IQ
TISODIY
O
T ЭК
ОНОМИКА EC
ONOMY
M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T J U R N A L I
2025-yil, yanvar.
№
1-son.
585
https://muhandislik-iqtisodiyot.uz
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISHDA
KIM OSHDI SAVDOSINING ROLI
Z.D.Sanjarov
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yetakchi mutaxassisi,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Maqolada davlat mulkini xususiylashtirishda ommaviy savdolarning roli, ularning
mazmuni va o‘zaro aloqadorligi tadqiq etilgan. Shuningdek, respublikada xususiylashtirish
jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
davlat mulki, davlat ishtirokidagi korxona, elektron savdo platformasi, auksion, tanlov.
Abstract:
The article examines the content and interrelationship of the role of public auctions in the
privatization of state property and also develops scientific proposals and practical recommendations
for more effective organization of privatization processes in the republic.
Keywords:
state property, state-owned enterprise, e-commerce platform, auction, competition.
Аннотация:
В статье исследуются содержание и взаимосвязь роли публичных торгов в
приватизации государственного имущества, а также в нем разрабатываются научные
предложения и практические рекомендации по более эффективной организации
приватизационных процессов в республике.
Ключевые слова:
государственное имущество, предприятие с участием государства,
электронная торговая площадка, аукцион, конкурс.
K I R I S H
Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish masalasi mustaqillikka erishilgan yillardan boshlab hozirgi
kunga qadar har yili davlat tomonidan amalga oshirilishi e’tibor qaratiladigan asosiy yo‘nalishlardan
biri bo‘lib kelmoqda. Xususiylashtirish jarayoni davlat ulushining qisqartirilishi bilan bog‘liq bo‘lib,
kelgusida iqtisodiyotda xususiy mulk egalari ulushining ortishi hamda mulkdan samarali foydalanish
darajasining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, umumiy samaradorlikni oshirish
maqsadida davlat mulkini xususiylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bu jarayonda, bir tomondan, davlat mulkini samarali xususiylashtirish, ikkinchi tomondan esa
davlat mulkini xarid qiluvchilar uchun ma’lumotlarning oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, kim oshdi savdosi usulidan foydalanish xususiylashtirish
jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Davlat mulkini xususiylashtirishda kim oshdi savdosi usullaridan
foydalanish ham davlat, ham xaridorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shu jihatlarni inobatga olgan
holda, quyida mazkur masalalar bo‘yicha ilmiy mulohazalarimizni keltirib o‘tamiz.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R S H A R H I
B. Mamatov va S. Mamatovalar hammuallifligida tayyorlangan ilmiy tadqiqot ishlarida davlat
mulkini xususiylashtirishning institutsional asoslari va tendensiyalari, xususiylashtirish jarayonida
investorlarni jalb qilish masalalari, davlat mulkini baholash mexanizmi hamda xususiy kapitalni jalb
qilish orqali davlat aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib
borilgan [7].
N. B. Mamamatkarimov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida davlat ishtiroki
mavjud tijorat banklarida davlat ulushini xususiylashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq
etishga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda davlat ulushini xususiylashtirishda IPO mexanizmlaridan
foydalanishning amaliy ahamiyati ilmiy asosda yoritib berilgan. Shuningdek, tijorat banklaridagi
M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T J U R N A L I
M
UH
ANDISLIK ИН
ЖЕН
ЕРИЯ ENGINEERING
2025-yil, yanvar.
№
1-son.
586
https://muhandislik-iqtisodiyot.uz
davlat ulushini xususiylashtirish zarurati ham asoslab berilgan. Maqolada O‘zbekistonda davlat
ulushi mavjud tijorat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni ham tahlil qilingan [8].
T. Berdiev tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarda xalqaro tajribada tijorat banklarida
davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining amaldagi holati va ushbu jarayonni amalga
oshirish mexanizmlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot doirasida Jahon bank tizimining eng yirik
ishtirokchilaridan biri bo‘lgan ICBC bankining xususiylashtirish jarayoni tahlil qilingan. Bankning
xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishi, qarorlar qabul qilishi, yirik birjalarda listingdan o‘tishi va shu
orqali xususiylashtirishni jadallashtirish jarayonlari ilmiy asosda o‘rganilgan [9].
O. Xolmirzaev tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida O‘zbekiston Respublikasida
ko‘chmas mulklarning auksion savdolarining shakllari, kim oshdi savdolarining iqtisodiy mohiyati
va ahamiyati hamda ushbu savdolarni tashkil etishda xorijiy tajribalardan foydalanish masalalari
tahlil qilingan. Shuningdek, auksion savdolarida mulkning ikkilamchi bozorini tashkil etish va
rivojlantirishning ijobiy hamda salbiy jihatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida
ko‘chmas mulklarning ikkilamchi bozorida elektron onlayn savdolar tizimini respublika va xalqaro
miqyosda keng joriy etish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan [10].
J. Raxmatillaev tomonidan nashr etilgan ilmiy maqolada ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan
yer uchastkalarini xususiylashtirishning iqtisodiy mohiyati va ularni tashkil etishning huquqiy asoslari
bo‘yicha ilmiy qarashlar bayon etilgan. Tadqiqotda mamlakatimizda amaldagi qonunchilikni isloh
qilish zarurati, xususiylashtirish munosabatlarini huquqiy tartibga solishning milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi roli hamda xususiylashtirish jarayonlarini tashkil etuvchi tashkilotlarning huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada kim oshdi
savdolarini tashkil etishning huquqiy asoslariga ham batafsil e’tibor qaratilgan [11].
J. Qurbonov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida davlat ishtirokidagi korxonalarda
moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish, davlat mulkini xususiylashtirish va davlat ishtirokidagi
korxonalar ustav kapitalida xorijiy investorlar ulushini optimallashtirish masalalari tahlil qilingan.
Tadqiqotda, ayniqsa, davlat ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish jarayonini
erkinlashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi ko‘rsatilgan [12].
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Davlat mulkini xususiylashtirishda kim oshdi savdosining roli mavzusini tadqiq etishda taqqoslash, tizimili
tahlil va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Kim oshdi savdosi butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan, musobaqalashish asosida xari-
dorni (g‘olibni) aniqlashga yo‘naltirilgan savdo turi hisoblanadi. Ushbu turdagi savdo bugungi kunda
auksion yoki tanlov nomi bilan ham mashhur. Auksion odatda ochiq shaklda, ya’ni ommabop tarzda
o‘tkaziladi va uning boshlang‘ich qiymati e’lon qilinadi.
Kim oshdi savdosi qatnashchilari savdo o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan miqdor,
muddat va tartib asosida zakalat puli to‘laydilar. Agar kim oshdi savdosi o‘tkazilmasa, ushbu to‘lan-
gan zakalat qaytarib berilishi shart. Shuningdek, zakalat kim oshdi savdosida qatnashgan, biroq
unda g‘olib chiqmagan shaxslarga ham qaytariladi.
Kim oshdi savdosining tashkilotchisi tomonidan auksion yoki tanlov o‘tkazilganda, natijalar
bo‘yicha belgilangan tartibda bayonnoma imzolanadi, ushbu bayonnoma esa shartnoma kuchiga
ega bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, auksion savdosi e’londa ko‘rsatilgan sanada o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar o‘z
taklif narxlarini tasdiqlaydilar, shuningdek, eng yuqori narxni taklif qilgan ishtirokchi auksion g‘olibi
deb hisoblanadi.
Tanlovga keladigan bo‘lsak, u hujjatlar mezonlari va shartlariga muvofiq, ishtirokchilar tomonidan
taqdim etilgan eng yaxshi taklifni tanlash orqali xaridorni aniqlash bo‘yicha savdo shakli hisoblanadi.
Mamlakatimizda davlat mulkini xususiylashtirish zarurligi borasida ko‘p bora so‘z yuritiladi. Ushbu
jarayonni amalga oshirish orqali respublikamizda quyidagilarga erishish mumkin:
IQ
TISODIY
O
T ЭК
ОНОМИКА EC
ONOMY
M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T J U R N A L I
2025-yil, yanvar.
№
1-son.
587
https://muhandislik-iqtisodiyot.uz
Davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat ulushini qisqartirish;
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Yangi ish o‘rinlarini yaratish;
Byudjetga qo‘shimcha daromad keltirish;
Xususiy sektorni barqaror rivojlantirish;
Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish (1-rasm).
1-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning afzalliklari
1
Respublikamizda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish maqsadida so‘nggi uch yil davom-
ida 5 mingga yaqin aktivlarni realizatsiya qilishni nazarda tutuvchi uchta yirik xususiylashtirish dasturi
qabul qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga
solish va davlat mulkiga egalik qilish asoslarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil
9-martdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-son
2
Qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunning 8-moddasida davlat mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizat-
siya qilish, shuningdek, ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish ommaviy savdolar orqali (auksion-
lar, tanlovlar, muzokaralarga ommaviy taklif etish yo‘li bilan va boshqalar) amalga oshirilishi lozimligi
belgilangan. Bu talab qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha tatbiq etilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki
obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5666-son
3
li
Farmoniga muvofiq, agar Prezident hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat
mulkini jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizatsiya qilish ommaviy savdolar, shu jumladan
“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Bundan tashqari, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha eng zaruriy huquqiy asos bo‘lgan
1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan (33 yil avval) “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylasht
-
irish to‘g‘risida”gi 425-XII-son
4
Qonun yangi tahrirda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil
14-fevraldagi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-907-son
5
li Qonun sifatida qabul
1
Adabiyotlardan foydalangan holda muallif tomonidan tayyorlandi.
2 https://lex.uz/docs/-6401697
3 https://lex.uz/docs/-4192433
4 https://lex.uz/docs/-127010
5 https://lex.uz/docs/-6800515
M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T J U R N A L I
M
UH
ANDISLIK ИН
ЖЕН
ЕРИЯ ENGINEERING
2025-yil, yanvar.
№
1-son.
588
https://muhandislik-iqtisodiyot.uz
qilindi. Unda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini oshirish maqsa
-
dida sakkizta usul aniq belgilab qo‘yilgan.
Bunda, davlat mulklarini sotishda eng ko‘p foydalaniladigan usullardan biri “E-auksion” elektron
savdo platformasida o‘tkaziladigan auksion va tanlov hisoblanadi. Ularning asosiy farqi shundaki:
Auksionga chiqariladigan davlat mulklari boshlang‘ich narxda hech qanday shartsiz ochiq
savdolarga qo‘yiladi.
Tanlov esa xaridor zimmasiga muayyan majburiyat yuklatilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi “Davlat mulki
obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha cho-
ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2200-son
6
qarori talablariga muvofiq, davlat aktivining boshlang‘ich narxi
pasaytirilgan holda sotilgan taqdirda, xaridorga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy
stavkasi miqdorida chegirma qo‘llanilmaydi.
Misol uchun: Auksion savdolarida ma’lum bir davlat mulkini sotib olishni rejalashtirgan jismoniy
yoki yuridik shaxs sotilayotgan aktivning narxi ma’lum muddatda sotilmaganda boshlang‘ich qiymati
pasaytirib borilishini onlayn tarzda kuzatishi mumkin. Biroq, aynan shu lotni oldindan kuzatib bor-
magan, ya’ni endigina qiziqish bildirgan talabgorlar uning birinchi savdoga qo‘yilgan narxini onlayn
tarzda ko‘ra olmaydi (1-jadval).
1-jadval. Auksion va tanlov savdolarining farqli jihatlari
7
.
Turi
Boshlang‘ich
narx, so‘m
Shartlar
Baholash mezoni
Auksion
500 000 000
Mavjud emas
Eng yuqori narx taklif qilgan xaridor
g‘olib hisoblanadi
Tanlov
500 000 000
Xaridor ob’ektni sotib
olganidan so‘ng, uning
hududidan mahalla yettiligi
uchun yangi bino qurib
berish majburiyatini oladi
100 ball
asosida baholanadi.
Shundan,
80 ballgacha
– narx taklifiga,
20 ballgacha
– moliyaviy va
nomoliyaviy shartlarga
Chet el mamlakatlari tajribasida ham davlat mulki asosan yuqorida ko‘rsatilgan 8 ta usuldan foydalangan
holda xususiylashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimizning tezkor rivojlanayotganini hamda tadbirkorlik
subyektlariga turli usullar orqali raqobat doirasida davlat mulkini qo‘lga kiritish imkonini berishini ko‘rsatadi.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning “E-auksion” elektron savdo platformasida savdosi
davom etayotgan davlat mulklari tahlil qilindi. Buni quyidagi diagramma orqali kuzatish mumkin (2-rasm).
2-rasm. “E-auksion” elektron savdo platformasida savdosi davom etayotgan davlat mulklari
8
6
http://lex.uz/docs/-2420491
7
Huquqiy hujjatlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi
8
https://e-auksion.uz savdo platformasi ma’lumotlari asosida tuzildi.
IQ
TISODIY
O
T ЭК
ОНОМИКА EC
ONOMY
M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T J U R N A L I
2025-yil, yanvar.
№
1-son.
589
https://muhandislik-iqtisodiyot.uz
Chet el mamlakatlari tajribasida ham davlat mulki asosan yuqorida ko‘rsatilgan 8 ta usuldan foydalangan
holda xususiylashtiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimizning tezkor rivojlanayotganini hamda tadbirkorlik
subyektlariga turli usullar orqali raqobat doirasida davlat mulkini qo‘lga kiritish imkonini berishini ko‘rsatadi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat aktivining boshlang‘ich narxi pasaytirilgan holda sotilgan taqdirda,
xaridorga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma qo‘llanilmasligini
inobatga olgan holda, “E-auksion” elektron savdo platformasida baholangan qiymati pasaytirilgan davlat
mulklarining birinchi marotaba (baholangan) qiymatini ko‘rsatish amaliyotini joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Buning natijasida talabgorlar davlat mulkini sotib olishdan oldin ushbu aktiv bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida chegirma berilishi yoki berilmasligiga ishonch hosil
qilgan holda auksion savdolarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодекси;
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 19 февралдаги “Давлат мулки
объектларидан самарали фойдаланиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги
ПФ–5666-сон Фармони.
3.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2014 йил 6 октябрдаги “Давлат мулки
объектларини хусусийлаштириш тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида”ги
279-сон қарори.
4.
Маматов , Б., & Mаматова С. (2023). Иқтисодиётдаги давлат иштирокини қисқартириш ва
хусусийлаштириш тенденцияси ҳолати таҳлили. The Innovation economy, 1(02), 20–28.
Retrieved from https://ojs.qmii.uz/index.php/ej/article/view/381
5.
Маматкаримов Н. Б. IPO давлат банкларини хусусийлаштириш механизми //Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2024. – Т. 4. – №. 6. – С.
352-358.
6.
Berdiev, T. (2024). Осиё давлатларида тижорат банкларини хусусийлаштириш жараёни
(ICBC банк мисолида). Moliya va bank ishi, 10(3), 26–31. Retrieved from https://journal.bfa.uz/
index.php/bfaj/article/view/219
7.
Халмирзаев О.А. Ўзбекистон Республикасидаги кўчмас мулкларнинг иккиламчи бозорида
ким-ошди (аукцион) савдоларини ташкил этиш ва ривожлантиришга таъсир қилувчи
омиллар //tadqiqotlar.uz. – 2024. – Т. 35. – №. 3. – С. 142-145.
8.
Рахматиллаев Ж. Кўчмас мулк объектлари жойлашган ер участкаларини хусусийлаштириш
асослари ва тартиби //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 6. – С. 102-107.
9. Qurbonov J. Directions of promoting small businesses in industry sector //International Finance
and Accounting. – 2018. – Т. 2018. – №. 2. – С. 119.
