ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
123
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH YUZASIDAN ILMIY YO’NDASHUVLAR
Saydxodjayeva Nigorahon Ibaydullaevna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti iqtisodiyot
kafedrasi katta o'qituvchisi
saidhodjaevanigorahon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15629547
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yangi O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyati hamda biznes xususidagi fannining fan sifatida shakllanishiga o‘z
hissasini qo‘shgan xorijiy iqtisodchi olimlarning XVI asrdan boshlab XX asrgacha
olib borgan tadqiqotlari va qarashlari, shuningdek, MDH davlatlarining
iqtisodchi olimlari tomonidan berilgan ta’riflar hamda ularning kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng yoritilishidagi ahamiyati keltirib o‘tilgan.
Shu jumladan, mamlakatimizda o‘z faoliyatini olib borayotgan iqtisodiyot
olamining yirik namoyondalarining fikr va mulohazalari, soha yuzasidan olib
borilgan ilmiy tadqiqotlari o‘rganilib, ular yuzasidan xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
tadbirkor, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyati,tavakkalchilik,tashkilotchilik,
tadbirkorlik
subektlari,
iqtisodiy
taraqqiyot, harakatlantiruvchi kuch, mahsulot ishlab chiqarish, bozor
iqtisodiyoti, mahalliy ehtiyojlar, hizmatlar ko‘rsatish, daromad topish.
Аннотация
В данной статье представлены исследования и взгляды зарубежных
ученых-экономистов, внесших вклад в становление малого бизнеса и
частного предпринимательства и науки о бизнесе в новом Узбекистане с
XVI века до XX века, а также определения ученых-экономистов стран СНГ и
их значение в широком освещении деятельности малого бизнеса и
частного предпринимательства. В том числе, были изучены мнения и
мнения крупнейших представителей мира экономики, осуществляющих
свою деятельность в нашей стране, научные исследования, проведенные в
этой области, и даны выводы по ним.
Ключевые слова:
предприниматель, малый бизнес и частное
предпринимательство,риск,организация,
хозяйствующие
субъекты,
экономический прогресс, движущая сила, производство продукции,
рыночная экономика, местные потребности, предоставление услуг,
получение дохода.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
124
Annotation
This article cites the research and views of foreign economic scientists who
contributed to the formation of the science of small business and private
entrepreneurship in New Uzbekistan from the 16th to the 20th century, as well
as the definitions given by economic scientists of the CIS countries and their
importance in the broad coverage of small business and private
entrepreneurship. At the same time, the opinions and opinions of the major
figures of the world of economics, the scientific research carried out on the field,
which are conducting their activities in our country, were studied and
conclusions were drawn on them.
Keywords:
entrepreneur, small business and private entrepreneurial
activity,risk,organization, entrepreneurial subtext, economic development,
driving force, product production, market economy, local needs, services
display, earning.
Tadbirkorlik tushunchasi XVI asrdan boshlab iqtisodchilar, ruhshunoslar,
siyosatshunoslar fikrini o`ziga jalb eta boshladi. J.B.Sey, A.Marshall, V.Zombart,
Y.Shumpeter, F.Noytlar tadbirkorlik ilmining asoschilari hisoblanadi. XVIII
asrning boshida iqtisodiy nazariyaga birinchi bo`lib tadbirkorlik tushunchasini
kiritgan ingliz iqtisodchisi R. Kantil‘on “Tadbirkor deganda, birovlarning
tovarlarini ma’lum bo`lgan baholarda sotib olib, o`zinikini esa o`ziga ham
ma’lum bo`lmagan baholarda sotish orqali oldindan belgilanmagan miqdorda
daromad oluvchi kishining faoliyatini tushungan. Bu yerda- tavakkalchilik
tadbirkorning eng asosiy ko`rsatkichi deb hisoblangan
1
“. XVIII asrning oxiri –
XIX asrning boshlarida frantsuz iqtisodchisi Jan Batist Sey tadbirkorni vositachi,
ishlab chiqarish omillarining koordinatori, tajriba va bilim egasi deb, ta’riflaydi
2
.
Nemis iqtisodchisi V. Zombart (XIX asr oxiri – XX asr boshlarida)
ta’kidlashicha, tadbirkor - bu zabt etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish
qobiliyatiga ega bo`lgan, ma’naviy erkin, g`oyalarga boy, shijoatli va o`z so`zini
o`tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko`plab kishilarni
uyushtira oladigan shaxsdir
3
.
Tadbirkorlik nazariyasiga muhim hissa qo`shgan Avstriya iqtisodchisi Y.
Shumpeter o`zining 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” kitobida
tadbirkorni
ishlab
chiqarish
omillaridan
foydalanishning
yangi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
125
kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni
ta’minlaydigan kishi
4
deb aytadi.
Abu Ali ibn Sino shunday yozgan edi: «Odamlarning mulkiy tengsizligi,
vazifasining bir xil emasligi, o`zaro farqlari, inson ijtimoiy faoliyatining
sababidir»
5
.
Alisher Navoiyning zamondoshi Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, ishlab
chiqaruvchilar hokimiyatga so`zsiz itoat etishlari emas, balki keyingilari
mehnatkash dehqon, kosib-hunarmand, bog`bonning tinch mehnati uchun shart
– sharoitni yaratib berishlari kerak, boshqacharoq aytganda, ularga xizmat
qilishlari lozim
6
. Demak, so`z jahon tajribasi bilan milliy iqtisodiy qadriyatlarni
uyg`unlashtirish ustida bormoqda.
Tadbirkorlik faoliyati nazariyasi respublikamizdagi bir qator olimlar va
tadqiqotchilar A.O`lmasov, M.Sharifxo`jayev, Yo.Abdullayev, A.A.Xaitov,
Q.Muftaydinov, I.Yu.Umarov, Mahmudov R., M.M.Xayrullayev, Z.Xusanova,
X.Aliqulov, Do`stjonov T
7
. Salayev S., va boshqalarning asarlarida yoritilgan.
Tadbirkor, eng avvalo iqtisodiy sohada namoyon bo`lsa ham, aslida u
ko`proq ijtimoiy-iqtisodiy hodisa bo`libgina emas, balki ijtimoiy- psixologik
voqelikdir. Keng ma’noda tadbirkorlik holati – bu kishining tashabbuskorligi,
novatorligi, manfaatdorligi, ishga yangicha yondoshuvidir. Shuning uchun
tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishida uning to`g`ri boshqarilishi muhim va
rivojlanishi uchun asosiy omil bo`lib hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “biznes”, “tadbirkorlik” tushunchalari turlicha
talqin qilinadi. Bizning fikrimizcha, “Biznes tushunchasi – o`zbek tilida “ish”,
“faoliyat” ma’nolarini anglatib, foydali mehnat jarayonini aks ettiradi.
“Biznesmen” tushunchasi yuqoridagi ma’noga muvofiq, foydali ish bilan
shug`ullanuvchi tadbirkorni bildiradi. Demak, “biznesmen” va “tadbirkor”
tushunchasi sinonim tushunchalar bo`lib, o`z maqsadini amalga oshirish uchun
foydali ish bilan shug`ullanuvchi ishbilarmonni ifodalaydi. Bizning
tushunchamizga ko`ra, biznes-jarayon va tadbirkor shu jarayon sub’yekti
hisoblanib, o`z maqsadi yo`lida faoliyat yurituvchi sub’yekt hisoblanadi.
Yangi O`zbekistonni innovatsion rivojlanishida kichik biznes va
tadbirkorlikning salohiyati muhim. Shu sababdan, O`zbekistonning va
dunyoning ko`plab iqtisodchi olimlari bu masalani o`rganishda avvalo “biznes”,
“tadbirkorlik”, “kichik biznes” kategoriyalarining mohiyatini talqin qilishda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
126
o`zlarining ta’riflarini ilgari surishgan. Haqiqatdan ham yuqoridagi
kategoriyalarni mohiyati va mazmunini o`rganishda ularning ta’riflarini
quyidagicha guruxlashtirib o`rgandik:
Bir gurux olimlar, jumladan, A.Smit, J.Fillips, Z.K.Sidiqova, B.N.Ichitovkin
biznesni (tadbirkorlik) umumiy tarzda xo`jalik yuritish ma’nosida tushunib,
iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishdagi eng oson va qulay tuzilma sifatida
e’tirof etishgan
8
. Jumladan A.Smit: “Tadbirkor – xo`jalik yuritish tahlikasini o`z
zimmasiga oluvchi kapital egasidir
9
” deb talqinlagan. Yuqoridagilardan
ma’lumki, bu gurux olimlar tadbirkorni, avvalo xo`jalik yuritish shakli,
ikkinchidan xo`jalik yuritish sharoitidagi iqtisodiy mas’uliyat, uchinchidan,
mayda mulkdorlar faoliyati deb tushunishgan.
Ikkinchi gurux olimlar kichik biznesni mamlakat taraqqiyotini belgilovchi
muhim omil deb tushunishadi. Masalan, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi
akademigi S.S.G`ulomov o`z ta’rifida: “Kichik biznes - mamlakat taraqqiyotini
belgilovchi muhim omildir
10
” deb bilsa, O`zbekistonning birinchi prezidenti
I.A.Karimov tubandagicha ta’rifni ilgari suradi: “Kichik biznes iqtisodiyotni izchil
rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy
barqarorligining kafolati,
mamlakatimizni
taraqqiyot
yo`lidan olg`a
yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuchdir
11
”.
Yuqoridagi olimlar haqiqatdan ham kichik biznesni mamlakat taraqqiyotini
olg`a yetaklaydigan xarakatlantiruvchi kuchligini e’tiborga olishadi va uning
muhim omilligini ta’kidlashadi.
Bizning fikrimizcha, bu talqin ham umumiy tushunchaga ega bo`lib, kichik
biznes va tadbirkorlikni yuzaki ifodalaydi.
Iqtisodiy adabiyotlardagi bizningcha, uchinchi yo`nalish iqtisodchi olimlar –
Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G`ofurov, K.Makkonell, S.Bryu talqinlarida biz
o`rganayotgan kategoriyani ishlab chiqarish omillarini faoliyati va undagi
sub’yektning qarorni qabul qilish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy
qilib, yangi tovarlar yaratish yo`lidagi holatni ifoda qilishib, hatto tahlikaga
borishligini ta’kidlashadi. Masalan, K.Makkonell va S.Bryu: “Tadbirkorlik ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtirish, biznesni yuritish
jarayonida u qarorlar qabul qilish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy
qilib yangi tovarlar yaratish va tahlikaga borishdir
12
” deb ta’rif beradilar.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
Keltirilgan ta’riflardan quvonarlisi – e’tibor ishlab chiqarish jarayoniga,
unda qarorlar qabul qilishga, ijodkorlik, yangilik ruhi bilan mehnatga
yondashish ta’kidlanadi. Bu vaziyat Sh.Sh.Shodmonov, U.V.G`ofurovda yaqqol
ko`zga tashlanadi: “Tadbirkorlik bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat
ko`rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog`liq
faoliyatdir
13
”.
Muammoni jamiyat uchun o`ta dolzarbligi turli davrlarda yashab, ijod
qilgan iqtisodchi olimlarni bu yo`nalishga e’tiborini jalb qilgan. Masalan,
R.Kantilьon, R.Xizrich, M.Piters, V.Shepelev o`z fikrlashlaridan, tadbirkorni
muhim tamoyil, tavakkalchilik, yangilik yaratuvchi, qaysiki, ijtimoiy sub’yektni
qobiliyatidan foydalanib, maqsadga erishishga yo`naltirilgan intellektual
faoliyatligini e’tiborga olishadi. Bu o`rinda R.Kantil’on “Tadbirkorlik
tavakkalchilik bilan bog`liq har qanday faoliyatdir
14
” va V.Shepelevning
ta’riflari “Tadbirkorlik ijtimoiy sub’yektning shaxsiy omillaridan foydalanish
asosida bevosita ishtiroki orqali ro`yobga oshiriluvchi maqsadga erishishga
yo`naltirilgan intellektual faoliyatdir
15
” ta’riflari qimmatlidir.
