Авторы

  • Raximaxon Boymirzaeva
    Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti, Fuqarolik, jinoyat huquqi va protsessi kafedrasi katta o‘qituvchisi.
  • Mirzaabdulla Madmarov
    Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi, 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105945

Ключевые слова:

voyaga yetmaganlar yoshlar kriminologik tavsif jinoyatchilik.

Аннотация

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi, sabablari va uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan jihatlar ko‘rilgan.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, uning kelib chiqishida pedagogik va psixologik omillar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI MUAMMO VA MOHIYAT

Boymirzaeva Raximaxon Xoshimjonovna

Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti, Fuqarolik,

jinoyat huquqi va protsessi kafedrasi katta o‘qituvchisi.

+99890-741-92-17.

boymirzayevaraximaxon75@gmail.com

Madmarov Mirzaabdulla Abrorjon o‘g‘li

Namangan davlat universiteti, Yuridik fakulteti

yurisprudensiya yo‘nalishi, 1-kurs talabasi

+99894-895-60-09

madmarоvmirzaabdulla86@gmail.cоm

https://doi.org/10.5281/zenodo.15654145

Annotatsiya

. Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi,

sabablari va uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan jihatlar ko‘rilgan.Voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligi, uning kelib chiqishida pedagogik va psixologik
omillar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar

: voyaga yetmaganlar, yoshlar, kriminologik tavsif,

jinoyatchilik.

Huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va omillar

muammosi har qanday kriminologik tadqiqotda u yoki bu tarzda ko‘rib chiqiladi,
chunki u kriminologiyaning muhim muammolaridan biridir. Uni ilmiy o‘rganish
nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Jinoyat sabablari nima-yu,
uning omillari deganda nimani tushunish lozim, degan masala bizning
kriminologik adabiyotlarimizda, afsuski, hanuzgacha aniq hal qilinmagan.
Aksariyat hollarda bu tushunchalar adashtiriladi yoki bir-biriga tenglashtiriladi.
Aytilgan holatlar voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining sabablari va
omillari muammosiga ham taalluqli. Ushbu masalaga nisbatan har xil
yondashuvlar mavjud. Kriminologlar, psixologlar va huquqshunoslarning
ta'kidlashicha, voyaga etmaganlar jinoyati darajasi ishlarning holatini juda aniq
ko'rsatadi. Jamiyat va jamoat axloqi, ijtimoiy institutlar faoliyatining
samaradorligi, butun jamiyatning farovonligi yoki qashshoqligi. Shu bilan birga,
voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning sifat o‘zgarishiga
e’tibor qaratilmoqda, bu esa yuqori darajadaligi dolzarb masla ekanligi bilan
ajralib turadi.

Muhokama

Ayrim olimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari jumlasiga

quyidagilarni kiritadi: yashash, o‘qish yoki ish joyidagi muhitning salbiy ta’siri;
o‘qishni tashlab ketgan o‘smirlar uzoq vaqt muayyan ish bilan shug‘ullanmasligi;
o‘smirning noto‘g‘ri tarbiyalanishini belgilovchi shart-sharoit omillari; yoshi katta


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

jinoyatchilarning dalolatchiligi; zo‘ravonlik va qonunsizlikni ifodalovchi kitoblar
va filmlar ta’siri. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining omillari sifatida
quyidagilar qayd etiladi: nazoratsizlik; umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya
ishlarida mavjud kamchiliklar; ishga joylashtirishda hamda ishlab chiqarishda
tarbiya ishlarini tashkil etishda mavjud kamchiliklar; madaniy hordiq chiqarishni
tashkil etishdagi kamchiliklar; voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish
hamda unga qarshi bevosita kurash olib borish vazifalari zimmasiga yuklangan
organlar faoliyatidagi kamchiliklar.

Ayrimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari qatoriga

quyidagilarni kiritadi: o‘smirning kayfiyati va ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi
hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar; ma’naviy va axloqiy mo‘ljallarning beqarorligi;
shaxslar jinoiy guruhi bilan yaqin aloqada bo‘lish yoki muayyan sharoitda ular
o‘smirga salbiy ta’sir ko‘rsatishi; ruhiyatining ayrim xususiyatlari; oila yoki
jamoadagi noqulay shart-sharoitlar.Bundan tashqari voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir etilayotgan turli-xil xuquqbuzarliklarga birinchi navbatda, o‘sha
shaxsda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yetishmasligi ham sababdir.
Huquqiy ongi, tarbiyasi va huquqiy madaniyati yetuk bulmagan voyaga yetmagan
shaxs jamiyatda amalga oshirayotgan ayrim salbiy harakatlarni huquqbuzarlik
ekanligini tushunmaydi. Masalan, voyaga yetmagan o‘smir mayda o‘g‘irlik
huquqbuzarlik ekanligini, buning oqibatida javobgarlik masalasi borligini huquqiy
ongi huquqiy madaniyati yetishmasligi va huquqiy tarbiyaga ega emasligi uchun
bilmaydi.

Natijada ana shunday mayda huquqbuzarliklar o‘rnini katta jinoyatlar

egallaydi. Shuning uchun jamiyatimizda ro‘y berayotgan huquqiy o‘zgarishlar va
huquqiy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yoshlarga o‘z vaqtida yetib borishi
kerak. Ya’ni, yoshlar jinoyat sodir etgandan keyin emas, balki shaxsning jinoyat
sodir etishining oldini olish maqsadida bu borada ko‘plab ma’lumotga ega bulishi
lozim. Sir emaski, o‘smirlar bu boradagi jinoiy javobgarlik, jazo choralari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat jinoyat sodir etganlaridan keyingina huquqni
muxofaza qiluvchi organ xodimlaridan eshitib, tushunib olishadi.Voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligi kattalar jinoyatchiligi bilan bir xil sabablarga ega, biroq
ularning yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga ta’sir ko‘rsatish
mexanizmi ancha farq qiladi.

Bu sabablar shaxsning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur tarbiya tashkiliy va stixiyali jihatlarni, tarbiya hamda tegishli ijtimoiy
amaliyot ta’sirini o‘z ichiga oladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sharoiti
deganda ular sodir etadigan jinoyatlarning paydo bo‘lishi, o‘zgarishi yoki barham


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

topishi bilan bog‘liq omillar yig‘indisi tushiniladi. Mazkur sharoit hisoblanuvchi
imkoniyatlarning (omillarning) haqiqatga aylanishini ta’minlovchi, ya’ni oqibatni
keltirib chiqaruvchi element sabab hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi, huquqbuzarligini aniqlashda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
strukturasi, mazkur strukturani keltirib chiqaradigan aloqa va munosabatlar bilan
birga jamiyatning axloqiy – tarbiyaviy muhiti, voyaga yetmaganlar ijtimoiy – ruhiy
holatining o‘ziga xosliklari alohida e’tiborga olinishi mumkin. Voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligini o‘rganishda sharoit va sabablarni o‘rganishda mikromuhitning
roliga ham e’tibor qaratish lozimdir. Mikromuhitni o‘rganishning muhimligi
shundaki, har bir o‘smir o‘zi yashayotgan makon mikromuhitida shakillanadi.

Mikromuhit doirasiga oila, tanish – bilishlar, qo‘shnilar, o‘rtoqlar, ish joyi,

kabilar kirib, ular voyaga yetmagan o‘smirlarning shaxs sifatida shakillanishining
eng

muhim

faktori

hisoblanadi.

Shuningdek,

voyaga

yetmaganlar

jinoyatchiligining sharoit va sabablarini aniqlashda shaxsning genetik
xususiyatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Genetik xususiyatlar
hech qachon voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sababi bo‘lmasa-da, lekin
kriminogen mikromuhitda o‘smirdagi yomon sifatlarning rivojlanishi uchun qulay
sharoit vujudga keltiradi.

Umumiy olib qaraganda, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari

katta yoshdagilar jinoyatchiligiga ta’sir qiladigan sabablar hisoblanadi.
Kriminologik olimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari sifatida
qo‘yidagi holatlarni ko‘rsatib o‘tadilar: oiladagi va turmishdagi salbiy ta’sirlar;
nosog‘lom turmish tarzi; yomon xulqli shaxslar bilan aloqada bo‘lish;
o‘qimaydigan voyaga yetmayganlarning uzoq vaqt mobaynida muayyan foydali
mashg‘ulot bilan shug‘illanmaganligi; o‘smirning noto‘g‘ri qabul qilishga sabab
bo‘ladigan xolatlarning voyaga yetmagan shaxsida juda qiyin kechishi; katta
yoshdagi jinoyatchilar tomonidan huquqbuzarliklarga va turli g‘ayriijtimoiy xatti-
harakatlarga jalb qilinishi; zo‘rlik ishlatishlar yozilgan turli kitob, video va
filmlarning ta’siri; hayotdagi omadsizliklar va axloqiy e’tiqodlarning turg‘un
emasligi; ruhiy holatdagi ayrim sifatlar; ayrim harakatlarga nisbatan romantik
qarashlar va shunday harakatlarni sodir etishga moyillikning kuchayishidir.

Xulosa

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining boshqa sabablariga bolaning kayfiyati

va ruhiy holatiga ta’sir qiladigan va muayyan iz qoldiradigan hayotdagi
omadsizlik; ahloqiy va etik e’tiqodlarining turg‘un emasligi, jinoiy guruhlar bilan
bevosita aloqada bo‘lish yoki muayyan sharoitlarda bunday guruh a’zolarining
bolaga ta’siri, ruhiy holatdagi ayrim sifatlar, ayrim harakatlarga nisbatan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

romantik qarashlar va shunday harakatlarning sodir etishga moyillikning
kuchayishi kabilarni aytish mumkin. O‘smirlar tomonidan sodir etiladigan huquq
buzishlarning sabablari oiladagi, turmushdagi, jamoadagi nosog‘lom muhit
kabilar bo‘lishi mumkin. Lekin bunday holatlar bolaga huquq buzishlarning
sababi sifatida faqat muayyan sharoitlardagina ta’sir qilishi mumkin, ya’ni voyaga
yetmaganlarning irodasi bo‘sh yoxud o‘z ijtimoiy-etik harakatlarini nazorat
qilolmasligi mumkin. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari katta
yoshdagilar jinoyatchiligiga ta’sir qiladigan sabablar hisoblanadi. Ammo bu
sabablar voyaga yetmaganlar shaxsiga ta’sir qilish mexanizmi bilan farq qiladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu sabablar voyaga yetmaganlarning shaxs sifatida

shakllanishining g‘oyat muhim bosqichida ta’sir qiladi. Bunday shakllanish
tashkiliy va stixiyali bo‘ladi. Bular tarbiyalash va muayyan ijtimoiy amaliyot
ta’siridan iboratdir

.