Ознокомление учащихся младшего школьного возраста с социальными нормами речи

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Абдуллаева , М. (2024). Ознокомление учащихся младшего школьного возраста с социальными нормами речи . Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(2), 52–56. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29765
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В процессе разговора становится важным выражать отношение двух или более людей друг к другу, по отношению друг к другу, при этом соблюдение общепризнанных норм считается обязанностью каждого человека. В данной статье речь пойдет о социальных нормах, которым должны следовать учащиеся младшего школьного возраста в процессе р

Похожие статьи


background image

52

Alfraganus University

¹ PhD, Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b.dotsenti,. Alfraganus universiteti, Toshkent, O’zbekiston. Pochta: m.abdullayeva @mail.ru ORCID: - 0009-

0007-72-14-0060

ОЗНОКОМЛЕНИЕ УЧАЩИХСЯ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО

ВОЗРАСТА С СОЦИАЛЬНЫМИ НОРМАМИ РЕЧИ

INTRODUCING SOCIAL NORMS ON THE TALKS
OF SMALL SCHOOL AGE ANNOTATION

Maryambibi Djumaniyazovna ABDULLAYEVA

¹

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI
O’QUVCHILARNI SO’ZLASHISHGA
DOIR IJTIMOIY ME’YORLAR BILAN
TANISHTIRISH

Annotatsiya

So’zlashish jarayonida ikki yoki undan ortiq kishilarning bir-birlariga, nisbatan munosabatlarini bildirish muhim

ahamiyat kasb etib, jamoatchilik tomonidan tan olingan me’yorlarga amal qilish har bir shaxs zimmasidagi burch

sanaladi. Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni so’zlashish jarayonida amal qilishlari kerak bo’lgan

ijtimoiy me’yorlar xususida so’z кетади.

УДК: 372.22: 372.31


background image

53

Alfraganus University

Kirish.

Yangi O’zbekiston jamiyatini barpo etish ijtimoiy-

lashuv jarayonlari bilan bog’liq ravishda kechmoqda

va bu maktab o’quvchilari, shu jumladan, boshlang’ich

ta’lim yoshidagi bolalarni ijtimoiy-huquqiy me’yorlar

bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat’iy amal qilish

ko’nikmalarini shakllantirishni taqozo qilmoqda.

Zero, “yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va

poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini

chuqur singdirib borish, ularga Konstitutsiyaning

muhim jihatlarini bolaligidan boshlab o’rgatish, aholi

o’rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo’yicha

huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini,

milliy qadriyatlarini o’rgatish bilan uyg’un holda

tashkil qilishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bosh-

lang’ich ta’limda o’quvchilarning ijtimoiy-huquqiy

me’yorlarga amal qilish ko’nikmalarini shakllantirish,

shuningdek, o’quvchilarda shaxs sifatida o’z-o’zini

rivojlantirish va umummadaniy kompetentsiyalarini

qaror toptirish muammoning ilmiy jamoatchilik tomo-

nidan chuqur o’rganilishi lozimligini ko’rsatmoqda.

Zamonaviy ta’limning ahamiyati o’quvchilarda faol

ijtimoiylashuv ko’nikmalarini shakllantirish bilan bel-

gilanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijtimoiy

munosabatlar jarayonining faol ishtirokchilari bo’lish-

lariga erishishda ular tomonidan ijtimoiy-huquqiy

me’yorlarning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi o’ziga

xos ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, kishilar o’rtasidagi

o’zaro aloqa muayyan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar

asosida tashkil etiladi. Shaxs hayoti bevosita jamiyat-

da, unda istiqomat qiladigan kishilar orasida kecha-

di[2]. Shaxs ta’lim olish jarayonida ijtimoiy-madaniy

muhit bilan bevosita o’zaro ta’sirlashadi va u shaxs-

ning intellektual kamolotga erishuvini ta’minlaydi.

Globallashuv sharoitida boshqa sohalar qatori

uzluksiz ta’lim mazmuni ham tubdan yangilandi.

O’zgarayotgan jamiyat, global axborotlashuv jarayoni-

ning mazmun-mohiyati, shaxs kamolotini ta’minlash

borasida yuzaga kelgan ijtimoiy zaruriyat masalalarini

yangilanayotgan ta’lim mazmunida aks ettirish bu-

gungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy munosabatlar

muayyan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar asosida yo’lga

qo’yiladi. Ijtimoiy-huquqiy me’yorlar asosida tartibga

solinadigan munosabatlar ishtirokchilarning mada-

niyatlilik darajasini ham ifodalashga xizmat qiladi.

