Авторы

  • Muslima Xamrayeva
    O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute milliy g’oya falsafa kafedrasi assistenti
  • Begali Saidov
    O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti milliy g’oya falsafa kafedrasi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.108770

Ключевые слова:

Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. taʼlim nazariyasi Shaxsni tarbiyalash oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi.

Аннотация

Ushbu maqolamda, O’zbekistondagi Pedagogika ta’lim falsafasi sifatini oshirishga qaratilgan davlat dasturi darajasi olib borilayotgan islohotlarning falsafiy tahlili yoritilgan. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

TAʼLIM FALSAFASI BARKOMOL AVLOD UCHUN ROLI VA

AHAMIYATI

Xamrayeva Muslima Odilovna

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute

milliy g’oya falsafa kafedrasi assistenti

muslimaxamrayeva@mail.ru,

+99899-123-03-77

Saidov Begali Jamoliddinovich

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti milliy

g’oya falsafa kafedrasi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15679455

Annotatsiya:

Ushbu maqolamda, O’zbekistondagi Pedagogika ta’lim

falsafasi sifatini oshirishga qaratilgan davlat dasturi darajasi olib borilayotgan
islohotlarning

falsafiy

tahlili

yoritilgan.

Oʻzbekiston

Respublikasida

Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi
sifatida yondashiladi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogning
asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy
tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga
yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi.

Аннотация

: В данной статье освещен философский анализ реформ,

проводимых на уровне государственной программы, направленных на
повышение качества педагогической философии образования в
Узбекистане. В Республике Узбекистан к педагогам относятся как к
основному средству формирования духовности всесторонне развитого
человека. Воспитание, обучение и формирование личности – основная
функция педагога. Воспитание личности считается основным понятием в
педагогике и означает совместную деятельность семьи и общества,
направленную на формирование всесторонне развитой личности.

Abstract:

In this article, the philosophical analysis of reforms carried out at

the level of the state program aimed at improving the quality of pedagogical
philosophy of education in Uzbekistan is highlighted. In the Republic of
Uzbekistan, teachers are treated as the main means of forming the spirituality of
a well-rounded person. Educating, teaching and forming a person is the main
function of a Pedagogue. Personality education is considered the main concept
in Pedagogy and means the joint activity of family and society aimed at forming
a well-rounded person.

Kalit so’zlar:

Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs

maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. taʼlim


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

nazariyasi

,

Shaxsni tarbiyalash, oila va jamiyatning barkamol shaxsni

shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi.

Key words:

In the Republic of Uzbekistan, teachers are treated as the main

means of forming the spirituality of a well-rounded person. educational theory,
Personality education, refers to the joint activities of family and society aimed at
forming a well-rounded person.

Ключевые слова:

В Республике Узбекистан к педагогу относятся как

к основному средству формирования духовности всесторонне развитой
личности. Теория образования, Воспитание личности, относится к
совместной деятельности семьи и общества, направленной на
формирование всесторонне развитой личности.

Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi)

atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha
„paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha,
qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan,
harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola
yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni
oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.

Pedagogika

(yun. paidagogs) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy
jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa
oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti
ham pedagog deb yuritiladi. “Yangi O'zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-
tarbiya tizimidan boshlanadi” [2], degan g'oya asosida so'nggi yillarda amalga
oshirilgan islohotlar natijasida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim
bilan qamrab olish darajasi ikki barobarga ortdi, xalq ta'limi tizimida Prezident
va ijod maktablari, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha maxsus
maktablar tashkil etildi, zamonaviy professional ta'lim tizimi shakllantirildi
hamda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 25 foizga yetdi.
Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan.
Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy,
madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini
shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Pedagog tarbiya
jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq
etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish
shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va
shakllantirish Pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya
yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi.
Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va
koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga
oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat
koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindisini
oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish
natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi
maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida
odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va oʻqitish
orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol
shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil
boʻladi. Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida pedagogika falsafa, etika,
estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik,
demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy
bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy
asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda
umumlashtirish usullaridan foydalanadi. XX asr boshlaridan qiyosiy pedagogika
alohida fan tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning
pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga
solishtirilgan holda oʻrganildi. Abdulla Avloniy pedagogikaga oid asarlarida
ham, publitsistik maqolalari, she’r va dramalarida ham dunyo xalqlari
madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug‘lab, xalqni ilmli, madaniyatli
bo‘lishga undadi [1]. Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi
jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud.
Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan
sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod,
dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini
pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-
tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy pedagogik
ishlar qonuniyati pedagogikaning maktabshunoslik sohasi tomonidan ishlab
chiqiladi. Pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va aqliy
tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham
pedagogikanining qonuniyatlarini belgilashda taʼlim-tarbiya oluvchining yosh
xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