Mamlakatimizning ko`zga ko`ringan iqtisodchi olimlari M.Sharifxo`jayev,
A.O`lmasov, A.Vahobov, Q.Muftaydinov, A.Haitov va Z.Xusanovalar
16
o`z
qarashlarida J.B.Sey, I.Kirtsner va G.Pinsho
17
talqinlariga o`xshash hamda bozor
iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy maqsadi – daromad topishga mo`ljallangan
iqtisodiy faoliyatdir, deb tushunishadi. Bu o`rinda M.Sharifxo`jayev, A.O`lmasov,
A.Vahobov ta’riflarini o`rganish muhimdir: “Tadbirkorlik- kishilarning moddiy
va pul mablag`larini amalda xo`jalik oborotiga tushirib, daromad topishga
mo`ljallangan iqtisodiy faoliyatdir
18
”, “Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos
bo`lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo`lib, bu ishlab chiqarishni resurslar bilan
ta’minlash, ularning samarali ishlatilishini tashkil etish yo`li bilan tovar va
xizmatlarni yaratish, ularni bozorga yetkazib berish va foyda olishga
qaratiladi
19
”.
Iqtisodiy adabiyotlarda biz o`rgangan mavzu bo`yicha ajoyib ta’riflarni
uchratish mumkin. Masalan, A.Orlov bu ta’rifni quyidagicha ifodalaydi: “Kichik
biznes - ishini yo`qotgan, xizmatdan iste’foga chiqqanlar, oilaning yosh va qari
a’zolarining, jiddiy ― kasal hisoblangan ijtimoiy guruhlarning o`tish, islohotlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
davridagi yashash, sog`ayish sektoridir
20
”. Talqindan ma’lumki, bu omil kichik
biznesni jamiyatdagi sotsial ahamiyatini muhim deb hisoblaydi.
Biz e’tiborimizni R.Brusbenk, Van Xorn, X.Velu e’tiborlaridagi mulohazalar
mavzuni o`rganishda mazkur kategoriyalarni ajoyib talqinlariga qaratdik:
“Kichik biznes asosan 3 ta narsa bilan (bandlar soni, yillik oboroti, balans)
ifodalanadi
21
”, “Bandlar soni 50 kishidan va yillik oboroti 1 mln. funt sterlingdan
past bo`lgan korxona kichik biznes bo`ladi
22
”, “Kichik biznes faqat tashkilot
rivojlanishining sifat ko`rsatkichlari (maqsad, menejment, mahsulot, xarajat)
yordamida aniqlanadi
23
”.
A.Vilenskiy iqtisodiy dunyoqarashida kichik biznesni bozor infrastrukturasi
sub’yekti sifatida ifodalaydi: “Kichik biznes bu ommaviy shaklda ish yurituvchi
bozor infratuzilmasi sub’yektlaridir
24
”.
Mashhur
akademik
L.I.Abalkin,
A.R.Belousov
muhokamamizdagi
kategoriyalarni o`ta mas’uliyatli talqin qilishgan. Masalan, “Tadbirkorlik ish
yo`nalishi va usullarini tanlash erkinligi, mustaqil qarorlar qabul qilish, foyda
olish, qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlikka ega bo`lish va yetarli
rivojlangan bozor xo`jaligidir
25
”, “Kichik biznes innovatsion qo`llab-quvvatlash
uchun maxsus tizim tashkil etib, yashashga qodir bo`lgan g`oyalar va
mahsulotlar yetishtirish uchun qulay muhitdir
26
”.
Bizning e’tiborimizda, bir qator iqtisodchilar tomonidan muhokama
etilayotgan kategoriyalarni o`rganishda A.Xosking, D.X.Suyunov, I.T.Balabanova
ta’riflari diqqatga sazovordir: “Tadbirkorlik - bu o`z hisobiga ish yuritish va
biznesni boshqarish asosida mas’uliyatni o`z gardaniga olib mustaqil qarorlar
qabul qilishdir
27
”, “Kichik biznes boshqaruvni tashkil etishning eng qulay
tuzilmasidir
28
”, “Kichik biznes noaniqlik sharoitida boshqaruv qarorlari qabul
qilishga qulay tuzilmadir
29
”. Yuqoridagi ta’riflar o`rganilayotgan kategoriyalarni
ma’lum ma’noda to`g`ri, ijobiy talqinidan iborat. Har bir iqtisodchi olimlarning
ta’riflarini ijobiy baholab, bu mazmunlarni muayyan zamon va jarayonlarni
bevosita ta’siridagi tushunchalar, deb bilamiz.
Mamlakatimizda Yangi O`zbekiston kontsepsiyasi, strategik maqsadi–
“inson qadri” masalasi bo`lganligi sababli bugungi taraqqiyotdan kelib chiqib, o`z
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
tushunchamizda o`rgangan iqtisodchi olimlarning ta’riflaridan foydalanib, bu
kategoriyalarda mujassam bo`lishi lozim bo`lgan xususiyatlarni keltiramiz:
-
avvalo, biznes va tadbirkorlik – bu foyda olish uchun yo`naltirilgan
iqtisodiy faoliyatdir. Demak, bu faoliyat sotsial mazmunga ega bo`lib, bandlikka
yo`l ochib, ishsizlikni yo`qotadi;
-
ikkinchidan, bu kategoriyalarda zamon, muhit masalalari ifodasi sifatida
innovatsiya va raqobat bir-birini taqozo qiladi. Demak, zamon bilan hamnafaslik
bir-birini to`ldiradi;
-
bozorni to`g`ri talqin qilish, bozordagi talab va taklifni o`rganish, buning
asosida, innovatsion yo`nalishlarni o`rganish muhim bo`ladi.
Ma’lumki, bozor zamon va makonda shakllanar ekan, muayyan
mamlakatning milliy an’analari, urf-odatlari, ovqatlanish ratsionlari hamda
avloddan avlodga me’ros bo`lib qolayotgan mehnat jarayonlari va mahsulotlari
shakllanib, rivojlanib boradi. Bunda albatta, ijtimoiy vaziyat, mamlakatning
asosiy maqsadi va belgilagan yo`nalishlari muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda O`zbekiston xalqi va uning hukumati Prezident rahbarligida
“inson qadri” tamoyilini, ya’ni insonni bugungi yashayotgan vaziyatidan rozi
bo`lib yashashini oliy maqsad deb bilgan.
Boshqaruv mexanizmi tadbirkorlikni davlat ishtiroki va iqtisodiy yordami
asosida yuritilishi O`zbekistondagi biznes jarayonini va tadbirkorlik
sub’yektlarini samarali hamda manfaatli harakatlanishining mezonlaridir.
Albatta, bunda O`zbekistonda istiqomat qilayotgan 130dan ortiq millat va
elatlarni tinch-totuv yashashi, bir-birlari bilan do`stlik, birodarlik munosabatlari
tadbirkorlikni yuritishda muhimdir.
O`zbekistonda yashayotgan o`zbeklar va boshqa millat, elatlar
psixologiyasida oila munosabatlarida va farzand tarbiyasida asrdan-asrga o`tib
kelayotgan ishbilarmonlik, hunarmandchilikni: duradgorlik, zargarlik, misgarlik,
chilangarlik va mahalliy xalq kiyinadigan kiyim-kechaklar, bosh va oyoq
kiyimlar, uy-ro`zg`or buyumlari va ulardagi shakl-shamoyillar katta avlod
ustazodalarini o`z farzandlari va shogirdlariga o`rgatib, me’ros qoldirishlari
tahsinga sazovordir. Bu voqelikni, biz dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik va boshqa tarmoqlarda yaqqol ko`ramiz.
Bizning talqinimizdagi biznes va tadbirkorlik yuqoridagi xususiyatlarni
namoyon qilishi muhimdir. Fikrimizcha, bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyati
– bu foyda olish maqsadida mulkni to`g`ri boshqarish va undan oqilona
foydalanish bilan birga, quyidagi xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirmog`i
lozim:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
-
mulkdan oqilona foydalanishni boshqaruv mexanizmini bugungi kun
talabi, me’yorlari va xorijiy tajribalarni muvofiqlashtirish asosida
takomillashtirish;
-
tadbirkorlik
asosida
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlar
yoki
ko`rsatilayotgan hizmatlarni milliy an’ana va urf-odatlarimiz me’yorlari asosida
taklif qilinishi, binobarin, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanish yo`lidan
ketayotgan bugungi kunda turli horijiy davlatlarning tajribalari asosida milliy
bozorlarimiz tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan
to`yintirilmoqda. Albatta, rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalaridan andoza
olgan holda milliy urf-odatlarimizga mos ravishdagi mahsulotlar va hizmatlarni
taklif etilishi o`zbek mentalitetini barqaror saqlanishini ta’minlaydi.
-
tadbirkorlik - psixologik jarayon, tadbirkorlikni boshlash va yuritish uchun
shaxs ruhan tayyor bo`lishi, natijaga omillar ta’sirini to`g`ri baholay olishi, o`z
biznesini boshqarishda muhim qarorlar qabul qilishi, ishlab chiqarishni yangi
turlari va yangi texnologiyalarni joriy etishi hamda tavakkalchilik sharoitida
to`g`ri yo`lni tanlay olishi va biznesni katta yo`qotishlar va “sinish”dan saqlab
qolishni bilishi va bunday holatlarga tayyor turishi kerak;
-
tadbirkorlik ijtimoiy ta’minot jarayonlarni qamrab olishi zarur. Bugungi
kunda rivojlangan horijiy davlatlarning tajribasini o`rganadigan bo`lsak, aynan
shu davlatlarda kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini guvohi bo`lishimiz
mumkin. Buning natijasida ijtimoiy ta’minotga muxtoj bo`lgan aholi qatlami
kamaygan. 2000 yildan boshlab davlat byudjetining taqchilligi asta sekin ortib
bormoqda, byudjetdan qilinadigan harajatlarning 60 foizdan ortig`ini ijtimoiy
harajatlar egallaydi. Aynan, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ushbu
harajatlarni kamaytirish, va natijada, davlat byudjeti taqchilligini qisman
bo`lsada oldini olish mumkin.
-
tadbirkorlik o`zida bandlikni aks ettiradi, tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi
va kengaytirilishi – bu ish bilan band bo`lgan aholining ko`payganligidan dalolat
beradi, bu holat mamlakatda ishsizlik darajasini kamayishiga o`zining ijobiy
ta’sirini ko`rsatadi.
-
tadbirkor - innovator hamdir, u doimiy ravishda ishlab chiqarayotgan
mahsulotlari yoki ko`rsatayotgan hizmatlariga yangilik kiritib boradi, o`z
faoliyatiga innovatsion texnologiyalar, innovatsion dizaynlar, innovatsion
g`oyalarni joriy etish orqali biznesini davomiyligini va faoliyatining
samaradorligini ta’minlaydi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
-
tadbirkor – kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan shaxsdir. Kreativlik –
bu ijodiy yangilik bo`lib, hodimlarning qobiliyatlari va iqtidorlarining ishlab
chiqarilgan mahsulotlar va ko`rsatilgan hizmatlarda aks etishidir. Tadbirkorning
innovatsion texnologiyalar, innovatsion dizaynlar va innovatsion g`oyalarini
kreativ fikrlar bilan boyitishi ichki va tashqi bozorda munosib o`rin egallashini
ta’minlaydi.
-
tadbirkorlik - o`z navbatida, raqobatga bardoshlilikni talab etadi. O`z
faoliyatiga yangi innovatsion loyihalarni kiritish orqali tadbirkor raqobatga
bardoshlilik darajasini oshiradi.
-
tadbirkorlik faoliyati – zamon bilan hamnafas amalga oshirilishi kerak.
Mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati va uning yuritilishi
yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlar, qonunlar, amalga oshirilayotgan
islohotlar va rivojlanish darajasiga ko`ra o`zgarishlar – tadbirkorlik faoliyatida
doimiy ravishda inobatga olinishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizning fikrimizcha tadbirkor tushunchasiga
quyidagicha tarif berish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. “Tadbirkor - bu
mulkdan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan, milliy urf-odatlarimizga
mos ravishdagi mahsulotlar va hizmatlarni taklif eta oladigan, o`z biznesini
boshqarishda muhim qarorlar qabul qilishda kreativ fikrlay oladigan, ishlab
chiqarishni yangi turlari va yangi texnologiyalarni joriy eta oladigan hamda
tavakkalchilik sharoitida to`g`ri yo`lni tanlay olish qobiliyati bor, muhtojlarga
yordam berish xususiyatiga ega, boshqalarni ortidan ergashtira oladigan,
innovatsion g`oyalarni amalga oshira oladigan va mustaqil fikrga ega bo`lgan
hamda yuqori boshqaruvchilik qobiliyatiga ega bo`lgan mustaqil shaxsdir.”
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
1.1.1-chizma. Tadbirkor tushunchasi tarifining chizmasi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jevons W. S. Richard Cantillon and the Nationality of Political Economy //
Contemporary Review. Oxford, United Kingdom: The Contemporary Review
Company Limited, 1881. P. 333– 360.
2.
Steiner P. La théorie de l’entrepreneur chez Jean-Baptiste Say et la
tradition Cantillon-Knight. L’Actualité économique. 1997;73(4) décembre,
www.erudit.org [Accessed: May 22, 2021]
3.
В.Зомбарт “Буржуа”. М.:Наука, 1994.
4.
Шумпетер Йозеф Алоис (1883-1954). Теория экономического
развития. Дата обращения: 18 декабря 2021. Архивировано из оригинала
26 декабря 2022 года.
TADBIRKOR
mulkdan
samarali
foydalanish
imkoniyatiga
ega
milliy urf-
odatlarimizga mos
ravishdagi
mahsulotlar va
hizmatlarni taklif
eta oladigan
kreativ fikrlay
oladigan
yangi
texnologiya-
larni joriy eta
oladigan
tavakkalchilik
sharoitida to`g`ri
yo`lni tanlay olish
qobiliyatiga
ega
muhtojlarga
yordam berish
xususiyatiga ega
boshqalarni
ortidan
ergashtira
oladigan
innovatsion
g`oyalarni
amalga oshira
oladigan
mustaqil
fikrga ega
bo`lgan
boshqaruvchi-
lik qobiliya-tiga
ega bo`lgan
mustaqil shaxs
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
5.
Шамхалов Ф. Роль предпринимателя в рыночной экономической
системе.М.:Маркетинг.2017.№3 с.95, J.Philips. Little Business in American
Economy. Urbana,1958.
6.
Макконелл К., Брю С. Экономикс. Принципы,проблемы и политика(1).
М.:Республика, 1992, с.12
7.
А.Орлов. Малое предпринимательство:старые и новые проблемы. ИЭ.
1997.№4.130 с.
8.
https://www.emerald.com/insight/content/doi/10.1108/026345099102
60931/full/html
9.
Ван Хорн Д.К. Основы управления финансами. Пер. с анг.;
Гл.ред.серии Я.В.Соколов. М.:Финансы и статистика, 1996.-800 с.
10.
Экономический анализ: Теория и практика, 34(337) -2013 сентябрь,
56-57 стр.
11.
А.Виленский. Парадоксы государственной поддержки частного
бизнеса/ А.Виленский – СПб.: Экономика и жизнь, 2010.-№10.544 стр.
12.
Абалкин Л.И. Заметки о российском предпринимательстве. М.:
Прогресс-Академия, 1994, с.12.
13.
https://www.economy.gov.ru/material/news/andrey_belousov_nazval_os
novnye_napravleniya_gospodderzhki_sektora_msp_do_2030_goda.html
14.
Малый бизнес России. Проблемы и перспективы. Аналитичский
доклад. РАРМП. М.1996: мониторинг предпринимательства. Малый бизнес
России: Адаптация к переходным условиям. – Предпринимательства в
России. 1995 №1,2.
15.
Шепелев
В.М.
Очерки
теории
и
практики
развитии
препринимательства.-Т.:Фан,1998. 17с.
16.
Балабанова И.Т. Инновационный менеджмент.-СПб: Питер,2000
17.
S.S.G‘ulomov. Kichik biznes va tadbirkorlik. Toshkent.Moliya.2002 y.
18.
Karimov I.A. Vazirlar Mahkamasida “2015 yilda respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasi.
Turkiston.09.02.2015y.№11.2b.
19.
M.M.Xayrullayev, X.Aliqulov. O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar
tarixidan. – T., 1995. – B. 68.
20.
Mahmudov R. Degonimni ulusqa marg‘ub et. – T., 1992. – B. 29. 97.
21.
O‘lmasov A., Sharifxo‘jayev M. Iqtisodiyot nazariyasi.-Toshkent.
O‘zbekiston 1995y. 171-bet. 9.Gulyamov S.S., Dogil L.F., Semenov D.
Predprinimatelstvo i maliy biznes.-T.:TGEU, 1996. S.19-83.,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
22.
Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari.-T.Mehnat. 1997 y. 48-bet.
A.A.Xaitov, F.J.Jalolov.
23.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish asoslari.A.1996y. 140-
bet., Muftaydinov Q.