Авторы

  • Sherzod Abdullayev
    Qarshi davlat texnika universiteti stajor-o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.108804

Ключевые слова:

oliy ta'lim fan va texnika ta'lim sifati ijtimoiy va iqtisodiy sohalar ta’lim jarayonlari.

Аннотация

Mazkur maqola oliy ta'lim tizimida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va ta'lim sifatini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlar va strategiyalarni tahlil qilishga qaratilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONINI SAMARALI

TASHKIL ETISH VA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI

MUAMMOLARNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA HAL

ETISH.

Abdullayev Sherzod Sherali o’g’li

Qarshi davlat texnika universiteti stajor-o’qituvchisi

Sherzodabdullayev3570@gmail.com

+998 99 667-35-70

https://doi.org/10.5281/zenodo.15689251

Annotatsiya:

Mazkur maqola oliy ta'lim tizimida o‘quv jarayonini samarali

tashkil etish va ta'lim sifatini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
innovatsion yondashuvlar va strategiyalarni tahlil qilishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

oliy ta'lim, fan va texnika, ta'lim sifati, ijtimoiy va iqtisodiy

sohalar, ta’lim jarayonlari.

Abstract:

This article aims to analyze innovative approaches and strategies

that can be used to effectively organize the educational process and improve the
quality of education in the higher education system.

Keywords:

higher education, science and technology, quality of education,

social and economic spheres, educational processes.

Аннотация:

Данная статья посвящена анализу инновационных

подходов и стратегий, которые можно использовать для эффективной
организации образовательного процесса и повышения качества
образования в системе высшего образования.

Ключевые слова:

высшее образование, наука и технологии, качество

образования, социально-экономическая сфера, образовательные процессы.

Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda

kо‘plab ilmiy bilimlar, tushuncha, tasavvurlar va axborotlar hajmi keskin ortib
bormoqda. Bu bir tomondan fan va texnikaning yangi bо‘limlari va sohalarining
shakllanishini ta‟minlayotgan bо‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida
hukmron bо‘lgan chegaralarni buzib, integratsiya jarayonini jadallashtirishni
talab etadi. Oliy ta'lim muassasalari jamiyatning intellektual va iqtisodiy
rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki ular yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash hamda ilmiy izlanishlarni rivojlantirish markazi sifatida faoliyat
yuritadi. Zamonaviy davrda ta'lim sifatiga bo‘lgan talablar keskin oshib
bormoqda, chunki iqtisodiy va texnologik rivojlanish mehnat bozorida
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab qiladi. Shu sababli, oliy ta'lim
muassasalarida o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish, innovatsion pedagogik
texnologiyalarni joriy etish va ta'lim sifatini oshirish dolzarb masalalardan biriga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

aylandi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5- iyun 2018- yildagi “Oliy
ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta‟minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 qarorida bugungi kunda oliy
ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga
oshirilayotgan islohatlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda
ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator
muammolar borligi ta’kidlangan.

Adabiyotlar tahlili va Metodlar

Ushbu maqolada quyidagi ilmiy usullardan foydalanildi:

Adabiyotlarni

o‘rganish va tahlil qilish:

Zamonaviy ta'lim texnologiyalari, o‘quv jarayonini

boshqarish va ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro va mahalliy ilmiy
maqolalar, monografiyalar va hisobotlar tahlil qilindi.

Tajriba tahlili:

O‘zbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish
usullari o‘rganildi.

Taqqoslash usuli:

Xalqaro ta'lim tizimi standartlari va

O‘zbekiston ta'lim tizimi o‘rtasidagi farqlar tahlil qilindi.

Empirik kuzatuvlar:

O‘quv jarayonida talabalar va o‘qituvchilarning ishtiroki, samaradorlik
ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun kuzatuvlar o‘tkazildi.

Adabiyotlar tahlili

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari, farmon va

qarorlarida [1], [2], YuNESKO hisobotlari (UNESCO, 2021)da [3]. O‘zbekiston
Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi qonunlari va davlat dasturlari [4]. Elsevier
va Springer [5] kabi xalqaro ilmiy platformalarda hamda Mavlyanov A [8] chop
etilgan maqolalar keltirilgan. Shuningdek, N.A. Seleznev va A.I. Subetto
tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim sifatini boshqarishning ikki tomonlama tizimli
genetik qonuni oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmentiga yondashuvda
muhim ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv ta'lim sifatini ta'minlash va
rivojlantirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi, ya'ni oliy ta'lim muassasalarida
hozirgi sifat darajasini saqlash bilan birga, uzluksiz ravishda uni yaxshilashga
qaratilgan jarayonlar ham alohida ko‘rib chiqiladi. Bu yondashuv O‘zbekistonda
oliy ta’lim sifatini oshirishda innovatsion va konservativ tamoyillarning
uyg‘unlashuvini ta’minlash uchun zarurdir.

Natijalar

Mamlakatimizda oliy ta'lim sifatini oshirishda ijtimoiy boshqaruv

mexanizmlarini takomillashtirish, yoshlarni oliy ta'limga qamrovini oshirish
orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga alorhida ahamiyat
qaratilmoqda. Shu bilan birgalikda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

26

aniqlashning zamonaviy pedagogik yonadashuvlarini ishlab chiqish va joriy
qilish zarurati oshib bormoqda. “...ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning
bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish”[1] vazifalari belgilanib, bu
borada oliy ta'lim muassasalarida boʻlajak kadrlarni tayyorlash tizimini
takomillashtirish, ta'lim sifatini modellashtirishning omillarini tadqiq etish,
sifatni ta'minlash muammosini hal qilishga qaratilgan matematik
modellashtirish yoʻnalishlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Natijalar tahlili asosida oliy ta'lim tizimini takomillashtirish uchun quyidagi

yondashuvlar samaradorligi aniqlangan:

1. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

Zamonaviy texnologiyalar

ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda muhim vositalardan biridir. Bunda biz:

Raqamli platformalardan foydalanish (Google Classroom, Moodle) ta'lim

jarayonini moslashuvchan va individual tarzda tashkil etishni ta'minladi.
Talabalar va o‘qituvchilar uchun resurslarga 24/7 kirish imkoniyati yaratildi.

Ta'limda

virtual

reallik

(VR)

va

qo‘shimcha

reallik

(AR)

texnologiyalarining qo‘llanilishi talabalar bilim olishini interaktiv va qiziqarli
qilishda yaxshi natijalar berdi [3].

2. O‘quv dasturlarini takomillashtirish.

O‘quv dasturlari amaliyot va real

hayot bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Talabalarning kelajakdagi kasbiy
faoliyatiga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun dasturlarni
takomillashtirish zarur. Amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratish, nazariy
bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va zamonaviy fanlarni joriy etish
ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tanlov fanlarini kiritish
orqali talabalar qiziqishiga mos ravishda bilim olish imkoniyatini kengaytirish
mumkin.

O‘quv rejalariga amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish va ishlab chiqarish

korxonalarida amaliyot tashkil etish talabalarning nazariy bilimlarini real
hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

Tanlov fanlari orqali talabalar o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarni

tanlashga imkoniyat oldi.

3. O‘qituvchilarning malakasini oshirish.

Ta’lim sifatini oshirish uchun

o‘qituvchilarning professional saviyasini doimiy ravishda rivojlantirish
muhimdir. O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion
o‘qitish metodlari va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish
zarur. Ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish va xalqaro tajribani o‘rganish
o‘qituvchilarning malakasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

27

zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yangi pedagogik yondashuvlarni
amaliyotga joriy qilish zarur.

O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar va IT ko‘nikmalar

bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etishiga rag‘batlantirish natijasida
ta'lim sifatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.

Xalqaro tajribalarni o‘rganish va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik

qilish o‘qituvchilar malakasini sezilarli darajada oshirdi.

4. Talabalarni faol jalb etish.

Talabalarni ta’lim jarayonining faol

ishtirokchisiga aylantirish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga
ega. Faol o‘quv usullari, masalan, munozaralar, rolli o‘yinlar, ijodiy loyihalar va
guruh bo‘lib ishlash talabalar faolligini oshiradi. Shuningdek, talabalar fikrini
muntazam ravishda tahlil qilish va ularni hisobga olish ta’lim jarayonini
takomillashtirishga yordam beradi. Talabalarni ilmiy loyihalarga jalb qilish va
ularni amaliyotga yo‘naltirish orqali ularning bilim va ko‘nikmalari yanada
mustahkamlanadi.

Faol o‘quv usullari (munozaralar, guruhli ishlash, ijodiy loyihalar)

talabalar ishtirokini oshirdi va ularning bilim olish jarayoniga qiziqishini
kuchaytirdi.

Talabalar fikrini hisobga olish ta'lim jarayonini talabalar ehtiyojlariga

moslashtirishda muhim omil bo‘ldi.

5. Ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish.

Ta’lim sifatini oshirish

uchun uni muntazam ravishda monitoring qilish zarur. Zamonaviy baholash
tizimlari, masalan, loyihalar, portfoliolar va amaliy topshiriqlar asosida talabalar
bilimini baholash tizimini rivojlantirish lozim. Bundan tashqari, xalqaro ta’lim
standartlariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va akkreditatsiya
jarayonlarida ishtirok etish ta’lim sifatini xalqaro darajaga ko‘tarishga yordam
beradi.

6. Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish.

O‘quv

jarayonini ishlab chiqarish bilan bog‘lash ta’limning amaliy ahamiyatini oshiradi.
Talabalarni real hayotiy muammolarni hal qilishga jalb qilish va ishlab chiqarish
korxonalarida amaliyot tashkil qilish ularning kasbiy ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida zamonaviy
laboratoriyalar, ilmiy-texnologik markazlar va innovatsion inkubatorlarni
tashkil etish amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda muhim hisoblanadi.
Ta’lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya
va vositalarini to‘g‘ri tanlash muhim. Har bir mashg‘uloti ta’lim oluvchilarda
o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o‘quv adabiyotlaridan kerakli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

28

axborotlarni mustaqil topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot sifati
o‘qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas’uliyat bilan
yondashishi, uning mazmunini ta’lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan
mahorati, mashg‘ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish
uslubiy faoliyati bilan belgilanadi[9].

Munozara

Natijalar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta'lim tizimida samarali o‘quv jarayonini

tashkil etish va ta'lim sifatini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni keng
joriy etish, o‘quv dasturlarini real hayotga moslashtirish va o‘qituvchilar
malakasini oshirish zarur.

Biroq, ta'lim tizimida ba'zi qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Masalan:
1.

Resurslar yetishmovchiligi:

Ba'zi oliy ta'lim muassasalarida

zamonaviy texnologiyalar va laboratoriya jihozlari yetarli darajada emas.

2.

O‘qituvchilar

malakasidagi

farqlar:

Ayrim

o‘qituvchilar

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

3.

Vaqt cheklovlari:

Innovatsion metodlarni joriy qilish ko‘proq vaqt

talab qiladi, bu esa an'anaviy o‘quv rejalariga moslashishni qiyinlashtiradi.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi takliflar kiritiladi:

Ta'lim muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash uchun

davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish.

O‘qituvchilarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va xalqaro

sertifikatsiya dasturlarida ishtirokini ta'minlash.

Ta'lim jarayonini moslashuvchan qilish uchun o‘quv rejalarini

optimallashtirish.

Xulosa

Oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va ta'lim

sifatini oshirish zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini
takomillashtirish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish orqali amalga
oshirilishi mumkin. Ushbu yondashuvlar talabalarning raqobatbardosh kadr
sifatida shakllanishiga yordam beradi. Ammo, ta'lim tizimida mavjud
infratuzilmani

takomillashtirish

va

o‘qituvchilarni

qo‘llab-quvvatlash

masalalariga e'tibor qaratish zarur.

Adabiyotlar (References):

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son

“2022 — 2026 yillarga moʻljallangan yangi oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/5841063.
2.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017-yil

7-fevraldagi

“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

29

strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. (O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. (Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son).
4.

UNESCO (2021). Education for Sustainable Development Goals: Learning

Objectives. Paris: UNESCO Publishing.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-6108-

son qarori. Ta'lim sifatini oshirish va raqamli ta'limni rivojlantirish chora-
tadbirlari.
6.

Elsevier. (2020). Innovative Teaching Methods in Higher Education.

Amsterdam: Elsevier.
7.

Springer. (2021). Digital Learning in Higher Education: Trends and

Challenges. Switzerland: Springer International Publishing.
8.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi. (2022).

Ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha milliy dastur.
9.

Mavlyanov A, va boshqalar. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosidagi

mashg'ulot mashg'ulotlarini olib borish texnologiyasi. O’quv-uslubiy qo’llama. -
Toshkent: Voris, 2010. - 117 b.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026 yillarga moʻljallangan yangi oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/5841063.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son).

UNESCO (2021). Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. Paris: UNESCO Publishing.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-6108-son qarori. Ta'lim sifatini oshirish va raqamli ta'limni rivojlantirish chora-tadbirlari.

Elsevier. (2020). Innovative Teaching Methods in Higher Education. Amsterdam: Elsevier.

Springer. (2021). Digital Learning in Higher Education: Trends and Challenges. Switzerland: Springer International Publishing.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi. (2022). Ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha milliy dastur.

Mavlyanov A, va boshqalar. Pedagogik texnologiya tamoyillari asosidagi mashg'ulot mashg'ulotlarini olib borish texnologiyasi. O’quv-uslubiy qo’llama. - Toshkent: Voris, 2010. - 117 b.