Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
245
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
INNOVATSION TALIM SHAROITIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK TIZIMI
Umarov Aziz Avazovich
Termiz davlat pedagogika instituti
p.f.f.d. PhD
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta'lim klasterining mohiyati, nazariy-konseptual
asoslari va ta'lim jarayonini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ta'lim klasterining
tarkibiy qismlari, innovatsion yondashuvlari hamda ta'lim va ishlab chiqarish sektorlari
o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur
tizimning hududiy iqtisodiy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi va zamonaviy ta’lim
muammolarini hal qilishda tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta'lim klasteri, ta'lim jarayoni, innovatsion texnologiyalar, nazariy
asoslar, hududiy rivojlanish, ishlab chiqarish integratsiyasi, iqtisodiy rivojlanish.
KIRISH
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk,
barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, faol va tashabbuskor kadrlarni
tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda texnika va
texnologiyalarning modernizatsiyalashayotganligi, ilm va fanning jadal taraqqiyoti
mutaxassis kadrlardan o‘z bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda chuqurlashtirib,
yangilab, to‘ldirib va kengaytirib borishni talab etadi.
Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish bilan birga kadrlar tayyorlashning
yangi tizimi yaratildi. O‘qitish metodikasini takomillashtirish va optimallashtirish,
ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning zamonaviy didaktik
vositalarini integrativ qo‘llash bo‘yicha salmoqli izlanishlar olib borildi.
Ta`lim-tarbiya, ilm tomon intilish, tafakkur rivoji uchun jonkuyarlik
bo`lmaganida insoniyat o`zining hozirgi taraqqiyotiga erisha olmagan bo`lardi. Bugun
butun dunyo xalqlari salomatligiga jiddiy tahdid solgan koronavirus bilan bog`liq
hozirgi murakkab holat oldida inson aqli ojiz qolayotgani hech kimga sir emas. Bu esa
bizga bir haqiqatni anglatmoqdaki, odamzot butun borliq sirlarini o`rganishi uchun hali
ko`p izlanishi kerak. Asosiy vazifa esa mazkur global muammo farzandlar ta`lim-
tarbiyasi yo`liga to`siq bo`la olmasligini ta`minlashdir.
Prezidentimizning 2020-yil 1-oktabr O`qituvchi va murabbiylar kuniga
bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Biz keng ko`lamli demokratik
o`zgarishlar, jumladan, ta`lim islohotlari orqali O`zbekistonda yangi Uyg`onish davri,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
246
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ya`ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o`zimizga asosiy maqsad qilib
belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-
mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak”
1
deb ta`kidladi
va sohadagi amalga oshirilayotgan islohotlarga, o`qituvchilar ishini yengillashtirish
maqsadida kelgusi yilda ta`limning barcha tizimida raqamlashtirish ishlarini tugallab,
“Raqamli va xavfsiz maktab”, “Onlayn maktab”, “Elektron darslik”, “Elektron
kundalik” kabi onlayn talim platformalarining keng miqyosda joriy etilishini, 2020-yil
so`ngiga qadar maktablarni yuqori va keng qamrovli internet tarmog`iga ulash 100
foizga yetkazilishi haqida bildirdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Taniqli olim N.A.Muslimovning ta’kidlashicha, ijodkorlikni tadqiq qilish
mustaqil ta’lim olish va ijodiy individuallikni rivojlantirish maqsadida ijodkorlik
jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning ijodiy jarayonni innovatsion amaliyotda
modellashtirish (aynan yaratuvchanlik faoliyatda shaxsning kreativ potensiali rivoj
topadi) bilan bog‘liq maqbul shakllarini aniqlash imkonini berdi. Bu o‘rinda yuzaga
keladigan murakkablik ijodiy hamkorlik faoliyatini yaxshiroq tashkil qilish hamda
boshqarish bilan belgilanadi, zero, bunda ongli ijodiy individuallikning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi.
2
Pedagogik hamkorlikni rivojlantirishning didaktik tizimining
samarali usullari
quyidagilardan iborat:
– psixologik tayyorgarlik – o‘qituvchi kasbiga turli darajada shakllangan
yo‘naltirilganlik, ishga qiziqish darajasi, malakasini oshirib borishga intilish, bilimlarni
uzluksiz ravishda boyitish, kasbiy fikrlash qobiliyatini takomillashtirish;
– ilmiy-nazariy tayyorgarlik – o‘z ichiga olgan zarur darajada psixolo-pedagogik
bilimlar va maxsus bilimlarni egallash;
– amaliy tayyorgarlik – talab qilingan darajada kasbiy mahorat va
ko‘nikmalarning shakllanganligi;
– psixo-fiziologik va jismoniy tayyorgarlik - uning tarkibida pedagogik faoliyat
talablariga javob beradigan fazilatlar yig‘indisi, shakllanganlik, kasbiy, kasb-korlik
ko‘nikmasi, unga to‘g‘ri keladigan salomatlik va pedagogik faoliyat yuritish uchun
yetarli darajadagi jismoniy layoqatga ega bo‘lishi demakdir.
TAHLIL VA NATIJALAR
1
Pedagog.uz sayti
2
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy – metodik asoslari.: Dis. ... ped. fan. dokt. – T.:
2007. – 275 b.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
247
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Ta’lim jarayoni tizimini hosil qiluvchi tushunchalar – ta’limning maqsadi, ta’lim
beruvchilarning faoliyati (o‘qitish), ta’lim oluvchilarning faoliyati (o‘qish) va natija
hisoblanadi.
Ta’limning maqsadida jamiyat taraqqiyotining asosiy g‘oyalariga mos keladigan
mutaxassisning tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar majmuasi aks etadi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish paytida maqsadlar oydinlashtiriladi, aniq-ravshan
shakllantiriladi. Maqsadlarni aniqlashtirishning o‘ziga xos mantiqiy zanjiri quriladi
3
:
– jamiyatning umumiy talablari;
– ta’lim tizimining vazifalari;
– muayyan ta’lim muassasasining
maqsadlari;
– mutaxassisni tayyorlash bo‘yicha o‘quv
dasturlari majmuasining umumiy maqsadlari;
– sohaga oid fanning (dasturning) umumiy maqsadlari;
– boblar va mavzularning maqsadlari.
Mashg‘ulotning maqsadlari va boshqacha qilib aytganda, tizimning har bir
tarmog‘i, ta’lim tizimining har bir elementi nisbatan xususiy maqsadni amalga oshira
turib, umumiy maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Ta’lim tizimining
yagona maqsadi uning tarmoqlari va elementlari maqsadlari tuzilmasining yoyilmasi
ko‘rinishida aks ettiriladi va uning eng yuqori cho‘qqisi asosiy pirovard maqsadni
ifodalaydi. An’anaviy ta’lim tizimi sharoitlarida maqsadning ta’lim mazmuniga
yo‘naltirilganligi maqsad va mazmunning o‘zaro mos bo‘lishiga olib keladi:
● maqsad – fanning asoslarinio‘zlashtirish;
● mazmun – bilim va ko‘nikmalarda ifodalangan ana shu asoslarning o‘zi.
Zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim tizimida esa, maqsad – insonning
shaxsiy imkoniyatlarini o‘stirish, ilgaridan ma’lum bo‘lmagan predmetlarga oid va
ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining kompetentliligini namoyon qila olish qobiliyatlarini
rivojlantirishdan iborat, bunda mazmun – shu maqsadga erishishni ta’minlovchidir.
Faollashtirilgan (kontekstli) ta’limda o‘qitishning yangi zamonaviy shakllari
hamda an’anaviy shakllari uyg‘unlashtirilgan holda mavjud bo‘lib, o‘quv faoliyatida
real kasbiy faoliyatga xos bo‘lgan vaziyatlarni modellashtirish imkoni yaratiladi,
bunda ta’lim va tarbiya jarayonlari orasidagi uzilish barham topadi, talaba o‘quv va
bo‘lajak kasbiy faoliyatlari sub’ekti sifatida o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga ega
3
Raximov Z.T. - Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasi, Monografiya. – Toshkent: ”Voris” nashriyoti. – 2019.
116 b.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
248
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
bo‘ladi, zamonaviy mutaxassis modeliga mos keladigan kasbiy kompetentligi
shakllanib boradi.
Demak, shaxsning to‘laqonli rivojlanishi uchun uzluksiz ta’limning turli
bosqichlarida zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltiradigan, pirovardida ta’lim natijasi
sifatida ta’lim oluvchilarning shaxsiy va kasbiy kompetentligini shakllantirishni
ta’minlaydigan ta’lim tizimlarini ishlab chiqishga faqatgina ta’lim jarayonining
pedagogik asoslarini, uning barcha elementlarini tubdan yangilash orqali erishish
mumkin.
