Postmenopauza davridagi ayollarda stomatologik kasalliklarining klinik va mikrobilogik ko‘rsatmalari va mexanizmlari

Nodira Nazarova, Nilufar Islamova
Menopauza davrida tuxumdonlarning gormonal funktsiyasida qaytarilmas o'zgarishlar ro'y beradi, estrogenlarning kontsentratsiyasi kamayadi. Aynan shu davrda turli kasalliklarning progressiv o'sishi qayd etilgan [8]. Menopauzadagi ayollarda tish holatini o'rganish estrogen kontsentratsiyasining pasayishi va tish kasalliklarining keskin oshishi o'rtasidagi bog'liqlik mavjudligini isbotladi [4]. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati va tuprik bezlari estrogen retseptorlarini o'z ichiga olganligi sababli, gormonal darajadagi o'zgarishlarni bevosita og'izda ko'rish mumkin. Leimola-Virtanen va boshqalar og'iz bo'shlig'i shilliq qavati va tuprik bezlarida estrogen mRNK va immunoreaktiv oqsil mavjudligini tasdiqladilar, bu ham uning biologik rolini tasdiqlaydi [11]. Shunday qilib, klimakterik davr og'iz bo'shlig'i to'qimalarida metabolizm va funktsiyalarning buzilishi bilan tavsiflanadi [6]. Natijada, tishlarning yo'qolishi, parodont kasallik, alveolyar jarayonlarning suyak rezorbsiyasi kuchayishi kuzatiladi.
167

Abstract views:

27

Downloads:

hh-index

7

Citations