Дифференциальная диагностика эймерии кроликов и колибактериоза

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
53-50
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Хушназаров, А. (2023). Дифференциальная диагностика эймерии кроликов и колибактериоза. in Library, 1(2), 53–50. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31132
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье описаны циклы развития эймерий кроликов, результаты гематологических, патологоанатомических и лабораторных исследований, а также приведены сведения о дифференциации эймерий от колибактериоза.


background image

VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

– 50 –

2. D gipovitaminoz kasalligi buzoqlarda ishtahaning o‘zgarishi, shilliq pardalarning

oqarishi, teri qoplamasi yaltiroqlikning yo‘qolishi, oshqozon oldi bo‘limlarining
gipotoniyasi, o‘sish va rivojlanishdan qolish, bo‘g‘inlarning kattalashishi, oxirgi dum
umurtqalarning so‘rilishi kabi klinik belgilar bilan kechadi.

3. O‘stirish yoshidagi buzoqlar D gipovitaminozi kasalligini oldini olish maqsadida 60

kun davomida ratsionga qo‘shimcha ravishda bir bosh buzoqga bir sutkada 10 g
monokalsiyfosfat, va har 7 kunda jami 4 marta 5 ml dan «Multivit plyus meniral» preparatini
muskul orasiga ineksiya qilish yaxshi natija beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.Kondraxin I.P., Levchenko V.I. Diagnostika i terapiya vnutrennix bolezney jivotnix.

M.: Izd.OOO «Akvarium-Print», 2005.S.-652-664.

2.N.B.Ruzikulov «Yosh xayvonlar va parrandalar terapiyasi» Darslik. Toshkent -2021

yil.

3.Norboyev Q.N., Bakirov B.B., Eshburiyev B.M. Hayvonlar ichki yuqumsiz

kasalliklari. Darslik. Samarqand, 2010.

4.Norboyev Q.N., Bakirov B.B., Eshburiyev B.M. Yosh xayvonlar yuqumsiz

kasalliklari patologiyasi va terapiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2010.

5.Q.N.Norboyev, B.Bakirov, B.Eshburiyev. Hayvonlarda modda almashinuvi

buzilishlari. Samarqand ,1996 y.


UDK:619:636.92:576.89:616

QUYON EYMERIOZI VA KOLIBAKTERIOZINING DIFFERENSAL

DIAGNOSTIKASI

Xushnazarov A.X. - tayanch doktorant.

Davlatov R.B. - v.f.d.,professor.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti.

Annotatsiya.

Mazkur maqolada quyon eymeriozining rivojlanish sikllari, gematologik,

patologoanatomik hamda laborator tekshirishlar natijasi bayon etilgan va eymeriozni
kolibakteriozdan differensatsiyalash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit

so‘zlar.

Chorvachilik,

quyon,

eymerioz,

kolibakterioz,

gematologik,

patologoanatomik, differensatsiya.

Kirish:

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblangan hozirgi davr

chorvachiligida quyonchilik tarmog‘ini ham samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu dolzarb vazifani bajarishda chorvachilik rivoji muhim o‘rin tutib, kichik tarmoq
quyonlar bosh sonini ko‘payishida ularda uchraydigan ayrim kasalliklar to‘sqinlik qilishi
kuzatilib, patologik jarayonlarni oldini olish va samarali davolash usullarini joriy etish ushbu
tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi zarurat hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda
respublikamizda quyonlarning kasalliklari (Eymerioz va boshqalar) ilmiy izlanuvchilar
tomonidan deyarli o‘rganilmagan.

Chorvachilikning

kichik

tarmog‘i

bo‘lgan

quyonchilikning

rivojlanishi

va

mahsuldorligini oshirishga ayrim yuqumli va parazitar kasalliklar to‘sqinlik qiladi. Xususan,
ular orasida yuqumli kasalliklardan kolibakterioz, parazitar kasalliklardan eymerioz alohida
o‘rin tutadi. Yirik quyonchilik xo‘jaliklarini sanoat asosida rivojlantirish jarayonida


background image

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI 2023-yil 12-13-may

– 51 –

kolibakterioz va eymerioz quyonlar orasida keng tarqalib, xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar
yetkazadi.

Mavzuning dolzarbligi.

