Авторы

  • Shoxbozjon Berdiyorov
    Samarqand davlat chet tillari insituti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
  • Bunyod Murodov
    Samarqand davlat chet tillari insituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.108848

Ключевые слова:

tourism sector tourist resources internal and external factors legal regulations human resources.

Аннотация

The tourism sector is developing at a rapid pace, and both internal and especially external factors significantly influence its growth. Notable efforts are being made in the country to attract both foreign and domestic tourists. For instance, in 2019, the Law “On the Development of Tourism in the Republic of Uzbekistan” was adopted. In order to promote tourism, various projects have been implemented to improve hotels, transportation, and communication infrastructure. Measures have also been taken to include historical cities, cultural heritage sites, and natural attractions in tourist maps and to attract visitors to these destinations. Educational programs and courses have been organized to train qualified personnel for providing high-quality services in the tourism sector. In addition, numerous international conferences, events, and tourism fairs are currently being held, which helps draw further attention to this field. Organizing such events in the future would also contribute significantly to the continued development of the tourism sector.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

124

TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN CHORA TADBIRLAR

Berdiyorov Shoxbozjon

Samarqand davlat chet tillari insituti

“Tarjima nazariyasi va amaliyoti”

kafedrasi o‘qituvchisi

Murodov Bunyod Asqar o‘g‘li

Samarqand davlat chet tillari insituti talabasi

bunyodm834@gmail.com

998 93 271 79 06

https://doi.org/10.5281/zenodo.15704243

Abstract.

The tourism sector is developing at a rapid pace, and both

internal and especially external factors significantly influence its growth.
Notable efforts are being made in the country to attract both foreign and
domestic tourists. For instance, in 2019, the Law “On the Development of
Tourism in the Republic of Uzbekistan” was adopted. In order to promote
tourism, various projects have been implemented to improve hotels,
transportation, and communication infrastructure. Measures have also been
taken to include historical cities, cultural heritage sites, and natural attractions
in tourist maps and to attract visitors to these destinations. Educational
programs and courses have been organized to train qualified personnel for
providing high-quality services in the tourism sector. In addition, numerous
international conferences, events, and tourism fairs are currently being held,
which helps draw further attention to this field. Organizing such events in the
future would also contribute significantly to the continued development of the
tourism sector.

Keywords:

tourism sector, tourist resources, internal and external factors,

legal regulations, human resources.

Annotatsiya.

Turizm sektori juda jadal tarzda rivojlanmoqda bu sohani

rivojlanishiga ichki va ayniqsa tashqi omillar sezilarli ta’sir qiladi. Xorjiy va
mahalliy turistlarni jalb qilishda mamlakatda ham sezilarli ishlar olib
borilmoqda jumaldan, 2019-yilda “O‘zbekiston Respublikasida turizmni
rivojlantirish to‘g‘risida”gi qonun qabul, turizmni rivojlantirish maqsadida
mehmonxonalar, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga
qaratilgan loyihalar amalga oshirildi, tarixiy shaxarlar, madaniy meros ob’ektlari
va tabiiy go‘zallikni turistik xaritalarga kiritish va va ularga sayyohlarni jalb
qilish uchun ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi, turizm sohasida sifatli xizmat ko‘rsatish
uchun kadrlar tayyorlash maqsadida o‘quv dasturlari va kurslar tashkil etildi.
Bundan tashqari, ayni damda ko‘plab xalqaro konfrensiyalar, tadbirlar va turizm


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

125

yarmarkalari tashkil etilmoqda bu esa bu sohaga yanada e’tiborni jalb
qaratilishini taminlaydi. Kelajakda ham shu kabitadbir tashkil etilishi bu sohani
yanada rivojlantirish uchun xizmat qilgan bo‘lardi.

Key words:

