Авторы

  • Husanboy Sultonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105864

Ключевые слова:

Oʻrta Osiyo Antik davr Sog‘dlar Baqtriya Xorazm Fargʻona Ijtimoiy hayot Iqtisodiy hayot Madaniy hayot Ipak yoʻli Dehqonchilik Chorvachilik Savdo Sugʻorish tizimi Zoroastrizm Buddizm Manichaizm Yunon madaniyati Arxitektura San’at.

Аннотация

Oʻrta Osiyo qadim zamonlardan buyon turli davrlar va xalqlarga mezbonlik qilgan hudud boʻlib, antik davrda bu yerda bir qancha yirik davlatlar va madaniyatlar mavjud edi. Ushbu mintaqada yashagan davlatlar, jumladan, Sogdlar, Bactriya, Xorazm va Fargʻona, iqtisodiy va madaniy jihatdan oʻzaro aloqada boʻlib, Ipak yoʻli orqali Sharq va Gʻarbni bog‘lashda muhim rol oʻynagan. Oʻrta Osiyodagi antik davr davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimi dehqonchilik, chorvachilik va savdoga asoslangan boʻlib, sugʻorish tizimlari va qishloq xoʻjaligi faoliyatining rivojlanishi hududning iqtisodiy farovonligiga xizmat qilgan. Madaniyatda esa Zoroastrizm, buddizm, manichaizm va yunon madaniyatlari ta’siri sezilgan, bu esa oʻz navbatida san’at, arxitektura va diniy hayotga katta o‘zgarishlarni olib kirgan. Oʻrta Osiyo antik davri davlatlarining boy ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy merosi mintaqaning tarixi va madaniyatining ajralmas qismiga aylangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

147

OʻRTA OSIYODA ANTIK DAVR DAVLATLARI VA ULARNING

IJTIMOIY - IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI.

Sultonova Husanboy Qahramon oʻgʻli

Tel. raqam: + 998901137071

Elektron pochta: sultonovhusanboy08@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15631264

Anotatsiya

Oʻrta Osiyo qadim zamonlardan buyon turli davrlar va xalqlarga mezbonlik

qilgan hudud boʻlib, antik davrda bu yerda bir qancha yirik davlatlar va
madaniyatlar mavjud edi. Ushbu mintaqada yashagan davlatlar, jumladan,
Sogdlar, Bactriya, Xorazm va Fargʻona, iqtisodiy va madaniy jihatdan oʻzaro
aloqada boʻlib, Ipak yoʻli orqali Sharq va Gʻarbni bog‘lashda muhim rol oʻynagan.
Oʻrta Osiyodagi antik davr davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tizimi dehqonchilik,
chorvachilik va savdoga asoslangan boʻlib, sugʻorish tizimlari va qishloq xoʻjaligi
faoliyatining rivojlanishi hududning iqtisodiy farovonligiga xizmat qilgan.
Madaniyatda esa Zoroastrizm, buddizm, manichaizm va yunon madaniyatlari
ta’siri sezilgan, bu esa oʻz navbatida san’at, arxitektura va diniy hayotga katta
o‘zgarishlarni olib kirgan. Oʻrta Osiyo antik davri davlatlarining boy ijtimoiy -
iqtisodiy va madaniy merosi mintaqaning tarixi va madaniyatining ajralmas
qismiga aylangan.

Kalit soʻzlar:

Oʻrta Osiyo, Antik davr, Sog‘dlar, Baqtriya, Xorazm, Fargʻona,

Ijtimoiy hayot, Iqtisodiy hayot, Madaniy hayot, Ipak yoʻli, Dehqonchilik,
Chorvachilik, Savdo, Sugʻorish tizimi, Zoroastrizm, Buddizm, Manichaizm, Yunon
madaniyati, Arxitektura, San’at.

