Oftalmologik kasalliklarning nozologik tuzilishi

Lola Xamraeva, S. Z. Abdixashimovna, J.S. Sodiqjonov

Ota- onalar uchun har qanday yoshdagi bola himoyasiz ko’rinadi, shuning uchun kattalar ularni
barcha qiyinchiliklardan himoya qilishni xohlashadi. Afsuski, inson qudratli emas va ba’zi kasalliklar
bolalarning hayoti juda ham xavfli. Ba’zi patologiyalar tez o’tib ketib, keyingi hayotga ta’sir
qilmasa, boshqalari esa bolaning keyingi hayotiga sezilarli darajada o`z ta`sirini ko`rsatadi. Bunday
patologiyalarning bolaning tanasiga ta’sirini kamaytirish uchun siz kasallikni erta bosqichlarda
aniqlab, darhol davolanishni boshlashingiz kerak. Mana shunday kasalliklar sirasiga oftalmologik
kasalliklarni kiritmasdan ilojimiz yo`q. Agar bolada erta davrdan ko’rish muammolari bo’lsa, bu
kelajakda bolaning rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin. Oftalmologik kasalliklarni
asosiy qismini: ko`z jarohatlari, g`ilaylik , katarakta, glaukoma, retinopatiyalar, miopiyalar , qovoq
kasaliklari va boshqalar tashlik qiladi. Oftalmologik amaliyotda kasalliklarning 20% dan ortig`i
shikastlanishga bog’liq bo`lib, jarohatlar orbitaga va ko’z olmasiga zarar yetkazadi. Ko’z jarohatidan
keyin 13% hollarda ko’zning subatrofiyasi rivojlansa, 25% - anoftalmga olib kelishi mumkin. Bolalar
travmatizmining xususiyatlariga keladigan bo`lsak, ko’ruv a`zosining shikastlanishi 10% bolalarda
ko’zning turli patologiyalariga olib kelsa, 30-60 % holatlarda bir yoki ikki tomonlama ko’rlikka
olib kelishi mumkin. Bolalarda eng muhim jarohat omillari : pichoqlar, o’qlar, tosh-tayoqlar, xokkey
tayoqchalari, nayzalar, mixlar, simlar va boshqalardir. Bunday kasaliklar sirasiga glaukoma
kasaligi ham alohida e`tibor talab qiladi. Sababi shundaki : bolalarda glaukomaning tarqalishi
1:10000-1:12000 holatda uchraydi. Ko’z patologiyalari tarkibida uning o’ziga xos ulushi 0,1% ga
yetadi. Glaukoma kasalliklarining 75% dan ko’pi ikki tomonlama. Shu bilan birga, glaukoma bo’lgan
bolalar, ko’r va ko’r bo’lmagan maktab o’quvchilari orasida 5dan 15% gacha. Bolalardagi ko’rlik
tarkibida ushbu patologiyaning ulushi 2 dan 15% gacha o’zgarib turadi. Rossiya Federatsiyasida
bolalar ko’zi ojizligi tarkibida tug’ma glaukoma 10,1%, ni tashkil etadi.

13

Koʻrishlar

1

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов