JINLAR BAZMI: G‘AYRITABIIY TIMSOLLAR ORTIDAGI IJTIMOIY HAQIQAT

Аннотация

Ushbu maqolada jadid adabiyotida paranormal hodisalarning badiiy talqini va “paranormal epizodlar”ning muallif badiiy niyatini ifodalashdagi poetik funksiyasi tahlil etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasi tanlangan bo‘lib, undagi g‘ayritabiiy holatlarning ijtimoiy, ruhiy va estetik qatlamlardagi mazmuni ochib beriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
5-9
8

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Saydazimova , S. (2025). JINLAR BAZMI: G‘AYRITABIIY TIMSOLLAR ORTIDAGI IJTIMOIY HAQIQAT. Академические исследования в современной науке, 4(32), 5–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/103875
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada jadid adabiyotida paranormal hodisalarning badiiy talqini va “paranormal epizodlar”ning muallif badiiy niyatini ifodalashdagi poetik funksiyasi tahlil etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasi tanlangan bo‘lib, undagi g‘ayritabiiy holatlarning ijtimoiy, ruhiy va estetik qatlamlardagi mazmuni ochib beriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

JINLAR BAZMI: G‘AYRITABIIY TIMSOLLAR ORTIDAGI IJTIMOIY

HAQIQAT

Saydazimova Sanobar

tayanch doktorant

Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent, O‘zbekiston

saidazimova2595@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15613552

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jadid adabiyotida paranormal hodisalarning

badiiy talqini va “paranormal epizodlar”ning muallif badiiy niyatini
ifodalashdagi poetik funksiyasi tahlil etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida Abdulla
Qodiriyning “Jinlar bazmi” hikoyasi tanlangan bo‘lib, undagi g‘ayritabiiy
holatlarning ijtimoiy, ruhiy va estetik qatlamlardagi mazmuni ochib beriladi.

Kalit so‘zlar:

jadid adabiyoti, paranormal epizodlar, mistika, real, noreal,

g‘ayritabiiylik, jin.

Abstract:

This article analyzes the literary interpretation of paranormal

phenomena in Jadid literature and examines the poetic function of “paranormal
episodes” in conveying the author’s artistic intent. The object of the study is
Abdulla Qodiriy’s short story “The Gathering of the Jinn”, in which the social,
psychological, and aesthetic meanings of supernatural elements are explored in
depth.

Keywords:

Jadid literature, paranormal episodes, mysticism, real, unreal,

supernatural, jinn.

XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida jadidchilik harakati rivojlanib, yangi

davrning o‘ziga xos tamoyillari shakllana boshladi. Jadid adabiyotining yirik
vakillaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriy zamonaviy o‘zbek nasrining
shakllanishida, xususan, ilk romanchilikning rivojida muhim o‘rin tutgan
namoyondalaridan sanaladi. Uning tarixiy romanlari bilan bir qatorda hikoyalari
ham o‘z davrining haqqoniy tasvirlari va ijtimoiy muammolarini aks ettirganligi
bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, adibning “Juvonboz” “Uloqda”,
“Jinlar bazmi” nomli hikoyalarida o‘z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod
ko‘rish istagi sezilib turadi.

Adibning “Jinlar bazmi” hikoyasi 1916-yilda yozilgan bo‘lsa-da, u ilk bor

1921-yilda “Sharq chechagi” jurnalida chop etilgan. Oradan bir asr o‘tganiga
qaramay, asarda tasvirlangan voqealar o‘ziga xosligi, uslubining ravonligi, tili
sodda va ifodali bo‘lgani bois hanuz kitobxonlar e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Hikoya dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan bo‘lib, u jahon adabiyotining
eng sara namunalaridan biri sifatida e’tirof etilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Jinlar bazmi” hikoyasi o‘zbek adabiyotida

