По совершенствованию описания астрономических терминов в толковых словарях

Аннотация

Изучение семантических особенностей терминов, относящихся к астрономии, как отдельной микросистемы узбекского языка, может дать важные выводы для лексикологии. В конце концов, наш объект исследования — это совокупность астрономических терминов, представленных в TSUY. Критерии наличия пометы целесообразно формировать на основе семантического описания. Астр, некоторые термины, которые должны быть охвачены, упущены исследователями (например, астрономия, астролябия). Представляется, что семантическое описание астрономических терминов имеет практическое значение.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Бахтиярова F. (2024). По совершенствованию описания астрономических терминов в толковых словарях. Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения, 1(1), 712–717. https://doi.org/10.47689/ATGD:IYOM-vol1-iss1-pp712-717-id35051
Фотимахон Бахтиярова, Alfraganus University
преподаватель неправительственной организации высшего образования
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Изучение семантических особенностей терминов, относящихся к астрономии, как отдельной микросистемы узбекского языка, может дать важные выводы для лексикологии. В конце концов, наш объект исследования — это совокупность астрономических терминов, представленных в TSUY. Критерии наличия пометы целесообразно формировать на основе семантического описания. Астр, некоторые термины, которые должны быть охвачены, упущены исследователями (например, астрономия, астролябия). Представляется, что семантическое описание астрономических терминов имеет практическое значение.


background image

“Arab tili globallashuv davri

da: innovatsion yondoshuvlar

va

o‘qitish metodikasi”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

712

IZOHLI LUG‘ATLARDAGI ASTRONOMIYAGA OID TERMINLAR

TAVSIFINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA

Baxtiyarova Fotimaxon

Alfraganus University

nodavlat oliy ta’lim tashkiloti o‘qituvchisi

fbahtiyarova83@gmail.com

Annotatsiya.

O‘zbek tilining alohida mikrosistemasi sifatida astronomiyaga

oid terminlarning semantik xususiyatlari tadqiqi lug‘atshunoslik uchun ahamiyatli

xulosalar bera oladi. Negaki, tadqiqot obyektimiz

O‘TILda berilgan

astronomiyaga terminlarning astr. pometasig

a ega bo‘lishiga oid mezonlar aynan

semantik tavsif asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq. O‘TILda mavjud

terminlarning yoki terminlik maqomida bo‘lmagan ba’zi birliklarning semantik

tavsifi aniqlashtirilmaganligi bois astr. pometasini olishi lozim bo

‘lgan ba’zi

terminlar tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan (masalan, astronomiya,

astrolyabiya). Ko‘rinadiki, astronomiyaga oid terminlarning semantik tavsifi

amaliy ahamiyatga ega.

Kalit s

o‘

zlar:

sohaviy lug‘atlar, pometa, semantik tavsif, leksikografik tahlil,

mikrosistema, ensiklopedik elementlar, leksiko-semantik paradigma, semantik

tahlil.

Abstract.

The study of the semantic features of terms related to astronomy,

as a separate microsystem of the Uzbek language, can provide important

conclusions for lexicology. After all, our object of study is the collection of

astronomical terms presented in TSUY. It is advisable to form criteria for the

presence of a litter on the basis of a semantic description. Astr. some terms that

should be covered are missed by researchers (eg astronomy, astrolabe). It seems that

the semantic description of astronomical terms has practical significance.

Key words:

field dictionaries, litter, semantic description, lexicographic

analysis, microsystem, encyclopedic elements, lexical-semantic paradigm, semantic

analysis.

Аннотация

.

Изучение семантических особенностей терминов,

относящихся к астрономии, как отдельной микросистемы узбекского языка,

может дать важные выводы для лексикологии. В конце концов, наш объект

исследования —

это совокупность астрономических терминов,

представленных в TSUY. Критерии наличия пометы целесообразно

формировать на основе семантического описания. Астр. некоторые

термины, которые должны быть охвачены, упущены исследователями

(например, астрономия, астролябия). Представляется, что семантическое

описание астрономических терминов имеет практическое значение.


background image

“Arab tili globallashuv davrida: innova

tsion yondoshuvlar

va

o‘qitish metodikasi”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

713

Ключевые слова:

полевые словари, помета, семантическое описание,

лексикографический анализ, микросистема, энциклопедические элементы,

лексико

-

семантическая парадигма, семантический анализ.

KIRISH.

