Труд Беруни «Осор ул-бакия» является важным источником для изучения истории эпохи афригов

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
122-125
2
0
Поделиться
Ражапов, М. (2024). Труд Беруни «Осор ул-бакия» является важным источником для изучения истории эпохи афригов. in Library, 1(1), 122–125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30777
Мардонбек Ражапов, Институт истории Академии наук
докторант Института истории Академии наук Республики Узбекистан
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются некоторые идеи и выводы, вынесенные в сочинении Аль-Беруни “Осор ул боқия ан ал-қурун ал-ҳолия” относительно султаната Афригидов, которое было упомянуто как первое упоминание о хорезмшахах.


background image

boshqa narsa emas. Chunki joy nomlari o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lib qolmaydi. Uning paydo bo‘lishida
muayyan tarixiy asos bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 1-5 жилдлар.
“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат
илмий нашриёти, 2006-2008.
2. Сатторов А. Нурга бурканаётган Нуробод –
Тошкент: Фан зиёси нашриёти, 2022.
3. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси
терминларининг изоҳли луғати. – Наманган,
2006, 58-б.
4. Охунов Н. Топонимлар ва уларнинг
номланиш хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 1989,
6-б.

5. S. Qorayev. Toponimika. – Toshkent:
О‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2006.
6.

R.Y Xudoyberganov va boshqalar.

O‘zbekiston

joy nomlarining izohli lug‘ati. –

Toshkent:

Donishmand ziyosi, 2022.
7. Б.Ўринбоев. Асрлардек барҳаёт номлар.
Самарқанд вилояти топонимик изоҳли луғати. –
Самарқанд: Зарафшон нашриёти, 2003.
8.

T. Нафасов. Қашқадарё қишлоқномаси.

Қашқадарё вилояти қишлоқлари номининг
тадқиқи. – Тошкент: Муҳаррир, 2009.

TAMADDUN NURI

TARIX

UDK: 93(94).930.2

BERUNIYNING “OSOR UL-BOQIYA” ASARI AFRIGʻIYLAR

DAVRI TARIXINI OʻRGANISHDA MUHIM MANBA

Annotatsiya: Ushbu maqolada Beruniyning “Al-Osor al-

boqiya an al-qurun al-xoliya” asarida keltirlgan ilk
xorazmshohlar sulolasi sifatida qayd etilgan Afrigʻiylar
sulolasiga oid ba`zi fikr-mulohazalar bilan tanishamiz.

Kalit so‘zlar: Afrigʻiylar, Askajamuk II, Arsamux,

Abdulloh Muhammad ibn Ahmad, Al-Fir.

Аннотация: В данной статье рассматриваются

некоторые идеи и выводы, вынесенные в сочинении Аль-
Беруни “Осор ул боkия ан ал-қурун ал-xолия” относительно
султаната Афригидов, которое было упомянуто как первое
упоминание о хорезмшахах.

Ключевые слова: Афригиды, Аскаджамук II,

Арсамух, Абдуллох Мухаммад ибн Ахмад, Аль-Фир.

Abstract: In this article, we will familiarize ourselves

with some ideas and conclusions presented in Al-Biruni's work
“Chronology” regarding the Afrighids dynasty, which was
mentioned as the first reference to the Khwarezmshahs.

Key words: Afrighids, Askajamuk II, Arsamuk, Abdullah

Muhammad ibn Ahmad, Al-Fir.

“Ulugʻ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi”

Abu Rayhon Beruniy

Afrigʻiylar sulolasining siyosiy hayoti haqida maʼlumot beruvchi yozma manbalar nihoyatda kam.
Bunga misol tariqasida Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” asaridan
olingan parchani koʻrsatishimiz mumkin. Unda

“Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning

xabar va rivoyatlarini oʻrgangan va bilimlarni boshqalarga oʻrgatadigan kishilarni halok etib, butkul

Mardonbek RAJAPOV,

O‘zR FA Tarix instituti

Tarixshunoslik va

manbashunoslik markazi

tayanch doktoranti


background image

TAMADDUN NURI ISSN 2181-8258

2024-yil, 1-son, (52)

Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-

ma’rifiy, adabiy

-badiiy jurnal

123

yoʻq qilgan edi”

[1]. Bundan tashqari, oʻtgan davr

mobaynida birgina Turon hududining oʻzida
turlicha siyosiy mafkuralarga ega boʻlgan oʻnlab
davlatlar hukm surgan. Shu sababdan uzoq vaqt
davomida tarixning qorongʻi sahifalarini yoritib
beruvchi koʻplab tarixiy asarlar umuman yoʻqolib
ketgan boʻlsa, ulardan ayrimlarining faqat maʼlum
bir qismigina bizgacha yetib kelgan. XII-XIII
asrlarda yozilgan asarlarning Xorazm vohasiga
tegishli qismidagi maʼlumotlar, koʻpincha bir-
biriga zid boʻlib, ularga tayanib muhim tarixiy
voqealar sanalarini yoki hikoya qilinayotgan
voqeaning tarixiy haqiqatini anglash mushkul ish.
Bu muammoga hatto, V.V.Bartold ham duch
kelganini ta’kidlab oʻtgan [2].

Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) davrida

Turon aholisi uchun yangi din boʻlgan islom dini
va uning asosida kirib kelgan yangi madaniyat
mazkur hududda mavjud boʻlgan davlatlar rivojiga
juda katta taʼsir qilgani shubhasiz. Beruniy
zamonida Kat shahri nafaqat Xorazmning, balki
butun

Turonning

eng

yirik

savdo-sotiq

markazlaridan biriga aylanib ulgurgan edi.
Аfrigʻiylar sulolasining poytaxti Kat shahri bu
davrda Yettisuv, Oltoy, Janubiy Sibir, Xitoy,
Hindiston, Yaqin Sharq, Volgaboʻyi, Kavkaz va
Sharqiy Yevropa hududlari bilan savdo yoʻllari
orqali bogʻlangan. Bunday sharoit Xorazm
shaharlarida ilm-fan rivojiga ham sezilarli taʼsir
qilgan. Shunday bir ijtimoiy-madaniy muhitda
tugʻilib oʻsgan Beruniy ilm-fanga qiziqishi sabab,
yoshligidan koʻpgina olimlarning eʼtiboriga
tushadi. Ulardan biri Аfrigʻiylar xonadonining
yaqin qarindoshi Аbu Nasr ibn Iroq boʻlib,
olimning bobosi Xorazmshoh Iroq ibn Mansur,
uning amakisi Xorazmshoh Muhammad ibn
Mansuredi [3].

Аbu Rayhon Beruniy X asrdagi

Xorazmdagi siyosiy voqealar sabab Ray va Jurjon
shaharlarida yashaydi. Bu yerda Erondagi
Ziyoriylar sulolasidan Qobus ibn Vashmgir unga
homiylik qilib, oʻz saroyida vazirlik darajasini
taklif qilgan [4]. Beruniy oʻzining “Osor ul-boqiya
an al-qurun al-holiya” asarini Jurjon shahrida 27
yoshida 1000-yillarda yozib tugatadi. Bu asar
Yevropada “Xronologiya”, oʻzbek sharqshunos-
ligida “Osor ul-boqiya” nomi bilan mashhur.

Ushbu tarixiy asar katta ahamiyatga ega. Chunki
asarda Xorazmning ilk oʻrta asrlar tarixini
yorituvchi maʼlumotlar boshqa manbalarda
uchramaydi.

Asarda

Beruniy

Afrigʻiylar

sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi, Afrigʻiy-
xorazmshoh

sulolalardan

22

hukmdorning

ismlarini xronologik jihatdan ketma ketlikda
keltirgan.

Bu maʼlumotlar hozirgi kunda

arxeologik va numuzmatik maʼlumotlar uchun
muhim qiyosiy manba hisoblanadi [5].

Asarda Afrigʻiylar sulolasiing hokimiyat

tepasiga

kelishi

shunday

izohlanadi:

“Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha
boshlagandan

tarix

ola

boshladilar,

bu

Iskandardan 980 yil ilgari boʻlgan edi. Undan
keyin Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga
kelishidan, Kayxusrav va uning naslining
Xorazmda podshohlik qilishlaridan tarix oldilar.
Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga koʻchib, turk
podshohlari [ustidan] hukmronligini yurgʻizgan
edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashganidan 92
yil keyin boʻldi. Soʻngra ular tarix olishda
eronliklarga

ergashib,

Kayxusravning

[Xorazm]shoxlari deb ataluvchi naslidan boʻlgan
har bir [podshoh davrining boshlanishidan] tarix
oldilar. Nihoyat Kayxusrav davridan Ofrigʻ
podsholigi boshlandi. Eronliklar “gunohkor”
Yazdijardni

yomon

xabar

keltiruvchiga

yoʻyganlaridek, [xorazmliklar] Ofrigʻni shum
habar keltiruvchiga chiqardilar. Ofrigʻdan keyin
uning oʻg‘li podshoh boʻldi. [Ofrigʻ] Iskandar
tarixining 616-yilida al-Fir ustiga oʻz qasrini
qurdirdi. Keyin xorazmliklar ofrigʻ va uning
avlodlari podshohligidan tarix oldilar”. Al-Fir
Xorazm shahrining chekkasidagi loy va xom
gʻishtdan qurilgan qalʼa boʻlib, bir-birining
ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan
qolishmaydigan uch qavat qoʻrgʻon edi. Bu
barcha qoʻrgʻonlar tepasida Yamandagi Gʻumdon
singari

podshohlarning

qasrlari

bor

edi.

Gʻumdon-tabbalarning turar joylari boʻlib, Sanʼa
masjidi Jome roʻparasidagi toshdan qurilgan
qalʼadir. Aytilishicha, u toʻfondan keyin Som ibn
Nuh qurgan binolardandir. Som qazigan quduq
ham oʻsha yerdadir. Baʼzilar esa, bu Zahhok
tomonidan Zuhra ismiga atab qurilgan haykal,
deganlar. Al-Fir oʻn milcha va undan koʻproq


background image

masofadan koʻrinar edi. Jayhun har yili uni buzib,
yiqitib va parchalab olib keta berdi; Nihoyat
Iskandar tarixining 1305-yilida undan asar
qolmadi”

[6].

“Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya”

arab tilida yozilgan. Bu kitobni birinchi marta
Yevropa olimlariga tanishtirgan kishi sharqshunos
va beruniyshunos olim Eduard Zaxau edi. Olim
asarni 1876-1878-yillarda Leypsigda arabcha
nusxasini nashr etdi[7]. 1879-yilda ingliz[8],
1943-yilda fors ,1957-yilda rus tillarida asar nashr
etilgan[9]. Oʻzbekcha tarjimasi 1968-yilda
Toshkentda

Beruniy

“Tanlangan

asarlari”

turkumida (1 jild) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti tomonidan nashr qilingan. S.P.Tolstov
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asariga
toʻxtalib, Xorazm vohasining ilk oʻrta asrlar
tarixini oʻrganish ahamiyati haqida mufassal
tasvirlab, unga juda yuksak baho beradi va
Beruniyning “Osor ul-boqiya an al-qurun al-
holiya” asarida keltirilgan Xorazm haqidagi
maʼlumotlarning

koʻpchiligi

arxeologik

tadqiqotlar natijasida oʻz isbotini topganligini
aytib oʻtadi[10].

“Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya”

asarida Beruniy oʻzi tilga olgan shaxslarning
shaxsiga, ular yashagan va hukmronlik qilgan
yillarga aniqlik kiritmaydi. Faqat Askajamuk II
712-yilda Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim
tomonidan hokimiyat tepasiga oʻrnatilgani,
Arsamuh Muhammad (s.a.v) davrida taxtda
boʻlganligi, sulola asoschisi Afrigʻning Iskandar
davrining 616-yilida (milodiy 305-yilda) al-Fir
ustida oʻz saroyini qurdirganini aytadi. Al-
Beruniyning asaridan boshqa yozma manbalarda
deyarli 700 yil davomida Xorazmni boshqargan
qadimiy Xorazmshoh sulolasi haqida hech qanday
ma’lumot yoʻqligi eng muhim boʻshliqdir.
Beruniyning hayoti va faoliyati oʻrganish XIX
asrning 50-yillaridan boshlangan va bugungi
kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan.
Zamonaviy tadqiqotlarda Beruniyning “Osor ul-
boqiya an al-qurun al-holiya” asarida keltirilgan
Afrigʻiylar sulolasiga oid bir-biriga zid boʻlgan
fikr-mulohazalarni qayd etishgan. Masalan: K.E.
Bosvort Afrigʻiylar sulolasining paydo boʻlishiga
bevosita toʻxtalib, sulolaga oid maʼlumotlarning
aksariyati faqat Beruniy tomonidan yozib

qoldirilganligi va uning ishonchliligini shuhba
ostiga oladi va Beruniy haqiqatda islomgacha
boʻlgan Xorazm tarixini yaxshi bilmasligini keng
qamrovli sovet arxeologik topilmalaridan Afrigʻ
nomining yoʻqligini misol qilib ko‘rsatadi [11].
K.E.Bosvort fikricha Afrigʻ [fryḡ] sulolaviy nomi
Beruniydan boshqa joyda tasdiqlanmagan, bu esa
tarixchi olimlarning bu nom hech qachon mavjud
bo‘lmaganligini taxmin qilishiga sabab bo‘lgan.
Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini
S.P.Tolstovchalik o‘rgangan olim bo‘lmasa kerak.
Uning tadqiqotlari Xorazm tarixini o‘rganish
uchun muhim tayanch vazifasini o‘tashi aniq.
Biroq

bu

tadqiqotimizda

S.P.Tolstovning

tadqiqotlariga ko‘p murajaat qilmadik. Bizning
fikrimizcha, S.P.Tolstovning asosiy vazifalaridan
biri Beruniy asarida tilga olingan sulola asoschisi
Afrig‘ga oid arxeologik dalil-isbot topish bo‘lgan
va xattoki areologik qazishmalar davomida
topilgan tangalardan birining yuzida aks etgan
yozuvni “podsho Afrig‘” deya o‘qigan [12].
S.P.Tolstov tomonidan topilgan va bugungi kunda
Davlat

Ermitaj

muzeyi

kolleksiyasida

saqlanayotgan, “Afrig‘” ['pryk] deya o‘qilgan
tanga B.I.Vaynberg va V.A.Livshits tomonidan
“Bivarsar” [bwrsr] nomi bilan o‘qilgan [13].
S.P.Tolstov tadqiqotlarida Afrig‘iylarni kelib
chiqishi eroniy sulolaga bog‘lash alomatlari
sezilib turadi va o‘z fikrini isbotlash uchun bot-bot
Beruniy asariga murojaat qilganligi e’tiborimizni
qaratadi. Balkim bu shu davrda siyosiy va
mafkuraviy qarashlarning qandaydir natijasi
bo‘lsa kerak.

E.V.Rtveladze

ham

Afrigʻiylar

sulolasining paydo boʻlishi haqida soʻz yuritib,
Beruniy asarini arxeologik va numuzmatik
materiallarni qiyosiy tahlil qiladi va Beruniyning
maʼlumotlaridaan foydalangan holda Xorazm
tarixiga oid ilmiy nashrlarda qabul qilingan
fikrlarga qoʻshilmagan bir qancha muhim
xulosalar chiqaradi. Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar”ning M.Salʼe
tarjimasi asosida Beruniy Afrigʻning hokimiyat
tepasiga kelishi haqida hech narsa aytmagani,
faqat Iskandar davrining 616-yilida (milodiy 305-
yilda) al-Fir ustida o‘z saroyini qurdirganini
aytadi. E.V.Rtveladze Beruniy maʼlumotlarini
“yarim afsonaviy” maʼlumotlar qatoriga qoʻshadi
va Xorazm hukmdorlari roʻyxatini oʻz ichiga


background image

TAMADDUN NURI ISSN 2181-8258

2024-yil, 1-son, (52)

Ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-

ma’rifiy, adabiy

-badiiy jurnal

125

olgan numuzmatik materiallarga asoslanib III asr
boshi IV asr oxirida Xorazmda zarb qilingan
tangalarda Afrigʻ nomi yoʻqligini toʻliq
koʻrsatishini taʼkidlaydi. E.V.Rtveladze, Vazamar
bu-hukmdor nomi, Afrigʻ esa sulola nomi.
Vazamar nomi numuzmatik materiallarda oʻz
aksini topgan boʻlsa, Afrigʻ nomi Beruniy
maʼlumotlarida

uchraydi.

E.V.Rtveladze

Afrigʻiylar sulolasi nomini Vazamariylar sulolasi
nomiga almashtirishni taklif qiladi [14].

Aykut Oʻzbayraktar Beruniy tomonidan

keltirilgan 22 ta afrigʻiy xorazmshohlarni
xorazmshoh emas balki, manbalarda tilgan olingan
oxirgi afrigʻiy xorazmshoh Abdulloh Muhammad
ibn Ahmadning shajarasidir degan fikrni ilgari
surgan [15].

Xulosa

oʻrnida

shuni

aytishimiz

mumkinki, Beruniyning “Osor ul-boqiya an al-
qurun al-holiya” asarida Xorazmning tarixi,
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti, shuningdek,
Afrigʻiylar sulolasining davriga doir ma’lumotlar
keltirilgan.

Asar

haqida

S.P.Tolstov,

E.V.Rtveladze,

K.E.Bosvort,

A.Oʻzbayraktalarning turli tarixiy yondashuvlar
asosida Beruniy ma’lumotlarini baholash, ularning
qarashlari aks etgan. S.P.Tolstov asarning
Xorazmning ilk oʻrta asrlar tarixini oʻrganish
uchun qimmatliligini aytgan boʻlsa, K.E.Bosvort
asarning ishonchliligini shubha ostiga oladi.
E.V.Rtveladze Beruniy maʼlumotlarini “yarim
afsonaviy” maʼlumotlar qatoriga qoʻshadi.
A.Oʻzbayraktalar tadqiqotlarida oxirgi afrigʻiy
hukmdor

Abu

Abdulloh

Muhammad

ibn

Ahmadning hokimiyatga qanday kelganligini
oʻziga xos legitimatsiya orqali tushintirish uchun
ushbu shajarani tuzib chiqqan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Бируни Абу Райхан. Избранные произве-
дения. т.I, «Памятники минувших поколе-
ний»,Ташкент, Изд-во АН УзССР, 1957.

2.

Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монголь-
ского нашествия. / Сочинения, Т. I. -Мос-
ква: Издательство Восточной литературы,
1963. – С. 77.

3.

Fedorov M. The Khwarazmshahs of the
Banu Iraq (Fourth/Tenth Century) // Iran:

Journal of the British Institute of Persian
Studies, Vol. XXXVIII, 2000. – Р. 71.

4.

Sonja Brentjes. Abu Nasr Mansur b. 'Ali b.
‘Iraq (lived circa 950-1036) and Abu l-
Rayhan al-Biruni (lived from 973-after 1050)
as students, teachers, and companions.
Models & Optimisation and Mathematical
Analysis Journal Vol.03 Issue 01 (2015)

5.

Бируни Абу Райхан. Определение границ,
мест для уточнения расстояний между
населенными и пунктами (Геодезия) // Из-
бранные произведения, 1, стр 15. т.3. – Т.:
“Фан”, 1966. Абу Райхaн Беруний. Тан-
ланган асарлар. 1-жилд. Т.: “Фан”, 1968.

6.

Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд. Т.:
“Фан”, 1968. 29-31 б.

7.

Edward Sachau. Chronologie orientalischer
Völker (Brockhaus,), also by Muḥammad ibn
Aḥmad Bīrūnī

8.

Edward Sachau. Chronology of Ancient
Nations by Al Biruni. London. 1879.

9.

Бируни Абу Райхан. Избранные произве-
дения. т.I, «Памятники минувших поколе-
ний»,Ташкент, Изд-во АН УзССР,1957.

10.

Толстов С.П. Бируни и его «Памятники
минувших поколений» (Бируни Абу
Райхан. Избранные произведения) т.I,
стр.7-21.

11.

Bosworth, Clifford Edmund (1984a). "Āl-e
Afrīḡ". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7.
pp. 743–745.

12.

С.П.Толстов.

Қадимий

Хоразм

цивилизациясини излаб. Тошкент: Янги
аср авлоди, 2014. Б-110.// По следам... С.
191—192

13.

Вайнберг Б.И. Монеты...; Каталог. С. 116,
№ 207, X VII, VII.

14.

Ртвелдзе Э.В. Государство Вазамаридов
(Афригидов) Хорезма// Хорезм в государ-
ственности Узбекистан. – Ташкент, 2013.

Aykut Özbayraktar. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh
II. Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir
İnceleme. İran Çalışmaları Dergisi. Cilt: 7, Sayı:
1.2023. , ss. 151-1

Библиографические ссылки

Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших поколений»,Ташкент, Изд-во АН УзССР, 1957.

Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. / Сочинения, Т. I. -Москва: Издательство Восточной литературы, 1963. – С. 77.

Fedorov M. The Khwarazmshahs of the Banu Iraq (Fourth/Tenth Century) // Iran: Journal of the British Institute of Persian Studies, Vol. XXXVIII, 2000. – Р. 71.

Sonja Brentjes. Abu Nasr Mansur b. 'Ali b. ‘Iraq (lived circa 950-1036) and Abu l-Rayhan al-Biruni (lived from 973-after 1050) as students, teachers, and companions. Models & Optimisation and Mathematical Analysis Journal Vol.03 Issue 01 (2015)

Бируни Абу Райхан. Определение границ, мест для уточнения расстояний между населенными и пунктами (Геодезия) // Избранные произведения, 1, стр 15. т.3. – Т.: “Фан”, 1966. Абу Райхaн Беруний. Тан-ланган асарлар. 1-жилд. Т.: “Фан”, 1968.

Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд. Т.: “Фан”, 1968. 29-31 б.

Edward Sachau. Chronologie orientalischer Völker (Brockhaus,), also by Muḥammad ibn Aḥmad Bīrūnī

Edward Sachau. Chronology of Ancient Nations by Al Biruni. London. 1879.

Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших поколений»,Ташкент, Изд-во АН УзССР,1957.

Толстов С.П. Бируни и его «Памятники минувших поколений» (Бируни Абу Райхан. Избранные произведения) т.I, стр.7-21.

Bosworth, Clifford Edmund (1984a). "Āl-e Afrīḡ". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. pp. 743–745.

С.П.Толстов. Қадимий Хоразм цивилизациясини излаб. Тошкент: Янги аср авлоди, 2014. Б-110.// По следам... С. 191—192

Вайнберг Б.И. Монеты...; Каталог. С. 116, № 207, X VII, VII.

Ртвелдзе Э.В. Государство Вазамаридов (Афригидов) Хорезма// Хорезм в государственности Узбекистан. – Ташкент, 2013. Aykut Özbayraktar. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh II. Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir İnceleme. İran Çalışmaları Dergisi. Cilt: 7, Sayı: 1.2023. , ss. 151-1

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов