Авторы

  • Gulhayo Haydarova
    Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd) Qo‘qon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.101122

Ключевые слова:

g‘azaliyot an’ana ijodiy o‘ziga xoslik ustoz-shogird radif adabiy ta’sir obraz badiiy tasviriy vosita tashxis

Аннотация

Ushbu maqolada Hazrat Alisher Navoiy g‘azaliyoti an’analarining XX asr g’azalnavislaridan biri bo’lgan Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy, Sobir Abdulla hamda Habibiy ijodiga ko‘rsatgan ta’sirining yoritilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu ijodkorlar g’azallarida an’analar davomiyligi va har bir ijodkorning o‘ziga xosligi qirralari tahlil qilingan. Mumtoz adabiyotda devon yaratilishi qonun-qoidalari va XX asr devonchiligi xususidagi qarashlar umumlashtirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

207

ALISHER NAVOIY VA XX ASR O‘ZBEK G‘AZALIYOTI

Haydarova Gulhayo Ahmadaliyevna

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd)

Qo‘qon davlat universiteti

h.gulhayoxon90@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15580946

Abstrakt

Ushbu maqolada Hazrat Alisher Navoiy g‘azaliyoti an’analarining XX asr

g’azalnavislaridan biri bo’lgan Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy, Sobir Abdulla
hamda Habibiy ijodiga ko‘rsatgan ta’sirining yoritilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu
ijodkorlar g’azallarida an’analar davomiyligi va har bir ijodkorning o‘ziga xosligi
qirralari tahlil qilingan. Mumtoz adabiyotda devon yaratilishi qonun-qoidalari va
XX asr devonchiligi xususidagi qarashlar umumlashtirilgan.

Kalit so‘zlar

: g‘azaliyot, an’ana, ijodiy o‘ziga xoslik, ustoz-shogird, radif,

adabiy ta’sir, obraz, badiiy tasviriy vosita, tashxis

Mumtoz adabiyotda Alisher Navoiy “Gʻaroyib us-sig‘ar” devoni debochasida

o‘zigacha yaratilgan devonlarni kuzatib chiqargan xulosalari asosida devon
tuzish

mezonlarini sanab o‘tgan edi. Unga ko‘ra, dastlab, debocha qism, hamd va

na’t g‘azallar bo‘lishi, g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28 harf emas, balki 32
harf bilan tugallash, devonga dastavval hamd yoki na’t mavzusidagi g‘azallarni
joylashtirish, g‘azallarga ma’rifat va mav’iza mavzulariga doir baytlar kiritish,
g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha rivojlantirib borishni nazarda
tutgan. Sobir Abdulla, Charxiy va Habibiy g‘azallarini an’anaviylik negizida tahlil
qilish jarayonida XX asr o‘zbek g‘azaliyotidagi ayrim o‘ziga xos jihatlarni
keltirish joiz. Ushbu o‘ziga xosliklar ijodkorlarning tiriklik chog‘ida o‘zlari
tomonidan tuzilgan devonlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi:

Birinchidan, devon debocha qism bilan boshlanishi kerak. Bu jihatdan

ahamiyat berilsa, Habibiy devonida debocha nasriy yo‘l bilan ifodalangan, Sobir
Abdulla devonida esa 31 baytdan iborat debocha mavjud, unda, asosan, zamona
madhi va devon yozilish sababi bayon etilgan. Charxiy devonida esa 42 baytdan
tashkil topgan debocha qismda ijodkor o‘zining 70 yoshida devon tuzganini
ta’kidlar ekan, Furqat va Muqimiy nomlarini ham tilga oladi. Har uchala ijodkor
devonida an’anaviy hamd va na’t g‘azallar uchratilmaydi.

Ikkinchidan, XX asrgacha tuzilgan devonlardagi g‘azallar arab alifbosi

harflari tartibida joylashtirib kelingan bo‘lsa, Sobir Abdullaning 1965 yil va
Charxiyning 1972 yil tuzilgan “Devon”lari kirill alifbosi harflari tartibi
(a,b,v,g…va h.k.) asosida nashr ettirilgan. Lekin zamondoshlaridan farqli
ravishda, Habibiyning 1960 yil tuzilgan va uch marta qayta nashr qilingan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

208

(1960,1975,1980-yillar) “Devon”idagi she’rlar mumtoz adabiyot an’analariga
muvofiq arab grafikasi harflari tartibi bo‘yicha joylashtirilgan.

Uchinchidan, XX asrga kelib g‘azallarga sarlavha qo‘yish an’anasi paydo

bo‘ldi. To‘g‘ri, hazrat Navoiyning devonlarida “Alif harfining ofatlarining ibtidosi
“Gʻaroyib”din”, “Jim harfining jamilalarining jilvasi “Navodir”din” kabi shaklda
sarlavhalar bo‘lsa-da, ular har bitta g‘azalga alohida qo‘yilmaydi, faqatgina g‘azal
yakunlangan ma’lum bir harfni boshqasidan ajratish uchun 115-130 g‘azal
umumiy nomlanadi. Ya’ni Navoiyning har bir g‘azali raqamlar bilan bir-biridan
ajratiladi. Habibiy, Sobir Abdulla va Charxiy g‘azallariga nomlar quyidagi
yo‘nalishlar asosida qo‘yilgan edi

-g‘azalning radifiga ko‘ra;
-bevosita g‘azalning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda;
-noshirlar tomonidan nashr jarayonlaridagi nomlanishga ko‘ra.
Sarlavhalar, odatda, so‘z, so‘z birikmasi yoki qo‘shma so‘zlar bilan

ifodalanilib kelingan. Masalan, Charxiy g‘azallariga “Qo‘qon loyi”, “Yodlar zamon,
Muqimiy”, “Vafo sevarim”, “Yaxshi tilak”, “Fido bo‘ldim”, “Bad qildim, xato
qildim” kabi nomlar qo‘yilib, ular, asosan, g‘azalning qofiya yoki radifining ilk
qismlaridan olingan. Habibiy g‘azallarida ham xuddi shu holat kuzatiladi.
(“Sharob”, “Suhbat”, “O‘t”, “Bahs”, “Abas” kabi radiflar; “San’ating”, “Ozod”, “Keldi
yor”, “Jonon topar” nomlari g‘azal qofiyasidan olingan.)

Gʻazallarga sarlavha qo‘yish masalasida Sobir Abdulla o‘ziga xos yo‘lni

tanladi. Shoirning g‘azal mohiyatidan kelib chiqib, uning mazmuniga mos
ravishda butunlay yangi bayt va misralarni, asosan, o‘zining aforizmlarini
g‘azalga nom sifatida ishlatishi XV asr g‘azaliyotida ham, XX asr g‘azaliyotida
ham uchramagan hodisa edi. Mazkur sarlavhalar o‘sha davrda amaldagi kirill
alifbosi harflari tartibida terilgan bo‘lib, devon g‘azallari tartibini ham ko‘rsatadi.
Masalan:

“Asar yozsang vafodor yor ishqida,
Guldasta tuz she’rdan har bor, ishqida”
– sarlavhasi quyidagi matla’li g‘azal uchun qo‘llangan:
Yo‘q vafosizlik zamonda, chin vafo bor ishqida,
Bu tufayli kuymadim bir bevafo yor ishqida

1

.

Yoki:
“Rahnamodir aql insonlar uchun, yo‘l ko‘rsatur,
Kimki ozdi aqldan, u bo‘ldi balchiqqa duchor”
– sarlavhasi esa quyidagi matla’li g‘azal uchun qo‘llangan:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

209

Ilmu axloq dunyoga donishmand inson keltirur,
To‘g‘rilik, g‘ayrat, jasoratdan sharaf-shon keltirur

2

.

Shoirning ayrim sarlavhalari g‘azal tarixi haqida ham ma’lumot beradi.

Jumladan:

Sabza rang ko‘ylakdagi qizni ko‘rib tog‘ ustida,
Lola ochilmish dedim zangori yaproq ustida
– matla’li g‘azal uchun quyidagi nom qo‘yilgan:
Ajab yillar ekan yoshlikda, O‘shda,
Yozilgandek g‘azal o‘xshaydi tushda…
Mazkur sarlavhadan g‘azal shoirning yoshligida O‘sh viloyatida yozilgani

anglashiladi. Fikrimizcha, devondagi barcha sarlavhalar keyinchalik devon tartib
berish vaqtida qo‘yilganga o‘xshaydi. Chunki devon 1965 yilda nashr etilgan.
Sarlavhada shoir g‘azalni yoshlikda yozganini e’tirof etyapti. Gʻazalning yozilish
sanasi 1940 yil, ya’ni shoirning ayni kuchga to‘lgan 35 yosh davrini
ko‘rsatmoqda.

