Авторы

  • Nafisa Aminova
    Tayanch doktorant Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O’zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105933

Ключевые слова:

metafora. Publitsistik uslub sarlavha lug’aviy ma’no ko’chma ma’no metaforik tafakkur matn tahlili.

Аннотация

Metafora badiiy uslubda juda ko’plab tadqiqotlarning manbai sifatida o’rganildi, ammo uning publitsistik uslubda tutgan o’rnini aniqlash, tadqiqotlarni yangilashni taqazo etadi. Publitsistik uslubda metaforaning  qo’llanishi, metaforizatsiyalashgan so’zlardan foydalanish, metaforalarni o’z ichiga olgan maqollar va mashhur  iboralar ham tez-tez uchrab turadi. Bu uslubda metaforaning qo’llanishi tinglovchiga axborotni yetkazishda qo’shimcha ma’nolarni berishga xizmat qilishi mumkin. Birinchidan, o’quvchi yoki tinglovchiga tushinilishi qiyin bo’lgan tushunchalarni ular allaqachon bilgan yoki tasavvur qila oladigan narsa bilan bog‘lash orqali tushuntirishga yordam beradi. Ikkinchidan, pulitsistik uslubda hissiy assotsiatsiyalarga ega metaforalarni qo’llash axborotda biz o’ylagan kayfiyat yoki ohangni beradi. Ushbu maqolada publitsistik materiallarda, ularning sarlavhalarida qo’llanilgan metaforalar tahlil qilinadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

77

PUBLITSISTIK USLUBDA METAFORALARNI QO’LLASHNING

AHAMIYATI

Aminova Nafisa Istamovna

Tayanch doktorant

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Samarqand, O’zbekiston

E-mail: nafisa.istamovna1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654833

Annotatsiya.

Metafora badiiy uslubda juda ko’plab tadqiqotlarning manbai

sifatida o’rganildi, ammo uning publitsistik uslubda tutgan o’rnini aniqlash,
tadqiqotlarni yangilashni taqazo etadi. Publitsistik uslubda metaforaning
qo’llanishi, metaforizatsiyalashgan so’zlardan foydalanish, metaforalarni o’z
ichiga olgan maqollar va mashhur iboralar ham tez-tez uchrab turadi. Bu
uslubda metaforaning qo’llanishi tinglovchiga axborotni yetkazishda qo’shimcha
ma’nolarni berishga xizmat qilishi mumkin. Birinchidan, o’quvchi yoki
tinglovchiga tushinilishi qiyin bo’lgan tushunchalarni ular allaqachon bilgan yoki
tasavvur qila oladigan narsa bilan bog‘lash orqali tushuntirishga yordam beradi.
Ikkinchidan, pulitsistik uslubda hissiy assotsiatsiyalarga ega metaforalarni
qo’llash axborotda biz o’ylagan kayfiyat yoki ohangni beradi. Ushbu maqolada
publitsistik materiallarda, ularning sarlavhalarida qo’llanilgan metaforalar tahlil
qilinadi.

Kalit so’zlar:

metafora. Publitsistik uslub, sarlavha, lug’aviy ma’no, ko’chma

ma’no, metaforik tafakkur, matn tahlili.

Kirish

. Ko’chimlarning hosil qilinishida qat’iy chegara yo’q, ularning

qanday manoni ifodlashini matn orqali aniqlash mumkin. Tilning ifoda tasvir
vositalaridan biri metafora hodisasi bo’lib, eng salmoqli ko’chim turaridan
biridir. Metafora tilda mavjud bo’lgan nomning muayyan o’xshashlik asosida
yangi ma’no uchun qo’llanishidir. Hosil bo’lgan yangi ma’no komunikativ vazifasi
bilan birgalikda ekspressiv vazifasini ham bajaradi. Metafora deyilganda ko’z
oldimizga ikki xil tushuncha paydo bo’ladi, tushunchaning haqiqiy lug’aviy
ma’nosi va boshqa tushunchaga o’xshashlik asosida ko’chirilgan ko’rinishi. Bir
narsani boshqa narsalar orqali idrok etish jarayoni lingvistik va psixologik
jarayondir. Metafora narsalarni jonli va aniq qilib ko’rsatishi mumkin,
shuningdek, chuqur va mavhum haqiqatni yanada sodda va aniq ifodalashi
mumkin.

