INTERNATIONAL JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE
Volume: 02
Issue: 04|2023
21
BALIQLARDA TRIXODINOZINING DAVOLASH USULLARI VA OLDINI OLISH
CHORALARI
Kurbanov Feruz Enatillayevich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
feruz1124@gmail.com
Sattarov Jamshid Madaminovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
sattorov.j07@mail.ru
Xushnazarova Mohigul Ilxomovna
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
xushnazarovamohigul@gmail.com
Аннотация:
В данной статье описаны эпизоотология, клиника, распространение и
развитие триходиноза, одной из реснитчатых инфузорий, которая распространена среди
молоди рыб в наших рыбных прудах и наносит им серьезный ущерб, а также современные
меры лечения и профилактики этого заболевания.
Kalit so‘zlar:
Krustatseozlar, argulyoz, lerneoz, ergazilyoz, A.foliaceus, A.japonicus osh
tuzi, natriy xlorid, formalin, malaxit ko„ki, xlorli ohak, metilen ko„ki, karp.
Kirish.
Respublikamizda baliqchilik sohasi ko„p tarmoqli bo„lib, baliq mahsulotini ishlab
chiqarish hajmi so„ngi yillarda bir necha barobar oshdi. Aholining oqsil moddalari va
vitaminlarga bo„lgan talabini qondirishda baliq mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham so„nggi yillarda mamlakatimiz hukumati tomonidan baliqchilikni rivojlantirishga
katta e‟tibor qaratilmoqda. Xususan, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil
13-yanvardagi PQ-83-sonli “Baliqchilik tarmog„ini yanada rivojlantirishning qo„shimcha chora-
tadbirlari to„g„risida” gi qarori ham aynan shu sohaning yanada rivojlanishiga qaratilgan bo„lib,
belgilangan vazifalarni amalga oshirish ko„zda tutilgan. Ammo, soha rivojiga jiddiy to„siq
bo„ladigan omillar ko„p. Shulardan kelib chiqqan holda, baliqlar kasalliklarini aniqlash, davolash
va oldini olish- baliqchilik sohasida eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi [1].
Mavzuning dolzarbligi.
Baliqchilik xo„jaliklaridagi kiprikli infuzoriyalar chaqiradigan
kasalliklar ixtiopatologiyada katta o„rinni egallab,
Ciliata
kiprikli infuzoriyalar keltirib chiqaradi.
Ushbu guruh sodda hayvonlari birmuncha murakkab tuzilgan. Harakatlanish organlari bo„lib,
ko„p sonli harakatchan kipriklar xizmat qiladi. Ular ikki yo„l bilan ko„payadi. Jinssiz ko„payishi
ikkiga yoki ko„p bo„linish orqali sodir boiadi va konyugatsiya yo„li bilan ko„payadi.
Kasalliklardan kelib chiqadigan iqtisodiy zarar, ayniqsa shu yilgi yosh baliqlarning o„sish va
rivojlanishdan qolishi, baliqlarning tovarligiga ta‟siri hamda kasallikni davolash va veterinariya-
sanitariya tadbirlariga ketgan xarajatlardan tashkil topadi. Shu sababli havzalarimizda bunday
kasalliklarni tarqalishi hamda oldini olishimiz lozim. Hozirda baliq kasalliklarini ertachi
aniqlash, davolash va oldini olish usullari ancha rivojlangan [3,7].
Trixodinoz kasalligi bilan barcha yoshdagi havza baliqlari kasallanadi, aksariyat hollarda, ya‟ni
qishda karpning segoletkalari qishlov havzalarida zararlanadi, hamda tovar karp baliqlari va
naslli erkak va ona baliqlar sadoklarda va asrash hovuzlarida zararlanadi. Bundan tashqari
ulardan urug„ va ikra olish jarayonida ham zararlanish kuzatiladi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE
Volume: 02
Issue: 04|2023
22
Tadqiqot materiallari va uslublari.