Oila, maktabgacha tarbiya va umumiy o’rta ta’lim

muassasalarida bolalarni ijtimoiy munosabatlarga

tayyorlash, ijtimoiy-huquqiy me’yorlar bilan ta-

nishtirish, ularga qat’iy rioya qilish ko’nikmalarini

shakllantirish mazkur sub’ektlar ta’lim va tarbiya bo-

rasidagi funktsiyalarining muhim tarkibiy qismlaridir.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijtimoiy muno-

sabatlar jarayonining faol ishtirokchilari bo’lishlariga

erishishda ular tomonidan ijtimoiy-huquqiy me’yor-

larning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi o’ziga xos

ahamiyat kasb etadi. Shaxs hayoti bevosita jamiyatda,

unda istiqomat qiladigan kishilar orasida kechadi.

Jamiyat a’zolari o’rtasidagi shaxslararo aloqalar-

ning samarali kechishi bevosita shaxsning ijtimoiy

munosabatlar mazmuniga bog’liq. Ijtimoiy munosa-

batlar mazmuni esa, o’z navbatida, ijtimoiy-huquqiy

me’yorlarning aniqlangani, jamiyat tomonidan qay

darajada tan olingani hamda amaliy faoliyatda ularga

rioya etilayotgani bilan belgilanadi[3].

Z.Freyd fikriga ko’ra, madaniyat o’zida boshqa

mavjudotlardan yuqori bo’lgan insoniyatga xos hayotiy

tajribalarni ifodalaydi. Insoniyat o’z tarixiy taraqqiyot-

ida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda vorisiylik

tamoyiliga asoslangan ulkan hayotiy tajribaga ega

bo’ldi. To’plangan hayotiy tajribaning ajdodlar tomo-

nidan avlodlarga uzatilishida ularning xulq-atvorini

axloqiy jihatdan boshqarishga yo’naltirilgan ijtimoiy

me’yorlar ham o’ziga xos o’rin tutadi.

Mustaqil O’zbekistan Respublikasida shakllanayot-

gan milliy istiqlol g’oyalari fuqarolarni Respublika

Konstitutsiyasida ehtirof etilgan insonparvar, de-

mokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo

etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat

qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy

faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror

toptirish - fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy

talabi sanaladi.

Аннотация

В процессе разговора становится важным выражать отношение двух или более людей друг к другу, по

отношению друг к другу, при этом соблюдение общепризнанных норм считается обязанностью каждого

человека. В данной статье речь пойдет о социальных нормах, которым должны следовать учащиеся млад

-

шего школьного возраста в процессе речи.

Abstract

In the process of speaking, it is important to communicate the relationship of two or more people to each other, and

it is the duty of each person to follow the standards recognized by the public. This article discusses the social norms

that elementary school students should follow in the process of speaking.

Kalit so’zlar:

me’yor, ijtimoiy, muomala, madaniyat, ma’naviyat, muloqot.

Ключевые слова:

норма, социальное, обращение, культура, духовность, общение.

Keywords:

norm, social, conversion, culture, spirituality, communication.


background image

54

Alfraganus University

Material va metod.

Nutq insonlargagina xos bo’lgan faoliyat turlaridan

biri hisoblanadi. Faoliyat turi sifatida aniq maqsadga

yo’naltirilgan nutq “kishilik taraqqiyoti tarixida yu-

zaga kelgan va o’zaro muomalani tashkil etish uchun

zarur so’zlashuv ko’nikmalarining rivojlanishi natija-

sida mustahkamlangan” (Bolьshaya psixologicheskaya

ensklopediya. – Moskva: Eksmo, 2007. – S. 396)[4].

Nutqning og’zaki va yozma shakllari mavjud bo’lib,

kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida

asosan og’zaki nutqdan foydalaniladi. Insoniy fao-

liyatning ushbu turi “mavhum-mantiqiy fikrlash va

ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Nutq negizida

kechadigan fikriy faoliyat jarayonida esa tasavvur-

ning shakllanishi ro’y beradi... Nutqining hissiy

imkoniyati tufayli inson u yoki bu voqea-hodisaga

o’z munosabatini bildiradi” Bolьshaya psixologi-

cheskaya ensklopediya. – Moskva: Eksmo, 2007. – S.

396)So’zlashish (suhbatlashish) jarayonida ikki yoki

undan ortiq kishilarning bir-birlariga, atrof-muhit-

ga, o’zlarini o’rab turgan ijtimoiy va moddiy borliqqa

nisbatan munosabatlarini bildirishda muhim ahamiyat

kasb etib, jamoatchilik tomonidan tan olingan me’yor

(qoida)larga amal qilish har bir shaxs zimmasidagi

burch sanaladi. Bu burchning to’la bajarilishi esa

shaxs tomonidan so’zlashuv me’yorlarining puxta

o’zlashtirilishini taqozo etadi. Shu bois oilada va

ta’lim muassasalarida bolalarni yoshlikdan so’zlashish

me’yorlari bilan tanishtirib borish muhim ijtimoiy-pe-

dagogik vazifalardan biridir.

Tayyorlov guruhidagi bolalarda yosh xususiyatlariga

ko’ra “nutq zarur darajada o’sgan bo’lib, aktiv (faol)

va passiv (sust) lug’ati ancha taraqqiy etganligi tu-

fayli, tarbiyachi tushuntirishlarining ma’nosini yaxshi

anglay oladi” (Pedagogika / Pedagogika institutlari

uchun darslik. Akad. S.R.Rajabovning umumiy tahriri

ostida. – Toshkent: “O’qituvchi”, 1981. – 50-bet).

Shu bois maktabgacha va kichik maktab yoshidagi

bolalarga so’zlashuv (muomala) me’yorlari to’g’risida

ma’lumotlarni berish orqali ularni atrofdagilar bilan

o’zaro muloqotni to’g’ri tashkil etish ko’nikma va

malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratish bu yo’lda

pedagogik faoliyatni samarali olib borishda qiyinchilik

va murakkabliklarni yuzaga keltirmaydi[5].

Natija.

Maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi tayyorlov guruhi

tarbiyalanuvchilari hamda kichik maktab yoshidagi

bolalarda so’zlashuv me’yorlariga amal qilish ko’nik-

ma hamda malakalarini shakllantirish quyidagi vazi-

falarni bajarish orqali ta’minlanadi:

1. Bolalarni “so’zlashish” hamda “muomala”,

shuningdek, “so’zlashish me’yorlari” (“muomala

me’yorlari”) kabi tushunchalar bilan tanishtirish.

2. Bolalarga so’zlashuv (muomala)ning, kishilar

o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etishdagi ij-

timoiy va shaxsiy ahamiyatini ko’rsatib berish.

3. Bolalarda so’zlashuv (muomala) me’yorlariga

amal qilmaslikning salbiy oqibatlaridan xabardor

qilish.

4. Bolalarni nutqiy murojaat turlari bilan yaqindan

tanishtirish.

5. Bolalar tomonidan so’zlashuv (muomala)


background image

55

Alfraganus University

me’yorlari to’g’risidagi tushunchalarning yetarlicha

o’zlashtirilishi uchun sharoit yaratish.

6. Bolalarda ijtimoiy sub’ektlar (ota-onalar, oilaning

boshqa a’zolari, o’qituvchilar, sinfdoshlar, tengdosh-

lar, shuningdek, ularning atrofidagi boshqa kishilar)

bilan to’g’ri so’zlashish ko’nikmalarini shakllantirish.

Bolalarni “so’zlashish” hamda “muomala”, shu-

ningdek, “so’zlashish me’yorlari” (“muomala me’yor-

lari”) kabi tushunchalar bilan tanishtirishda ularni

quyidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadga

muvofiqdir:

“So’zlashish” – bolalar va kattalar tomonidan fik-

rning og’zaki bayon etilishi.

“Muomala” – bolalar va kattalarning bir-birlari

bilan so’zlashuvi.

So’zlashish, muomala – bu ikki yoki undan bola

yoki katta kishilar o’rtasida o’zaro aloqani yuzaga

keltiradigan jarayon.

“So’zlashish me’yorlari” – bolalar yoki kattalar

tomonidan fikr og’zaki bayon etilayotganda amal qi-

linishi zarur bo’lgan talablar.

“Muomala me’yorlari” – bolalar yoki kattalar

bir-birlari bilan so’zlashayotganlarida amal qilina-

digan talablar.

So’zlashish orqali bolalar va kattalar bir-birlari

bilan aloqa qiladilar, bir-birlarining holidan xabardor

bo’ladilar. So’zlashish chog’ida bolalar yoki kattalar-

ning orzu-istaklari, o’y-niyatlari, orzu-umidlari,

intilishlari va maqsadlari to’g’risida ma’lumotlarga

ega bo’linadi. Bolalar va kattalar so’zlashish orqali

bir-birlariga yordam kerakligini anglaydilar va muh-

tojlarga yordam berishga shoshiladilar.

So’zlashish har bir bola yoki katta yoshli kishi

uchun zarur. Chunki so’zlashish orqali atrofda sodir

bo’layotgan voqea-hodisalardan xabar topiladi. Shu

bilan birga so’zlashish natijasida turli ma’lumot, ax-

borot va bilimlar o’zlashtiriladi[6].

Bolalarda so’zlashuv (muomala) me’yorlariga amal

qilmaslikning salbiy oqibatlaridan xabardor qilish

bo’yicha o’quvchilarning e’tiborlariga quyidagi ma’lu-

motlar havola etilishi mumkin:

Bolalar va kattalar bir-birlari bilan o’zaro so’zlas-

hganlarida ma’lum qoidalarga amal qilishlari lozim.

Agarda mavjud qoidalarga amal qilinmasa, quyidagi

salbiy holatlar ro’y beradi:

- o’zini noqulay ahvolga qo’yish;

- suhbatdoshiga hurmatsizlik qilish;

- suhbatdoshining ko’nglini og’ritish;

- suhbatdoshlar o’rtasidagi do’stlik, o’rtoqlikka

rahna solish;

- o’z fikrini yetarli bayon qila olmaslik;

- maqsadini suhbatdoshiga tushuntira olmaslik;

- qo’pol muomalasi yoki gaplari uchun suhbatdos-

hdan tanbeh eshitish;

- suhbatdoshida o’zi haqidagi noto’g’ri fikrning

yuzaga kelishiga sababchi bo’lish;

- atrofdagilarning o’ziga bo’lgan hurmatini yo’qo-

tish.

Bolalarga ular tomonidan so’zlashuv (muomala)

me’yorlari to’g’risidagi tushunchalarning yetarlicha

o’zlashtirilishi uchun sharoit yaratish ham muhim

talablardan biri sanaladi. Bu o’rinda ularning e’tibor-

lariga quyidagi ma’lumotlarni havola etish mumkin:

Suhbat mazmunidan kelib chiqqan holda so’zlashish

turlicha namoyon bo’ladi. Ular quyidagichalardan

iborat:

1) salomlashish;

2) tanishish;

3) iltimos qilish;

4) savol berish;

5) minnatdorchilik bildirish.

Salomlashish ikki kishining bir-biri bilan uchrashishi

vaqtida bir-birlaridan hol-ahvol so’rash sanaladi. Sa-

lomlashish vaqtida suhbatdoshlarning yuzlari ochiq

bo’lishi, tabassum qilishlari, bir-birlariga yaxshi

niyatlarni ifodalovchi so’zlarni aytishlari talab qilinadi.

Shu bilan birga o’quvchilar salomlashishda quyidagi

talablarga amal qilishlari lozim:

1) salomlashish so’zlari sifatida qabul qilingan so’z

va iboralardan foydalanish:

- bunda agar o’rtoqlar bilan uchrashib qolinsa, u

holda “Salom”, “Yaxshimisan?”, “Ishlaring yaxshi-

mi?” deb murojaat qilish;

- kattalar bilan uchrashilganda esa qo’lni o’ng

ko’krak ustiga qo’shgan holda “Assalomu alaykum”,

“Ahvollaringiz yaxshimi?”, “Sog’liqlaringiz yaxshi-

mi?”, “Charchamay yuribsizmi?” kabi iboralarni

qo’llash maqsadga muvofiqdir.

2) salomlashish vaqtida qo’pol yoki jargon (buzib

ishlatiladigan) so’zlarni qo’llamaslik yoki noma’qul

harakatlarni qilmaslik:

- tengdoshlar, o’rtoqlar bilan uchrashganda “Pri-

vet”, “Chao”, Somalaykum” (arabchadan tarjima

qilinganda bu so’z “Sizga o’lim tilayman” ma’nosini

anglatadi);

- o’rtoqlar bilan uchrashganda hech qanday so’zsiz,

bugungi kunda urf bo’lganidek, o’zaro bosh urishtirish;

- o’rtoqlar bilan o’pib ko’rishmaslik.

Agarda o’zaro uchrashgan kishilar bir-birlariga

notanish bo’lsalar, u holda suhbat tanishishdan bosh-

lanadi. Tanishish chog’ida ham ma’lum talablarga

rioya qilinishi shart. Shu sababli boshlang’ich sinf

o’quvchilariga ham tanishish vaqtida amal qilinadigan

qoidalar to’g’risida ma’lumot berish, ularda tanishish

jarayonini to’g’ri uyushtirish ko’nikma-malakalarini

shakllantirishga e’tibor qaratish lozim.