Аннотация

Центральная Азия была домом для множества эпох и народов с

древних времен, и несколько крупных государств и культур существовали
здесь в древности. Государства, населявшие этот регион, включая
Согданию, Бактрию, Хорезм и Фергану, взаимодействовали экономически
и культурно, играя важную роль в соединении Востока и Запада через
Шелковый путь. Социально-экономическая система древних государств
Средней Азии основывалась на земледелии, животноводстве и торговле, а
развитие ирригационных систем и сельскохозяйственной деятельности
служило экономическому благосостоянию региона. В культуре ощущалось
влияние зороастризма, буддизма, манихейства и греческой культуры, что
в свою очередь оказало большое влияние на искусство, архитектуру и
религиозную жизнь. Богатое социально - экономическое и культурное


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

148

наследие древних государств Средней Азии стало неотъемлемой частью
истории и культуры региона.

Ключевые слова:

Центральная Азия, Античность, Согдийцы, Бактрия,

Хорезм, Фергана, Общественная жизнь, Экономическая жизнь, Культурная
жизнь, Шелковый путь, Сельское хозяйство, Животноводство, Торговля,
Ирригационная система, Зороастризм, Буддизм, Манихейство, Греческая
культура, Архитектура, Искусство.

Annotation

Central Asia has been a region that has hosted various eras and peoples

since ancient times, and several major states and cultures existed here in
antiquity. The states that inhabited this region, including Sogdia, Bactria,
Khorezm, and Fergana, interacted economically and culturally, playing an
important role in connecting the East and the West through the Silk Road. The
socio - economic system of the ancient states of Central Asia was based on
agriculture, animal husbandry, and trade, and the development of irrigation
systems and agricultural activities served the economic well - being of the
region. In culture, the influence of Zoroastrianism, Buddhism, Manichaeism, and
Greek cultures was felt, which in turn had a great impact on art, architecture,
and religious life. The rich socio - economic and cultural heritage of the ancient
states of Central Asia has become an integral part of the history and culture of
the region.

Keywords:

Central Asia, Antiquity, Sogdians, Bactria, Khorezm, Fergana,

Social life, Economic life, Cultural life, Silk Road, Agriculture, Animal husbandry,
Trade, Irrigation system, Zoroastrianism, Buddhism, Manichaeism, Greek
culture, Architecture, Art.

Oʻrta Osiyo, oʻzining tarixiy - geografik joylashuvi tufayli qadimdan koʻplab

yirik antik davr davlatlariga mezbonlik qilgan. Bu hudud Ipak yoʻli orqali Sharq
va Gʻarbni bogʻlagan, madaniyatlar va iqtisodiy aloqalar rivojlangan. Oʻrta
Osiyodagi antik davr davlatlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti juda
rang - barang boʻlib, bu hududda turli xalqlar, dinlar va madaniyatlar oʻzaro
ta’sir oʻtkazgan. “Antik davr” tushunchasi mil. avv. III asrning oʻrtalariga
kelganda Salavkiylar saltanatining Oʻrta Osiyodagi mavqeyi tushub ketishiga olib
keldi. Bu holat yuz berishi yunon - makedoniyalik bosqinchilarga qarshi olib
borgan kurashlarida namoyon bo‘ladi. Yunon - Baqtriya sharqning yirik davlati
sifatida 120 yildan ortiq vaqt yashashi davrida uning iqtisodiyoti, madaniyati,
ravnaqi, kuchayib bordi. Keyingi 30 - 40 yil ichida bu davrga oid yodgorliklar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

149

ochib oʻrganilgan. Bu haqda Baqtriya Sugʻdiyona, Margʻiyona hududlarida topib
oʻrganilgan yodgorliklarni sanab oʻtish mumkin.

Yunon - Baqtriya davlati bilan bir vaqtda Parfiya (Arshakiylar) davlati

vujudga keldi. Sirdaryoning oʻrta oqimlarida hozirgi Toshkent va Sirdaryo
viloyatlari hamda Janubiy Qozogʻiston yerlarida yashovchi qadimgi shak
qabilalarining makedoniyalik Iskandar va keyinchalik Salavkiylarga qarshi
kurashlari natijasida mil. avv. III asrda Qangʻ davlatining tashkil topishi, bu
zaminda yashovchi qadimgi sugʻdiy tilda soʻzlashuvchi tub yerli xalqlar bilan
turkiy tilda soʻzlashuvchi qabilalarning yaqinlashishlari oqibatida keyinchalik
vujudga kelgan yangi etnos “Qangʻar elati”, ularning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan
oʻrnini koʻrsatdi. Bu haqida K. Shoniyozovning asarida ko‘rishmiz mumkin. Bu
davirda Qadimgi Fargʻona (Davan) podisholigi haqida dastlabki ma’lumotlar va
arxeologik tadqiqotlar natijalarida ko‘plab ma‘lumotlar topiladi. Mil. avv. V -
milodiy IV asrlar oraligʻida qadimgi Xorazmda davlatchilik an’analari
taraqqiyotini oʻrganilgan. O‘rta Osiyo hududida yashagan xalqlar oʻtmishini
davrlar silsilasidan holi chegaralangan koʻrinishda kechgan deb tasavvur qilish
mumkin emas. Tarixiy jarayonlarni oʻrganishdagi yondashuvlar keyingi yillarda
sifat jihatidan yangi nazariya - ijtimoiy tuzumni qaytadan tasniflash masalasini
ham taqozo etmoqda.

Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80 yillaridan

buyon qator tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Ushbu
tadqiqotlar natijasida, koʻchmanchilar jamiyati tuzilishida kuchli sotsial -
iqtisodiy differensasiya mavjud boʻlib, ular jamiyati urugʻ, qabila tuzumining
yuqori choʻqqisi - harbiy demokratiya koʻrinishida boʻlganligi, quldorlik tuzumi
mil. avv. V asrdan boshlangani, keyingi davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy
demokratiya yoki ilk feudal - patriarxal ko‘rinishida boʻlganligi kabi xulosalar
chiqarilgan. Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, oʻz tasdigʻini toʻliq topgan
ilmiy fikrga kelinmagan. B. A. Litvinskiy koʻpgina sak qabilalari sinfiylik belgilari
mavjud bo‘lgan jamiyatda yashaganligini takidlaydi. G. Ye. Markov, Oʻrta
Osiyoliklar jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud bo‘lsada, tabaqaviy va sinfiy
differensasiyaning sust rivojlanganligi, chorvaga nisbatan xususiy mulkchilik
saqlangan holda, yer - yaylovlar umum jamoa, qabilaga tegishli boʻlgani, boy
chorvadorlarning yollanma mehnatdan foydalangani, bir nechta qabilalarning
harbiy ittifoqlarga birlashib, ularning oʻz qoʻshini mavjudligi, dashtning ma’lum
qismini nazoratda tutadigan qabilaviy tashkilot faoliyati, jamiyatning asosi esa
urugʻchilik an’analariga tayanishi kabi qator xususiyatlarni sanab koʻrsatadi.
Ularga asoslanib muallif, Oʻrta Osiyoliklarda kuchli mulkiy va ijtimoiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

150

differensiya jarayoni va sinflar tashkil topishi, ya’ni sinfiylik jamiyati mukammal
tugallanmagan koʻrinishda bo‘lgan degan xulosaga keladi.

S. P. Tolstov Xorazm bilan kuchli aloqada boʻlgan massaget qabilalarida

sekinlik bilan davlatchilik shakllanganligini ta’kidlagan. Biroq, keyinchalik, bu
fikrini tasdiqlaydigan materiallarning kamligi tufayli unga turlicha e’tirozlar
bildirilgan. Gerodot, skiflarning oʻz podshosi borligi, Plutarx ularning
podsholaridan, Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa koʻchmanchi skiflar podshosi
Sirm haqida ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak
va usunlarning oʻtroq hayot tarzi bilan bogʻliqligi haqidagi ma’lumotlar, ularda
ijtimoiy munosabatlar rivojlanganligini koʻrsatadi. Shunday boʻlsada, Oʻrta Osiyo
xalqlarining jamiyati mil. avv. II asrdan milodning VIII-IX asrlarigacha quldorlik
bosqichi (jamiyati) ni bosib oʻtganligi va bu jamiyat harbiy quldorlik
demokratiyasi shaklida rivojlanganligini, milodiy eramizdan avvalgi I ming
yilliklardagi ilk ular jamiyatini davlatchilikkacha boʻlgan ittifoq, oʻrta asr
koʻchmanchilari jamiyatini esa davlatchilik koʻrinishiga ega boʻlgan siyosiy
tuzilma sifatida e’tirof etish mumkin.

Oʻrta Osiyoliklar jamiyatida sharq despotizmi deb atalgan holat ham oʻtroq

dehqonchilikdagi kabi rivojlangan shaklda boʻlmagan. Milodiy eramizdan avvalgi
I - ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat konfederasiyalariga asos solinadi.
“Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik manbalarda Sirdaryo havzasi sak
qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri boʻlib, bu saklarning
kamonda jang qiluvchi va undan bexato otuvchi, mergan Yaksart saklari - saka -
xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi. K. A. Abdullayev ba’zi tadqiqotlarda saka -
xaumovargalarni saka amyurgiyalar bilan chalkashtirish hanuz davom
etayotganligini uqtirib, ko‘plab yozma manbalar tahlili asosida, “xaoma iste’mol
qiluvchi xaumovargalarning yashash joyi Sirdaryo oʻrta oqimida boʻlgan” - deb
ta’kidlaydi. Oʻrta Osiyo xalqlarining antik davrdagi davlatchilikning asosiy
xususiyatlari Qang‘ davrida shakllanadi. Qangʻ toʻgʻrisidagi ilk ma’lumotlar
“Avesto”da uchraydi, bu manbada u Qangxa deb nomlanadi. Qangʻ davlati
asoschilari sak qabilalari boʻlib, ular Jetiasar madaniyati vakillari bilan kuchli
aloqada boʻlgan. Mil. avv. II va milodiy II asrlarda bu davlat tarkibiga Suse (Kesh
- Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuyni (Toshkent vohasi), Gi (Buxoro
vohasi), Yuyegyan (Urganch shahri va atrofi) zabt etilganligi, unga qarashli Kan,
Mi, Sao, Unage, Mu kabi dehqonchilik viloyatlar boʻlganligi eslatiladi. Miloddan
avvalgi II - I asrlarda Orol dengizining shimoliy - gʻarbiy va Kaspiy dengizining
shimolidagi Yan va Yansay yerlari ham Qangʻ davlatiga qaram boʻlgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

151

Oʻrta Osiyodagi davlatlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etuvchi qabila

ittifoqlari tarzida mavjud boʻlgan. Bu qabila ittifoqlari ayrim vaqtlari tarqalib va
yana vaziyatga qarab qaytadan tashkil etilavergan. Bu siyosiy birlashmalarda
xalq yig‘ini muhim ro‘l o‘ynagan. Xalq yig‘inida barcha qurolli aholi qatnashib,
unda urush yoki sulh masalalari hal qilingan. Ittifoqqa kiruvchi qabila boshliqlari
ishtirok etadigan qurultoy, muqaddas joyda, istehkomga yaqin yerda chaqirilib,
unda eski odat bo‘yicha dasht podshohligiga nomzod saylangan, hukmron
unvonidan tashqari yangi davlat yoki ittifoq uchun nom ham qoʻyilgan.
Koʻchmanchilarda esa qabila oqsoqollarining ma’qullashi bilan taxt odatda
otadan oʻgʻilga emas, balki ushbu sulola (xonadonning) yoshi katta (birinchi
avlod) vakiliga, xususan, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Bu
tartib bitta oila qoʻlida davlat boshqaruvining saqlanib qolmasligini ta’minlagan.
Hokimiyatni hukmron sulola qoʻlida jamlash prinsipi Markaziy Osiyoning
koʻchmanchi davlatlarida boshqaruvning an’anaviy usuli boʻlib, u ikki yoqlama
samara berardi. Ya’ni bir tomondan, ko‘chmanchi chorvachilik hukmron bo‘lgan
sharoitlarda boshqaruvning va mudofaning barqarorligi ta’minlansa,
ikkinchidan, sulolaning oʻz ichida ham nisbatan osoyishtalik ta’minlanar edi.

