Отражение истории хоразма в раннем средневековье в источниках | in Library

Отражение истории хоразма в раннем средневековье в источниках

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
135-141
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Косимова, Д. (2024). Отражение истории хоразма в раннем средневековье в источниках. in Library, 2(2), 135–141. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/34741
Дунё Косимова, Университет Седжон в Сеуле
Student
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Аннотация: В статье анализируются основные направления и проблемы историографии африканской династии (305-995 гг.), рассматриваются такие вопросы, как происхождение и этническая принадлежность династии, политический статус, внутренняя политика, экономическое и социокультурное развитие. Также анализируются исследования отечественных и зарубежных историков, анализируются существующие пробелы и проблемы в освещении истории африканцев.


background image

135

ILK O’RTA ASRLARDA XORAZM TARIXINING MANBALARDA AKS

ETISHI

Dunyo Qosimova,

Sejong Universiteti talabasi

Telefon: +99881052121

dunyakosimova@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada Afrig‘iylar sulolasi (305-995 yillar) tarixshunosligining

asosiy yo‘nalishlari va muammolari tahlil qiliniib, sulolaning kelib chiqishi va

etnik mansubligi, siyosiy maqomi, ichki siyosati, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy

taraqqiyoti kabi masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, milliy va xorijiy

tarixshunoslarning tadqiqotlari tahlil qilinib, Afrig‘iylar tarixini yoritishda mavjud

bo‘shliqlar va muammolar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar

: Afrig‘iylar, oli-Iroq, Sosoniylar, Eftaliylar, Turk xoqonligi, siyosiy

maqom, vassal-tributor

Tadqiqotimizda Afrig`iylar sulolasi davri tarixini yorituvchi manbalarni bir

necha guruhlar va davrlarga boʼlgan holda koʼrib chiqish maqsadga muvofiq deb

hisoblaymiz. Xususa ularni 2 guruhga boʼlib, oʼrganish lozim:

V-VII asrlardagi Xitoy va Vizantiya manbalari

VIII-XIV asrlardagi arab va fors manbalari

Birinchi guruh- xitoy-vizantiya manbalari Xorazmning ilk oʼrta asrlar

tarixini yoritishda juda qisqa va noaniq boʼlib, ularda asosan siyosiy voqealar,

oʼzaro elchilik aloqalari ma`lumotlari oʼrin egallaydi. Bunga misol qilib


background image

136

vizantiyalik tarixchi Menandrning turklar yurtiga yuborilgan vizantiyalik Zemarx

elchiligi toʼg`risidagi hikoyani koʼrishimiz mumkin. Milodiy 568/569-yili G`arbiy

Turk xoqonligining qarorgohida boʼlgan Vizantiya elchisi Zemarxning safari

Xoliatlar orqali oʼtgan. Xoliatlar haqida ham turli bahs-munozaralar mavjud.

Minorskiy oʼz maqolasida “Xoliatlar shakl jihatdan ellin etnonimi boʼlishi kerak.

Ular haqida bilganimiz shuki, ularning qal`alari va shaharlari bor va ular ulkan koʼl

yaqinida yashagan. Ular, shuningdek, turklar vasslaridan ajratilgan xoli hudud"

edi” . Xoliatlar yurti aynan Xorazm hududi ekanligini 1873-yilda Lerch , 1877-

yilda Veselovskiy , Bartold tadqiqotlarida Xorazmda shahar va qal`alar mavjud

boʼlganligi, Amudaryo(Oxus) oʼzani borib-borib ikkita Orol va Kazbiy koʼllarga

quyilishi, va Xorazm choʼllar bilan oʼralganligini hisobga olib yuqoridagi fikrni

tasdiqlaydilar. Boshqa bir guruh tadqitochilardan Blokley oʼz asarida Xoliatni

Xalluq sifatida koʼrsatib, Qarluqlarga ishora qiladi . Vasiliev oʼz tadqiqotida

Xoliatni Kaspiy dengizning qadimgi nomi “Хвалисское” bilan bog`laydi.

Yuqoridagi tadqiqotlardan xulosa qiladigan boʼlsak, Xoliatlar aynan

Xorazm hududiga toʼg`ri keladi.

