Особенности национального менталитета и социокультурные факторы, его формирующие

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Маманов, Д. (2024). Особенности национального менталитета и социокультурные факторы, его формирующие. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 79–84. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30062
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены социокультурные факторы, играющие важную роль в развитии и развитии общества, а также в развитии личности, формирующие национальный менталитет, отражающий национальные особенности нации, механизм влияния. Из этих факторов, влияющих на национальный менталитет узбека, философски анализируются национальные особенности его менталитета. Кроме того, в статье автор выделяет географические условия из факторов, формирующих национальный менталитет.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

79

UO‘K: 575.1

MILLIY MENTALITETNING XUSUSIYATLARI VA UNI

SHAKLLANTIRUVCHI IJTIMOIY-MADANIY OMILLAR

Mamanov Jamoliddin Abduraximovich,

Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori

e-mail: jamolmamonov89@gmail.com ORCID: 0009-0009-6842-2158

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jamiyat hayoti va taraqqiyotida, shuningdek, shaxs kamolotida muhim

rolga ega bo‘lgan, millatning milliy xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan milliy mentalitetni shakllantiruvchi ijtimoiy-

madaniy omillar, ushbu omillarning milliy mentalitetga ta’sir etish mexanizmi, o‘zbek milliy mentalitetining

o‘ziga xos tomonlari falsafiy tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada mentalitetni shakllantiruvchi omillardan

geografik shart-sharoitlarga ham alohida urg‘u beriladi.

Kalit so‘zlar:

Mentalitet, milliy mentalitet, identiklik, ijtimoiy xarakter, Sharq mentaliteti, G‘arb mentaliteti,

o‘zbek mentaliteti, ijtimoiy omillar, geografik shart-sharoit, iqlim.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

80

KIRISH

Bugungi kunda «mentalitet» tushunchasi

atrofida bo‘layotgan bahs-munozaralar tobora

qizib borayotganligiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu bir

tomondan «mentalitet» tushunchasining o‘ta serqirraligi,

murakkabligi bilan, ikkinchi tomondan esa har bir xalq,

millat taraqqiyotida mazkur xalq, millat mentaliteti beqiyos

muhim o‘rin tutishini anglash yuz bera boshlaganligi bilan

izohlashimiz mumkin.

Darhaqiqat, mentalitet o‘zi nima, degan savolga ham

hammani birdek qanoatlantirarli javob topilgani yo‘q,

ya’ni mentalitet tushunchasining omma tomonidan tan

olingan ta’rifini hech kim taqdim eta olmagan.

Taraqqiyot yo‘liga kirgan yoki kirishga

urinayotgan – rivojlanayotgan xalqlar, millatlar esa

mentalitetga o‘z taraqqiyot yo‘llarini belgilashda

hal qiluvchi omil sifatida qaramoqdalar.

MATERIAL VA METOD

«Mentalitet» atamasi garchi nisbatan ancha

keyin – XX asr boshlarida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham,

mohiyatan unga o‘xshash tushunchalar haqida antik

davr faylasuflari tomonidan ba’zi fikrlar bildirilgan.

Masalan, Aristotel turli xalqlar fe’l-atvoridagi o‘ziga

xoslik ularning ijtimoiy-siyosiy tuzumiga bog‘liqdir,

degan qarashlarni bayon qilgan. Fransuz faylasufi

Sh.Monteskiy (XVIII asr) Sharq va Gʻarb xalqlari fe’l-

atvoridagi o‘ziga xoslikni ular yashab turgan iqlimga

bog‘lab talqin etadi va «issiq iqlimli mamlakatlarning

xalqlari qariyalardek jur’atsiz, sovuq mamlakatlar xalqlari

esa yoshlar kabi dadil bo‘ladilar», degan fikrlarni bildiradi

[1]. Xususan, Sh.Monteskiy o‘zining «Fors nomalari»

asarida Sharq va Gʻarb mintaqalaridagi hayot tarzini

tasvirlab quyidagicha yozadi: «Balki ishonmassan:

kelganimga bir oy bo‘lgan bo‘lsa-da, biron kishining

bamaylixotir yurganini uchratmadim. Dunyoda hech kim

fransuzlardek oyoqlaridan yaxshi foydalana olmaydilar:

ular yuguradilar, uchadilar. Osiyoning sekin ulovlarini,

tuyalarimizning bir maromda yurishini ko‘rsalar,

o‘zlaridan ketib qolishlari mumkin. Men bo‘lsam,

bunaqangi yurishga o‘rganmaganman, ko‘chada

qadamimni o‘zgartirmayman. Shu boisdan, ba’zan

nasroniy yanglig‘ g‘azabim toshadi: negaki, boshdan

oyog‘imgacha loy sachratishlariga har holda chidasa

bo‘ladi, lekin muntazam tirsaklari bilan turtib o‘tishlariga

aslo toqat qilolmayman. Meni quvib yetayotgan o‘tkinchi

ОСОБЕННОСТИ НАЦИОНАЛЬНОГО МЕНТАЛИТЕТА И

СОЦИОКУЛЬТУРНЫЕ ФАКТОРЫ, ЕГО ФОРМИРУЮЩИЕ

Аннотация:

В данной статье рассмотрены социокультурные факторы, играющие важную

роль в развитии и развитии общества, а также в развитии личности, формирующие национальный

менталитет, отражающий национальные особенности нации, механизм влияния Из этих факторов,

влияющих на национальный менталитет узбека, философски анализируются национальные

особенности его менталитета. Кроме того, в статье автор выделяет географические условия

из факторов, формирующих национальный менталитет.

Ключевые слова:

Менталитет, национальный менталитет, идентичность, восточный

менталитет, западный менталитет, узбекский менталитет, социальные факторы,

географические условия, климат.

FEATURES OF NATIONAL MENTALITY AND

SOCIO-CULTURAL FACTORS THAT SHAPE IT

Abstract:

In this article, socio-cultural factors that play an important role in the development and

development of society, as well as in the development of the individual, forming the national mentality that

reflects the national characteristics of the nation, the mechanism of influence of these factors on the national

mentality, the Uzbek national specific aspects of his mentality are philosophically analyzed. In addition, in

the article, the author focuses on geographical conditions from the factors that form the national mentality.

Key words:

Mentality, national mentality, identity, Eastern mentality, Western mentality, Uzbek mentality,

social factors, geographical conditions, climate.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

81

turtib, gavdamni burib quyadi, boshqasi esa yuzma-yuz

kelayotib, avvalgi holimga keltiradi; yuz qadam ham

yurmasdan, o‘n chaqirim bosgan odamdek holdan

toyganligimni his qilaman» [2].

Monteskiy fransuzlar misolida Gʻarb xalqlarining

qiziqqonligini, jo‘shqinligini, o‘z oldiga qo‘ygan

maqsadi yo‘lida shijoat bilan harakat qilishini, eronliklar

misolida Sharq xalqlarining sustkashligini, jur’atsizligini

ko‘rsatishga harakat qilgan. Lekin Monteskyo Sharq va

Gʻarb xalqlari mentalitetidagi tafovutni noto‘g‘ri tushunadi

va ayrim xulosalar chiqaradi. Chunki Sharq xalqlarida

ko‘zga tashlanadigan o‘z «Meni»ni keskin tarzda

namoyon qilishdan ko‘ra jamoa manfaatlari asosida

yashash ustunligi insonning jur’atsizligi sifatida ko‘ringan.

Gʻarb xalqlarida esa o‘z «Meni»ni hamma narsadan

ustun qo‘yishi boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarda

shijoatkorlik, tashabbuskorlik namunasi sifatida ko‘zga

tashlanadi. Shuning uchun ham Monteskyo Gʻarb

xalqlarini shijoatkorligi, tashabbuskorligini ta’kidlagan

holda, Sharq xalqlarini jur’atsizlikda ayblaydi. Aslida,

mazkur xususiyatlar umuman boshqa mazmunga

egadir. Umuman, Sharq va Gʻarb xalqlari mentalitetini

qiyosiy metod asosida tahlil etish, ularning o‘xshash va

farqli tomonlarini aniqlash va mentalitetning o‘zi hamda

uni shakllantiruvchi omillarni chuqurroq anglab yetish

imkoniyatini beradi.

TAHLIL VA NATIJALAR

XIX asrni «xalq ruhi»ni o‘rganish davri deyishimiz

mumkin. Bu davrda G.V. Gegel, J.B. Viko va boshqa bir

qator tadqiqotchilar tomonidan asosan Osiyo va Afrika

xalqlari ijtimoiy fe’l-atvorini o‘rganishda katta siljishlarga

erishildi.

«Mentalitet» atamasi fanga fransuz etnograf va

psixolog olimi L.Levi-Bryul tomonidan kiritilgan. L.Levi-

Bryul o‘zining «Qoloq xalqlar mentaliteti» (1910) hamda

«Ibtidoiy mentalitet» nomli asarlarida taraqqiyotdan

orqada qolgan xalqlar misolida mentalitetning asosiy

xususiyatlarini ko‘rsatib berdi. Ammo mentalitet

atamasini L.Levi-Bryuldan ancha ilgari 1856-yilda

R.Emerson qo‘llagan edi. Lekin u mentalitetni inson

qalbining, ya’ni haqiqat va qadriyatlar manbaining

in’ikosi sifatida ta’riflagan.

Mentalitet tushunchasining ilmiy doirada yuzaga

kelishi va mustahkam o‘rin olishiga E.Dyurkgeym, F.Xsyu,

V.Vundt kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. Masalan,

«jamoaviy sotsial psixologiya» nomli ilmiy maktab

yaratgan V.Vundtning fikricha, u yoki bu jamiyatning

«umumiy iroda yo‘nalishini» belgilovchi va urf-odatlarda

(xulq-atvorning o‘ziga xosligi) hamda tilda namoyon

bo‘luvchi tasavvurlar yig‘indisi (umumlashmasi) «xalq

ruhi»ni tashkil etadi. A.Shyus individga ta’sir ko‘rsatuvchi

jamoaviy bilimlar majmui»ni dunyoni bilish sxemasi, uni

tushunish va qabul qilish vositasi sifatida tushuntiradi.

F.Xsyu u yoki bu jamiyatga xos bo‘lgan urf-odatlar,

yashash tarzi, an’analarni o‘rganishda ularning umumiy

«sotsial tasavvurlariga» asosiy e’tibor qaratadi.

E.Dyurkgeymning fikricha, turli xil sotsial tiplarga

mos keluvchi «jamoaviy tasavvur» guruhlarning keng

kooperatsiya mevasidir va uning fikrlash asosi vazifasini

bajaradi.

Sobiq SSSRda «mentalitet» tushunchasi

qo‘llanilmagan va bu sohaga kam e’tibor qaratilgan.

Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi kommunistik

mafkura og‘izda har bir millatning o‘ziga xosligini e’tirof

etsa-da, amalda barcha xalqlarni yakrang madaniyatli

qilib tarbiyalash va shu yo‘l bilan xalqlar do‘stligiga

erishish, pirovardida esa «porloq kommunistik jamiyat»

qurish maqsadini ko‘zlagan edi.

XX asrning oxiriga kelib SSSRning parchalanishi

va kommunistik mafkuraning yakkahokimligiga barham

berilishi bilan postsovet mamlakatlarida ham «mentalitet»

haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoni tug‘ildi.

XX asr oxiri–XXI asr boshlarida postsovet

respublikalarida «mentalitet» tushunchasi ustida

tadqiqotlar olib borayotgan olimlar qarashlari rang-

barangligi diqqat-e’tiborni tortadi. Masalan, rossiyalik

olimlarning milliy mentalitet haqidagi tadqiqotlarini

mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ikki toifaga ajratish mumkin.

1. Xolis ilmiy tadqiqotlar;

2. Gʻayriilmiy, g‘arazli geosiyosiy maqsadni ko‘zlagan

tadqiqotlar.

Holis ilmiy tadqiqotchilardan biri A.G. Zdravomislov

mentalitetni shakllantiruvchi omillardan biri sifatida

milliy o‘zlikni anglash, deya ko‘rsatadi [3]. Yana bir

madaniyatshunos olim B.I. Kononenkoning fikricha,

mentalitet dunyoqarash, dunyoni qabul qilish tizimi

sifatida ongning ancha chuqur psixologik qatlamlarida

paydo bo‘ladi[4]. «Qisqacha etimologik lug‘at»da

mentalitetning xususiyatlari ancha yaxshi ifodalangan.

«Mentalitet – ma’lum bir xalqqa xos bo‘lgan fikrlash tarzi;

biron bir madaniyatga yoki madaniyatlar guruhiga xos

barqaror izomorfizmdan iborat. Ammo mazkur madaniyat

tomonidan his etilmaydi hamda tabiiy narsa sifatida

qabul qilinadigan barqaror izomorfizm; u ideologik tazyiq

ta’sirida o‘zgarishga uchrashi qiyin»[5]. Asta-sekinlik

bilan fanda mentalitetni tarixiy, psixologik, etimologik

sotsiologik, madaniyatshunoslik, falsafiy jihatdan

o‘rganuvchi yo‘nalishlar yuzaga keldi.

Zamonaviy falsafiy lug‘atda mentalitet nafaqat ma’lum

bir kishilik jamiyati uchun xos bo‘lgan, nafaqat bilim,


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

82

e’tiqod, tashvishlar, balki qadriyatlar silsilasi, asosiy

ehtiyojlar, jamoaviy g‘ayrishuuriylik andozasi (arxetip),

shuningdek, kishilarning xatti-harakatlari va fikrlash

tarzi, ma’lum davr, geografik makon va ijtimoiy muhit

individlari, jamoalarning tabiiy muhiti, o‘zini o‘rab

turgan olam bilan munosabatlarining o‘ziga xosligini

ta’minlovchi» omil sifatida ta’rifla- nadi[6].

V.V. Veselova tomonidan mentalitet ma’lum jamiyat

(madaniyat) a’zolarining tarixiy davr, iqtisodiy va

siyosiy shart-sharoitlari bilan belgilanuvchi psixologik

hayotining o‘ziga xosligi deb ta’riflanadi. Mentalitetning

mazmuni o‘zaro munosabatlar sohasida namoyon

bo‘ladi va birinchi navbatda, kishilik jamiyati egallagan

bilim bilan belgilanadi. Mentalitetning asosi bo‘lgan

e’tiqod bilan bilim mazkur jamiyatga xos bo‘lgan

asosiy ehtiyojlarimiz va jamoaviy g‘ayrishuuriylik

andozasi bilan birgalikda, atrof-olam haqidagi

tasavvurlarimizning asosini tashkil qiladi.

O‘zbek falsafa qomusiy lug‘atida mentalitet (lot.

mentalis – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki

alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi,

ma’naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi,

muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllanadigan aqliy

qobiliyati, ruhiy quvvati2, deb ta’rif berilgan. Shuningdek,

mentalitet va milliy mentalitet tushunchasi haqida

keyingi yillarda mamlakatimiz olimlari tomonidan ham

anchagina ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Bu

borada M.Bekmurodovning ishlari alohida diqqatga

sazovordir. Faylasuf mentalitetga shunday ta’rif beradi:

«Mentalitet – bu jamiyat, millat, jamoa yoki alohida

shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi,

ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil

etuvchi kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan

aqliy qobiliyati, an’analari, urf-odatlari, rasm-rusumlari

hamda diniy e’tiqod va hayot tarzidir»[7].

Faylasuf F.S. Atamuratova esa mentalitetga shunday

ta’rif beradi: «Mentalitet – inson, shaxs, millat, xalq,

jamoada tarixan tarkib topgan va jamiyatda barqaror

amal qiladigan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati,

ularning hayot qonunlarini tahlil etish, jamiyatda bu

qonunlarning hayotiyligini ta’minlash kuchi, muayyan

ijtimoiy sharoitlarda shakllangan turmush tarzi va

intellektual qobiliyatidir»[8].

Mentalitet masalasini o‘rganishda Sh.O.

Madayevaning xulosalari ham alohida ahamiyatga

ega. «Mentalitet masalasi keng qamrovli va dolzarbligini

nazarda tutgan holda o‘zbek xalqining bugungi

taraqqiyot darajasini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu

muammoning yanada kengroq va qadriyat nuqtayi

nazaridan chuqur ilmiy asosda o‘rganilish ehtiyoji aniq

seziladi». Madayevaning har bir xalq, millat mentalitetini

o‘rganishda uni boshqa xalqlar, millatlar mentaliteti

bilan qiyoslash lozim, degan fikrlari milliy mentalitet

xususiyatlarini o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega

deyishimiz mumkin[9].

Umuman olganda, o‘zbek olimlari tomonidan milliy

mentalitetga berilayotgan ta’riflar o‘rtasida keskin tafovut

yo‘q. Masalan, Madayeva ham milliy mentalitetga xuddi

shu ma’noda ta’rif beradi: «Milliy mentalitet ijtimoiy

tafakkurning umumlashgan shakli, shu bilan birga,

bir necha ming yillik tarixiy davrlar osha shakllangan

o‘zbeklarning millat darajasida birlasha olishiga vosita

yaratgan tafakkur irodasi sifatida yuksak qadriyat

maqomiga egadir»[12].

Hozirgi kungacha milliy mentalitetni o‘rganish

bo‘yicha qilingan ishlardagi muhim kamchilik ham

shundaki, haligacha biror-bir tadqiqotchi tomonidan

mentalitetning tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ni

aniqlashga urinib ko‘rilmagan. Vaholanki, milliy

mentalitetning tarkibiy tuzilmasini o‘rganmasdan

turib, u haqidagi tushunchalarimiz to‘laqonli bo‘lishi

nihoyatda qiyin ekanligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Xo‘sh,

milliy mentalitet o‘zi nima? Uni shakllantiruvchi omillar

nimalardan iborat? Uning jamiyatdagi bajaradigan

funksiyasi, ya’ni vazifasi nima? Mentalitetning tarkibiy

tuzilmasi (strukturasi) qanday?

Tadqiqotni oxirgi savolga javob topishdan boshlash

maqsadga muvofiqdir. Chunki har qanday tadqiqot, eng

avvalo, tadqiqot predmetini tarkibiy qismlarga ajratib

o‘rganishdan boshlanadi. Faqat shundan keyingina biz

oldimizga qo‘yilgan ikkinchi va uchinchi savollarga javob

berib, eng oxirida mentalitet o‘zi nima, degan savolga

javob topishimiz mumkin.

Mentalitetning asosiy tarkibiy qismi ijtimoiy

xarakterdir. Ma’lumki, tarixga materialistik nuqtayi

nazardan yondashuvchilarning fikricha, har bir jamiyatga

xos bo‘lgan ishlab chiqarish usuli ana shu ishlab chiqarish

usuliga mos keluvchi siyosiy, ma’naviy, madaniy, falsafiy

va hokazo tizimlarni yaratadi. Boshqacha aytganda,

iqtisodiy bazis ana shu bazisga mos keluvchi siyosiy

ustqurmani yaratadi. Ammo ana shu nazariya ijodkorlari

(K.Marks, F.Engels) bazis qanday qilib siyosiy ustqurmani

vujudga keltirishini ko‘rsatib o‘tmaganlar (E.Fromm). Ana

shu E.Frommning ko‘rsatishicha, iqtisodiy bazis va

siyosiy usqurtma o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifasini ijtimoiy

xarakter bajaradi. Ijtimoiy xarakterning kelib chiqishi

va uning jamiyatda bajaradigan vazifasi haqida esa

faylasuf olim shunday deydi: «Sotsial xarakter o‘zi nima?

Men uni ma’lum bir jamiyat a’zolarining ko‘pchiligiga

xos bo‘lgan xarakter tuzilishining asosi (yadrosi) deb

bilaman... Sotsial xarakter doimiy o‘zgarmas miqdoriy

ko‘rsatkich emas, ya’ni u ma’lum bir jamiyat a’zolari


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

83

xarakterining sifati va miqdori deb aytish mumkin emas.

Uni faqat jamiyatda bajaradigan vazifasi (funksiyasi)

orqali tushuna olamiz»[15].

«Har bir jamiyat ma’lum bir strukturaga egadir

va bir qator obyektiv shart-sharoit talabiga muvofiq

tarzda harakat qiladi. Bu shart-sharoitlar, eng avvalo,

xomashyo, ishlab chiqarish qurollari, iqlim, xalqning

joylashuvi bilan belgilanadigan ishlab chiqarish usuli,

qolaversa, siyosiy, geografik omillar, madaniy an’analar

va jamiyatda uchraydigan tashqi ta’sir omillarini o‘z

ichiga oladi. Jamiyat a’zolari o‘zlarini sotsial tuzum

talablariga muvofiq tutishga majburdirlar. Jamiyat a’zolari

energiyasi shunday yo‘naltirilmog‘i lozimki, har bir kishi

biror-bir ishni o‘ylab, mulohaza yuritish yo‘li bilan emas,

balki jamiyatda qaror topgan andoza-odatlarga muvofiq

bajarishlari hamda odatga muvofiq harakat qilganlaridan

qoniqish hosil qilishlari lozimki, sotsial xarakterning

asosiy vazifasi ana shundan iborat»[16].

Ko‘ramizki, E.Fromm har bir jamiyat bir qator

obyektiv shart-sharoitlar taqozosiga muvofiq harakat

qiladi (yashaydi) deydi. Agarda faylasufning fikrlarini

biroz rivojlantirilsa, jamiyat a’zolarining ijtimoiy xarakteri

xuddi ana shu obyektiv shart-sharoitlar talabi asosida

shakllanadi, degan xulosaga kelamiz. Va yana shunga

ham amin bo‘lamizki, ijtimoiy xarakterni shakllantiruvchi

faktorlar ichida iqlim bilan bog‘liq holda shakllanuvchi

ishlab chiqarish usuli birinchi o‘rinda turadi.

Erix Frommning fikricha, ijtimoiy xarakterni uning

sifati va miqdor sifatida xarakterlab bo‘lmaydi, balki uni

faqatgina jamiyatda bajaradigan vazifasi-funksiyasiga

muvofiq xarakterlash mumkin. Demak, ijtimoiy

xarakterning xususiyatlarini ta’riflashning, unga baho

berishning imkoni yo‘q.

Ma’lumki, ishlab chiqarish usulining shakllanishida

geografik shart-sharoit (iqlim, daryolar, tuproq) asosiy

ahamiyatga egadir. Demak, ma’lum bir mintaqada (Sharq

yoki Gʻarb) geografik shart-sharoit o‘xshash (umumiy)

bo‘lganligi tufayli mazkur mintaqada ishlab chiqarish

usuli ham umumiy bo‘lishi tabiiydir. Masalan, Sharq

mamlakatlarining asosiy qismida yoz mavsumida iqlim

issiq va quruq bo‘lganligi tufayli bu mintaqada sug‘orma

dehqonchilik iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lib

kelgan. Gʻarb mintaqasida esa iqlimning sernam va

moʻtadilligi lalmikor dehqonchilik uchun sharoit yaratadi.

Biz Sharq xalqlari ijtimoiy xarakterida ma’lum

umumiyliklar bor, deb aytishimiz uchun asos bor.

Xuddi shuningdek, Gʻarb xalqlari ijtimoiy xarakterida

ham ma’lum darajada umumiylik mavjud, degan fikr

manqiydir.

Agarda biz ana shu ikki mintaqa – Sharq va Gʻarb

xalqlari ijtimoiy xarakterini o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak,

asosiy xususiyatlari jihatidan ular o‘rtasida katta tafovut

borligini ko‘ramiz.

Sharqda jamoa bo‘lib yashash, oila to‘g‘risida o‘ylash,

bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, turmushda uchrab

turadigan muammolarni birgalikda, bahamjihat hal qilish

muhim bo‘lsa, Gʻarbda alohidalik, o‘zi uchun kurashish

va o‘ziga imkon, sharoit yaratish hissi ustunlik qiladi[17].

Mazkur ikki mintaqaning ijtimoiy harakteridagi o‘ziga xos

tomonlarini quyidagi jadval asosida qiyosiy taqqoslash

mumkin.

Ana shu Sharq va Gʻarb xalqlariga xos bo‘lgan ijtimoiy

xarakter shu mintaqalardan har birining o‘ziga xos bo‘lgan

ishlab chiqarish usulining talab va xususiyatlaridan kelib

chiqishini asoslash mumkin.

Ayrim faylasuflar ijtimoiy fe’l-atvorning xususiyatlarini

bevosita o‘rganib bo‘lmaydi, deydilar: «Ijtimoiy fe’l-atvor

miqdoriy ko‘rsatkich emas, ya’ni uni ma’lum bir jamiyat

a’zolarining ijtimoiy fe’l-atvorining miqdori va sifati

shaklida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uni faqat jamiyatda

bajaradigan funksiyasi – vazifasi orqali tushuna olamiz»,

deydi E.Fromm[18].

Faylasufning bu fikrlariga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi.

Albatta, ma’lum jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy fe’l-atvor

o‘sha jamiyat a’zolari uchun tabiiy bo‘lib, bu fe’l-atvorning

xususiyatlari haqida xuddi o‘sha jamiyat a’zolarida

tasavvur bo‘lishi mumkin emas. Ammo ma’lum bir

jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy fe’l-atvor xususiyatlari

– sifati va miqdori boshqa jamiyat a’zolari tomonidan

tezda payqab olinadi. Xo‘sh, nega? Chunki boshqa

jamiyat a’zolari mazkur jamiyat ijtimoiy fe’l-atvori bilan

1-jadval

SHARQ VA GʻARB XALQLARI IJTIMOIY

XARAKTERINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

84

o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat ijtimoiy fe’l-atvori o‘rtasidagi

tafovutni tezda payqay oladi. Negaki unda ana shu

ikki jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy fe’l-atvorni o‘zaro

taqqoslash, qiyoslash imkoniyati bo‘ladi.

XULOSA

Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyot jarayonida quyi

pog‘onalardan yuqorilab boruvchi bir necha pog‘onalarni

bosib o‘tadi. Mana shu pog‘onalardan har birining o‘ziga

xosligi ishlab chiqarish usulining talab va ehtiyojlaridan

kelib chiqadi. Jumladan, ana shu pog‘ona-bosqichlardan

har biriga xos bo‘lgan mentalitet ham mazkur bosqichga

xos bo‘lgan ishlab chiqarish usulining talab va ehtiyojlari

asosida shakllanadi.

Insoniyat taraqqiyotining bosqichlari almashinuvi

jarayoni, umuman olganda, ijobiy jarayondir. Demak,

ana shu jarayonlarga xos bo‘lgan ijtimoiy fe’l-atvor –

mentalitetlarning almashinuvi ham ijobiy hodisa sifatida

baholanishi lozim.

1. Atamuratova F.S. Mustaqillik sharoitida o‘zbek milliy mentaliltetida etnomadaniy

jarayonlar. F.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –T., 2010. – 31-bet.

2. Monteskyo Sh. Fors nomalari. – T., 1999. – 43-bet.

3. Здравамыслов А.Г. Социология российского кризиса: Статьи и доклады

90-х годов.. – М.: Наука, 1999. – С. 352.

4. Кононенко Б.И. Большой толковый словарь по культурологии. Издатель

-

ство: Вече, АСТ, 2003.

5. Краткий этимологический словарь научнотехнических терминов. –М.: Логос, 2004. – C. 156

6. Современный философский словарь, 1998. – С.1064.

7. Falsafa qomusiy lug‘at. Nazarov Q. tahriri ostida. – T.: O‘FMJ Sharq, 2004. – 257-bet.

8. Madayeva Sh.O. O‘zbek mentalitetida demokratik tafakkurning shakllanish xususiyatlari. F.f.d. darajasini

olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T., 2012. – 32–33-betlar.

9. Эрих Фром. Душа человека. – М., 1992. – С. 330, 332.

10. Meliboyev A. Ma’naviy poydevor. – T.: Tafakkur jurnali, 2012. 3-son, 14-b.

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

Atamuratova F.S. Mustaqillik sharoitida o‘zbek milliy mentaliltetida etnomadaniy jarayonlar. F.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –T., 2010. – 31-bet.

Monteskyo Sh. Fors nomalari. – T., 1999. – 43-bet.

Здравамыслов А.Г. Социология российского кризиса: Статьи и доклады 90-х годов.. – М.: Наука, 1999. – С. 352.

Кононенко Б.И. Большой толковый словарь по культурологии. Издательство: Вече, АСТ, 2003.

Краткий этимологический словарь научнотехнических терминов. –М.: Логос, 2004. – C. 156

Современный философский словарь, 1998. – С.1064.

Falsafa qomusiy lug‘at. Nazarov Q. tahriri ostida. – T.: O‘FMJ Sharq, 2004. – 257-bet.

Madayeva Sh.O. O‘zbek mentalitetida demokratik tafakkurning shakllanish xususiyatlari. F.f.d. darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T., 2012. – 32–33-betlar.

Эрих Фром. Душа человека. – М., 1992. – С. 330, 332.

Meliboyev A. Ma’naviy poydevor. – T.: Tafakkur jurnali, 2012. 3-son, 14-b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов