ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
165
SIRDARYO VILOYATI SHAROITIDA KO‘K NO‘XAT ( PIZUM
SATIVUM L) BELGILARI O‘RTASIDAGI KORRELYATSION
BOG‘LANISHLAR DARAJASI
T.Kuliev
D.Sodikova
M.Tashbekova
O‘.Jumanov
Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar
va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15663508
Annotatsiya
Mazkur maqolada ko‘k no‘xat (Pizum sativum l) ning Osiyo-2001 va
Sputnik nav belgilari miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar
darajalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Mazkur navlar Sirdaryo viloyatining
sho‘rlanishga moyil bo‘lgan tuproq sharotida o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida
ko‘k no‘xatning Osiyo 2001 va Sputnik navlari o‘rtasida korrelyatsion
bog‘lanishlar darajasi farq qildi. Bitta o‘simlik mahsuldorligi bitta o‘simlikdagi
dukkaklar soni va uning og‘irligiga bog‘liq ekanligi qayd etildi. Ushbu belgilar
o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti kuchli bo‘ldi. Har ikki navda ham o‘simlik
bo‘yi bitta o‘simlikning mahsuldorligi o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti
barqaror emasligi aniqlandi.
Kalit so‘zlar
: korrelyatsiya, ko‘k no‘xat, sho‘rlangan tuproq sharoti, no‘xat
navlari, chorva ozuqa ekin.
Keyingi yillarda biologik tadqiqotlarda belgilar miqdoriy ko‘rsatkichlarni
tahlil qilishda tizimli yondashish kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanilgan holda biologik, fiziologik jarayonlar tahlil
qilinmoqda [1]. Olingan natijalarga ko‘ra, noqulay tashqi muhitda o‘simlik
belgilari miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi
ortganligi aniqlangan. Bunday natijalar ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlarida qayd
etilgan [2]. Bunda tashqi muhit ta’sirida o‘simlik belgilari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishlar darajasida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi aniqlangan.Tashqi muhit
g‘o‘za navlari miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi
va tuzilishiga ta’sir ko‘rsatdi. G‘o‘za navlari noqulay sharoitda (suvsiz va
o‘g‘itsiz) yetishtirilganida miqdoriy belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion
bog‘lanishlar darajasi qulay (1 suv va o‘g‘it to‘liq berilganida) sharoitga nisbatan
ortganligi aniqlangan [ 3, 4].
Korrelyatsion tahlilning asosiy maqsadi o‘simlik belgilari miqdoriy
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar darajasini aniqlashdan iborat [5].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
166
Genetika va seleksiya ishlarida korrelyatsion bog‘lanishlar darajasini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Ushbu usul yordamida belgilar o‘zaro qay darajada
bog‘langanligini aniqlashga imkoniyat beradi. Bu o‘z navbatida tanlov ishlarini
olib borish uchun belgi indikatorlarni tanlashga yordam beradi [6]. Biz shu
maqsadda no‘xatning o‘rganilgan navlari va ularning 8 ta belgilari o‘rtasidagi
o‘zaro korrelyatsion bog‘lanishlarni aniqladik. Ushbu ma’lumotlar 8-rasmda
keltirilgan. Rasmdagi ma’lumotlardan o‘simlik bo‘yi (1-raqam belgini anglatadi)
umumiy bo‘g‘inlar soni(2) o‘rtasida kuchsiz (r=0,348) korrelyatsion bog‘lanish
borligini ko‘rish mumkin. Bu baland bo‘yli o‘simliklarda bo‘g‘inlar soni
ortganligini ko‘rish mumkin. Aynan shunday natija o‘simlik bo‘yi(1) birinchi
dukkak shakllangan bo‘g‘in(3) o‘rtasida qayd etilib korrelyatsiya koeffitsienti
(r=0,698)ga teng bo‘ldi. Shu bilan birga o‘simlik bo‘yi(1) va dukkak uzunligi(6)
o‘rtasida teskari(manfiy) (r=-0,30) korrelyatsion bog‘lanish kuzatilgan bo‘lsa,
1000 ta don og‘irligi(8) o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish (r=0.536) qayd etildi. Demak
mazkur navda baland bo‘yli o‘simliklarda dukkak kalta bo‘lgan bo‘lsa, 1000 ta
don og‘irligi ortganligini anglatdi. Umumiy bo‘g‘inlar soni(2) va birinchi
mahsuldor bo‘g‘in joylashgan o‘rin(3) o‘rtasida kuchsiz(r=0,30) bog‘lanish qayd
etildi. Birinchi dukkak joylashgan bo‘g‘in(3) bitta o‘simlikdagi don massasi(7)
o‘rtasida korrelyatsiya koeffitsienti kuchsiz (r=0,30) va 1000 ta don
og‘irligida(8) ham aynan shunday natija kuzatildi. Bitta o‘simlikda shakllangan
dukkaklar soni(4) va bitta o‘simlikdagi don og‘irligi(7) o‘rtasida
kuchli(r=0,747)bog‘lanish qayd etildi. Bitta o‘simlikda shakllangan dukkaklar
og‘irligi(5) va bitta dukkakdagi don og‘irligi o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanish
(r=0,696)ga teng bo‘ldi. Dukkak uzunligi(6) va bitta o‘simlikdagi don massasi(7)
o‘rtasida kuchsiz bog‘lanish qayd etildi. Bu dukkakning uzun bo‘lishi don
massasini ortishiga olib kelganligini ko‘rsatdi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
167
R= r=
Sputnik navi belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanish darajasi bo‘yicha
o‘zaro o‘xshashlik va farq kuzatildi. Birinchi navbatda har ikki navda ham bitta
o‘simlikdagi don massasi(7) bilan bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni(4) va bitta
o‘simlikdagi dukkaklar og‘irligi o‘rtasida kuchli korrelyatsion bog‘lanish darajasi
bir xil ko‘rsatkich ya’ni kuchli bog‘lanish kuzatildi. Bu bitta o‘simlikdagi don
massasi don soniga va uning og‘irligi bog‘liqligini anglatdi. Bunday holatning
qayd etilishi tabiiy. Umumiy bo‘g‘inlar soni(2) va birinchi dukkak shakllangan
bo‘g‘in(3) o‘rtasida Osiyo 2001 navida kuchsiz korrelyatsion bog‘lanish
kuzatilgan bo‘lsa, Sputnik navida ushbu bog‘lanish o‘rta darajaga ortdi.
Xulosa qilib takidlash mumkinki ko‘k no‘xatning Osiyo 2001 va Sputnik navlari
o‘rtasida korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi farq qildi. Bitta o‘simlik
mahsuldorligi bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni va uning og‘irligiga bog‘liq
ekanligi qayd etildi. Ushbu belgilar o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti kuchli
bo‘ldi. Har ikki navda ham o‘simlik bo‘yi bitta o‘simlikning mahsuldorligi
o‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti barqaror emasligi aniqlandi. Bu har doim
ham baland bo‘yli o‘simliklar sermahsul bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
1
2
4
6
3
5
7
1
2
3
4
5
7
8
6
8
Оsiyo 2001
Sputnik
Izox: raqamlar belgilarni anglatadi. 1-o‘simlik bo‘yi, sm; 2-
o‘simlikda bo‘g‘inlarning umumiy soni; 3-birinchi dukkak shakllangan
bo‘g‘in(mahsuldor bo‘g‘in); 4-bitta o‘simlikda dukkaklar soni; 5-bitta
o‘simlikdagi dukkaklar og‘irligi; 6-dukkak uzunligi, sm; 7-bitta o‘simlikdagi
don og‘irligi; 8-1000 ta don og‘irligi.
r
=0,3-0,5: r=0,5-0,7 r=>0,7 r=-0,3-0,5
8-rasm. Ko‘k no‘xat belgilari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar
darajasi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
168
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Кулиев Т., Исмоилова Д. Маҳсулдорликнинг ғўза белгилари
ўртасидаги корреляцион боғланишлар даражасига таъсири. Agro ilm,
2(26)- Son, 2013, -Б. 22-23.
2.
T.X.Kuliyev, A.K. Eshquvatov, M.M. Ergashev. Biostatistika va genetik
analiz. Toshkent.:”Fan va texnologiyalar nashriyot-marbaa uyi”, 2021.120 b.
3.
Кулиев Т, Ахунбобоев М, Эшқувватов А, Атабеков А. Влияние сроков
посева озимой пшеницы на изменчивость и детерминированность
признаков в условиях почвенного засоления. Молодежь и наука:
Реальность и будущее Материалы V Международной научно-практической
конференции. Невинномысск: НИЭУП. 2012. -С.20-25.
4.
T.X.Kuliyev, A.K. Eshquvatov, M.M. Ergashev. Biostatistika va genetik
analiz. Toshkent.:”Fan va texnologiyalar nashriyot-marbaa uyi”, 2021.120 b.
5.
Ростова
Н.С.
Изменчивость
корреляций
у
культурного
подсолнечника. 1. Декоративная форма // Вестн. Ленингр. ун-та. Сер. Биол.
1986. Вып. 2. № 4. -С. 44-57.
6.
Ростова Н.С., Курцева А.Ф., Аристархова М.Л. Применение
математических методов в классификации проса обыкновенного // Тр. по
прикл. ботанике, генетике и селекции. 1986. Т. 105. -С. 96-103