Положительные стороны преобразования государственного предприятия в хозяйственное общество

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
720-723
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Санжаров, З. (2025). Положительные стороны преобразования государственного предприятия в хозяйственное общество. in Library, 1(2), 720–723. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/81686
Зухриддин Санжаров, Агентство по управлению государственными активами
Агентство по управлению государственными активами с 2022 по н.в.
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье исследуются преимуществ и недостатки, а также научные предложения и практические рекомендации по внесению изменений в нормативные правовые акты по вопросам порядка преобразования государственного предприятия в хозяйственное общество.


background image

IQ

TISODIY

O

T

ЭК

ОНОМИКА

EC

ONOMY

YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T

2025-yil, aprel.

4-son.

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz

720

DAVLAT KORXONASINI XO‘JALIK JAMIYATIGA

O‘ZGARTIRISHNING FOYDALI JIHATLARI

Z.D. Sanjarov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yetakchi mutaxassisi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada davlat korxonasini xo‘jalik jamiyatiga o‘zgartirish jarayonining tartib-taomillari, ularning

iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, mavjud huquqiy bazada uchrayotgan tizimli kamchiliklar chuqur tahlil qilinadi.

Tadqiqotda ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan foydaliligi asoslanadi va mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga

takomillashtirish kiritish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqiladi. Amaliy tavsiyalar orqali davlat mulkini xususiylashtirishda

ochiq savdolar samaradorligini oshirish, xususiy sektorning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan tashkiliy

mexanizmlar yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

davlat korxonasi, xo‘jalik jamiyati, davlat unitar korxonasi, davlat muassasasi, xususiylashtirish, ochiq savdo.

Abstract:

This article explores the procedural framework for transforming state-owned enterprises into business entities,

highlighting the economic advantages and identifying existing regulatory shortcomings. The study substantiates the

socio-economic benefits of such transformations and presents scientific proposals for amending current legal regulations.

Practical recommendations are also provided to enhance the efficiency of privatization processes through open auctions

and to stimulate private sector engagement in the national economy.

Key words:

state enterprise, business entity, state unitary enterprise, state institution, privatization, public auction.

Аннотация:

В статье анализируется процедура преобразования государственного предприятия в хозяйственное

общество, раскрываются её экономические преимущества и существующие нормативно-правовые пробелы.

Исследование обосновывает социально-экономическую целесообразность преобразований и разрабатывает

научные предложения по совершенствованию действующего законодательства. Также представлены практические

рекомендации, направленные на повышение эффективности приватизационных процессов, в том числе через

развитие публичных торгов и стимулирование частного сектора.

Ключевые слова:

государственное предприятие, хозяйственное общество, государственное унитарное

предприятие, государственное учреждение, приватизация, публичные торги.

K I R I S H

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish jarayoni muhim

institutsional islohotlardan biri sanaladi. Ushbu o‘zgarish – davlat mulkiga egalik qiluvchi tashkilotlarning iqtisodiy

boshqaruv mexanizmlarini liberallashtirish, ularni bozor sharoitlariga moslashtirish orqali samaradorligini

oshirishga qaratilgan. Bu esa, o‘z navbatida, korxonalarni mustaqil iqtisodiy faoliyat yuritishga, raqobat

sharoitida faol bo‘lishga va xususiy sektor talablariga mos ishlab chiqarish tizimini shakllantirishga undaydi.

Davlat korxonasini xo‘jalik jamiyati shakliga o‘tkazish – bu faqat tashkiliy-huquqiy shaklning o‘zgarishi

emas, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, boshqaruv tizimini optimallashtirish, xususiy kapitalni jalb

etish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan chuqur transformatsion jarayondir. Bunday yondashuv

korxonaning rivojlanishiga xizmat qilishi bilan birga, davlat byudjetiga qo‘shimcha tushumlar keltiradi, ijtimoiy

dasturlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shu bois, davlat korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish masalasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va

institutsional jihatdan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, mavjud

normativ-huquqiy bazaning to‘liqligi, islohotlarning tizimliligi va amaliy mexanizmlarning aniq belgilanganligiga

bog‘liqdir.

M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R S H A R H I

J. Qurbonov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtiroki holati,

aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik boshqaruv organlari sifatida boshqa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida

ishtirok etish holatlari, shuningdek, xo‘jalik boshqaruv organlarining mamlakatimizdagi umumiy aksiyadorlik

kapitalidagi ulushi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotda xo‘jalik boshqaruv organlarining tutgan o‘rni yuzasidan ilmiy

xulosalar ishlab chiqilgan [5].


background image

IQ

TISODIY

O

T

ЭК

ОНОМИКА

EC

ONOMY

YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T

2025-yil, aprel.

4-son.

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz

721

A. Tangriyev tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida xo‘jalik organi hisoblangan “O‘zyog‘moysanoat”

uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy faoliyati tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu

jamiyatlar tarkibidagi xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash,

shuningdek, kompaniyalar boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari o‘rganilgan [6].

G. Xamimova tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarida aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni

samarali tashkil etish, davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik jamiyatlari sifatida faoliyat

yuritishi, xo‘jalik boshqaruv organlarida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, ularning investitsion

jozibadorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga davlat ishtiroki

holati, davlat tomonidan xo‘jalik jamiyatlariga taqdim etilayotgan individual imtiyozlar tahlil qilingan va qator

ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan [7].

M. Tashmuxamedova tomonidan chop etilgan ilmiy maqolada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga

xos jihatlari, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibi, shuningdek, bu jarayonning iqtisodiy zarurati

chuqur tahlil qilingan. Ayniqsa, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ,

“Tashshahartansxizmat” AJ, “O‘zbekkimyosanoat” AJ kabi korxonalarning zarar bilan faoliyat yuritib kelayotgani

holati asos qilib olingan va bu orqali davlat mulkini xususiylashtirish zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan [8].

TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I

“Davlat korxonasini xo‘jalik jamiyatiga o‘zgartirishning foydali jihatlari” mavzusini o‘rganishda tizimli

yondashuv, qiyosiy tahlil va statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Bu yondashuvlar orqali davlat mulkini isloh

qilish mexanizmlarining samaradorligi, ularning amaliyotdagi tatbiqi va iqtisodiy natijalari chuqur o‘rganildi.

Tadqiqotda “davlat korxonasi” tushunchasi huquqiy-huquqiy normalar asosida izohlangan bo‘lib, u davlat

mulkiga asoslangan, unga tezkor boshqaruv huquqi asosida ajratilgan mol-mulk negizida tashkil etiladigan

yuridik shaxs maqomidagi tijorat tashkilotidir. Bunday korxonalar o‘zlariga biriktirilgan mulkdan qonun doirasida,

o‘z faoliyat maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga va mulkka egalik huquqi asosida belgilangan vazifalarga

muvofiq tarzda foydalanadi va uni tasarruf etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq,

davlat muassasasi — boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki boshqa notijorat xarakterdagi vazifalarni bajarish uchun

davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan va to‘liq yoki qisman davlat tomonidan moliyalashtiriladigan

tashkilotdir.

Shuningdek, davlat unitar korxonasi – o‘ziga biriktirilgan mol-mulk ustidan bevosita egalik huquqiga ega

bo‘lmagan, lekin uni tasarruf etish vakolatiga ega bo‘lgan, tijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot sifatida

belgilanadi. U davlat mulki asosida tashkil etiladi va foyda olish maqsadida ishlaydi, biroq mulkni tasarruf etish

huquqi unga emas, balki tegishli davlat organiga tegishlidir.

TA H L I L VA N A T I J A L A R

Davlat korxonasi xo‘jalik jamiyatiga aylantirilgach, go‘yoki u qattiq ma’muriy qolipdan chiqib, iqtisodiy

erkinlikka erishgandek bo‘ladi. Ilgari davlatning qat’iy rejalariga bo‘ysunib faoliyat yuritgan korxona, endilikda

o‘z yo‘lini o‘zi belgilash, bozor talablariga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu o‘zgarish natijasida, yillar davomida parda ortida qolgan iqtisodiy salohiyat safarbar etiladi. Korxona

faoliyatida samaradorlik va tejamkorlik oshadi, xarajatlar kamayadi, daromadlar esa ortib boradi. Bunday

sharoitda korxona raqobat muhitida barqaror ishlashga, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, iste’molchilar

ehtiyojlarini qondirishga intila boshlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining 2014–yil 6–oktabrdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-

sonli

1

Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 279–son qarorining 1–ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomda davlat

korxonalari va davlat muassasalarini aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo‘jalik

jamiyatiga aylantirish tartibi belgilab berilgan.

Mazkur tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus

xususiylashtirish dasturlari qabul qilinadi. Ushbu dasturga asosan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Davaktiv agentligi) yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan korxonani o‘zgartirish bo‘yicha Komissiya

tuziladi.

Komissiya korxonaning mol-mulki va moliyaviy majburiyatlarini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxat natijalari

asosida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida Davaktiv agentligi yoki uning hududiy bo‘limi

tomonidan davlat tashkilotini xo‘jalik jamiyatiga o‘zgartirish haqida buyruq qabul qilinadi.

1

O‘zbekiston Respublikasining 2014–yil 6–oktabrdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-sonli Qonuni: https://lex.uz/

docs/-6401697


background image

IQ

TISODIY

O

T

ЭК

ОНОМИКА

EC

ONOMY

YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T

2025-yil, aprel.

4-son.

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz

722

Mazkur buyruqga muvofiq:

Agar davlat unitar korxonasi xo‘jalik jamiyatiga aylantirilayotgan bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati ustav fondining

miqdori mol-mulk baholanishidan qat’i nazar, soliq organlariga taqdim etilgan so‘nggi buxgalteriya balansi

ma’lumotlari asosida belgilanadi;

Agar davlat muassasasi xo‘jalik jamiyatiga aylantirilayotgan bo‘lsa, xo‘jalik jamiyati ustav fondining miqdori

davlat muassasasi balansidagi mulkning qoldiq qiymati asosida, baholovsiz tartibda aniqlanadi.(1-jadval)

1-jadval. Davlat korxonalari va muassasalarini xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish SXEMASI.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

1-bosqich

Tashabbuskorlar: davlat organi,

davlat tashkiloti ta’sischisi, yuridik va

jismoniy shaxslar. Ko‘rib chiquvchi

organ: Davaktiv agentligi, uning

hududiy boshqarmalari, hududiy

tanlov komissiyasi

1) Buyurtmanomalar va takliflar berish.

2) Takliflar va arizalarni ko‘rib chiqish.

3) Xususiylashtirish dasturi loyihasini shakllantirish va

Vazirlar Mahkamasiga yoki mulk masalalari bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qaror

qabul qilish uchun kiritish.

2-bosqich

Agentlik, uning hududiy

boshqarmasi, davlat va xo‘jalik

boshqaruvi organlari, baholovchi

tashkilot

1) Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi davlat

korxonasi yoki muassasasini o‘zgartirishga tayyorlash

bo‘yicha Komissiya tuzadi.

2) Davlat korxonasi yoki muassasasining mol-mulki va

moliyaviy majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazishni tashkil

qilish va o‘tkazish, xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalarini

rasmiylashtirish.

3) Komissiya tomonidan Agentlik yoki uning hududiy

boshqarmasiga tegishli qarorlar qabul qilish uchun

taqdim etiladigan hujjatlar va takliflarni ko‘rib chiqish.

4) Davlat korxonasi yoki muassasasini (zarurat

bo‘lganda) xususiylashtirishdan oldin tayyorlash.

3-bosqich

Agentlik, uning hududiy

boshqarmasi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi

organlar

1) Mulk baholashdan o‘tkazilmagan holda, soliq

organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi

ma’lumotlari va o‘zgartirishga tayyorlash bo‘yicha

Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida

Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan

davlat korxonasi yoki muassasasini o‘zgartirish to‘g‘risida

buyruq chiqarish.

2) Tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatini davlat ro‘yxatidan

o‘tkazish.

4-bosqich

Agentlik, uning hududiy

boshqarmasi, yangi vujudga kelgan

xo‘jalik jamiyati

Muayyan muddat ichida ijtimoiy majburiyatlarni (faoliyat

sohasini saqlash, ish o‘rinlari sonini saqlash va

ko‘paytirish va h.k.) bajarish.

5-bosqich

Agentlik, uning hududiy boshqarmasi Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020–yil 27–oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi

korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi PF–6096–sonli

2

Farmonining avvalgi tahririda, xususiylashtirilishi belgilangan davlat unitar

korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirishda ularning ustav kapitali xatlov va baholash o‘tkazilmagan holda,

soliq organlariga topshirilgan so‘nggi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida sof aktivlar qiymatida belgilanadi,

sof aktivlari manfiy bo‘lgan taqdirda esa korxona ustav kapitali miqdorida aniqlanishi nazarda tutilgan edi.

Qayd etish joizki, davlat unitar korxonasini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirishda uning ustav fondi miqdorini soliq

organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida belgilash ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da,

bu balansning aynan qaysi satridan foydalanilishi aniq ko‘rsatilmagan. Bu holat amaliyotda tafsiflashdagi

aniqlik yetishmasligi sababli, baholash va xatlov bosqichlarida noaniqliklar va huquqiy tushunmovchiliklarga

olib kelmoqda.

Xulosa va takliflar

Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat unitar

korxonasini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf

etish maqsadida, ushbu korxonaning ustav fondi miqdorini soliq organlariga taqdim etilgan so‘nggi buxgalteriya

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020–yil 27–oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda

davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6096–sonli Farmoni: https://lex.uz/ru/docs/-5068824


background image

IQ

TISODIY

O

T

ЭК

ОНОМИКА

EC

ONOMY

YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T

2025-yil, aprel.

4-son.

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz

723

balansidagi (amaldagi) ustav fondi miqdoriga teng qilib belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur taklif

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilishi lozim.

Ushbu yondashuv orqali davlat unitar korxonasini xo‘jalik jamiyatiga aylantirishda, shuningdek, qayta

tashkil etilayotgan jamiyatning ustav fondini belgilash jarayonida buxgalteriya balansida foydalanilishi lozim

bo‘lgan satrga aniq yondashuv joriy qilinadi. Bu esa normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlik va tartibni ta’minlaydi

hamda huquqiy tushunmovchiliklarning oldini oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 9-martdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-sonli Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni

jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6096–sonli Farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat korxonalari va davlat muassasalarini

xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi 279–son qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan

korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 215–son qarori.

5. Qurbonov, J. “Directions of promoting small businesses in industry sector.”

International Finance and Accounting

,

2018.2 (2018): 119.

6. Tangriyev, Abduxoliq. “Korporativ boshqaruv organlari va ularning faoliyatini baholash.”

Innovatsion texnologiyalar

,

49.01 (2023): 112–116.

7. Xamimova, Xamimova. “Davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruvni tashkil etishning mohiyati.”

Conference on the Role and Importance of Science in the Modern World

. Vol. 1. No. 4. 2024.

8.

Tashmuxamedova, Mahina. “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish

bosqichlarining xususiyatlari.”

Iqtisodiyot va ta’lim

, 24.5 (2023): 201–210.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 9-martdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6096–sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi “Davlat korxonalari va davlat muassasalarini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida”gi 279–son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215–son qarori.

Qurbonov, J. “Directions of promoting small businesses in industry sector.” International Finance and Accounting, 2018.2 (2018): 119.

Tangriyev, Abduxoliq. “Korporativ boshqaruv organlari va ularning faoliyatini baholash.” Innovatsion texnologiyalar, 49.01 (2023): 112–116.

Xamimova, Xamimova. “Davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruvni tashkil etishning mohiyati.” Conference on the Role and Importance of Science in the Modern World. Vol. 1. No. 4. 2024.

Tashmuxamedova, Mahina. “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish bosqichlarining xususiyatlari.” Iqtisodiyot va ta’lim, 24.5 (2023): 201–210.