Dunyo tilshunosligida, xususan, o‘zbek tilshunosligida ham, xilma

-

xil terminologik lug‘atlar yaratilmoqda. Ularni fan va

sohalarga tadbiq etishga

bag‘ishlangan monografiya va risolalar nashr etildi, ko‘plab dissertatsiyalar

himoya qilindi. Ilmiy va ilmiy-

ommabop maqolalar chop etildi. Bu ishlar o‘zbek

tili terminologiyasining nazariy va amaliy masalalarini yechish uchun poydevor

hisoblanadi. Muayyan tilning terminologik tizimlarini, shuningdek, tilning

umumiy boyligini ko‘rsatib beruvchi izohli lug‘atlar har qanday tilshunoslik

uchun bu boradagi eng yirik amaliy tadqiqotlardir.

Izohli lug‘atlarning tarkibiy yondashuvi olingan

so‘zlar

ni semantik tahlil

qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu mazkur lingvistik elementlarni tavsiflash va

tushunish uchun aniq asos yaratadi. Tahlil jarayonida lingvistik jarayon

o‘zgarishlarga uchraydi, ammo sinonimiya va antonimiya kabi leksiko

-semantik

paradigma doirasidagi so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish tilshunoslik

sohasida qoladi. Bu sinonim yoki antonim ta’riflarni shakllantirishga olib keladi,

ularni qo‘llash holatlari va shartlarini izohlaydigan ko‘rsatmalar bilan birga

keladi.

Maxsus va ensiklopedik lug‘atlar uchun tavsifning boshlang‘ich nuqtasi

tushuncha (mazmun rejasi), fikrning belgida moddiylashtirilgan ma’lum bir

diskret birligidir. Bunda maxsus lug‘atda maxsus bilimlarning tuzilishi

(terminologiya doirasida) va shunga mos

ravishda atamalar tizimi lug‘atni

tavsiflash va atamani aniqlash uchun tavsiflash ob’yektini tashkil etadi.

Ensiklopedik lug‘atlarda ikkita jihat mavjud: ulardan biri (o‘ziga xos ta’rif) u

atamalar tizimi nazorati ostida qurilgan, ikkinchisi (kognitiv) ensiklopedik

elementlarga asoslangan bilim.

METODOLOGIYA.

Asosiy lug‘at ta’rifi va so‘zlarning real ob’yektlar hamda

kognitiv natijalar bilan o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan ma’nosi turlicha bo‘ladi.

Leksik-semantik munosabatlar asosida tashkil etilgan temati

k qatorlar va so‘zlar

sinflariga tegishli so‘zlarni aniqlash uchun turli xil qurilish usullari qo‘llaniladi.

Biroq, bu usullar ushbu sinflar uchun ta’riflarning turlarini aniqlamaydi va

tavsiflovchi talqinlardan foydalanishni belgilash bilan cheklanadi. Ta

’riflarning

tizim turlari turli xil materiallar tufayli lug‘at tavsifining bevosita tajribasi asosida

ishlab chiqilgan. Leksikografik amaliyotni tahlil qilish va lug‘atlarda amalda

qo‘llaniladigan ta’riflarning turlarini nazariy asoslash zamonaviy izohli

l

ug‘atlardagi konseptual bo‘shliqlarni bartaraf etish yondashuvlaridan biridir.

Umumiy izohli lug‘atda atamani aniqlash usullari va ular bilan bog‘liq holda

yuzaga keladigan leksikografik qiyinchiliklar ilmiy adabiyotlarda bir necha bor
muhokama qilingan. Akademik L.V.Shcherba, A.A.Shaxmatov, X.Kasares,

V.Doroshevski va boshqa olimlar bu borada o‘z mulohazalarini bildirib o‘tganlar

va leksikografik tajribalaridan ma’lumotlarni taqdim etganlar

.


background image

“Arab tili globallashuv davri

da: innovatsion yondoshuvlar

va

o‘qitish metodikasi”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

714

Ta’riflarning mantiqiy, tasniflovchi turlarida umumlashtiruvchi so‘zlar

determinant so‘zlar (

asbob, vosita, qurilma, kiyim-kechak, poyabzal, mebel,

hayvonlar, o‘simliklar

va boshqalar.) deb ataladi. Va bunday determinantlarning

hisobi semantik tahlilning eng muhim yordamchi prosedurasi hisoblanadi. Izohli

lug‘at tuzishda terminlarni ajratish va izohlash masalasida jahon tajribasini

o‘rganish muhim bosqich hisoblanadi

.

MUHOKAMA VA NATIJA.

Ma’lumki, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” asosiy

leksikografik manba hisoblanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”n

i yaratishda

leksikograflar va tilshunoslar darsliklar, adabiyotlar, tarixiy hujjatlar, hatto ona

tilida so‘zlashuvchilarning foydalanishi va sharhlari kabi til manbalariga tayanib,
lekisikalar izohini berishgan. O‘zbek tilining izohli lug‘atini yaratish j

arayonida

leksikograf va tilshunoslar turli metodlardan foydalanishgan. Ular so‘zlarning

tuzilishini tahlil qilib, etimologiyasi va tarixiy rivojlanishini o‘rgangan,

shuningdek, ularning turli kontekstlarda ishlatilishini tadqiq etgan. Shuningdek,

ular o‘z

bek tilining mintaqaviy farqlari va dialektlarini hisobga olishga harakat

qilishgan. Ushbu puxta tadqiqot va tahlil ularga lug‘atda so‘zlardan

foydalanishning batafsil tushuntirishlari, ta’riflari va misollarini taqdim etish

imkonini bergan. Bundan tashqar

i, leksikograflar lug‘at tarkibining aniqligi va

dolzarbligini ta’minlash uchun mutaxassislar va ona tilida so‘zlashuvchilar bilan

hamkorlik qilishgan. Bular, albatta, tahsinga sazovor ishlardir. Ammo
terminlarning berilishi, astronomiyaga oid terminologik

tizimdan lug‘at uchun

tanlab olinishi, ularning semantik xususiyatiga ko‘ra belgilarning ishlatilishi,

leksik pometaning qo‘llanishiga oid ayrim kamchiliklar mavjudki, keyingi

bosqichda ularni bartaraf etish muhim vazifalardandir.

“O‘TIL”da, odatda, terminlar fan sohasiga oidlikni bildiruvchi pometa, ya’ni

leksikografik izoh bilan belgilanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” so‘zboshisida

shunday fikr keltirilgan : “Lug‘atga kiritilgan so‘zlar alifbo tartibida beriladi va

ular, odatda, lug‘atning so‘zligi deb qaraladi. Bu noto‘g‘ri emas. Lekin masalaga

(hodisaga) yuqoridagi kabi kengroq ma’noda qaralgan taqdirda, faqat lug‘atga

kiritilgan so‘zlargina emas, balki lug‘atga kiritilgan va ma’nolari belgilanib, izoh
bilan ta’minlanuvchi ajratib yoziladigan yasama so‘z va turg‘un birikmalar ham

lug‘atning so‘zligini tashkil etadi. Lekin ular, ma’lum prinsip asosida, bosh so‘zga

tuzilgan lug‘at maqolasi ichida beriladi.

1. Bosh so‘z.

Lug‘at so‘zligidan o‘rin olgan har bir so‘z bosh so‘z deyiladi.

Quyidagi so‘z va

so‘z shakllari lug‘atga kiritildi, ya’ni bosh so‘z sifatida berildi:

Chegaralangan leksikadan:

1. Ko‘pchilik qo‘llaydigan va tushunadigan,

darslik, ilmiy-

ommabop asar va davriy matbuotda ko‘p qo‘llanadigan terminlar:

inqilob, iqtisod, ko‘paytiruv, aksiya,

tola, raqs, emlash, shudgorlash

va b.

Turg‘un birikmalar ham lug‘atga kiritiladigan so‘zlarga qo‘yiladigan

(yuqorida qayd etilgan) talablar asosida lug‘atga kiritildi. Ya’ni umumiste’molda

bo‘lgan, shuningdek, qo‘llanish doirasi chegaralangan turg‘un birikmalardan ko‘p

ishlatiladigan, yozma nutqda ham ko‘p uchraydiganlari kiritildi. Bular

quyidagilar:


background image

“Arab tili globallashuv davrida: innova

tsion yondoshuvlar

va

o‘qitish metodikasi”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

715

1. Og‘zaki va yozma nutqda ko‘p qo‘llanadigan, turli sohaga oid birikma

terminlar:

milliy daromad, daromad solig‘i, atrof muhit, ma’muriy jazo, mehnat

daftar

chasi, qon bosimi, jarima to‘pi

va sh.k.

Ilm-

fan sohalariga oid so‘zlarda shu sohani bildiruvchi qisqartmasi qo‘yildi:

mat.

(matematika),

tlsh.

(tilshunoslik),

iqt.

(iqtisodiyot),

geogr

. (geografiya),

astr

.

(astronomiya) va b.

Agar birdan ortiq ma’noga ega

bo‘lgan so‘z ma’lum bir ma’nosi yoki

ma’nolari bilan chegaralangan qatlamga mansub bo‘lsa, uslubiy belgi shu ma’nosi

yoki ma’nolarining izohidan oldin qo‘yildi. Misol:

O‘ZAK

1 [izoh]...

3 tlsh. [izox]...

3) bosh so‘z to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lsa, to‘g‘ri ma’nosi avval,

ko‘chma ma’nosi undan keyin berildi ...

“O‘TIL”dagi izohdan ma’lum bo‘ladiki, astronomik terminlarga

astr

.

pometasi qo‘yilgan. Ammo shunday mazmunli so‘zlarning ko‘pchilik qismiga hech

qanday belgi qo‘yilmagan. Masalan, quyi

dagi leksemasining sememalarini

kuzatamiz:

ASTRONOMIYA

[yun. astronomia < astron + nomos

qonun] Osmon

jismlari, umuman koinot tuzilishi va taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan.

YER

1 Quyoshdan keyingi uchinchi planeta. Yer shari. Yer aylanasi. Yer

Quyosh atrofi

da aylanadi. Yerning sun’iy yo‘ldoshi. 2 Shu planetaning quruklik

qismi (suv bilan qoplangan qismiga qarama-

qarshi qo‘yilganda). Yer

planetamizning oltidan bir qismini tashkil etadi. 3 Planetamiz qobig‘ining sirtqi

qatlami. Yer bag‘ri. Yer osti boyliklari.

Qora (qaro) yerga kirgur! (qarg‘.). Yer

yutgur! (qarg‘.). Osmon uzoq, yer qattiq. Maqol. Bir vaqt yer osti dukillagandek

bo‘ldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

Izohlardan ko‘rinyaptiki,

ASTRONOMIYA

so‘zi

ga sohaga oid terminligini

tasdiqlovchi pometa

qo‘yilmagan. Yoki

YER

so‘zi ko‘p

ma’noli: uning birinchi

ma’nosi terminologik mazmun kasb etyapti. Maxsus leksikografik pometa

qo‘yilmagan bo‘lsa

-

da, ushbu so‘zni astronomik terminlar bazasi (ATB) ga kiritish

mumkin. Agar yer so‘zida bo‘lganidek, ko‘p

ma’noli so‘zlardan bitta ma’nosi

terminologik xususiyat kasb etsa, izohli lug‘atda bo‘lmasa ham, ATBda

astronomiyaga oid atama ekanligini bildiruvchi pometa bilan belgilanadi. Demak,

bu so‘zning barcha izohlari, etimologiyasi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi; b

irinchi

ma’no oldiga

astr.

belgisi qo‘yiladi.

O‘TIL (2005

-2008) da astronomiya sohasiga oid ayrim terminlar borki, ular

2 jildli izohli lug‘atda mavjud emas, ammo 5

,6

jildli izohli lug‘atdan o‘rin olgan

:

КАЙВОН

[

ф.

-

Зуҳал (Сатурн) юлдузи] 1(К

-

катта)

астр

. эск. Зуҳал

[Сатурн] сайёрасининг форсча номи.

2 фольк. Баланд айвон. Унда ҳам кўшку

айвон, Зарварақли олтин кайвон, Зиёдонлар алвон

-

алвон. «Равшан».

ЗИЖ

[a

.ф.

-

астрономик жадвал]

астр.

Қуёш, Ой ва б. йирик

сайёраларнинг юлдузлараро ҳаракатини, уларнинг самодаги вазиятини

кўрсатувчи жадвал; астрономик жадвал (шундай жадваллар асосида


background image

“Arab tili globallashuv davri

da: innovatsion yondoshuvlar

va

o‘qitish metodikasi”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

716

тақвимлар тузилади). Аслида Ер ҳаракатда, деб фараз қилганимизда ҳам, бу

ҳол ҳисоб ва зижларимизнинг моҳиятини ўзгартирмаган бўлур эрди. «Фан

ва турмуш».

Ayrim term

inlar ikkala lug‘atda ham

astr.

pometasisiz berilgan. Quyidagi

leksemani misol qilib ko

rsatish mumkin:

2 jildlida:

MERKURIY

[lot. Mercurius

rim mifologiyasida chorvachilik va

savdo ma’budi; sayyohlar, yo‘lovchilar homiysi] (M –

katta) Quyosh sistemasidagi

to‘qqizta katta sayyoradan biri, Quyoshga eng yaqini.

5, 6 jildlida:

MERKURIY

[lat] (M

katta) Quyosh sistemasidagi to‘qqizta

katta planetalardan biri, Quyoshga eng yaqini.

Astronomiyaga oid terminlarning o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida

izohlan

ishiga doir qarashlarimiz shuni ko‘rsatadiki, ikki tomli izohli lug‘atda

keltirilgan terminlar miqdori besh jildli izohli lug‘atga qaraganda kamroq bo‘lgan.

XULOSA.

Aytish mumkinki, ushbu astronomiyaga oid terminlarning

barchasi izohining tarkibida astonomiya sohasiga ishora qiluvchi birliklarning

mavjudligi sababli sohaga doir termin. Demak, lug‘atda bosh so‘zning izohi

tarkibida sohaga oidlikni ifodalovchi, unga ishora qiluvchi so‘z va so‘z

birikmalarning mavjudligi birlikka termin sifatida maxsus

belgini qo‘llash

zaruratini talab qiladi. Ayniqsa, o

‘zakdoshlarning ketma

-ket kelishida leksik

pometani qo‘llash, albatta, zarur

(

meteor, meteorit

).

Terminning lug‘at maqolasida keltirilishi kerak bo‘lgan izoh

larni

astronomiyaga oid terminlarning

o‘ziga xos

xususiyatlarini yanada ochib

beruvchi manba sifatida yanada mukammalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar r

o‘

yxati:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildli. 1

-jild.

Тоshkent: “G‘afur G‘ulom”

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

962 b.

B. 11.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-ati

2. Khamroeva Sh.M., Gulyamova Sh.K

. Electronic dictionaries − the product

of applied linguistics // ISJ Theoretical & Applied Science, 07 (87), 2020, July, 463-
466.

Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-07-87-88.

3

. Эргaшевa М. Олaмнинг лисоний мaнзaрaси вa семaнтик

мaйдонлaргa бўлиниши. «Молодой учѐный». №3.1 (107.1) Филология

.

Февр

a

ль, 2016. –

Б.62.

https://moluch.ru/archive/107/25694/

4.https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-

ati

5.https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-

ati

6.

Гулямова Ш. Ўзбек тили семантик анализаторининг лингвистик

асослари: Филол.фан.док

-

ри дисс... –

Фарғона, 2022. –

Б. 78. –

240 б.

https://tsuull.uz/sites/default/files/19shaxnoza_gulyamova_ozbek_tili_semanti

k_analizatorining_lingvistik_asoslari_.pdf

7. https://ozlib.com/1010208/literatura/ponyatie_razmetki


background image

“Arab tili globallashuv davrida: innova

tsion yondoshuvlar

va

o‘qitish metodikasi”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

717

8. O

zbek tilining izohli lug

ati 1-jild.

Toshkent: G

afur G

ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

962 b.

9. O

zbek tilining izohli lug

ati 2-jild.

Toshkent: G

afur G

ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

1035 b.

10. O

zbek tilining izohli lug

ati 3-jild.

Toshkent: G

afur G

ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

843 b.

11. O

zbek tilining izohli lug

ati 4-jild.

Toshkent: G

afur G

ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

823 b.

12. O

zbek tilining izohli lug

ati 5-jild.

Toshkent: G

afur G

ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

718 b.

13. O

zbek tilining izohli lug

ati 6-jild.

Toshkent: G

afur G

ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.

862 b.

Библиографические ссылки

O'zbek tilining izohli lug'ati. 6 jildli. 1-jild. - Toshkent: "G'afur G'ulom" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 962 b. - B. 11. https://ri.ziyouz.com/kutubxona/category/10 o-zbek-tilining-izohli-lug-ati

Khamroeva Sh.M., Gulyamova Sh.K. Electronic dictionaries - the product of applied linguistics / / IS] Theoretical & Applied Science, 07 (87), 2020, July, 463-466. - Soi: http://s-o i.Org/l.l/TAS-07-87-88.

Эргашева M. Оламнинг лисоний манзараси ва семантик майдонларга бўлиниши. «Молодой учёный». №3.1 (107.1) Филология. Февраль, 2016. - Б.62. https://moluch.ru/archive/107/25694/

.https: / / n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-ati

https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-ati

Гулямова Ш. Ўзбек тили семантик анализаторининг лингвистик асослари: Филол.фан.док-ри дисс... - Фарғона, 2022. - Б. 78. - 240 б. https://tsuull.uz/sites/default/files/19shaxnoza_gulyamova_ozbek_tili_semanti k_analizatorining_lingvistik_asoslari_.pdf

https://ozlib.com/1010208/literatura/ponyatie_razmetki

O'zbek tilining izohli lug'ati 1-jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 962 b.

O'zbek tilining izohli lug'ati 2-jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 1035 b.

O'zbek tilining izohli lug'ati 3-jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 843 b.

O'zbek tilining izohli lug'ati 4-jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 823 b.

O'zbek tilining izohli lug'ati 5-jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 718 b.

O'zbek tilining izohli lug'ati 6-jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. - 862 b.