqarish

va qulay

bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu esa

zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishni tashkiliy-iqtisodiy jihatdan

to‘g‘ri shakllantirish muhimligini anglatadi. Ushbu sohaning rivojlanishi tashkiliy jihatdan

optimal va xizmatlar bozori konyunkturasiga nisbatan egiluvchan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish

sifati va samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish sohasining to‘g‘ri
boshqarish milliy iqtisodiyot miqyosida bir qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf

etishga sabab bo‘ladi.

Adabiyotlar sharhi.

Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni samarali boshqarishda avvalom bor xizmat

ko’rsatish sohasining mohiyati oʻrganilgan manbalarni o’rganish muhim deb bilaman.

Adabiyotlarda xizmat va xizmat ko’rsatish tushunchalarining turli xil talqindagi mazmuni

berilgan. Rossiyalik olim Dalning (1882) talqinida xizmat tushunchasi quyidagicha talqin

etilgan: xizmat koʻrsatish, yordam, imtiyoz, koʻmak, koʻnglini topmoq, istagini bajo keltirmoq.
Ojegov (1991) tahriri ostida chop etilgan rus tili gramatik lugʻatida xizmatlar bu naf, foyda
keltiradigan harakat, boshqalarga yordam deb hisoblanadi degan fikr ilgari surilgan. Mazkur

tushunchalarda keltirilgan talqinlar mohiyati jihatidan, o’xshash va bir-birini to’ldiruvchi

mazmunni ifoda etgan bo’lib, hozirgi raqamli iqtisodiyot elementlari va vositalari
singdirilmagan. Xizmat tushunchasining moxiyatini Amerikalik iqtisodchi Kotler (2005)

oʻzining “Marketing asoslari” nomli kitobida quyidagicha talqin qiladi: “xizmatlar bu obʼektni

sotish jarayonida oʻz manfaatini qondirish, muayyan bir naf olish uchun qilingan harakt degan

holda, oʻzining fikrini davom ettirib, ishlab chiqarishda xizmatlar moddiy koʻrinishdagi tovarlar
bilan bogʻliq boʻlishi yoki boʼlmasligi mumkin, deb hisoblagan.

Zamonaviy massivlarda aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlarni boshqarish bu bevosita aholi

turmush darajasi oshirish bo’lib hisoblanadi. Bu borada hukumat tomonidan juda ko’p chora

tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar bugungi kunning davlat siyosati darajasiga


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

52


ko’tarilgan. Zamonaviy massivlarda xizmatlarni boshqarish asosiy darajadagi vazifalarni o’z
ichiga oladi. Mana shu vazifalarni asosida inson qadr qiymati yotadi. Buning amaliy natijasi

sifatida hukumat tomonidan qabul qilinayotgan me’yoriy huquqiy xujjatlar misol bo’la oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” (2021 yil 11 may PQ-5113) qarori, “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022-yil 27-yanvar, PQ-104) qarori, “Xizmatlar

sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022-yil 27-yanvar, PQ-

104) qarori, “Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2022-yil 6-iyul, PF-

165) Farmoni, “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni
kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi

(2023-yil 19 aprel PQ-124) qarori, “Oʻzbekiston – 2030”

strategiyasi toʻgʻrisida”gi (2023 yil 11

sentyabr PF-158)

Farmoni qabul qilindi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida iqtisodiy tahlil, guruhlash, tizimli va qiyosiy tahlil va boshqa usullar

qo‘llanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrda

“Oʻzbekiston –

2030”

strategiyasi toʻgʻrisida” PF-158-son

Farmoni qabul qilindi. Ushbu strategiyada

Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, aholisi 300 mingdan

koʻp boʻlgan shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish hamda barcha aholi punktlarining
bosh rejalarini ishlab chiqish maqsadlari qoʻyilgan. Yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratish,

malakali kadrlar tayyorlash darajasini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish va

ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash orqali Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni

samarali boshqarishni oshirish mumkin. Bu omillar yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat
qiladi.

"Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni samarali boshqarishning muhim omillari"

deganda, shahar va qishloq massivlarida turli xizmat ko‘rsatish sohalarini (kommunal

xizmatlar, transport, xavfsizlik, savdo, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar) yuqori darajada
boshqarish uchun asosiy tamoyillar nazarda tutiladi. Bu jarayonning samarali bo‘lishi uchun bir

qancha muhim omillar e’tiborga olinadi. 1-rasm.

1-rasm. Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni samarali boshqarishning muhim

omillari


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

53


Infratuzilma rivoji zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni samarali boshqarish uchun

asosiy shartlardan biri. Infratuzilma deganda yo‘llar, binolar, suv, elektr tarmoqlari,

telekommunikatsiya, transport va boshqa zaruriy xizmat ko‘rsatish tizimlari tushuniladi. U o’z

ichiga infratuzilma rivoji bilan bog‘liq tushunchalarni oladi.

Transport infratuzilmasi

Kommunal xizmatlar infratuzilmasi

Axborot-kommunikatsiya tizimlari

Ijtimoiy infratuzilma

Atrof-muhitni muhofaza qiluvchi infratuzilma

Favqulodda xizmatlar infratuzilmasi

Moliyalashtirish va rejalashtirish

Hududiy muvofiqlashtirish xizmat ko‘rsatishni samarali boshqarish va rivojlantirishda

barcha resurslar va infratuzilmani ma’lum hududda to‘g‘ri rejalashtirish va taqsimlash jarayoni.
Bu nafaqat xizmatlar sifati, balki hududdagi aholining yashash sharoitini yaxshilashda ham

muhim omil hisoblanadi. Hududiy muvofiqlashtirish. Hududning o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, har bir hudud o‘zining tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlariga ega.

Muvofiqlashtirish jarayonida shu jihatlar e’tiborga olinadi. Masalan, qishloq joylarida qishloq
xo‘jaligi uchun qulay infratuzilma, shahar joylarida esa transport va axborot tizimlari

muhimroq. Hududiy muvofiqlashtirish bu hududlararo tenglik va barqaror rivojlanishni

ta’minlash uchun zarur strategiya. Bu orqali har bir massivda yashayotgan aholi o‘z hududidan

mamnun bo‘lishi va xizmatlardan teng foydalana olishi ta’minlanadi.

Innovatsiyalarni joriy qilish xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tizimlarida zamonaviy

texnologiyalar, yangi yondashuvlar va ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etish jarayonidir.

Innovatsiyalarni tatbiq qilish xizmatlar sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va

aholi ehtiyojlarini tez va qulay qondirish imkonini beradi.

Raqamli texnologiyalarni qo‘llash (Raqamli platformalar va avtomatlashtirilgan tizimlar

xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi va soddalashtiradi)

“Aqlli shahar” texnologiyalari (Aqlli shahar konsepsiyasi orqali shahar infratuzilmasi va

xizmatlari avtomatlashtiriladi. Masalan:Energiya iste’molini kuzatish va tejash uchun aqlli

hisoblagichlar, Atrof-muhit monitoringi uchun sensorlar tizimi, yo’llarda tirbandliklarni
boshqarish uchun aqlli svetoforlar)

Ijtimoiy xizmatlarda innovatsiyalar (Sog‘liqni saqlashda masofadan maslahatlashuv

tizimlari (telemeditsina) va avtomatlashtirilgan diagnostika tizimlari, Ta’limda interaktiv

darsliklar, onlayn ta’lim platformalari va b.)

Yashil innovatsiyalar (Energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya

manbalari,qayta ishlash texnologiyalarini keng qo‘llash orqali chiqindilarni boshqarish

samaradorligini oshirish)

Logistika va transport sohasidagi innovatsiyalar (elektr avtomobillar, velosipedlar joriy

qilish orqali ekologik muhitni yaxshilash, jamoat transportini optimallashtirish va

yo‘nalishlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi tizimlar)

Sun’iy intellekt va ma’lumotlar bazasi (Sun’iy intellekt yordamida xizmat ko‘rsatish

jarayonlarini tahlil qilish, mijozlar ehtiyojlarini oldindan aniqlash va samaradorlikni oshirish)

Xulosa va takliflar.

Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish xizmat ko’rsatishni rivojlantirish va

samarali boshqarish tashkil etish orqali erishishiladi. Zamonaviy massivlardagi xizmatlar

faoliyati aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash hamda ularni boshqarish bo’yicha turli xil
еchimlarni ishlab chiqishni taqazo etadi.

Aholi turar joy massivlarida keng qulayliklar yaratilgan xizmat faoliyatini yoʻlga qoʻyish,

xizmatlarning aholi farovon turmush tarzini yaxshilashga olib keluvchanligini koʻpaytirish,


background image

www.e-itt.uz

III SON. 2024

54


xizmatlari sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyatni tashkil etish bu faoliyatning
rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.

Zamonaviy massivlarda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini

oshirish uchun hukumat tomonida ishlab chiqilayotgan me’yoriy huquqiy xujjatlarni muhim

hisoblanadi. Bu xujjatlarning natijasi aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omili
hisoblanadi.

Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni boshqarish

aholi ehtiyojlarini qondirish,

yashash sharoitlarini yaxshilash va massiv infratuzilmasini samarali boshqarishga qaratilgan

jarayonlar yig‘indisi. Xizmat ko‘rsatish sifatli va uzluksiz bo‘lishi uchun kompleks boshqaruv
tizimlari, ilg‘or texnologiyalar va puxta rejalashtirish talab etiladi. Bu quyidagi zamonaviy

boshqaruv usullarini qo’llashni taqoza etadi:

1. Avtomatlashtirilgan tizimlar;

2. Raqamli platformalar;
3. Xususiy va davlat hamkorligi.

Zamonaviy massivlarda xizmat ko‘rsatishni boshqarish aholi farovonligi va turmush

sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Innavatsion texnologiyalarni joriy qilish, samarali

infratuzilmani yaratish va aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda xizmatlarni yangi
bosqichga ko‘tarish mumkin. Bunda davlat, xususiy sektor va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni

talab qiladi.

Adabiyotlar/Литература/References:

Farmon (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi

O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoni.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish

strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2022-yil 6-iyul, PF-165) Farmoni.

Farmon (2023) “Oʻzbekiston – 2030”

strategiyasi toʻgʻrisida”gi (2023 yil 11 sentyabr PF-

158)

Farmoni qabul qilindi.

Ismailov N.I. (2023) Zamonaviy massivlar va ularda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Me‘morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali) 27.04.2023-yil № mahsus soni.

Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda aholiga ko’rsatiladigan xizmatlar va ularni

tavsiflash. "Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil" ilmiy elektron jurnali. 11-son 133-138 b.

Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda xizmat ko'rsatish tizimining rivojlanishi.

Modern Education and Development elektron jurnali. Vol.4 No.2366-371 b.

Kotler F. (2005). Marketing-menedjment. Ekspress-kurs. — 2-ye izd.: Per. s angl.; pod red.

S.G. Bojuk. — SPb.: Piter, - S. 301.

Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2021 yil 11 may PQ-5113) qarori.

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga

oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022-yil 27-yanvar, PQ-104) qarori.

Qaror (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida

“O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga

oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi (2023-yil 19 aprel PQ-124) qarori.

Даль В.И. (1882). Толковыий словарь великорусского языка. 2-е изд. М., Т. IV. С.512.

Ожегов С.И. и др. (1991). Граматический словарь русского языка. –М.: Русский язык.

432стр.

Библиографические ссылки

Farmon (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmoni.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2022-yil 6-iyul, PF-165) Farmoni.

Farmon (2023) “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi (2023 yil 11 sentyabr PF-158) Farmoni qabul qilindi.

Ismailov N.I. (2023) Zamonaviy massivlar va ularda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar. Me‘morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali) 27.04.2023-yil № mahsus soni. Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda aholiga ko’rsatiladigan xizmatlar va ularni tavsiflash. "Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil" ilmiy elektron jurnali. 11-son 133-138 b. Ismailov N.I. (2024) Zamonaviy massivlarda xizmat ko'rsatish tizimining rivojlanishi. Modern Education and Development elektron jurnali. Vol.4 No.2366-371 b.

Kotler F. (2005). Marketing-menedjment. Ekspress-kurs. — 2-ye izd.: Per. s angl.; pod red. S.G. Bojuk. — SPb.: Piter, - S. 301.

Qaror (2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (2021 yil 11 may PQ-5113) qarori.

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2022-yil 27-yanvar, PQ-104) qarori.

Qaror (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi (2023-yil 19 aprel PQ-124) qarori.

Даль В.И. (1882). Толковыий словарь великорусского языка. 2-е изд. М., Т. IV. С.512.

Ожегов С.И. и др. (1991). Граматический словарь русского языка. –М.: Русский язык. 432стр.