G’O’ZANING G.HIRSUTUM L TURIGA MANSUB F4 DURAGAYLARIDA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA CHIGIT TARKIBINI ANIQLASH.

Annotasiya

Jahonda global iqlim o‘zgarishi jumladan qurg’oqchilikning qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’siri kuchayib borayotgani tufayli g‘o‘zaning genetik, fiziologik-biokimyoviy va qimmatli-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda [1;2.]. Bugungi kunda yetishtirilayotgan g’o’za navlari tola sifati hosildorligi yuqori bo’lishi bilan bir qatorda chigit tarkibidagi oqsil, yog’ miqdori yuqori bo’lishi ham muhum hisoblanadi. Paxta xom ashyosidan biri hisoblangan chigit foydalanish maqsadlariga koʻra ikkiga, urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik chigitlarga boʻlinadi. Chigit tarkibini o‘rganish sanoat uchun muhim hisoblanadi. Chunki chigitdan yog‘ va chorva mollari uchun to‘yimli yem-xashak va boshqa xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar olish mumkin [3.].  Chigit magʻzi tarkibida 24 dan 29 % ga qadar moy bor. Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati korxonalarida har yili 1,5— 2 million t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi, shulxa (chigit poʻchogʻi), kunjara olinadi. Chigit chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi [5.].

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
34-36
10

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Matyakubova , G. ., Madartov , B. ., & Mavlonova , N. . (2025). G’O’ZANING G.HIRSUTUM L TURIGA MANSUB F4 DURAGAYLARIDA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA CHIGIT TARKIBINI ANIQLASH. Академические исследования в современной науке, 4(30), 34–36. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/101653
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jahonda global iqlim o‘zgarishi jumladan qurg’oqchilikning qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’siri kuchayib borayotgani tufayli g‘o‘zaning genetik, fiziologik-biokimyoviy va qimmatli-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda [1;2.]. Bugungi kunda yetishtirilayotgan g’o’za navlari tola sifati hosildorligi yuqori bo’lishi bilan bir qatorda chigit tarkibidagi oqsil, yog’ miqdori yuqori bo’lishi ham muhum hisoblanadi. Paxta xom ashyosidan biri hisoblangan chigit foydalanish maqsadlariga koʻra ikkiga, urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik chigitlarga boʻlinadi. Chigit tarkibini o‘rganish sanoat uchun muhim hisoblanadi. Chunki chigitdan yog‘ va chorva mollari uchun to‘yimli yem-xashak va boshqa xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar olish mumkin [3.].  Chigit magʻzi tarkibida 24 dan 29 % ga qadar moy bor. Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati korxonalarida har yili 1,5— 2 million t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi, shulxa (chigit poʻchogʻi), kunjara olinadi. Chigit chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi [5.].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

34

G’O’ZANING G.HIRSUTUM L TURIGA MANSUB F4

DURAGAYLARIDA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA CHIGIT

TARKIBINI ANIQLASH.

Matyakubova Gulnoza Arapbayevna

1

Madartov Baxrom Kuvandikovich

2

Mavlonova Nasiba Umarovna

2

1

Samarqandat davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik

va biotexnologiyalar universiteti, tayanch doktorant.

2

Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572064

Jahonda global iqlim o‘zgarishi jumladan qurg’oqchilikning qishloq

xo‘jaligiga salbiy ta’siri kuchayib borayotgani tufayli g‘o‘zaning genetik,
fiziologik-biokimyoviy va qimmatli-xo‘jalik ko‘rsatkichlarini tadqiq etish
bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda [1;2.]. Bugungi kunda
yetishtirilayotgan g’o’za navlari tola sifati hosildorligi yuqori bo’lishi bilan bir
qatorda chigit tarkibidagi oqsil, yog’ miqdori yuqori bo’lishi ham muhum
hisoblanadi. Paxta xom ashyosidan biri hisoblangan chigit f

oydalanish

maqsadlariga koʻra ikkiga, urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik
chigitlarga boʻlinadi.

Chigit tarkibini o‘rganish sanoat uchun muhim hisoblanadi.

Chunki chigitdan yog‘ va chorva mollari uchun to‘yimli yem-xashak va boshqa
xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar olish mumkin [3.]. Chigit
magʻzi tarkibida 24 dan 29 % ga qadar moy bor. Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati
korxonalarida har yili 1,5— 2 million t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi,
shulxa (chigit poʻchogʻi), kunjara olinadi. Chigit chiqindilarini qayta ishlab,
ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda
foydalaniladi [5.].

Biz tadqiqotlarimizda g’o’zaning

G.hirsutum

L turiga mansub F

4

duragaylarida suv tanqisligi sharoitida chigit

tarkibidagi oqsil, yog‘ va namlik

miqdorini SupNir-2750 urug‘ tarkibini aniqlovchi analizatordan foydalanib
aniqladik. SupNir-2750-analizatori InGaAs yorug‘lik detektoridan foydalanadi,
bu esa tahlilning yuqori aniqligini ta'minlaydi va qurilmaning kengaytirilgan
spektrli diapazoni 1% dan kam xatolik bilan urug‘larni o‘lchashga
moslashtirilgan. Chigit tarkibini SupNir-2750-analizatorida aniqlashdan oldin,
nav va duragay urug‘larini ГОСТ 21820.2-76 [4; 107-108-b.] bo‘yicha H

2

SO

4

sulfat kislotada kuydirib tuksizlantirib oldik. Tuksizlantirilgan chigitlarni xona
haroratida to‘rt kun davomida quritib oldik. Tahlil uchun 100 gramm og‘irlikdan
kam bo‘lmagan chigit namunalarini torozida tortib oldik va sinov tahlilini
o‘tkazdik. Chigitlar tarkibidagi oqsil miqdorini aniqlash natijasida ma’lum


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

35

bo‘ldiki, ota-ona va duragay kombinatsiyalar chigitlari tarkibidagi oqsil miqdori
15,03% dan 19,47% gacha bo‘lgan oraliqni tashkil etdi. Bunga ko‘ra, tajribada
andoza sifatida ishtirok etgan C-6524 navida oqsil miqdori 15,03% ni tshkil
etgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich-19,47 % F

4

Sulton x Catamarca 811

urug‘larida kuzatildi. Chigitlar tarkibidagi moy miqdori bo‘yicha esa 13,98-
19,14% oraliqdagi qiymatlar kuzatildi. Bunga ko‘ra, tarkibidagi yog‘ miqdorining
pastligi bo‘yicha F

4

Nam-77 x Hapicala-19 (13,98%) ajratilgan bo‘lsa, 19,14%

yuqori ko‘rsatkich bilan F

4

C-6580 x Acala-40 duragay kombinatsiyasi tanlab

olindi (jadval).

Jadval

G’o’zaning

G.hirsutum

L turiga mansub F

4

duragaylarida suv tanqisligi

sharoitidagi chigit tarkibi

T/r

Nav va duragaylar nomi

Oqsil, %

Yog‘, %

1

S-6524 (andoza nav)

15,03

14,70

2

Sulton

16,18

15,35

3

C-6580

17,05

16,43

4

Namangan-77

18,27

16,80

5

Saenr-Pena-85

17,33

14,95

6

Acala-40

15,45

18,0

7

Hapicala-19

16,08

15,70

8

Catamarca 811

16,03

14,70

9

Sulton x Saenr Pena-85

15,24

13,63

10

Sulton x Acala-40

17,31

16,15

11

Sulton x Hapicala-19

18,02

16,34

12

Sulton x Catamarca 811

19,47

14,90

13

C-6580 x Saenr Pena-85

19,34

18,25

14

C-6580 x Acala-40

17,03

19,14

15

C-6580x Hapicala-19

18,03

16,70

16

C-6580 x Catamarca 811

15,41

14,63

17

Nam-77 x Saenr Pena-85

17,07

15,13

18

Nam-77 x Acala-40

17,22

14,90

19

Nam-77 x Hapicala-19

16,42

13,98

20

Nam-77 x Catamarca 811

18,34

17,01


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

Jadval ma’lumotlariga ko’ra, duragay va ota-ona chigilarit tarkibida yo’g’

miqdorining pasayishi oqsil miqdorining oshishiga sabab bo’lgan. Agrotexnik
tadbirlar to’g’ri olib borilganda chigit tarkibidagi moy miqdori 24-26 % gacha
bo’lishi manbalardan ma’lum [5.]. Tajribada sug’orish 1:0:0 sxemada olib
borilganda chigitlarning moy miqdori pasayishi kuzatilgan.
Demak, olib borilgan tajriba natijalari asosida xulosa qiladigan bo’lsak, suv
tanqisligining o’simliklarda hosildorlik va qimmatli xo’jalik belgilariga salbiy
ta’siri bilan bir qatorda chigit tarkibiga ham ta’siri yuqori ekanligi kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Xamdullayev Sh.A., Nabiyev S.M., Shavqiyev J.Sh. Turli suv rejimi

sharoitlarida g‘o‘za genotiplari barglaridagi umumiy suv miqdori belgisining
irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi. Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 11 | 2022.
2.

Холлиев А.Э. Қурғоқчилик ва ғўзанинг ҳимоявий мослашиш

хусусиятлари // Ўзб. биол. жур., 2009.-№3, –Б. 14-17.
3.

Mamedova F.F., G’o’zaning rangli tolali namunalaridan foydalangan holda

tola sifati yuqori bo’lgan seleksion ashyo yaratish. Diss.avtoreferati. Toshkent.
2024. B.-20.
4.

ГОСТ 21820.2-76

5.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Chigit

Bibliografik manbalar

Xamdullayev Sh.A., Nabiyev S.M., Shavqiyev J.Sh. Turli suv rejimi sharoitlarida g‘o‘za genotiplari barglaridagi umumiy suv miqdori belgisining irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022.

Холлиев А.Э. Қурғоқчилик ва ғўзанинг ҳимоявий мослашиш хусусиятлари // Ўзб. биол. жур., 2009.-№3, –Б. 14-17.

Mamedova F.F., G’o’zaning rangli tolali namunalaridan foydalangan holda tola sifati yuqori bo’lgan seleksion ashyo yaratish. Diss.avtoreferati. Toshkent. 2024. B.-20.

ГОСТ 21820.2-76

https://uz.wikipedia.org/wiki/Chigit