Авторы

  • Asliddin Nurmonov
    ISFT o’qituvchisi, Oila va gender ilmiy tadqiqoti doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105940

Ключевые слова:

raqamli ta’lim globallashuv ijtimoiy psixologiya ziddiyat er-xotin oilaviy munosabatlar.

Аннотация

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida insonlar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri ham sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, oilaviy hayotda er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovuti mavjud bo‘lgan oilalarda kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik muammolar dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Shunday sharoitda raqamli taʼlim imkoniyatlari va ilmiy izlanishlarga jalb etish jarayoni ushbu ziddiyatlarni yumshatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

ER-XOTIN O‘RTASIDAGI OILAVIY ZIDDIYATLARNI RAQAMLI

TAʼLIM VA ILMIY IZLANISH FAOLIYATI ORQALI BARTARAF

ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Nurmonov Asliddin Xusniddin o’g’li

ISFT o’qituvchisi,

Oila va gender ilmiy tadqiqoti doktoranti

Itoncha1112@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654235

Annotatsiya.

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida

insonlar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri ham sezilarli darajada o‘zgarib
bormoqda. Ayniqsa, oilaviy hayotda er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovuti mavjud
bo‘lgan oilalarda kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik muammolar dolzarb
masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Shunday sharoitda raqamli taʼlim
imkoniyatlari va ilmiy izlanishlarga jalb etish jarayoni ushbu ziddiyatlarni
yumshatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Kalit so’zlar:

raqamli ta’lim, globallashuv, ijtimoiy psixologiya, ziddiyat, er-

xotin, oilaviy munosabatlar.

Аннотация.

В современную эпоху глобализации и цифровых

технологий характер взаимоотношений между людьми также значительно
меняется. Особенно актуальной проблемой считается возникновение
социально-психологических конфликтов в семьях, где между супругами
существует разница в возрасте. В таких условиях возможности цифрового
образования и привлечение к научно-исследовательской деятельности
могут служить важным инструментом для смягчения подобных
конфликтов.

Ключевые слова:

цифровое образование, глобализация, социальная

психология, конфликт, супруги, семейные отношения.

Annotation.

In today's era of globalization and digital technologies, the

nature of relationships between people is also undergoing significant changes. In
particular, the emergence of socio-psychological conflicts in families where
there is an age difference between spouses is considered one of the pressing
issues. In such conditions, the opportunities of digital education and
involvement in scientific research activities can serve as an important tool in
mitigating these conflicts.

Keywords:

digital education, globalization, social psychology, conflict,

spouses, family relationships.

Bugungi kunda dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari, raqamli

texnologiyalarning hayotimizga jadal kirib kelishi va inson faoliyatining deyarli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

37

barcha sohalarida axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanilishi
natijasida ijtimoiy munosabatlarning mazmun-mohiyati va shakllari sezilarli
darajada o‘zgarib bormoqda. Xususan, oila institutida, uning ichki psixologik
muhitida va er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda ham yangi ehtiyojlar, yangi
talablar va turli xil muammolar yuzaga chiqmoqda. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, bugungi oila hayotida eng dolzarb muammolardan biri — bu
turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi yosh tafovutidan kelib chiqadigan ijtimoiy-
psixologik ziddiyatlardir. Yosh tafovuti mavjud bo‘lgan oilalarda dunyoqarash,
qadriyatlar tizimi, hayotga bo‘lgan yondashuv, o‘zaro munosabatlar va
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasidagi tafovutlar bir-biriga
nisbatan muammolar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan,
yosh juftliklarning biri raqamli texnologiyalarni faol o‘zlashtirib, kundalik
hayotida internet, smartfon, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn ta’lim imkoniyatlaridan
unumli foydalanishga harakat qilsa, ikkinchi tomon bu jarayonlarga moslasha
olmasligi yoki ularga ehtiyoj sezmasligi oiladagi kommunikativ, hissiy,
intellectual munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatlar,
ayniqsa, turmush o‘rtoqlar o‘rtasida katta yosh farqi bo‘lgan oilalarda yanada
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda muhim savol tug‘iladi: oiladagi yosh
tafovuti sabab yuzaga keladigan psixologik va kommunikativ muammolarni
qanday

qilib

zamonaviy

vositalar

orqali

yumshatish

mumkin?

Ilmiy tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ta’lim
imkoniyatlaridan foydalanish, turmush o‘rtoqlarning birgalikda ilmiy
izlanishlarga jalb etilishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun
harakat qilishi — oilaviy integratsiya va o‘zaro moslashuv jarayonida samarali
vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu esa nafaqat oiladagi o‘zaro tushunishni
mustahkamlash, balki har ikki tomonning shaxsiy o‘sishini, o‘zini anglashini va
jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Raqamli ta’lim, ayniqsa,
turli yosh vakillari uchun moslashuvchan, individual yondashuvlarga asoslangan
platformalar mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Shu sababli, yosh farqlari mavjud
oilalarda har ikki tomonning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy
texnologiyalardan foydalana olish madaniyatini shakllantirish, ularni ilmiy-
ijodiy faoliyatga jalb qilish muhim ijtimoiy-psixologik mexanizm sifatida
o‘rganilishi lozim bo‘ladi.

Oilaviy munosabatlar psixologiyasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, yosh tafovuti katta bo‘lgan er-xotinlar o‘rtasida dunyoqarash,
qadriyatlar va hayotiy maqsadlarda tafovut ko‘proq uchraydi. Bu esa o‘z
navbatida tushunmovchilik, ishonchsizlik, o‘zaro norozilik kabi muammolarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

38

keltirib chiqarishi mumkin.

Biroq ijtimoiy psixologiyada shunday yondashuv

bo‘lib insonlar faoliyat orqali bir-biriga yaqinlashishi, umumiy maqsadlar sari
intilishi orqali o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirishi mumkin. Ayniqsa,
raqamli taʼlim va ilmiy izlanish faoliyati bu borada samarali mexanizm sifatida
qaralmoqda.
Albert Bandura nazariyasida shunday g‘oya mavjudki — insonlar bir-biridan
o‘rganishga moyil. Ayniqsa, yosh tafovuti mavjud bo‘lgan er-xotinlarda bilim,
tajriba va dunyoqarash almashinuvi tabiiy ehtiyojga aylanadi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda:

Katta yoshli insonlar – hayotiy tajribasi, an’anaviy qadriyatlarga sodiqligi,

zamonaviy muammolarga ham konservativ usulda yechim topishga urinish
kabilar sodir bo’ladi.

Yoshlar – texnologiya, kreativ fikrlash va zamonaviy dunyoqarashni har

qanday muammoning yechimi sifatida ko’rishadi.

Bu ikki resursni raqamli ta’lim orqali birlashtirish oilaviy barqarorlikka

xizmat qilishi mumkin.

Shuningdek, oilaviy ziddiyatlarda stress muhim omil hisoblanadi. Lazarus

tomonidan ishlab chiqilgan stressni boshqarish modeli asosida:

Ilmiy izlanish va raqamlashtirilgan ta’lim usuli oiladagi stressni

konstruktiv energiyaga aylantiradi.

Emotsionalik, o‘zaro munosabatlarda kelishib yashash – stressni

kamaytiruvchi asosiy omillar sifatida tan olinadi.

Raqamlashtirilgan taʼlim

– bu nafaqat bilim olish balki, turli yoshdagi

insonlarni zamonaviy texnologiyalar orqali birlashtirish imkonini beruvchi
muhim vositadir. Er-xotin o‘rtasida yosh tafovuti mavjud bo‘lgan hollarda, aynan
raqamlashtirilgan taʼlim ularga bir-birining dunyoqarashi va qiziqishlarini
tushunishga yordam berishi mumkin.

Masalan:

Birgalikda onlayn kurslarga yozilish;

IT yoki til o‘rganish bo‘yicha platformalarda darslar olish;

Ilmiy loyihalar ustida hamkorlik qilish;

Blog yuritish yoki tadqiqot maqolalari yozishda hamkorlik qilish.

Bu jarayon oiladagi har ikkala tomon uchun yangi qiziqish va umumiy

mavzular yaratadi. Er-xotin o’rtasidagi aqliy bog’lanish sodir bo’ladi.
Dunyoqarashi bir xil bo‘lgan oilalarda munosabatlar mustahkam bo‘lishi
tadqiqotlarda aniqlangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

39

Psixolog olimlarning fikricha inson o‘zini o‘zlashtirish va rivojlantirish

jarayonida boshqa insonlar bilan hamkorlik qilish orqali ruhiy qoniqishga
erishadi. Agar er-xotin ilmiy izlanishlar olib borishga birgalikda kirishsa, bu
ularda o‘zaro hurmat, eʼtibor va muloqotni kuchaytiradi.

Masalan:

Birgalikda ilmiy maqola yozish;

Onlayn konferensiyalarda ishtirok etish;

Raqamli kutubxonalar va ilmiy bazalardan foydalanish;

Ijtimoiy tarmoqlarda ilm-fan bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etish.

Bu jarayon o‘z navbatida er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovutdan kelib

chiqadigan farqlarni ijobiy tomonga yo‘naltirish imkonini beradi.

Ijtimoiy-psixologik mexanizmlar

O‘rganilgan nazariy va amaliy maʼlumotlarga tayangan holda, quyidagi

asosiy mexanizmlarni ajratish mumkin:

Mexanizm

Ta’sir shakli

Natija

Birgalikdagi

ta'lim

jarayoni

Umumiy

qiziqishlar
shakllantiradi

Tushunish va hurmat

kuchayadi

Hamkorlikdagi

izlanish

Jamoaviy fikrlashni

rivojlantiradi

O‘zaro

ishonch

mustahkamlanadi

Axborot

texnologiyalari

bilan

ishlash

Yangi ko‘nikmalar

hosil bo‘ladi

Oilaviy

muloqot

yaxshilanadi

Innovatsion

loyiha

va g‘oyalar

Ijodiy

fikrlashni

rivojlantiradi

Munosabatlar

diversifikatsiyalanadi

Xulosa.

Yosh tafovutidan kelib chiqadigan oilaviy ziddiyatlarni bartaraf etishda

raqamli taʼlim va ilmiy izlanish faoliyatidan foydalanish o‘zining yuqori ijtimoiy-
psixologik samarasini ko‘rsatmoqda. Bu jarayon er-xotin o‘rtasidagi
munosabatlarni mustahkamlash, umumiy maqsadlarni shakllantirish, o‘zaro
muloqotni kuchaytirish, ishonch va hurmatni oshirishga xizmat qiladi. Bundan
tashqari, oilalar o’rtasidagi ziddiyatlar, ajrim darajasigacha borishlar ham
kamayadi, farzandlarning ota yoki onasiz qolishlari kamayadi va natijada
jamiyatda qalbi mehrga to’la insonlar yetishib chiqaveradi.

Quyidagi tavsiyalar beriladi:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

40

Har bir oilada umumiy o‘quv yoki ilmiy loyiha yaratish madaniyatini

shakllantirish;

Raqamli taʼlim platformalaridan birgalikda foydalanish;

Yosh tafovutini ijobiy kuchga aylantirish — yaʼni yosh avlodning

texnologik salohiyati va katta avlodning hayotiy tajribasini birlashtirish;

Oilaviy ilmiy izlanish markazlarini tashkil etish.

Raqamli ta’limning moslashuvchanligi, individual o‘quv trayektoriyalarini

taklif qilishi va yangi bilimlarni teng asosda egallash imkoniyati — turli yoshdagi
turmush o‘rtoqlarni yaqinlashtiruvchi, ularni umumiy maqsad sari
yo‘naltiruvchi muhim vosita sifatida qaraladi. Shuningdek, ilmiy izlanish
faoliyatiga jalb etish orqali oila a’zolari orasida intellektual integratsiya, umumiy
qadriyatlar tizimini shakllantirish, hamkorlikda mas’uliyatli qarorlar qabul
qilish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi ijobiy ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi.
Bunday yondashuv natijasida yosh tafovuti sabab yuzaga keladigan ziddiyatlar
konstruktiv yo‘l bilan bartaraf etiladi, oila esa raqamli va ilmiy salohiyatga ega,
barqaror psixologik muhitli ijtimoiy birlik sifatida shakllanadi. Xulosa

qilib

aytganda, yosh tafovutining oiladagi salbiy ta’sirlarini bartaraf etish bo‘yicha eng
samarali yo‘llardan biri – bu raqamli ta’lim va ilmiy izlanish faoliyatlarini oilaviy
qadriyat sifatida shakllantirishdir. Bu esa nafaqat oilani, balki jamiyatni raqamli
ongli, madaniyatli va bilimga asoslangan ijtimoiy birlik sifatida rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abduqodirov, A. M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitali va

ijtimoiy taraqqiyot muammolari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti – 2020 y.
2.

Abdullayeva, M. Oila psixologiyasi asoslari. Toshkent: “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” nashriyoti 2017-y. 220-229 b.
3.

Azizxo‘jaeva, N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti 2018-y.
4.

G‘aniyev, K. G‘. Raqamli ta’limning pedagogik-psixologik asoslari.

Toshkent: “Yangi asr avlodi”.
5.

Jo‘rayev, O. “Oilaviy munosabatlar va yosh tafovuti: ijtimoiy psixologik

yondashuv.” // Ijtimoiy fanlar jurnali, 2019-y, 56–62-betlar.
6.

Mamajonov, A. A. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti.

2016-y.
7.

Mardonov, A. (2022). “Raqamli ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanish.”

// O‘zMU ilmiy axboroti, 2022-y 35–40-betlar.
8.

Nishonova, S. N. Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy ta’lim

texnologiyalari. Toshkent: “Innovatsiya ziyo”. 2020 -y.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

41

9.

Qodirova, D. (2023). “Oilada psixologik muhit va yosh farqining ijtimoiy

omillari.” // Yosh olimlar minbari, 2023-y. 18–24-betlar.
10.

Sharipova, D. A.“Raqamli ta’lim vositalari orqali oila a’zolari o‘rtasidagi

muloqotni mustahkamlash.” // Psixologiya va hayot, 44–50-betlar. Toshkent -
2022 y.

Библиографические ссылки

Abduqodirov, A. M. Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitali va ijtimoiy taraqqiyot muammolari. Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti – 2020 y.

Abdullayeva, M. Oila psixologiyasi asoslari. Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti 2017-y. 220-229 b.

Azizxo‘jaeva, N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti 2018-y.

G‘aniyev, K. G‘. Raqamli ta’limning pedagogik-psixologik asoslari. Toshkent: “Yangi asr avlodi”.

Jo‘rayev, O. “Oilaviy munosabatlar va yosh tafovuti: ijtimoiy psixologik yondashuv.” // Ijtimoiy fanlar jurnali, 2019-y, 56–62-betlar.

Mamajonov, A. A. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: TDPU nashriyoti. 2016-y.

Mardonov, A. (2022). “Raqamli ta’lim imkoniyatlari va shaxsiy rivojlanish.” // O‘zMU ilmiy axboroti, 2022-y 35–40-betlar.

Nishonova, S. N. Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari. Toshkent: “Innovatsiya ziyo”. 2020 -y.

Qodirova, D. (2023). “Oilada psixologik muhit va yosh farqining ijtimoiy omillari.” // Yosh olimlar minbari, 2023-y. 18–24-betlar.

Sharipova, D. A.“Raqamli ta’lim vositalari orqali oila a’zolari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash.” // Psixologiya va hayot, 44–50-betlar. Toshkent -2022 y.