1

Bizni o’rab olgan nomlarni ba’zan to’g’ridan-to’g’ri ma’nosiga ko’ra

tushunib bo’lmaydi, lekin so’zlovchining ifodalagan niyatini tushunish uchun


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

78

odamlarning dunyoni idrok etishi bilan birlashtirilishi kerak. Bu lingvistik
hodisa kognitiv tilshunoslikda metaforik qarash deb ataladi.

Matnni tahlil etish orqali metaforik ko’chimda qanday ma’no yashiringanini

bilishimiz mumkin. Bir ijodkor ko’chma ma’noda qo’llagan so’zni, boshqa bir
ijodkor ayni shu so’zni boshqa semada qo’llashi ham mumkin. Bu esa
ijodkorning mahoratiga, tafakkuri, qarashlariga bog’liq holda yuzaga keladi.
Tilning ifoda tasvir vositalari badiiy uslubda keng o’rganilib kelinmoqda,
publitsistik uslubda ham uning lingvistik xususiyatlarini o’rganishni, semantik,
stlistik, pragmatik xususiyatlarini tadqiq etishni lozim topdik.

Asosiy qism.

Qadimdan Sharqda ijodkor mahoratini tilning ifoda tasvir

vositalaridan qay darajada foydalanganligi belgilab bergan. Publitsistik uslubda
ham bunday tasvir vositalarning o‘rni va ahamiyatini aniqlash, lingvistik
xususiyatlarini o‘rganish lozim. Ayniqsa, bu vositalar S.Karimov ta’kidlaganidek,
faqat alohida olingan ijodkor qalamigagina mansub boʼlsa, ohori toʼkilmagan
holda, badiiy ijodning nodir namunasi sifatida yashayveradi.

2

Shoir, nosir,

publitsist Farmon Toshev publitsistikasida tilning ifoda tasvir vositalaridan biri
metaforaning qo’llanishi va uning tafakkurimizga ta’siri, emotsional-ekspressiv
vazifasini tahil etamiz. F.Toshev publitsistikasida

3

qo’llangan metaforalar

millatimizning tafakkuri, madaniyati, rasm-rusumi, urf-odatiga xos tarzda
shakllangan. Bunday tasvir vositalari o’quvchiga emotsional-ekspressiv ta’sir
o’tkazadi.

Masalan, shirin so’zi quyidagi so’zlarda metaforalarni hosil qilgan: shirin

gap, shirin xotira, shirin turmush, shirin so’z singari. Shirin so’zidan turli
o’rinlarda ijodkorga xos original metaforalar hosil qilingan: Koʼnglingizga maʼqul
tushgan maqolalar haqida muallifga

shirin gap

ayting (148). Inson bir paytlari

kechinma sifatida boshidan oʼtkazgan oʼziga maʼqul boʼlgan holatlarni sogʼinadi.
Bu holatlarni biz

shirin xotira

deymiz (164). Huquqshunos, lekin tahririyat

muhitida kamolga yetgan Shoira Zoxidova bilan

shirin turmush

qurdi (193).

Azaldan turmush qurishning eng chiroyli sifatlari shakllangan yurtimizda
turmushga shirin turmush deya baho berish original metaforik kochimlardandir.


shirin

xotira
turmush
gap
suhbat
so’z


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

Shirinsoʼz boʼlu

, shirinsoʼzlardan qoʼrq (4). Shirinsozlar sozida sifat otlashib

shirinsozli insonlar nazarda tutilmoqda va kinoyali, pand-nasihatomuz tarzda
sozi yoqimli bolgani bilan oz manfaatini oylovchi insonlardan qorqishdan
ogohlantiradi. Har bir tadbir maʼnoga ega va qisqa boʼlgan. Аyniqsa,
mehmonlarni qoʼniqqa berish odamlarga

shirin suhbatdan

zavqlanish imkonini

bergan(167).

gapir

chiroyli
go’zal
dag’al
qo’pol

Аdiblik boshqalardan chiroyli,

goʼzal gapirish

emas, balki boshqalardan

chuqurroq va oldinroq fikrlash demak. Farzandlar oldida

qoʼpol gapirishdan

tiyiling. Ota-onaning farzandlar oldida bir-biri bilan qoʼpol gapirishi
tarbiyasizlikdir. Ota-ona koʼziga tik qarab,

dagʼal gapirsang,

avvalo gunoh,

keyin bu narsa farzandlaringdan oʼzlaringga qaytadi.

puxta

muxbir
o’rganmoq
egallamoq
o’zlashtirmoq
bilmoq

Puxta muxbir

har bir xulosani hujjat bilan asoslab oladi. Hatto oddiy

maʼlumotnomaga ham imzo chektirib oling. Yoʼq-yoʼq, u nuqtai nazari yoʼqligi,
xulosasi namoyonligi uchun emas, balki boshqalarning fikrini

puxtaroq

oʼrganish

uchun shunday ish tutardi. Oʼz kasbini

puxta egallash

hali komillik

degani emas. Garchi “soʼzga kirmas” boʼlsa-da, kasbini

puxta biladigan

kishi

jamoaga qulluqchilardan koʼproq foyda keltiradi. Kasbini

puxta oʼzlashtirgan,

toʼgʼrisoʼz xodimni qadrlashni, ragʼbatlantirishni oʼrganing.

qalam

ahli
qudrati
haqqi
kuchi
olmoq
tekkizmoq

Kechasi bilan mushohada yuritaman va ertalab qoʼlimga

qalam olaman,

navbatdagi maqolamga sarlavha qoʼyaman: «Mustaqillik nima Oʼzi!», «Nega
ikkiyuzlamachilik qilamiz?» (129) Har qanday zoʼr maqolaga ham muharrir
albatta

qalam tekkizishi

zarur (152).

Qalam ahlini

har gal turli otarlarga olib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

borar, choʼponlar hayotini koʼrsatar va davra qurib, qarakoʼlchilik tarixi, buguni
va ertasi, choʼpon fidoyiligi xususida miriqib gapirib berardi (183). Jurnalistni
lavozimiga emas, balki

qalamining qudratiga

qarab baho berishadi (207).

Oʼsha maqolalariga eng kichik

qalam haqi

qoʼyilganda ham xafa boʼlgan-u,

ammo tortishmagan (214). Muxbirni lavozimi emas,

qalami kuchiga

qarab

baholashadi (217). Bir kuni pochtachi markaziy gazetaga chiqqan xabarim
uchun

qalam haqi

olib keldi (230).

O‘zbek tili metaforalarining antroposentrik xususiyatlarini tadqiq etgan

Sh.Maxmaraimova aytganidek, metaforik modellar millatning ijtimoiy-siyosiy
onglilik darajasini aniqlash, tushunchaviy maydonlardagi ijtimoiy ahamiyatli
obrazlarning sintezi va shunga mos xulosalarni chiqarish imkonini namoyish
etadi.

4

Dissertatsiyamizda o‘rganilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, har bir tilning

publitsistik uslubida qo‘llaniluvchi xalqning tafakkurini namoyon etuvchi
metaforalari mavjud bo‘ladi. Bu jihatni ushbu uslubning gazeta matnlarida
berilgan maqolalar sarlavhalari orqali ham ko‘rishimiz mumkin: Ulug’ini
ulug’lash ulug’ xalqning fazilatidir; Qo‘llab tursin ruhingiz ota; Quyoshga ham
intilmoq lozim; “Maydalashib ketmang”; To‘g’ri so‘zni aytishdan qo‘rqmaslik
kerak; Gazeta – yangicha yashash maktabi va h.

5

Ushbu sarlavhalar oʼzbek xalqining poetik tafakkurini ifoda etadi, ularni

tarkib toptirgan metaforalar esa millat tushunchaviy tizimining lingvokognitiv
xossalaridan andoza olgan. Sarlavha nomining o‘zidanoq o‘quvchida tushuncha
shakllanadi. Ularning qisqaligi ixchamligi, ta’sirchanligiga ko‘ra metaforalarni
qo‘llash juda samara beradi. Matnning mazmuni birgina sarlavhada ochib
berilishga harakat qilinadi. Publitsistik matnlarning tabiatidan kelib chiqib
ularda metaforalarni qo‘llash eng ma’qul vositalardan biridir.

Xulosa. Метафоралар улар яшаб келаётган ҳар бир миллий тил қадар

қадимийдир. Бундай троплар шеърий санъатлардан бири сифатида халқ
оғзаки ижодида, классик адабиётда ҳам илгаридан машҳур бўлиб келган.
Классик адабиётда метафора мажоз номи билан юритилган ва у билан
ёнма-ён «истиора» атамаси ҳам ишлатилган. Oʼzbek funksional uslublari
tizimida publitsistik uslub eng keyin paydo bo‘lgan uslub bo‘lsa-da, tilning
barcha imkoniyatlaridan foydalanish jihatidan yuqorida turadi. Metafora
lingvokulturologik, lingvokognitiv, lingvostilistik, lisoniy jihatdan keng koʼlamda
tadqiq etilishi lozim boʼlgan hodisa boʼlib, unda kognitiv metaforalarning



background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

ishtiroki millat tafakkurining noyob metaforik qobiliyatidan darak beradi.
Qadimdan Sharqda ijodkor mahorati uning tilning ifoda tasvir vositalaridan qay
darajada foydalanganligi

bilan belgilab

berilgan. Farmon Toshev

publitsistikasida qo‘llangan metaforalar millatimizning tafakkuri, madaniyati,
rasm-rusumi, urf-odatiga xos tarzda shakllangan.

O‘zbek tili publitsistikasida

qo‘llangan metaforalarning tahlili bu uslubda ham metaforalarning nominativ,
kognitiv, emotsional-ekspressiv funksiyalari mavjudligini ko‘rsatadi. Publitsistik
uslubda qo‘llangan metaforalar muallifning o‘y-xayollari, tafakkuri mahsuli
bo‘lib, bu orqali millatning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasini aniqlash va shunga
mos xulosalarni chiqarish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mengqi Yang. An Analysis of Metaphors in Daily Life Authors. International

Journal of Education and Humanities. Vol, 7, No.1, 2023. DOI:
https://doi.org/10.54097/ijeh.v7i1.4864
2.

Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. –

Cамарқанд, 1994. 72 б.
3.

Махмараимова Ш. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик

тадқиқи (номинатив аспект). Филология фанлари доктори (DcS) илмий
даражасини олиш учун тайёрланган дис. Самарқанд, 2020, 283 б.
4.

Фармон Тошев. Сайланма. IV жилд: Публицистика ва драмалар. –T.:

Sahhof, 2024, 368 б.

Библиографические ссылки

Mengqi Yang. An Analysis of Metaphors in Daily Life Authors. International Journal of Education and Humanities. Vol, 7, No.1, 2023. DOI: https://doi.org/10.54097/ijeh.v7i1.4864

Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. –Cамарқанд, 1994. 72 б.

Махмараимова Ш. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик тадқиқи (номинатив аспект). Филология фанлари доктори (DcS) илмий даражасини олиш учун тайёрланган дис. Самарқанд, 2020, 283 б.

Фармон Тошев. Сайланма. IV жилд: Публицистика ва драмалар. –T.: Sahhof, 2024, 368 б.