Авторы

  • Nilufar Achilova
    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institiuti, ”Milliy g‘oya va falsafa”kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.108772

Ключевые слова:

Yangilanayotgan O‘zbekiston ma’rifat ma’rifatli jamiyat ma’rifatli inson ma’rifatparvarlik jahl jaholat jaholatparstlik johillar g‘azab dunyoviy va diniy dunyoqarash jahl va aql.

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi kuch hisolanadigan jaholatparastlikning ma’no-mazmuni, obyektiv va subyektiv omillar, g‘ayriinsoniylikdan iborat vazifalari, namoyon bo‘lish shakllari, ularni bartaraf etish uslub va vositalari atroflicha yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

JAHOLATPARASTLIK – MA’RIFATLI JAMIYATNI SHAKLLANTIRISH

VA RIVOJLANTIRISHGA TO‘SQINLIK QILUVCHI KUCH

Achilova Nilufar Norbutayevna

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institiuti,

”Milliy g‘oya va falsafa”kafedrasi o‘qituvchisi

Tel. (94) 251 76 62

https://doi.org/10.5281/zenodo.15679438

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda

ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi kuch
hisolanadigan jaholatparastlikning ma’no-mazmuni, obyektiv va subyektiv
omillar, g‘ayriinsoniylikdan iborat vazifalari, namoyon bo‘lish shakllari, ularni
bartaraf etish uslub va vositalari atroflicha yoritilgan.

Kalit so‘zlar

. Yangilanayotgan O‘zbekiston, ma’rifat, ma’rifatli jamiyat,

ma’rifatli inson, ma’rifatparvarlik, jahl, jaholat, jaholatparstlik, johillar, g‘azab,
dunyoviy va diniy dunyoqarash, jahl va aql.

Yangi O‘zebkiston - bu ma’rifatli insonlar aql-zakovati bilan shakllanib,

rivojlanib boradigan, har bir fuqaroning adolatlilik prinsiplari asosida barcha
tabiiy

yashash,

ijtimoiy-iqtisodiy,

siyosiy-huquqiy,

ma’naviy-madaniy

huquqlarini kafolatlaydigan bir ma’naviy-ma’rifiy makon zaminiga quriladigan
“suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatdir”[1.4.]. Ma’rifatli
jamiyat esa bu har tomonlama dunyoviy va diniy ilmlar ziyosini o‘zida
mujassamlashtirgan, ana shu ziyoni quyosh nuri kabi ijtimoiy borliqqa
taratadigan ma’rifatli insonlar hamjamiyatidir.

Globallashuv

sharoitida

ma’rifatli

jamiyatni

shakllantirish

va

rivojlantirishning oson kechmasligi, tabiiy holdir. Chunki, olamdagi sirli
sinoatlardan biri bu ma’rifat bilan bir qatorda uning ziddi bo‘lgan jaholatning
ham mavjudligidir. Jaholatni insoniyat rivoji tarixidagi voqealar silsilasida
hamma vaqt g‘ayriinsoniy ruhiy-axloqiy fenomen sifatida baholab kelishgan.
Chunki, u o‘zining g‘ayri tabiiy ko‘rinishdagi xatti-harakatlari bilan shaxslar,
jamoalar, elat, millat va xalqlar boshiga ko‘plab kulfatlarni yog‘dirgan. Bu
xususda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev:” ..turli xalqlar o‘rtasida urush
olovini yoqish, milliy va diniy ziddiyatlarni avj oldirishga urinayotgan kuchlar
ham afsuski, yo‘q emas. Bunday xatarlar ildizini boshqa omillar bilan birga,
jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Bunday yovuz kuchlarga
qarshi kurashda, avvalo doimiy hushyorlik va ogohlik, butun xalqimizning birligi
va hamjihatligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bunday xavf-xatarlarga qarshi faqat
kuch ishlatish usullari bilan emas, balki, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish
lozim”[2.288-289.],-deb yozgangan edi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69

Xo‘sh, shunday ekan jaholat nima, degan savol tug‘iladi ? «Jaholot» so‘zi

kundalik ma’noda nojo‘ya xatti-harakatdan, gapdan yoki voqea-hodisadan
ranjish, achchiqlanish, g‘azzablanish tuyg‘usi, degan ma’noni anglatuvchi «jahl» (
arabcha – nodonlik, aqlsizlik; ilmsizlik) so‘zidan olingan bo‘lib[3.78.], biron bir
kimsaning ilmsizligini, qoloqligini, madaniyatsizligini, nodonligini anglatish
uchun ishlatiladi. Bunda, shuni unutmaslik kerakki, «jahl» so‘zi kundalik hayotda
bir tomondan ijobiy, ya’ni mavjud voqelikni chuqur anglagan holda, uni
o‘rganish va o‘zgartirish borasidagi fikr va xatti-harakatlarga qarshi
chiquvchilarga qarshi jahlu-g‘azab orqali, ikkinchi tomondan salbiy, ya’ni
mavjud narsa, voqaye, hodisalarning tub mohiyatini tushunmasdan ularga
nisbatan ilmsizlarcha, nodonlik bilan munosabat bildirish sifatida qo‘llanilishi
mumkin.

«Jaholot» tushunchasi o‘z ichiga «jahl» so‘zining o‘zagi asosida qurilgan,

jahldorlik, jahillanmoq, jahlli, johil, johllik, jaholotparasitlik kabi tushunchalarni
qamrab oladi. Masalan, jahldor – salga jahli chiqaveradigan, hadeb jahl
qilaveradigan, serjahl, achchig‘i tez odamning salbiy fazilatini; jahlli – odamning
g‘azabi kelganligini, g‘azab bilan to‘lganlikni; johillik – odamning nodonlik,
qoloqlik, madaniyatsizlik, o‘jarliligini, johil – odamning jaholatda qolgan, ilm-
ma’rifatdan mahrum, qoloqlik, madaniyatsizlik, nodonlikni anglatadi. Bunda,
shunga alohida e’tibor berish kerakki, jahl – bu odamdagi ko‘proq ruhiy holatni,
aniqrog‘i o‘zini tutolmasdan xatti-harakat sodir qilishni bildiradi. Jaholat esa
keng odamlar, ijtimoiy guruhlardan tashkil topgan jaholatparastlar tomonidan
sodir etiladigan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarni aks ettiruvchi axloqiy-falsafiy
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Demak, yuqorida keltirilgan so‘zlarning mazmun-
mohiyatidan kelib chiqqan holda jaholat tushunchasiga quyidagicha falsafiy
ta’rif berish mumkin.

Jaholat – bu odamning eskilikka yopishib ilm-ma’rifatdan mahrum bo‘lib

qolgan holda, o‘zini idora qilolmasdan o‘zgalarga nisbatan ilmsiz tarzda
qiladigan nodonlarcha g‘ayriinsoniy ruhiy-axloqiy xatti-harakatlarining
muayyan tizimidir.

Jaholat ma’rifatli jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga zarar

yetkazuvchi g‘ayriinsoniy ruhiy-axloqiy hodisa sifatida o‘z obyekti va subyektiga
egadir. Bunda jaholatning obyektini jaholatparastlarning diqqat e’tibori
qaratilgan narsa, hodisa va jarayonlar, uning subyektini esa jaholatparaslikka
asoslangan bo‘zg‘unchi vayronkor g‘oyalarni amalga oshirish ilinjida yurgan
johil odamlar va ularning uyushmalari tashkil qiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

70

Jaholatning obyektiga ko‘ra ko‘rinishlari. Jaholat obyektiga ko‘ra quyidagi

ko‘rinishlarda, ya’ni jaholatparastlarning:

1) ich-ichidan mavjud ma’rifatli jamiyat rivojini ko‘rolmasdan, unga

nisbatan ilmsizlarcha, ya’ni uning moddiy va ma’naviy hayotidagi ijobiy
o‘zgarishlarga nodonlarcha salbiy munosabatda bo‘lishida;

2) davlat hokimiyati tomonidan amalga oshirayotgan iqtisodiy, siyosiy,

huquqiy, ma’rifiy-madaniy-ma’naviy islohotlarning mohiyatini tushunmasdan,
ularga jahl bilan aqlsizlarcha qarshilik ko‘rsatayotganligida;

3) uzoq va yaqin qo‘shni davlatlar bilan tenglik va o‘zaro yordam tarzida

o‘rnatilayotgan munosabatlarga rahna solishga urinishlarida;

4) elat, millat va xalqlarning qadriyatlarini mensimasdan, ularni

vaxshiylarcha vayron qilishga harakat qilayotganliklarida;

5) ilm-fan yutuqlarini tan olmasdan taraqqiyotga to‘sqinlik

qilayotganliklarida;

6) din niqobi ostida xalqlar o‘rtasida nizo chiqarib, mavjud hokimiyatni

ag‘darib tashlab o‘zlarining hokimiyatini o‘rnatishni avj oldirayotganliklarida;

7) insonni oliy qadriyat deb hisoblamasdan, bolalar va ayollarning haq-

huquqlarini paymol qilib, ularni sotib yuborish evaziga katta mablag‘
to‘playotganliklari kabi xatti-harakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Jaholatning subyektiga ko‘ra ko‘rinishlari. Jaholat subyektiga ko‘ra

quyidagi ko‘rinishlarda, ya’ni jaholatparastlarning:

1) jamiyat hayotida vujudga kelgan muammolarni aql, ilm bilan emas,

balki jismoniy kuch ishlatish yo‘li bilan hal etishga urinishida;

2)

o‘ziga-o‘zi

mahliyo

bo‘lib

ma’rifatgo‘y

donishmandlarning

maslahatlariga quloq solmasdan o‘ta o‘jarlik bilan ish bajarishida;

3) mansabparastlik balosiga chalinib barcha odamlar unga bo‘ysunishini,

o‘zi hech kimga bo‘ysunmaslikni xohlashida, bo‘ysunmaganlarni o‘ziga va
jamiyatga dushman deb bilishida;

4) o‘tkinchi, yuzaki narsalar, mol-dunyo, jismoniy lazzatlar, hirsu shahvat,

obro‘, amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o‘ylashida va bilishida;

5) obro‘parastlik balosiga yo‘liqib, o‘zaro bir- birlarini maqtash, ko‘kka

ko‘tarishni yaxshi ko‘rishida, ularni boshqalar so‘zda ham, ishda ham
ulug‘lashlarini istashlarida;

6) mutloq hokimiyatga ega bo‘lib, o‘zga xalqlarni qurol kuchi bilan

qo‘rqitib o‘ziga tobe qilib olishga, ya’ni yakka hukumronlik gashtini shurishga
bo‘lgan xatti-harakatlari va shu kabilarda o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

71

Professor N.E.Muhammadiyevning yozishicha:” Jaholatparastlikning ikki xil

ko‘rinishini farqlash zarur. Birinchi ko‘rinishi bu kundalik xarakterga ega bo‘lib,
u odamlarning bir biriga, oilasiga, ish joyidagilarga, boshliq yoki qo‘l
ostidagilarga qiladigan qo‘polligi, baqir-chaqirlari, janjallari, jismoniy kuch
ishlatishi, o‘zini tutolmasligi, nodonligi, ilmsizligi, madaniyatsizligi orqali sodir
etadigan xatti-harakatlaridan iborat bo‘lib, ular jamiyatning rivojlanishiga jiddiy
ta’sir yetkazmaydigan, oldini olsa bo‘ladigan ruhiy-axloqiy holatlar jumlasiga
kiradi.

Ikkinchi ko‘rinishi – bu jahonda yuzaga kelgan ijimoiy-iqtisodiy, siyosiy-

huquqiy, ma’naviy-madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan masalalarni hal etishda
biron bir elat, millat va xalqlarning ichki ishlariga qo‘pol tarzda aralashib,
tinchligini buzib, ularni qurol kuchi bilan o‘zlariga tobe qilishga qaratilgan
ilmsizlik, achchiqlanish, ranjish, g‘azablanish bilan qiladigan nodonlarcha,
tajovvuzkorona xatti-harakatlari shaklida ifodalanadi”[4.16-17.]. Bugungi
kundagi ana shunday ko‘rinishdagi jaholatparast kuchlar va ularning elat, millat
va xalqlarning tinch-osuda hayotiga solayotgan tahdidlari haqida
Sh.M.Mirziyoyev: ”Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat
raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm,
terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy
madaniyat kabi xaf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib
kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va
boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib
chiqarayotganligi – ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi”[5.505.],–
degan edi.

Jahl va aql.

Jaholat bu hissiyotni jilovlay bilmaslik oqibatida kelib

chiqadigan xatti-harakat, boshqalarga nisbatan beshafqat va vahshiyona
munosabatda namoyon bo‘ladi. Jahl esa insonning his-tuyg‘uga berilishi
natijasida yuzaga keladigan salbiy xususiyat sifatida o‘zgalarga nisbatan
murosai-madora qilishga to‘siq bo‘ladi. Jahlga berilish boshqalar bilan kelisha
olmaslik, ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Inson hayotida aql va jahl
yonma-yon turadi. Aql insonning do‘sti bulsa, jahl esa uning ashaddiy
dushmanidir. Jahl inson tabiatining yengilligidan dalolat beradi. Yengil
tabiatlilik, irodasizlik insonda jahl uchun zamin yaratadi, jahl g‘olib kelsa uni
falokatga eltadi. Jahl shunday zararli illatki, u johilnigina emas, hatto uning
atrofidagi kishilarning ham umrini egovlaydi. Jahlning eng yomon tomoni
shundaki, u nozik tabiatli, pok insonga ham, bad- xulq insonga ham bir xil tarzda
yo‘naltirilishi mumkin. Jahlning tildagi ifodasi insondagi barcha ezgu fazilatlarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

72

yo‘qqa chiqaradi, uni tiya bilish esa, jamoatchilik oldida ezgu fazilatlarni saqlab
qolish demakdir. “Jahl xatoga yul ochib beradi, u yaqin kishilar o‘rtasiga nifoq
soladi, parokandalikka sabab bo‘ladi”[6.169-170.].

Insoniyatni jaholatdan qutqazish uchun ma’rifat bilan shug‘ullanuvchilarni

«Ma’rifatchi»lar, aksincha, kishilarning tinchligini buzib, ularning boshlariga har
xil balo-qazolarni yog‘dirish bilan shug‘ullanuvchi, nodon, ilm-ma’rifatning
dushmani bo‘lgan madaniyatsiz, johillikni odat qilib olgan kimsalarni
“Johillar”lar deb ataymiz. Bunda ma’rifatchilar tomonidan odamlar orasida olib
boradigan ma’rifat ishlari “Ma’rifatchilik”, jahl, g‘azab bilan sodir etadigan xatti-
harakatlari “Jaholatparastlik” deb baholash orqali ifodalash mumkin.

Shunday qilib ma’rifatning asl mohiyatini M.Behbudiyning quyidagi:” «Ilm-

ma’rifatsiz hech bir millat ...hayot maydonida tura olmas. Xoh ul millat hokim,
xoh ui millat mahkum bo‘lsin, ilm ma’rifatdan mahrum bo‘lganligi uchun boshqa
san’at va hunar toji bo‘lgan millatlarning oyog‘i ostida ezilishga majburdirlar...
Boy bo‘lgan millat albatta dunyoda yashay oladur. Ul millatning diniga emas,
hatto milliyatiga va shaxsiyatiga hech kim tega olmaydir... Hunarlik va boy
bo‘lmoq uchun nima lozimdir? Albatta, ilm va ma’rifat lozimdir... Hunarli va
ma’rifatli bo‘lgan millatlarning xalqlari faqir va bechora bo‘lib, darvishlar
qiyofasiga kirib, gadoylik qilib yurmaydilar»[7.452],– degan so‘zlaridan anglab
olish mumkin. M.Behbudiyning mazkur fikrlari o‘z ahamiyatini hozir ham
yo‘qotgani yo‘q.

Ma’rifatli jamiyatni bunyod etishda jaholatparastlikka yul qo‘ymaslik uchun

quyidagi

omillarni

rivojlantirish lozim: Bunda yoshlarning: 1) dunyoviy va diniy

dunyoqarashlarini uyg‘unlashtirish asosida, buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarning
oldini olib, risoladagidek ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaratish; 2) ma’rifatli
jamiyatni shakllantirish va rivojlantirishga bo‘lgan daxldarlik tuyg‘usini
kuchaytirish, ayni vaqtda jaholatparastlikka nisbatan bo‘lgan nafratini tizimli
tarzda oshirib borish; 3) huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni kuchaytirish evaziga
jaholatparastlikka qarshi turaoladigan axloqiy-huquqiy madaniyatli insonlarni
tarbiyalab voyaga yetkazishning innovatsion kreativ usul va vositalarini ishlab
chiqish va ularni hayotga tadbiq etish.

Adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон

Республикаси

Конституцияси.-

Тошкент:”Адолат”

миллий ҳуқуқий ахборот маркази,2023 й. – Б.4.
2.

Мирзиёев

Ш.М.

Янги

Ўзбекистон

тараққиёт

стратегияси.

Тўлдирилган иккинчи нашри.- Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти - Б.288-
289.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

73

3.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати.2-жилд.- Т.: “ Ўзбекистон миллий

энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти,2006. - Б.78.
4.

Муҳаммадиев Н.Э.Жаҳолатга қарши маърифат билан кураш –

жамиятни тинч ва барқарор ривожлантириш омили. Монография. – Т.:
ТошПТИ нашриёти. – Б.16-17.
5.

Мирзиёев Ш.М. Жисмоний ва маънавий баркамол ёшлар – бугунги ва

эртанги

кунимизнинг

ҳал

қилувчи

кучидир//

Унинг

ўзи.

Миллийтараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб,янги
босқичга кўтарамиз.1-жилд,–Т.: «Ўзбекистон»НМИУ,2017. – Б.505.
6.

Маънавият:асосий тушунчалар луғати. – Тошкент.: “Ўзбекистон

файласуфлари миллий жамияти” нашриёти,2021. – Б.169-170.
7.

Ўзбек педагогикаси антологияси. Икки жилдли. Ж. 1. – Т.: Ўқитувчи,

1995. –Б. 452.
8.

O‘G‘LI, XOLIQULOV MUHAMMAD QAXOR. "GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES

AND LAWS OF THEIR ORIGIN." International Journal of Philosophical Studies
and Social Sciences 4 (2024): 22-27.
9.

Sadriyevna, Azizova Laylo, and Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li. "KOMIL

INSON FALSAFIY GENEZISIDA ABU ALI IBN SINO QARASHLARI TAHLILI."
BARCHA SOHALAR BO ‘YICHA 32.10 (2023).
10.

O‘G‘Li, Xoliqulov Muhammad Qaxor, and G. G‘Ofirova Muxlisa. "Ofur Qizi."

A. NAVOIYNING AR." BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G ‘RISIDAGI
QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 4
(2024): 24-28.
11.

Xoliqulov, Muhammad Qaxor O’G’Li. "MA’NAVIYAT TUSHUNCHASINING

MOHIYATI, UNING JAMIYAT STRUKTURASIDAGI O’RNI VA ROLI." Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4.26 (2024):
384-388.
12.

Azlarova, Ozodaxon Xasanxonovna. "DAVLATNING KELIB CHIQISHI

NAZARIYASI (SIVILIZATSION YONDASHUVLAR MISLIDA)." Analysis of world
scientific views International Scientific Journal 3.1 (2025): 141-149.
13.

Abduqodirov, Asilbek, and Muhammad Xoliqulov. "YOSHLARDA

MAFKURAVIY IMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINIDAGI
KONSEPTUAL JIHATLARI." Академические исследования в современной
науке 3.27 (2024): 100-105.
14.

Kholikulov, Mukhammad. "Scientific-Theoretical and Philosophical Origin

of the Doctrine of Unity in Sufism." (2023).


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

74

15.

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O'ZBEKISTONNING MILLATLARARO

SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI." Pedagogs 81.1 (2025): 47-49.
16.

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O ‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO

TOTUVLIKNING FALSAFIY ASOSLARI." Tadqiqotlar 61.1 (2025): 292-295.
17.

Shomurotovna R. Y. Comprehensive analysis of the problem of

professional maladaptation quality and health status of nursing //zamonaviy
taʼlim: muammo va yechimlari. – 2022. – Т. 1. – С. 47-48.
18.

Хakimovna Х. X. O ‘quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimida qattish

//barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 378-381.
19.

Xonbuvi Н. Yunusov Sardor Ashrafzoda indicator functions in medicine

galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn (e): 2347-
6915 Vol. 12. – 2024.
20.

Khakimova H. H., Barotova R. S. THE IMPORTANCE OF PREVENTION IN

MEDICAL PRACTICE //Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and
Nursing. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.
21.

Хакимова Х. Х., Баротова Р. С. ЗНАЧЕНИЕ ПРОФИЛАКТИКИ В

МЕДИЦИНСКОЙ ПРАКТИКЕ //Сеть медицины: Журнал медицины,
практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.
22.

Хакимова Х., Худойназарова Н. Е. СПОРЫ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЕДИЦИНСКОГО РАБОТНИКА //Сеть медицины: Журнал
медицины, практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 66-70.
23.

Radjabova, Manzura Xurramovna. “Falsafiy-pedagogik yondashuvlar:

media madaniyatini shakllantirishda ta’limning o‘rni”. Ijtimoiy fanlar va
gumanitar fanlar tadqiqot asoslari jurnali 5.04 (2025): 96-98.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.- Тошкент:”Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази,2023 й. – Б.4.

Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. Тўлдирилган иккинчи нашри.- Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти - Б.288-289.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати.2-жилд.- Т.: “ Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти,2006. - Б.78.

Муҳаммадиев Н.Э.Жаҳолатга қарши маърифат билан кураш – жамиятни тинч ва барқарор ривожлантириш омили. Монография. – Т.: ТошПТИ нашриёти. – Б.16-17.

Мирзиёев Ш.М. Жисмоний ва маънавий баркамол ёшлар – бугунги ва эртанги кунимизнинг ҳал қилувчи кучидир// Унинг ўзи. Миллийтараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб,янги босқичга кўтарамиз.1-жилд,–Т.: «Ўзбекистон»НМИУ,2017. – Б.505.

Маънавият:асосий тушунчалар луғати. – Тошкент.: “Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” нашриёти,2021. – Б.169-170.

Ўзбек педагогикаси антологияси. Икки жилдли. Ж. 1. – Т.: Ўқитувчи, 1995. –Б. 452.

O‘G‘LI, XOLIQULOV MUHAMMAD QAXOR. "GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES AND LAWS OF THEIR ORIGIN." International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 4 (2024): 22-27.

Sadriyevna, Azizova Laylo, and Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li. "KOMIL INSON FALSAFIY GENEZISIDA ABU ALI IBN SINO QARASHLARI TAHLILI." BARCHA SOHALAR BO ‘YICHA 32.10 (2023).

O‘G‘Li, Xoliqulov Muhammad Qaxor, and G. G‘Ofirova Muxlisa. "Ofur Qizi." A. NAVOIYNING AR." BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G ‘RISIDAGI QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 4 (2024): 24-28.

Xoliqulov, Muhammad Qaxor O’G’Li. "MA’NAVIYAT TUSHUNCHASINING MOHIYATI, UNING JAMIYAT STRUKTURASIDAGI O’RNI VA ROLI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4.26 (2024): 384-388.

Azlarova, Ozodaxon Xasanxonovna. "DAVLATNING KELIB CHIQISHI NAZARIYASI (SIVILIZATSION YONDASHUVLAR MISLIDA)." Analysis of world scientific views International Scientific Journal 3.1 (2025): 141-149.

Abduqodirov, Asilbek, and Muhammad Xoliqulov. "YOSHLARDA MAFKURAVIY IMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINIDAGI KONSEPTUAL JIHATLARI." Академические исследования в современной науке 3.27 (2024): 100-105.

Kholikulov, Mukhammad. "Scientific-Theoretical and Philosophical Origin of the Doctrine of Unity in Sufism." (2023).

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O'ZBEKISTONNING MILLATLARARO SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI." Pedagogs 81.1 (2025): 47-49.

Odilovna, Xamrayeva Muslima. "O ‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNING FALSAFIY ASOSLARI." Tadqiqotlar 61.1 (2025): 292-295.

Shomurotovna R. Y. Comprehensive analysis of the problem of professional maladaptation quality and health status of nursing //zamonaviy taʼlim: muammo va yechimlari. – 2022. – Т. 1. – С. 47-48.

Хakimovna Х. X. O ‘quvchilar jismoniy tarbiyasi tizimida qattish //barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2022. – С. 378-381.

Xonbuvi Н. Yunusov Sardor Ashrafzoda indicator functions in medicine galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn (e): 2347-6915 Vol. 12. – 2024.

Khakimova H. H., Barotova R. S. THE IMPORTANCE OF PREVENTION IN MEDICAL PRACTICE //Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and Nursing. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.

Хакимова Х. Х., Баротова Р. С. ЗНАЧЕНИЕ ПРОФИЛАКТИКИ В МЕДИЦИНСКОЙ ПРАКТИКЕ //Сеть медицины: Журнал медицины, практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 2. – С. 96-98.

Хакимова Х., Худойназарова Н. Е. СПОРЫ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЕДИЦИНСКОГО РАБОТНИКА //Сеть медицины: Журнал медицины, практики и сестринского дела. – 2024. – Т. 2. – №. 1. – С. 66-70.

Radjabova, Manzura Xurramovna. “Falsafiy-pedagogik yondashuvlar: media madaniyatini shakllantirishda ta’limning o‘rni”. Ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlar tadqiqot asoslari jurnali 5.04 (2025): 96-98.