Авторы

  • Marjona Maxmadiyorova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi
  • Mohidil To'rayeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabalasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.101103

Ключевые слова:

neyropedagogikaning mohiyati neyropedagogika individual yondashuv o‘yin texnologiyalari emotsional intellekt metakognitiv strategiyalar.

Аннотация

Mazkur maqolada neyropedagogika fanining asosiy tushunchalari, bolalarning individual neyroxususiyatlari va ularni hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy taʼlim texnologiyalarining neyropedagogik yondashuv bilan uyg‘unlashtirilishi natijasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasi qanday oshishini ko‘rsatib beriladi. Bolalarda ta'limiy va tarbiyaviy yondashuv orqali bilim va ko‘nikmalarni oshirishga yordam beruvchi texnalogiyalar mohiyatini yoritib berishga yordam beradi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA ULARNING

NEYROPEDAGOGIK XUSUSIYATLARINI AHAMIYATI.

Maxmadiyorova Marjona Bunyod qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi

To'rayeva Mohidil Muhiddin qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabalasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15592610

Annotatsiya

Mazkur maqolada neyropedagogika fanining asosiy tushunchalari,

bolalarning individual neyroxususiyatlari va ularni hisobga olgan holda taʼlim
jarayonini tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy taʼlim
texnologiyalarining neyropedagogik yondashuv bilan uyg‘unlashtirilishi
natijasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish darajasi qanday oshishini ko‘rsatib
beriladi. Bolalarda ta'limiy va tarbiyaviy yondashuv orqali bilim va
ko‘nikmalarni oshirishga yordam beruvchi texnalogiyalar mohiyatini yoritib
berishga yordam beradi

Kalit soʻzlar:

neyropedagogikaning mohiyati,neyropedagogika, individual

yondashuv, o‘yin texnologiyalari, emotsional intellekt, metakognitiv strategiyalar.

Zamonaviy pedagogika sohasida har bir o‘quvchining psixofiziologik

xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, bolalar
miyasi qanday ishlashi, qanday sezadi, eslaydi va bilimni o‘zlashtiradi – bu
jarayonlar neyropedagogika orqali chuqur tadqiq qilinmoqda. Neyropedagogika
o‘qituvchilarga har bir bola bilan shaxsiy yondashuv asosida ishlash imkonini
beradi.Bolalarga ta’lim va tarbiya unberish jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini har
tomonlama va chuqur bilish,ularning psixofiziologik xususiyatlari bilan bir
qatorda neyrologik imkoniyatlari hamda jihatlarini xisobga olish talab qilinadi.
Ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchilarga murabbiy va
pedagoglar tomonidan alohida e’tibor qaratilishi muhim bo‘lib, o‘quv
dasturlarini o‘z vaqtida o‘zlashtirmaslik shaxsning intellektual va ijtimoiy
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kundalik tajribadan ma’lumki,
o‘quvchilarning barchasi diqqati va xotirasining xajmi, uni ko‘chuvchanligi,
ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirish tezligi, borliqni tasavvur qilishi va
anglashi, “dunyoni ko‘rishi” bilan bir-biridan farq qiladi. Buning asosiy sababi –
inson hayoti faoliyatida bosh miya yarimsharlarining biri etakchi ahamiyatga
ega ekanligidadir. Chunki, ta’lim-tarbiya jarayonida bosh miya chap
yarimshariga tayanish faqat chap yarimsharning faol rivojlanishiga, o‘ng
yarimshariga tayanish esa yarimsharlarning har ikkalasini faol rivojlanishiga
olib keladi .


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

Asosiy qism:

Neyropedagogikaning mohiyati – bu pedagogika, neyropsixologiya va

neyrofiziologiya fanlarining integratsiyasi asosida vujudga kelgan yangi ilmiy
sohaga mansub fan bo‘lib, miya faoliyati va o‘rganish jarayoni o‘rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rganadi. Bu fan quyidagilarga asoslanadi:

- Har bir bolaning miyasida informatsiyani qabul qilish, qayta ishlash va

saqlash mexanizmlari turlicha bo‘ladi;

- Stress, motivatsiya, diqqat va hissiy holat taʼlim samaradorligiga kuchli

taʼsir ko‘rsatadi;

- O‘yin, harakat, tasvir, ovoz kabi elementlar orqali bilim berish

o‘quvchining faol ishtirokini taʼminlaydi.

Neyropedagogik xususiyatlarni hisobga olgan taʼlim texnologiyalari

quyidagilardan iborat:

1.Differensial yondashuv

-bu o‘rganilayotgan hodisa voqeani mayda

bo‘laklarga ajratib ularni har birini o‘zgarishlarini ancha aniqlik bilan tahlil
qilish uslubidir. O‘quvchilarning individual o‘ziga xosligi – yaʼni idrok, xotira va
tafakkur darajasiga qarab mos uslub tanlanadi. Bunda o‘quvchining
imkoniyatlari inobatga olinadi.

Masalan: Mavzu: "Suv aylanishi" (tabiiy fanlarda):
Kuchli o‘quvchi: Infografika (ma'lumotlarni vizual tarzda ya'ni ko‘rish orqali

tushunish) yaratadi yoki tajriba rejasini tuzadi

.O‘rtacha o‘quvchi: Matndan asosiy bosqichlarni ajratib yozadi.
Qiyinchilik qilayotgan o‘quvchi: Rasmga qarab suv aylanishi bosqichlarini

nomlaydi.

Bu metod orqali har bir o‘quvchi o‘z imkoniyatiga qarab muvaffaqiyatga

erisha oladi. Bu o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini aniqlashga
yordamlashadi.

2.Vizual va auditiv texnologiyalar

-

ko‘rish va tinglash orqali ma'lumotga

ega bo‘lish imkoniyatini anglatadi.

O‘quv materiallari rasmlar, diagrammalar,

audiomatnlar orqali yetkaziladi. Bu usul sezgi organlari orqali bilimni chuqurroq
qabul qilishga xizmat qiladi. Bu texnalogiyaga oid quyidagi metoddan
foydalanishimiz mumkin:

Metod nomi: "Flipped Classroom" (Teskari sinf)
Mazmuni: O‘quvchilarga darsdan oldin video dars yuboriladi. Ular uyda

videoni ko‘rib chiqib kelishadi, dars vaqtida esa o‘rganganlarini muhokama
qilish, amaliyot bajarish yoki savollarga javob berish bilan shug‘ullanishadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

Afzalligi:Har bir o‘quvchi videoni o‘z tezligida ko‘radi. Darsda ko‘proq

interaktivlik bo‘ladi va o‘quvchilar faollik ko‘rsatadi.

Auditiv texnologiyaga oid metod:
Metod nomi: "Tinglab tushunish" (Listening comprehension)
Mazmuni:
O‘quvchilarga audioyozuv (matn, suhbat, hikoya) tinglatiladi, so‘ngra:
•Savollarga javob berish;
•Matnni yozib olish;
•Muhokama qilish;
•Tushunchalarni aniqlash ishlari bajariladi;
Afzalligi: Eshitish va tushunish malakasi rivojlanadi;
Til o‘rganishda juda samarali;

3.Emotsional intelligensni rivojlantirish

-

O‘quvchilarning hissiy holatini

barqaror ushlab turish uchun o‘yinlar, roliklar, ijobiy muhit yaratish texnikalari
qo‘llaniladi. Kinestetik (sezgi orqali) o‘rganishga asoslangan texnologiyalar.Rol
o‘yinlari, harakatli mashg‘ulotlar va laboratoriya tajribalari bolalarda harakat
orqali bilim olish refleksini shakllantiradi.Bunda quyidagi metoddan foydalanish
o‘rinlidir:

Qo‘llaniladigan metodlar:
•"Emotsion termometr" — o‘quvchi kartochkada his-tuyg‘usini tanlaydi

(xursand, g‘amgin, hayajonli va h.k.)

•Rol o‘ynash — o‘quvchilar turli vaziyatlardagi emotsional reaksiyalarni

jonlantiradi

•Guruhiy muhokama — o‘z his-tuyg‘ularini aytish va boshqalarniki bilan

taqqoslash

Natija:
•Ijobiy psixologik muhit;
•Yaxshi ijtimoiy ko‘nikmalar;
•Stressga bardoshlilik;
•O‘zini anglash va boshqarish malakalari;

4.Gamifikatsiya-

b

aholash, topshiriqlarni bajarish, rag‘batlantirish

elementlari

orqali

o‘quvchilarning

ishtirokini

oshirishga

xizmat

qiladi.Gamifikatsiya — bu ta’lim jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali
o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, rag‘batlantirish va faol ishtirokini
ta’minlash metodidir. Gamifikatsiyani quyidagi metod orqali ko‘radigan bo‘lsak:

Mavzu: “Ekologiya” (Biologiya darsi)
Har bir to‘g‘ri javob uchun ball beriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

Har 10 ballda yangi “daraja” ochiladi (masalan: Ekolog talaba → Tabiat

himoyachisi → Eko-qahramon)

Topshiriqlar “missiya” deb nomlanadi:
Missiya 1: “Chiqindilarni ajratish haqida infografika tayyorla”
Missiya 2: “Do‘stlaringga ekologik odatlar haqida podkast yoz”
Eng faol o‘quvchilar “haftaning eko-qahramoni” sifatida e’lon qilinadi
Afzalliklari:
•Darslar qiziqarli va jonli o‘tadi
•O‘quvchilar motivatsiyasi ortadi
•Mustaqil izlanishga undaydi
•Jamoada ishlashni rivojlantiradi

5.Metakognitiv yondashuv

— bu o‘quvchining o‘z o‘rganish jarayonini

anglash, kuzatish va boshqarishga yo‘naltirilgan yondashuvdir. Oddiyroq qilib
aytganda, bu

"o‘ylash haqida o‘ylash"

, ya'ni o‘quvchi faqat ma'lumotni

yodlamaydi, balki qanday o‘rganganini tushunadi va kerak bo‘lsa, o‘z usulini

o‘zgartiradi

.

O‘quvchilarga o‘z bilim olish jarayonini tahlil qilish va strategik

fikrlashni o‘rgatish orqali mustaqil taʼlim olishga yo‘naltiriladi.Misol (darsda
qo‘llash):

Mavzu: “Yangi so‘zlarni o‘rganish” (ona tili yoki ingliz tili darsi)
O‘quvchiga turli o‘rganish usullari taklif qilinadi: so‘zlarni kartochka bilan

yodlash, gapda ishlatish, rasm chizish.

Darsdan so‘ng o‘quvchi o‘zidan so‘raydi:
“Qaysi usul menga ko‘proq yordam berdi?”
“Nimani o‘zgartirishim kerak keyingi safar?”
Bu texnalogiyalar o‘quv jarayonini samaradorligini oshirishga , bilish

faoliyatini oshirishga , o‘quvchilarni individual imkoniyatlarini o‘rganishga
yordam beradi.

Xulosa

Neyropedagogik yondashuv asosidagi taʼlim texnologiyalari o‘quvchilarning

individual xususiyatlariga moslashgan, motivatsiyani oshiruvchi va hissiy-
psixologik barqarorlikni taʼminlovchi samarali vositalardir. Bu esa zamonaviy
taʼlimda sifatli natijalarga erishish imkonini beradi. O‘qituvchi shunchaki bilim
beruvchi emas, balki bolaning miya faoliyatini “o‘qiy” oluvchi ustozga aylanishi
lozim.Bolaning individual imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish , unga ko‘rsatma
va bilim malakalrni o‘rnida qo‘llay olish zarur. Hech bir o‘quvchini
neyropsixologik imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamay turib u bilan ta'lim tarbiya
jarayonini olib borib bo‘lmaydi. Zero, Yan Amos Komenskiy aytganidek: “Ta’lim


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

har kimning tabiiy qobiliyatiga mos bo‘lishi kerak. Har bir inson o‘z salohiyatiga
ko‘ra rivojlanadi.”

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hasanboyeva G. “Neyropedagogika asoslari”, Toshkent: Fan, 2022.
2. Tokhirova M. “Pedagogik psixologiya va individual yondashuv”, Samarqand:
Ilm Ziyo, 2021.
3. Xusniddin, Milinorov, and Mavlonova Malika. "Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy-
pedagogik

tayyorlash

jarayonida

kommunikativ

kompetentsiyalarini

rivojlantirish metodikasi." Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 7 (2024):
4. Милиноров, Хусниддин Хушматович, and П. М. Жалолова. "ПРОЦЕСС
ОРГАНИЗАЦИИ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ В ВЫСШЕЙ ШКОЛЕ."
Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific
Studies. Vol. 3. No. 5. 2024.
5. Хushmatovich, Milinorov Xusniddin. "Pedagogik faoliyat jarayonida bo ‘lajak
pedagoglarni raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish."
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 7 (2024): 305-312.
6. Xushmatovich, Milinorov Xusniddin, and Toxirova Xadicha. "O'QUVCHILARNI
MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA
OILANING O'RNI." Modern education and development 26.4 (2025): 138-141.
7. Xushmatovich, Milinorov Xusniddin, and Ergasheva Feruza Boboqulovna.
"XALQ PEDAGOGIKASIDA KITOBXONLIK MADANIYATI." Modern education and
development 26.4 (2025): 127-130.

Библиографические ссылки

Hasanboyeva G. “Neyropedagogika asoslari”, Toshkent: Fan, 2022.

Tokhirova M. “Pedagogik psixologiya va individual yondashuv”, Samarqand: Ilm Ziyo, 2021.

Xusniddin, Milinorov, and Mavlonova Malika. "Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy-pedagogik tayyorlash jarayonida kommunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirish metodikasi." Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 7 (2024):

Милиноров, Хусниддин Хушматович, and П. М. Жалолова. "ПРОЦЕСС ОРГАНИЗАЦИИ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНЦИЙ В ВЫСШЕЙ ШКОЛЕ." Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies. Vol. 3. No. 5. 2024.

Хushmatovich, Milinorov Xusniddin. "Pedagogik faoliyat jarayonida bo ‘lajak pedagoglarni raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish." Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 7 (2024): 305-312.

Xushmatovich, Milinorov Xusniddin, and Toxirova Xadicha. "O'QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA OILANING O'RNI." Modern education and development 26.4 (2025): 138-141.

Xushmatovich, Milinorov Xusniddin, and Ergasheva Feruza Boboqulovna. "XALQ PEDAGOGIKASIDA KITOBXONLIK MADANIYATI." Modern education and development 26.4 (2025): 127-130.