Antik davrning yirik siyosiy birlashmasi - Qangʻ davlatida oʻlkalar

viloyatlarga boʻlinib, chorvador qabilalarga qarashli hududlar jabgʻular
tomonidan boshqarilgan. Jabgʻular odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan
tayinlangan. Oʻtroq aholi yashaydigan viloyatlarni boshqarish esa mahalliy
hokimliklar tasarrufida qoldirilib, ular hoqon tayinlagan tudanlar nazoratida
markaziy hokimiyatga muntazam soliq toʻlab turgan. Xitoy manbalarida Qangʻuy
podsholari mamlakatni oqsoqollar kengashiga tayanib boshqarganligi keltirladi.
Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar fa’ol qatnashib davlat
hokimiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho hokimiyati maslahat majlisi
bilan hamkorlikda ish yuritgan. Bu boshqaruv usuli tarixda harbiy demokratiya
prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tizimi, deb nom olgan. Davlatni
boshqarishda avvalo, hukmron sulola a’zolari hamda ular tomonidan barpo
etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi.

Manbalarning ma’lumot berishicha, u toʻrtga boʻlingan. Ya’ni, qarindoshlar:

hoqonga ittifoqdosh boʻlgan qabila va halqlar; hoqonning oʻng tomonida
oʻtiruvchi amaldorlar va ma’muriy hodimlar; hoqonning chap tomonida
oʻtiruvchi amaldorlar va xodimlar. Koʻchmanchilarda davlat vujudga kelishi,
qo‘shni qabilalarni ham bo‘ysundira olgan jasur, barcha ishlarda tadbirkor va
omadli sardor boshqaruvidagi bir qabilaning kuchayishi bilan ham bogʻliq
boʻlgan. Antik davrning oxirlariga kelib yangi (navbatdagi guruh - xioniy, kidariy,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

152

eftaliy kabi) qabilalarning kirib kelishi bilan, hokimliklar avval mahalliy sulolalar
tomonidan boshqarilgan bo‘lsa, keyinchalik ular turkiy sulolalar qo‘liga oʻtadi.
Antik davrda Oʻrta Osiyoga ko‘chmanchilarning kirib kelishi bilan oldindan
shakllanib kelayotgan turkiy udumlar asosidagi ko‘pgina davlat boshqaruv
tartiblari (Qangʻ davrida), aniq qiyofa kasb etib, sayqal topgan. Bu holat
ko‘chmanchilarning keyingi (turklar) kirib kelish bosqichlarida ancha aniq
namoyon bo‘ladi. Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy - siyosiy tizimi qanchalik
puxta va mukammal bo‘lmasin siyosiy jipslikka tobora rahna tushardi. Bu
jarayon, xukumat umumxalq manfaatini ko‘zlagan taqdirda ham oʻz mevasini
bermasdan qolmas edi. Ushbu oʻziga xoslik zaminida ishlab chiqarish
darajasining pastligi hamda urugʻchilik turmush tarzining saqlanishi yotardi.
Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumini feodal munosabatlar vujudga
kelishining ilk ko‘rinishi deyish mumkin. Gerodot, skiflar podshosi vafot etsa, u
bilan birga ellik nafargacha xizmatkori, qoʻriqchilari va ko‘plab sara otlari
qoʻshib dafn etilganini yozadi. Boy chorvadorning xoʻjaligida yollanma
xizmatkorlar va qullar ham boʻlgan. Ammo koʻchmanchi xoʻjaliklarda qullarning
qochib ketmaganligidan unga munosabat yomon boʻlmaganligi va uning ahvoli
ham ogʻir boʻlmaganligini koʻrsatadi.

Xulosa

Oʻrta Osiyodagi antik davr davlatlarining ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy

hayoti bir - biridan farq qilar edi, lekin ular oʻrtasidagi madaniy va savdo
aloqalari hududning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir koʻrsatgan.
Bu davlatlar oʻzaro aloqalar, iqtisodiy savdo va diniy hamjihatlik orqali Oʻrta
Osiyonning boy tarixiy merosini tashkil etgan. Antik davrda oxirlariga kelganda
Oʻrta Osiyo xalqlari jamiyatida ijtimoiy munosabatlar jadallashgan. Bu davrda
koʻchmanchilarning kirib kelishi, oʻzbek davlatchiligiga xos ijtimoiy - siyosiy
munosabatlar yanada sayqal topishida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu
an’analar asosidagi boshqaruv tartiblari ulkan hududlarni yagona tizimga
keltirib, tarqoq ellarni birlashtirishga xizmat qildi.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib - intizom va
shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
“O‘zbekiston” Toshkent 2017 - yil
2. Shavkat Mirziyoyev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va
ruhi maʼnaviyatdir 2021 - 01 - 20 (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida 19 - yanvar kuni maʼnaviy - maʼrifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini
kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

153

3. Sagdullayev A. S. O‘zbekiston tarixi I kitob “Donishmand ziyosi” Toshkent,
2021 - yil
4. Murtazaeva, R. X O‘zbekiston tarixi. “Yangi avlod” Toshkent, 2003 - yil
5. Ergashev, Q, Hamidov. H. O‘zbekiston tarixi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi Toshkent, 2015 - yil
6. Usmonov, Q. Sodiqov M, Burxonova . S. O‘zbekiston tarixi Toshkent “Iqtisod -
moliya” 2016 - yil
7. Ergashev, Q, Hamidov H O‘zbekiston tarixi Toshkent, 2015 - yil
8. Saidov, Sh. J. Markaziy Osiyo Xalqlari Tarixi Toshkent, - 2010 - yil
9. Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. - Toshkent,. “Sharq” 2001
- yil
10. Shoniyozov K. Sh. Qang‘ davlati va qang‘lilar. - Toshkent: “Fan” 1990 - yil
11. Saidov Sh. J Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodiy
VII - VIII asrlargaсha). Toshkent, 2010 - yil
12. Asqarov, Axmadali O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. Toshkent,
“O‘zbekiston” 2015 - yil
13. Sagdullayev, A, Aminov B, Mavlonov O‘, Norqulov N. O‘zbekiston tarixi davlat
va jamiyat taraqqiyoti I qism “Akademiya” Toshkent, 2000 - yil

Библиографические ссылки

Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. “O‘zbekiston” Toshkent 2017 - yil

Shavkat Mirziyoyev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir 2021 - 01 - 20 (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 - yanvar kuni maʼnaviy - maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.)

Sagdullayev A. S. O‘zbekiston tarixi I kitob “Donishmand ziyosi” Toshkent, 2021 - yil

Murtazaeva, R. X O‘zbekiston tarixi. “Yangi avlod” Toshkent, 2003 - yil

Ergashev, Q, Hamidov. H. O‘zbekiston tarixi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent, 2015 - yil

Usmonov, Q. Sodiqov M, Burxonova . S. O‘zbekiston tarixi Toshkent “Iqtisod - moliya” 2016 - yil

Ergashev, Q, Hamidov H O‘zbekiston tarixi Toshkent, 2015 - yil

Saidov, Sh. J. Markaziy Osiyo Xalqlari Tarixi Toshkent, - 2010 - yil

Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. - Toshkent,. “Sharq” 2001 - yil

Shoniyozov K. Sh. Qang‘ davlati va qang‘lilar. - Toshkent: “Fan” 1990 - yil

Saidov Sh. J Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodiy VII - VIII asrlargaсha). Toshkent, 2010 - yil

Asqarov, Axmadali O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi. Toshkent, “O‘zbekiston” 2015 - yil

Sagdullayev, A, Aminov B, Mavlonov O‘, Norqulov N. O‘zbekiston tarixi davlat va jamiyat taraqqiyoti I qism “Akademiya” Toshkent, 2000 - yil