ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
KAMOLIDDIN BINOIYNING “SHAYBONIYNOMA” DOSTONI VA
SULTON MUHAMMAD SHAYBONIYXON BILAN MUSHOIRALARI
Yusupova Sadokat Alijon qizi
Sharof Rashidov nomidagi
Filologiya,
Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15683263
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mumtoz adabiyotimizning yorqin
vakillaridan Kamoliddin Binoiyning ijodi va Muhammad Shayboniyxonga
bag‘ishlab yozgan “Shayboniynoma” dostoni tahliliga bag‘ishlanadi. Maqolada
buyuk davlat arbobi, shayboniylar sulolasi asoschisi, sarkarda, shoh va shoir
Muhammad Shayboniyxon hayoti va ijod yo‘li haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kamoliddin Binoiy Sulton Shayboniyxon bilan harbiy yurishlarda hamrohlik
qilib, xon bilan ko‘plab mushoiralar uyushtirgan. Bu dostonning tahlili
o‘rganilib, maqola tarixiy-badiiy faktlar asosida ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Sulton Muhammad Shayboniyxon, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Kamoliddin Binoiy, Muhammad Solih, “Shayboniynoma”, Samarqand,
Movarounnahr, adabiy muhit, adabiyot, tarixiylik, badiiylik.
Аннотация
В данной статье будет посвящено творчество одного из ярких
представителей нашей классической литературы Камолиддина Бинаи, а
также
анализ
эпической
поэмы
«Шейбанийнама»,
написанной
Камолиддином Бинаим, посвященной Мухаммаду Шейбанихану. В статье
представлены сведения о жизненном и творческом пути великого
государственного деятеля, основателя династии Шейбани, полководца,
царя и поэта Мухаммада Шейбани-хана. Камолиддин Бинаи сопровождал
султана Шейбани-хана в военных походах и организовал множество
встреч с ханом. Анализируется данный эпос, раскрывается статья на
основе исторических и художественных фактов.
Ключевые слова:
Султан Мухаммад Шайбанихан, Захириддин
Мухаммад Бабур, Камолиддин Бинаи, Мухаммед Салих, “Шейбани-наме”,
Самарканд,
литературная
среда,
литература,
историчность,
художественность.
Annotation.
This article is devoted to the analysis of the work of
Kamoliddin Binai, one of the bright representatives of our classic literature, and
the epic poem "Shaybaniynama" written by him dedicated to Muhammad
Shaibani Khan. The article provides information about the life and creative path
of the great statesman, founder of the Shaibani dynasty, general, king and poet
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
Muhammad Shaibani Khan. Kamoliddin Binai accompanied Sultan Shaibani
Khan on military campaigns and organized many meetings with the Khan. The
analysis of this saga is studied, and the article is revealed based on historical and
artistic facts.
Keywords:
Sultan Muhammad Shaybani Khan, Zahiriddin Muhammad
Babur, Kamaliddin Binoiy, Muhammad Salikh, “Shaybani-name”, Samarkand,
literary environment, literature, historicity, artistry.
Shayboniylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir, buyuk sarkarda Sulton
Muhammad Shayboniyxonning hayot va ijod yo‘li bugungi kunga kelib Sharq va
G‘arb tarixchi, adabiyotshunos olimlari tomonidan ulkan qiziqishga sabab
bo‘lmoqda. Xususan, Muhammad Shayboniyxon Markaziy Osiyo tarixida yuksak
burilish yasagan shaxslardan biri bo‘lib, u o‘sha davrgacha shakllangan forsiy
tildagi hujjat almashinuv va ilmiy-adabiy til muhitini turkiylashtirishga hissa
qo‘shgan edi. Muhammad Solih, Kamoliddin Binoiy, Ro‘zbehxon Isfahoniy, Mulla
Shodiy kabi bir qancha tarixchi va adabiyotshunos olim-u fuzalolarga homiylik
qilib, Movarounnahrda turkiy tildagi asarlar soni ko‘payishiga turtki bo‘lgan.
Jumladan, Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz Binoiy (1453-1512) mumtoz
adabiyotimizning yorqin vakillaridan biri bo‘lib, hayoti davomida uch buyuk
hukmdor – Sulton Husayn Boyqaro, Ya’qub Oqqo‘yunli hamda Muhammad
Shayboniyxon saroylarida xizmat qilgan. Kamoliddin Binoiy qalami o‘tkir
shoirlardan bo‘lib, 3 ta devon yaratgan bo‘lib, uning “Behro‘z va Bahrom”
dostoni, “Majma’ ul-g‘aroyib” (“Ajoyib voqealar majmu’i”) qasidasi hamda
“Shayboniynoma” va “Futuhoti xoniy” (“Xonning g‘alabalari”) kabi tarixiy
asarlarni yozgan. Mavlono Binoiy 1500-yildan Muhammad Shayboniyxonnning
saroy shoiri etib tayinlanadi. [Ahmedov B.,1994:216] “Samarqand
Muhammadxon Shayboniyxon qo‘liga kirgach, unga mulozim bo‘lib, xonning
saltanat saroyi ichkilari qatorida xizmatida turdi”. [G‘iyosiddin ibn Humomiddin
Xondamir, 2013.]
Ushbu davrda Shayboniyxonga bag‘ishlab “Shayboniynoma” dostonini
yozadi, bu asar muhim tarixiy-badiiy manba hisoblanadi. Bu asarning yagona
nusxasi mavjud bo‘lib, hzirgi kunda Sharqshunoslk institutida 844-raqamda
saqlanib kelinmoqda. Ushbu nusxa hammasi bo‘lib 41 varaqdan iborat nastaliq
xatida yozilgan noyob nusxa hisoblanib, xonning kotibi Mirxa Muhammad
Munshiy tomonidan ko‘chirilgan. Muhim jihati shundaki, (3a, 24a, 31 a) kabi
varaqlartini Sultonning o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan. Ushbu asarning noma’lum
naqli mavjud bo‘lib, “Shayboniynoma” noma’lim naqlining har uchala nusxasini
bir-biri bilan akademik Bo‘riboy Ahmedov solishtirib o‘rgangan. Natijada,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
“Shayboniynoma” ham, “Futuhoti xoniy” ham bir asar degan xulosaga kelinilgan.
Mavlono Kamoliddin Binoiy 1503-yilgacha yozgan, shuhrat topgan
“Shayboniynoma” qisqa naqli esa 1505-yilga qadar sodir bo‘lgan voqealarni aks
ettirgan. Asarning qisqartirilgan nusxasining paydo bo‘lishiga asosiy
sabablaridan biri shuki, asar og‘ir uslubda yaratilgan hamda 1500-yilgacha
bo‘lgan voqealarni yoritib bergan. Xususan, mavlono Binoiyning Shayboniyxon
bilan harbiy yurishlarda birga bo‘lganligi, safar chog‘ida ham mushaira kechalar
tashkil qilganligi Muhammad tanish al-Buxoriyning “Abdullanoma”sida qayd
qilingan. Shuningdek, asarda harbiy safar chog‘ida Sulton Mahmudxon va Sulton
Ahmadxonlarning Xon tomonidan avf qilinishi, harbiy mahoratda mag‘lub
bo‘lganliklari munosabatiga bag‘ishlab yozilgan ruboiy keltirilganligining
guvohi bo‘lamiz. Ushbu ruboiyda Shayboniyxonning nafaqat kuch va qudratda
tengi yo‘qligini, balki karami keng muruvvatli, oqko‘ngil shaxs ekanligini
quyidagicha tasvirlaydi:
Ul xonki tariqa karamu ehsondir,
Shohlar bori chashmu, jism aro jondir.
Gar muruvvat etib bag‘ishladi xonlarni,
Andin chi ajab xalifaturrahmondir.
Binoiyning “Shayboniynoma” dostoni Shayboniylar sulolasi tarixiga oid
dastlabki muhim manbalardan biri bo‘lib, ushbu doston Kamoliddin Binoiy
tomonidan Muhammad Shayboniyxonning xizmatida bo‘lgan paytda 1505-
1507-yillarda yaratilgan. Bu doston Muhammad Shayboniyxon va uning o‘g‘li
nazorati ostida yozilib, “Tavorixi guzidayi nusratnoma” negizida fors tilining
nozik iboralari va fasohat ilmidan keng foydalanilgan. Ushbu dostonining
nusxalari ko‘p, ulardan biri xorazmlik tarixchi Muhammad Yusuf Bayoniy
tomonidan 1914-1915-yillarda o‘zbek tiliga tarjima qilingan nusxasi
hisoblanadi. Asarda Muhammad Shayboniyning tavallud kunidan boshlab to
1505-yilgacha, ya’ni uning Movarounnahr va Xorazm bo‘ysundirishga qadar
bo‘lib o‘tgan voqealar hikoya qilinadi. [Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi:metodik
qo‘llanma. Toshkent: Bayoz, 2021-264-b.] Shayboniyxon o‘tmish zarvaraqlarida
ilm-fan, ma’rifat va adabiyotga o‘z hissasini qo‘sha olgan hukmdorlardan biridir.
Adabiyotlar:
1. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. –Т.: Фан, 2019. – 5 б.
2. Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. –Т.: ЎзССР фанлар академияси
нашриёти, 1961. – 320 б.
3. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Tosh.: O‘qituvchi, 2008.
4. Muhammad Haydar Mirzo. Tarixiy Rashidiy. Tosh.: Sharq, 2010.
5. N.M.Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: “O‘qituvchi”,1976.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
6. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. –T.: O‘qituvchi, 1994.-B.216.
7. G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir. Habib us-siyar fi axbori afrodi bashar.
–T.: O‘zbekiston, 2013. –B.1094.
8. Herman Vamberi. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. – T.: G‘.G‘.ulom
nomidagi ASN, 1990. -B 73.
9. Sabtelni, M. The poetic circle at the court of Timurid Sultan Husain Baiqara
and its political significiance. – Harward, 1979.
10. Qorayev Sh. O‘zbek sultonlari tazkirasi. Monografiya. – T.: Ilm-fan va
ma’naviyat, 2024. – B.310.
11.Qorayev Sh. Temuriy shoirlar tazkirasi. Monografiya. – T.: Intellekt, 2023. –
B .262.