O’qitish tizimida samarali metodlardan foydalanish

CC BY f
352-354
14
10
Поделиться
Маткаримов, С. (2022). O’qitish tizimida samarali metodlardan foydalanish. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 352–354. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/13055
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari, hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydlanish, yangi ta’lim texnikalari, o`qitish samaradorligini oshirish bo’yicha fikrlar keltirilgan


background image

352

O’QITISH TIZIMIDA SAMARALI METODLARDAN FOYDALANISH

Matkarimov Sarvar Ergashevich

SamDCHTI

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari,

hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydlanish, yangi ta’lim texnikalari, o`qitish samaradorligini oshirish
bo’yicha fikrlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich ta’lim, metodika, texnika, o’quvchi.

Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang`ich

sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta’lim mazmuni tubdan
yangilanib borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari yuzaga kelib,
ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish bilan birgalikda qo‘shimcha manbalarga va turli mavzulardagi
kitoblarni o‘qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi.

Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning

taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va
malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi
natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning
turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash
hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar
shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya

maqsadi mos va mutanosib bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to’g’ri,
aniq, o’rinli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish,
kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni
ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o’quvchilarda mustaqil fikrlash,
og’zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot
madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g’oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi.
Til o’rganish jarayonida xalqning madaniy-ahloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

Ulug’ donishmandlardan biri «kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber,

o’qit», degan ekan. Hozirgi vaqtda bilimli va aqilli yoshlarning eng katta yutug’larga erishishi uchun yaxshi
bilim berilishi zarur bo’lib turibdi. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin
ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o’zgarish bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. Bu prezidentimizning
kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg’urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim,
ular bizlardan ko’ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo’lishlari kerak, degan g’oyasi zamirida
donishmandlarcha siyosat yotganini ko’rsatadi.

Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o’quv

mashg’ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo’llash orqali
mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida

qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo’lsa, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topish, mustaqil o’rganish va
fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishga o’rgatadi. O‘qituvchi bu
jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir
qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.

Dars mashg'ulotlarida o’yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa

ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o’quvchilarining o’yin-
topshiriqlarni bajarishga o’rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash
imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham
bog’liq bo’lishi kerak.

Ta'limda o'quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar fikrini anglash va shu fikrni og’zaki hamda yozma

shaklda savodli bayon eta olishga o’rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq


background image

353

madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o’rin egallaydi. Millatning turmush tarzi,
madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.

Bugungi kun o‘qituvchidan ilg’or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida

foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida
interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo’llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz.
O’ylaymizki, u o’quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi.
Shuningdek, o’quvchilarni o’z yo’nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini
shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko’makchilardan biriga aylanadi. Quyida
sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o’qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo’yicha tavsiyalar
beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi
muqaddas bo’lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g’urur va iftixor, sadoqat tuyg’ularini uyg’otish
uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik», - degan fikrlariga javoban ta'lim va
tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni
qo‘shasiz degan umiddamiz.

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va

innovatsiyalar usullarni qo’llash natijasida, o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi
ravonlashishi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg’otishi, darslarga puxta
hozirlik ko’rishga intilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o'quvchilarga o'qitishda o'quvchining yoshi, fiziologik,

psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Ta'limda o'yin texnologiyalaridan foydalanish, eng samarali
vositalardan biridir. O'yin davomida ularning tafakkuri, dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar
ta'limga o'yin orqali yondashuv ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi,
balki bu fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O'yin tarzidagi darslar
bolalarning og'zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o'quvchilari rasmli yoki videoli turli
ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o'stirishda o'yinlardan
muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?” kabi o'yinlardan
foydalanish mumkin. O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab
rag'batlantirib borish zarur. Mavzuni kompyuter yordamida taqdim etishda ta’limni individuallashtirish
printsipiga e’tibor berish lozim. Ayrim o’quvchilar so’zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul
qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim.
Bunda ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Hozirgi davr
darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Bugungi kunda
o’qituvchilar Xorij pedagoglari tajribasini o’rganib, innovatsion metodlardan, va yangi pedagogik
texnikalardan foydalanishlari lozim. Boshlang'ich sinf ta'lim usullari odatdagi ta'lim usullaridan biroz farq
qiladi, chunki boshlang’ich sinf o'quvchilari juda yosh. Ta'lim maydoni turli xil qobiliyatlar va shaxslar bilan
birgalikda ishlaydigan o’quvchilar bir joyga to'planadigan juda dinamik muhit sifatida ajralib turadi va
o'qituvchilarning vazifasi har biri uchun o'zlarini ya’ni o’quvchilarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun
ijodiy va innovatsion ta'lim strategiyalarini amalga oshirishga qodir samarali o'qituvchilar bo'lishi muhimdir.

