Авторы

  • Cho‘lponoy Yunusova
    TIFT Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Roziya O‘ralova
    TIFT Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.101124

Ключевые слова:

ijtimoiy faollik muammolar imkoniyatlari me’yoriy-huquqiy hujjatlar innovatsion g’oyalar kreativlik kompetentsiyalari.

Аннотация

Bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqib, psixologik asosida kasb-hunarni xotin-qizlar o‘rtasida rivojlantirish sharoitini joriy etish mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilgan bo’lib, badiiy-amaliy, ijodiy ko’nikmalari shaxsga yo’naltirilgan. Mamlakatimizda ijodkorlikka, tasviriy san’atga, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik sohalar uchun kadrlar tayyorlashning me’yoriy- huquqiy asoslari moddiy-texnik bazasi yaratildi. Xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishni pedagogik jihatlarini rivojlantirish, ularni jamiyatda tutgan o’rnini mustahkamlash, turli ishlar bilan shug’ullanishga yo’naltirish orqali mehnat resurslari samaradorligini oshirish, jamiyatda xotin-qizlarning  o’z o’rinlarini topishlarining natijasida ularning tadbirkorlik kompetentsiyalarini takomillashtirishning didaktik va texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga imkoniyat yaratildi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

193

XOTIN-QIZLARNI KASB-HUNARGA YONALTIRISHNING IJTIMOIY

PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI

Yunusova Cho‘lponoy Abierovna

TIFT Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi

O‘ralova Roziya Abdukarim qizi

TIFT Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi

oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15580877

Annotatsiya

Bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqib, psixologik asosida kasb-

hunarni xotin-qizlar o‘rtasida rivojlantirish sharoitini joriy etish mexanizmlari
amaliyotga tatbiq etilgan bo’lib, badiiy-amaliy, ijodiy ko’nikmalari shaxsga
yo’naltirilgan. Mamlakatimizda ijodkorlikka, tasviriy san’atga, xalq amaliy san’ati
va hunarmandchilik sohalar uchun kadrlar tayyorlashning me’yoriy- huquqiy
asoslari moddiy-texnik bazasi yaratildi. Xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini
oshirishni pedagogik jihatlarini rivojlantirish, ularni jamiyatda tutgan o’rnini
mustahkamlash, turli ishlar bilan shug’ullanishga yo’naltirish orqali mehnat
resurslari samaradorligini oshirish, jamiyatda xotin-qizlarning o’z o’rinlarini
topishlarining

natijasida

ularning

tadbirkorlik

kompetentsiyalarini

takomillashtirishning didaktik va texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga
imkoniyat yaratildi.

Tayan

ch

so’z, iboralar:

ijtimoiy faollik, muammolar, imkoniyatlari,

me’yoriy-huquqiy hujjatlar, innovatsion g’oyalar, kreativlik kompetentsiyalari.

Abstract

Today, based on the times, mechanisms for introducing conditions for

women to acquire a profession in the educational process are being put into
practice, aimed at practical, practical, creative individuals. In our country, the
material and technical base of the normative and legal framework for training
personnel for the directions of art, fine arts, folk applied arts and crafts has been
created. The social activity of women, their position in society, the creation of
production due to labor resources through the production of pedagogical
activity of labor resources, as a result of which women are finding their place in
society, as a result of which didactic and technological production processes of
the development of production entrepreneurial activity.

Key words, phrases:

social activism, problems, opportunities, regulatory

and legal documents, innovative ideas, creative competencies..

Абстрактный


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

194

Сегодня, исходя из требований времени, реализуются механизмы

создания условий для развития профессиональных навыков у женщин на
психологической основе, а художественные, практические, творческие
умения ориентированы на личность. В нашей стране создана
материально-техническая база и нормативно-правовая база для
подготовки кадров в сфере творчества, изобразительного искусства,
народных

художественных

промыслов

и

ремесел.

Развивая

педагогические аспекты повышения социальной активности женщин,
укрепления их положения в обществе, ориентации на различные виды
деятельности, удалось повысить эффективность трудовых ресурсов, а в
результате нахождения женщинами своего места в обществе появилась
возможность расширить дидактические и технологические возможности
для повышения их предпринимательских компетенций.

Ключевые слова, фразы:

социальная активность, проблемы,

возможности, нормативно-правовые документы, инновационные идеи,
креативные компетенции.

Respublikamizda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish jarayonida

boʻlayotgan oʻzgarishlar, yaʼni qabul qilingan qonun va farmoyishlar
jamiyatimizning rivojlanishida muhim omillardan biri sanaladi. Xotin-qizlarning
oʻz-oʻzini ijodiy rivojlantirishiga innovatsion yondashuvlarni, balki ayni
jarayonni taʼminlashga imkon beruvchi metodologik asoslarni ham
takomillashtirishni taqozo etadi.Taʼlim tizimini rivojlantirishning hozirgi
bosqichida, taʼlim mazmuni, metodikasiga, taʼlim samaradorligini oshirishga
sifat jihatdan yangi talablar qoʻymoqda.

Buyuk kelajak yaratish va jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashga

sobit qadamlar bilan intilayotgan mamlakatimiz uchun malakali mutaxassis
kadrlar tayyorlash muhim va dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi umumbashariy qadriyatlar, O’zbekiston hududida
yashovchi halqlarning boy madaniy merosi, fan va texnologiyalar asosida
yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega, ijodiy faol, ijtimoiy- siyosiy hayotda
mustaqil holda mo’ljalni to’g’ri ola biladigan, istiqbolli vazifalarni oldindan ko’ra
oladigan va ularni oqilona hal etishga qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlash
ko’zda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni oila va xotin-qizlarni

tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida farmonida mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

195

oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash,
tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni
tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun
tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida:

2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va

ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur
1-ilovaga muvofiq;

2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va

ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni
2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab: budjet

tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida
uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol
xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi;

mazkur yuridik shaxslarning ushbu band ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan

xodimlar oldidagi majburiyatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan
homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hajmida kamaytiriladi.

3. Xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar

yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:

a) oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va

kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash
uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida
tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari
yo‘naltirilsin.

Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan
mablag‘larni ajratish grafigini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin;

b) davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan

barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash
maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m
moliyalashtirilsin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi

(T.A. Ishmetov) 2022-yil 1-sentabrga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarining


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

196

magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim
olayotgan xotin-qizlarning davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxatini
shakllantirsin hamda 2022-yil 1-oktabrga qadar kontrakt to‘lovlarini qoplab
bersin;


v) xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha

— 50 nafar, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha — 10 nafar xotin-qizlarga
har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib borilsin.

Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ushbu kichik bandda nazarda tutilgan

tadbirlarni moliyalashtirish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasiga har yili Davlat
budjetidan kamida 6 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin;

g) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda —

Qo‘mita) tavsiyalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100
nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetning
qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilsin. Bundan
tashqari liy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini
rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “O‘zbekiston
paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining:

asosan xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari,

tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradigan alohida universitetni;

ushbu universitet huzurida paxta-to‘qimachilik va pillachilik klasterlari

ishtirokida bosqichma-bosqich hududiy texnikumlarni tashkil etish to‘g‘risidagi
takliflari qo‘llab-quvvatlansin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.H. Toshkulov), Qo‘mita (Z.B.

Maxkamova), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Toshkent
shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) ikki oy muddatda universitet faoliyatini
yo‘lga qo‘yish, uning moddiy-texnika ta’minoti va joylashtirilishi bo‘yicha
takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Xotin-qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb

qilish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmanov):

Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) bilan birgalikda har yili mart oyida amaliy

innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” tanlovini o‘tkazib borsin;

ikki oy muddatda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun

birinchi qadam” tanlovini o‘tkazish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

197

innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida
10 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin.

6. Qo‘mita, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligining xotin-qizlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot
natijalarini hayotga tatbiq etish, startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida
Qo‘mita huzurida “Olima ayollar jamiyati”ni tuzish haqidagi taklifiga rozilik
berilsin.

Qo‘mita (Z.B. Maxkamova) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy

muddatda “Olima ayollar jamiyati”ni tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha
Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda “Olima ayollar
jamiyati”ga xotin-qizlarni amalda qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish
uchun Davlat budjetidan 50 milliard so‘m ajratilishi nazarda tutilsin.

7. 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida

davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga o‘qitishning yangi tartibi joriy
etilsin.

Yuqoridagi farmonda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirilishida

OTMlarida dizayn ta’limi yo’nalishi talabalarining kasbiy metodik
tayyorgarligini takomillashtirish: kasbiy-metodik jihatdan tayyorlashni
insonparvarlashtirish; jamiyatni axborotlashtirish sharoitida shaxsini
rivojlantirishga tizimli hamda texnologik nuqtai nazardan yondashish; aniq
dalillarga asoslangan metodologik bilimlar bilan qurollantirish; metodik
tayyorlash tizimining tarkibi va mazmunini kengaytirish hamda
chuqurlashtirish.

Tadqiqot ishimiz avvalida hozirgi zamon sharoitida texnologiya ta’limi

o’qituvchisiga qo’yilgan talablarni o’rgandik.

O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilning 4

oktyabridagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 400-
son qarorida quyidagi talablar belgilangan:

1

jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-

iqtisodiy va siyosiyyo’nalishlarini to’g’ri baholay olish; muayyan taraqqiyot
davrida jamiyat uchun zarur bo’lgan bo’lg’usi mutaxassisni shakllantirish
standartlarini egallash; pedagogik faoliyatni sevish; o’z sohasi bo’yicha maxsus
bilimlarni egallash; zakovatli bo’lish; yetuklikka intilish; pedagogik tuyg’u,
umumiy madaniyat va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lish; o’quvchilarda
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantira olish; kasbiy faoliyat
xususiyatlarini chuqur bilishi va ta’lim mazmunini belgilay olish; zamonaviy



background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

198

pedagogik va axborot texnologiyalarini mahorat bilan egallash.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Mamlakatimizda bo’lajak o’qituvchilar, xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini

oshirishni ilmiy-pedagogik va metodik asoslari Q.M.Abdullaeva, S.S.Bulatov,
D.Majidova, N.A.Muslimov, U.Nishonaliev, O’.Tolipov, D.Umarbekova,
SH.S.SHaripov- ning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.

MDH davlatlarida xotin-qizlarni tadbirkorlik kompetentsiyalarini

takomillashtirishning aspektlari S.N.Batrakova, A.A.Beskodarov, V.P.Bespalьko,
G.A.Bordovskiy, N.V.Vishnyakova, P.K.Galьperin, S.M.Godnik, L.P.Dubovitskaya,
V.A.Izvoschikov, L.S.Kadыmov, M.B.Klarin, V.S.Kukushkin, Ye.I.Krasichkova,
T.I.Maskevich, T.I.Matskevich, K.Mitello, I.I.Pidkasistыy, N.V.Samounina,
V.A.Slastenin, G.V.Suchkov, M.V.Toporkovaning tadqiqot ishlarida qarab o’tilgan.

Ta’limni boshqarish masalalari ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik- pedagogik

nuqtai

nazardan

ko’rib

chiqilgan.

D.SH.Ahmedov,

SH.E.Qurbonov,

E.A.Seytxalilovlar o’zlarining asarlarida ta’lim sifatini boshqarish, uning ijtimoiy-
pedagogik shakllantirish jarayonini o’rgangan.

Pedagog olimlar tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirishga doir

muammosi bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borilgan bo’lsa-da, xotin-qizlarni
ijtimoiy faolligini oshirishni pedagogik imkoniyatlari takomil-lashtirish
metodikasini ishlab chiqish tadqiqot ob’ekti sifatida yetarlicha o’rganilmagan.
Bugungi kunda davr talablaridan kelib chiqib, xalq hunarmandchiligi ta’limning
yangi mazmuniga madaniyatshunoslik, badiiy-amaliy, ijodiy ko’nikmalarining
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim tizimini shakllantirishni tatbiq etish zarur.

Tadqiqot metodologiyasi

Xotin-qizlarning kelgusi hayoti davomida qaysi kasbni tanlashi, hayot

yoʻlini tanlash imkoni beriladi albatta. Mamlakatimizning har bir fuqarosiga kasb
va ish tanlash huquqi berilganligi, bu huquq, amaliyot shuni koʻrsatadiki, baʼzan
amalga oshirish juda qiyin yoki yangi kirib kelayotgan kasblar, ixtisosliklar,
shaxsning shaxsiyatiga qoʻyiladigan talablar va oʻz qobiliyatlarini baholash,
ularning manfaatlarini hamda moyilligini aniqlash qobiliyatiga bogʻliqdir.Inson
hayoti davomida kelajagini davom ettirish yoki qayerga borish kerakligini hal
qilishi kerak boʻlgan vaqt keladi, uni amalga oshirish uchun kasbni, hayot yoʻlini
erkin tanlash imkoni boʻladi. Ushbu bilim va koʻnikmalar turli xil tadbirlarda,
uchrashuv, koʻrgazmalar, toʻgaraklarda, ixtiyoriy mashgʻulotlarda, turli
doiralarda, konsert dasturlari va tasviriy sanʼat koʻrgazmalarida, kitob bilan
mustaqil ravishda ishlash jarayonida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda dolzarb
muammolardan biri-bu yosh avlodni kasbga yonaltirish ish bilan bandligini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

