НАУКА И ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ В МЕДИЦИНЕ
64
OFTALMOLOGIK KASALLIKLARNING NOZOLOGIK TUZILISHI
НОЗОЛОГИЧЕСКАЯ СТРУКТУРА ОФТАЛЬМОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
NOSOLOGICAL STRUCTURE OF OPHTHALMIC DISEASES
Xamrayeva Lola Salimovna,
Sattorova Zulxumor Abdixashimovna,
Sodiqjonov Jahongir Shuxratjon o`g`li
E-mail:lola251167@mail.ru
E-mail:zulhumorsattarova@gmail.com
Ota- onalar uchun har qanday yoshdagi bola himoyasiz ko’rinadi, shuning uchun kattalar ularni
barcha qiyinchiliklardan himoya qilishni xohlashadi. Afsuski, inson qudratli emas va ba’zi kasalliklar
bolalarning hayoti juda ham xavfli. Ba’zi patologiyalar tez o’tib ketib, keyingi hayotga ta’sir
qilmasa, boshqalari esa bolaning keyingi hayotiga sezilarli darajada o`z ta`sirini ko`rsatadi. Bunday
patologiyalarning bolaning tanasiga ta’sirini kamaytirish uchun siz kasallikni erta bosqichlarda
aniqlab, darhol davolanishni boshlashingiz kerak. Mana shunday kasalliklar sirasiga oftalmologik
kasalliklarni kiritmasdan ilojimiz yo`q. Agar bolada erta davrdan ko’rish muammolari bo’lsa, bu
kelajakda bolaning rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin. Oftalmologik kasalliklarni
asosiy qismini: ko`z jarohatlari, g`ilaylik , katarakta, glaukoma, retinopatiyalar, miopiyalar , qovoq
kasaliklari va boshqalar tashlik qiladi. Oftalmologik amaliyotda kasalliklarning 20% dan ortig`i
shikastlanishga bog’liq bo`lib, jarohatlar orbitaga va ko’z olmasiga zarar yetkazadi. Ko’z jarohatidan
keyin 13% hollarda ko’zning subatrofiyasi rivojlansa, 25% - anoftalmga olib kelishi mumkin. Bolalar
travmatizmining xususiyatlariga keladigan bo`lsak, ko’ruv a`zosining shikastlanishi 10% bolalarda
ko’zning turli patologiyalariga olib kelsa, 30-60 % holatlarda bir yoki ikki tomonlama ko’rlikka
olib kelishi mumkin. Bolalarda eng muhim jarohat omillari : pichoqlar, o’qlar, tosh-tayoqlar, xokkey
tayoqchalari, nayzalar, mixlar, simlar va boshqalardir.
Bunday kasaliklar sirasiga glaukoma
kasaligi ham alohida e`tibor talab qiladi. Sababi shundaki : bolalarda glaukomaning tarqalishi
1:10000-1:12000 holatda uchraydi. Ko’z patologiyalari tarkibida uning o’ziga xos ulushi 0,1% ga
yetadi. Glaukoma kasalliklarining 75% dan ko’pi ikki tomonlama. Shu bilan birga, glaukoma bo’lgan
bolalar, ko’r va ko’r bo’lmagan maktab o’quvchilari orasida 5dan 15% gacha. Bolalardagi ko’rlik
tarkibida ushbu patologiyaning ulushi 2 dan 15% gacha o’zgarib turadi. Rossiya Federatsiyasida
bolalar ko’zi ojizligi tarkibida tug’ma glaukoma 10,1%, ni tashkil etadi.
Tug`ma katarakta ko’zning rivojlanishidagi barcha anomaliyalarning 60% ni tashkil qilsa, ko’zning
jarorahatlanishi esa gavharning mexanik shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Buning natijasida
jarohardan keying katarakta rivojlanadi.
Moskvadagi bolalar oftalmologlarining hisobotlarini
tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, so’nggi 15 yil ichida ko’zida yallig’lanish kasalliklari bo’lgan bolalar
soni 5-6 marta oshdi. 58 da % da ko’z sirtining virusli kasalliklari uchrasa, ularning 33% ni 9
yoshdan katta bolalar tashkil qiladi.
Biz ham shu ma`lumotlar asosida quyidagi kichik bir tatqiqot ishini amalga oshirdik.
Maqsad.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi ko`z kasalliklari bo`limida davolangan
bemorlarning nozologik tuzilishi taxlili.
Tekshiruv materiallari va usuli.
2020-yil mart oyidan 2021-yil yanvar oyiga qadar Toshkent
pediatriya tibbiyot instituti klinikasi ko`z kasalliklari bo`limida Toshkent viloyatidan murojat qilgan
bemorlarning kasallik tarixining retrospektiv taxlili.
Tekshiruv natijalari va uning muhokamasi.
Mazkur davrda davolangan bemorlar umumiy soni
257 ta bo`lib, ular yoshi bo`yicha Butun Jahon Sog`liqni Saqalash Tashkilotining tavsiyasiga ko`ra
5ta guruhga ajratildi. [ 6]:
I. 0-1 yoshagacha bo`lgan bemorlar soni 16ta (6,22%)
II.1-3 yoshgacha bo`lgan bemorlar soni 58 ta (22,56%)
III. 3-6 yoshgacha bo`lgan bemorlar soni 74ta (27,26%)
IV. 6-12 yoshgacha bo`lgan bemorlar soni 57 ta (22,18%)
V.12-18 yoshgacha bo`lgan bemorlar soni 55 ta (21,4%).
Kasalliklar tarixi taxlili shuni ko`rsatdiki, 257 ta bemordan 129 tasi (50,2%) jarohat tufayli
murojaat etgan bemorlar bo`lib, ular orasida 3 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bemorlar eng ko`pni
НАУКА И ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ В МЕДИЦИНЕ
65
tashkil etsa ( 40 ta -31%), 1 yoshgacha bo`lgan bemorlarda esa bunday jarohatlar uchramaydi. Bu
xolatni quyidagicha izohlashimiz mumkin: 1 yoshgacha bo`lgan bolalar ko`proq ota-onasining doimiy
nazoratida bo`lsa , 3yoshdan 6yoshgacha bo`lgan bolalar jismoniy va ruhiy jihatdan tez o`sadi , tinib
–tinchimas va judayam qiziquvchan bo`ladi, ozgina e`tiborsizlik ham yuqoridagi og`ir oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
12,84% (33 bemor) xollarda katarakta tufayli murojat qilingan bo`lib, ushbu kasallik asosan
1yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bemorlar orasida aniqlanib, ushbu ko`rsatkich 33,33%ni tashkil etgan
bo`lsa, 1 yoshgacha bo`lgan bemorlar orasida 6% ni tashkil etdi .
Tug`ma glaukoma tashxisi bilan davolangan bemorlar soni 20ta (7,78%) bo`lib, shundan
1yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar asosiy o`rinni egallasa (10ta -50%), 3 yoshdan 6 yoshgacha
bo`lgan bemorlar orasida 5% xollarda aniqlandi.
Katarakta va glaukoma bilan bunday holatda bizga murojat qilinishining asosiy sababi ota-
onalarning beparvoligi va erta tashxis qo`yishning kechikishi deb qarashimiz mumkin ;
Yotqizilgan bemorlarning 29 tasi (11,28%) birlamchi hamkor g`ilaylik tufayli murojat qilgan
bemorlardir, shulardan 5 dan 12 yoshgacha bo`lgan bemorlar asosiy qismni egallasa (25ta -86,2%),
5 yoshagacha bo`lgan bemorlar yotqizilmagan. 5 yoshgacha bo`lgan bemorlarda aniqlanganida ular
turar joy okulisti nazorati ostida turmog`i kerak.
Bu kasalliklardan tashqari yana 46 ta bemor (17,9%) boshqa kasalliklar (keratitlar, to`r parda
ko`chishi, ko`z yosh xaltasi flegmonasi, dakriosistit, yuqori qovoq ptozi ) tufayli yotqizilgan
bemorlardir.
Xulosa.
Toshkent viloyatidan 2020-yil mart oyidan 2021-yil yanvar oyiga qadar 257 ta bemor
murojat qilgan. Ularning asosiy qismini ko`z jarohatlari (50,2%), karatakta (12,84%), g`ilaylik
(11,28%) va glaucoma (7,78%) tashkil qildi.
Adabiyotlar ro`yxati.
1. Е.А. Егоров. Офтальмология. Учебник для вузов / Издательство: Гэотар- Медиа, 2010 -
242 стр. ил. 218-234 bet
2. Бузруков Б.Т., Левченко О.Г., Хамроева Ю.А. «ПЕРВИЧНАЯ ГЛАУКОМА» (Современные
аспекты этиопатогенеза, клиники, дигностики и лечения) . 5-bet
3. Е.А. Егоров. Офтальмология. Учебник для вузов / Издательство: Гэотар- Медиа, 2010 -
242 стр. ил. 142-bet.
4. Заболевания глазной поверхности в детской офтальмологии: учебное пособие. — М.,
ФМБА России, 2019. — 28 с.
5. Офталмология : национальное руководство/ под ред. С.Э. Авитисова, Е.А Егорова , Л.К.
Мошетовой, В.В.Нерова , Х.П. Тахчити. – М. :ГЭОТАР 2008. -994 с. 23-24 bet
6. Е.Е. Сомова. Избранные разделы детской клинической офтальмологии/ 2016.-308с.:ил.
32-33 bet