Авторы

  • Kamola Urazaliyeva
    Innovatsion texnologiyalar universiteti stajyor o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105931

Ключевые слова:

Kreativlik pedagogik faoliyat pedagogik faoliyatga kreativ yondashuv maktabgacha ta`lim maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar innovatsion texnologik jarayon tarbiyachi ijodiy faoliyat.

Аннотация

Ushbu maqolada  kreativlik tushunchasi,  maktabgacha ta’lim sohasining fidoyilari bo‘lgan tarbiyachilar va ularning pedagogik   faoliyatda kreativligi qanday shakllarda namoyon bo‘lishi xususidagi fikr-mulohazalari asosida yoritib beriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

MAKTABGACHA TA`LIM YO‘NALISHIDAGI TALABALARNING

PEDAGOGIK FAOLIYATDA KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH

Urazaliyeva Kamola Mirali qizi

Innovatsion texnologiyalar universiteti stajyor o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15656813

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kreativlik tushunchasi, maktabgacha ta’lim

sohasining fidoyilari bo‘lgan tarbiyachilar va ularning pedagogik faoliyatda
kreativligi qanday shakllarda namoyon bo‘lishi xususidagi fikr-mulohazalari
asosida yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

Kreativlik ,pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyatga kreativ

yondashuv, maktabgacha ta`lim, maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi talabalar,
innovatsion texnologik jarayon, tarbiyachi, ijodiy faoliyat.

Abstract:

This article explores the concept of creativity based on the views

of educators who are dedicated to the field of preschool education and the ways
in which their creativity is manifested in pedagogical activities.

Keywords:

Creativity, pedagogical activity, creative approach to

pedagogical activity, preschool education, students in preschool education,
innovative technological process, educator, creative activity.

Аннотация:

В статье рассматривается понятие креативности с точки

зрения педагогов, работающих в сфере дошкольного образования, а также
способы проявления их креативности в педагогической деятельности.

Ключевые слова:

Творчество, педагогическая деятельность,

творческий подход к педагогической деятельности, дошкольное
образование, обучающиеся в дошкольном образовательном учреждении,
инновационный технологический процесс, воспитатель, творческая
деятельность.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2019 yil 8-mayda PQ-4312-son

qarori “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish” konsepsiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda Respublikamizda
maktabgacha ta’limga e’tibor qaratilgan.Chunki bolalar kelajagimiz poydevori
hisoblanadi.‘‘Sifatli maktabgacha ta’limni berish asoslaridan biri boshqaruv va
pedagog kadrlarni tayyorlash darajasi va ularning professionalizmi hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar bajarildi.
Chunonchi, “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha oliy
ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotalari oshirildi, mazkur yo‘nalishda o‘qish
muddati uch yilgacha qisqartirildi[1].

Maktabgacha ta`lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik faoliyatda

kreativligini rivojlantirish deganda avvalo pedagogik faoliyat tushunchasiga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

to‘xtalib o‘tamiz: Maktabgacha ta`lim yo‘nalishidagi talabalarning pedagogik
faoliyatiga kreativ yondashuv yosh avlod vakillarida zamonaviy jamiyatimizga
kirib kelayotgan innovatsion texnologik jarayonlarda faol bo’lish imkoniyatlarini
kengaytiradi, kreativ fikrlash ko’nikmalarini yanada shakllantirib, erkin
mavzularda erkin fikr bildirish bilan birga o‘xshamas, o‘zgalar fikridan ajralib
turuvchi fikrlarni namoyon qilish xislatlarini oshiradi. Pedagogik amaliyot
davrida bо‘lajak pedagog-tarbiyachining maktabgacha ta’lim muassasalarida
amalga oshiradigan ishlari ularda kasbiy mahoratni shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyot davrida bо‘lajak pedagog-
tarbiyachilarda о‘z kasbiga moyillik, pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish, о‘zi
egallagan zamonaviy bilimlarni amaliy tajribasida qо‘llash, rahbarlik
kо‘nikmalarini egallash, tarbiyachi shaxsini pedagogik-psixologik jihatdan
о‘rganish, tahlil qilish, madaniy ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodlarini
о‘zlashtirish kabi kо‘nikmalar faollashadi hamda mustahkamlanadi[3]. Bu
ko’nikmalar boʻlajak pedagog tarbiyachini tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi.
Shu bilan bir qatorda bо‘lajak pedagog tarbiyachilar о‘z kasbiy faoliyatlari
davomida amal qiladigan bir qator qoidalarni ham о‘zlashtirishlari kerak[2].
Ular:

- bo'lajak tarbiyachilarda ongli intizomni tarkib toptirish;
- bolalarga nisbatan adolatli munosabatda bо‘lish;
- guruhdagi faol tarbiyalanuvchilarni qо‘llab-quvvatlash va ularga yordam

kо‘rsatish;

- tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyatlarini munosib rag‘batlantirish;
- tarbiyalanuvchilar bilan topshiriqlar ustida tizimli ishlash va bu jarayonda

ularni faollashtirish;

- tarbiyalanuvchilari orasida tarbiyaviy tadbirlarni tizimli tarzda tashkil

etish kabilar.

O‘z davrining mashhur pedagog-gumanisti,chexlik yozuvchi Yan Amos

Komenskiy o‘qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi “kreativlik”
tushunchasi turli hil ta`riflarga ega. G‘arbliklar uchun kreativlik, umuman
olganda, yangilik hisoblanadi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik,
qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik tushunchalari
bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar. Sharq kishilari esa, aksincha, kreativlikni
ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb ta`riflaydilar . Garchi g‘arblik va
sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsada, biroq, har ikki
madaniyat vakillari ham kreativlikni yuqori baholaydilar[5].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

89

Boʻlajak pedagog tarbiyachi kreativ faoliyatni tashkil etishda muammoli

masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik
xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.

Kreativ shaxs - jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi,

masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga
xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni
yaratishga layoqatli va tayyor shaxs.

Unda pedagogik mahoratning quyidagi

tarkibiy qismlari aks etishi kerak:

Har bir talaba uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy mazmun rivojlanishini,

talabaning shu rivojlanish kesmasida, harakat qila olishida, uning hayot
mamunining ochilishi va amalga oshishida o‘qituvchi qanday bilim bilan unga
yordam ko‘rsata olishini bila olish» qobilyati;

ayrim o‘qituvchilar rivojlanish mazmuni va kesmasi integrasiyasi

hisoblangan hamdajonli organizm sifatida talabalar (auditoriya va b.) guruhini
uning rivojlanish va mazmun kasb eta borish jarayonida «ko‘ra olish»qobiliyati;

integral mazmuni va integral rivojlanish kesmasini idrok etish malakasi;

o‘zining organizmini yuksak darajada anglash. Auditoriya, talaba o‘z

istaklari, motivlari, afzal ko‘rishi jihatidan ular uchun zarur bo‘lgan haqiqiy
axborotlarni ajrata olish malakasi;

shaxsiy xususiyatlar oqibati sifatida vujudga keladigan turli buzilish

vaziyatlaridan idrokni chalg‘itish;

o‘z sezgilarining nozik farqilanish imkoniyatlari vositasida yuqori his bilan

boshqarish;

keng boshqaruv repertuari, boshqarishning xilma-xil uslublari,

axborotlarni uzatish «qurollari»: ovoz, hatti-harakat, mimika va boshqalarni
egallash;

kasbiy usullar va metodlarning keng jamg‘armasi;

metodologiyani egallash[4].

Demak, yuqoridagi berilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda, bo‘lajak

tarbiyachilarning pedagogik faoliyatda kreativligini rivojlantirishda talabalarda
mavjud ijodiy qobiliyatlarni albatta, inobatga olish lozim. Bu inobatga olingan
xususiyatlar bo‘lajak tarbiyachilarga kreativ faoliyati davomida faqatgina foyda
uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-
son. https://lex.uz/docs/-4327235


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

90

2.Матмусаева, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАР ПОРТФОЛИОЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ
ШАРОИТЛАРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 129-
131). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.
3.Матмусаева, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАРНИНГ ЎҚУВ ФАОЛИЯТЛАРИНИ
НАЗОРАТ ҚИЛИШНИНГ ИННОВАЦИОН ХАРАКТЕРИ. In Сборники
конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 127-128). Vedecko vydavatelske
centrum Sociosfera-CZ sro.
4. P. Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» «O‘qituvchi» T- 1993y.
5. RESEARCH FOCUS | VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023 ISSN: 2181-3833 ResearchBip
| Google Scholar. TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIGA KREATIV
YONDASHUV. Xo'jayeva Nozima

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-son. https://lex.uz/docs/-4327235

Матмусаева, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАР ПОРТФОЛИОЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШ ШАРОИТЛАРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 129-131). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

Матмусаева, М. А. (2016). ТАЛАБАЛАРНИНГ ЎҚУВ ФАОЛИЯТЛАРИНИ НАЗОРАТ ҚИЛИШНИНГ ИННОВАЦИОН ХАРАКТЕРИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 9, pp. 127-128). Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

P. Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» «O‘qituvchi» T- 1993y.

RESEARCH FOCUS | VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023 ISSN: 2181-3833 ResearchBip | Google Scholar. TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATIGA KREATIV YONDASHUV. Xo'jayeva Nozima