ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
MILLIY KURSH SPORT TURINI OʻZBEKISTONGA KIRIB KELISHI
Shodiqulov Sirojiddin Maxmadqobilovich
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo’nalishi oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15589560
Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy kurash sport turining O‘zbekistonga kirib kelishi,
uning tarixiy ildizlari, xalq hayotidagi o‘rni va rivojlanish bosqichlari yoritilgan.
Kurashning qadim zamonlardagi mavjudligi, sovet davridagi holati va
mustaqillik yillarida rasmiy sport turi sifatida tan olinishi haqida ma’lumotlar
berilgan. Shuningdek, kurashning xalqaro miqyosda ommalashuvi va bugungi
kundagi ahamiyati ham tahlil qilingan. Maqola kurash sportining milliy meros
sifatida tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so’zlar:
Milliy kurash sporti, Oʻzbekistonda milliy kurash, kurashning
tarixi, O‘zbek kurashi, An’anaviy sport turlari, Turkiy xalqlar kurashi, Milliy
madaniyat.
Аннотация:
В данной статье рассматривается приход национальной
борьбы в Узбекистан, её исторические корни, роль в жизни народа и этапы
развития. Приведены сведения о существовании борьбы с древних времён,
её состоянии в советский период и признании как официального вида
спорта в годы независимости. Также анализируется международное
распространение борьбы и её современное значение. Статья раскрывает
значение и роль борьбы как национального наследия.
Ключевые слова:
Национальная борьба, национальная борьба в
Узбекистане, история борьбы, узбекская борьба, традиционные виды
спорта, борьба тюркских народов, национальная культура.
Abstract:
This article discusses the introduction of national wrestling to
Uzbekistan, its historical roots, its role in the life of the people, and its
development stages. It provides information about the existence of wrestling
since ancient times, its status during the Soviet era, and its recognition as an
official sport in the years of independence. The article also analyzes the
international popularity of wrestling and its current significance. The article
highlights the importance and role of wrestling as a national heritage.
Keywords:
National wrestling, national wrestling in Uzbekistan, history of
wrestling, Uzbek wrestling, traditional sports, wrestling of Turkic peoples,
national culture.
Milliy kurash — turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan an’anaviy
sport turlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham o‘zining o‘zgacha o‘rni va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
tarixi mavjud. Ushbu sport turi nafaqat jismoniy tayyorgarlikni oshirish, balki
xalqimizning milliy madaniyati va an’analarini saqlab qolishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonga milliy kurash sporti qadim davrlardan kirib kelgan, chunki
bu hudud turkiy xalqlar yashagan maskan hisoblanadi. Kurash qadimdan xalq
orasida jang san’ati sifatida, shuningdek, bayramlar, festival va boshqa muhim
tadbirlarda o‘tkaziladigan sport o‘yinlari sifatida keng tarqalgan. Tarixiy
manbalarda o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning milliy kurashi haqida ko‘plab
ma’lumotlar uchraydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy kurash sportining rivojlanishiga
alohida e'tibor qaratila boshlandi. Milliy kurash federatsiyalari tashkil etilib, bu
sport turi rasmiy tan olindi va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga kirishildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda milliy kurash yoshlar orasida mashhurlikka
erishgan bo‘lib, u orqali nafaqat sportchilar, balki keng jamoatchilik orasida ham
milliy ruhiy qadriyatlar yanada mustahkamlanmoqda [1].
Milliy kurash nafaqat jismoniy kuch va mahoratni talab qiladi, balki
sportchi sabr-toqat, adolat, hurmat kabi insoniy fazilatlarni ham o‘zida
mujassamlashtiradi. Shu bois, O‘zbekistonda milliy kurashni ommalashtirish va
yosh avlodga yetkazish uchun ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida o’qitiladigan jismoniy
tarbiya fanlari tizimidan o’rin olgan milliy kurash o’quv predmeti yoshlarning
jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi, ma’naviy-axloqiy salohiyati, irodaviy
sifatlarini yuksaltiruvchi, ularni ijtimoiy mehnat va Vatan mudofaasiga
tayyorlovchi muhim vosita sifatida keng targ’ib qilinmoqda. Zero, bu fan “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqib,
oʻquvchi yoshlarimizni:
- Jismoniy chiniqqan, barkamollik, baquvvat insonlar bo’lib yetishishga;
- Irodali, matonatli, dovyurak va jasoratli bo’lishga;
- Mutelik va jur’atsizlikdan holi, har qanday xavf-xatarni bartaraf qilishga
tayyor turuvchi mard o’g’lonlar bo’lishiga;
- Mustaqil fikr, erkin tafakkur, ijodkor, tashabbuskor bo’lib yetishiga;
- O’zligini chuqur anglagan, iymon-e’tiqodli, insof-diyonatli, sabr-qanoatli,
mehr-oqibatli, insonlar bo’lib, Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligini
ta’minlashgan tayyor turishni o’rgatishga;
- Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy merosni asrab-
avaylab, ko’paytirishga, xalqini, millatini har qanday nosozliklardan mudofaa
qilishga tayyor turishga yo’lovchi fan bo’lib xizmat qiladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
75
Bu hol yoshlarimizni bugungi shiddatkor hayot va jamiyat talablariga javob
bera oladigan insonlarga, yangi bunyod etiladigan jamiyatning faol
ishtirokchilariga aylantirishi tabiiydir [3].
Milliy istiqlol tufayli o’zbek kurashi jahonga tanildi. U o’zining jozibadorligi,
go’zal va nafis harakatlarga ega bo’lganligi sababli jahon xalqlarida katta qiziqish
uyg’otdi. Bugungi kunda Lotin Amerikasi, Yevropa, Osiyo qit’asining ko’plab
mamlakatlari o’zbek kurashiga katta e’tibor qaratib, kurash bo’yicha tashkil
etiladigan musobaqalarni, kongresslarni ishtiyoq bilan kuzatmoqdalar.
Milliy kurash xalqimizning qadimiy, hammabop, keng tarqalgan, halollikni
talab etadigan, g’irromlikdan yiroq bo’lgan qadriyatlardan biri. U milliy
mustaqiilik yillarida keng quloch yozdi, keng sarhadlarga ega bo’ldi, u jahonni
qamrab olmoqda. Yer kurrasining besh qit’asidagi 100 dan ortiq mamlakatlarida
o’zbek kurashining ixlosmandlari, muxlislari va ishtirokchilari mavjud. Milliy
g’urur, halollik, fidoiylik, mag’rurlik, jasoratni o’zida mujassamlashtirgan milliy
o’zbek kurashi 1992-yildan boshlab nufuzli musobaqalar sababchisi bo’lmoqda.
Qorako’lda “Tursun ota”, Shahrisabzda “Amir Temur”, Surxondaryoda “at-
Termiziy”, Buxoroda “Bahouddin Naqshband”, Andijonda “Bobur Mirzo”,
Xorazmda “Pahlavon Mahmud” xotirasiga bag’ishlab Prezident sovrini uchun
o’tkazilgan xalqaro turnirlar o’zbek kurashining yuksak darajaga ko’tarilishida,
jahon sport olamiga yangi tur bo’lib kirishiga katta hissa qo’shdi [4] .
Xulosa qilib aytganda, milliy kurash sportining O‘zbekistonga kirib kelishi
va rivojlanishi, mamlakatimiz madaniy merosini saqlash va yoshlarni sog‘lom
turmush tarziga jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Kelajakda ham
bu sport turi yanada kengayib, xalqaro maydonda O‘zbekiston nomini yanada
yorqinroq ko‘rsatadi, degan umid mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. O’zbеkiston buyuk kеlajak sari. T. «O’zbеkiston», 1998, 62-
bеt.
2.
Atoyev A.Q. Kurash. O’smir va yoshlarni kurashga o’rgatishning metod va
vositalari. –T.: O’qituvchi, 1987. 35-b.
3.
Milliy kurash turlari va uni o’qitish tеxnologiyalari. Q.P.Arslonov. O’quv
qo’llanma. 2014.
4.
O’zbek
kurashi
dovrug’i\Tuzuvchilar:
H.Bobobekov,
M.Sodiqov,
Z.Ro’ziyeva. –T.: Ibn Sino nashriyoti, 2002. 9-bet.