199

taminlashdan iborat,ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida yaroqlilik shaxs
sifatida oqilona, odilona va samarali tayorlashdan iboratdir. Bizning vazifamiz
kelajagimiz boʻlgan oʻquvchilarni kasb-hunarga, ijtimoiy-iqtisodiy bilimga ega
boʻlgan, bozor sharoitini biladigan har tomonlama tushunadigan, maʼlumotli
yigit - qizlarni tayyorlash.Bu ishlar asosan uch bosqichda olib boriladi:

1. Oʻquvchilraga dastlabki kasb-hunar koʻnikma va malakalarini oilada,

maktabgacha talim tashkilotida, maktabda, akademik litsey, kasb-hunar
maktablari, texnikumlarda beriladi;

2. Maxsus mutaxassislik boʻyicha oliy talim muassasalarida oʻqib, tajriba

oshiradi;

3. Egallangan bilim ish joyida amaliy mashgʻulotda malaka oshirish

jarayonida mustahkamlanadi.

Ongli ravishda kasb tanlash uchun oʻquvchilarning bir qator kasblarni

еtarlicha bilishi, bilganda ham ularning oʻziga jalb qiladigan tomonlarini
emas,bazi bir qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, oʻzining shaxsiy sifatlariga
koʻra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida oʻz
malakasini takomillashtirish talab qilinadi. Xalqimiz «Mehnat qilgan inson
doimo el ardogʻida boʻladi» deb, bejiz aytmagan. Zotan, mehnat insonni
ulugʻlaydigan, uning obroʻ-eʼtiborini oshiradigan hamda uni ezgulik va yaxshilik
sari еtaklaydigan jarayondir. Oʻquvchi-yoshlarga kasb va kasbga yoʻnaltirishning
ijtimoiy-psixologik asoslarini oʻrgatish dolzarb masalalardan sanaladi. Bu
qoʻyidagilardir:

Ijtimoiy nuqtai nazardan maʼnaviyat-maʼrifat toʻgʻrisida, umumkasbiy

negizida olgan jamiki bilimlarni hayotga tatbiq etish:

- oʻquvchilarning kasbga qiziqishi, moyilligi, layoqati, qobiliyatidagi bilimi,

koʻnikma va malakalarning ijtimoiy hayot bilan bogʻlanishi;

- shaxsiy manfaatini jamiyat manfaatlariga boʻysindira olish va h.k.Ijtimoiy-

psixologik taʼlim jarayonida shaxsning insoniylik, ishonch, ochiqlik, yaqinlik,
samimiylik kabi muhim sifatlarni namoyon boʻladi.

Tahlil va natijalar.

Hozirgi kunda xususiylashtirish munosabatlarini va maktab oʻquvchilarni

ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur boʻlgan muayyan
mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rolʼ oʻynaydi. Oʻquvchilarni
kasbga yoʻnaltirish ularning har biriga alohida-alohida yondoshishni talab etadi
bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, beliglangan maqsadga
erishishda qatʼiylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlik, topshirilgan ishni
bajarishga maʼsuliyat bilan munosabatda boʻlish kabi fazilatlarini eʼtiborga olish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