82

Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi

metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga
nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti
metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina
shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy
didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish
metodikasi, chet el adabiyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini
oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifasini bajaradi. Xususiy
metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga
asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq
etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga
xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga
xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.

Adabiyotlar:

1.

Авлоний А. Танланган асарлар. 1-жилд. –Т.: «Маънавият», 1998.

2.

Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Sh.,

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. 29.12.2020
4.

Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar

yoʻnalishi va muammolari, T., 1999; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi
5.

Yaxshilikov J.Ya. Muhammadiyev N.E. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni

rivojlantirish strategiyasi. Darslik. –T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot. 2018-yil. –
B.516-517.
6.

I.Karimov. „Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman“.

T. 2000.
7.

I. Karimov. „Barkamol avlod — Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori“. T.

1997.
8.

Oʻzbekiston Respublikasi „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.

9.

Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)

10.

O‘G‘LI, XOLIQULOV MUHAMMAD QAXOR. "GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES

AND LAWS OF THEIR ORIGIN." International Journal of Philosophical Studies
and Social Sciences 4 (2024): 22-27.
11.

Sadriyevna, Azizova Laylo, and Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li. "KOMIL

INSON FALSAFIY GENEZISIDA ABU ALI IBN SINO QARASHLARI TAHLILI."
BARCHA SOHALAR BO ‘YICHA 32.10 (2023).
12.

O‘G‘Li, Xoliqulov Muhammad Qaxor, and G. G‘Ofirova Muxlisa. "Ofur Qizi."

A. NAVOIYNING AR." BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G ‘RISIDAGI


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

83

QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 4
(2024): 24-28.
13.

Xoliqulov, Muhammad Qaxor O’G’Li. "MA’NAVIYAT TUSHUNCHASINING

MOHIYATI, UNING JAMIYAT STRUKTURASIDAGI O’RNI VA ROLI." Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4.26 (2024):
384-388.
14.

Azlarova, Ozodaxon Xasanxonovna. "DAVLATNING KELIB CHIQISHI

NAZARIYASI (SIVILIZATSION YONDASHUVLAR MISLIDA)." Analysis of world
scientific views International Scientific Journal 3.1 (2025): 141-149.
15.

Abduqodirov, Asilbek, and Muhammad Xoliqulov. "YOSHLARDA

MAFKURAVIY IMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINIDAGI
KONSEPTUAL JIHATLARI." Академические исследования в современной
науке 3.27 (2024): 100-105.
16.

Kholikulov, Mukhammad. "Scientific-Theoretical and Philosophical Origin

of the Doctrine of Unity in Sufism." (2023).
17.

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O'ZBEKISTONNING MILLATLARARO

SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI." Pedagogs 81.1 (2025): 47-49.
18.

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O ‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO

TOTUVLIKNING FALSAFIY ASOSLARI." Tadqiqotlar 61.1 (2025): 292-295.
19.

Shomurotovna R. Y. Comprehensive analysis of the problem of

professional maladaptation quality and health status of nursing //zamonaviy
taʼlim: muammo va yechimlari. – 2022. – Т. 1. – С. 47-48.
20.

Хakimovna Х. X. O ‘quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimida qattish

//barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 378-381.
21.

Xonbuvi Н. Yunusov Sardor Ashrafzoda indicator functions in medicine

galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn (e): 2347-
6915 Vol. 12. – 2024.
22.

Khakimova H. H., Barotova R. S. THE IMPORTANCE OF PREVENTION IN

MEDICAL PRACTICE //Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and
Nursing. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.
23.

Хакимова Х. Х., Баротова Р. С. ЗНАЧЕНИЕ ПРОФИЛАКТИКИ В

МЕДИЦИНСКОЙ ПРАКТИКЕ //Сеть медицины: Журнал медицины,
практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.
24.

Хакимова Х., Худойназарова Н. Е. СПОРЫ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЕДИЦИНСКОГО РАБОТНИКА //Сеть медицины: Журнал
медицины, практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 66-70.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

25.

Radjabova, Manzura Xurramovna. “Falsafiy-pedagogik yondashuvlar:

media madaniyatini shakllantirishda ta’limning o‘rni”. Ijtimoiy fanlar va
gumanitar fanlar tadqiqot asoslari jurnali 5.04 (2025): 96-98.

Библиографические ссылки

Авлоний А. Танланган асарлар. 1-жилд. –Т.: «Маънавият», 1998.

Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Sh.,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020

Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar yoʻnalishi va muammolari, T., 1999; Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi

Yaxshilikov J.Ya. Muhammadiyev N.E. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Darslik. –T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot. 2018-yil. –B.516-517.

I.Karimov. „Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman“. T. 2000.

I. Karimov. „Barkamol avlod — Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori“. T. 1997.

Oʻzbekiston Respublikasi „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.

Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)

O‘G‘LI, XOLIQULOV MUHAMMAD QAXOR. "GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES AND LAWS OF THEIR ORIGIN." International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 4 (2024): 22-27.

Sadriyevna, Azizova Laylo, and Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li. "KOMIL INSON FALSAFIY GENEZISIDA ABU ALI IBN SINO QARASHLARI TAHLILI." BARCHA SOHALAR BO ‘YICHA 32.10 (2023).

O‘G‘Li, Xoliqulov Muhammad Qaxor, and G. G‘Ofirova Muxlisa. "Ofur Qizi." A. NAVOIYNING AR." BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G ‘RISIDAGI QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 4 (2024): 24-28.

Xoliqulov, Muhammad Qaxor O’G’Li. "MA’NAVIYAT TUSHUNCHASINING MOHIYATI, UNING JAMIYAT STRUKTURASIDAGI O’RNI VA ROLI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4.26 (2024): 384-388.

Azlarova, Ozodaxon Xasanxonovna. "DAVLATNING KELIB CHIQISHI NAZARIYASI (SIVILIZATSION YONDASHUVLAR MISLIDA)." Analysis of world scientific views International Scientific Journal 3.1 (2025): 141-149.

Abduqodirov, Asilbek, and Muhammad Xoliqulov. "YOSHLARDA MAFKURAVIY IMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINIDAGI KONSEPTUAL JIHATLARI." Академические исследования в современной науке 3.27 (2024): 100-105.

Kholikulov, Mukhammad. "Scientific-Theoretical and Philosophical Origin of the Doctrine of Unity in Sufism." (2023).

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O'ZBEKISTONNING MILLATLARARO SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI." Pedagogs 81.1 (2025): 47-49.

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O ‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNING FALSAFIY ASOSLARI." Tadqiqotlar 61.1 (2025): 292-295.

Shomurotovna R. Y. Comprehensive analysis of the problem of professional maladaptation quality and health status of nursing //zamonaviy taʼlim: muammo va yechimlari. – 2022. – Т. 1. – С. 47-48.

Хakimovna Х. X. O ‘quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimida qattish //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 378-381.

Xonbuvi Н. Yunusov Sardor Ashrafzoda indicator functions in medicine galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn (e): 2347-6915 Vol. 12. – 2024.

Khakimova H. H., Barotova R. S. THE IMPORTANCE OF PREVENTION IN MEDICAL PRACTICE //Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and Nursing. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.

Хакимова Х. Х., Баротова Р. С. ЗНАЧЕНИЕ ПРОФИЛАКТИКИ В МЕДИЦИНСКОЙ ПРАКТИКЕ //Сеть медицины: Журнал медицины, практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.

Хакимова Х., Худойназарова Н. Е. СПОРЫ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЕДИЦИНСКОГО РАБОТНИКА //Сеть медицины: Журнал медицины, практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 66-70.

Radjabova, Manzura Xurramovna. “Falsafiy-pedagogik yondashuvlar: media madaniyatini shakllantirishda ta’limning o‘rni”. Ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar tadqiqot asoslari jurnali 5.04 (2025): 96-98.