Eymerioz

-

bir hujayrali sodda parazitlar – eymeriyalar

qo‘zg‘atadigan invazion kasallik hisoblanadi. Quyonlarda eymerioz turli klinik shakllarda
kechadi. Eymerioz bilan asosan 3 oylikkacha bo‘lgan quyon bolalalari og‘ir kasallanadi.
Kasallik murakkab patologik o‘zgarishlar bilan kechganda quyonlarning hazm tizimidagi
buzilishlar oqibatida ishtahadan qoladi, harakatchanligi keskin pasayib ketadi, oziqlanishi
sustlashadi, ichak faoliyati buziladi (ich ketadi), ich ketishi ba’zan qon aralashgan holda
kechadi, natijada quyonlar o‘sishdan qoladi va o‘lim holatlari kuzatiladi. Kasallikni o‘z
vaqtida tashxislash, differensatsiya qilish, davolash va oldini olishda yuqori samarador
vositalarni qo‘llash kasal quyonlarning ertachi sog‘ayishiga imkoniyat yaratadi va iqtisodiy
zararning kamayishiga ko‘mak beradi. Eymeriyalarning natijasida quyonlar o‘sish va
rivojlanishdan orqada qolib, o‘z vaznining 12 - 30% gacha qismini yo‘qotadi, davolash va
profilaktika tadbirlari o‘tkazilmasa yosh quyonlarning o‘limi 85-100% ga etadi.

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.

Quyon eymeriozining qo‘zg‘atuvchisi

sistematika bo‘yicha

Protozoa

hayvonot olamiga,

Apicomplexa

tipiga,

Sporozoa

sinfiga,

Coccidiida

turkumiga, e

imeriidae

oilasiga, e

imerinae

kichik oilasiga va e

imeria

avlodiga

mansub. Ushbu eymeriyalar turlaridan biri e

imeria stiedae

quyon jigarida boshqa turlari

e

.perforans, e.media, e. magna, e.irresidua

lar esa ichakda parazitlik qilib, patologik

jarayonlarni yuzaga keltiradi.

Barcha sporalilar kabi quyon eymeriozi ham uchta taraqqiyot davrini boshdan

kechiradi: 1 - davr – shizogoniya yoki jinssiz ko‘p marta bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish; 2 -
davr – gametogoniya yoki jinsiy ko‘payish; 3 - davr – sporogoniya yoki jinssiz ko‘payish
yo‘li orqali sporozoitlar hosil qilish yo‘li (bir xo‘jayin ishtirokida rivojlanuvchilarida tashqi
muhit taassurotidan himoya qiluvchi spora hosil qilish) bilan ko‘payadi.

Eymeriyalarni hayvon organizmida joylashuviga bog‘liq ravishda quyon eymerozining

uch shakli farqlanadi: 1. Ichak, 2. Jigar, 3. Aralash shakllari. Amaliyotda invaziyaning
aralash shakli muhim o‘rin tutadi. Kasallikning boshlanishida quyonning ichaklari
zararlanib, keyinchalik jigari invaziyalanadi va natijada aralash shakl boshlanadi.
Invaziyaning yashirin davridan keyin quyonchalar loxaslanadi, odatdagidek harakatchanligi
yo‘qolib, qornini yerga berib yotadi. Ishtahasi pasayib, ozuqa yemay qo‘yadi. Qorin
bo‘shlig‘i shishadi va og‘riq beradi, axlati suyuqlashib, ba’zan shilliq va qon aralash bo‘ladi.
Kasal quyonlar o‘sishdan qoladi, oriqlaydi, jun qoplami hurpayib turadi. Siydik ajralishi
tezlashadi. Ba’zan so‘lak ajralish kuchayib, burun shilliq pardasi kataral yallig‘lanadi va
kon’yuktivit rivojlanadi. Jigarda yallig‘lanish jarayonlarini boshlanishi bilan organizm
nimjonlashib, quyon tashqi muhitga e’tiborsiz bo‘lib qoladi va uzoq yotadi. Ishtahasi
yo‘qoladi, qorni shishgan bo‘lib, o‘ng tomonini bosib ko‘rganda og‘riq sezadi. Ko‘rinarli
shilliq pardalari sarg‘ayadi, oyoqlari va bo‘yin mushaklari shol bo‘lib, qaltiray boshlaydi,
so‘ngra esa 7-10 kunda nobud bo‘ladi.

Tadqiqot maqsadi.

Eymerioz bilan kasallangan quyonlar klinik, patologanatomik

o‘zgarishlarining ayrim kasalliklardan (kolibakterioz) differensiasiya qilish.

Tekshirish uslublari.

Tadqiqotlar davomida eksperimental, mikroskopik va statistik

usullardan foydalanildi.

Gematologik tekshiruv natijalari.

Eymerioz bilan zararlangan quyonlar qonining

biokimyoviy va morfologik o‘zgarishlari tahlil qilindi. Quyonlar eymeriozida qonning
biokimyoviy va morfologik o‘zgarishlarini “Gematologiya” laboratoriyasida tekshirilganda
quyidagilar aniqlandi: kasallik davrida kislota-ishqor balansi buzilgan (asidoz), xlor turg‘un
ko‘rsatgichi pasaygan (gipoxloremiya), qonda qand miqdori kamaygan. Bu ko‘rsatkichlar
organizmda uglevodlar almashinuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Kasallik davrida eritrosit
va gemoglobin miqdorlarining kamayishi yuz bergan. Shuningdek, quyonlar organizmida
leykositoz holati yuzaga kelganligi aniqlandi


background image

VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

– 52 –

Patologoanatomik tekshirish

. Nobud bo‘lgan va kasallikka gumon qilingan

quyonlarning gavdasi mutaxassislar yordamida yorib ko‘rildi. Keltirilgan quyon
gavdalarining tashqi ko‘rinishi: Quyon gavdasi juda oriq, ko‘z, og‘iz shilliq qavatlari oqimtir
rangda, kamqonlik (anemiya), orqa chiqaruv teshigi atrofidagi junlar qon aralash,
shilimshiqsimon fekali bilan ifloslangan. Skelet muskullari oqimtir rangda, atrofiya holatida.
Og‘iz, tomoq, qizilo‘ngach shilimshiq qavatlari oqimtir ko‘k rangda. Ichki ko‘rinishi:
Oshqozonda kam miqdorda ozuqa bor. Ingichka ichakning zardob pardalari o‘choqli
qizargan, bir nechta 1-2 mm kattalikdagi yaltiroq nekroz o‘choqlari hosil bo‘lgan. Ichakdagi
ximus yarim suyuq, oq qizg‘ish rangda. Shilliq qavatlari shishgan, qizargan, chegaralangan,
oqimtir rangdagi qoplamalar, ular oralig‘ida shimilgan qon ko‘rinadi, oqimtir o‘choqlardan
surtma olinib mikroskopik tekshirilganda, ko‘p nusxdagi yumaloq va ovalsimon oosistalar
borligi aniqlandi.

Xarakterli o‘zgarishlar: ko‘r ichakda kengayish, shish holati va tashqi zardob pardalari

to‘q qizil rangda, paypaslaganda qattiq konsistensiyali kesilgan yuzada quyuq qatlamli qon
laxtalari va yemirilgan shilliq to‘qimalar aniqlandi.

Jigardagi o‘t yo‘llarida biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi hisobidan suyalsimon

o‘simtalar, bo‘rtiqchalar ko‘riladi. Jigar kapsulasida, parenxemasida ham oqimtir rangdagi
yo‘lsimon, chiziqchasimon bo‘rtiqchalar hosil bo‘lgan. Ularni kesilganda oqimtir yarim
suyuq massa oqib chiqdi, tayyorlangan surtmalarni mikroskopda ko‘rilganda ko‘p nusxadagi
eymeriyalarning oosistalari borligi aniqlandi.

Tadqiqot natijalari.
Epizootologiyasi;

Quyon eymeriozi o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Kasallikning

o‘tkir oqimda kechishida quyonlar ishtaxasi pasayadi, harakatsizlik, junlarning
dag‘allashuvi, ich ketishi, tashqi chiqaruv teshik atrofi va orqa oyoqlarining axlat bilan
ifloslanishi, haroratning pasayishi kuzatiladi, qonda eritrosit, gemoglobin, glyukoza
me’yordan kamayadi, leykositlar soni ortadi. Katta yoshdagi quyonlarda kasallik surunkali
oqimda kechadi, ular kasallik tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi.

Kolibakteriozida quyon harakatsiz bo‘lib, kaxeksiyaga uchraydi, yomon oziqlanadi

yoki umuman oziqlanmaydi, ich ketishi paydo bo‘ladi. Kasal quyonlar tez vazn yo‘qotadi va
3-7 kundan keyin nobud bo‘ladi.

Klinik belgilari;

eymeriozda kasallikning yashirin davri 11-20 kun, tana haroratining

40-41 C

0

gacha ko‘tarilishi, shilliq pardalarning qonsizlanishi, ayrim hollarda rinit,

konyuktivit kuzatiladi, axlati suyuqlashib, shilliq qon aralashgan holda bo‘ladi. Ishtahasining
pasayishi natijasida hayvon oriqlaydi.

Kolibakteriozda harakatsizlik, kaxeksiya, ishtahasizlik, ich ketishi, tez oriqlash

natijasida 3-7 kundan keyin nobud bo‘ladi.

Patonotomik o‘zgarishlar;

eymeriozda hayvon tashqi ko‘rinishidan oriqlagan. Orqa

oyog‘i va dumi axlat bilan ifloslangan, ko‘rinarli shilliq pardalari oqargan, gavda yorib
ko‘rilganda 12 barmoq va och ichaklarning boshlanish qismining shilliq qavati
shishinqiragan. Ichakning ayrim joylarida oqish-sarg‘ish tusdagi, zig‘ir doni kattaligidagi
tugunaklar mavjud. Bu tuganaklar kesib kurilganda har xil rivojlanish bosqichlaridagi ko‘p
sonli eymeriya oosistalari uchraydi.

Kolibakteriozda ichak shilliq qavati giperemik, kataral yoki gemorragik yallig‘langan.

Yo‘g‘on ichak va ko‘r ichakning shilliq qavati shishgan, ayrim joylari yorilgan. Ichakning
shilliq qavatida va seroz to‘qimalari ostida qon to‘plangan. Ichakdagi massa suyuq va
shilimshiq yurakda ko‘pincha mushak tolalarining nekrozi uchraydi.

Xulosa va tavsiyalar.

Quyonlar orasida keng tarqalgan eymerioz va kolibakterioz

kasalliklariga o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish, kasalliklarni o‘zaro differensatsiya qilish va
samarali davolash mexanizmini ishlab chiqish juda muhim.

Quyonlar eymeriozini profilaktika qilish maqsadida quyidagi talablarga amal qilish

lozim.


background image

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI 2023-yil 12-13-may

– 53 –

Quyonlarni saqlash va oziqlantirish hamda veterinariya sanitariya va zoogigiena

qoidalariga rioya qilish; Yosh quyonlarni katta quyonlardan ajratib, alohida qafaslarda
saqlash; Quyonlarni oqsilli, mineral va mikroelementli oziqalar bilan oziqlantirish;
Eymeriozni oldini olish maqsadida eymeriostatik preparatlardan profilaktik va rejali
foydalanish.

Quyon axlatiga biotermik ishlov berish.
Quyonlarni tagi sim to‘rli bo‘lgan kataklarda, ochiq havoda yoki quruq binolarda

saqlash lozim. To‘shamalarni har kuni almashtirish, oxurlarni va suv ichadigan idishlarni
qaynoq suvda yuvish maqsadga muvofiq tadbirlardan hisoblanadi.

Adabiyotlar

1. Akhmadaliev, N. T., Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023).

EPIZOOTOLOGY OF RABBIT EYMEROSIS.

2. Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. X. (2022). TREATMENT AND

PREVENTIVE MEASURES OF THE EPISOTOLOGY OF RABBIT EMERIOSIS.

SCIENTIFIC JOURNAL OF AGROBIOTECHNOLOGY AND VETERINARY MEDICINE

,

181-184.

3. Давлатов, Р. Б., & Хушназаров, А. Х. (2022). ҚУЁН ЭЙМЕРИОЗИ ЭПИЗОО-

ТОЛОГИЯСИ

ДАВОЛАШ

ВА

ПРОФИЛАКТИКА

ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI

, 181-184.

4. Давлатов, Р., & Хушназаров, А. (2022). Эпизотология эймериоза (кокцидоза)

кроликов, лечение и профилактика.

in Library

,

22

(4).

5. Ergashov, S. I., Khushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). DRUGS WIDELY

USED IN THE TREATMENT OF EMERIOSIS IN RABBITS.

Journal of new century

innovations

,

22

(3), 58-64.

6. Khushnazarov, A. H., Rayimkulov, I. H., Eshkoraev, A. M., & Davlatov, R. B.

(2023). CHEMIOPROPHYLAXIS OF EMERIOZINING IN RABBIT.

SCHOLAR

,

1

(2), 56-

62.

7. Мухаммадиев, У. И., Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). BIOLOGI-

CAL CHARACTERISTICS OF RABBITS, KEEPING AND FEEDING TECHNOLOGY.

8. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Распространение и патолого-

анатомическая диагностика эмериоза кроликов.

in Library

,

1

(1), 15-17.

9. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Эффективность вазурила при

лечении эймериоза кролика.

in Library

,

22

(2), 173-174.

10. Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). HISTORY AND SYSTEMATIC

STATUS OF THE STUDY OF RABBIT EYMEROSIS.

11. Хушназаров, А. Х. (2022). ОБЗОР ЛИТЕРАТУРНЫХ ДАННЫХ ПО

ХИМИОТЕРАПИИ И ХИМИОПРОФИЛАКТИКИ ЭЙМЕРИОЗА КРОЛИКОВ.

PEDAGOGS jurnali

,

23

(2), 83-86.

12. Хушназаров, А.Х., Райимкулов, И.Х., Эшқораев, А.М., & Давлатов, Р.Б.

(2023). ҚУЁН ЭЙМЕРИОЗИНИНГ КИМЁПРОФИЛАКТИКАСИ.

SCHOLAR

,

1

(2), 56-

62.

Библиографические ссылки

Akhmadaliev, N. T., Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023). EPIZOOTOLOGY OF RABBIT EYMEROSIS.

Davlatov, R. B., & Khushnazarov, A. X. (2022). TREATMENT AND PREVENTIVE MEASURES OF THE EPISOTOLOGY OF RABBIT EMERIOSIS. SCIENTIFIC JOURNAL OF AGROBIOTECHNOLOGY AND VETERINARY MEDICINE, 181-184.

Давлатов, Р. Б., & Хушназаров, А. Х. (2022). ҚУЁН ЭЙМЕРИОЗИ ЭПИЗОО-ТОЛОГИЯСИ ДАВОЛАШ ВА ПРОФИЛАКТИКА ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 181-184.

Давлатов, Р., & Хушназаров, А. (2022). Эпизотология эймериоза (кокцидоза) кроликов, лечение и профилактика. in Library, 22(4).

Ergashov, S. I., Khushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023). DRUGS WIDELY USED IN THE TREATMENT OF EMERIOSIS IN RABBITS. Journal of new century innovations, 22(3), 58-64.

Khushnazarov, A. H., Rayimkulov, I. H., Eshkoraev, A. M., & Davlatov, R. B. (2023). CHEMIOPROPHYLAXIS OF EMERIOZINING IN RABBIT. SCHOLAR, 1(2), 56-62.

Мухаммадиев, У. И., Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). BIOLOGI-CAL CHARACTERISTICS OF RABBITS, KEEPING AND FEEDING TECHNOLOGY.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Распространение и патолого-анатомическая диагностика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 15-17.

Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Эффективность вазурила при лечении эймериоза кролика. in Library, 22(2), 173-174.

Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). HISTORY AND SYSTEMATIC STATUS OF THE STUDY OF RABBIT EYMEROSIS.

Хушназаров, А. Х. (2022). ОБЗОР ЛИТЕРАТУРНЫХ ДАННЫХ ПО ХИМИОТЕРАПИИ И ХИМИОПРОФИЛАКТИКИ ЭЙМЕРИОЗА КРОЛИКОВ. PEDAGOGS jurnali, 23(2), 83-86.

Хушназаров, А.Х., Райимкулов, И.Х., Эшқораев, А.М., & Давлатов, Р.Б. (2023). ҚУЁН ЭЙМЕРИОЗИНИНГ КИМЁПРОФИЛАКТИКАСИ. SCHOLAR, 1(2), 56-62.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов