Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
402
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
NERV SISTEMASI.
Turaqulova Chinnigul Jobir qizi
Xamrayev Rashid Ravshan o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz shahar Farovon massiv, 43B
Annotatsiya
: Ushbu maqolada nerv sistemasi nima.Nerv sistemasining tuzilishi
haqida.Markaziy nerv sistemasidagi psixik jarayonlar qanday kechishi.Nerv
sistemasining funksiyalari.Parasimpatik nerv sistemasi nima ekanligi va somatik nerv
sistemasi haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so'zlar :
Nerv sistemasi, markaziy nerv sistemasi , parasimpatik nerv sistemasi ,
somatik nerv sistemasi , dendrit , akson.
Аннотация
: В этой статье подробно объясняется, что такое нервная система. О
строении нервной системы. Как происходят психические процессы в
центральной нервной системе. Функции нервной системы. Что такое
парасимпатическая нервная система и соматическая нервная система.
Ключевые слова :
Нервная система, центральная нервная система,
парасимпатическая нервная система, соматическая нервная система, дендрит,
аксон.
Annotation :
This article explains in detail what the nervous system is. About the
structure of the nervous system. How mental processes occur in the central nervous
system. Functions of the nervous system. What the parasympathetic nervous system is
and the somatic nervous system.
Keywords :
Nervous system, central nervous system, parasympathetic nervous
system, somatic nervous system, dendrite, axon.
Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi
murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar
strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga
Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqima
— neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).Hayvonlar
organizmining evolyutsiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi
murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
403
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ega.Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan
chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb
ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez
va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi.
Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga
bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi
muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyutsiya jarayonida va
organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida
Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv
sistemasi vujudga keladi.Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan
biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan
taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidir. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib,
skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.Nerv
sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini
taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki
miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish,
nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni
boshqaradi.Nerv sistemasi tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv
qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv
tolalaridan oʻtadi. Nerv sistemasi murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
404
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
(sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin Nerv sistemasi funksiyalari tobora turli-
tuman boʻlib qolgan.Nerv sistemasi refleks yoʻli bilan ishlaydi. Organizmda tashki va
ichki muxit taʼsirotlarini sezadigan retseptorlar bor. Normal sharoitda organizmga
tashqi muhit turli-tuman va doimiy taʼsir kursatishi tufayli retseptorlarda impuls lar
vujudga keladi, bular afferent nerv tolalari orqali markaziy Nerv sistemasiga oʻtadi;
oʻzgartirilgan impulslar esa markaziy Nerv sistemasidan efferent nerv tolalari orkali
ishchi aʼzolar (muskullar, bezlar va hokazo)ga kelib, ularni ishga soladi yoki ishlash
tezligini oʻzgarti-radi. Nerv sistemasining faoliyati qoʻzgʻalish va tormozlanish
jarayonlariga asoslangan.Butun organizm kabi Nerv sistemasida ham moddalar
almashinib turadi. Bu biokimyoviy jarayon natijasida energiya hosil boʻladi. Nerv
tolalari ishlaganda energiyani juda kam sarf qiladi, nervlarning amalda charchamay,
barqaror ishlashiga sabab shu. Nerv hujayralarining tanalarida energiya nisbatan
kuproq sarflanadi va moddalar tezroq almashinadi. Shuning uchun oziq moddalar va
kislorod kamchiligi miyaning kulrang moddasiga kuchli taʼsir koʻrsa-tadi. Nerv
sistemasining faoliyatida bir neyrondan ikkinchi neyronga yoki boshqa hujayraga
impuls utishida fiziologik faol moddalar — mediatorlar muhim rol oʻynaydi.Nerv
sistemasining ishlashida biotoklar (bioelektr potensiallari) muhim ahamiyat kasb etadi.
Ular qoʻzgʻalish jarayonining harakterli belgisi boʻlib, nerv impulslarining utishida
katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasi biotoklarini sezgir asboblar yordamida qayd
qilish Nerv sistemasi fiziologiyasini oʻrganishda asosiy usullardan biridir, baʼzan
odamdagi Nerv sistemasi kasalliklarini aniqlashda ham bu usul qoʻllanadi.
I. P. Pavlov nerv sistemasining tiplari (hayvonlar va odam oliy nerv faoliyatining
individual xususiyatlari) haqidagi tushunchani fiziologiyaga kiritgan. Qoʻzgʻalish va
tormozlanish jarayonlarining kuchi muvozanatlanganligi, harakatchanligi kabi 3 ta
asosiy funksional xossani nazarda tu-tib, Nerv sistemasining odam va hayvonlar uchun
umumiy boʻlgan quyidagi tiplari aniqlangan: 1)juda jonsarak tipda qoʻzgʻalish va
tormozlanish jarayonlari kuchli, ammo muvozanatlashmagan (qoʻzgʻalish
tormozlanishdan ustun) boʻladi; 2) juda serharakat tipda nerv jarayonlari juda kuchli,
muvozanatlashgan va yaxshi harakatchan (tez almashinadigan) buladi; 3) juda yuvosh
tipda nerv jarayonlari kuchli, muvozanatlashgan, lekin harakatchanligi kamroq (sekin
almashinadigan) buladi; 4) nimjon tipda nerv jarayonlari sust, bosh miya poʻstlogʻidan
nerv hujayralarining ish qrbi-liyati past boʻladi. I.P. Pavlov Nerv sistemasining tiplari
bilan odamlarning 4 xil temperamenti (mizoj) oʻrtasida oʻxshashlik borligini anikdadi.
Jonsaraktipxolerik temperamentga, serharakat tip sangvinik tem-peramentga, yuvosh
tip flegmatik temperamentga, nimjon tip melanxolik temperamentga mos keladi.
Markaziy nerv sistemasi - odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv
hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
405
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
sistemasis. umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy)
sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat.
Markazii nerv sistemasis. va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun
sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali
barcha aʼzolar va toʻqimalar bilan bogʻlangan. Markazii nerv sistemasis.ning eng
murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. Markazii nerv
sistemasis.ning asosiy funksiyasi atrof muhit hamda aʼzolar va toʻqimalardagi
oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, qayta ishlash, oʻtkazish va saqlash;
organizmning barcha sistemalari faoliyatini boshqarish, ular oʻrtasidagi bogʻlanishni
amalga oshirish orqali organizmning bir butunligini taʼminlashdan iborat. Evolyusiya
jarayenida umurtqasiz hayvonlarda 2 xil: tarqoq-tugunli (boʻshliqichlilarda) va ancha
murakkab tuzilgan tugunli (halqali chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilarda) Markazii
nerv sistemasis. shakllangan. Umurtqali hayvonlarning embrional rivojlanishida
Markazii nerv sistemasis. dastlab yaxlit nerv nayi koʻrinishida boʻlsa, tuban xordalilar
(mas, lansetnik)da nerv nayi ularning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Yuksak
xordalilarda embrional rivojlanish davrida nerv nayining oldingi qismi yoʻgʻonlashib
bosh miya boʻlimlarini hosil qiladi. Dastlab oldingi, oʻrta va rombsimon boʻlimlar,
keyinroq oldingi miyaning bir kismi — oraliq miya tashkil topadi; rombsimon
boʻlimdan Varoli koʻprigi, miyacha va uzunchoq miya shakllanadi. Sudralib
yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda oldingi miyaning poʻstloq-osti tuzilmalari
(bazal gangliylar, oraliq miya) va bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻi rivojlanadi.
Sut emizuvchilarda katta yarimsharlar poʻstlogʻi bosh miyaning eng yirik kismini
tashkil etadi. Bosh miya ham orqa miya singari oraliq va harakatlantiruvchi
neyronlardan iborat. Sezuvchi neironlar tanasi esa Markazii nerv sistemasis. dan
tashqarida gangliylarda joylashgan. Filogenez jarayenida oraliq neyronlarning
miqdoriy nisbati ortadi. Yuksak primatlarda ular barcha neyronlarning 99,95% ini
tashkil etadi. Markazii nerv sistemasis.da neyrogliya hujayralari ham boʻladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
406
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
(1) Miya (2) Markaziy nerv sistemasi (3) Orqa miya
Markazii nerv sistemasisining funksiyasi reflekslar orqali amalga oshadi. Barcha
psixik jarayonlar (oʻrganish, eslash, tafakkur, nutq va boshqalar) shartli reflekslar bilan
bogʻliq. Har qanday refleksning moddiy asosini refleks yoyi tashkil etadi. Muayyan
taʼsirlovchiga iqtisoslashgan retseptorlar boʻlishi, nerv impulyelarini bir yoʻnalishda
oʻtkazish, neironlar oʻrtasida sinaptik bogʻlanish (qarang Sinapslar), ishchi organda
funksional javobning vujudga kelishi reflektor yoyi uchun xos boʻlgan xususiyatlar
hisoblanadi. Reflektor yoyining markaziy qismi keladigan va chiqadigan im-pulyelarni
nazorat qilish sistemasiga ega. Sut emizuvchilarning Markazii nerv sistemasis.da eng
sodda reflektor yoyi monoseptik yey hisoblanadi. Odatda umurtqali hayvonlar
Markazii nerv sistemasis.dagi reflektor yoylari miya boʻlimlaridan ham tashqariga
chiqadigan nerv hujayralarining murakkab tutashuvidan iborat. Miya reflektorining
oʻzaro integratsiyalanishi (muvofiklashuvi) tufayli Markazii nerv sistemasis. bir butun,
izchil sistemada namoyon boʻladi. Integrativ sistemalar taxminan bir xildagi
funksional elementlardan iborat boʻladi. Ularning elementlari son jihatdan cheklangan
nerv jarayonlari (postsinaptik potensiallarni kuzatuvchi va tormozlovchi, javob
beruvchi potensiallar) orqali oʻzaro bogʻlangan. Nisbatan sodda tuzilgan integrativ
sistemaga misol qilib orqa miya refleksini koʻrsatish mumkin. Neyronal programmali
integrativ sistema ham mavjud. Bu sistema tashki va ichki afferent signallarga javob
tariqasida ketma-ket sodir boʻladigan va oʻzaro qatʼiy muvofikdashgan reflekslarni
ishga soladi. Bu reflekslar tufayli nafas olish, harakatlanish, yutinish kabi murakkab
jarayonlar amalga oshadi. Miya dastasi integrativ sistemasi oldingi miyaga oʻtadigan
ax-borot hamda orqa miya motoneyronlariga chiqadigan signallar oqimi orqali
boshqarib turiladi. Emotsional reaksiyalar asosini ham Markazii nerv sistemasis.ning
bir qancha integrativ sistemalari tashkil etadi. Miya dastasi neyronlarining maxsus
guruhi neyromediatorlar (monoaminlar, peptidlar, aminokislotalar va boshqalar) ishlab
chiqaradi. Bu neyromediatorlar aksonlari Markazii nerv sistemasis.ning funksional
ixtisoslashgan maxsus qismiga boradi. Neyromediatorlar nerv funksiyasini
faollashtiruvchi yoki tormozlovchi neyromo-dullashtiruvchi sistemalar qatoriga kiradi.
Organizmning tetikligini saqlab, kishi tabiatini va tush koʻrishini boshqarib turuvchi
noradrenergik sistema; emotsional reaksiyalar, murakkab harakatlar, tetiklik,
huzurhalovatni sezishni boshqaruvchi dofaminergik sistema; termoregulyasiya, sezgi,
uyquga ketishni boshqaruvchi seratoninergik sistema ham neyromodullashtiruvchi
sistemaga kiradi. Neyromodul va integrativ sistemalarning oʻzaro taʼsiri tufayli
Markazii nerv sistemasis.ning murakkab fiziologik jarayonlarni boshqarish imkoniyati
oshadi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
407
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Orqa miya ikki xil: reflektor va o'tkazuvchilik fimksiyasini bajaradi. Orqa miyaning
reflektor funksiyasi. Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan
iborat. Refleks - bu tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning javob reaksiyasidir.
Refleks markaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam
organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi. Masalan, og'riqni
sezish, qo'l va oyoqlarning harakati, nafas olish va chiqarish, ko'zni yumish va ochish
kabilar.
Refleks yoyi. Har bir refleksning rejleks yoyi bo'lib, u quyidagi qismJardan iborat: 1)
retseptor - to'qima va organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul
qilib qo'zg'aladi; 2) sezuvchi nerv tolasi - reseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan
impulsni nerv markaziga yetkazadi; 3) nerv markazi miyada joylashgan sezuvchi,
oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat; 4) harakatlantiruvchi nerv
tolasi - nerv markazidagi qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi; 5) ishchi a'zo -
muskul, bez, qon tomirlari, ichki organlar va hokazo.
Orqa miya reOekslari. Bosh miyasi olib tashlangan baqani keyingi oyoq panjasiga
kislota yoki biron mexanik qitiqlagich ta'sir ettirilganda baqa ta'sirga javoban o'sha
oyog'ini tortib oladi. Agar baqaning panjasi qattiqroq qisib olinsa, u nafaqat ta'sir
etilgan oyog'ini, balki ikkinchisini ham tortib oladi. Chunki qattiq ta'sir ko'rsatilganda
qo'zg'alish ta'sir benlgan to'qimaning nerv markazidan tashqari, uning atrofidagi
boshqa markazlarga ham tarqaladi. Odamda orqa miyaning harakatlantiruvchi
refleksini quyidagi tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi odam
stulda oyoqlarini chalishtirib o'tiradi. Uning yuqorida turgan oyog'ining tizza payiga
maxsus rezina bolg'acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko'tariladi. Bu
tizzaning harakat refleksini ko'rsatadi.Tizza refleksi hosil bo'lishida quyidagi retleks
yoyi ishtirok etadi. Tizza payiga bolg'acha bilan urilganda uning muskulida joylashgan
retseptor qo'zg'aladi. Retseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impuls sezuvchi nerv
tolasi orqali orqa miyaning sezuvchi nerv hujayralariga borib, uni qo'zg'atadi. Uning
qo'zg'alishioraliq nerv hujayrasiga o'tib, undan harakatlantiruvchi nerv hujayrasini
qo'zg'atadi. Bu hujayradan impuls harakatlantiruvchi nerv tolasi orqali tizza muskulini
qisqartirib, oyoqni harakatga keltiradi. Shunday qilib, tizza ret1eksi quyidagi ret1eks
yoyi bo'yicha hosil bo'ladi: retseptor sezuvchi nerv tolasi - sezuvchi nerv hujayrasi,
oraliq nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv tolasi,
muskul. Binobarin, refleks hosil bo'lishi uchun refleks yoyining barcha qismlari butun
va sog'lom bo'lishi kerak. Ularning birortasi shikastlansa, refleks hosil bo'lmaydi.Orqa
miyaning o'tkazuvchilik funksiyasi. Tananing turli joylaridagi retseptorlardan sezuvchi
nerv tolalari orqali orqa miya nerv markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida
joylashgan o'tkazuvchi nerv yo'llari orqali bosh miyaning nerv markazlariga
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
408
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
o'tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo'lgan qo'zg'alish pastga tushuvchi
o'tkazuvchi nerv yo'llari orqali orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga
keladi va undan ishchi a'zolarga o'tkaziladi. Shunday qilib, bosh miya bilan orqa
miyaning o'tkazuvchi yo'llari orqali barcha to'qima va organning sezish hamda
harakatlanish funksiyasi boshqariladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqoriga ko'tariluvchi va pastga tushuvchi,
o'tkazuvchi nerv yo'llari bosh miyaning pastki qismlarida kesishadi. Bosh miyaning
o'ng yarim sharlardagi nerv markazlaridan kelayotgan nerv tolalari chap tomonga, chap
yarim sharniki esa o'ng tomonga o'tadi. Buning natijasida o'ng yarim shar tananing
chap tomonidagi to'qima va hujayralar funksiyasini boshqaradi, chap yarim shar esa
o'ng tomonidagi to'qima va organlar funksiyasini boshqaradi.Orqa miya turli
segmentlarining funksiyasi. Orqa miyaning har qaysi segmentida joylashgan nerv
markazlari (nerv hujayralari to'plami) tananing turli sohalaridagi to'qima va
organlarning sezuvchanligini hamda harakatini ta'minlaydi.
Orqa miyaning bo'yin segmentida joylashgan nerv markazlari tananing bosh sohasidan
to ko'krakning 5- qovurg'asigacha, qo'lning tashqi yuzasi, kaft va barmoqlarning terisi
hamda muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini ta'minlaydi;
- orqa miyaning ko'krak segmentida joylashgan nerv markazlari ko'krak qafasining 5-
qovurg'a sohasidan boshlab, to qovuqqa qadar va qo'ining ichki yuzasi teri va
muskullarini hamda shu sohada joylashgan ichki a 'zolarning sezish va harakatlanish
funksiyasini ta'minlaydi;
- orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv. markazlari tananing qovuq sohasidan
bosh lab, to oyoqlarning oldingi yuzasi va oyoq bannoqlarigacha bo'lgan to'qima va
organlarning sezish va harakatlanish funksiyasini boshqaradi;
- orqa miyaning qaysi bir segmentida joylashgan nerv hujayralari va ularning nerv
tolalari shikastlansa yoki kasallansa, o'sha joydagi nerv markazlaridan ta'minlanadigan
to'qima va organlarning sezish va harakatlanish funksiyasi yo'qoladi, shu to'qima yoki
muskul falajlanib qoladi.Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Bosh miya tabiat
yaratgan ajoyib mo'jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati,
ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki
muhit ta'sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va
a'zolari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning
aloqasini ta'minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi.Bosh miyaning tuzilishi va
funksiyasi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo'lib, og'irligi katta odamda
1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi
odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.Odamning aqliy faoliyati bosh miya
yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
409
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, odam aqliy
faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga
bog'liq.Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya
yarim sharlari. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliev ko'prigi (miya
ko'prigi), o'rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi.Uzunchoq miya bosh miyaning
eng pastki qismi bo'lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko'prigiga
tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq miyaning
tashqi qismi oq rangda bo'lib, unda nerv tolalari joylashgan, ichki qismi kulrang
moddadan iborat bo'lib, undanerv hujayralari bo'ladi.Uzunchoq miya reflektor va
o'tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektorlik funksiyasi shundan iboratki, unda
nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Binobarin,uzunchoq
miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to'xtab qolishiga sabab
bo'ladi. Bundan tashqari, uzunchoq miyadagi nerv markazlarida ko'zni ochib-yumish,
ko'z yoshi, aksa urish, yo'talish, oshqozon-ichakda shira ajralishi kabi funksiyalarni
ta'minlaydigan reflekslarning markazlari joylashgan.
Uzunchoq miyaning o'tkazuvchanlik funksiyasi shundan iboratki, u orqa miyadan
kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv
markazlariga va ulardagi qo'zg'alish impulsini orqa miyaga o'tkazadi. Uzunchoq
miyaning shikastlanishi uning o'tkazuvchanlik funksiyasi buzilishiga, ya'ni orqa va
bosh miya o'rtasidagi aloqa uzilishiga olib keladi.Miya ko'prigi uzunchoq miyaning
ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o'rta miya, yon tomondan miyacha bilan
tutashib turadi. Miya ko'prigining tashqi qismi kulrang moddadan iborat bo'lib, nerv
hujayralaridan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo'lib, unda nerv tolalari
joylashgan. Miya ko'prigida uchlik, ko'z soqqasini va yuz muskullarini
harakatlantiruvchi nervlaming markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko'prigi
reflektor funksiyani bajaradi. Bundan tashqari, xuddi uzunchoq miyaga o'xshab, miya
ko'prigi o'tkazuvchilik funksiyasini ham bajaradi, ya`ni u orqali orqa, uzunchoq miya
nerv impulslaribosh miyaning yuqori qismidagi nerv markazlariga o'tkaziladi. Bu
markazlardagi qo'zg'alish impulslari miya ko'prigi orqali uzunchoq va orqa miyaga
o'tkaziladi.O'rta miya Varoliy ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda to'rt
tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalarining suv yo'li bo'ladi. To'rt tepalikning
oldingi 2 tasida po'stloq osti ko'rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloq osti
eshitish markazlari joylashgan.O'rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv
markazi ovqatni chaynash va yutish reflekslarini, qo'l barmoqlarining nozik
harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil tana muskullartarangligini ta'minlaydi. O'rta
miyada ko'z soqqasini harakatlantiruvchi va bloksimon nerv markazlari
joylashgan.O'rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko'rsa¬tilgan
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
410
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko'rish, eshitish, ko'z soqqasini
harakatlantirish qobiliyati yo'qoladi. O'rta miyadagi qizil tana shikastlansa, tana
muskullarining tarangligi ortadi, uning harakatlari qiyinlashadi.Oraliq miya o'rta
miyaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, bosh miya yarim sharlari bilan qoplanib
turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko'rish do'mboqlari (talamus), do'mboq osti
soha (gi potalamus) kiradi.Ko'rish do 'mbog 'i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang
modda, ya'ni nerv hujayralari to'plamidan iborat. U po'stloq osti sezgi markazi
hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a'zolari orqali qabul qilingan barcha tashqi va ichki
ta'sir (ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, taktil, og'riq, issiq, sovuq va hokazolar)
oldin ko'rish do'mbog'i orqali qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi
sezgi markazlariga o'tkaziladi.Do'mboq osti sohasi (Gipotalamus) ko'rish
do'mbog'ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to'plamidan iborat.
Gipotalamusdavegetativ nerv sistemasining markazi joylashgan bo'lib, u orqali ichki
a'zolar funksiyasi, moddalar almashinuvi, tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi,
och qolish va to'yish, uyqu, hayajonlanish, kayfiyatning o'zgarishi kabilar
boshqariladi.Gipofiz bezi ham gipotalamus ohasidajoylashgan. Gipotalamusning nerv
hujayralaridan maxsus neyrogormonlar ajralib, ular gipofiz ishining boshqarilishiga
ta'sir ko'rsatadi (bu haqda ichki sekretsiya bezlari mavzusida aytilgan).
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, oraliq miyaning tarkibiy qismi bo'lgan talamus va
gipotalamus odam hayotida muhim fiziologik jarayonlaming boshqarilishida ishtirok
etadi. Bu nerv markazlari shikastlansa yoki kasallansa, tashqi va ichki ta'simi sezish,
ya'ni og'riq, issiq, sovuqni sezish, ko'rish, eshitish qobiliyati pasayadi. Moddalar
almashinuvi buzilishi natijasida semirish yoki ozish, qandsiz diabet kasalligi va
odamning kayfiyati buzilishi kabi noxush holatlar sodir bo'ladi.Miyacha bosh miya
yarim sharlari ensa bo'lagining ostida joylashgan, massasi 150 g. U ning ikkita yarim
sharlari va ular o'rtasida chuvalchangsimon qismi bor (6- rasm). Miyacha tashqi
tomondan kulrang modda bilan qoplangan bo'lib, u kichik egat va pushtalarga
bo'lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to'plamidan tashkil topgan. Miyachaning
ichki qismida oq modda joylashgari bo'lib, u nerv tolalaridan iborat.Yuqoridagilardan
ko'rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh miya yarim sharlariga o'xshash
bo'ladi. U uch juft: yuqorigi, o'rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya,
uzunchoqmiya, miya ko'prigi, o'rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog'lanadi
(7- rasm). Miyacha oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam
ravishda impuls olib turadi. U odam tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va
harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi. Agar miyacha
shikastIansa yoki kasallansa, tana muskullari bo'shashadi va odam tik turish, yurish,
sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o'xshab
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
411
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
gandiraklab harakat qiladi.Po'stloq osti Derv markazlari. Bosh miya yarim sharlari oq
moddasining orasida, oraliq miyaning ustki qismida kulrang modda to'plami bo'lib, u
ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ'l tana.Oqimtir yadro tana muskullari
tarangligini va harakatini bl shqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o'zidan pastida
joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqarad Oqimtir yadro zararlansa, tana
muskullarining tarangligi ortib qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz
musklla"ininj tarangligi ortib, go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'n, odamning
har xii emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo'lmaydi.Targ'il tana oqimtir
yadro ishini boshqaradi. Targ'iI tana kasallansa oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi
va tana mus¬kullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi. Bu nerv
sistemasining revmatizm kasalligida sodir bo'ladi. Bu kasallik xoreya deb atalib, u
ko'proq bolalarda uchraydi. Bunda bemorning qo'l-oyog'i vaqt-vaqti bilan o'z-o'zidan
ixtiyorsiz silkinib qimirlaydi, ko'zi ixtiyorsiz yumilib¬ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz
chiqaradi. Odam qo'li qaltiragani uchun xat yozishi buziladi. Ba'zi tushunmagan ota-
onalar, hatto o'qituvchilar bunday kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz
harakatlar uning ixtiyoriga bog'liq emas. O'z vaqtida shifokorga murojaat qilib
davolansa, bemor tez orada tuzaladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
412
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Parasimpatik nerv sistemasi — vegetativ nerv sistemasining bir qismi. Parasimpatik
nerv sistemasi. Oʻzi innervatsiya qiladigan aʼzolarga xilma-xil, koʻpincha, simpatik
nerv sistemasi taʼsiriga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi. Parasimpatik nerv sistemasi
simpatik nerv sistemasi bilan birga barcha ichki organlar va bezlar faoliyatini
boshqarishda qatnashadi.
Vegetativ nerv sistemasi: Simpatik nerv sistemasi (qizil) va Parasimpatik nerv
sistemasi (ko'k).
Somatik nerv sistemasi - odam va hayvonlar nerv sistemasining bir qismi. Tana
muskullarini, teri va boʻgʻimlarni innervatsiyalakdi; organizmning sensor va motor
funksiyalarini taʼminlaydi. Umurtqali qayvonlarda skelet koʻndalang targʻil muskullari
Somatik nerv sistemasi s. x,isoblanadi. Ularni orqa miya old shoxlarining
motoneyronlari va bosh miya ustuni qismining baʼzi motor yadrolari innervatsiya
qiladi. Bu motoneyronlar harakatining uygʻunligi toʻgʻridantoʻgʻri yoxud muskul,
paylardan axborot oladigan neyronlar, shuningdek, bosh miyaning turli qismlaridagi
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
413
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
markazlar va boshqa sensor yoki sezuvchi motoneyronlardan keluvchi
internyoyronlarning sinaptik taʼsiri vositasida yuzaga keladi. Nerv sistemasining
somatik va visseral, yaʼni ichki nerv sistemasiga ajratilishi (k,. Vegetativ nerv
sistemasi) shartlidir.
Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh
miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning
tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv
faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatini "psixik faoliyat"
bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning
hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi oliy nerv faoliyati
elementlaridandir. Oliy nerv faoliyati. toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri —
Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan
asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabiati toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan.
Yuqori darajada tashkil topgan hayvonlar oliy nerv faoliyati asosida markaziy nerv
sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va
odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli
reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan,
poʻstloq osti nerv hosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining
shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatidagi roli shundaki, mazkur
reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va
shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatidagi ahamiyati hayvonot olamining tarixiy
rivojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan
hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyati asosan, hayvonlar bilan odamda
umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar
yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal
sistemaning shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv
faoliyatining asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish davrlarida esa odamning Oliy
nerv faoliyati maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy
shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi.
Pavlov Oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli
reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining
qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi; 3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli
reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin
kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5)
nerv jarayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tarqalishi va konsentratsiyalanishi
natijasida uning ayrim qismlari oʻrtasida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli
reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
414
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro munosabatni taʼminlaydigan nerv
jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induksiyasi.Oliy nerv faoliyatida markaziy hodisa
shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi
muqim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv
faoliyatining asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina
ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazariyasini
ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion
jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.
Nerv sistemasining funksiyasi ikki qismga bo'lib o'rganiladi. Nerv sistemasining
birinchi funksiyasi odam organizmining barcha hujayra, to'qima, organlari va
sistemalarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan o'zaro
bog'lanishini ta'minlashdan iborat.I. P. Pavlov nerv sistemasining bu funksiyasini uning
quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida
(uzunchoq, o'rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan nerv markazlari bajaradi. Nerv
sistemasining ikkinchi funksiyasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va
atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishini,muomalasini, tashqi muhit sharoitiga
moslashllvini ta'minlaydi. Tashqi mllhit ta'sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan
munosabati natijasida odamda paydo bo'lgan fikrlash, fikni bayon etish, bilim olish,
hunar o'rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham nerv
sistemasining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi.Pavlov nerv sistemasining bu
funksiyasini oliy nerv jaoliyati deb atagan. Nerv sistemasining bu funksiyasini uning
yuqori qismida (bosh miya yarim sharlari va uning po'stloq qismida) joylashgan nerv
markazlari bajaradi.Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy nerv
sistemasi.Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi,
harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqa¬digan 12 juft nervlva hamda
umurtqa pog'onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi.
Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (1 - rasm). Markaziy nerv
sistemasining segmentar, ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki
qismlari, ya'ni uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o'rta va oraliq miya hamda miyacha
kiradi. Markaziy nerv sistemasining yuqori, ya'ni segment usti qismiga bosh miya
yarim shar¬lari va ularning po'stloq qismi kiradi.Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv
sistemasi ikki qismga bo'linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv
sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish,
ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.Orqa miya. Orqa
miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi
katta odamda 40-45 sm, massasi 30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
415
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, lekin
ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi. Orqa miya uch qavat
parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki
qavati yumshoq parda bo'ladi. O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi.
Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va bosh
miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-2- Bel
umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi,
ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining dum
qismida tugaydi.Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin
qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum qismida bo'ladi.
Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq odda, ichki
qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda kapalak yoki
H harfiga o'xshash bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan.Orqa miyaning oq
moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi
nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi.
nervva tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga o'tkazish
funksiyasini bajaradi.Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, va bir juft orqa
bir juft shoxlari bo'ladi.
Nerv sistemasining umimiy ko`rinishi.
1 - Bosh miya, 2 - orqa miya,
3-Orqa miyadan chiqqan nerv tolalari.
Vegetativ nerv sistemasi (lotincha: vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) —
odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; Vegetativ nerv sistemasi
ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi
ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi animal
(skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari
poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta fransuz
vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini
ilmiy jihatdan asoslab bergan. Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) V.n.s.ni "avtonom nerv
sistemasi" deb atadi, chunki Vegetativ nerv sistemasi ning faoliyati ong bilan
boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi deb ham
yuritiladi.V.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
416
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
(yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar
trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl
bilan idora etadi. V.n.s. joylanishi va faoliyatiga koʻra animal nerv sistemasidan
birmuncha farq qiladi. Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet)
muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan
taʼminlaydi. Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha
segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining
maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va
uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza
sohasidan, ikkinchi — toʻrtinchi dumgʻaza umurtqalari oraligʻidan) tarqaladi. Animal
nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi aʼzolarga boradi. Vegetativ nervlar
miya sohasidan chiqqandan soʻng yoʻl-yoʻlakay vegetativ tugunlarda toʻxtab, keyin
ishchi aʼzolarga tarqaladi. Bundan tashqari, tugundan oldingi tolalarning har biri
tugundan keyingi bir qancha tolalarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Animal nervlar miyelin
(yogʻ) pardaga oʻralgan va yoʻgʻonroq, vegetativ nervlar esa miyelinsiz va ingichka
boʻladi. Vegetativ nervlar asosan animal nervlar tarkibida, qon tomirlar devorida
chigallar hosil qilib tarqaladi. Vegetativ nervlarning har biri ham sezuvchi, ham
harakatlanuvchi tolalar vazifasini bajaradi. Ularda impuls (taʼsir)lar sekundiga 10 m
tezlikka yetadi. Somatik nervlar tarkibidagi tolalar (sezuvchi va harakatlanuvchi) esa
alohida, miyelin pardali boʻlgani uchun ularda impuls sekundiga 100 m tezlikka
yetadi.V.n.s. faoliyatiga koʻra simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga ajratiladi.
Simpatik nerv sistemasi adrenalinga oʻxshaydigan simpatii, parasimpatik nerv
sistemasi esa atsetilxolin vositasi taʼsirida qoʻzgʻaladi. Bu moddalar qonga va limfa
suyukligiga shimilib, ular orkali nervlar qoʻzgʻaladi. Markaziy nerv sistemasi tashqi va
ichki muhit taʼsirlariga V.n.s. orqali javob beradi va organizmni doim oʻzgarib
turadigan muhitga moslashtiradi. Odatda simpatik nervlar funksiyasi jihatidan
parasimpatik nervlarga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi. Simpatik nervlar koʻz
qorachigʻini kengaytiradi, soʻlak va b. ajralishini kamaytiradi, yurak qisqarishini
kuchaytiradi, meʼda va ichak harakati (peristaltika)ni susaytirib, ularning shira
chiqarish faoliyatini pasaytiradi, oʻpka, bronxlarni kengaytiradi. Parasimpatik nervlar
esa aksincha koʻz qorachigʻini siqib toraytiradi, sulak bezlari ishini kuchaytiradi, yurak
faoliyatini pasaytiradi, ichak harakatini tezlashtiradi, oʻpka, bronxlarni toraytiradi.
V.n.s. somatik nerv sistemasi bilan bir butun hamjihat boʻlib ishlaydi, uni markaziy
nerv sistemasining oliy boʻlimlari, asosan bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi
nazorat qilib turadi. Mas., organizmga sovuq taʼsir qilganda simpatik nervlar
qoʻzgʻalib, qon tomirlar torayadi. Gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez faoliyati
kuchayadi, natijada bir talay adrenalin ajralib, organizmda issiqlik saqlanishini
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
417
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
taʼminlaydi. Aksincha, organizmda issiqlik koʻpayishi tufayli parasimpatik nervlar
qoʻzgʻaladi. Vegetativ nerv sistemasi ning faoliyati turli kasalliklar davrida,
obhavoning oʻzgarishi, tashqi va ichki taʼsirlar orqali oʻzgaradi.
Xulosa o'rnida Eric Kandelning ishlari nerv tizimi va xotira o‘rganishida inqilobiy
ahamiyatga egaligini ko'rsatib o'tishim mumkin. Uning tadqiqotlari molekulyar
nevrologiya va xotira shakllanishining fiziologik mexanizmlarini tushunishda katta
yutuqlarga olib keldi. Mana, Eric Kandel haqida qisqacha ma'lumot va uning
ishlari:Eric Kandel 2000-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Uning kashfiyotlari
asosan xotira shakllanishi va o‘rganish jarayonini molekulyar darajada tushuntirishga
qaratilgan. Uning eng mashhur tadqiqoti Aplysia (yumaloq orqa suyakli molyuskalar)
modeli yordamida o‘tkazilgan. Kandel Aplysia mollyuskasining nerv tizimini o‘rganib,
uning o‘rganish va xotira shakllanishidagi mexanizmlarini tushunishga muvaffaq
bo‘ldi. Aplysia, katta va oson kuzatiladigan nerv hujayralari tufayli, o‘rganish va xotira
shakllanishi jarayonlarini o‘rganishda ideal model bo‘ldi.Kandelning eng muhim
kashfiyoti shundaki, xotira va o‘rganish sinapslarda, ya'ni nerv hujayralari o‘rtasidagi
aloqa nuqtalarida amalga oshadi. U, sinaptik plastisitеtni (ya'ni sinapslarning o‘zgarish
qobiliyatini) va uzun muddatli potentiatsiya (LTP) kabi jarayonlarni o‘rgandi. Bu
jarayonlar nerv tizimida xotira saqlanishi va o‘rganishning asosiy mexanizmlari
sifatida qaraladi.Kandel o‘z ishlarida sinapslarning kuchayishi va zaiflashishi
molekulyar darajada qanday ro‘y berishini tushuntirdi. U cAMP (adenozin monofosfat
tsiklik) va PKA (proteinkinaza A) kabi molekulalarning roli haqida ko‘plab
ma'lumotlarni kashf etdi. Bu molekulalar xotira va o‘rganishning molekulyar asoslarini
tashkil etadi.
Eric Kandelning Ma'lumotlari:
1. "The Age of Insight" (2012) – Bu kitobda u xotira, his-tuyg‘ular va san'atga oid ilmiy
yondoshuvlarni bayon qiladi.
2. "In Search of Memory: The Emergence of a New Science of Mind" (2006) – Bu
uning xotira va o‘rganish jarayonlaridagi ilmiy tadqiqotlarini o‘z ichiga olgan kitobi
bo‘lib, unda o‘zining ilmiy yutuqlarini va kashfiyotlarini yoritadi.
Kandelning Asosiy Yutuqlari.Xotira shakllanishi va uzluksiz o‘rganish mexanizmlari
haqida yangi tushunchalar yaratdi.
Nerv tizimidagi sinapslarning uzluksiz o‘zgarishi (plastisitеt) va uzun muddatli
potentiatsiya (LTP) kabi jarayonlarni kashf etdi.
Molekulyar darajada o‘rganish va xotira shakllanishi qanday ro‘y berishini ko‘rsatadi.
Kandelning ishlari Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganidan so‘ng, ilmiy dunyoda keng
tarqaldi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
418
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.Ahmedov N., Sodiqova N., Normal anatomiya, normal fiziologiya, T., 2003.
2.Ahmedov, Nosir Ahmedov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
3.Nazarov, R. (2009). *Fiziologiya asoslari*. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.
4.Tursunov, A. A. (2015). *Odam anatomiyasi va fiziologiyasi*. Toshkent: Tibbiyot
fanlari akademiyasi.
5.Guyton, A. C., & Hall, J. E. (2006). *Textbook of Medical Physiology*. 11th ed.
Elsevier Saunders.
6.Turaqulov Yo.X. “Hozirgi zamon biologiyasi va irsiyat masalalari” T. Fan 1969 yil.
7.Qodirov UZ “Odam fiziologiyasi” Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti T.
1996 yil.
8.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
9.Kandel, E. (2006). In Search of Memory: The Emergence of a New Science of Mind.
W.W. Norton & Company.
10.Kandel, E. (2000). Nobel Prize in Physiology or Medicine for work on memory.
