ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
5
PSIXIKA VA ONG
Ismadiyarova Umida Abduraxmon qizi
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitet
Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta’lim kafedrasi o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15688658
Annotatsiya
: Ushbu maqola umumiy psixologiyaning psixika va ong
mavzusida bo´lib, unda psixikaning filogenetik taraqqiyoti, uning
rivojlanish tarixi, davomiyligi va turlari shuningdek, ong haqida
tushunchalar yoritilib berilgan.
Kalit so´zlar:
materiya, intellektual, pedrsektiv, sensor, tropizm,
fototropizm, termotropizm, xemotropizm, gidrotropizm, topotropizm,
geleotropizm, barotropizm, organik, anorganik.
Psixologiya eng qadimiy fanlardan bo'lib , bundan 2,5 Ming yil
ilgari jon haqidagi ta‘lim ot sifatida vujudga kelgan. VII—V asrlarda o
'tgan qadimgi grek faylasuflarining asarlaridayoq kishining jonli va
ruhiy hayoti to 'g 'risida juda ko'p xilma-xil fikrlar bayon qilinganligini
ko'ramiz. Bu m asalalar qadimgi
xitoy va qadimgi hind
mutafakkirlarining muhokamalarida ham katta o‗rin tutadi.
Kishining psixikasi haqidagi muntazam ta ‘lim otni birinchi m arta
Aristotel (eram izdan oldingi 384—322-yillar) «Jon haqida» degan
kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan
psixologiyani vujudgakeltirgan kishi yoki psixologiya fanining «otasi»
hisoblanadi.Uzoq vaqtgacha psixologiya m ustaqil fan bo 'lmay , falsafa
tarkibiga kirib kelgan. Alohida ilmiy fan m a ‘nosidagi «psixologiya»
termini ham yo'q edi. Bu termin
XVI asr oxirida paydo bo'lib , XVII asr o 'rtalaridan boshlab hamma
ishlatadigan bo`lib qoldi. Psixologiya XVIII asrning oxirida va XIX
asrning boshlaridagina mustaqil fan bo'lib shakllandi. Qadimgi
zamonlardan to bizning zam onimizgacha psixologiya sohasida idealizm
bilan materializm o'rtasida kurash bo'lib keldi. Psixologiyadagi bu
kurash hamisha sinfiy kurashning in‘ikosi bo'lib keldi. Psixika, ong nima
degan masala, shu bilan birga, odam organizmida psixik jarayonlar bilan
fiziologik jarayonlar o'rtasidagi munosabat masalasi ham shu kurashda
markaziy o 'rinni egallab keldi.Psixika va ong haqidagi ta ‘limot
idealistik va vulgar materialistik qarashlar hamda nazariyalarga qarshi
kurashda chiniqa bordi.Idealistlar, odamning psixik hayotini odam
tanasi bilan qandaydir noma‘lum yo'l bilan qo'shilib , odamda jonning
zo h ir bo'lishi deb hisoblaydilar. (Sizda va adabiyotda ham «odamning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
6
joni» va «odamning ruhi» degan termin ishlatamiz. Ammo bu
terminlarni biz moddiy bo'lmagan alohida bir narsani ifodalash uchun
emas, balki «psixika» so'zini qay ma‘noda ishlatsak, o'sha ma‘noda
ishlatamiz). Idealistik psixologiya namoyandalari psixik jarayonlar bilan
fiziologik jarayonlarning o'zaro munosabati haqidagi masalani talqin
qilishda yo psixofizik parallelizmyoki psixofizik o'zaro ta‘sir nuqtayi
nazarida turadilar.
Psixofizik parallelizm tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar
birbiriga bog'liq bo'lmagan holda yonma-yon (parallel ravishda) voqe
bo'ladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga ko'ra, odam ning hayot faoliyati
qo'shilib ketmaydigan ikki oqim — organik hayot bilan psixik hayotning
harakatlanishidaniborat emish.Psixofizik o'zaro ta‘sir tarafdorlari ta ‘lim
otiga k o 'ra, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o'z tabiati
e‘tibori bilan har xil b o‗lsa-da, bir-biriga o´zaro ta‘sir qiladi.
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. Jamiyki materiya, jonsiz
anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda
murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy
xususiyatiga, ya'ni turli ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o‘zaro mexanik, fizik va
kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo‘lishi mumkin.
Voqelikdagi ta'sirni aks etish qobiliyati-materiyaning umumiy
xususiyatidir. Lekin olamda tirik va o‘lik tabiatni aks etishi turlichadir.
Tirik
materiyaning
tashqaridan
ta'sir
etayotgan
moddalar
almashinuviga javob berishi ta'sirlanuvchanlik deb ataladi. Oddiy
ta'sirlanuvchanlik barcha o‘simliklarga xos. Evolyusiya jarayonida
organizmlar tashqi muhit bilan munosabatlarining umumiy turini
o‘zgarishi natijasida ta'sirlanuvchanlikning sifat jihatidan yangi
bosqichga o‘tishi sezuvchanlikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
A.N.Leontevning faraziga asosan sezuvchanlik "genetik shunday
ta'sirlanuvchanlik-ki tashqi muhit ta'siriga organizmni yo‘naltiradi va
buning natijasida organizm tashqi muhitida signal vazifasini bajaradi.
Demak,
sezuvchanlik
shunday
ta'sirlanuvchanlik-ki,
uning
natijasida hayot uchun zarur ta'sirlar signallashadi. Sezuvchanlikning
namoyon bo‘lishi,psixikaning paydo bo‘lishiga ob'ektiv biologik belgi
sifatida xizmat qiladi. Psixik ta'sirlanuvchanlikning o‘ziga xos yuqori
sifat o‘zgarishi - sezuvchanlik-psixik aks ettirishning oddiy turi yuzaga
kelganida boshlanadi. hayvonlar evolyusiyasi jarayonidagi psixikaning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
7
sifat o‘zgarishlarini A.N.Leontev o‘zi ifodalagan psixik rivojlanish
bosqichlariga asos qilib oldi.
Xulosa qilib aytganda psixika va ong har bir odamning tug´ilish
paytidan boshlab, butun umr bo‘yi o‘sib boradi. Odam ongining yoshga
qarab o‘zgarish sababi nimada, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va
pedagoglarning ko‘pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha
javob qaytarishimiz ga asos beradi: har bir kishi, onining yoshga qarab
taraqqiy etishi shu kishi organizmining o‘sishiga, iltimoiy muhit
ta´siriga, ta´lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o‘z faoliyatiga
bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
P.I.Ivanov.M.E.Zufarova Umumiy Psixologiya
2.
G‘oziyev E ―Umumiy psixologiya‖ 1-kitobi Toshkent 2004
3.
Ashurova, S.
F.,
&
qizi Karimova, M.
N.
(2023).
ОILАDА
O
4.
‗SMIRLARNING SОG‗LОM TURMUSH TАRZI VA OILAVIY HAYOT
HAQIDAGI TASAVVURLARI SHАKLLАNISHINING PEDАGОGIK-
5.
PSIXОLОGIK ОMILLАRI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5),
363-368.