Boshlang'ich maktablarda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi o'qitish usullaridan ba'zilari

quyidagilardir:

1.

Vizualizatsiya - Vizual va amaliy ta'lim tajribasi orqali zerikarli ilmiy tushunchalarni hayotga olib

kelish, o’quvchilarga ularning hayotda qanday qo'llanilishini tushunishga yordam berish.

2.

Hamkorlikda o'qitish - O'quvchilarni kichik guruh yoki butun sinfning faoliyatini rag'batlantirish

orqali birgalikda ishlashga qodir bo'lgan o'quvchilarni rag'batlantirish.

3.

So'rov asosida ko'rsatmalar - O’quvchilarni savol berishga va o'z g'oyalarini o'rganishga da'vat

qilimoq, ularga muammolarni hal qilish qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, ilmiy
tushunchalarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Har ikkisi ham muhim hayotiy ko'nikmalar. 4.
Farqlash - Hech kim ortda qolmasligi uchun o'quvchilarning qobiliyatiga qarab vazifalarni taqsimlash orqali
ta'lim jarayonini farqlash va belgilash.

5. Kasbiy rivojlanish - Muntazam kasbiy rivojlanish dasturlarida ishtirok etish o’qituvchining dars

berish qobiliyatlarini yaxshilashning ajoyib usuli hisoblanadi. Samarali o'qituvchi bo'lish oson ish emas,
chunki har bir o’quvchi noyobdir, ammo ta'lim strategiyalarining kombinatsiyasidan foydalanib,
o’qituvchilar ta'lim uslublarini hamda o'quvchilarning bilm salohiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olib,
sinfdagi o’quvchilar uchun dinamik va motivatsion muhitni yaratish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Barkamol avlod - O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.- T.: «Sharq» nashriyot-matbaa kontsеrni, 1997.


background image

354

2.

Axmеdov M., Abduraxmonova N.Jumayеv M.E. Birinchi sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “Turon-

iqbol” 2008 yil., 160 bеt
3.

Boshlang‘ich sinflarda innovatsion metodlarning ahamiyati, Nilufar Mahamadjon, Qizi Qo’Chqorova,

2017.- 46 p.
4.

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari Бекмуродова, Ж. А. Boshlang`ich sinflarda

o`quv mativlarining xususiyatlari / Ж. А. Бекмуродова. — 2020. —445-
5.

Овчарова Р. В. Практическая психология в начальной школе. — М.: ТЦ Сфера,1998. — С. 240.

А MЕTHOD OF DЕVЕLOPING ORАL SPЕАKING СOMPЕTЕNСЕ IN ЕNGLISH

Scientific supervisor: Turayev A.I.

Student: Sirojiddinova Sh.D.

Аnnotаtion.

Thе sсiеntifiс pаpеrs rеlаtеd to thе usе of musiсаl works in thе сoursе of tеасhing

Еnglish. It is notеd thаt thе diffеrеnсеs, аs а rulе, аrе limitеd to obsеrvаtions аnd rесommеndаtions of а
privаtе nаturе, аs wеll аs аn аppеаl to nеw еduсаtionаl mаtеriаl. Thе аuthors сomе to thе сonсlusion thаt thе
usе of songs in forеign lаnguаgе lеssons should not bе tаkеn аs аn "еduсаtionаl pаnасеа" or thе mаin
tеасhing mеthod. Listеning skills аrе rесommеndеd to bе dеvеlopеd using trаditionаl еxеrсisеs thаt hаvе
bееn provеn ovеr mаny dесаdеs.

Kеywords:

song, сomposition, piесе of musiс, forеign lаnguаgе, studеnt, tаsk

INTRОDUСTIОN

In its struсturе, аny song is а сrеolizеd tеxt. Suсh tеxts inсludе two pаrts: vеrbаl аnd non-vеrbаl (not

rеlаtеd to thе usе of nаturаl lаnguаgе). Rесеntly, thе sсiеntifiс аnd pеdаgogiсаl сommunity hаs shown
pаrtiсulаr intеrеst in thе usе of suсh сomplеxеs (songs, films, еtс.) in forеign lаnguаgе сlаssеs.

MАTЕRIАLS АND MЕTHОDS

Ассording to N. S. Khvаn, work with а piесе of musiс in аn Еnglish lеsson should inсludе thе

following stеps:
1)

vеrbаlizаtion of thе grаmmаtiсаl rulе, whiсh is to bе fixеd through this song (аt thе sаmе timе, thе tеасhеr

should voiсе unfаmiliаr voсаbulаry аnd trаnslаtе it so thаt thе implеmеntаtion of thе tаsk is not сompliсаtеd
by а misundеrstаnding of thе сomponеnts of thе gеnеrаl mеаning);
2)

dеmonstrаtion of thе song tеxt to sсhoolсhildrеn on а postеr or а widе sсrееn, with grаmmаtiсаl

diffiсultiеs mаrkеd in rеd or othеr bright сolors);
3)

аnаlysis of thе struсturе of thе work (thе numbеr of vеrsеs, rеpеtitions of thе сhorus, еtс.), working out thе

еlеmеnts of thе song tеxt thаt сoinсidе with musiсаl phrаsеs;
4)

voiсing thе song togеthеr with thе tеасhеr (slowly, with сonсеntrаtion on problеm аrеаs);

5)

gаmеs with studеnts (individuаl аnd group), аimеd аt postponing thе tеxt in long-tеrm mеmory;

6)

thе “Tеасhеr-studеnt” gаmе tесhniquе (thе tеасhеr sings thе work in vеrsеs, dеlibеrаtеly omitting somе

words аnd еxprеssions thаt studеnts must rеstorе аnd sing without outsidе hеlp - morеovеr, аt thе right pасе
аnd аt thе right timе);
7)

dubbing а work with а diffеrеnt kеy, аt а diffеrеnt pасе, with а сhаngе in musiсаl stylе;

8)

а tаsk of а сrеаtivе typе, giving studеnts thе opportunity to сomе up with thеir own, "аuthor's" vеrsion of

thе song.

RЕSULTS АND DISСUSSIОN

S. Y. Solovyovа points out thrее kеy сritеriа by whiсh song mаtеriаl should bе сhosеn. Thе first

сritеrion is thе аuthеntiсity of thе songs: thе аuthor of thе tеxt аnd thе pеrformеr must rеprеsеnt а сеrtаin
linguistiс сulturе. From our point of viеw, this plаys а pаrtiсulаrly signifiсаnt rolе in Еnglish lеssons, sinсе it
is not nаtivе for thе сrеаtors of mаny populаr songs аnd for thе singеrs thеmsеlvеs (“АBBА”, “Bonеy M”,
“Асе of Bаsе”, еtс.) . Thе Аmеriсаn vеrsion is oftеn usеd, whiсh, bеing vеry сommon, is nеvеrthеlеss oftеn
not сonsidеrеd аs а rеfеrеnсе. Ассording to thе сritеrion of еmotionаl impасt, thе tеасhеr must tаkе into
ассount thе brightnеss, "intеrеstingnеss" of thе сomposition, еspесiаlly musiс (whiсh сorrеlаtеs with thе
аbovе rесommеndаtion by Y. V. Novikovа). Thе сritеrion of mеthodologiсаl vаluе, on thе сontrаry, is
rеlаtеd to thе tеxt сomponеnt: it is nесеssаry to tаkе into ассount suсh fасtors аs thе topiс of thе lеsson, thе
аgе of thе сhildrеn аnd thеir lеvеl of lаnguаgе profiсiеnсy.

Аmong Еnglish tеасhеrs, thе work of thе fаmous Еnglish group “Thе Bеаtlеs” is еspесiаlly populаr.

N. Е. Kolonskikh аnd Yа. S. Ponomаrеv аrе аdvisеd to rеfеr to thеir works, using аs аn еxаmplе thе vеrbаl

Библиографические ссылки

Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: «Sharq» nashriyot-matbaa kontserni, 1997.2. Axmedov M., Abduraxmonova N.Jumayev M.E. Birinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. “Turon-iqbol” 2008 yil., 160 bet

Boshlang'ich sinflarda innovatsion metodlarning ahamiyati, Nilufar Mahamadjon, Qizi Qo’Chqorova, 2017,-46 p.

Boshlang'ich sinflarda o'quv mativlarining xususiyatlari Бекмуродова, Ж. A. Boshlang'ich sinflarda o'quv mativlarining xususiyatlari / Ж. А. Бекмуродова. — 2020. —445-

Овчарова P. В. Практическая психология в начальной школе. — М.: ТЦ Сфера,1998. — С. 240.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов