Династия афригидов в современных исследованиях: подходы и ключевые взгляды

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
48-51
0
0
Поделиться
Ражапов, М. (2024). Династия афригидов в современных исследованиях: подходы и ключевые взгляды. in Library, 1(1), 48–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31066
Мардонбек Ражапов, Институт истории Академии наук
докторант Института истории Академии наук Республики Узбекистан
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье проводится глубокий анализ значения слова «Африг», происхождения династии, их политического и культурного влияния, а также отношения к династии Афригидов и различных подходов к ней в английской, персидской и турецкой литературе.

Похожие статьи


background image

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –4/3-2023

48

2. Yuldashev O. T. "Coнтинуиty of innovative educational technologies and educational effectiveness."

Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal

11.11 (2023): 821-823.

3. Dosmatov T. G. "Requirements for the creation of new pedagogical technologies in education of youth

students."

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

11.11 (2023): 814-817.

4. Dosmatov T. G. and Oktamova I.D. "Combined aggregate for working the soil before planting."

Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal

11.12 (2023): 873-876.

UO‘K: 93(94).930.2

AFRIG‘IYLAR SULOLASI ZAMONAVIY TADQIQOTLARDA: YONDASHUVLAR VA

MUHIM QARASHLAR

M.Q.Rajapov, tayanch doktorant, O‘zR FA Tarix instituti, Toshkent

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Afrig

” so‘zi va sulolaning kelib chiqishi, ularning siyosiy va

madaniy ta’siri, ingliz, fors va turk tilli adabiyotlarda Afrig‘iylar sulolasiga bo‘lgan munosbat va
turlicha yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Xorazm, Afrig‘iylar sulolasi, Beruniy, oriylar, arxeologik tadqiqotlar,

numizmatik tadqiqotlar, oli-Iroq, Banu Iroq.

Аннотация.

В данной статье проводится глубокий анализ значения слова «Африг»,

происхождения династии, их политического и культурного влияния, а также отношения к
династии Афригидов и различных подходов к ней в английской, персидской и турецкой
литературе.

Ключевые слова:

Хорезм, династия Афригидов, Аль-Бируни, арийцы, археологические

исследования, нумизматические исследования, Аль-Ирак, Бану Ирак

.

Abstract.

This article provides an in-depth analysis of the meaning of the word "Afrigh," the

origin of the dynasty, their political and cultural influence, and the attitudes towards and various
approaches to the Afrighid dynasty in English, Persian, and Turkish literature.

Keywords:

Khorezm, Afrighid dynasty, Al-Biruni, Aryans, archaeological research,

numismatic research, Al-Iraq, Banu Iraq.

Xorazmning ilk oʼrta asrlar tarixiga bag‘ishlangan ishlar va yozma manbalar juda kam. Bunga

izoh sifatida Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asariga parchani
keltirishimiz mumkin boʼlib, unda:

“Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va

rivoyatlarini oʼrgangan va bilimlarni boshqalarga oʼrgatadigan kishilarni halok etib, butkul yoʼq
qilgan edi”, –

deyilgan [1].

Eronlik tadqiqotchilar ishlarida “Afrig” so‘zining kelib chiqishi borasida bir qancha fikrlar

ilgari surilgan.Masalan, J.Mufrad Afrigʻ etimologiyasiga to‘xtalib, Af /of /ob-suv va rig/riz esa suvni
to‘ldrish va to‘kish ya’ni daryoning quyi oqimida yashaydigan odamlar anglatilishini ta’kidlagan [2].
Fikrimizcha, qadimgi eronliklar tomonidan Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan xalqlarni
Afrig‘iylar umumiy nom bilan ya’ni suvning quyilish qismida yashaydiganlar deb atashgan.
Keyinchalik bu nom sulola nomiga aylangan bo‘lsa kerak nazarimizda. Chunki olib borilgan
arxeologik-numuzmatik tadqiqotlarning birontasida Beruniy tomonidan qayd etilgan 22
hukmdorning birinchisi Afrig‘ haqida ma’lumot topilmagan. Bundan xulosa kelib chiqadiki, Afrig‘
shaxs nomi emas, balki joy nomiga yaqindir. Yana bir eronlik tadqiqotchi P.Azkoyiy Afrigʻ
etimologiyasiga to‘xtalib, Afrigʻ asli “Ap-Air-Ig” ya’ni oriylardan kelib chiqqan degan ma’noni
anglatishini izohlagan[3]. Tadqiqotchi “af” yoki “ap” fors tilidagi “afrashtan” ma’nosi “ko‘tarmoq”;
“ar”, “air” esa “Aryan” ya’ni Oriylar mamlakati; “ig” esa eroniy tillardagi munosabat qo‘shimchasi
bo‘lib, ingliz tilidagi “-ic” yoki fransuz tilidagi “-ique”, o‘xshashdir degan xulolasa kelgan.
P.Azkoyiy ham tadqiqotlarida Afrig‘ni shaxs sifatida emas, balki Xorazm hududida yashovchi xallqa
berilgan umumiy nom sifatida tahlil qilgan. Turkshunos Z.V. To‘g‘onning fikricha, afrig‘iylar
o‘zlarini qadimiy eroniy sulolaga oid deb namoyon etishga intilishgan, islomdan avvalgi davrlarda
hukm surgan Xorazmshohlar sulolasining kelib chiqishi aslida Abdallar (Eftalitlar) dan bo‘lganligini
ta’kidlagan.[4] Biroq nima uchun bunday xulosaga kelganini asoslab bera olmagan.


background image

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –4/3-2024

49

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishga oid fikr-

mulohazalar va yondashuvlar turlicha bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin. 1)
eroniy sulola sifatida talqin qilish; 2) turkiy sulola sifatida talqin qilish; 3) sulolaning mavjudligini
inkor qilib, afsonalarga bog‘lash.

Tadqiq etilayotgan sulolani eroniy sulola sifatida talqin qilish Eron va G‘arb tarixshunosligida

keng tarqalgan. Bunday xulosaga kelishda, Beruniy tomonidan qayd etilgan Siyovush bilan bog‘liq
ma’lumotlarni asos qilib olishadi. Eronlik tadqiqotchi T.Daryoyiy Sosoniy an’analarining ta’siri va
tarixning qudrati islom davrida ham saqlanib qolganligini, hatto asli turkiy boʻlgan Gʻaznaviylar ham
sosoniylarning soʻnggi shohi Yazdigird III oilasi bilan nikoh aloqalari borligini, Tohiriylar esa fors
qahramoni Rustam; Safforiylar sulolasi Eron shohi Jamshid; Afrigʻiylar Xorazmshohlari ularni
qahramon Siyovush bilan bogʻlaydigan afsonaga ega ekanligini ta’kidlagan[5]. Turaj Daryoyiy
yuqorida tilga olingan sulolarning kelib chiqishini asli eroniy sulola ekanligiga urg‘u bergan. Bu
o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘rta asrlarda legitimatsiya uchun ba’zan hukmdorlar o‘zlarini
tarixda o‘tgan mashhur sulolalarga bog‘laganliklarini ham e’tiborga olishi kerak. Masalan, g‘aznaviy
kelib chiqishi turkiyligi aniq bo‘lgan holda, o‘zlarini eron shohlari bog‘lagan holatlar ham uchraydi.
K.E. Bosvord Afrigʻiylar sulolasining paydo bo‘lishiga bevosita to‘xtalib, sulolaga oid
ma’lumotlarning aksariyati faqat Beruniy tomonidan yozib qoldirilganligi va uning ishonchliligini
shuhba ostiga oladi va al-Beruniy haqiqatda islomgacha bo‘lgan Xorazm tarixini yaxshi bilmasligini
keng qamrovli sovet arxeologik topilmalaridan Afrigʻ nomining yo‘qligini misol qilib ko'rsatadi [6].

Milliy va turk tilli tadqiqotlarda turkiy sulola sifatida e’tirof etish holatlari kuzatiladi. Bunga

Beruniy tomonidan Afrig‘iylar sulolasining 22 ta hukmdor nomining tilshunoslik tahlili asosida,
ismlarning o‘zagi turkiycha (Afrig‘dan boshqa) ekanligi bilan izohlashga harakat qilishadi. Masalan,
Beruniy ro‘yxatida keltirilgan 22 afrigʻiy hukmdor nomlarini tilshunoslik nuqati nazardan tahlil qilish
asosida hukmdorlarni eroniy yoki turkiy sulolaga taaluqli ekanligiga oydinlik kiritish maqsadida Gʻ.
Boboyorov tadqiqot ishlarini olib borgan. Askajamuk, Arsamux, Turkasabos, Xangiri, Bag‘ra
(Bo‘g‘ra), Buzgar, Shovush (Chovush) asli turkiy bo‘lishi mumkin degan fikrlarni ilgari surgan [7].
O.I. Smirnova, Turkasbos ismining lug‘aviy ma’nosi “turk lashkarining sohibi” ekanligini ilgari
suradi [8]. Ba’zi tadqiqotchilar Turksanfning asl ismi turkiychada Turk shad bo‘lib, Istami xoqonning
o‘g‘lidir, deb fikr bildiradilar [9]. Beruniy ro‘yxatida keltirilgan Xangiri, Bag‘ra (Bo‘g‘ra), Buzgar,
Shovush (Chovush) singari ismlar ham asli turkiy bo‘lishi mumkin. Xorazm hukmdorlaridan birining
ismi Bag‘ra (ehtimol Bo‘g‘ra) Turk xoqonligi unvonlar tizimiga xos “Erkak tuya” ma’nosidagi
bo‘g‘ra epiteti bilan aloqali bo‘lishi mumkin deya fikr bildirgan. [9]

Keyingi tadqiqotchi Aykut O‘zbayraktar Beruniy tomonidan keltirilgan 22 ta afrig‘iy

xorazmshohlarni xorazmshoh emas balki, manbalarda tilgan olingan oxirgi afrig‘iy xorazmshoh
Abdulloh Muhammad ibn Ahmadning shajarasidir degan fikrni ilgari surgan [10]. Tadqiqotchi 305-
995-yillarda mavjud bo‘lgan Afrig‘iylar sulolasini 3 guruhga ajratgan: 1) Islomdan odingi ajdod
Afrig‘ oilasi (305-711-yillar); 2) Olis ajdod Askajavar oilasi(712-896-yillar) ; 3) Yaqin ajdod Iroq
oilasi (897-995-yillar). Muallif tadqiqotlarida Xorazmshoh Abdulloh Muhammad ibn Ahmad
haqiqatan ham yigirma ikki avlod (691 yil) hukmronlik qilgan qadimiy sulolaning so‘nggi vakilimi
yoki oli-Iroq xonadinining nasl-nasab aslzodalikni ta’kidlash uchun to‘qilgan ismlar ro‘yxatimi degan
savolni o‘rtaga tashlaydi [11] va o‘zi guruhlarga bo‘lgan xorazmshohlar xonadoning birinchi oilasini
(Afrig‘iylar oilasi kelib chiqishini eroniy qolgan 2 tasini (Askajavar va oli-Iroq) turkiy sulola sifatida
talqin qiladi.

Afrig‘iylar sulolasini tangashunoslik nuqtai-nazardan tahlil qilgan tadqiqotchilar sulolaning

mavjudligini ko‘p hollarda inkor etib, Beruniy ma’lumotlarida keltirilgan Afrig‘ shaxsini afsona
ekanligini ta’kidlashadi. E.V. Rtveladze ham Afrigʼiylar sulolasining paydo boʼlishi haqida so‘z
yuritib, Beruniy asaridagi ma’lumotlarni arxeologik va numuzmatik materiallar asosida qiyosiy tahlil
qiladi. Beruniyning maʼlumotlaridan foydalangan holda E.V. Rtveladze Xorazm tarixiga oid ilmiy
nashrlarda qabul qilingan fikrlarga qoʻshilmagan va bir qancha muhim xulosalar chiqaradi.
Tadqiqotchining fikricha, Beruniy Afrig‘ning hokimiyat tepasiga kelishi haqida hech narsa
aytmagani, faqat Iskandar davrining 616-yilida (milodiy 305-yilda) al-Fir ustida o‘z saroyini
qurdirganini aytadi. E.V. Rtveladze Beruniy maʼlumotlarini “yarim afsonaviy” maʼlumotlar qatoriga


background image

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMАSI –4/3-2023

50

qo‘shadi va S.P.Tolstov tomonidan “podsho Afrig‘” –deb o‘qilgan tangani B.I. Vaynberg va V.A.
Livshis tomonidan “Bivarsar” (bwrsr) nomi bilan tuzatilgan holda oʼqilishi III asr boshi – IV asr
oxirida Xorazmda zarb qilingan tangalarda Afrigʼ nomi yoʼqligini toʼliq koʼrsatishini taʼkidlaydi [12,
13]. Muallif fikricha Beruniy maʼlumotlariga ko‘ra Afrig‘ning hukmronlik yillarida milodiy 304-
305-yillarga, biroq tangashunoslik materiallarida Xorazm kumush tangalarida o‘qilgan shoh Vazamar
nomiga to‘g‘ri kelishini istisnosiz holda taʼkidlaydi. Uning fikricha, Vazamar bu-hukmdor nomi,
Afrigʼ esa sulola nomi. Vazamar nomi numuzmatik materiallarda oʼz aksini topgan bo‘lsa, Afrig‘
nomi Beruniy maʼlumotlarida uchraydi. E.V. Rtveladze Afrig‘iylar sulolasi nomini Vazamariylar
sulolasi nomiga almashtirishni taklif qiladi.

Umuman keying yillarda tadqiqotchilarining ishlarida “Afrig‘iylar sulolasi” o‘rnida oli-Iroq

/banu Iroq yoki Iroqiylar atamasi qo‘llaniladi. P.Askoyiy Somoniylar ko‘magida tashkil etilgan oli-
Iroqni Afrig‘iylar sulolasi davomi sifatida ta’kidlasa[14], R.Eduard Ma’muniylar va oli-Iroq (Iroq
oilasi)ni bir sulola sifatida ta’kidlagan[15]. A.V.Kuznestsov, M.Fedorov ishlarida Afig‘iylar
sulolasining mavjud bo‘lganligiga shubha bilan qarashadi va oli-Iroq o‘zining legitimligini
mustahkamlash uchun Afrig‘iylar sulolasini to‘qib chiqarishgan degan xulosaga kelishidi [16].
A.O‘zbayraktar, J.Heravilar tadqiqolarida sharqiy eroniy sulola hisoblangan Afrig‘iylar tanazzulidan
keyin oli-Iroq Ismoil Somoniy ko‘magida yangi tashkil etilgan turkiy davlat deya hisoblashadi [17].
Bizning fikrimizcha, oli-Iroq bu Afrig‘iylar sulolasining davomi hisoblanadi.

Yuqoridagi aytilgan fikr va mulohazalarni tahlil qilish asnosida “Afrigʻ” so‘zi etimologiyasi

J.Mufrad ta’kidlanganidek suv bo‘yida yashaydigan ma’nosiga yaqin. Bizningcha “Afrig‘” so‘zi
eronliklar tomonidan Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan xalqlarga nisbatan qo‘llanilgan
hudud nomidir. Arxeologik tadqiqotlar davomida sulola asoschisi sifatida e’tirof etilgan Afrigʻ haqida
hech narsa aniqlanmaganiga qaramay, birlamchi manba Beruniy asarida keltirilgan ma’lumotlarni
inkor etib bo‘lmaydi. Shuningdek, A.O‘zbayraktarning sulola etimologiyasiga oid bo‘lgan fikr-
mulohazalarni ma’lum bir ma’noda to‘g‘ri deb hisoblashimiz mumkin Bizningcha, Beruniy oxirgi
afrig‘iy hukmdor Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmadning hokimyatga qanday kelganligini o‘ziga
xos legitimatsiya orqali tushintirish uchun ushbu shajarani tuzib chiqqan.

Tadqiqotlarimizda afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishiga oid turli talqinlar o‘rganilib,

tarixchilarning fikr-mulohazalari bir necha guruhlarga bo‘linganlini guvohi bo‘ldik. Tilshunoslik
tahlili esa eron va turkiy taʼsirlarning qorishmasidan dalolat beradi, ayrim nomlar turkiy kelib
chiqishini koʻrsatadi. Keyingi tadqiqotlarda sulola tarixi va uning mintaqa ijtimoiy-siyosiy roli haqida
kengroq tushunchaga ega bo‘lish uchun arxeologik va numizmatik tadqiqotlarni davom ettirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших поколений» ,Ташкент , Изд-

во АН УзССР,1957.c-72

2. Javad Mofrad. The meanings of the names of the rivers Sirdarya and Amodarya Iran – Iranshahr. P.1-4
3. Pervîz Ezkâyî.“Hânedân-ı Şâhiye-i Hârezm”. Mecelle-i İrân-Şinâht. S. 10. Kısmet-i Evvel.s.141
4. Togan Z.V. Umumi Türk Tarihine Giriş. İstanbul, 1981. S. 60
5. Touraj Daryaee & Khodadad Rezakhani. From Oxus to Euphrates: The World of Late Antique Iran.Vol 1. H&S

Media.UK.2016.p 9.

6. Bosworth, Clifford Edmund (1984a). "Āl-e Afrīḡ". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. pp. 743–745
7. Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда.

Кўпмуаллифлик илмий монография. Масъул муҳаррир Д. Алимова. – Тошкент-Урганч, 2019. – Б. 50.

8. Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. Бронза. М.: Наука, 1981. С. 425, 428; Грицина А.А.

Усрушанские были. Ташкент, 2000. С. 43

9. Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда.

Кўпмуаллифлик илмий монография. Масъул муҳаррир Д. Алимова. – Тошкент-Урганч, 2019. – Б. 50-52

10. Aykut Özbayraktar. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh II. Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir İnceleme. İran

Çalışmaları Dergisi. Cilt: 7, Sayı: 1.2023. , ss. 151-172

11. Cevâd Heravi, Aykut Özbayraktar. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar hakkinda yeni

bir araştirma). ASOBİD. Cilt 2, Sayı 4 Aralık 2018 ss.61-73

12. Ртвелдзе Э.В. Государство Вазамаридов (Афригидов) Хорезма// Хорезм в государственности

Узбекистан. – Ташкент, 2013. С. 94.

13. Вайнберг Б.И. Монеты...; Каталог. С. 116, № 207, X VII, VII
14. Pervîz Ezkâyî.“Hânedân-ı Şâhiye-i Hârezm”. Mecelle-i İrân-Şinâht. S. 10. Kısmet-i Evvel.s.141


background image

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –4/3-2024

51

15. Zâmbâur, Eduard R. (1356). Neseb Nâme-i Hulefâ ve Şehrîyârân. (trc. ve thş. Muhammed Cevâd Meşkûr).

Tahran: Hayyâm.

16. Andrew Kuznetsov and Michael Fedorov. Late drachms of the khwārazmshāh Azkājvār and imitations of such

drachms Source: Iran, Taylor & Francis .Vol. 51 (2013), pp. 145-149.

17. Cevâd Heravi, Aykut Özbayraktar. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar hakkinda yeni

bir araştirma). ASOBİD. Cilt 2, Sayı 4 Aralık 2018 ss.61-73

UO’K 93/94

XORAZM VOHASIGA ISLOM DININING KIRIB KELISHI

Sh.Q.Raxmanova, o‘qituvchi, Ma'mun-Universiteti, Xiva

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tadqiqotchi, oʻzining boy oʻtmishi davomida turli madaniyatlar

va dinlarning bo‘lganligini hamda Xorazm vohasiga islom dinining kirib kelishi masalasi tarixini
oʻrgandi. Maqolada islom dinining ilk qadamlari, islomning asta-sekin tarqalishi va ara blarning
mintaqada olib borgan siyosati hamda voha aholisining bu siyosatga munosabati haqida umumiy
maʼlumot berishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

islom, O’rta Osiyo, Xorazm, tarix, istilolar, jizya, xiroj, Qutayba, Narshaxiy,

Beruniy, Muqanna, Abu Muslim, Xuroson, Hurzod, Chag’on, Mazdak, istilo, ajam.

Аннотация.

В данной статье исследователь изучил существование различных культур

и религий на протяжении богатого прошлого Хорезмского оазиса и историю внедрения
ислама. В статье представлены общие сведения о первых шагах исламской религии,
постепенном распространении ислама и политике арабов в регионе, а также об отношении
жителей оазиса к этой политике.

Ключевые слова:

Ислам, Средняя Азия, Хорезм, история, завоевания, джизья, хиродж,

Кутайба, Наршахи, Беруни, Муканна, Абу Муслим, Хорасан, Хурзад, Чаган, Маздак,
завоевание, послушник.

Abstract.

In this article, the researcher studied the existence of different cultures and religions

during the rich past of Khorezm and the history of the introduction of Islam to the oasis. The article
aims to provide general information about the first steps of the Islamic religion, the gradual spread
of the Islamic religion, the policy of the Arabs in the region, and the attitude of the people of the oasis
to this policy.

Key words:

Islam, Central Asia, Khorezm, history, conquests, jizya, khiroj, Qutayba, Narshahi,

Beruni, Muqanna, Abu Muslim, Khurasan, Hurzad, Chagan, Mazdak, conquest, ajem.

Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston turli din va madaniyatlarni o‘z ichiga

olgan uzoq tarixga ega mamlakatdir. Bugungi kunda mintaqadagi asosiy dinlardan biri boʻlgan islom
dini Oʻzbekistonga ilk oʻrta asrlarda kirib kelgan. VII-VIII asrlardagi islom dinining kengroq Oʻrta
Osiyo mintaqasiga, jumladan, hozirgi Oʻzbekistonga tarqalishi boshlanadi.

VII asr boshida Arabiston yarim orolida katta bir markazlashgan va nufuzli musulmon davlati

tashkil topib yangi diniy ta’limot asoschisi Muhammad payg‘ambar rahnamoligida arablarni siyosiy
jihatdan birlashishga olib keldi. Tez vaqt ichida arablar islom bayrog‘i ostida uyushib qo’shni
mamlakatlarga xavf sola boshladilar. Ular Suriya, Misr, Vizantiya, Eron mamlakatlariga shiddatli
hujum uyushtirib, o’zaro to’qnashuvlar va nizolar oqibatida zaiflashgan bu o’lkalarni osongina istilo
qilishga muvaffaq bo’ldilar. Eron sosoniylari davlati shiddatli va surunkali janglar natijasida 665-
yilda arab istilochilari tomonidan bosib olindi. Arablar 665-yilda Marvga yetib keldilar va bu yerda
mustahkam o’rnashib olib, O’rta Osiyo va boshqa mamlakatlarni zabt etishga kirishdilar. O’rta
Osiyoga arab istilolari 671-yildan boshlanadi. Amudaryo ortiga birinchi bo’lib Ubaydulloh ibn Ziyod
yurish boshlab, Poykand va Buxoroni egallab, katta o’ljalar bilan qaytdi. 676-yilda esa Said ibn
Usmon Buxoro va Sug’diyonaga hujum boshlaydi.

O’rta Osiyoga qarshi hujumlar Xuroson valisi Qutayba tomonidan uyushtirilgan edi. Bu davrda

arablarning Xurosondagi valiysi Marvda turar edi. Arab xalifaligi Movarounnahr ishlarini
boshqarishni ham Xuroson valisiga topshirgan edi. VII asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo mayda

Библиографические ссылки

Бируни Абу Райхан. Избранные произведения. т.I, «Памятники минувших поколений» ,Ташкент , Изд-во АН УзССР,1957.c-72

Javad Mofrad. The meanings of the names of the rivers Sirdarya and Amodarya Iran – Iranshahr. P.1-4

Pervîz Ezkâyî.“Hânedân-ı Şâhiye-i Hârezm”. Mecelle-i İrân-Şinâht. S. 10. Kısmet-i Evvel.s.141

Togan Z.V. Umumi Türk Tarihine Giriş. İstanbul, 1981. S. 60

Touraj Daryaee & Khodadad Rezakhani. From Oxus to Euphrates: The World of Late Antique Iran.Vol 1. H&S Media.UK.2016.p 9.

Bosworth, Clifford Edmund (1984a). "Āl-e Afrīḡ". Encyclopaedia Iranica, Vol. I, Fasc. 7. pp. 743–745

Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда. Кўпмуаллифлик илмий монография. Масъул муҳаррир Д. Алимова. – Тошкент-Урганч, 2019. – Б. 50.

Смирнова О.И. Сводный каталог согдийских монет. Бронза. М.: Наука, 1981. С. 425, 428; Грицина А.А. Усрушанские были. Ташкент, 2000. С. 43

Бобоёров Ғ. Турк хоқонлиги даврида Хоразм // Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда. Кўпмуаллифлик илмий монография. Масъул муҳаррир Д. Алимова. – Тошкент-Урганч, 2019. – Б. 50-52

Aykut Özbayraktar. Afrîğ Hanedanı: Hârezmşâh II. Muhammed’in Soyağacı Üzerine Bir İnceleme. İran Çalışmaları Dergisi. Cilt: 7, Sayı: 1.2023. , ss. 151-172

Cevâd Heravi, Aykut Özbayraktar. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar hakkinda yeni bir araştirma). ASOBİD. Cilt 2, Sayı 4 Aralık 2018 ss.61-73

Ртвелдзе Э.В. Государство Вазамаридов (Афригидов) Хорезма// Хорезм в государственности Узбекистан. – Ташкент, 2013. С. 94.

Вайнберг Б.И. Монеты...; Каталог. С. 116, № 207, X VII, VII

Pervîz Ezkâyî.“Hânedân-ı Şâhiye-i Hârezm”. Mecelle-i İrân-Şinâht. S. 10. Kısmet-i Evvel.s.141

Zâmbâur, Eduard R. (1356). Neseb Nâme-i Hulefâ ve Şehrîyârân. (trc. ve thş. Muhammed Cevâd Meşkûr). Tahran: Hayyâm.

Andrew Kuznetsov and Michael Fedorov. Late drachms of the khwārazmshāh Azkājvār and imitations of such drachms Source: Iran, Taylor & Francis .Vol. 51 (2013), pp. 145-149.

Cevâd Heravi, Aykut Özbayraktar. Âl-i ‘İrâk (Hârezm’de Sâmânîlere tâbi yüz yillik bir iktidar hakkinda yeni bir araştirma). ASOBİD. Cilt 2, Sayı 4 Aralık 2018 ss.61-73

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов