Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
239
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ARTERIAL QON BOSIM. QONNING ARTERIAL BOSIMINI TEKSHIRISH
USULLARINI O'RGANISH.
Qayumova Shahnoza Jamshidovna
Turaqulova Chinnigul Jobir qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Arterial qon bosim nima. U qanchay tekshiriladi.Uni
o'lchash usullari qanday.Qanday holatlar normal holat va qanday holatlar xavfli holat
ekanligi haqida.Qon bosimini o'lchash qoidalari haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so'zlar:
Qon bosimi ,tonometr, Mexanik tonometr ,avtomatik (elektron)
tonometr , Fonendoskop.
Аннотация:
В данной статье обсуждается, что такое артериальное давление. Как
часто его проверяют? Каковы методы его измерения? Каковы нормальные
условия, а какие опасные? Подробно объяснены правила измерения
артериального давления.
Ключевые слова:
Артериальное давление, тонометр, Механический тонометр,
автоматический (электронный) тонометр, Фонендоскоп.
Annotation:
This article explains in detail what is arterial blood pressure. How often
is it checked? What are the methods of measuring it? What are the normal conditions
and what are the dangerous conditions? The rules for measuring blood pressure are
explained in detail.
Keywords:
Blood pressure, tonometer, Mechanical tonometer, automatic (electronic)
tonometer, Phonendoscope.
Arterial bosimni o‘lchash qiyin emas, ayniqsa zamonaviy tonometrlar bilan ish
yanada osonlashadi. Ammo nimadir xato bajarilsa, natija ham shunga yarasha
O
ʻ
ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVES UNIVERSITETI
TIBBIYOT FAKULTETI DAVOLASH ISHI YO'NALISHI
1-kurs 24-19 gurux talabasi Turaqulova Chinnigul Jobir qizi
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
240
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
bo‘ladi.Qon bosimi — tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga
koʻrsatadigan bosimi (tazyiqi); yurak ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli
vujudga keladi. Arteriyalar ichida — arterial, kapillyarlar ichida — kapillyar va venalar
ichida — venoz bosim boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab
oqishiga imkon beradi va shu bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini
taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)- yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak
qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis-qarganda tomirlarga haydaydigan qon
miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon oqimiga koʻrsatadigan
qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni bilan
belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning
yopishqoqligi, bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi
boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga
taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal
darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon otib chiqariladi, bu miqdor qon
birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib ketolmaydi. Shuning
uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi. Arteriya, vena
va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari Qon bosimi
pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda ancha
past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–140 mm simob ustuni (sistolik
bosim) ga va 70–80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls
bosimi deyiladi. Organizmdagi biror-bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan
koʻtarilishi yoki pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishlari orasidagi
pauza (yaʼni diastola) vaqtida kengaygan qon tomirlari (aorta va yirik arteriyalar)ning
devori qisqara boshlaydi va qonni kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin
pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga tushadi (aortada 90 mm simob ustuni,
yirik arteriyalarda 70 mm simob ustuni atrofida boʻladi).
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
241
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi hollarda, ayniqsa,
foydalidir:
– Homilador ayollar.
– Onalar tugʻruqdan oldin va keyin.
– Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari).
– Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar.
– 40 yoshdan oshgan odamlar.
– Semiz odamlar.
– Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi ogʻriydigan,
shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli
venalari bor odamlar.
– Yuqori qon bosimi bor odamlar.
–
Homiladorlikdan
saqlovchi
tabletkalarni
ichayotgan
(yoki
ichishni
rejalashtirayotgan) ayollar.
Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi hisoblanadi.
Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida
qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda
arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari
va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha,
diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab
arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi.
Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud:
1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr).
2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr).
Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki
xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi.
Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi
ekanligini tushuntirish kerak.
Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
242
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak.
Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi.
Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi.
Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshitish lozim.
Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha boshlaganda yuqori va pastdagi
oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi.
Qon bosimini tonometr bilan aniq o’lchash uchun asosiy qoidalar
Qon bosimini o’lchashdan 1 soat oldin bemor chekish, spirtli ichimliklar ichish yoki
kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilishdan bosh tortishi kerak;
Hojatxonaga borish istagi bo’lsa, qon bosimini o’lchamang, chunki to’la siydik pufagi
bosim ko’rsatkichlarini taxminan 10 mm.sim.ust`ga oshiradi.
Qon bosimini tinch sharoitda, xona haroratida o’lchash kerak;
Qon bosimini o’lchash bemorning o’tirgan va bo’shashgan holatida amalga oshiriladi,
bunda o’lchov u bo’shashganindan kamida 5 daqiqadan keyin boshlanadi;
Manjeta taqiladigan qo’l tirsagini taxminan yurak joylashgan darajadagi balandlikka
joylashtirish kerak;
Qo’l albatta butunlay bo’shashgan bo’lishi kerak;
Amaliyot davomida gaplashish va harakat qilish mumkin emas;
Ikki o’lchovlar oralig’ida 3-5 daqiqali pauza qilish kerak, shunda manjeta bilan qisilgan
tomirlardagi qon bosimi normallashadi.
Mexanik tonometr bilan qon bosimini o’lchash
1. Yuqorida keltirilgan dastlabki tayyorgarlikdan so’ng, manjetani yurak darajasida,
tirsakdan 3-5 sm teparoqda qo’lga taqing.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
243
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Agar sizning qurilmangiz qon bosimini bilakda o’lchash uchun mo’ljallangan bo’lsa
ham, u yurak darajasida bo’lishi kerak.
2. Steteskopni qo’lning ichki bukimi markaziga joylashtiring va uni quloqqa taqing.
Bu joyda, manjetadan havoni chiqarish vaqtida pulsni aniq eshitib olish mumkin
bo’ladi.
3. Manjetani 200-220 mm.sim.ust`gacha damlang. Agar qon bosimi yanada yuqoriroq
bo’lishi mumkinligiga shubha tug’ilsa, uni yanada ko’proq damlash kerak bo’ladi;
4. Sekin-asta, sekundiga 2-4 mm tezlikda, tonometrning siferblatiga qaragan holda
havoni chiqara boshlang va stetoskopdagi zarblarni (pulsni) tinglang.
5. Dastlabki zarbni eshitishingiz bilan, asbobning mazkur ko’rsatkichini yodda saqlab
qoling, bu qon bosimning yuqori ko’rsatkichidir (sistolik qon bosimi).
6. Zarblar eshitilishi to’xtatganda, bu qon bosimning pastki ko’rsatkichi bo’ladi
(diastolik qon bosimi).
7. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari
bo’ladi.
Qon bosimini avtomatik (elektron) tonometr bilan o’lchash
1. Manjetani qo’lingizga taqing va uni yurak darajasiga qo’ying.
2. Qon bosimini o’lchashni boshlash uchun shunchaki avtomatik tonometr
tugmachasini bosing.
3. Tonometr natijalarni ko’rsatgunicha kutib turing. U o’zi manjetani havo bilan
to’ldiradi va uni chiqaradi. Siz faqat natijalarni yozib olishingiz kerak.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
244
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
4. O’lchovni 2-3 marta oling. Ularning o’rtacha qiymati qon bosimi ko’rsatkichlari
bo’ladi.
Qon bosimi baland bo‘lishining oldini olish uchun avvalo uning sababini sinchiklab
tekshirib ko‘rish lozim. Mabodo bosim tashqi muhit salbiy ta’sirlari sababli
ko‘tarilayotgan bo‘lsa, bemor tinchlanish choralarini ko’rish, salbiy omilni bartaraf
etishga harakat qilishi kerak.
Taomnomaga servitamin, minerallarga boy bo’lgan va kasallikka qarshi kurashishga
yordam beruvchi mahsulotlardan ko’proq kiritish darkor. Ularga:
Sabzavotlar;
Mevalar;
Rezavorlar;
Ko’katlar;
Sut mahsulotlari;
Parhezbop go’sht;
Loviya;
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
245
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Guruch, grechka kabilar.
Tandirdan uzilgan yangi non o’rniga bir-ikki kun turgan nonni iste’mol qilish foydali.
Qon bosimi yuqori yuradigan bemorlarga osh tuzi iste’molini kamaytirish tavsiya
etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. „Qon bosimi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Q-harfi). Toshkent:
„Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
2. Hamshiralik ishi asoslari. 2015-yil, 174-bet.
3. Hammabop tibbiyot qoʻllanmasi. 2013-yil, 15-bet.
4.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qon_bosimini_o%E2%80%98lchash.
5. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qon_bosimi.
6. https://mymedic.uz/tibbiyot/qon-bosimini-olchash/.