200

zarur. Bundan tashqarii, kasbga yoʻnaltirish davomida kasbni tanlash
sabablarini; kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va havas, kasbga tayyorgarlik,
oila anʼanalari, ota-onalar, pedagoglar, oʻrtoqlarning maslahatini hisobga olish
lozim. Kasb-hunarga yoʻnaltirish va kasbiy maslahat berish ishlar shu tarzda
tashkil etilishi kerakki, buning natijasida oʻquvchi oʻzi mustaqil va ongli ravishda
kasbiy qaror qabul qilsin, oʻquvchi va kasbiy maslahat beruvchi hamkorlikda
ishlasa, chunki kasbiy yoʻnalganlik koʻproq oʻsmirning shaxsiy faollik
xususiyatiga bogʻliq boʻladi. Xotin-qizlarlarning kasbiy qarorlarini shakllantirish
– bu oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliyotda malakali mutaxassislar
koʻmagida, kasbga boʻlgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy madaniyat
sifatlari (kasbiy idrok, kasbiy hissiyot, kasbiy tafakkur, kasbiy salohiyat) h.k.ni
tarbiyalashga yoʻnaltirilgan izchil, tizimli, oʻzluksiz hamda maqsadga muvofiq
tashkil etiladigan psixologik-pedagogik faoliyat jarayonidir. Kasbiy maslahat –
kasb tanlashda qiziqish, qobiliyatlarni inobatga olgan holda va amaliyot yordam
berish maqsadida, jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, umum oʻrta taʼlim
maktablari oʻquvchilari uchun kasblar haqidagi ilmiy-tashkillashtirilgan
maʼlumotlarni еtkazishdir. Kasbiy maslahat – u yoki bu kasbning talablariga
individual psixologik yoki shaxsiy xususiyatlarni moslashtirishni oʻzining
maqsadi qilib qoʻyyadi. Kasbiy maslahatni oʻtkazish boshlangʻich kasbiy
maslahat

va

chuqurlashtiriilgan

kasbiy

maslahat

bosqiyalariga

boʻlinadi.Boshlangʻich kasbiy maslahat – individual tarzdagi maslahat shakli
boʻlib, bu jarayonda kasb tanlashning qoidalari, kasb-hunarning xilma-xilligi
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qiziqish, qobiliyat, layoqat, moyillik, eʼtiqod haqida
maʼlumotlar beriladi. Chuqurlashtirilgan individual kasbiy maslahat - shaxsni
har tomonlama chuqur oʻrganish: qiziqishlar, qobiliyatlari, salomatligi va
xarakter xususiyatlarini oʻrganish kabilarga asoslanib oʻtkaziladi.

Shaxsiy maslahat oʻtkazishda mutaxassis qoʻyidagilarni bilishi shart:
- shaxsning qiziqishi, iqtidori, layoqati haqidagi maʼlumotlarni;-boshqa

tomondan:

- kasblar olami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, kasbning insonga qoʻyadigan

talablarini, oʻquv muassasalari haqidagi maʼlumotlarni bilishi kerak.

Shaxs hamda maʼlumotlar dastlabki maslahat qoʻyidagi toʻrtta blokida

aniqlanadi; «Bilaman», «Hoxlayman», «Uddalayman», «Kerak» mutaxassis
kasbga yoʻnaltirish va uning еchimini topishni oʻrgatish kerak.

Kasb xususiyatlarini va ularning tavsiyanomalarini oʻrganish uchun, har bir

kasb

uchun

professiogramma

tuziladi.

Malaka

tavsiyanomalari

professiogrammaga qoʻshimcha boʻlib xizmat qiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

201

Professiogramma mazmuniga taxminan qoʻyidagilar kirishi kerak:
1. Mazkur kasbdagi mutaxassis talab etilayotgan xalq xoʻjaligi sohasi

tavsifnomasi, sohaning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji, avtomatlashtirish va
kompleks mexanizasiyalash munosabati bilan shu kasbdagi ishlarning
rivojlanish istiqbollari.

2. Ixtisoslik tavsiyanomasida tavsiya qilingan kasbning mazmuni, mehnat

obeʼktlari, vositalari.

3. Ishchiga qoʻyiladigan talablar (maʼsuliyat darajasi, tashabbus va

mehnatning ijodiy elementlari, ishning gigeinik sharoitlari, tibbiy va
psixofiziologik koʻrsatkichlari yoki toʻgʻri kelmasligini koʻrsatuvchi belgilar,
ayollar mehnatini qoʻllash mumkinligini va boshqalar).

4. Boshlangʻich ixtissoslik doirasida oʻquvchining muvaffaqiyatli ishlashi

uchun umumiy maʼlumoti va kasbiy tayyorgarligiga qoʻyiladigan talablar (ishlab
chiqarish malakasini yanada oshirish hisobga olgan holda).

5. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy sharoitlari, mehnat haq toʻlash

tizimi.

6. Mazkur kasb vakillari (ishlab chiqarish qahramonlari, ilgʻorlari, mehnat

qahramonlari) ning tarjimai holi maʼlumotlari.

Kasb tanlashda maktabning ota-onalar bilan mustahkam aloqasi katta

ahamiyatga ega. Xotin-qizlarda kasbga oid qiziqishlarning paydo boʻlishi va
rivojlanishidagi muvaffaqiyat koʻp jihatdan maktab va ota-onalarning
birgalikdagi samarali ishlariga bogʻliqdir.Kasbga yoʻnaltirish tamoyillarini
yaratishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:

- onglilik tamoyili;
- mos kelish tamoyili shaxs qiziqishlari, qonuniyatlari bilan jamiyat uchun

zarur kasblarga boʻlgan ehtiyojning mos kelishi.

- kasb tanlashda faollik tamoyilini qollaganda samaradorlik yaxshi

natijalarga erishiladi.

Xulosa va takliflar

Xulosa qilib aytganda xotin-qizlar kasbiy tanlovida oʻzligini tushunishi, oʻz

kuchi va imkoniyatlarini, shu jumladan oʻz qobiliyatlarini toʻgʻri baholay bilishi,
keyin esa shaxsiy qiziqishlari va imkoniyatlari kasb talablari bilan solishtirib
koʻrish kasbni muvaffaqqiyatli tanlash shartlaridan biridir.

Amaliy tavsiyalar

1.Bevosita talabalar ishtirokidagi turli ijtimoiy madaniy tadbirlar, tanlovlar,

amaliy loyixalarni rejalashtirish va amalga oshirish orqali ularning kasbiy
kompetentligini oshirish.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

202

2. Chet el-o’zbek ishbilarmonlik madaniyatlari xususiyatlarini tavsiflovchi,

ijtimoiy madaniy mazmunga ega ilg’or xorijiy tajribalar asosida DTS talablariga
mos ravishda takomillashtirilgan o’quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlash.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga

quramiz. – T.: «Oʻzbekiston», 2017.-488 b.
2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-maydagi «Xalq

talimini rivojlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida PQ-241-sonli
qarori.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o ’rta, o ’rta maxsus

va kasb-hunar ta ’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to ’g’risida”gi 2018 yil 25 yanvardagi Farmoni.
4.

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 22 yanvarda PF-5308-sonli “2017-

2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y
o ’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion
g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid
Davlat dasturi to ’g ’risida”gi Farmoni.- Toshkent, 2018 y.
5.

Mirziyoev SH.M. Bugun ma’rifatga e ’tibor qaratish har qachongidan

ham uhim.Shudegov V.E. Integratsiya nauki i obrazovaniya kak faktor
innovatsionnogo razvitiya ekanomiki Rossii. // j. Distantsionnoe i virtualbnoe
obuchenie. - 2007. №8. -3-5 s.
6.

Yuzlikaev F.R. Sistema sovershenstvovaniya nachalbnoy

professionalbnoy adaptatsii molodbix uchiteley: Dis. ... kand. ped. nauk. -
Kazanb, 1985. - 259 s.
7.

Haydarova O. Bo’lajak o ’qituvchilarni ta ’lim jarayoniga texnologik

yondashuvga tayyorlash: Ped.fan. nom...yozil. Disser. - Qarshi, 2004. - 182 b.
8.

Highter Education, Retrieved April 25, 2007 from http://

9.

www.bc.edu/cihe.

10.

https://www.lecolevancleefarpels.com/en/sessions/savoir-faire

11.

https://www.rca.ac.uk/

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: «Oʻzbekiston», 2017.-488 b.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-maydagi «Xalq talimini rivojlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida PQ-241-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o ’rta, o ’rta maxsus va kasb-hunar ta ’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ’g’risida”gi 2018 yil 25 yanvardagi Farmoni.

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 22 yanvarda PF-5308-sonli “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y o ’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to ’g ’risida”gi Farmoni.- Toshkent, 2018 y.

Mirziyoev SH.M. Bugun ma’rifatga e ’tibor qaratish har qachongidan ham uhim.Shudegov V.E. Integratsiya nauki i obrazovaniya kak faktor innovatsionnogo razvitiya ekanomiki Rossii. // j. Distantsionnoe i virtualbnoe obuchenie. - 2007. №8. -3-5 s.

Yuzlikaev F.R. Sistema sovershenstvovaniya nachalbnoy professionalbnoy adaptatsii molodbix uchiteley: Dis. ... kand. ped. nauk. -Kazanb, 1985. - 259 s.

Haydarova O. Bo’lajak o ’qituvchilarni ta ’lim jarayoniga texnologik yondashuvga tayyorlash: Ped.fan. nom...yozil. Disser. - Qarshi, 2004. - 182 b.

Highter Education, Retrieved April 25, 2007 from http://

www.bc.edu/cihe.