Bolalar asta-sekin tanishish chog’ida quyidagi ibo-

ralarni qo’llashga odatlanishlari kerak:

1. Siz bilan tanishishga ruxsat eting!

2. Siz bilan yaqindan tanishishni xohlardim!

3. Keling, tanishaylik!

So’zlashishda, odatda, biror-bir narsa yuzasidan

iltimos qilishga ham to’g’ri keladi. Bu holda dastlab

uzr so’rash kerak. Chunki murojaat qilinadigan kishi

biror ish bilan mashg’ul bo’lishi yoki biror narsani

o’ylayotgan bo’lishi mumkin. SHuning uchun “Uzr!”,

“Kechirasiz!”, “Ruxsat bersangiz!” kabi so’zlar bi-

lan murojaat qilib, keyingina, “Iltimos!”, “Mumkin

bo’lsa…”, “Agar Sizga noqulay bo’lmasa…”, “Agar

Sizga qiyinchilik tug’dirmasa…” degan holda iltimos

qilish zarur[7].

Suhbatlar chog’ida savol bilan murojaat qilishga


background image

56

Alfraganus University

nisbatan ham talablar qo’yiladi. Bu talablar quyida-

gilardan iborat:

1) oilada, jamoa joylarida savol berishga to’g’ri kelsa

yoki savol berish ehtiyoji tug’ilsa, u holda shunday

yo’l tutiladi:

- dastlab uzr so’raladi;

- savol bilan murojaat qilinadi (savol bilan murojaat

qilinganda “So’rasam mumkinmi?”, “Bir savol bersam

maylimi?”, “Ayta olmaysizmi?, “Ko’rsatib yuborol-

maysizmi”, “Marhamat qilib, menga aytsangiz!”,

“Tushuntirib qo’ya olmaysizmi?” kabi iboralardan

foydalanish odob qoidalaridan sanaladi);

2) ta’lim muassasasida dars vaqtida o’qituvchiga

savol bilan murojaat qilishga to’g’ri kelsa, u holda

quyidagicha yo’l tutish to’g’ridir:

- o’ng qo’l ko’tariladi;

- o’qituvchi ruxsat bergandan so’ng savol bilan

murojaat qilinadi;

- bordi-yu, o’qituvchi savol berishga ruxsat berma-

sa, u holda dars tugashi kutib turiladi va mashg’ulot

yakunida yoki mashg’ulot tugagandan keyin o’qitu-

vchiga savol beriladi.

Belgilangan qoidaga muvofiq, dars vaqtida savol

istalgan paytda berilmaydi, balki, o’qituvchining yoki

so’zlayotgan o’quvchi so’zini tugatgandan keyin, yoki

umuman, mashg’ulot tugagandan keyingina savol bi-

lan murojaat qilish lozim[8]. Odatda o’qituvchilar ma-

vzuni tushuntirib bo’lganlaridan keyin o’quvchilardan

“Savollar bormi” deb so’rashadi. Shu vaqtda o’quvchi

o’zini qiziqtirayotgan savolni berishi mumkin.

So’zlashish jarayonida, shuningdek, suhbatdoshga

minnatdorchilik bildirishga ham to’g’ri keladi. Bunda

ham muayyan qoida (talab)larga rioya qilish kerak.

Ya’ni:

1) ochiq so’z, salgina tabassum qilish;

2) umumiy axloqiy me’yorlardan kelib chiqqan

holda ma’lum so’zlarni qo’llash (bunda “Rahmat”,

“Tashakkur”, “Minnatdorman”, “Sog’ bo’ling!”,

“Uzoq umr ko’ring!”, “Ishlaringiz o’ngidan kelsin!”,

“Kuningiz xayrli o’tsin!”, “Omadingizni bersin!” kabi

so’z va iboralardan foydalanish mumkin).

So’zlashish me’yorlariga ko’ra suhbat chog’ida

suhbatdoshga to’g’ri murojaat qilish ham muhim

hisoblanadi. Suhbatlar chog’ida odatda suhbatdoshga

“Sen” yoki “Siz” deb murojaat qilinadi. Bunda suh-

batdoshning yoshi va o’ziga qay darajada yaqinligi

inobatga olinadi. O’zbek xalqida tengdoshlarga nis-

batan “Sen”, katta yoshdagilarga nisbatan esa “Siz”

deb murojaat qilinadi.

Munozara

Tashkil etilayotgan suhbatning suhbatdoshlar

uchun samarali bo’lishi uchun yana bir qoidaga amal

qilish zarur. Bu suhbat vaqtida suhbatdoshning ismini

aytishdir. Odatda, bolalar va yoshlar suhbatdoshlariga

ularning ismlarini to’liq yoki qisqartirilgan holda ay-

tib murojaat qilishadi. Milliy qadriyatlarimizga ko’ra

inson ismini to’liq aytish talab etiladi. Islom ta’limoti

g’oyalarini ifoda etuvchi manbalar va zamonaviy

psixologik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra har bir

so’zda o’ziga xos quvvat mavjudligi aniqlangan. Shu

sababli, har bir kishiga o’z ismini eshitish yoqimli

tuyuladi. Ismni qisqartirib yoki buzib aytish odobsizlik

hisoblanadi.

Xulosa.

Shunday qilib, so’zlashish (suhbatlashish) ikki yoki

undan ortiq kishilarning bir-birlariga, atrof-muhitga,

o’zlarini o’rab turgan ijtimoiy va moddiy borliqqa

nisbatan munosabatlarini bildirish jarayoni sanaladi.

Kishilar o’zaro so’zlashish (suhbatlashish) vaqtida ja-

moatchilik tomonidan tan olingan me’yor (qoida)larga

amal qiladilar. Shu sababli maktabgacha ta’limning

tayyorlov guruhlaridagi tarbiyalanuvchilarni va bosh-

lang’ich sinf o’quvchilarini so’zlashish me’yorlaridan

xabardor qilishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Adabiyotlar

1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konseptsiyasi / O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son farmoni, 1-ilova.

2. N. Ismatova va b. Tarbiya: 1-sinf o’quvchilari uchun darslik. 1-nashr. -T.: G’afur G’ulom

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. - 64 b.

3.N. Ismatova va b. Tarbiya: 2-sinf o’quvchilari uchun darslik. 1-nashr. -T.: G’afur G’ulom

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. - 80 b.

4.N. Ismatova va b. Tarbiya: 3-sinf o’quvchilari uchun darslik. 1-nashr. -T.: G’afur G’ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. - 80 b.

5.Aбдуллаева SH. Педагогиchеские технологии развития познавателных творchеских способ-

ностей уchаshихсия младshих классов. Дисс.канд.пед наук - T.: 2005.-175 ст.

6.Adizov B.R. Boshlangich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped.fan.nomz.... diss. - T.:

2002. - 276 b.

7.Jumaev M.E. O’quv jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik madaniyatini

tarbiyalash: Ped. fanl. nomz. ... diss. avtoref. - T.: 2021. - 214 b.

8..Inoyatova M.E. Uzbek alifbe darsliklarining tarixiy taraqqiyoti bosqichlari va didaktik asoslari: Ped.

fanl. nomz. ... diss. avtoref. - T.: 2006.-23 6.

9.Nazarova X.P. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kommunikativ savodxonligini tahminlashning

didaktik asoslari: Ped. fanl. nomz. ... diss.-T.: 1999.-245 6.

Библиографические ссылки

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konseptsiyasi / O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5618-son farmoni, 1-ilova.

N. Ismatova va b. Tarbiya: 1-sinf o’quvchilari uchun darslik. 1-nashr. -T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. - 64 b.

N. Ismatova va b. Tarbiya: 2-sinf o’quvchilari uchun darslik. 1-nashr. -T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. - 80 b.

N. Ismatova va b. Tarbiya: 3-sinf o’quvchilari uchun darslik. 1-nashr. -T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. - 80 b.

Aбдуллаева SH. Педагогиchеские технологии развития познавателных творchеских способностей уchаshихсия младshих классов. Дисс.канд.пед наук - T.: 2005.-175 ст.

Adizov B.R. Boshlangich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped.fan.nomz.... diss. - T.: 2002. - 276 b.

Jumaev M.E. O’quv jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik madaniyatini tarbiyalash: Ped. fanl. nomz. ... diss. avtoref. - T.: 2021. - 214 b. Inoyatova M.E. Uzbek alifbe darsliklarining tarixiy taraqqiyoti bosqichlari va didaktik asoslari: Ped. fanl. nomz. ... diss. avtoref. - T.: 2006.-23 6.

Nazarova X.P. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kommunikativ savodxonligini tahminlashning didaktik asoslari: Ped. fanl. nomz. ... diss.-T.: 1999.-245 6

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов