ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
13
UCHTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGI HAQIDA AYRIM
MULOHAZALAR
Ergasheva Ra’no Muzaffarbek qizi
Namangan davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672510
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Namangan viloyatining Norin tumanida
joylashgan Uchtepa arxeologik yodgorligining o’rganilishi va uning ahamiyati
atroflicha tahlil qilingan. Uchtepa – qadimgi O’rta Osiyo madaniyatlarining
rivojlanish jarayonini o’rganishda muhim bo’lgan yodgorliklardan biri
hisoblanadi. Tadqiqotda yodgorlikning aniqlanishi, dastlabki ilmiy tadqiqotlar,
qazilma ishlari va zamonaviy arxeologik tahlillar natijalari yoritilgan. Va yana
maqolada yodgorlik joylashgan hududning geografik va tarixiy xususiyatlari,
uning qadimgi aholi punktlari bilan bog’liqligi, shuningdek, turli davrlarga oid
topilmalar asosida shakllangan madaniy qatlamlar haqida ma’lumot berilgan.
Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda Uchtepa yodgorligi ilk
temir davri va undan keyingi bosqichlarga oid bo’lishi mumkinligi haqida ilmiy
tahminlar ham mavjud. Arxeologik qazishmalar jarayonida aniqlangan me’moriy
qoldiqlar, sopol buyumlar, tangalar va boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari
yodgorlikning qaysi davrlarga oid ekanligini aniqlashda muhim manba bo’lib
xizmat qilgan. Uchtepa yodgorligi O’zbekiston va Markaziy Osiyo tarixiy-
madaniy merosidagi o’rni hamda uning keyingi tadqiqotlar uchun ahamiyati
tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
Uchtepa, angobli sopol idishlar, dasturxon idishlari, xo’jalik
idishlari, oshxona idishlari, ibodatxona, xauma.
Abstract:
This article provides a detailed analysis of the Narin district of
the Namangan region and its significance. Uchtepa is one of the most important
monuments in the study of the development of ancient Central Asian cultures.
The study covers the identification of the site, the results of preliminary
scientific research, axcavations and modern archaeological analyses. The article
also provides information about the geographical and historical features of the
area where the site is located, its connection with ancient settelements and the
cultural layers formed on the basis of finds from different periods. The scientific
work conducted by the researchers also contains scientific assumptions that the
Uchtepa site may belong to the Early Iron Age and later stages. Architectural
remains, ceramic objects, coins and other material cultural monuments
discovered during archaeological excavations served as an important source for
determining which periods the site belongs to. The place of the Uchtepa
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
monument in the historical and cultural heritage of Uzbekistan and Central Asia
and its significance for further research are analyzed.
Keywords:
Uchtepa, ceramic vessels with angolia, tableware, household
utensils, kitchen utensils, temple, xauma.
Аннотатция:
В данной статье подробно анализируется изучение
археологического памятника Учтепа, рассположенного в Норинском
районе Наманганской области, и его значение. Учтепа – один из важных
памятников в изучении процесса развития древних Средней Азиатских
культур. В исследовании освещены результаты идентификации
памятника, предварительных научных исследований, раскопок и
современного археологического анализа. И вновь в статье приводятся
сведения о географических и исторических особенностях местности, где
расположен памятник, ее связи с древними поселениями, а также о
культурных слоях, сформировавшихся на основе находок разных
периодов. В научных работах исследователей имеются и научные оценки
того, что памятник Учтепа может относиться к раннему железному веку и
более поздним этапам. Архитектурные остатки, керамика, монеты и
другие памятники материальной культуры, найденные в ходе
археологических раскопок, послужили важным источником для
определения того, к какой эпохе принадлежит памятник. Анализируется
место памятника Учтепа в историко-культурном наследии Узбекистана и
Средней Фзии и его значение для дальнейших исследований.
Ключевые слова:
Учтепа, керамические сосуды с анголией, посуда,
бытовая утварь, кухонноя утварь, храм, хаума.
Farg’ona vodiysi Markaziy Osiyodagi sivilizatsiya o’choqlaridan biri bo’lib,
Sirdaryoning yuqori qismida joylashgan Pomir-Oloy va Tyan-Shan tog’ tizmalari
bilan o’ralgan. Vodiyning serunum tuprog’i, sersuv daryolari, qulay tabiiy
sharoitlari qadimdan insonlarni o’ziga tortib kelgan. Shuning uchun ham
Farg’ona qadimiy So’g’d, Baqtriya, Xorazm kabi mustaqil davlat shakllangan.
O’zbekiston hududi qadimiy madaniyatlarga boy bo’lib, uning turli
hududlarida arxeologik yodgorliklar keng tarqalgan. Tarixiy manbalar va
arxeologik tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatadiki, Namangan viloyati,
xususan, Norin tumani o’ziga xos tarixiy merosga ega bo’lgan hududlardan
biridir. Ayniqsa, Norin tumanidagi Uchtepa arxeologik yodgorligi mintaqaning
eng qadimgi aholi manzillaridan biri bo’lib, uning o’rganilishi O’zbekiston va
umuman Markaziy Osiyoning qadimgi tarixi haqida muhim ma’lumotlarni
taqdim etadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
15
Uchtepa yodgorligi ilk bor ilmiy tadqiqotchilar e’tiboriga tushganidan
buyon ko’plab arxeologik qazilmalar va ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu
yodgorlikning joylashgan geografik hududi, uni tashkil etgan arxitektura
qoldiqlari va qzilmalar natijasida topilgan moddiy madaniyat obyektlari uning
qadimgi davrlarga oid ekanligini tasdiqlaydi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida
ushbu hududda qadimda odamlar istiqomat qilgani, ularning turmush tarzi va
hunarmandchilik faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar olingan. Yodgorlikdan
topilgan sopol buyumlar, tangalar, qurilish materiallari va boshqa artefaktlar
Uchtepaning tarixiy ahamiyatini yanada oshirgan.
2019-yil 4-oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
“Moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlari milliy ro’yxatini
tasdiqlash to’g’risida”gi 846-sonli Qarorida tasdiqlanishicha, Farg’ona vodiysida
hozirgi kunda antik davrga oid yodgorliklar 301 tani tashkil qiladi. Shulardan,
Andijon viloyatida 190 ta, Namangan viloyatida 58 ta, Farg’ona viloyatida 53 ta
ekanligi aniqlangan. Bular orasida Quva, Axsikent, Uchtepa, Mug’tepa va boshqa
shu kabi yodgorliklarning tarixiy va madaniy qiymatini alohida qayd etish lozim.
Shu jihatlarni e’tiborga olgan holda mintaqa tarixini tadqiq etishda alohida
o’ringa ega bo’lgan Uchtepa arxeologik yodgorliklarini o’rganish borasida
hukumat doirasida qiziqish bildirilmoqda.
TADQIQOT
Uchtepa – Buloqmozor majmuasi Norin tumanidagi Uchtepa qishlog’ida
Namangan – Xaqqulobod avtomagistral yo’lining chap soxilida joylashgan.
Manzilgoh dengiz sathidan 419 m balandlikda, geografik jihatdan qulay joyda
joylashgan. Hudud tabiiy iqlimi jihatidan keskin kontinentaldir. Shimol
tomonidan Markaziy Tyan-Shandan boshlanuvchi Norin daryosi oqib o’tadi.
Yodgorlik joylashgan hududning janubidan Sirdaryoning asosiy
irmoqlaridan bo’lgan, Farg’ona tizmasining janubi-sharqiy va Oloy tizmasining
shimoliy yon bag’irlaridan boshlanadigan Tor va Qorag’ulja daryolarining
qo’shilishidan hosil bo’ladigan Qoradaryo oqib o’tgan. Bu daryolarga to’xtalib
o’tishimizdan maqsad, aynan yodgorlik joylashgan qishloq har ikki daryoga ham
chegaradosh. Shimolda Norin daryosi, janubda esa Qoradaryo. Aynan, yodgorlik
joylashgan hududni ikki daryo oralig’i deb ham atash mumkin. Bu ikki
daryolarning shu hudud atroflaridan o’tganligi qadimdan bu yerlik aholiga
dehqonchilik qilish imkoniyatini bergan.
Uchtepa Buloqmozor majmuasida dastlabki tadqiqot ishlari 1963-yilda
akademik A. Asqarov boshchiligida boshlangan. O’sha paytda tepalikning yoshini
aniqlash maqsadida Uchtepa – 1 yodgorligida stratigrafik shurf qazilgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
16
Shurfning yuqori qatlamlarida ilk o’rta asrlar davri, pastki quyi qatlamlaridan
antik davriga tegishli sopol parchalari chiqa boshlagan. Shurf 2 m
chuqurlikkacha qazilgan. Antik davr qatlamining yuqori qismidan qoramtir
angobli sopol parchalari, uning quyi qatlamlaridan tiniq qizil angobli sopol
parchalari uchratila boshlagan. Shurf materikkacha yetkazilmay, qazishma
ishlarining uchinchi kuni qazishma ishlarining uchinchi kuni qazishma ishlarini
to’xtatishga to’g’ri kelgan. Chunki, yodgorlikni shurflash shaxsiy tashabbus
bo’lib, uni davom ettirishga katta mablag’ sarflash zaruriyati va bunga davlat
tomonidan rasmiy ruxsatnoma bo’lishini talab qilar edi [1. B – 14].
Dala tadqiqotlar davrida topilgan ashyoviy manbalari ya’ni kulolchilik
mahsulotlari Uchtepa – 2 yodgorligini uch davrda, ya’ni ilk antik davr, so’ngi
antik davr va ilk o’rta asrlarda hayot davom etganligidan dalolat bergan.
Kishilarning kundalik hayotida ishlatadigan Uchtepa – 2 yodgorligidan topilgan
sopol buyumlarni shakllari, vazifalariga qarab uch xil tipga bo’lishimiz mumkin.
Masalan: dasturxon idishlar, oshxona idishlari, xo’jalik idishlari [2. B – 5].
Dasturxon idishlari asosan vazalardan iborat bo’lib, ular oliy tabaqa
shaxslar, mehmonlar uchun dasturxon bezatishda, noz-ne’matlar va quruq-ho’l
mevalar uchun ishlatilgan. Bu yerdan topilgan sopol idishlar bir butun va uchta
idish fragmentlaridan iborat bo’lib, asosan konussimon shaklga ega. Idishlarning
yuqori gardish qismi o’lchamlari 17-20 sm.ni tashkil etsa, ostki tag qismlari 8-10
sm.ni, balandligi esa 14-16 sm.ni tashkil qilgan. Barcha idishlar kulolchilik
charxida tayyorlangan bo’lib, olovda pishirilishidan avval ichki va tashqi
qismlari qizil bo’yoq bilan ranglangan. Idishlarning loyini tayyorlashda
maydalangan qum qo’shilgan, loy to’q jigarrang tuproqdan tayyorlangan.
Oshxona idishlari asosan qozonlar va tog’oralardan iborat bo’lib,
kishilarning kundalik hayotida oziq-ovqat ya’ni taomlar pishirishda va meva –
sabzavotlardan taom tayyorlashda ishlatilgan. Qozonlarning shakliga va
o’lchamiga qarab, doshqozon, oshqozon va kir qozon kabi turlari bo’lgan.
Qozonning kichikrog’i dekchi deb atalgan [3. B – 149].
Uchtepa – 2 obyektidagi tog’oralar ikki xil shaklda uchraydi. Birinchisi –
og’zi keng va ochiq, tanasi sferasimon va konussimon bo’lib, har ikkalasini ham
tagdoni tekis yoki ovalsimon shaklda uchragan. Labi tik, ichiga yoki tashqariga
qayrilgan, tagdoni qalin, og’ir qilib ishlangan. Xo’jalikda tog’oralarning
funksional vazifasi keng. Ular asosan kulolchilik charxisiz qo’lda yasalgan.
Xo’jalik idishlari asosan xumlar, katta hajmdagi xurmachalar, ko’zalar va
boshqalardan iborat bo’lgan. Xo’jalik idishlari kishilarning kundalik turmush
tarzida g’alladon, yog’-moy, sut va go’sht mahsulotlarini saqlash uchun hamda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
suv va sut mahsulotlarini tashish uchun ishlatishgan. Antik davr ko’zalarining
sirti, bo’g’zining ichki qismi albatta, angoblangan. Ilk antik davr ko’zalari tiniq
qizg’ish rangda angoblangan. Agar ko’zalar kulolchilik charxida yasalsa
xushbichim bo’ladi va ichki sirtida charx izlari ko’zga tashlanadi. Ko’zalardan
ko’proq uy-ro’zg’or va xo’jalik ishlarida foydalanishgan.
Xumlarni yasash jarayonida hayvon suyaklaridan tayyorlangan kulolchilik
pichoqlari, dastakash, ya’ni yog’och taxtakachlar, dag’al mato parchalari
yordamida ularning ichki va tashqi sirtini ishlash va pardozlash ishlari olib
boriladi. Xumlarning bo’yi 1m dan kam bo’lmagani bois, ularni sekin aylanuvchi
kulolchilik dastgohida tayyorlash ham mumkin emas.
O’sha kezlarda Uchtepa – 2 yodgorligida arxeologik shurf solish zarurati
bo’lmagan. Ammo, uning saqlanish holati, yer sathidan 8-10 m balandligi, uning
tepasida hech bir arxeologik artefaktlar, yoki biror narsaga ishora etuvchi
belgining ko’zga tashlanmasligi, uni hukmdor mozorqo’rg’oni sifatida talqin
etishni taqozo etar edi. Bunday yodgorlikda arxeologik qazishmalar
boshlandimi, uni oxirigacha yetkazish kerak edi. Chunki, islomga qadar vafot
etgan kishining hayotlik davrida jamiyatda tutgaan mavqeyiga qarab ma’lum bir
qism boyligi bilan ko’mish an’anaga aylangan bo’lib, buni hisobga olishlik
arxeolog uchun zarur edi. Qazilma ishlari olib borilgan yodgorlik hamma
kutgandek hukmdor qarorgohi emas, balki, antik davrga tegishli bo’lgan
ibodatxona bo’lib chiqgan. Ibodatxona xarobalarini qazish jarayonida juda
noyob topilmalar topilgan. Bular orasida, 40 dan ortiq olovga sig’inish altar
o’choqlar, qurbonlik hayvonlarini so’yish uchun tayyorlangan 10 dan ortiq turli
davrlarga oid muqaddas tosh pichoqlar, toshdan yasalgan bir necha xil turdagi
sanam-ma’budalar, ko’plab otashparastlik bilan bog’liq diniy-kult ashyoviy
dalillar, muqaddas xaoma ichimligini tayyorlashda ishlatiladigan tosh
yorg’uchoqlar, minglab kulolchilik charxida prefissional yuksak darajada
yasalgan nafis sopol idish parchalari, ayrim ibodatxona rohiblarining qabrlari,
qabr skeletlari, bel qismidan temirdan yasalgan bel kamarining to’qalari,
qurbonlik hayvonining suyak parchalari va ular yonidan temir pichoq va qabrga
ovqat bilan qo’yilgan sopol idishlar, zardushtiylikda muqaddas hisoblangan
kuchuklar qabri topilgan.
Tadqiqotlar jarayonida majmuadan topilgan qurbongohlar, ularning tavsifi,
me’moriy yechimi bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Quyida arxeologik
izlanishlar davomida topilgan altar-o’choqlar va qurbongohlardan bir nechtasini
tahlil qilish orqali umumiy ko’rinishni tiklashga urinib ko’rish mumkin. Masalan:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
Birinchi raqam ostida tartiblangan altar-o’choq tepalikning o’rtasidan 1,5 m
chuqurlikdan topilgan. Hozirgi davrgacha qurbongoh to’rtburchak shaklda
saqlanib qolgan. Yaxshi ishlangan xomashyodan qurilganligiga qaramay, namlik
va yerning sho’rlanishi, qurbongohning chegara devorlarining yemirilishiga olib
kelgan. Saqlangan hajmi 40 x 50 sm bo’lib, ichki qismi toza oq rangli kullar bilan
qoplangan.
1-mehrob o’chog’ining shimolida, yana bir doira shaklidagi qurbongoh
topilgan. U №2 qurbongoh o’chog’i deb atalib, olovda yonib ketgan yon
devorning diametri 45-50 sm bo’lgan. U yerning ichki qismidan yumshoq tuproq
aralashgan kullar topilgan. №2 qurbongohi №1 qurbongohiga juda yaqin
joylashgan. Uchinchi raqamli qurbongoh o’chog’i doira shaklida, diametri 30 x
30 sm, pastki qismidagi chegara devorlari olovda yonib ketgan va yangi
pishirilgan g’isht holatiga kelib qolgan edi [3. B – 2]. Qurbongohning janubi-
sharqiy burchagidan o’tkir toshlar ham topilgan.
Biz qazishma ishlarini olib borishdan avval tepalik ostida qadimiy
hukmdorning qabri va o’sha davr an’analariga ko’ra unga qo’shib ko’milgan
boyliklar bo’lsa kerak, deb taxmin qilgandik. Natijalar biz kutgandan ham a’lo
bo’ldi – qo’lga kiritgan manbalarimizning ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyos”,
deydi akademik A. Asqarov .
2017-yilda O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hamda
mamlakatni boshqaruv tizimida keskin tub o’zgarishlar yuz bergan, ilm-fanga
e’tibor kuchaygan. Arxeologiya fanining shaxsan Respublika Prezidenti Sh. M.
Mirziyoyev tomonidan qo’llab-quvvatlanishi natijasida sohada yangi
tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Uchtepa qishlog’idagi
arxeologik yodgorliklarni o’rganish ishlari qayta jonlandi. Sohani
rivojlantirishda tinib-tinchimas A. Asqarov Respublika innovatsion rivojlanish
vazirligining 2019-2020-yillar uchun e’lon qilinga tanlovda “Uchtepa arxeologik
yodgorliklarini o’rganish va “Moviy osmon” ostidagi muzeyga ilmiy tayyorlash”
mavzusida ilmiy-amaliy loyiha yutib olgan [4].
“Yuqori texnologiyalar labaratoriyasi” geofizika tadqiqotlari natijalarining
arxeologik qazishmalar orqali ochib o’rganish maqsadida 2019-yil aprelidan to
oktabr oyi oxirigacha Uchtepa – 2 obyektida qazishmalar olib borilgan. Biroq
o’rganilgan bu arxeologik obyekt mutlaqo galvirak madaniy qatlamlardan
tashkil topgan bo’lib, geofizika izlanishlarida ko’rsatilgan qurilma qoldiqlarini
to’liq reja asosida tiklashga imkon bo’lmadi [1. B – 17].
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, Uchtepa arxeologik yodgorligi O’rta
Osiyo madaniy merosining muhim obidalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
19
natijasida ushbu yodgorligining shakllanishi, arxitektura xususiyatlari va tarixiy
axamiyati haqida muhim ma’lumotlar aniqlangan. Uchtepa qadimgi sug’orma
dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo’lib, turli
davrlarda aholi punkti sifatida rivojlangan. Arxeologik qazilmalar natijasida
topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari bu hududda yashagan xalqlarning
hayot tarzi, diniy e’tiqodlari va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni yoritishga yordam
beradi. Maqolada yodgorlikning ilmiy va madaniy ahamiyati tahlil qilinib, uni
yanada chuqur o’rganish va saqlab qolish muhimligi ta’kidlangan. Kelgusida
Uchtepa yodgorligini kompleks ravishda tadqiq etish va uni turizm hamda
madaniy merosni targ’ib qilish doirasida keng jamoatchilikka tanishtirish
lozimligi xulosa sifatida ilgari surildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
To’xtasinov D. Uchtepa Buloqmozor arxeologik yodgorligi tarixiy
topografiyasi va uning tahlili. – T. 2020.
2.
Raxmonov U. Uchtepa – 2 yodgorligi keramika mahsulotlarining
klassifikatsiyasi // “Zamonaviy jahon tarixshunosligida Farg’ona vodiysi tarixi
va madaniyatining yangi tadqiqotlari hamda yondashuvlari” mavzusida xalqaro
ilmiy anjumani materiallari. – Namangan. 2024.
3.
Maxsutaliyev J. Uchtepa – 2 arxeologik yodgorligidagi altar-o’choqlar//
Yangi O’zbekiston talabalari axborotnomasi. – T. 2023.
4.
Asqarov A. Ichki va xalqaro turizmning “Uchtepa Buloqmozor” majmuasi
arxeologik yodgorliklarini o’rganish va ularni “Moviy osmon” ostidagi muzeyga
aylantirish. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2020-
yillarga mo’ljallangan amaliy loyiha. – T. 2019.
5.
https://oyina.uz/uz/posts/9256
6.
https://www.uzreport.news/culture/namanganda-zardushtiylik-davriga-
oid-qadimiy-ibodatxona-topildi