Sobir Abdulla devonidagi ayrim nomlar esa g‘azaldagi mavhumliklarni

yanada aniqlashtirib berish vazifasini ham bajaradi:

Bog‘dur bu rayon, o‘ynoqi daryo shu rayonda,
Sebarga bilan jambilu ra’no shu rayonda –

3

matla’li g‘azalda she’r oxirigacha ham tuman (rayon) nomi oshkor

qilinmagan. Shu sabab, kitobxonga aynan qaysi tuman (rayon) ekaniga aniqlik
kiritish maqsadida sarlavha sifatida ushbu bayt yozilgan:

Ayni yoz faslida kim bo‘lmadi Kosonsoyda,
Sof havo haqida yuz maqtanishi befoyda…

4

Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy ham butun ijodini o‘sha davr adabiy muhiti

siqib chiqarishga urinayotgan aruz vaznida yozilgan asarlarni targ‘ib etishga
bag‘ishlagan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu haqida o‘zining “Devon”i
so‘zboshisida shunday degan: “Klassik adabiyotga… hajviyaga ko‘proq mayl
sezaman.”

5

Shoir o‘zini “hajviyaga moyil sez”sa-da, g‘azaliyotining ko‘p qismini

hajviy she’rlar tashkil etmaydi.

Habibiyning “O‘qing”, “Moʻtabar”, “Bilim” kabi 7 va 11 baytdan iborat

g‘azallarida g‘aflat uyqusidagi ilmsiz insonlarni o‘qishga chorlash va vaqtni
qadrlashga chaqirishni maqsad qiladi. Ilm-fan dunyoni zabt etayotganini, unga
hatto koinot bo‘ysunishini va umrni behuda o‘tkazmaslikni ta’kidlaydi. Har





background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

210

uchala g‘azal tartib bo‘yicha 1935, 1942 va 1967 yillarda yozilgan bo‘lsa-da
shoirning umumiy fikrlari: ilm olish hamma zamonda ham dolzarb vazifa
ekanini ta’kidlashi asosiy o‘rinda turadi. Masalan, “Bilim” g‘azalida:

Aql uchun bir rahnamoi mash’al asodir bilim,
Dilga jo qilmoq butun, lekin muammodir bilim.
She’rning lirik qahramoni fikricha, jahon yangilanish bosqichiga kirgan.

Jahonning ilg‘or mamlakatlari o‘zgarish, yangilanish va taraqqiyot bosqichida.
Shuning uchun shoir bilimni “ganji azim”, “mavj urgan shavkatli daryo”, “o‘q va
yoy”, “olamning oftobi” ga qiyoslaydi. Bilimni xohlamaydigan “bahrasizlarga”
tashviq qilma, ularning ishqu zavqi yo‘q, ularning fikrida bilim “anqo” ekanini
kuyinib so‘zlaydi. Shoirning ilmsizlikka qarshi kurashi uning boshqa she’rlarida
ham aks etadi. “Xilma-xil” odam sarlavhali g‘azalda Odam Atoning avlodi
bo‘lmish insoniyatni jismoniy jihatdan emas, faqat bilim va zako tomonidan
farqlab mulohaza qiladi. Ya’ni har xil insonlarning tafakkuri darajasini sanar
ekan:

Birikim bilmasu ammo bilurman deb bilur o‘zni,
Murakkab jahl erur bu yo‘q davosi dedi Luqmon ham, – deydi.
Gʻazalning so‘nggi baytlarida shoir odam shaklida bo‘lsa ham ilmsiz inson

haqiqiy inson emasligini, bu keng olamda ilmsizlar ham ko‘pligini ta’kidlaydi.
Maqta’da ijodkor o‘ziga qarata, ko‘zingni och, ey Habibiy, bilimsiz bo‘lsang
ahvoling yomon, beg‘am bo‘lma va atrofdagi hodisalarga ham befarq bo‘lma,
deya nasihat qiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, XX asr o‘zbek g‘azaliyotining vakillari bo‘lgan

Habibiy, Charxiy va Sobir Abdulla kabi ijodkorlar voqelikni tasvirlar ekanlar,
mumtoz adabiy an’analarni davom ettirishga intiladilar. O‘z davri mafkurasi
ta’sirida zamonning dolzarb voqealarini yoritish fonida ijodkorning yuksak
tafakkuri bugungi kun kitobxoni bilan “ijodiy muloqot”ga kirishadilar. Kelajak
kitobxoni g‘azallaridagi yashirin ma’nolarni to‘la anglab olishiga ishonib, baytlar
qatiga o‘z isyonlarini, xulosalarini, zamon voqealari tasviriga ijodiy
munosabatini yashira oladilar. Bundan tashqari, har uchala ijodkor g‘azallarida
Alisher Navoiyning tasvir mahoratidan ta’sirlanib, an’analarni davom ettirishga
intilib, o‘ziga xos tarzda voqelikni aks ettira olganlar.

Refernces:

1.

Komilova, M. (2024). LANGUAGE AND SOCIAL INEQUALITY: A

PRAGMATIC PERSPECTIVE. University Research Base, 809–813. Retrieved from
https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/732


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

211

2.

Komilova, M. (2024). THE POWER OF CONCEPTS: EXPLORING THEMES

AND THEIR MANIFESTATIONS IN LITERARY TEXTS. University Research Base,
814-817.
3.

NO, P. (2025). The role of cognitive linguistics in language evolution.

4.

NO, P. The role of cognitive linguistics in language evolution.

5.

RAJAPOVA, M. ALLEGORIK VOSITALARNING LINGVOKOGNITIV VA

LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI. Я ПРЕПОДАВАНИЕ, 197.
6.

Sobirova, N., & Rajapova, M. (2024). EASY TEACHING AND LEARNING

STRATEGIES IN PRIMARY SCHOOL. Models and methods in modern science,
3(4), 122-124.
7.

Rajapova, M., & Mamajonov, A. (2023). Linguistic and cultural

characteristics of allegorical devices used in a literary text. Society and
innovations, (4), 2181-1415.
8.

Rajapova, M. (2021). Lingvoculturology and its peculiarities as new

branches of contemporary linguistics. Scienceweb academic papers collection.
9.

Rajapova, M. (2022). Allegorical means specific to oral speech. Scienceweb

academic papers collection.
10.

Haydarova, G. (2024). ALISHER NAVOIY AN’ANALARI VA XX ASR

11.

O ‘ZBEK G ‘AZALIYOTI. Alisher Navo'i and 21 st century, 1(1).

12.

NAVOI, A., & BABUR, Z. M. (2022). RESEARCH AND EDUCATION.

13.

Аҳмадалиевна, Ҳ. Г. (2021). НАВОИЙ ВА СОБИР АБДУЛЛА. ALISHER

NAVOIY XALQARO JURNALI, 1(2).
14.

Ahmadaliyevna, H. G. (2021). Talmeh or alluziya. ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 772-779.
15.

Ahmadaliyevna, H. G. (2022). Interpretation of the Image of the Heart in

the Poems of Habibi, Charkhi and Sabir Abdullah. European Multidisciplinary
Journal of Modern Science, 6, 621-626.
16.

Аҳмадалиевна, Ҳ. Г. (2022). Собир Абдулла, Чархий Ва Ҳабибий

Ғазалиётининг Вазн Хусусиятларига Доир.

Библиографические ссылки

Komilova, M. (2024). LANGUAGE AND SOCIAL INEQUALITY: A PRAGMATIC PERSPECTIVE. University Research Base, 809–813. Retrieved from https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/view/732

Komilova, M. (2024). THE POWER OF CONCEPTS: EXPLORING THEMES AND THEIR MANIFESTATIONS IN LITERARY TEXTS. University Research Base, 814-817.

NO, P. (2025). The role of cognitive linguistics in language evolution.

NO, P. The role of cognitive linguistics in language evolution.

RAJAPOVA, M. ALLEGORIK VOSITALARNING LINGVOKOGNITIV VA LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI. Я ПРЕПОДАВАНИЕ, 197.

Sobirova, N., & Rajapova, M. (2024). EASY TEACHING AND LEARNING STRATEGIES IN PRIMARY SCHOOL. Models and methods in modern science, 3(4), 122-124.

Rajapova, M., & Mamajonov, A. (2023). Linguistic and cultural characteristics of allegorical devices used in a literary text. Society and innovations, (4), 2181-1415.

Rajapova, M. (2021). Lingvoculturology and its peculiarities as new branches of contemporary linguistics. Scienceweb academic papers collection.

Rajapova, M. (2022). Allegorical means specific to oral speech. Scienceweb academic papers collection.

Haydarova, G. (2024). ALISHER NAVOIY AN’ANALARI VA XX ASR

O ‘ZBEK G ‘AZALIYOTI. Alisher Navo'i and 21 st century, 1(1).

NAVOI, A., & BABUR, Z. M. (2022). RESEARCH AND EDUCATION.

Аҳмадалиевна, Ҳ. Г. (2021). НАВОИЙ ВА СОБИР АБДУЛЛА. ALISHER NAVOIY XALQARO JURNALI, 1(2).

Ahmadaliyevna, H. G. (2021). Talmeh or alluziya. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 772-779.

Ahmadaliyevna, H. G. (2022). Interpretation of the Image of the Heart in the Poems of Habibi, Charkhi and Sabir Abdullah. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 621-626.

Аҳмадалиевна, Ҳ. Г. (2022). Собир Абдулла, Чархий Ва Ҳабибий Ғазалиётининг Вазн Хусусиятларига Доир.