Umuman olganda yangi tipdagi ta’lim tizimida o‘quv ma’lumotlari ko‘rinishida
ifodalangan ilgarigi tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan ta’limdan bo‘lajak kasbiy
faoliyatda duch kelinadigan vaziyatlarga tayyor bo‘lishga qaratilgan, umuman olganda
kelajakka yo‘naltirilgan ta’limga o‘tish ko‘zda tutiladi. Ta’lim oluvchi faoliyatining
maqsadi axborot ko‘rinishiga ega bo‘lgan ijtimoiy tajribaning ma’lum bir qismini
o‘zlashtirish emas, avvalambor bilimlardan foydalangan holda bo‘lajak kasbiy
faoliyatini amalga oshira bilish hamda butun umri davomida yangi bilimlarni egallab
bora olish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining ijodkorligini rivojlantirish uchun zarur
bo‘lgan shartlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin
4
:
● o‘zlashtirilgan ijtimoiy tajribalarni qayta ishlash, izlanuvchanlik va ijodkorlik
faoliyatlarida namoyon bo‘ladigan aniq ifodalangan kasbiy yo‘naltirilganlik, bilimlarni
egallash faolligi;
● pedagogik faoliyatda ko‘p uchraydigan har qanday nostandart vaziyatlarda
mustaqil ravishda qaror qabul qila olishga, shuningdek, yaxlit pedagogik jarayonning
barcha voqea va hodisalarini, dalillarini tahlil qila bilishga asos yaratadigan ilmiy
tafakkurni rivojlantirish;
● jamiyat madaniyatini va jahon madaniyatni egallaganlik, ta’lim olish jarayonini
anglaganlik, o‘zining pedagogik qobiliyatlarini takomillashtirish, o‘zo‘zini
rivojlantirishga yo‘nalganlik, tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish kabi keng doirani
o‘z ichiga olgan mustaqil ta’limni tashkil etish;
● talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni individuallashtirish orqali aqliy va
amaliy faoliyatida o‘zining individual uslublariga ega bo‘lish imkonini beradigan
ta’limni tashkil etish.
Ijodkorlikni rivojlantirishni muammoli o‘qitish jarayonida amalga oshirish ham
maqsadga muvofiq bo‘ladi, buning mohiyati kasbiy faoliyatni yaxlit tizim sifatida
4
Sharipov Sh.S. O‘quvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini ta’minlashning nazariyasi va amaliyoti. Ped. fan. dokt. ... diss. – T.,
2012.–264 b.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
249
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ko‘rish, yangi muammo va masalalarni hal eta bilish tajribalarini shakllantirish uchun
zamin yaratishga xizmat qiladigan kasbiy faoliyat elementlarini ta’lim jarayoniga
kiritishdan iborat.
XULOSA
1. Kasb ta’limida pedagogik hamkorlik dinamik hodisa, murakkab ochiq tizim,
shaxs hayotiy dasturi sifatida namoyon bo‘ladi.
2. Zamonaviy ijodkor o‘qituvchi pedagogik faoliyatning reproduktiv usuli va
ijodkorlikdan birini tanlashda nafaqat o‘zligini, hayotiy maqsadlarini ro‘yobga
chiqaradi, u o‘zini sifat jihatidan o‘zgartiradi, psixologik to‘siqlarni yengadi, kasbiy
ahamiyatli sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini qidiradi, o‘z pedagogik
konsepsiyasini ishlab chiqadi.
3. Umuman olganda, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining o‘quv faoliyati uchun
birinchidan innovatsion yo‘naltirilgan, ikkinchidan, pedagogik faoliyati jarayonida
individuallik sifatida o‘ziga yo‘naltirilganlikka xos bo‘ladi.
4. Shunday qilib, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi kasbiy-pedagogik va
pedagogik hamkorlikning didaktik tizimi kompetentligini rivojlantirish faoliyatini
egallash uchun zarur va yetarli shartlar kerak bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
Mamatqulov A.N. Kasbiy ta’limda talabalar ijodkorligini rivojlantirish.
“Zamonaviy ta’lim” ilmiyamaliy ommabop jurnal – Toshkent, 2019. №12(85). 11-17
betlar.
2.
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy
– metodik asoslari.: Dis. ... ped. fan. dokt. – T.: 2007. – 275 b.
3.
N.A.Muslimov,
Z.T.Raximov,
A.A.Xo‘jaev,
H.Sh.Qodirov.
Ta’lim
texnologiyalari. Darslik, – T.: «Voris - nashriyot», 2019. 337-bet.
4.
Raximov Z.T. - Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish metodikasi,
Monografiya. – Toshkent: ”Voris” nashriyoti. – 2019. 116 b.
5.
Mengliyev B. PEDAGOGICAL COMPETENCE OF A MODERN
PHYSICAL EDUCATION TEACHER //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №.
B7. – С. 554-556.
6.
Abduraximovna, K. G. Z. (2023). FEATURES OF TRANSLATION OF NEW
TERMINOLOGICAL VOCABULARY.
International journal of scientific researchers
(IJSR) INDEXING
,
3
(2).