turizm sektor, turistik resurslar ichki va tashqi omillar, qonun

hujjatlari, kadrlar

Hozirgi kunda zamonaviy turizm sohasi davlat iqtisodiyotining muhim bir

bo‘lagi bo‘lib xizmat qiladi. Bu sohani rivojlantirish uchun butun jahon
miqyosida ishlar olib borilmoqda. Har bir mamlakatning alohida turizm
salohiyati bor. Bu borada ham mamlakatimizda ham alohida chora tadbirlar va
normativ hujjatlar qabul qilgan. O‘zbekiston mustaqillika erishgandan so‘ng,
turizm sohasini rivojlantirish zarurati yuzaga keldi. 1993-yil 23-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi
Davlat turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Ushbu qo‘mita mamlakatdagi turizm
sohasini rivojlantirish, boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha asosiy organ
bo‘lib, uning vazifalari ichiga turizm infratuzilmalarini yaratish, mexmonxona
xizmatlarini rivojlantirish va turistlar uchun qulay sharoit yaratish kiradi. 2021-
yilda O‘zbekiston turizmni rivojlantirishga qaratilgan qonun qabul qilindi[1].
Ushbu qonun O‘zbekistonda turizm sohasini tartibga solish, rivojlantirish va
sayyohlik samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun,
shuningdek, turizm infratuzilmasini yaxshilash, mahalliy va xalqaro turistlarga
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, investorlarni jalb qilish va turizm sohasida
kadrlar tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi. Qonun qabul
qilingandan so‘ng, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun bir qator
dasturlar va loyihalar amalga oshirildi, bu esa mamlakatning turistik salohiyatini
oshirishga yordam berdi. “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish
hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi[2] prezident qarorida ham shuni ko‘rishimiz
mumkinki keyingi yillarda turizm salohiyatini yanada rivojlantishish uchun
ishlar olib borilmoqda. Jumladan, turizm sohasidagi resurslar va
imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish, havo, temir yo‘llar hamda
avtomobil yo‘llarini ham rekonstruksiya qilnishi, turizm sohasini rivojlantirish
bo‘yicha respublika ishchi guruh tarkibida hududiy ishchi guruhlar tuzilishi ham
mamlakatimizda bu sohaga alohida e’tibor berilyotganidan darak beradi. Zero,
bu soha mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi sector sifatida qaralmoqda.

O‘zbekistonda pandemiyadan keyingi davrda turizim sohasi jadal

rivojlanmoqda. Bu borada sezilarli natijalarga erishdik. Jahon sayohat va turizm
Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra: O‘zbekiston turizm salohiyati tezkorlik bilan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

126

rivojlanayotgan davlatlar 10 taligiga kiritilgan[3]. Turizm industriyasi ham jahon
xo‘jaligining boshqa barcha tarmoqlari kabi murakkab kirish va chiqimlarga
ega murakkab tizim bo‘lib, uning shakllanishiga tashqi muhit sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Ijobiy sanoat xususiyati shundaki, turizm o‘z faoliyatini tezda tiklash
uchun ajoyib qobiliyatga ega, garchi shu tarzda ko‘plab turizm korxonalari
bankrot bo‘lsa ham.[4] Yurtimizda turizm sohasida mahalliy xalqlar balki xorijiy
turistlarga xizmat sifatini oshirish uchun nafaqat amaliy balki nazariy bilimlarni
bilish ham talab etilmoqda. Ayniqsa turist va sayohatchilar uchun eng yaxshi va
qulay xizmat ko‘rsatish borasida sezilarli ishlar olib borilmoqda jumladan:
elektron xizmat ko‘rsatish sohasi; mamlakat hududida turistik yangi turistik
zonalar ochildi.

Elektron veb-sayt, mobil ilova va turli xil chatlar[5]orqali xizmat ko‘rsatish

turistlarga juda katta qulaylik yaratmoqda. Bu orqali ortiqcha savollar yuzaga
kelmasligi va rasmiy veb-sayt yoki ilovalar orqali xavfsiz va ishonchli manba
orqali to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishini taminlaydi. Bu orqali talablar va ehtiyojlar
haqida to‘liq ma’lumot topish mumkinligi sir emas. Ayniqsa rasmiy tadbirlarni,
ovqatlanish joylarini ham aniq tashkil eta oladi. Bu esa tashrif buyuruvchilarga
juda keng miqyosda qulayliklar yaratadi. Yana bir alohida jihatini ta’kidlab o‘tish
joizki, har bir turist xoh mahalliy xoh chet ellik turist sayohat muddati tugashi
bilan har bir manzil har bir xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z fikr mulohazalarini
bildira oladi. Bu orqali keyinchalik aynan shu xizmatdan foydalanadigan turist
uchun tanlov qilishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Xizmat ko‘rsatuvchilar
ham kelayotgan turist haqida yana ko‘proq ma’lumot to‘plash uchun qulayliklar
yaratadi o‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tish joizki bu orqali tez va samarali xizmat
ko‘rsatish yanada soddalashadi. Mijozlarga mobil ilova yoki veb-sayt orqali
to‘lovlarni tez va qulay qilish imkonini beradi. Foydalanuvchilar veb-saytda yoki
mobil ilova orqali shaxsiy hisoblar yaratish, ularning buyurtmalarni, joylashgan
joylarini va to‘lov tarixlarini saqlashga imkon beradi. Mijozlar shaxsiy hisoblar
orqali buyurtma berish, mehmonxona, restoran yoki boshqa turizm obyektlariga
rezervatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chatbotlar orqali ham mijozlar bilan
suhbat qurish ularning savollariga javob berish va takliflarini qo‘llab-quvatlash
taqdim etiladi. Bu esa ularda ortiqcha savollar paydo bo‘lmasligini taminlaydi.
Hozirda bu chatbotlarda juda ham ko‘p insonlar foydalanmoqda.

Bundan tashqari, hozirda O‘z navbatida mamlakatimizda ham turizmni

mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida takomillashtirish borasida
amaliy ishlar olib borilyotganidan darak beradi. Tadbirkorlik subyektlari uchun
turistik xizmatlar bozorida keng imkoniyatlar yaratish turizm sohasining


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash orqali rag‘batlantirish[6];
ekskursantlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini ta’minlash; xalqaro hamkorlikni
ko‘paytirish; ilmiy taqdiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish. Bu esa turizm
sohasida yaqin kelajakda yanada rivojlanishi uchun yangi yo‘llar ochilganligidan
darak beradi. Tadbirkorlarga ham yani turistik klasterlarga soliq va bojxona
to‘lovlarini amalga oshirishda juda keng imkoniyatkar mavjud. Turistik zonalar
va turistik klasterlar tashkil etish va amalga oshirish ularni litsenziyalash;
sertifikatlash; sug‘urtalash va eng muhimi davlat bujetidan tashqari turistik
sohani qo‘llab quvatlash uchun jamg‘armalar shakllantirish kabi bir qancha
amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yana bir ajralmas qismi shundaki, turizm sohasida kadrlar tayyorlash ham

eng dolzab mavzudir. Mamlakatimizda, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab
O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va
mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim
dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa keyingi yillarda bu sohani
rivojlantirish uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Bundan xulosa shundaki
yetishib chiqayotgan kadrlarni ko‘proq amaliy bilimlar va tajriba asosida o‘qitish
yo‘lga qo‘yilmoqda.

Umuman olganda, turizm hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida muhim

o‘rinlarni egallamoqda. Bu sohani rivojlantirish har bir mamlakat uchun ma’lum
darajada qulayliklar yaratadi. Hozirda malakatimizda ayrim davlatlarga nisbatan
30 kunlik visasiz rejm joriy qilingan. Bu esa xalqaro munosabatlarda
davlatlararo munosabatlarning yaxshilanishiga olib keladi hamda sayohatchilar
uchun ajoyib imkoniyat desak adashmaygan bo‘lamiz.

Xulosa

Hozirda bu sohada qilinayotgan ishlar yaqin kelajakda o‘z samarasini

berishi kutilmoqda. Turistlar oqimini oshirish uchun qilinayotgan vazifalar
yurtimizda ham alohida ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz qonunchiligi, qabul
qilinayotgan qarorlarda kelib chiqsak yaqin kelajakda bu sohada yetarlicha
rivojlanish amalga oshadi. Kadrlar masalasi ham eng dolzarb masala desak
mubolag‘a bo‘lmaydi chunki mamlakatimizning kelajakda turizm salohiyatini va
o‘rnini belgilab beradi. Zero, bu soha kelajak sohasi sifatida qaralmoqda. Agarda
kelajakda bu sohaga investorlarni jalb qilish, davlat tomonidan qo‘llab-
quvatlansa yoki jamg‘armalar tashkil etish orqali sohaga investitsiya kiritilsa bu
sohada yanada o‘sish kuzatilishi mumkin. Albatta yangi zamon talabiga mos
tarzda qonunlar va qarorlar qabul qilinsa yetarlicha rivojlanish kuzatilishi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

mumkin. O‘zbekistonda turizm mavsumiy ekanligini xisobga olsak bu sohani
doimiy soha sifatida shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun esa
resurslar, qonunchilik, kadrlar va eng muhimi investitsiga jalb qilinishi lozim.
Davlatlararo munosabatlar yaxshilanishi bilan visasiz rejimlar bu sohani
rivojlanishi uchun juda katta imkoniyat yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti farmoni “O‘zbekiston respublikasida

ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da. 2021
2.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti qarori “Respublikaning turizm

salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada
oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”da. 2023
3.

Jahon sayohat va turizm Kengashi ma’lumotlari. 2019

4.

“Turizm sohasini rivojlantirish ilmiy nazariy asoslari” Sakibayeva T.

Xalqaro Nordik universiteti
5.

“Turizm sohasida interaktiv xizmatlarni veb-sayt mobil ilova va chatbotlar

shaklida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni shakillantirish” Normamatov O. Termiz
davlat universiteti
6.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti farmoni “O‘zbekiston respublikasida

ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da. 2021

Библиографические ссылки

O‘zbekiston respublikasi prezidenti farmoni “O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da. 2021

O‘zbekiston respublikasi prezidenti qarori “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi”da. 2023

Jahon sayohat va turizm Kengashi ma’lumotlari. 2019

“Turizm sohasini rivojlantirish ilmiy nazariy asoslari” Sakibayeva T. Xalqaro Nordik universiteti

“Turizm sohasida interaktiv xizmatlarni veb-sayt mobil ilova va chatbotlar shaklida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni shakillantirish” Normamatov O. Termiz davlat universiteti

O‘zbekiston respublikasi prezidenti farmoni “O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”da. 2021