Авторы

  • Iroda Abdullayeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105935

Ключевые слова:

Maria Montessori Montessori metodikasi zamonaviy pedagogika bolalar ta’limi mustaqillik individual yondashuv ta’lim jarayoni amaliy tajribalar ta’lim tizimi.

Аннотация

Ushbu maqolada Montessoriy metodikasida o’qish va tarbiyalash, uning bola ta’limi rivojidagi o’rni, hamda maktabgacha ta’lim yoshida ushbu metodikaning o’ziga xosligi xususidagi. Montessori maktabi yaratilishi haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

63

MARIYA MONESSORINING BOLALARGA BOLALIGINI TUHFA

ETGAN MASKAN “CASA DEI BAMBINI” HAQIDA.

Abdullayeva Iroda Alisherovna.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654575

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Montessoriy metodikasida o’qish va

tarbiyalash, uning bola ta’limi rivojidagi o’rni, hamda maktabgacha ta’lim
yoshida ushbu metodikaning o’ziga xosligi xususidagi. Montessori maktabi
yaratilishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

Maria Montessori, Montessori metodikasi,zamonaviy

pedagogika, bolalar ta’limi, mustaqillik, individual yondashuv, ta’lim jarayoni,
amaliy tajribalar, ta’lim tizimi.

Аннотация:

в данной статье даны мнения об обучении и воспитании

на основе метода Монтессори его роли в развитии образования ребенка а
также о специфике етой методики в дошкольном возрасте.

Ключевые слова:

Мария Монтессори, методика Монтессори

,современная

педагогика,

воспитание

детей,

самостоятельность,

индивидуалный подход, образовательный процесс ,практический опыт,
система образования.

Annotation:

this article gives ideas on the basis of the Montessori method

on the basis of reading and upbringing,its role in the development of child
education, as well as the specificity of this methodologu in preschool age.

Keywords:

Maria Montessori,Montessori methodology, modern pedagogy,

childrens education, independence,individual approach,educational process,
practical experiences experiences, uducational system.

“Bola o’zini o’qita oladi, uning yo’lini faqat siz va cheklovlaringiz to’sadi”

Mariya Montessori.

“Bizning bolalarga bo’lgan munosabatimizni o’ylar ekanman biz ularda

tug’ilajak aqliy tuyg’ularni ehtiyotkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq
qildiruvchi omil hisoblanamiz”- deydi Montessori. Demak biz bolalarni
rivojlantiruvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim biz ularga
nisbatan qanday munosabatda bo’lishimiz kerak? – degan savolga javob
izlashimiz zarur.

Eng avvalo bola bizning shaxsiy mulkimiz degan fikrdan qutilishimiz

kerak.U nafaqat o’z oilasining a’zosining balki jamiyatning bir bo’lagi ekaniga
ko’nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga tegishli bo’lgan yagona
insoniy hilqat hisoblanishini ochiq tan olishimiz juda muhim.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

64

Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim pedagogikasini rivojlantirish

maqsadida bir qancha ilg’or usullar tatbiq etilib kelinmoqda.Shulardan biri
Mariya Montessori tehnalogiyasidir.Bu mohiyatan hayotdan o’zlashtirilgan
“tabiiy” usul bo’lib, bola tarbiyasida o’zining har tomonlama mukammaligi bilan
ommalashgan.

Italiyalik pedagog Mariya Montessori ( 1870-1952) tizimi uzoq vaqtdan

beri dunyo miqyosida tan olingan va eng keng tarqalgan tizimga
aylandi.Montessori pedagogikasi bepul ta’lim g’oyalarini samarali amaliyotda
amalga oshirishning ajoyib namunasidir.Mariya Montessori bola rivojlanishining
ba’zi qonuniyatlarini kashf etdi va bolalarni o’qitishning yangi usulini ishlab
chiqdi.Shu sohada u bolalar uchun moslashtirilgan, bolalar o’qitishning yangi
usulni ishlab chiqdi.Shu asosda u bolalar rivojlanishi ehtiyojlariga javob
beradigan va bolalarning idrok etish imkoniyatlariga mos keladigan maktablarni
yaratdi.Mariya Montessori g’oyalari va tajribasiga hozirgi kunlarda ortib
borayotgan qiziqish chuqur ramziy ma’noga ega, chunki bu pedogogik
an’analarning insonparvarlik, bolaning individualligiga e’tibor berish,
shuningdek, ta’lim va tarbiyalsh zarurati kabi xususiyatlari bilan bog’liq doimiy
o’zgarib borayotgan dunyoda fuqarolik jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yurita
oladigan yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgandir. Uning ko’plab
kashfiyotlarining aksariyat zamonaviy psixologiya va fizilogiya tomonidan tan
olingan.

Montessori usuli va an’anaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasidagi

asosiy farq – bu bolaga o’ziga xos, betakror shaxs sifatida, o’z rivojlanish rejasi,
atrofdagi dunyoni o’zlashtirishning o’ziga xos usullari shartlari sifatida
qarashdir.Montessori usulining asosiy g’oyasi bolani aniq qurilish mantig’iga ega
bo’lgan va bolaning psixologik ehtiyojlariga mos keladigan tayyorlangan
muhitga joylashtirish orqali uni o’z-o’zini rivojlantirishga undashdir.

Montessori aytganidek pedagog va tarbiyachilarning vazifasi bolaga ushbu

muhitda o’z faoliyatini tashkil etishga, o’ziga xos yo’ldan borishga, ijodiy
salohiyatini

ro’yobga

chiqarishga

yordam

berishdir.Montessori

pedogogikasining fenomeni uning bolaning tabiatiga cheksiz ishonchida paydo
bo’lgan shaxsga bo’lgan har qanday avtoritar bosimni istisno qilish istagida,
shuningdek, erkin. mustaqil, faol shaxsga yo’naltirilganligidadir!

Mariya xonimni jamiyat va pedagogikadagi stereotiplarni parchalagan

ayol deb bilishadi.Gabriel Markes, Bill Geyts, Jeff Bezos kabi mashhurlar ham
shunday dargoh ta’limini olganlardan. Italiyadagi ilk diplomli shifokor ayolning
hayoti o’zi yozganidek – “ o’ta sokin, ammo shiddatli”.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

65

1870-yilning avgustida Italiyaning Kyarvalle shaharchasida tug’ilgan

Mariya xonim esini tanib, yo’lini topgunicha qattiqqo’l hisobchi otasidan
yashirincha bilim olishga majbur bo’lgan, ”Qiz bola o’qisa falokat yuz berishi”dan
cho’chigan ota farzandining o’qishga mukkasidan ketishini ko’pam
xushlayvermasdi.Biroq tadbirli, o’zi maktab ko’rmagan bo’lsa-da, mutolaadan
uzilmagan ona qizini doim qo’llab-quvvatlagan.

13 yoshida Mikelanjelo Buyenarotti nomidagi texnika maktabida

arifmetika, italyan tili, algebra, geometriya, hisob ilmi, tarix va geografiyani
o’rgangan qizaloq dugonalaridek klassik fanlar o’qitiladigan institutni emas,
balki texnika fanlari chuqur o’rgatiladigan dargohni tanlaydi. “ Muhandis
bo’lmoqchiman!” deb dilidagini tiliga ko’chirsa, sazoyi qilinishgacha yetadigan
pallada ulg’aygan. Mariya orzusini aytishdan qo’rqmaydi. Lekin intitutni
tamomlash arafasida fikridan qaytib,shifokor bo’lishga ahd qiladi. O’qishning
birinchi yilini yuqori baho bilan tamomlaydi va akademik mukofat bilan
taqdirlanadi.O’qishning 2-yili mahalliy klinikada assisentlikni boshlab,
keyinchalik pediatr va psixiatrlikni o’rganadi.Ming mashaqqat va masxaralarga
qaramay, nihoyat 1896-yil “tibbiyot doktori” unvonini olib,tahsilni yakunlagan
Mariya mamlakat tarixida ilk va yagona shifokor ayolga aylanadi.

27 yoshida ruhiy salomatligida nuqsoni bor bolalar bilan shug’ullanishga

kirisharkan, bunday qaror keyinchalik bir umrlik faoliyatiga – mittivoylar bilan
taqdirini bir qilib bog’lashga asos bo’lishini sezmagan ham. Oradan 3 yil o’tgach
sezilarli natijalar qayd etiladi va aqli zaif bolalarni himoya qilish ligasi Ortofrenik
instituti ochib, Montesorini direktor etib tayinlaydi.

1901- yili asosiy faoliyatidan chetlanib, Rim universitetida falsafa fanini

o’qishga sho’ng’iydi. SHundan keyin haqiqiy professional faoliyat boshlanadi.
Italiyan pedagogikasiga yangilik kiritish, bola qobiliyatini erta aniqlash va
rivojlanishiga turtki berishning ilmiy asoslarini obdon o’rgangach, ilk maktab –
“Casa dei Bambini” (italiyancha “ Bolalar uyi”ni ochadi.

1907- yilning yanvar oyida Rimning o’rtahol, aksar aholisi kambag’al

yashaydigan qismida ochilgan maktab tajribasi kutilmaganda katta natija
ko’rsatadiki, Italiyadan tashqari boshqa o’lkalarga ham tezda dong’i ketadi.
Bugun shunday maktablar soni 60 mingtaga yetgan. Bu dargohni bitirganlar
orasida mashxur oshpaz Julia Chayld, adib Gabriyel Garsia Markes, qo’shiqchi
Teylor Svift, Google asoschisi Larri Peyj, Chelsi Klington ( Bill va Hillari
Klingtonning qizi), Britaniya qiroli Charlz va boshqa mashxurlar o’qiganlar.

Bolalarni ko’pincha ikki toifaga: iqtidorli va iqtidorsizlarga bo’lishadi.

Ayrimlar buni qoida ham deb bilishadi. Biroq Montessori xonim har qanday


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

66

bolada qandaydir iste’dod, iqtidor va o’rganishga ishtiyoq bo’lishga astoyidil
ishongan. “Bolalar biz kattalarga ajoyib saboq beradi – aqlimizni rivojlantirish va
muayyan shaklga solish uchun qo’llarimizni ishlatishimiz shart ekan”deydi u.

Maktabda o’rtacha 50-60 nafar bola qabul qilinib, ko’pincha 2-3 hamda 6-7

yashar bolalar o’qitilgan. Sinfxona juda oddiy: o’qituvchi stoli, yozuv doskasi,
mitti stulchalar, kreslo va bolalar stoli, o’quv materiallari uchun javondan iborat
bo’lgan. Mashg’ulotlar ham ota- onalarning aksari kutganidek “mo’jizakor’,
“sehrli” emas, behad soda va batartib – kiyinish va yechinish, changlarni artish,
supur-sidir, mo’jaz bog’chadagi gul, nihollarni parvarishlash, mitti jonivorlarni
boqish,ovqat tayyorlash – tarzda tashkil etilgan. Bolalarga nimani qanday
o’rgatish texnikasi va psixologiyasini o’rgangach, darsliklarni Montessori
xonimning o’zi yozadi. Biroq hammani hayron qoldirib mashg’ulotlarni xonim
emas, balki yordamchi o’qituvchilar, murabbiylar o’tadi, direktor esa kuzatish-
o’rganish yangiliklar kiritish bilan cheklanadi.

Montessori metodining eng afzal taraflaridan biri- bolaning turli qoliblarga

solinmasligidir. Sinf xonasi, maktabdagi emin - erkinlik bolajonlarni darslarda
faol bo’lishga ruhlantirgan, amaliy qobiliyatlarga bajonidil sho’ng’ishga undagan
va eng muhumi bola bevosita o’zini o’zi tarbiyalay olgan. Kimgadir tartibsiz va
nazoratsiz tuyulgan maktab uslubi vaqti kelib mevasini beradi. Maktabdagi
darslar har kuni 9:00 da boshlanib, 16:00 gacha davom etgan. Har bir bolaga
alohida shaxs deb qarash uning imkoniyat va iste’dodini to’liq ochadi degan
xulosaga kelgan.

Montessori maktabining oltin qoidalari:

Bola faol bo’lishi muhim.Uning ulg’ayishida kattalar ikkinchi o’rinda

tursin, rahbar emas, ko’makchi bo’lsin.

Erkin harakat va bola tanlovi.

Katta bolalar o’zidan kichiklarga bilganini o’rgatsin. Ayni shu odat

boshqalar haqida g’amxo’rlik qilish ko’nikmasini shakllantiradi.

Bola qarorni o’zi chiqarsin.

Mashg’ulotlar maxsus hozirlangan muhitda o’tilishi shart.

Kattalarning burchi – bolani qiziqtira bilish.Keyin bolaning o’zi rivojlanib

ketaveradi.

Bolaning iste’dodini to’liq ko’rsatishi uchun unga erkin fikrlash, harakat va

tuyg’u imkonini berish xolos.

Bolani tabiatdan bezdirish emas, do’st qilish kifoya.

Uni tanqid qilmang, qandaydir taqiq, cheklov bilan bog’mang.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

Xato qilishga har bir bolaning haqqi bor. Uni to’g’irlashni ham o’ziga qo’yib

bering.

Xulosa qilib aytganda Maria Montessori metodikasi zamonaviy

pedagogikada o’ziga xos o’rin tutadi.Uning metodlariga asoslangan ta’lim
yondashuvi bolalar rivojlanishining barcha jihatlarini qamrab olishga imkon
beradi. “Casa die Bambini” ning dong’i shu qadar taraldiki, ikkinchi maktab ham
qisqa fursatda ochiladi. Diqqatni jamlash, e’tibor, o’zini o’zi boshqarish va
rivojlantirish metodikasi asosida o’qiyotgan italyan bolalarning yutug’iga
qo’shni mamlakatlar ham qiziqa boshlaydi.1907-yili o’qish va yozish bo’yicha
o’tkazilgan tajriba ham muvaffaqiyatli bo’ladi.4-5yashar bolajonlarning yoshiga
nisbatan tez savod chiqarishi ko’pchilikning hayratini oshirai.1908-yili yana
uchta shunday “ Bolalar uyi” ochiladi.Kelasi yildan esa bog’chalarda o’qitiladigan
Fryobel metodikasi Montessori metodikasi bilan almashtiriladi. 1909-1915-
yillar orasi xonim ishlab chiqqan metod sekin-asta dunyoni zabt eta
boshlaydi.YUNESKO insoniyat oldidagi xizmatlari uchun 1988-yil uch buyuk
tarbiyachi- amerikalik Jon Dyui, nemis Georg Kershenshteyner hamda sovet
pedagogi Anton Makarenko nomi oldiga Montessori xonim nomini qo’yib, XX asr
ta’lim-tarbiya tizimiga qo’shgan hissasini munosib e’tirof etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Highlights from Communications 2007/1”.Association Montessori

Internationale.2007-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
2.

Yu.I.Fausek “Motessori bolalar bog’chasi” Toshkent. 2008 yil.

3.

“Montessori metodikasidan namunalar”metodik tavsiya Samarqand 2004.

4.

“Bolalar bog’chalari uchun dasturlar”Toshkent:1992 yil

5.

“Bolalar bog’chasida tarbiyachi programmasiga oid metodik ko’rsatmalar”

Toshkent:1967-yil.
6.

Yusupova G.”Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” Toshkent:”O’qituvchi”

1993.

Библиографические ссылки

“Highlights from Communications 2007/1”.Association Montessori Internationale.2007-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Yu.I.Fausek “Motessori bolalar bog’chasi” Toshkent. 2008 yil.

“Montessori metodikasidan namunalar”metodik tavsiya Samarqand 2004.

“Bolalar bog’chalari uchun dasturlar”Toshkent:1992 yil

“Bolalar bog’chasida tarbiyachi programmasiga oid metodik ko’rsatmalar” Toshkent:1967-yil.

Yusupova G.”Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” Toshkent:”O’qituvchi” 1993.