Ikkinchi guruh manbalari haqida soʼz yuritadigan boʼlsak, ular asosan arab-

fors manbalari boʼlib, arab bosiqini arafasida Xorazm, arab bosqini va arablar

bosqinidan keyingi davrlarda Xorazmning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti

haqida ma`lumotlar beradi. Afrig`iylar sulolasining siyosiy hayoti haqida

ma`lumot beruvchi yozma manbalar nihoyatda kam.Bunga misol tariqasida Abu

Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” asaridan olingan

parchani koʼrsatishimiz mumkin. “Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan,

ularning xabar va rivoyatlarini oʼrgangan va bilimlarni boshqalarga oʼrgatadigan

kishilarni halok etib, butkul yoʼq qilgan edi” . Bundan tashqari, oʼtgan davr


background image

137

mobaynida birgina Oʼrta Osiyo hududining oʼzida turlicha siyosiy mafkuralarga

ega boʼlgan oʼnlab davlatlar hukm surgan. Shu sababdan uzoq vaqt davomida

tarixning qorongʼi sahifalarini yoritib beruvchi koʼplab tarixiy asarlar umuman

yoʼqolib ketgan boʼlsa, ulardan ayrimlarining faqat maʼlum bir qismigina bizgacha

yetib kelgan.

XII-XIII asrlarda yozilgan asarlarning Xorazm vohasiga tegishli qismidagi

ma`lumotlar, koʼpincha bir-biriga zid boʼlib, ularga tayanib muhim tarixiy voqealar

sanalarini yoki hikoya qilinayotgan voqeaning tarixiy haqiqatini anglash mushkul

ish. Bu muammoga hatto, V.V. Bartold ham duch kelganini takidlab oʼtgan .

Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) davrida Oʼrta Osiyo aholisi uchun yangi din

boʼlgan islom dini va uning asosida kirib kelgan yangi madaniyat mazkur hududa

mavjud boʼlga davlatlar rivojiga juda katta taʼsir qilgani shubhasiz. Beruniy

zamonida Kat shahri nafaqat Xorazmning, balki butun Oʼrta Osiyoning eng yirik

savdo-sotiq markazlaridan biriga aylanib ulgurgan edi. Аfrigʼiylar sulolasining

poytaxti Kat shahri bu davrda Yettisuv, Oltoy, Janubiy Sibir, Xitoy, Hindiston,

Yaqin Sharq,Volgaboʼyi, Kavkaz va Sharqiy Yevropa hududlari bilan savdo yoʼllari

orqali bogʼlangan. Bunday sharoit Xorazm shaharlarida ilm-fan rivojiga ham

sezilarli taʼsir qilgan. Shunday bir ijtimoiy-madaniy muhitda tugʼilib-oʼsgan

Beruniy ilm-fanga qiziqishi sabab, yoshligidan koʼpgina olimlarning eʼtiboriga

tushadi. Ulardan biri Аfrigʼiylar xonadonining yaqin qarindoshi Аbu Nasr ibn Iroq

boʼlib, olimning bobosi Xorazmshoh Iroq ibn Mansur, uning amakisi Xorazmshoh

Muhammad ibn Mansur edi.

Аbu Rayhon Beruniy X asrdagi Xorazmdagi siyosiy voqealar sabab Ray va

Jurjon shaharlarida yashaydi. Bu yerda Erondagi Ziyoriylar sulolasidan Qobus ibn

Vashmgir unga homiylik qilib, oʼz saroyida vazirlik darajasini taklif qilgan .


background image

138

Beruniy oʼzining “Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” (arabcha: (

رثلاا

قبلا

ةی

نع

)

نورقلا

لاخلا

ةی

) asarini Jurjon shahrida 27 yoshida 1000 yillarda yozib tugatadi. Bu

asar yevropada “Xronologiya”, oʼzbek sharqshunosligida “Osor ul-boqiya” nomi

bilan mashhur. Ushbu asarda yunonlar, rumliklar, eronliklar, turkiylar, sugʼdiylar,

xorazmliklar, harroniylar (yulduzlarga sigʼinuvchilar), qibtiylar, xristianlar,

yahudiylar, islomgacha boʼlgan arablar va musulmonlar yil hisoblari, hayot va

mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Аsarda koʼplab tarixiy voqealar,

yahudiy va xristian tarixi, Tavrot va Injil bilan chuqur tanishadi. Arablarning

islomgacha boʼlgan va islomdan keyingi tarixini sinchiklab oʼrganib chiqadi turli

millat va dinlarga oid maʼlumotlar, paygʼambarlar, soxta paygʼambarlar,

podshohlar va mashhur shaxslar haqida maʼlumot berilgan. Ushbu tarixiy asar

katta ahamiyatga ega. Chunki asarda Xorazmning ilk oʼrta asrlar tarixini

yorituvchi ma`lumotlar boshqa manbalarda uchramaydi. Asarda Beruniy

Afrig`iylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi, Afrig`iy-xorazmshoh

sulolalardan 22 hukmdorning ismlarini xronologik jihatdan ketma ketlikda

keltirgan. Bu ma`lumotlar hozirgi kunda arxeologik va numuzmatik ma`lumotlar

uchun muhim qiyosiy manba hisoblanadi .

Asarda Afrig`iylar sulolasiing hokimiyat tepasiga kelishi shunday izohlanadi :

“Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlagandan tarix ola boshladilar, bu

Iskandardan 980 yil ilgari boʼlgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kayxusravning

Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmda podshohlik

qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga koʼchib, turk

podshohlari [ustidan] hukmronligini yurg`izgan edi. Bu voqea Xorazmga odam

joylashganidan 92 yil keyin boʼldi. Soʼngra ular tarix olishda eronliklarga ergashib,

Kayxusravning [Xorazm ]shoxlari deb ataluvchi naslidan boʼlgan har bir [podshoh

davrining boshlanishidan] tarix oldilar. Nihoyat Kayxusrav davridan Ofrig`


background image

139

podsholigi boshlandi. Eronliklar “gunohkor” Yazdijardni yomon habar

keltiruvchiga yoʼyganlaridek, [xorazmliklar] Ofrig`ni shum habar keltiruvchiga

chiqardilar. Ofrig`dan keyin uning oʼgli podshoh boʼldi. [Ofrig`] Iskandar

tarixining 616-yilida al-Fir ustiga oʼz qasrini qurdirdi. Keyin xorazmliklar ofrig`

va uning avlodlari podshohligidan tarix oldilar”. Al-Fir Xorazm shahrining

chekkasidagi loy vax om g`ishtdan qurilgan qal`a boʼlib, bir-birining ichiga

joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavat qoʼrg`on edi. Bu

barcha qoʼrg`onlar tepasida Yamandagi G`umdon singari podshohlarning qasrlari

bor edi. G`umdon-tabbalarning turar joylari boʼlib, San`a masjidi Jome

roʼparasidagi toshdan qurilgan qal`adir. Aytilishicha , u toʼfondan keyin Som ibn

Nuh qurgan binolardandir.Som qazigan quduq ham oʼsha yerdadir.Ba`zilar esa, bu

Zahhok tomonidan Zuhra ismiga atab qurilgan haykal, deganlar. Al-Fir oʼn milcha

va undan koʼproq masofadan koʼrinar edi. Jayhun har yili uni buzib, yiqitib va

parchalab olib keta berdi; Nihoyat Iskandar tarixining 1305-yilida undan asar

qolmadi” .

“Osor ul-boqiya an al-qurun al-holiya” arab tilida yozilgan. Bu kitobni birinchi

marta Yevropa olimlariga tanishtirgan kishi sharqshunos va beruniyshunos olim

Eduard Zahau edi. Olim asarni 1876-1878-yillarda Leypsigda arabcha nusxasini

nashr etdi . 1879-yilda ingliz , 1943-yilda fors , 1957-yilda rus tillarida asar nashr

etilgan.

S.P.Tolstov “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asariga toʼxtalib,

Xorazm vohasining ilk oʼrta asrlar tarixini oʼrganish ahamiyati haqida mufassal

tasvirlab, unga juda yuksak baho beradi va Beruniyning “Osor ul-boqiya an al-

qurun al-holiya” asarida keltirilgan Xorazm haqidagi ma`lumotlarning koʼpchiligi

arxeologik tadqiqotlar natijasida oʼz isbotini topganligini aytib oʼtadi .


background image

140

Yana bir manba bu Аbu Jaʼfar at-Tabariyning “Tarix ar-rusul va-lmulk”

(qisqacha “Tarixi Tabariy”) asaridir. Ushbu asar umumiy tarix tipida yozilgan

asarlar sirasiga kirib, voqealar yilma-yil bayon qilingan. Biroq, bu asar shu tipdagi

boshqa asarlarga qaraganda mukammalligi va daliliy manbalarga boyligi bilan

anchagina farqlanadi. Аsar olamning yaratilishidan 912-913 yillargacha boʼlgan

Аrabiston, Rum (Kichik Osiyo), Eron va Аrab xalifaligi tarkibidagi barcha

davlatlar xususan Xorazm tarixida boʼlgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni oʼzida

jamlagan. Bu asar arablarning Xorazmni egallashidan boshlab to 912 yilgacha

yaʼni, Аfrigʼiy hukmdorlar tarixini oʼrganishimizda asosiy va ishonchli

manbalardan biri boʼlib hisoblanadi. Ushbu asar Movarounnahr va Xorazmning

VIII–IX asrlar tarixini oʼrganish boʼyicha eng ishonchli manbadir. Аsarning

nashrlaridan biri Xorazmda XIX asrda koʼchirilgan boʼlib, bugungi kunda Аbu

Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida 1229 raqam ostida

saqlanuvchi qoʼlyozmasi mavjud .Qisqartirilgan ruscha tarjima (tarjimon

V.I.Belyaev) 1987 yili Toshkentda “История Табари”, yaʼni “Tabariy tarixi” nomi

bilan chop etilgan .

Biz oʼrganayotgan davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy voqealar haqida

maʼlumot beruvchi yana bir asar Ibn Havqalning (vaf. 976 y.) “Kitob ul-masolik

va-l-mamolik” asaridir. Аl-Istaxriy bilan shaxsan uchrashgan ibn Havqal bu haqida

shu fikrlarni aytib oʼtgan. “Men uning kitobidagi bir emas, bir nechta xaritalarni

tuzatdim, soʼngra ushbu oʼz kitobimni yozishga qaror qildim. Istaxriy kitobida

uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta yangi xaritalarni ilova qildim va

ularni izohlab berdim” .

Ibn Havqal ushbu asarni yozishda 943-yildan keyin savdogar sifatida Shimoliy

Аfrika, Janubi-Gʼarbiy (Ispaniya, Italiya), Eron, Hindiston boʼylab qilingan


background image

141

sayohatlarida toʼplangan maʼlumotlari, shuningdek, Ibn Xurdodbeh, Аl-Jayhoniy,

Qudama asarlaridagi maʼlumotlardan foydalangan. Kitobda tavsiflangan har bir

mamlakat yoki hududning xaritasi ham berilgan. Masalan, Movarounnahr qismiga

ilova qilingan qismida Jayhun daryosi, Buxoro, Samarqand, Usturshona, Isfijob,

Shosh va Xorazmning shaharlari va viloyatlari xaritalari tasvirlangan. Shuningdek

asarda turklar, oʼgʼuzlar va ularning kundalik mashgʼulotlari haqida qiziqarli

maʼlumotlar berilgan. Shu sababdan mazkur asar VII–X asrlar Xorazm tarixini

oʼrganishda muhim manba hisoblanadi. Gʼaznaviylar hukmdorligi yillarida

Xorazmning siyosiy tarixi haqida maʼlumot beruvchi yana bir tarixiy manba bu

“Tarixi Yaminiy” asaridir. Аsar muallifi Аbu Nasr Muhammad ibn Аbdujabbor

Utbiy (961- 1036) boʼlib, u Somoniylarning Xurosondagi noibi Аbu Аli Simjuriy

(989-998), Ziyoriylardan Qobus ibn Vashimgir (998-1030), Gʼaznaviylardan

Sabuktegin (977-997), Mahmud (998-1030), Maʼsud (1031-1041) saroyida xizmat

qilgan. Xattoki, elchi sifatida bir necha bor Gʼaznaviylar tomonidan qoʼshni

davlatlarga yuborilgan. Muallif oʼzi guvoh boʼlgan voqealarni yoritganligi uchun

ushbu asar bu davr tarixini oʼrganishda ishonchli manbalar qatorida turadi

Ushbu asar amir Sabuktegin va Sulton Mahmud davrida Gʼaznaviylar imperiyasi

tarkibiga kirgan hozirgi Аfgʼoniston, Xuroson, Xorazm va qisman

Movarounnahrning

975-1021-yillardagi

ijtimoiy-siyosiy

tarixini

oʼzida

mujassamlashtirgan. Аsarda Qoraxoniylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi

haqida noyob maʼlumotlar keltirilgan. Biroq, asar oʼziga xos kamchiliklardan ham

holi emas. Yaʼni, unda hukmdor tabaqaning maqsad va manfaatlari himoya

qilingan. Xususan, Sulton Mahmudni koʼklarga koʼtarib maqtash holatlarini

uchratish mumkin. Ushbu asarning bitta nusxasi Toshkentda Sharqshunoslik

instituti Qoʼlyozmalar fondida saqlanmoqda .

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов