Авторы

  • Muxayyo Turayeva
    Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon, Oʻzbekiston.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105937

Ключевые слова:

bank bank-moliya tizimi kapitallashuv resurs ustav kapitali deposit kredit reyting omonat mijoz yuridik shaxs jismoniy shaxs operatsiya mablag‘ omillar sub’yekt.

Аннотация

Ushbu maqolada depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilingan bo‘lib, depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

52

TIJORAT BANKLARI DEPOZIT OPERATSIYALARINING

RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Turayeva Muxayyo Soliyevna

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti,

Andijon, Oʻzbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654444

Annotatsiya.

Ushbu maqolada depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilingan

bo‘lib, depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Аннотация.

В статье анализируются проблемы депозитов и

разрабатываются предложения по развитию депозитарных операций.

Abstract.

The article analyzes the problems of deposits and develops

proposals for the development of depository operations.

Kalit so‘zlar:

bank, bank-moliya tizimi, kapitallashuv, resurs, ustav kapitali,

deposit, kredit, reyting, omonat, mijoz, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, operatsiya,
mablag‘, omillar, sub’yekt.

Ключевые слова:

банк, банковско-финансовая система, капитализация,

ресурс, уставный капитал, депозит, кредит, рейтинг, сбережения, клиент,
юридическое лицо, физическое лицо, операция, средства, факторы, субъект.

Key words:

bank, banking and financial system, capitalization, resource,

authorized capital, deposit, credit, rating, savings, client, legal entity, individual,
operation, funds, factors, subject.

Bank amaliyotidan ma’lumki, jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini

depozitlar tashkil qiladi. Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul
mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari
deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga banka ham
manfaatli hisoblanadi. Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki
operatsiyalar jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqitgacha saqlanadigan
mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli

farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining tegishli farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarga mos holda
bank faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyat samaradorligini
oshirish jarayonida fundamental o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu banklarning
strategik maqsadlarini amalga oshirish va mustahkam resurs bazasini
shakllantirishda depozit siyosatining ahamiyati va rolini oshirish hamda uni
takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarb
yo‘nalishlaridan biriga aylanishiga olib keldi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

53

Maqsad.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini, shu jumladan, bank tizimini

modernizatsiyalash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida bank tizimidagi
islohotlarning samaradorligini yanada oshirishda sohaga oid normativ-huquqiy
hujjatlarning zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqilishi muhim ahamiyat
kasb etadi.

Mamlakatimiz Qonunchilik Palatasi tomonidan 2019 yilning o‘zida bank

tizimga oid 4 ta qonun yangidan qabul qilindi. Bu esa, respublikamiz bank
tizimning xalqaro bank tizimiga bosqichma-bosqich integratsiyalashib
borayotganligidan, mamlakatimiz banklarining xizmatlar ko‘lami va sifatini yangi
bosqichga olib chiqilayotganligidan dalolat beradi.

Ilmiy ishning natijasi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz bank tizimiga aholi va

xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ishonchini yanada mustahkamlash,
iqtisodiyotdagi bo‘sh turgan pul mablag‘larini uzoq muddatli bank depozitlariga
jalb etish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu
borada tijorat banklari tomonidan depozit operatsiyalarini amalga oshirish,
depozitlar bilan bog‘liq hisob-kitoblar tizimini samarali amalga oshirish
mexanizmini takomillashtirish uchun mamlakatimizda amal qilayotgan qonunlar
va qonunosti hujjatlarining o‘rni beqiyosdir. Tijorat banklarining depozit
operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar muhim
vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Banklar tomonidan resurs jalb qilishni yanada kengaytirish, aholi omonatlari

hajmini yanada oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishni
yanada takomillashtirish banklar kreditlash salohiyatini kengayishiga asos bo‘lib
xizmat qiladi.

Darhaqiqat, tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga o‘z sohalari

bo‘yicha ishlab chiqarishni amalga oshirishga moliyaviy jihatdan ko‘maklashishi,
aniqroq aytganda o‘z kreditlarini taklif etishi talab etiladi.

Lekin shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tijorat banklari bu – tijorat faoliyatini

yurituvchi yuridik shaxs hisoblandi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun pul
mablag‘lariga egalik qilish yoki aniqroq aytganda ularni o‘z faoliyatiga jalb qilish
zaruriyati mavjud bo‘lsa, tijorat banklari ham bunday muammodan holi emas.
Tijorat banklari resurslari shakllanishini tahlil qilish va ulardan qanday foydalana
olish imkoniyatiga ega ekanligini yoritish muhim amaliy hamda nazariy ahamiyat
kasb etadi.

Tijorat banklarining resurslari odatda, o‘z mablag‘lari, jalb qilingan mablag‘lar

va qarz mablag‘laridan tashkil topadi. Resurs manbaining asosiy qismini jalb


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

54

qilingan mablag‘lar tashkil etsa, banklarga bo‘lgan ishonchning asosiy manbaini o‘z
mablag‘lari tashkil etishi barchamizga ma’lum.

I.X.Raxmanov va X.X.Otamurodovlarning fikricha, tijorat banklari tomonidan

depozit mablag‘larining jalb qilinishi, bankning kredit sifatida beriladigan
resurslarini shakllantirishga zamin yaratadi va kredit tarzida beriladi, shuningdek
bu holat boshqa bank tomonidan yana depozit mablag‘lari sifatida jalb qilinib, shu
tijorat bankining kredit resurslari sifatida shakllanib, kredit tarzida berilib boradi.
Mazkur holat bir necha bor boshqa banklar amaliyotida ro‘y berib, bir-biri bilan
bog‘lanib boraveradi.

Amerikalik olimlar, ya’ni Rodjer Miller va Devid Van-Xuzlarning ilmiy

ishlarida depozit multiplikatorini aniqlashda asosiy e’tibor transaktsion
depozitlarga qaratilgan. Ularning fikricha, transaktsion depozitlar – pullar
yaratilishining yagona shakli bo‘lib, depozit multiplikatorini pul multiplikatori
sifatida ham atash mumkinligini qayd etib o‘tadilar.

1-jadval. Jami depozitlarning muddatlar bo‘yicha qoldig‘i (mlrd so‘mda)

Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlari asosida jalb qilingan depozit muddatlar

bo‘yicha qoldig‘ini tahlil qilishimiz mumkin.

Demak, bank tizimida jami depozitlar 01.04.2024 yilda 243128 mlrd so‘mni,

01.04.2025 yilda 325953 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2025 yilda 2024 yilga
nisbatan 82825 mlrd so‘mga ya’ni 34,06 oshganligini, buni depozitlar muddatlari
bo‘yicha o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, bizga ma’lumki tijorat
banklari uchun eng barqaror resurslar muddatli depozitlar hisoblanadi, chunki shu
resurslar hisobidan banklar tomonidan kreditlar berilishi mumkin.

Barcha iqtisodchilarga ma’lumki, tijorat banklari jalb qilinadigan depozitlar

(omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalari darajasini Markaziy bankning qayta moliyalash


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

55

stavkasi hamda inflyatsiya darajasining so‘nggi yillardagi o‘zgarishidan kelib
chiqqan holda belgilaydilar.

O‘z navbatida, Markaziy bank, bank omonatchilari, qarz oluvchilari va

kreditorlarining manfaatlarini himoya qilish, depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz
stavkalarining asossiz o‘sishini oldini olish va u bilan bog‘liq risklarning yuzaga
kelishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash maqsadida
muntazam ravishda banklarning depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalari
darajasini monitoring qilib boradi.

Demak, yuqoridagi tahlillar natijasidan ko‘rishimiz mumkinki, mamlakat

hududida tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlarga nisbatan
o‘rnatilgan majburiy zaxira stavkasining pasaytirilishi banklar tomonidan jalb
qilinishi mumkin bo‘lgan depozitlar miqdorini sezilarli darajada oshishiga xizmat
qiladi. Shu bilan bir qatorda yuqoridagi tahlilimizdan ko‘rishimiz mumkinki,
majburiy zaxira stavkasining pasaytirilishi Markaziy bank majburiy zaxiralar
miqdorining pasayishiga olib kelmagan. Yuqoridagi holatlarni o‘rganish va tahlil
qilish orqali, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, depozit multiplikatsiyasi va kredit
ekspansiyasi asosan majburiy zaxira foiz stavkalariga bevosita bog‘liqdir.

Markaziy bank muayyan bir bankning jalb qilingan depozitlari (omonatlari)

bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasining asossiz ravishda yuqoriligini, mazkur
bankning:
- aktivlari va kapitali rentabelligi darajasi;
- foizli daromadlarning yalpi daromaddagi ulushi va aktivlarga
nisbati;
-foizli daromadlarning foizli xarajatlarga nisbati;
- foizli xarajatlarning umumiy majburiyatlarga nisbati;
-jalb qilinayotgan mablag‘larning aylanish muddatlari va bank aktivlarining
rentabelligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi;
-omonatga jalb qilinayotgan mablag‘lardan foydalanishning samaradorligi
darajasi kabi ko‘rsatkichlarga ta’sirini hamda bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichlardan pastligi yoki yuqoriligini tanqidiy ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi.

Mazkur ko‘rsatkichlarning belgilangan me’yor darajasida bo‘lishi bankning

depozitlar bo‘yicha to‘lanayotgan foizlarga, banklar tomonidan jalb qilinayotgan
depozitlarning jozibadorliligiga, bankning moliyaviy barqarorligi va rentabelligiga
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’yekt o‘z mablag‘larini banklardagi

depozit(omonat)larga qo‘yar ekan, avvalambor, ushbu mablag‘larni bus-butun
saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishidan manfaatdordir. Hozirgi kunda taraqqiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

56

etgan mamlakatlarda aholining banklardagi omonatlarini himoyalash, xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlarning banklardagi depozitlarini sug‘urtalashga qaratilgan
masalalar dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va takliflar:

Yuqorida amalga oshirilgan tahlillar natijasida

mamlakatimiz bank amaliyotida tijorat banklarining depozit bazasini
mustahkamlash bilan bog‘liq bir qator muammolar aniqlandi.

1. Tijorat banklari, ayniqsa kapitali tarkibida davlat ulushi yuqori bo‘lgan

banklar uzoq muddatli depozitlarni jalb qilishga jiddiy e’tibor qaratishmaydi.
Xususan moliyaviy resurslarni jalb etishning bozor tamoyillari va mexanizmlari
keng joriy etilmagan, natijada ular o‘rtasida raqobat muhiti etarli darajada
shakllanmagan va depozit bazasining mustahkamligi bo‘yicha qator muammolar
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.

2. Fikrimizcha, tijorat banklari depozit siyosati - bank tomonidan jismoniy va

yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘lаrini jalb qilish hamda keyinchalik mazkur
mablag‘larni o‘zaro manfaatli asosda joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
o‘zida mujassam etgan bank siyosatidir.

3. Tijorat banklari tomonidan puxta ishlangan depozit siyosati orqali

barqaror pul mablag‘larni jalb qilish banklar resurs bazasining oshishiga, bu esa,
o‘z navbatida, banklarning kredit berish amaliyotida resurs yetishmasligi
muammosining oldini olishga xizmat qiladi.

Bibliografik ro‘yxat:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining «Tijorat banklari
tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalarini
shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida»gi nizom. 2015 yil 13 iyun
2. Жуков, Е. Ф. Банковское дело : учебник для бакалавров / Е. Ф. Жуков. —
Москва : Издательство Юрайт, 2012. — 591 с.
3. Тавасиев, А.М. Банковское дело: управление кредитной организацией.
Учебное пособие / -2-е изд., перераб. и доп. — М.: Издательско-торговая
корпорация «Дашков и К°», 2011. — 640 с.
4. Агарков М.М. Основы банковского права. Авторский сборник. 2005. 336с.
5. Балабанов И.Т. Основы финансового менеджмента: учеб. пособие / И.Т.
Балабанов. - 3-е изд., перераб. и доп. - К.: Эльга, Ника-Центр, 2005. - 656 с.
6. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. -T.: TMI, Iqtisod-Moliya, 2017 yil, 732b.
7. Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari.
Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
dissertatsiyaavtoreferati, –T.: BMA, 2008. 11 b.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

57

8. Mirzayev F.I. O‘zbekistonda banklararo raqobatni shakllantirishning
kontseptual asoslari. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun
taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati, –T.: BMA, 2009. 11 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining «Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida»gi nizom. 2015 yil 13 iyun

Жуков, Е. Ф. Банковское дело : учебник для бакалавров / Е. Ф. Жуков. — Москва : Издательство Юрайт, 2012. — 591 с.

Тавасиев, А.М. Банковское дело: управление кредитной организацией. Учебное пособие / -2-е изд., перераб. и доп. — М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2011. — 640 с.

Агарков М.М. Основы банковского права. Авторский сборник. 2005. 336с.

Балабанов И.Т. Основы финансового менеджмента: учеб. пособие / И.Т. Балабанов. - 3-е изд., перераб. и доп. - К.: Эльга, Ника-Центр, 2005. - 656 с.

Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. -T.: TMI, Iqtisod-Moliya, 2017 yil, 732b.

Omonov A.A. Tijorat banklarining resurslarini samarali boshqarish masalalari. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaavtoreferati, –T.: BMA, 2008. 11 b.

Mirzayev F.I. O‘zbekistonda banklararo raqobatni shakllantirishning kontseptual asoslari. Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati, –T.: BMA, 2009. 11 b.