“panormal epizodlar” (“paranormal epizod” - badiiy asarlarda qo‘llangan
uchinchi olam bilan bog‘liq bo‘lgan noodatiy obrazlar, an’anaviy bo‘lib kelgan
voqelikning buzilishi, tutash olamda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlardir)ni
o‘zida mujassam etgan asarlardan biri sifatida alohida o‘ringa ega. Muallif
hikoyani “mavhum hikoya” deb nomlaydi. Zero, hikoyada real va noreal olam
o‘rtasidagi g‘ayritabiiy va mistik voqealar tasvirlanadi. Hikoyada kechayotgan
hodisalar kitobxon uchun noodatiy ko‘rinish kasb etsa-da, biz uchinchi olam
vakillari, ya’ni jinlar faoliyatini inkor eta olmaymiz. “…juda ko‘p odamlar jinlar
va bu so‘z ko‘pligi bo‘lmish ajinalar to‘g‘risida gap ketganda ularning borligiga
ishonishmaydi. Holbuki Qur’oni karimda jinlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi,
yetmish ikkinchi suraning nomi “Jin” deb ataladi. Shuning uchun jinlarning
borligiga har bir musulmon iymon keltirishi lozim”. Darhaqiqat, jinlar bizga
ko‘rinmas bo‘lib, jin so‘zi arabcha “to‘silgan” degan ma’noni anglatadi. Olloh
taolo “Rahmon” surasida: “Insonni sopolga o‘xshash qurigan loydan yaratdi. Va
jinlarni o‘t-alangadan yaratdi” , oyatida jinlarning olovdan yaratilgani keltirib
o‘tiladi.

Asar hikoya qahramoni O‘sar akaning shahardan qishloqqa kelib, bog‘

ishlari tafsiloti bilan boshlanadi. Hikoyaning ilk qismidayoq muallif mistik
kayfiyat hosil qiluvchi detallarni ustalik bilan tasvirlaydi. “Maydon nihoyatda
qorong‘i va vahimali edi”. Gap Hamdam xumdonchining chakalakzor maydoni
haqida ketmoqda. Qalin daraxtzor va shovqinlar hikoyani paranormal
voqealarga tayyorlovchi omillardan bo‘lib xizmat qiladi. “…ko‘chada
chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashidan boshqa tovush yo‘q
edi. Men bog‘dan chiqqanda xufton bo‘lmasa ham shunga yaqinlashib qolgan
edi”. Abdulla Qodiriy bejizga shom va xufton oralig‘idagi vaqtni hikoya uchun
xurofiy zamon sifatida olmagan. Sababi islomiy manbalarga ko‘ra, shom va
xufton orasida jin va shaytonlar qo‘yib yuborilishi, ularning insonga zarar
yetkazishga urinishi haqida hadislar bor. Aksariyat, asarlarda ham shom vaqti
noxush hodisalarning boshlanish debochasi bo‘lib keladi.

Xususan, Shodiqul Hamroning “Qora kun” qissasida masjidning yetti

ustunidan birining qulab tushishi va g‘ayritabiiy tarzda yo‘qolgan tobut voqelari
ham aynan shom vaqtiga to‘g‘ri keladi. Psixologik nuqtayi nazardan esa
qorong‘ulik va yolg‘izlik inson ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Tadqiqotlarga
ko‘ra, inson ongi qorong‘uda g‘ayritabiiy mavjudotlarni “ko‘rishga” moyil bo‘ladi.
Ayniqsa bu holat insonning qo‘rquvlari kuchaygan paytda yaqqol namoyon


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

bo‘ladi. Qahramonning ham boshi aylanib, yuragi tez urib ketishi mistik
holatlarni o‘zida his qilgan insonning fiziologik reaksiyalariga mos keladi.

Hikoyada qahramonning sirli va g‘ayritabiiy bazmga duch kelishi

“paranormal epizodlar”ning to‘liq namoyon bo‘lish nuqtasidir. Sababi, qahramon
Hamdam xumdonchining maydonidagi g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni ko‘rganida
hayron qoladi: kunduzi xarobaga o‘xshagan joy kechasi yorqin chiroqlar bilan
bezatilgan, to‘kin dasturxon atrofida shodon yigit-qizlar bazmga yig‘ilgan edilar.
Zotan, “…boyqushlar uyasi bo‘lgan bir vayronada bunday voqeaning yuz berishi
kishini albatta hayron qilar edi. Holbuki, men shu kun ertalab ham bu
maydondan o‘tgan edim. Bu yerda biror ziyofat bo‘laturgan bo‘lsa, erta bilan
uning bir asari ko‘rinar edi” . Hikoya qahramonini bazm ishtirokchilari, ya’ni
jinlar avvaldan taniydigan kishilardek bazmga taklif etishadi, poyadan qutulib
olganligini ham so‘rashadi. “Odatda majlisga kirib o‘ltirgandan keyin fotiha
o‘qilar edi. Biroq ularning har turli savol va muomalalari bilan ovora bo‘lib,
fotiha o‘qish ham yodimdan chiqqan”, -deydi O‘sar aka. Hikoyaning eng muhim
nuqtasi mana shu joyda ochiladi. Islomiy manbalarga ko‘ra, Ollohning kalomidan
sura va oyatlar aytilgan joylardan jin va shaytonlar qochadi. Jinlar shu sabab
hikoya qahramonini “Fotiha” surasini o‘qishdan chalg‘itadi.

Hikoyada jinlar tomonidan ijro etilgan musiqa va raqs qahramonni o‘ziga

mahliyo qiladi, yurak urishi tezlashadi va aqlini o‘g‘irlaydi. Bunday holat gipnoz
yoki trans (qandaydir fazo, maydon orqali harakatlanish, uni kesib oʻtish)
holatiga tushish bilan bog‘liq hodisa sanaladi. Paranormal holatlardan yana biri -
qahramonning ong ostiga ta’sir o‘tkazilishidir. Jumladan, qahramonning o‘z-
o‘zidan raqsga tushishi, musiqaning sehrli ta’siridan ezilib yig‘lashi va his-
tuyg‘ularining noodatiy o‘zgarishi: boshida dahshat, keyin lazzat, shodlikni his
etishi uning o‘z irodasidan tashqarida harakat qilayotganini anglatadi va bu
holatlar reallikka mos kelmaydi. Qahramon haqiqiy dunyoda fizik jihatdan bor
bo‘lgani bilan, uning ongi mutlaqo boshqa fazoda harakat qiladi va vaqt
tushunchasi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ayni bu jarayonlar paranormal
holatlarga xos hodisa sanaladi.

Hikoyada eng kulminatsion lahza - jinlar bazmining bir lahzada g‘oyib

bo‘lishi va bayramona muhit, shohona bazmning hech qanday belgi
qoldirmasdan yo‘qolib qolish tasvirlaridir. Qahramon qorong‘u maydondagi
ariqning ichida o‘zini topishi nafaqat qahramon uchun, balki kitobxon uchun
ham mavhum holat hisoblanadi. Hikoyadagi o‘qituvchining (muallim afandi)
“vahima, xayolat” deya baho berishi voqeaga ikkinchi qarashni shakllantiradi,
ya’ni bu shunchaki qahramon ongida ro‘y bergan vahima, yoki aqliy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

8

charchoqdan kelib chiqqan gallyutsinatsiya bo‘lishi mumkin. Adibning mahorati
shundaki, so‘nggi hukm va xulosani o‘quvchining o‘ziga havola qiladi, o‘quvchini
konkret bir xulosaga yo‘naltirishdan ko‘ra, ko‘proq mushohada qilishga undaydi.

Xo‘sh, Abdulla Qodiriy bu hikoyadagi jinlar syujeti orqali qanday badiiy

maqsadni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin? Adabiyotshunos Bahodir Karim “Jinlar
bazmi” hikoyasi yozilgan tarixiy muhitdagi o‘zgarish yodga olinsa Abdulla
Qodiriy qalamga olgan bu hodisani ijtimoiy hayotga, jamiyatga bog‘lagan holda
tahlil qilish ham mumkin. Adib O‘sar aka yo‘liqqan bazm-cholg‘ulardan taralgan
kuy bois odamning goh mahzun, goh quvnoq holatga tushishi, davralarda ayollar
bilan erlarning aralash-quralash o‘tirishlari bazm uyushtirib, yosh qizlarning
raqsga tushishlari – bular yangi jamiyat a’zolariga nisbatan adibning
munosabatidir. Uzoq o‘tmishdan davom qilib kelayotgan milliy an’analarning
o‘tgan asr boshida buzilishlarini, talofatga uchrashlarini adib kinoyaviy yo‘sinda
“jinlar bazmi”ga mengzayotgan bo‘lishi ham mumkin”, deya fikr bildiradi.

Darhaqiqat, hikoya g‘oyasini uning yaratilgan davri ijtimoiy-madaniy

kontekstida tahlil qilsak, adib “jinlar” voqealari orqali o‘sha davrning ijtimoiy-
siyosiy muhitini badiiy shaklda ifodalagan. Jinlar bazmiga duch kelgan
qahramonning hayrat va qo‘rquv hissi zamirida yozuvchining o‘zi ham o‘sha
davrda yuz berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan xavotir bilan qaraganini taxmin
qilish mumkin. Chunki adib asarlarida doimo eski va yangi dunyo o‘rtasidagi
keskin to‘qnashuv aks etib kelgan. Jinlar hikoyada ikki tomonlama ma’no kasb
etadi: ular bir tomondan g‘ayritabiiy mavjudot sifatida ko‘rinsa, ikkinchi
tomondan esa, ular yangi jamiyatning axloqiy buzilishlari, axloqiy me’yorlar
yo‘qolib borayotganining belgisi sifatida talqin qilinishi mumkin. Jinlar bazmi
shunchaki g‘ayritabiiy tasvir emas, balki ijtimoiy voqelikning o‘zgarish
jarayonini jonlantirish uchun tanlangan kuchli badiiy timsoldir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Д.Қуронов., З.Мамажонов., М.Шералиева. Адабиётшунослик луғати. -

Тошкент: Академнашр, 2013- Б. 177
2.

Узоқ Жўрақулов Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр.

Хронотоп (Илмий-назарий тадқиқотлар, адабий-танқидий мақолалар)
Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. Тошкент – 2015 51-
бет
3.

Karimov B. Abdulla Qodiriy. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2022. B 44-

45
4.

Шайх Муҳаммад Юсуф Муҳаммад Содиқ. Тафсири Ҳилол. 6-жуз

Тошкент -2008. 10-11-бетлар


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

9

5.

Баҳодир Карим. Руҳият алифбоси. Адабий-илмий мақолалар. -

Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи,2018.-Б. 23
6.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-qodiriy-

1894-1938/abdulla-qodiriy-jinlar-bazmi-hikoya

Библиографические ссылки

Д.Қуронов., З.Мамажонов., М.Шералиева. Адабиётшунослик луғати. - Тошкент: Академнашр, 2013- Б. 177

Узоқ Жўрақулов Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп (Илмий-назарий тадқиқотлар, адабий-танқидий мақолалар) Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. Тошкент – 2015 51-бет

Karimov B. Abdulla Qodiriy. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2022. B 44-45

Шайх Муҳаммад Юсуф Муҳаммад Содиқ. Тафсири Ҳилол. 6-жуз Тошкент -2008. 10-11-бетлар

Баҳодир Карим. Руҳият алифбоси. Адабий-илмий мақолалар. -Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи,2018.-Б. 23

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-qodiriy-1894-1938/abdulla-qodiriy-jinlar-bazmi-hikoya