Bir hujayrali parazitlar
(patogen organizmlar)ga mansub
baliqlarning 500 dan ortiq kasalliklari mavjud. Bu kasallik qo„zg„atuvchilari chuchuk suv
havzalarida urchitilayotgan baliqlar organizmida parazitlik qilishga moslashgan holda og„ir
ko„rinishda kechadi va yosh baliqlarning ommaviy nobud bo„lishiga sabab bo„ladi. Baliqlarning
protozoy kasalliklarini bir hujayrali sodda hayvonlar keltirib chiqaradi. Protozoy kasalligining
qo„zg„atuvchilari-sarkodalilar, xivchinlilar, sporalilar, infuzoriyalar hisoblanadi. Baliqlarning
protozoy kasalliklariga ixtioftirioz, xilodenilyoz, kriptobioz, kostioz, trixodinoz, koksidioz,
miksosporadioz kabi kasalliklar kiradi.
Trixodinoz kasalligining qo„zg„atuvchisi kiprikli duksimon infuzoriya hisoblanadi. Baliqlarda
(karplarda) trixodina infuzoriyalarining 2 turi parazitlik qiladi. Yirik trixodina-
Trichodina
megamicronucleata,
mayda trixodina
-Trichodina carassii.
Ular ipaksimon xivchinli a‟zosi bilan
baliqning qorin terisiga yopishadi. Parazitning rivojlanishida mavsumiylik kuzatilmaydi.
Infuzoriya baliqning tanasi va jabrasida butun yil davomida uchraydi. Asosan karp, o„simlikxur
baliqlar, lasossimonlarni zararlaydi. Trixodnioz ko„payganda baliq terisida, jabrasida ko„kimtir
sariq dog„lar paydo bo„ladi. Bu dog„lar shilimshiq modda va o„lgan epiteliy to„qimasining
qoldiqlaridir. Baliqlar kuchli zararlanganda ommaviy nobud bo„ladi, bular asosan baliklarning
tana yuzasida va jabralarida parazitlik kiladi [5].
Tarqalishi va iqtisodiy zarari. Trixodinozlar hamma joyda turli xil baliq xo„jaliklarida tarqalgan.
Sog„lom xo„jaliklarda, asosan qish vaqtlarida baliqlarning ommaviy o„lishi iqtisodiy zararni
sezilarli darajada keltirib chiqaradi.
Qo‘zg‘atuvchisi.
Trixodinoz qo„zg„atuvchilari bo„lib yumaloq kipriklilarning uchta avlodining
vakillari
Trichodina - Trichodina domerguei f.acuta.,T.pediculus, T. nigra, T. mutabilis, T.
reticulata, Trichodinella
avlodidan -
Trichodinella epizootica
va
Tripartiella
avlodidan -
Tripartiella bulbosa
hisoblanadi.
Infuzoriyalarning tanasi disksimon, tarelkasimon shaklda, o„lchami 30-103 mkm bo„ladi.
Tanasining yuqori tekisligida biriktiruvchi disk joylashgan (1-rasm).
Trixodinlar asosan vegetativ yo„l bilan xujayralarning ko„ndalangiga bo„linish va kon‟yugatsiya
yo„llari orqali ko„payadi. Trixodinalar tinim bosqichi - spora hosil qilmaydi va suvda erkin
holatda 1-1.5 sutkada yashaydi. Trixodinalar orasida sovuqsevar turlaridan qishda ko„payadigan
va issiqsevarlar harorat 15-27
o
C bo„lganda ko„payadigan turlarga bo„linadi.
1-rasm. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi. Trichodina.
Epizootologik ma’lumotlar.
Tabiatda qo„zg„atuvchilari keng tarqalgan. Ular deyarli barcha
balikchilik xo„jaliklaridagi suv havzalarda topilgan. Kasallik baliqchilik xo„jaliklarida lish
balig„ida Sharqiy va G„arbiy Yevropada, AQSh baliqchilik zavodlarida, Yaponiya va boshqa
INTERNATIONAL JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE
Volume: 02
Issue: 04|2023
23
davlatlarda qayd etilgan. Hovuz xo„jaliklarida trixodinozlar bir vaqtda xilodonilyoz, apiozomoz
va ixtioftiriozlar bilan birgalikda tez tez uchrab turadi.
Trixodinoz o„stirish hovuzlarida, baliqchilik xo„jaliklarida va akvariumlardagi baliqlarning
barcha turlari kasallikka moyil bo„ladi. Tabiatda invaziyaning tabiiy rezervuari yovvoyi va
xashaki baliqlar hisoblanadi. Trixodinozlar bilan asosan baliqlarning kichik yoshdagilari, bir
yillik va ikki yilliklari kasallanadi. Baliqlarning boshqa yoshdagilari trixodinoz bilan
kasallanmaydi,
lekin invaziya o„chog„i bo„lishi mumkin va ushbu kasallikning
qo„zg„atuvchilarini tashuvchisi hisoblanadi.
Trixodinozlar bilan zararlanish kasal baliqlar bilan sog„lom baliqlar aloqa qilish yo„llari orqali,
hamda sog„lom baliqlar invaziyalangan muhitga tushganda sodir bo„ladi. Bir hovuzdan
boshqasiga baliqlarni tashish jarayonida qo„zg„atuvchilari o„tishi yoki nosog„lom hovuzlar suvi
orqali yuqishi mumkin.
Kasallik belgilari va patogenezi.
Trixodinalarning ommaviy ko„payishi natijasida teri va
jabralarning qichishishi kelib chiqishi tufayli ko„p miqdorda shilimshiq ajralishi kuzatiladi
hamda gaz almashinishi qiyinlashadi.
Kasal baliqlarning tanasining yuqori qismida ko„kish - kulrang belgilar ko„rinadi, ulardan
shilimshiqlar oqadi va terining epitelial xujayralari nobud bo„ladi. Jabralar ham shilimshiq bilan
qoplanadi va oqargan bo„ladi. Kasallik tufayli baliqlar ozib ketadi, kuchli zaiflashadi va jabralari
rangsiz shilimshiq bo„lib, kasallik kuchayganda baliqlar suv tubiga tushadi va nobud bo„ladi (2-
rasm).
Patologoanatomik o„zgarishlar. Ular tirik baliqlarning faqat tananing tashqi qismi va jabralarida
parazitlik qiladi. Baliq o„lgandan keyin xilodonellalar singari xo„jayinini tark etadi.
2-rasm. Baliq tanasida trixodinialarning joylashishi.
Tashxis.
Kasallik belgilari asosida va tana yuzasi, suzgichlari va jabralaridan qirma olib
mikroskopda tekshirish natijasida tashxis qo„yiladi. Ijobiy tashxis invaziyani yuqori intensiv
ravishda - 50 nusxada mikroskopda ko„rgandan keyin qo„yiladi. Diqqat bilan mikroskopik
tekshiruvdan baliq jabrasi va terisidan ajralgan shilliqlarni kuzatgandan keyin tashxis qo„yiladi.
Shilliq modda ichida ko„p sondagi trixodinalarni ko„rish mumkin. Chunki, xuddi shunga
o„xshash ko„k-kumushrang shilliq massa ixtioftirioz, xilodenilyoz, kriptobioz, kostioz,
girodaktilyoz va boshqa kasalliklarda ham bo„ladi [2,6].
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Baliqlarda davolash profilaktik ishlov
berish asosan bahorda yoki kuzda baliqlarni bir hovuzdan ikkinchisiga ko„chirganda yoki boshqa
xo„jaliklardan olib kelingan vaqtda o„tkaziladi. Baliqlarni davolash choralari yilning istalgan
INTERNATIONAL JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE
Volume: 02
Issue: 04|2023
24
vaqtida olib borilishi mumkin. Bunda davolovchi preparatlarning qo„llanmasiga va ta‟sir qilish
yo„riqnomasiga qat‟iy rioya qilish kerak. Davolovchi preparatlarni qo„llash ikki usulda olib
boriladi: qisqa ishlov berish (vannalar), uzaytirilgan ishlov berish – baliq hovuzlarida, transport
yukxonalarida amalga oshiriladi. Tanlangan bu kabi ishlov berishlar va ularning natijasi
kasallikning darajasiga va baliqning umumiy fiziologik holatiga bog„liq.
Trixodinoz keskin paydo bo„lganda xo„jalikda cheklov qo„yilmaydi. Suvga 0,2 % gacha natriy
xlorid solinadi va 2 kunga suv almashinuvini to„xtatishadi. Qayiqlarga 0,1 gr/m
3
organik
bo„yoqlar solinadi. Baliqlarni ko„chirib o„tkazishdan oldin 5% li tuz saqlaydigan vannada 5
daqiqa ichida havzalar tozalanadi yoki 0,2 % li ammiak saqlaydigan vanna yordamida 1 daqiqa
ichida tozalanadi (1-jadval).
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida hozirda protozoy kasalliklarni
yangicha davolash usullari amalda ijobiy natijalarni bermoqda. Xususan, ФМЦ aralashmasi (0,5
litr formalin, 1,75 gr malahit yashili va 1,75 gr metilen ko„ki) bilan furazalidonni (1 ml ФМЦ
+0,5 gramm furazalidon) qo„llashning ikki sxemasi usuli:
1-jadval Kasallikka qarshi preparatlarni vanna usullarida qo‘llash.
Kasallik
Dorivor
moddalar
Konsentratsiya
Ekspozitsiya
Ishlov berish joyi
Qisqa muddatli vanna (qayiq, basseyn)
Protozoozlar*
Natriy xlorid
5 % li eritma
5 min
basseynlar
Uzoq muddatli vannalar (transport vositalari, havzalar, tabiiy-suniy suv havzasi)
Protozoozlar
Natriy xlorid
0,2-0,5 % li
aralashma
3-5 kun
Qishki tabiiy suv
havzalari
Malaxit ko„ki
0,2-0,5 g/m3
4-5 soat
Basseyn, qayiqlar
Fioletoviy “K”
0,2-0,3 g/m3
4-5 soat
Brillant yashili
0,1-0,2 g/m3
4-5 soat
ФМЦ
aralashmasi
100 litr/1ml
1-5
kungacha
Basseyn yoki
akvarium
1.
1
-
kuni 100 litr suvga 1 ml preparat, 3-kuni akvariumdagi suvni 30-40% ni almashtirish va
yana 1 ml preparat qo„yish. Shu tartibda 5 kun davolash ishlari olib boriladi. Kasallikni
dastlabki vaqtlarida 1 marta, ancha kuchaygan bo„lsa 2-3 marta davolash ishlari olib boriladi.
2.
1-kuni 100 litr suvga 1 ml, 2-kuni 0,5 ml, 3-kuni 0,25 ml ФМЦ aralashmasi qo„yish, suvni 5-
kuni to„liq almashtirish yo„li bilan davolanadi [5].
Trixodinoz rivojlanishi uchun noqulay Bo„lgan havzalarda quydagi ishlar olib boriladi. Kasallik
tashuvchi va qo„zg„atuvchilarni sezgan zahoti mayda baliqlar boshqa joyga ko„chirilib
o„tkaziladi. Baliqlarning ko„payish davri tugagach iloji boricha tezroq tozalab tashlanadi. Har
qanday hovuzni bo„shatishgandan keyin quritishadi va so„ndirilgan yoki xlorli ohak yordamida
tozalanadi. Kasallangan baliq bilan aloqasi bo„lgan invertar tezda quritilib tozalanadi. Oddiy va
ko„chmanchi baliqlardan ko„payish arafasida turgan baliqlarni ehtiyot qilishadi.
Dezinfeksiya qilish uchun 5 s/ga xlorli ohak yordamida 3 marta tozalanadi. Baliqlarni qaytarib
o„tkazish infuzoriyalarni to„liq bartaraf etilgach amalga oshiriladi.
Baliqlarning sanitar bahosi.
Trixodinoz bilan kasallangan baliqda tashqi belgilar sezilmasa,
muskullarning suv to„plab shishib qolishi, tanada barcha qismlar yaxshi ahvoldagi va
mahsulotlik ko„rinishini saqlab qolgan baliqlar iste‟molga yaroqli deb sotiladi. Agar aksi bo„lib
chiqsa qaynatilgandan so„ng baliqlarga ozuqa sifatida berish mumkin.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE
Volume: 02
Issue: 04|2023
25
Xulosa.
Baliqlarning trixodinoz kasalligi tabiatda keng tarqalgan bo„lib, asosan yosh, bir va ikki
yillik baliqlarni ko„proq zararlaydi. Trixodinozni davolashda osh tuzi, formalin, xlorli
preparatlarinig tegishli eritmalari bilan vanna usulini qo„llash hamda ФМЦ aralashmasi bilan 2
sxemada davolash yaxshi natijalar beradi. Kasallikni oldini olishda baliqchilik meliorativ,
veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarini muntazam ravishda olib borish yaxshi samara
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Inatillaevich, K. F., & Suvonovich, D. A. (2020). Test results of separate anthelmintic
preparations against the helminths of fish in the carp.
Asian Journal of Multidimensional
Research (AJMR)
,
9
(2), 192-197.
2.
Daminov, A. S., Nasimov, S. N., Gerasimchik, V. A., Eshburiyev, S. B., & Qurbonov, F. I.
(2022). Baliq kasalliklari.
3.
Haqberdiyev, P. S., Qurbonov, F. I., & Qarshiyeva, B. (2018). Baliq va asalari kasalliklari.
O
‘quv uslubiy qo ‘llanma. Samarqand
.
4.
Kurbanov, F. I., & Daminov, A. S. Iffectiveness of anthelmintic drugs used against fish
helmintosis.
Internatsional Jurnal for innovative Engineering and Management Research.
ELSEVIER SSRN. Volime
,
10
, 101-105.
5.
Muhammadiyev, Z. N., & Qurbonov, F. I. (2022). Самарқанд Суньий Сув Ҳавзаларида
Яшовчи Карпсимон Балиқларнинг Гельминтофаунаси Ва Уларнинг Экологик
Хусусиятлари.
Theoretical Aspects In The Formation Of Pedagogical Sciences
,
1
(1), 18-22.
6.
Kurbanov, F. E. (2022). BALIQLAR SAPROLEGNIOZINING EPIZOOTOLOGIYASI VA
QARSHI
KURASH
CHORA-TADBIRLARI.
Educational
Research
in
Universal
Sciences
,
1
(7), 152-158.
7.
Sattorov, J. M., & Sh, A. A. (2022). BALIQCHILIK XO „JALIKLARIDA
SAPROLEGNIOZ
KASALLIGINING
TARQALISH
YO
„LLARI
VA
PROFILAKTIKASI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 377-381.
8.
Sh, A. A., Babamuratova, N. B., & Qurbonov, F. I. (2022). BALIQLARDA
XILODINILLIOZ,
TRIXODINIOZ,
KRASNUXANING
ARALASH
OQIMDA
KECHISHI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
,
45-48.
9.
Даминов, А. С., Курбанов, Ф. Э., Саттаров, Ж. М., & Синдоров, З. Ф. (2022). Балиқлар
Сапролегниоз Ва Триходинозинидаволашда Қўлланилган Воситалар Иқтисодий
Самарадорлиги.
Agrobiotexnologiya Va Veterinariya Tibbiyoti Ilmiy Jurnali
, 190-194.
10.
Сатторов, Д., Курбонов, Ф., & Салимов, И. (2022). Baliqlarning zamburug „li kasalliklari.
Saprolegnioz.
Перспективы развития ветеринарной науки и еѐ роль в обеспечении
пищевой безопасности
,
1
(2), 137-141.
11.
Хушназарова, М., & Холиков, С. Ф. (2022). Бройлер товуқлар гўштининг ветеринария-
санитария экспертизаси.
in Library
,
22
(1), 29-30.
INTERNATIONAL JOURNAL OF
AGROBIOTECHNOLOGY AND
VETERINARY MEDICINE
Volume: 02
Issue: 04|2023
26
12.
Муродов, С. М., Холиков, С. Ф., & Хушназарова, М. (2022). Bruselyoz kasalligida sutni
sanitariya jihatidan baholash va veterinariya-sanitariyaekspertizasi.
in Library
,
22
(2), 194-
195.
13.
Жабборов, Ж. Ж., & Хушназарова, М. (2022). Qo „ylarni ektoparazitlardan asraylik.
in
Library
,
22
(1), 26-28.
14.
Qurbonova, M. (2021). QUYONLAR EYMERIOZINING ETIOLOGIYASI.
MAGISTRLAR
VA IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY–AMALIY KONFERENSIYASI
.
15.
Rayimqulov, I. X., & Xushnazarova, M. I. (2023). QISHLOQ XO „JALIK
HAYVONLARINING PARAZITAR KASALLIKLARGA QARSHI KURASHISHNING
ILMIY ASOSLARI.
16.
Хушназарова, М. И. (2023). ГЎШТНИ ВЕТЕРИНАРИЯ САНИТАРИЯ ЖИҲАТДАН
БАҲОЛАШ.
17.
Qurbonova,
M.
(2021).
QUYONLAR
EYMERIOZI
VA
UNI
OLDINI
OLISH.
ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ВЕТЕРИНАРНОЙ
ПАРАЗИТОЛОГИИ НА
ПРОСТРАНСТВЕ СНГ И ДРУГИХ СТРАН В НАЧАЛЕ XXI ВЕКА
.
18.
Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Пастдарғом ва ургут туманларида қуён
эймериозининг эпизоотик ҳолати.
in Library
,
22
(1), 31-32.
19.
Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Қуён эймериозини даволашда янги
эймериостатикнинг самарадорлиги.
in Library
,
22
(1), 28-29.
20.
Davlatov,
R.
(2023).
ҚУЁНЛАРНИ
АСРАШ,
ОЗИҚЛАНТИРИШ,
КАСАЛЛИКЛАРИНИ ДАВОЛАШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШ.
inlibrary. uz
.
21.
Хушназаров, А. Х., Эшқораев, А. М., Ахмадалиев, Н. Т., & Давлатов, Р. Б. (2023).
ЭПИЗООТОЛОГИЧЕСКИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИЕ И ПРОФЕЛАКТИЧЕСКИЕ
ДАННЫЕ ЭЙМЕРИОЗ КРОЛИКОВ.
Innovations
in
Technology
and
Science
Education
,
2
(7), 1068-1080.
22.
O„G„LI, X. A. X. (2021). ҚУЁНЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВР
ТАЛАБИ.
Veterinariya meditsinasi
.
23.
O„G„LI, X. A. X. (2021). ҚУЁНЛАРНИНГ ЭЙМЕРИОЗ КАСАЛЛИГИ.
Veterinariya
meditsinasi
.
24.
Ахмадалиев, Н. Т., Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). ҚУЁН
ЭЙМЕРОЗИНИНГ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ.
25.
Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Распространение и патологоанатомическая
диагностика эмериоза кроликов.
in Library
,
1
(1), 15-17.
26.
Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Эффективность вазурила при лечении
эймериоза кролика.
in Library
,
22
(2), 173-174.
27.
Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Эффективность нового эмиериостатического
препарата в лечении эймериоза кроликов.
in Library
,
22
(1), 28-29.