Ginekologik kasalliklar orasida eng keng tarqalgan kasalliklarga bachadon miomasi va adenomiyoz kiradi, oxirgi yillarda esa ularning birgalikda kelgan shakli ko'p tashxislanmoqda. Koronavirus pandemiyasidan keyin bachadon miomasi va adenomiyoz va ularning asoratlari aniqlanishi sezilarli darajada oshganini kuzatishimiz mumkin. Tadqiqot TTA 3-ko‘p tarmoqli klinikasi ginekologiya bo ‘limida 2020 - 2023 yillar davomida о ‘tkazildi, bachadon miomasi va adenomiyoz bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar va ularning kasallik tarixi о ‘rganildi. Covid davrlaridan oldingi kasallik tarixlari retrospektiv tahlil o'tkazildi va post-covid davrlarida (2022-2023 yillar) yotqizilgan bemorlar prospektiv tahlil qilindi. Shunday qilib, tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, bachadon miomasini jarrohlik davolash chastotasi tadqiqot davrida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning 68,4% ni tashkil etdi. Oxirgi 4 yil ichida esa (pandemiya va undan keying davrlarda) radikal operatsiyalar chastotasi organlarni saqlovchi operatsiyalar chastotasidan 1,3 barobar ortgani qayd etildi. Covid-19 o'tqazgan bemorlarda mioma va adenomiyozning asoratlangan shakllari, ya'ni ko'p qon ketishi, miomatoz tugunlarning tez o'sishi, adenomioz o'choqlarining tez tarqalishi jarrohlik davolash uchun ko'rsatma hisoblandi.
Просмотров
Загрузок
hh-index
Цитаты
inLibrary — это научная электронная библиотека, построенная на парадигме открытой науки (Open Science), основными задачами которой является популяризация науки и научной деятельности, общественный контроль качества научных публикаций, развитие междисциплинарных исследований, современного института научной рецензии, повышение цитируемости узбекской науки и построение инфраструктуры знаний.
КОНТАКТЫ:
Республика Узбекистан, г. Ташкент, ул.Паркент 51, этаж 2